Дидактик уйинлар
Оценка 4.7

Дидактик уйинлар

Оценка 4.7
doc
26.07.2020
Дидактик уйинлар
дидактик ойин..doc

Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

 

“Psixologiya, pedagogika, menejment, maktabgacha va boshlangich ta’lim” kafedrasi.

 

 

 

 

 

 

 

 

DIDAKTIK   O`YINLAR

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch-2011

 

Ushbu metodik qo’llanma matematika darslarida didaktik o’yinlardan o’ziga xos tarzda tashkil etish haqida yoritilgan bolib, bundan boshlangich sinf oqituvchilari ish faoliyatlarida ijodiy yondoshgan holda foydalanishlari mumkin.

 

 

   

Muallif:

 

S.Qurbonov -                    -Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta      

                                          tayyorlash va malakasini oshirish instituti o’qituvchisi.

 

Taqrizchilar:

                                              

O.Xallilayev -               Urganch Davlat Universiteti o`qituvchisi,

                                       pedagogika fanlari nomzodi.

 

             Z.Qutliyeva -        Yangiariq tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi metodisti

 

       

 

 

 

 

 

Mazkur metodik qo’llanma Xorazm VPKQTMOI “Psixologiya, pedagogika, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasining 2011-yil ____________ dagi yig’ilishida ____sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. Ilmiy kengashining 2011 yil _________dagi____-sonli qarori bilan tasdiqlanib, chop etishga tavsiya etildi.

 

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim - tarbiya va kadriar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi Farmoni va "Kadrlar tayyorlash millay dasturi"da matematika o'qitishning sifatini oshirish bilan birga o'quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o'hirish masalalari berilgan. Boshlang'ich matematika kursining asosiy natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to`rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og'zaki va yozma hisoblash usullarini ongli puxta o'zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollaridagi hisoblash malakalarini avtomatizm darajasida yetkazilishini tashkil etadi.

Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko'ra o'quvchilarning son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqori darajada o'zlashtirishiga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo'shiladi.

Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o'zlashtirishini ko'zda tutadi. Bu esa darsda o'quvchilar o'zashtirishi lozim bo'lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga kelganligini o'quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi hamda fan va amaliyot orasidagi aloqalarni to'g'ri tushunishga asos yaratadi. Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq to'g'ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. O'qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.

Boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O'quv materialini sinflarga taqsimlashda o'rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta - sekin kengaytirib borishi nazarda tutuladi. 1-sirifda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlash, 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirish; 2-sinfda - 0 dan 100 gacha bo'lgan sonlar, 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish va ayirish, jadval ichida ko'paytirish va bo'lish; 3-sinf - I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi. Birinchi sinfda o'quvchilar ikki o'nlik ichidagi, ya'ni I dan 20 gacha bo'lgan sonlarning nomlari bilan tanishadilar. Bu esa xususan o'quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo'llaniladi.

Raqamlarning yozilishi bilan tanishtirish shu sonlarning ho'sil bo'lishini o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shu sababli ­darsdayoq o'quvchilar I soni bilan tanishadilar va I raqamini daftarlariga yozadilar. Shu bilan birga o'qitishning birinchi kunidan boshlaboq bolalarda ba'zi muhim umumlashmalar shakllana boshlaydi (birinchi o'nlik sonlar misolida) natural qatorning har bir keyin keladigan soni qanday bo'lishi oydinlashtiriladi, qatorning ixtiyoriy soni va undan oldin yoki keyin keladigan hamma sonlari o'rgatiladi. O'quvchilar sonlarni taqqoslash usullari bilan (oldin narsalarning mos to'plamlari ustida amallar bajarish asosida, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallagan o'rinlari bo'yicha) tanishadilar: ular ikki yoki son yig'indisini topishni (oldin narsalarning mos to'plamlarini birlashtirish va hosil bo'lgan to'plamlar elementlari sonini sanash asosida topish, keyin esa bittalab yoki guruhlab qo'shish va boshqa usullardan foydalanib) o'rganadilar. Birinchi yarim yillikda o'quvchilar matematik amallar nomlari tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o'quvchilar matematik belgilarning ba'zi elementlari - amal ishoralari (plus - qo'shuv, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda (2 va 6 sonlari yig'indisi) 9-2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o'xshash eng sodda matematika ifodalarni o'qish va yozishni o'rganib olishlari kerak.

Umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichdan iborat bo'lib, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'limni qamrab oladi.

