Доривор усимликлар
Оценка 4.9

Доривор усимликлар

Оценка 4.9
Лекции
pptx
биология
Взрослым
14.09.2022
Доривор усимликлар
Dоrivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, modulning predmeti, vazifalari,uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi.
1-Мавзу.pptx

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

Mavzu:Dоrivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, modulning predmeti, vazifalari,uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi.

Tuzuvchi: Farmakognoziya kafedrasi katta o’qituvchisi S.I.Xudayorova 15.09.2022

Mavzu:Dоrivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, modulning predmeti, vazifalari,uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi

Mavzu:Dоrivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, modulning predmeti, vazifalari,uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi

Mavzu:Dоrivor o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduliga kirish, modulning predmeti, vazifalari,uslublari va modul sifatida rivojlanish tarixi.

Reja:
Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining maqsad va vazifalari.
Modulning boshqa modullar bilan aloqasi.
Dorivor о‘simliklarning о‘rganilish tarixi.

Asosiy tushunchalar: dorivor, dorivor о‘simlik, dorivor mahsulot, biologik faol moddalar, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot

Asosiy tushunchalar: dorivor, dorivor о‘simlik, dorivor mahsulot, biologik faol moddalar, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot

Asosiy tushunchalar:

dorivor, dorivor о‘simlik, dorivor mahsulot, biologik faol moddalar, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot.

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining maqsad va vazifalari

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining maqsad va vazifalari

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining maqsad va vazifalari.

О‘zbekiston tabiati о‘zining betakror gо‘zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning о‘simliklar dunyosi nihoyatda boydir. Kо‘p dorivor о‘simliklar о‘zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida keng tarqalgan bо‘lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qо‘llanib kelinmokda.
Tibbiyotda ma’lum kasallikni davolash hamda shu kasalliklarni oldini olish uchun ishlatiladigan о‘simliklarni dorivor о‘simliklar deb yuritiladi.

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli dorivor о‘simlik turlari va ulardan olinadigan dorivor mahsulotlarni о‘rganadi, tahlil qiladi

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli dorivor о‘simlik turlari va ulardan olinadigan dorivor mahsulotlarni о‘rganadi, tahlil qiladi

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli

dorivor о‘simlik turlari va ulardan olinadigan dorivor mahsulotlarni о‘rganadi, tahlil qiladi.
Dorivor о‘simliklarni о‘rganishda quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy-tekshirish ishlari olib boriladi:
Dorivor о‘simliklarni yuqori samarali figopreparatlar (о‘simliklarning dorivor vositalari) manbai sifatida о‘rganish.
Yangi dorivor о‘simliklarni izlab topish va ularni tibbiyot amaliyotida ishlatishga tadbiq etish.

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining vazifasi: dorivor o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va tasnifi, tabobatda qo‘llanilishi, qimmatbaho dorivor…

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining vazifasi: dorivor o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va tasnifi, tabobatda qo‘llanilishi, qimmatbaho dorivor…

Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining vazifasi: dorivor o‘simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, kimyoviy tarkibi va tasnifi, tabobatda qo‘llanilishi, qimmatbaho dorivor turlarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish masalalarini о‘rganishdan iborat.

Kasallikni davolash va uning oldini olish maksadida dorivor о‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor vositalar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi

Kasallikni davolash va uning oldini olish maksadida dorivor о‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor vositalar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi

Kasallikni davolash va uning oldini olish maksadida dorivor о‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor vositalar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. О‘simliklar о‘z tarkibida ma’lum kasallikka shifo bо‘la oladigan, kishi organizmiga qandaydir ta’sir kо‘rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Buning uchun shu о‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bо‘lgan qismlaridan, ya’ni ba’zi о‘simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba’zilarining esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, pо‘stlok yoki о‘t о‘simliklarning butunlay yer ustki qismi — о‘ti) foydalaniladi. Biologik faol moddalar о‘simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda tо‘planmaydi. Ba’zi о‘simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida tо‘planadi. Dorivor vosita tayyorlashda ishlatiladigan biologik faol birikmalarga boy bо‘lgan о‘simlik organlari dorivor mahsulot deb ataladi.

Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bо‘lgan biologik faol moddalari bо‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi

Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bо‘lgan biologik faol moddalari bо‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi

Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bо‘lgan biologik faol moddalari bо‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. Biologik faol moddalar kо‘pincha ayrim о‘simliklarga xos bо‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona, mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, marvaridgul, erizimum о‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari, flavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar sifatida uchraydi. Ba’zi dori turlari, dorivor vosita va toza moddalar о‘simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan efir moylari, smolalar, moy va yog‘lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin, prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi.

Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan…

Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan…

Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yо‘li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi. Sanoat miqyosida kimyoviy sintez orqali olinayotgan turli xildagi dori-darmonlarning tannarxi dorivor о‘simliklardan olinayotgan dori-darmonlarga nisbatan ancha qimmatga tushadi. Tabiiy dori-darmonlar inson organizmini davolashda yaxshi samara berib, hech qanday asorat qoldirmaydi. Shu sababli, kimyoviy sintezdan kо‘ra tabiiy xomashyodan preparatlar tayyorlashni ilmiy tibbiyot tasdiqlamokda. Dorivor о‘simliklar xomashyo bazasini kengaytirish kechiktirib bо‘lmaydigan dolzarb muammolardan biri sanaladi.

Hozirgi paytda shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qо‘llanilib kelinmokda

Hozirgi paytda shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qо‘llanilib kelinmokda

Hozirgi paytda shifobaxsh о‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng miqyosda qо‘llanilib kelinmokda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor о‘simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24 turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng foydalanilmokda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda, qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. Dorivor о‘simliklarga va ulardan olinadigan dorivor vositalarga tibbiyot sohasida bо‘lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yо‘li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor vositani uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va hayvon organizmida turli noxush о‘zgarishlarni yuzaga keltirishidir. Shunga kо‘ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda о‘simlik dorivor vositalariga — fitopreparatlarga va dorivor о‘simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Bu esa о‘z navbatida dorivor о‘simliklarni о‘rganish ahamiyatining yanada oshishiga olib keladi.

Dorivor о‘simliklar fanining о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

Dorivor о‘simliklar fanining о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

Dorivor о‘simliklar fanining о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:



Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bо‘lgan biologik faol moddalar hamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor о‘simliklarni о‘rganish.
Tabiiy sharoitda yо‘qolib ketish xavfi bо‘lgan va kamayib ketayotgan noyob dorivor о‘simliklarni muhofaza qilish.
Respublikamizda yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklardan oqilona foydalanish.
Fitopreparatlar va dorivor о‘simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi dorivor о‘simliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish.

Dorivor о‘simliklar fani о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi:

Dorivor о‘simliklar fani о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi:

Dorivor о‘simliklar fani о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi: Dorivor о‘simliklarni о‘rganish maqsadida ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi hamda asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalarning yig‘iladigan organlari va vaqti aniqlanadi. Dorivor turlarni asrab qolish va sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklar maydonlarini izlab topish, zahirasini aniqlash, dorivor mahsulotni yig‘ish, quritish, saqlash va transportda jо‘natish tadbirlari ishlab chiqiladi. Xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning yangi turlari о‘rganiladi. Dorivor о‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil qilinadi va amalga oshiriladi.

Modulning boshqa modullar bilan aloqasi

Modulning boshqa modullar bilan aloqasi

Modulning boshqa modullar bilan aloqasi. Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi moduli ham barcha sohalarda bо‘lganidek, boshqa modullarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о‘zi mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. О‘z navbatida dorivor о‘simliklar fani ham о‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simliklar fiziologiyasi, о‘simliklar biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlarga erisha oladi. Dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining biotexnologiya yо‘nalishi talabalariga о‘qitiladigan barcha modullar bilan bog‘liqligi katta. Dorivor о‘simliklarni bilish va yaxshi о‘rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur о‘zlashtirishning ahamiyati katta. Biotexnologiya yо‘nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida о‘tiladigan botanika (о‘simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, о‘simliklar sistematikasi), kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili) dorivor о‘simliklar modulini о‘qitishga asos bо‘lsa, dorivor о‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi modulining о‘zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor о‘simliklar va ulardan olinadigan dorivor mahsulot, dorivor mahsulotlardan xalq tabobatida foydalanish usullari, dorivor о‘simliklardan ilmiy tibbiyotda olinadigan dori vositalari, dorivor о‘simliklarni sug‘oriladigan yerlarda о‘stirish texnologiyasi tо‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi.