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim nihoyasida o'quvchilar egallashi lozim bo'Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.

Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'z aksini topadi.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar matematikadan quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart.

a) Sonlar va hisoblashlarga oid:

- sonlarni o'qish va yozish, ularni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi ko'rinishidagi yozuvini tushuntirish.

- sanoq texnikasini egallash (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi)lar.

- natural sonlarni o'zaro taqqoslash ">", "<" va "=" belgilarini to'g'ri qo'llash.

- sonlarni yozma qo'shish, uch xonali va to`rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko'paytirish va bo'lish;

- qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab bo'lmagan hollarda yuz ichida og'zaki hisoblashlarni bajara olish;

- "yig'indi", "ayirma", "ko'paytma" va "bo'linma" atamalari ma'nosini tushunish va sonli ifodalarni o'qishda ularni qo'llay olish;

"... ta ortiq", "...ta kam", "... marta ortiq", "... marta kam" munosabatlarining, "hammasi", "qoldi", "teng" munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni yecha olish;

- miqdorlar mahsulot narxi, miqdori va qiymati to'g'ri chiziqli harakatda yo'l, tezlik va vaqt orasidagi bog'lanishlarni qo'llab, amaliy mazmundagi masalalarni yechish;

- "yarim", "uchdan biri", "to'rtdan biri" atamalari ma'nosini tushunish va ularni qo'llash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va geometrik shakllar modelida ½ 1/3 larni ko'rsatish, amaliy mazmundagi masalalarni yechishda sonning ulushini va ulushiga ko'ra sonni topa olish;

b) Geometrik shakllarga oid.

- rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish;

- tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish;

- kesma uzunligini o'lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko'z bilan chamalab o'lchay olish;

- chizg'ich va sirkuldan foydalanib to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;

- ko'pburchak parametrini, to'g'ri to`rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblay olish;

- uzunlik (mm, sm, dm, m, km.) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) o'lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni o'z o'rnida qo'llay olish.

 

Didaktik o'yinlar va ularning ahamiyati.

Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti - o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

O'yin - bola hayotining uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.

Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega.

Matematika  darslarida  didaktik  o'yinlardan  foydalanish  o'quvchilar  zehnini  o'stirish, tez  hisoblash  ko'nikmalarini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega.

Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar 2 xil tasnifga egadir.

Didaktik o`yinlar tasnifi

 

 
                                                                                                          

                                                                                                  

 

Mazmuniga ko`ra

 
 

 

 

 


1. Musobaqa o`yinlar

2. Sahnali o`yinlar

 

1.Tinch o`yinlar

2.Harakatli o`yinlar

3.Aralash turdagi

 
                                                                 

 

 

 

 


Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi:

1. O'yinning vazifasi. 2. O'yinning harakati. 3. O'yinning qoidasi. 4. O'yinning yakuni.

Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, “Ishoralar” o’yini.

O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini rivojlantirish.

O`yin jihozi:  “-“, “+”  belgilari.

O'yinning borishi:

O'qituvchi masalani o'qiydi, o'quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak bo'lsa o'sha "ishora"ni ko'rsatadilar.

Masala:

1. Salimning 2 ta qora va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo'lib nechta qalami borligini qaysi amaldan foydalanib topamiz?

O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar. Masala og'zaki yechiladi.

2. Nigorada 6 daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi?

Mustahkamlash: O'qituvchi "+", "-" qo'shish, ayirish belgilari qachon qo'yilishini so'rab, ularning bilimini mustahkamlaydi.

 

 

Didaktik o’yinlardan namunalar

Quyida matematika darslarida o'tkaziladigan ayrim didaktik o'yinlardan namunalar keltiriladi.

"Jim" o`yini

O'yinning maqsadi: O'quvchilarning o'n ichida "+", "-" belgilari haqidagi bilim va malakalarini oshirish, sinash. O'yin guruhlarda o'ynaladi.

O'yin jihozi: Raqamiar yozilgan tarqatmalar, misollar, jadval.

O'yinning borishi: Jadvallar doskaga osib qo'yiladi, doskaga bo`r bilan yoziladi. O'yin ovoz chigarmagan holda o'tkaziladi. O'qituvchi ko'rsatkich bilan 7 va 5 ni ko'rsatadi. O'quvchilar o'ylab 2 yozilgan tarqatmani ko'rsatadilar.

 

"Bilmasvoyning xatolari" o`yini

O'yinning maqsadi: o'quvchilarning o'n ichida "+", "-" ishoralari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, bilim va malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish.

O'yinning borishi: Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan bittadan o'quvchi doskaga chiqadi va xatolarini tuzatadi.

 

10-7=4                          10-3=6                    7-3=5

3+2=6                            4+3=8                    4+1=6

 

"Kim epchil" o'yini.

O'yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish.

O'yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar 12-6; 2+8; 7+5; 4+8; 10-3 va hakozo.

Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi. Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. Stol ustidagi "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchi savatga ko'p "olma" tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi.

 

"Zukkolar" o'yini.

O'yinning maqsadi:

Ko'paytirish va bo'lishga doir amallar yechish malakalarini mustahkamlash.

O'yin jihozi: uchta bayroqcha.

O'yinning borishi: Qatorlararo o'tkaziladi. Qatorlar nomi doskaga yoziladi va o'quvchilar soni teng bo'linadi. O'qituvchi har bir qatorning oxirida o'tirgan o'quvchiga bayroqchani beradi. O'qituvchi son aytadi. Masalan: 1- qatorga 6 soni, 2-qatorga 4 soni, 3-qatorga 5 soni.

Bayroqchalarni olgan o'quvchi 6 •1= 6 deb bayroqchani oldingi partadagi o'quvchiga uzatadi.

12 • 2 = 24 ; 24 : 3 = 8  8 •5= 40 ; 40: 4 = 10

O'quvchilar natija qaysi son bilan tugasa, shu son bilan boshlanadigan ifoda tuzishi kerak bo'ladi. Bayroqcha 1-partaga kelganda oxirgi o'quvchi 6 soni hosil bo'ladigan ifoda bilan o'yinni yakunlashi kerak bo'ladi. Qaysi qatorning bayroqchasi birinchi partaga tez yetib kelsa, o'sha qator g'olib bo'ladi. Go'lib qatorning nomi yozilgan joyda bayroqchalar biriktirilib qo'yiladi.

 

"Bu qaysi shakl ?" o'yini.

O'yinning maqsadi: Geometrik shakllar bilan tanishtirish. Ularga ta'rif berish malakasini oshirish. Og'zaki nutqini rivojlantirish.

O'yin jihozi: Konvertlarga solingan geomatrik shakllar.

O'yinning borishi: Doskaga bir o'quvchi chiqadi. Konvertdagi shaklni qaysi ekanini ko'rib olib, o'quvchilarga murojaat qiladi. "Qo'limdagi geometrik shaklning uch tomoni uch burchagi bor, uning tomonlari xar xil uzunlikda bo'lishi ham mumkin. Bu qaysi shakl?".

Shaklga to'g'ri ta'rif bergan va shaklning nomini to'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi.

 

"Kosmos bahodiri kim?" oyini.

O'yinning maqsadi: 1) O'quvchilar kasb tanlashga qiziqtirish. 2) O'quvchilarni tez fikrlashga o'qgatish

O'yin mazmuni:

Sinf taxtasi yoniga har bir guruhdan bittadan uchta o'quvchi chiqariladi. Ular bittadan kartochka olishadi. Kartochkalarning to`rt amal ichida misol yozilgan bo'ladi. Qaysi o'quvchi o'z qo'lidagi misollarni tez va to'g'ri bajarsa, shu o'quvchi fazogir, ikkinchi bo'lib bajargan o'quvchi uchuvchi va oxirida bajargan o'quvchi esa haydovchi sanaladi.

"Mohir hisobchi" o'yini.

O'yinning maqsadi: O'quvchilarda tez hisoblash malakalarini hosil qilish.

O'yin mazmuni:

Sinf taxtasiga uchta ustundan iborat to`rt amal qatnashgan misollar yoziladi. Men har bir guruhdan bittadan o'quvchini chiqaraman. Har bir o'quvchi tegishli ustundagi misolni yechadi. Qaysi o'quvchi oldin yechib bo'lsa, uning ishi tekshiriladi. Agar to'g'ri yechgan bo'lsa, mohir hisobchi hisoblanadi.

 

“Olma terish”  o'yini.

Jihozlar: Magnit taxta, yozuv taxtasi, olma daraxtining rasmi, qalin qog`ozdan yasalgan olma mevasining shakllari va savatchalar, olma mevalarining soni sinfdagi o'quvchilar soniga savatchalar esa qatorlar yoki guruhlar soniga teng bo'ladi.