Talabalar botanika fani orqali dorivor turlarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar

Talabalar botanika fani orqali dorivor turlarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar

Talabalar botanika fani orqali dorivor turlarning anatomik tuzilishi va morfologik belgilarini о‘rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan dorivor о‘simliklarning kimyoviy tarkibi va kimyoviy tasnifini о‘rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini о‘qish jarayonida dorivor о‘simliklarni ekologiyasi, dorivor о‘simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofazaga muhtoj dorivor turlar haqida о‘rganadilar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini о‘zlashtirish orqali dunyo florasiga oid dorivor turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet tilini mukammal о‘rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga mansub bо‘lgan qimmatbaho dorivor turlar haqidagi ilmiy manbalarni va ma’lumotlarni о‘zlari mustaqil holda chet tilida batafsil о‘qib о‘rgana oladilar va h. Ma’lumki har bir fanning о‘ziga xos metodlari — uslublari mavjud. Dorivor о‘simliklar fani esa nomlari yuqorida kо‘rsatilgan barcha fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Dorivor о‘simliklarning о‘rganilish tarixi. Qadim-qadimdan insoniyat о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Dorivor о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og‘zaki tarqalgan. Davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar о‘rnatilgandan sо‘ng, ana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor о‘simliklar hisobiga dorivor о‘simliklar mahsulotining turi kо‘paya bordi. Yozuv paydo bо‘lganidan keyin dorivor о‘simliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi.

Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor mahsulotlar qayd kilingan

Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor mahsulotlar qayd kilingan

Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor mahsulotlar qayd kilingan. Hatto о‘sha davrda Suriyada dorivor о‘simliklar ekiladigan maydonlar ham bо‘lgan. Misrda esa dorivor о‘simliklar bundan ham ilgari ekila boshlangan. Masalan, eramizdan 2000 yil avval Misrda kanakunjut ekilgan. Hozirga qadar saqlanib qolgan dorivor о‘simliklar haqidagi ma’lumotlar asosan qadimiy yunon adabiyotlarida uchraydi. Yunonlar о‘zlarida yetishtiriladigan dorivor о‘simliklardan tashqari Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan. Mashhur vrachlar Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel) va ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya «asoschisi» Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati dunyoga yoyilgan. Buqrot (eramizdan avvalgi 460—377 yillar) bemorlarni parhez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan kitoblarda dorivor о‘simliklarning 236 turi ta’riflangan. Arastu va uning shogirdi Teofrast (eramizdan tо‘rt asr oldin) kо‘pgina о‘simlik turlarini ta’riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini ham kо‘rsatib о‘tishgan. О‘z davrining atoqli vrachi Dioskorid (eramizning I asrida yashagan), «Materia medica» nomli mashhur kitobida juda kо‘p dorivor о‘simliklarni rasmlari bilan birgalikda ta’riflab bergan. Lotin tiliga tarjima kilingan bu kitobdan Ovrupolik vrachlar XVI asrgacha qо‘llanma sifatida foydalanib kelganlar. Kо‘hna Rimda Galen va Pliniy Starshiy farmakognoziya bilan uzoq vaqt shug‘ullanganlar. Vrach Galen (eramizning 130- yillarida tug‘ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. U о‘z kitoblarida 304 ta dorivor о‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta’riflagan. Galen о‘simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi modda bо‘lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bо‘lib taklif etadi. Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari XIX asrgacha katta ahamiyatga ega bо‘lib keldi.

Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor о‘simliklar bilan davolab kelingan

Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor о‘simliklar bilan davolab kelingan

Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan dorivor о‘simliklar bilan davolab kelingan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan dorivor о‘simliklar ayniqsa diqqatga sazovor. Dorivor о‘simliklarning foydali xususiyatlarini qadim zamonlarda ham halqimiz bilgan va ulardan turli xastaliklarni davolash uchun foydalangan. Shifobaxsh о‘simliklardan foydalanish о‘zining qadimiy zaminiga ega. Bu zamin qadimiy Hind tabobatida boshlangan desak xato qilmaymiz. Hindiston florasi о‘simliklarga juda boy bо‘lib, unda kо‘plab dorivor о‘simliklar ham о‘sadi. Shuning uchun bu yerda bemorlar asosan Hindistonning о‘zida о‘sadigan dorivor о‘simliklar bilan davolanganlar. Hind tabobati dori-darmonlar haqidagi ma’lumotlarni ulug‘ hakim Sushrut (m. a. IV asr) «Yajur-veda» nomli mashhur kitobida 700 ta shifobaxsh giyohlarga tavsif bergan. U kitobda nomi keltirilgan dorivor giyohlardan Hind tabobatida hozir ham foydalanib kelinmokda. Hind tibbiyoti Tibet, Xitoy, Yaponiya, keyinchalik Mо‘g‘iliston va Buryatiyaga yoyila boshlaydi. Bu davlatlardagi mahalliy dorivor о‘simliklar soni Hindistondan keltirilgan о‘simliklar hisobiga orta bordi. Tibet tibbiyoti Hind tibbiyoti ta’sirida rivojlandi. Mashhur «Djut-shi» («Shifobaxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi ham Hindiston «Yajur-veda» si asosida yozilgan.

Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan о‘simliklar, hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab vrachlarining xizmati katta bо‘ldi

Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan о‘simliklar, hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab vrachlarining xizmati katta bо‘ldi

Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan о‘simliklar, hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab vrachlarining xizmati katta bо‘ldi. Ular tibbiyot sohasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga qayta nashrdan chiqardilar hamda Hindistondagi dorivor mahsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qо‘llay boshladilar. О‘z davrining mashhur tabiblari bо‘lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, eronlik Abu Mansur Muvafaq, xorazmlik Al-Xorazmiy, Abu Rayxon al-Beruniy, arab Ibn Baytar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Abu Mansur Muvafaq Hindistonga sayohat qilib, hind tibbiyoti hamda u yerda ishlatiladigan dorivor moddalar bilan tanishadi va bu haqda kitob yozadi. U о‘z kitobida 466 ta о‘simlik va 44 xil hayvondan olinadigan dorivor mahsulotlarning qо‘llanishini ta’riflaydi. Bokulik farmatsiya magistri Abdul Axundov 1893 yilda bu kitobni chuqur о‘rganib, arab tilidagi dorivor mahsulotlarni aniqladi. Ibn Baytar о‘z kitobida 1400 xil dorivor mahsulotlarni ta’riflagan. Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik «Al-qonun» («Tib qonunlari») kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan bо‘lib, kitobning II jildida о‘sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor о‘simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalar ta’riflangan. Kitobda keltirilgan dorivor о‘simliklar soni 500 tadan, о‘simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. «Al-qonun» kо‘pgina Ovrupo tillariga tarjima kilingan bо‘lib, fakat lotin tilining о‘zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha Ovrupo vrachlari undan qо‘llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa tabo- batda va an’anaviy tibbiyotda hozirda ham «Al-qonun»dan keng foydalanilmoqda.

Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «Kitob as-saydana fit-tibb», ya’ni «Tibbiyotda farmakognoziya» asarini yaratadi

Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «Kitob as-saydana fit-tibb», ya’ni «Tibbiyotda farmakognoziya» asarini yaratadi






Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «Kitob as-saydana fit-tibb», ya’ni «Tibbiyotda farmakognoziya» asarini yaratadi. Bu asarda о‘sha davrning sharq tabobatida qо‘llaniladigan 674 ta dorivor о‘simlik va 90 ta о‘simlik mahsulotlari tо‘g‘risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, «Saydana»da yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda shu vaqtgacha tо‘g‘ri aniqlanmagan 113 ta dorivor о‘simliklar hakida ma’lumotlar bor.
Yukorida keltirilgan Ibn Sino va Al-Beruniy asarlarida farmakognoziyaga tegishli qator masalalar (dorivor о‘simlik mahsulotlarini yig‘ish, quritish, saklash muddati, ulardan dori turlari tayyorlash masalalari va boshqalar) о‘z ifodasini topgan.
XIII asrda birinchi marta arab farmakopeyasi «Karabadini» nomi bilan (xorazmlik mashhur hakim Ismoil Jurjoniy о‘zining «Xorazmshoh Karabadini» kitobini XII asrning boshlarida yozgan edi) va farmakopeya tipidagi bir qancha kitoblar («Mahzan al-adviya», «Tuhfat-ul-mо‘minin», «Tazkiran-i-Umil Albob») bosilib chiqdi. Shu davrda dorixonalar ham ochildi.
XV asrda Amerika qit’asi ochilishi munosabati bilan Yevropa medsinasida ishlatiladigan dorivor о‘simlik turlari Amerika о‘simliklari (masalan, tamaki, kakao, xin daraxti va boshqalar) hisobiga kо‘paya boshladi.

Dorivor о‘simliklarni ekish va yig‘ish ishlariga

Dorivor о‘simliklarni ekish va yig‘ish ishlariga

Dorivor о‘simliklarni ekish va yig‘ish ishlariga Petr I juda katta ahamiyat beradi. 1701 yilda Moskvada 8 ta dorixona ochish haqida buyruq chiqadi. Ana shu dorixonalarni dorilar bilan ta’minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori mahsulotlari keltirila boshlandi. 1702 yilda Petr I Sibirdan dorivor о‘simliklar keltirish haqida buyruq chiqaradi. Keyinchalik Qozon, Novgorod, Lubni va boshqa shaharlarda ham dorixonalar ochiladi. Lubni dorixonasi asosan harbiy qismlarni dori bilan ta’minlagan. Petr I buyrug‘i bilan g‘arbiy gospitallar qoshida ham dorixona maydonlari barpo qilindi. Astraxan, Lubni va Peterburg shaharlarida dorivor о‘simliklarning katta plantatsiyalari tashkil etildi. Plantatsiyalar qoshida Galen laboratoriyasi va mahsulot saqlaydigan ombor bо‘lgan. Keyinchalik dorivor о‘simliklar о‘stiriladigan issiqxonalar qurildi. Petr I yovvoyi holda о‘sadigan dorivor о‘simliklarni yig‘ish masalasiga ham jiddiy e’tibor beradi. U dehqonlarga dorivor о‘simliklarni majburiy ravishda yig‘diradi. Petr I 1724 yilda Fanlar akademiyasini ochish tо‘g‘risida buyruq chiqaradi. Shu davrda Rossiya florasini ilmiy asosda о‘rganish maqsadida Fanlar akademiyasi tomonidan bir qancha ekspeditsiyalar uyushtiriladi.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq ishlari keng yо‘lga qо‘yilganligi tufayli butun qit’alardan

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq ishlari keng yо‘lga qо‘yilganligi tufayli butun qit’alardan