       Magnit taxtasiga qistirish uchun olma daraxt rasmi chizilgan plakat va olma mevalarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi. Shuningdek olma mevalarining orqa tomoniga oddiy qalam bilan misollarni o'chirib, keyingi darslarda yangisini yozish mumkin. O'yinda 3 guruh bo'ladi. Har bir guruhga bitta savatcha berishadi. Har bir guruhdan I tadan o'quvchi chiqib misollarni yechadi. Kim ko'p misol yechsa shu guruh g'olib bo'ladi.

 

"Sonli vagonchalar" o`yini

2 sonini 2, 3, 4, 5, 6 sonlariga ko'paytirishni mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin.

O'yin maqsadi: o'quvchilarni hozirjavoblikka, muslaqil fikrlashga o'z-o'zini boshqarishga o'rgatish. Tarqatmalar stol ustiga yoyib qo'yiladi.

O`yin jihozi:

1-guruh:          2∙3;  2∙6;  7∙2;  9∙2;  5∙2;  4∙2; …

2-guruh:          2∙4;  2∙9;  2∙7;  8∙2;  2∙5; …

 

O`yinnning borishi:

O'quvchilar 7 kishidan iborat 2 guruhga bo'linadilar. Guruh a'zolari stol ustiga qo'yilgan tarqatmalarni tanlab, ifodaning qiymatiga ko'ra sonlar tartib bilan vagon bo'lib qo'l ushlashib turadilar. Poyezdni to'g'ri tuzgan guruh g'o'lib chiqadi.

 

 

“Tez yurar poyezd” o`yini

O'yin maqsadi: O'quvchilarning intelektual bilim salohiyatini oshirish.

O'yin jihozi: doskaga bir - biriga qarama - qarshi turgan poyezd rasmi bor ko'rgazma ilinadi.

O'yinning borishi: Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. O'qituvchi bergan savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchining poyezdi oldinga surilaveradi. "Marra"ga birinchi bo'lib yetib kelgan o'quvchi g'olib bo'ladi.

Savollar:

1. Kesma nima?

2. Aylana?

3. 1 m=?. sm.

4. To'rtburchakning yuzi nimaga teng?  kabi savollardan foydalanish mumkin. Ayniqsa o'yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ijodiy qobiliyati namoyon bo`la boshlaydi.

 

"Kopto'k" o`yini

Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqini o'stirish.

Guruh o'quvchilari kopto'kni bir - biriga uzata turub, matematika faniga oid bo'lgan terminlarni navbat bilan aytadilar. Masalan:

"Kub", "ayirma", "son", "to'rtburchak", "misol", "masala" va hakozo kabi.

Shuningdek ularning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha ham o'yin shartiga iqtisodga oid terminlarni aytish topshirig'i kiritiladi. Bolalar "mulk", "mulkdor", "bank", "iste'molchi", "pul", "soliq", "bozor", "foyda", "daromad" kabi terminlar bilan tanishib boradilar va ularni ongli ravishda so'zlashuv jarayonida qo'llashga harakat qilishadi.

1. Qimmatbaho qog'oz.

2. Daromaddan to'lanadigan to'lov.

3. Muayyan muddatga ma'lum bir foiz evaziga qarz berish.

4. Doimiy iste'molchi, xaridor.

5. O'zbek milliy valyutasi.

6. Aholi uchun zarur bo'lgan iste'mol to'lovlarning oldi - sotdisi.

7. Olingan foyda.

Guruhlarni rag'batlantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning faolligiga qaratiladi.

Eslatma: Kerakli o'rinlarda o'qituvchi tomonidan qo'shimcha ma'lumotlar ham kiritilish mumkin.Yuqorida qayd etilgan o'yin va topshiriqlar orqali o'quvchilarning barcha tafakkur operatsiyalari, hodisalarni har tamonlama tahlil qilish sabab, oqibat, bog'lanishlarni aniqlash jarayonida o'quvchilar faolligi yanada oshadi. Shu tariqa o'quvchilarda darslarga qiziqish hosil qilinadi.

 

 

 

 

 

MATEMATIK  TOPISHMOQLAR

       Bir  daraxtda  o'n  ikki  butoq,

       Uch  yuz  oltmish  besh  yaproq.

       Yaproqlarning  bir  yog'i  qora,

       Bir  yog'i  oq.                                  (yil, oy, kun, kecha, kunduz )

       O'ynar  uchta  qiz  bola ,

       Go'yo  ochilgan  lola.             

       Do'stlari  kelishdi  beshta,

       Ayt  ular  bo'ldi  nechta?                                ( 8ta )

       Oppoq  tovuq  don  cho'qir,

       Suv  ichadi  qorasi .              

       Necha  tovuq  bo'ladi,

       Qo'shilganda  olasi .                                      ( 3ta )

       Kelishardi  izlab  buloq,

       Bir  echki-yu  ikkiuloq.

       Ularda  bor  necha  quloq,

       Qancha  oyoq  hamda  tuyoq.                          ( 3x2  3x4   3x8 )  

   Ko'm-ko'k  archa  ostiga  qurdik  belanchak,

   Belanchakda  uchmoqqa  turar  navbatda .

   Sakkiz  malla  tulki-yu,  beshta  bo'richa,

   Yetti  ayiq  bolasi , bir  juft  quyoncha

   Aytinglar-chi  bolalar, hammasi  nechta?               ( 8+5+7+2 =22 )

       O'ktam  titdi  o'n  uch  cho'rtan,

       Alisher  ham  to'rtta  sazan.

       Ulug'bek  tutdi  ikki  laqqa,

       Nechta  baliq  chiqdi  qirg'oqqa ?                     ( 13+4+2 = 19 )

            Ozingizni  sinab  ko'ring

   1-savol. Quydagi  sonlarni  yoza  olasizmi ?

-39899, 10040 sonlaridan  bitta  ortiq.

-80000, 100000, 9999  sonlaridan  bitta  kam.

-38600 dan  100 ta  kam.

-7484  dan  1000 ta  kam.

- Eng  kichik  besh  xonali  son.

-  87323  sonida  nechta  yuzlik  bor?

   2-savol.  100305  soni  nechta  raqamdan  tuzilgan  ( 3ta  raqamdan - 1, 0 , 3, 5 )

   3-savol. Qandaydir  ikki  sonning  ko'paytmasi  ulardan  biriga  teng  bo'lishi  mumkinmi ? (1x1=1  1x0=0)

   Qanday  ikki  sonning  bo'linmasi  ulardan  biriga  teng?

   Qanday  ikki  sonning  yig'indisi  ularning  har  biriga  teng ? ( 0+0=0)

   4-misol.  720 ning  uchdan  biri  necha ?

   5-misol. 137895  va  137985 ni  taqqoslang.

   6-misol.  Tomoni  40 m  bo'lgan  futbol  maydoninig  yuzi  qancha  bo'ladi ?  Perimetri - chi ?

   7-misol.Eng  kichik  to'rt  xonali  sonni  eng  kichik  ikki  xonali  songa  ko'paytiring .( 1000x10=10000 )

   8-misol.  Teskari  yozilganda  o'zgarmaydigan  to'rt  xonali  son  yozing  (1001, 2112, 5665 )

   9-misol.  Yarim  metr  necha  dm ?

   10-misol.  Akasi  12 yosh  7 oylik.  U  singlisidan  3 yosh  5 oy  katta  bo'lsa,  singlisi  neha  yoshda?                (  4 yosh  2 oy )

Ifoda  tuzish  va  hisoblashga  doir  mashqlar.

   1-mashq. 21  va  301  sonlarining  ko'paytmasini  168  ga  orttiring

   2-mashq.  6ta  yuz , 2ta  o'n , 9ta  bir  va  4ta  yuz , 9ta  o'ndan  iborat  sonni  yozing.

   3-mashq.  1645,2190,1959,199,304  sonlarida  nechta  yuz  bor ?

   4-mashq.  14020 ni  107 ga  orttiring .

   5-mashq.  804  sonini  yarmini  toping.

   6-mashq.  Erkin  kunning  1/3  qismini  uxlaydi. Erkin  necha  soat  uxlaydi.

   7-mashq.  100101  va  3  hamda  1002  va  2  sonlari  bo'linmasining  yig'indisini  toping.

   8-mashq.  Kvadratning  perimetri  280 sm . Uning  tomoni  nimaga  teng .

   9-mashq.  2  va  6  raqamlaridan  foydalanib  uchta  uch  xonali  son  yozing  va  o'sib  borish  tartibida  joylashtiring

   10-mashq.  Qanday  ikki  xonali  sonni  17 ga  bo'lganda  qoldiqda  2  hosil  bo'ladi.