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar о‘rtasida savdo-sotiq ishlari keng yо‘lga qо‘yilganligi tufayli butun qit’alardan Ovrupo bozoriga dorivor о‘simliklar keltirila boshlandi. Ular kо‘pincha qirqilgan holda bо‘lib, bu mahsulotlarning tozaligini, tarkibida aralashma bor-yо‘qligini aniqlash kerak bо‘lardi. Shu sababli farmakognoziya boshqa farmatsiya fanlaridan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va bu ishlar bilan shug‘ullana boshladi. Oradan kо‘p о‘tmay turli tillarda farmakognoziyadan qо‘llanmalar bosilib chiqdi. 1858 yilda farmatsiya professori Y.K.Tpapp birinchi marta farmakognoziyadan rus tilida darslik yozadi. Dorivor о‘simlik mahsulotlarining anatomik tuzilishini rus olimlari mikroskop yordamida о‘rgana boshladilar. Moskva universitetining farmatsiya professori A. V. Tixomirov 1900 yilda bosilib chiqqan kitobida kо‘pgina dorivor о‘simlik mahsulotlarining anatomik tuzilishini birinchi bо‘lib tasvirlab berdi. Keyinchalik farmakognoziya sohasida V.O.Podvisotskiy, A.D.Chirikov, N.F.Metin, D.L.Davidov va boshqalarning ham darsliklari bosilib chiqdi. Yuryev (hozirgi Tartu) dorilfununining farmatsiya professori G.Dragendorf dorivor mahsulotlarning kimyoviy analizi bо‘yicha kо‘p ishlar qiladi. U о‘simliklar tarkibidagi har xil dorivor moddalarni aniqlash usullarini ishlab chiqish bilan bir qatorda dunyoda ishlatiladigan 12000 xil dorivor о‘simlik haqida ma’lumot beradi.

Varlix Rossiyada о‘sadigan dorivor о‘simliklar atlasini va shu davrda rus olimi

Varlix Rossiyada о‘sadigan dorivor о‘simliklar atlasini va shu davrda rus olimi

1899 yilda professor Varlix Rossiyada о‘sadigan dorivor о‘simliklar atlasini va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‘atini tuzadi. Bu kitoblar hozir ham о‘z qimmatini yо‘qotmagan. Shveysariyalik farmatsiya professori Chirx G‘arbiy Yevropada о‘sadigan о‘simliklar ustida uzoq vaqt ish olib boradi. Uning shu sohada yozgan uch jildlik kitobi olamga mashhur. Birinchi jahon urushi boshlangandan sо‘ng chet mamlakatlardan Rossiyaga dori mahsulotlari olib kelish imkoni bо‘lmay qoldi. Shundan keyin Rossiya florasini, ayniqsa dorivor о‘simliklarni о‘rganish va ularni kо‘p miqdorda yig‘ish ishlari boshlanib ketdi. Ba’zi dorivor о‘simliklar (kо‘knori, angishvonagul, kanakunjut) plantatsiyalari tashkil etildi. Belladonna о‘simligi о‘sadigan joylar aniqlandi. Rossiya dorivor mahsulotlarga muhtoj bо‘lsada, lekin ularni yig‘ish ishlari faqat Rossiyaning Yevropa qismidagina uyushtirilgan bо‘lib, floraga boy Kavkaz, Sibir, О‘rta Osiyo va boshqa yerlar e’tibordan chetda qoldirilgan edi. Xalq komissarlari Soveti 1921 yilda dorivor о‘simliklarni yig‘ish va ekish tо‘g‘risidagi maxsus Dekret chiqaradi. Bu Dekret farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari bilan ta’minlash hamda dorivor о‘simliklarni yig‘ishda katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Dori mahsulotlarini yig‘ish ishi bilan faqat davlat mahkamalari shug‘ullana boshlaydi va bu ish ma’lum reja asosida olib boriladi. Dekret asosida yangi ilmiy-tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi qо‘llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar yaratish zarur edi. Shu maqsadda 1931 yilda Butunittifoq dorivor va xushbо‘y о‘simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi.

Bundan tashqari, Butunittifoq о‘simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi

Bundan tashqari, Butunittifoq о‘simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi

Bundan tashqari, Butunittifoq о‘simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa foydali о‘simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini о‘rganishdan iborat edi. Dorivor о‘simliklarni ekish va agrotexnika usullarini о‘rganish bilan ularga bо‘lgan ehtiyojni qondirish qiyin bо‘lib, shu sababli dorivor о‘simliklarni qidirib topish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyalar Kavkaz, О‘rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq va boshqa tumanlar florasini о‘rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar Butunittifoq dorivor о‘simliklar instituti (VILR), Sobiq Ittifoq va respublikalar Fanlar Akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika bog‘lari, farmatsevtika institutlari va boshqa oliy о‘quv yurtlari hamda ilmiy-tekshirish institutlarining ayrim laboratoriyalari tomonidan uyushtirilib kelindi. Ayniqsa, bu sohada VILR va Sobiq Ittifok Fanlar Akademiyasining botanika bog‘lari tomonidan (L.A.Utkin, P.S.Massagetov va boshqalar rahbarligida) о‘tkazilgan ekspeditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi, ayniqsa chet eldan keltirilgan dorivor о‘simliklar о‘rnini bosadigan juda kо‘p dorivor о‘simliklar topildi. Shy bilan birga qator dorivor о‘simliklarning kо‘p о‘sadigan joylari, ularning zahiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib ketayotgan muhim dorivor о‘simliklarni ma’lum miqdorda tayyorlash va ularni saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi.

Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda

Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda

Dorivor о‘simliklarni qidirib topish va о‘rganish ishi hozir ham keng kо‘lamda olib borilmoqda. Yangi dorivor о‘simliklarni topishda xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarni о‘rganish, о‘simliklarni filogenetik qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma’lum tuman florasini yalpi kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar bо‘lgan о‘simliklarni tekshirish ishi akademik A.P.Orexov rahbarligida boshlangan. A.P.Orexov rahbarligida G.P.Menshikov, R.A.Konovalova, N.F.Proskurnina, M.S.Rabinovich, V.V.Kisilyov va S.S.Norkina kabi yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular alkaloidlarni о‘rganish ishiga katta hissa qо‘shdilar. Shunday qilib, 8 yil ichida (1930—1937 yillar) laboratoriya xizmatchilari A.P.Orexov rahbarligida 80 ta alkaloidli yangi о‘simliklarni topdilar hamda ulardan 40 ta yangi alkaloid ajratib oldilar. Bu vaqtda butun dunyoda hammasi bо‘lib 113 ta, jumladan, Hindistonda 20, Yaponiyada 18, Angliyada 12, Xitoyda 10 ta yangi alkaloid topilgan edi. Shunday qilib, sobiq Ittifoq alkaloidli о‘simliklarni о‘rganish bо‘yicha dunyoda birinchi о‘ringa chiqib oldi. О‘zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan O.S.Sodiqov va S.Y.Yunusovlar hamda ularning shogirdlari tomonidan keng kо‘lamda davom ettirilmokda. Bu haqda keyingi mavzuda tо‘xtalamiz.

Nazorat uchun savollar: Dorivor о‘simliklar fani nimani о‘rganadi?

Nazorat uchun savollar: Dorivor о‘simliklar fani nimani о‘rganadi?

Nazorat uchun savollar:

Dorivor о‘simliklar fani nimani о‘rganadi?
Dorivor о‘simliklar fanining maqsadi nima?
Dorivor о‘simliklar deb qanday о‘simliklar aytiladi?
Biologik faol moddalar deb nimaga aytiladi?
Dorivor mahsulot deganda nimani tushunasiz?
Dorivor о‘simliklar fani qaysi fanlar bilan bog‘liq?
Dorivor о‘simliklarni о‘rganilish tarixi.
О‘rta Osiyoda dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi.
Yevropa mamlakatlarida dorivor о‘simliklarni о‘rganilishi.
 

Фойдаланиш учун адабиётлар Буригин

Фойдаланиш учун адабиётлар Буригин

Фойдаланиш учун адабиётлар

Буригин В.А., Жонгузаров Ф.Х. Ботаника. –Т:Ўқитувчи,1977.
Жуковский П.М. Ботаника. -Москва:Высшая школа, 1964.
Яковлев Г.П., Челомбытко В.А. Ботаника. –Москва:Высшая школа, 1990.
Ботаника : конспект лекций / Н. В. Степанов, И. Е. Ямских, Е. А. Ива-нова [и др.]. – Красноярск : ИПК СФУ, 2009.
Ҳамдамов И., Шукруллаев П., Тарасова Е., Қурбонов Ю., Умирзоқов А. Ботаника асослари. -Т:Меҳнат, 1990.

Эътиборингиз учун рахмат!

Эътиборингиз учун рахмат!

Эътиборингиз учун рахмат!

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
14.09.2022