 

Mantiqiy topshiriqlar

1.        Maktabga 1-smenada o’qiydigan o’quvchi yo’lda 1-smenadagi 2ta o’rtog’i bilan uchrashib qoldi. Hammasi bo’lib maktabga nechta o’quvchi ketyapti? ( 1 ta)

2.        7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi? (2 ta)

3.        Yo’lkada 6 ta chumchuq bor edi. Ularning yoniga yana 8 tasi uchib keldi. Shu payt paydo bo’lgan mushuk ulardan 1tasini ushlab oldi. Nechta chunchuq qoldi? (Hammasi uchdi)

4.        Yerdamas yurish ishim

Daraxtdir mening jismim

Shoxiga qo’shib bir dum

Shunda jismim bilarsiz

O’ynab xursand bo’larsiz.                (shaxmat)

5.        Egri-bugri qop-qora

Qator qilib tuzilgan

Zanjir bo’lib uzilgan

Tug’ilganda tili yo’q

Lekin so’zlashga chechan.                (alifbo)

6.        Juda ham mittidir o’zi

Sog’liqni ko’zlar lo’zi

Siz-bizga xizmat etar

Ishlasa ozib ketar.                           (sovun)

7.        Ko’p yillar yashar o’zi

Sira yumilmas ko’zi

Tong otar, bo’lar kech

O’z joyidan jilmas hech.                  (tandir)

8.        Nimani o’ng qo’l bilan ushlash mumkin, lekin chap qo’l bilan ushlash mumkin emas? 

(chap qo’l tirsagi)

 

 

 

“7 ”

7 raqamiga ega bo’lish uchun matematik amallarni e’tiborga olgan holda bo’sh kataklarni to’ldiring.

                                                                                               

 


                         -         =        

 

 :         +        -

 

 
       x         =

 

 

 

 =        =        =                         

7

 
 


                      +                                      =                                                    

 

 

 

 

 

 

 

 

“Sonlar piramidasi”

Piramidaning pastki qismidagi sonlar yig’indi shaklida ko’payib boradi. Tepa qismida esa aksincha, sonlarning ayirmasi bajarilib, sonlar kamayib boradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


1 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada to’g’ri matematik amallar hosil bo’lsin .     

                               

2

 

6

 
 

 


                         :          x         =        

 

 -         x        +

37

 

 

 

8

 
       +         x         =

 

 

 

 x        -          -                           

36

 

 

 

1

 
 


                      +         x                                           =                                                   

 

=         =         =

4

 

17

 

1

 
 


                                 

 

Qiziqarli  savollar

1.    Nima uchun inson orqasiga qaraydi?  (Chunki uning boshining orqasida ko'zlari yo'q)

2.    Nima yengilroq : 100kg temir yoki 100kg paxta ?      (ikkovi teng )

3.    Yilda eng kalta oy qaysi ? ( May - chunki 3ta harfdan iborat)

4.    Qanday taroq bilqn sochingni tarolmaysan? (Xo'rozning tojisi bilan)

5.    3ta tayoqchadan, sindirmasdan, 4ta qilish mumkinmi? (tayoqchalardan 4 sonini yasang)

6.    Ovqat qilishdan oldin qozonga nima tashlanadi? (nazar)

7.    Mushuk nimaga yuguradi ? ( chunki ucholmaydi)

8.    Xo'roz o'zini qush deb aytoladimi ? ( yo'q: chunki gapirolmaydi)

9.    Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (bitta,chunki birichi tuxumdan keyin och qoringa bo'lmaydi )

10.     Qayerda suv tik turadi ?   (Butilkada,  stakanda)

11.     Qaysi yil atigi bir kun bo'ladi? ( Yangi yil)

12.     Qanday idishdan ovqatlanishmaydi? (Bo'sh)

13.     Nima uchun sigir yotadi ? ( chunki o'tirolmaydi )

14.     Mashina ketayotganda qaysi g'ildiragi aylanmaydi? (zapas g'ildiragi)

15.          Yumgan  ko'zlar bilan nima ko'rish mumkin? (tush)                 

 

Dam olish daqiqasi

        Dam  olish  daqiqalarida o’yin tarzida og'zaki  topshiriqlar  aytib, dars samaradorligini oshirish mumkin. Shu tariqa o’quvchilar charchog’i  tarqaladi, diqqati to’planadi, ish qobiliyati faollashadi.

1.      Kulrang g’ozlar uchdilar

Ko’lmakchaga qo’ndilar

U yon, bu yon qarashib

Yana uchib ketdilar 1, 2, 3…

2.      O’ng qo’limda besh barmoq

Chap qo’limda besh barmoq

Ikkalasi esh barmoq

Har birining nomi bor

O’z o’rnida joyi bor

Boshmaldoq, boshbarmoq

O’rta terak, xo’jaterak

Kenja buva

Hammasi bo’lib

O’n barmoq.             (chapak chalinadi)

Mundarija

Kirish ……………………………………………..……3

Didaktik o‘yinlar va ularning ahamiyati…….….……..6

"Jim” o‘yini …………………………………………..8

"Bilmasvoyning xatolari" o‘yini ………………………8

"Kim epchil" o‘yini …………………………………..8

"Zukkolar" o‘yini …………………………….……….9

"Bu qaysi shakl ?" o‘yini ……………………..……….9

"Kosmos bahodiri kim?"o‘yini……………….….…….10

"Mohir hisobchi"o‘yini ……………………….………10

“Olma terish” o‘yini……………………………….……10

"Sonli vagonchalar" o‘yini…………………….………11

"Tez yurar poyezd" o‘yini……………………….…….11

"Kopto'k" o‘yini….. ………………………….………12

Matematik topishmoqlar ………………………………13

Mantiqiy topshiriqlar ……………………………….…15

Qiziqarli savollar ……………………………….….….19

Dam olish daqiqasi ……………………………..……..19   


Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Ushbu metodik qo’llanma m atematika darslarida didaktik o’yinlardan o’ziga xos tarzda tashkil etish haqida yoritilgan bo ’ lib , bundan boshlang ’ ich sinf o…

Ushbu metodik qo’llanma m atematika darslarida didaktik o’yinlardan o’ziga xos tarzda tashkil etish haqida yoritilgan bo ’ lib , bundan boshlang ’ ich sinf o…

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim - tarbiya va kadriar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim - tarbiya va kadriar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi

I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi

I dan 1000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal; 4-sinfda - 1 dan 1 000 000 gacha bo'lgan sonlar, to`rt arifmetik amal kabi mavzular qaraladi

Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi

Igan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi

Geometrik shakllarga oid. - rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish; - tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa…

Geometrik shakllarga oid. - rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchaklar (jumladan, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish; - tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa…

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak

O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar

O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar

Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi

Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi

Shaklga to'g'ri ta'rif bergan va shaklning nomini to'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi

Shaklga to'g'ri ta'rif bergan va shaklning nomini to'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi

Sonli vagonchalar" o`yini 2 sonini 2, 3, 4, 5, 6 sonlariga ko'paytirishni mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin

Sonli vagonchalar" o`yini 2 sonini 2, 3, 4, 5, 6 sonlariga ko'paytirishni mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin

Kopto'k" o`yini Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqini o'stirish

Kopto'k" o`yini Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqini o'stirish

Bir daraxtda o'n ikki butoq,

Bir daraxtda o'n ikki butoq,

Qandaydir ikki sonning ko'paytmasi ulardan biriga teng bo'lishi mumkinmi ? (1x1=1 1x0=0)

Qandaydir ikki sonning ko'paytmasi ulardan biriga teng bo'lishi mumkinmi ? (1x1=1 1x0=0)

Mantiqiy topshiriqlar 1.

Mantiqiy topshiriqlar 1.

“ 7 raqamiga ega bo’lish uchun matematik amallarni e’tiborga olgan holda bo’sh kataklarni to’ldiring. - = : + - x = = = = 7…

“ 7 raqamiga ega bo’lish uchun matematik amallarni e’tiborga olgan holda bo’sh kataklarni to’ldiring. - = : + - x = = = = 7…

Sonlar piramidasi” Piramidaning pastki qismidagi sonlar yig’indi shaklida ko’payib boradi

Sonlar piramidasi” Piramidaning pastki qismidagi sonlar yig’indi shaklida ko’payib boradi

1 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada to’g’ri matematik amallar hosil bo’lsin . 2 6 : x = - x + 37 8…

1 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada to’g’ri matematik amallar hosil bo’lsin . 2 6 : x = - x + 37 8…

Qiziqarli savollar 1.

Qiziqarli savollar 1.

Mundarija Kirish ……………………………………………

Mundarija Kirish ……………………………………………
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.07.2020