KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasi qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kеlib chiqib, mustaqillik yillari davomida milliy mumtoz san'atimizga bo`lgan ahamiyat yanada kuchaydi.
Dunyo miqyosida har ikki yilda o`tkazilayotgan Samarqanddagi «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy fеstivali, Rеspublika miqyosidagi «Nihol», «Kеlajak ovozi» tanlovlari, har to`rt yilda Toshkеnt davlat konsеrvatoriyada o`tkazilayotgan «Yunus Rajabiy nomli maqomchilar ko`rik-tanlovlari», har ikki yilda O`zbеkiston litsеy va kollеjlar orasidagi o`takzilayotgan maqomchilar ko`rik tanlovlari yoshlarimizning milliy san'atimiz bo`lmish mumtoz kuy va qo`shiqlarni, “Shashmaqom” kabi durdona musiqa mеrosimizni qiziqib, o`rganishlariga katta turtki bo`lmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek kelajak avlodni kamolot sari yetaklashda ko’plab omillar qatorida musiqiy nazariy bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon barcha boshqaruvchi tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo’li bilan bilim darajasini samaradorligini yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvini joriy etishni ifodalaydi. Davlatimizda ta’lim soxasida XXI asrda tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchilar hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr muxabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllanadi. Ya’ni, komil shaxsni tarbiyalashda musiqiy nazariy bilim darajasini o’stirishda katta mahorat, ijodiy tashabbus, chidam bilan muntazam ishlash talab etiladi.
1.DOSTONCHILIK SAN’ATI
Sharq xalqlari og‘zaki ijodiyotida adabiy-musiqiy dostonlar muhim o‘rin tutadi. Ular avloddan- avlodga o‘tib kelgan so‘z, she'r, ovoz, soz va tomosha san'atini o‘zida mujassamlashtiruvchi bebaho badiiy namunalardir. Dostonlarning har bir qirrasi bir butunicha asrlar davomida kishilar ma'naviy ehtiyojlarini qondirib kelgan qadimiy sharqona san'at. O‘zbek milliy dostonchiligi esa ushbu serko‘lam jabhadagi umumturkiy madaniyatning yorqin va o‘ziga xos bir bo‘lagidir.
2.DOSTON VA UNING MUSIQIY XUSUSIYaTLARI
Qadimgi xalq afsonalari, rivoyatlar, dostonlar va hikoyalar jamiyatning tarixga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va kishilar ijtimoiy ongini shakllantirgan desak xato bo‘lmas. Har bir afsona zamirida turli zamonlar va turfa xil urug‘ hamda qabilalarning qahramonlar qiyofasini uchratish mumkin. Bunda turli urf-odatlar, diniy, axloqiy, mahalliy udumlar, tarixiy voqyealar, bahodirlik ertaklari o‘z ichida mazmun-mohiyati bilan yuqoridagi jihatlarni birlashtirgan singarimurakkab majmua bo‘lib, tafakkur va tasavvur asosida yaratilgan va so‘z orqali kishilar ongiga yetkazilgan. Elat va qavmlarning yashash tarzi, tafakkur va e'tiqodlarini tadqiq etishda milliy doston, rivoyat va afsonalar tarixiy vositalar sifatida qimmatli manbaga aylanadi.
3.«BOLA BAXShI» DOSTONI
Dostonchilikda tadqiqot uchun eng qadrli bo‘lgan asl manbalari, doston ijrochiligining yuqorida aytib o‘tilgan jonli guvohlari va ko‘zga ko‘ringan vakillarining axborotlari juda muhimdir. Xususan, Shirvoniy uslubining yirik namoyandasi, o‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston xalq baxshisi, Ozarbayjon oshiqlar uyushmasining a'zosi, urush va mehnat faxriysi Bola baxshi Qurbonnazar Abdullaevdan olingan dostonchilikning barcha jabhalariga taalluqli ma'lumotlarjuda qimmatlidir. Baxshi otaning aytishicha, bu kasb unga bobo meros bo‘lib, Qurbonnazarning katta bobosi Usmon baxshi el orasida dong’i ketgan mashhur baxshilardan hisoblangan.
4.DOSTON NOMALARINING IFODA VOSITALARI
Xalqlarning madaniy turmush tarzi, ma'naviy merosini tadqiq etishda milliy dostonlarning musiqiy an'analari ifoda vositalari juda qimmatbaho manbaa. Bular nafaqat san'at tarixining bo‘sh yerlarini to‘ldiradi balki ijtimoiy ruh akslarini, badiiy tushuncha va tafakkurlarini o‘rganish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, shamanlar marosimida so‘z ko‘paygan sari unga ohang qo‘shilishi natijasida asta sekinlik bilan, qissa va afsonalar paydo bo‘lib, qo‘shiq sifatida kuylanib kelingan.
XULOSA
Milliy musiqa merosimiz o`tmishdan ikki ulkan yo`nalish ya`ni, bir-biridan paydo bo`luvchi, bir-birini to`ldiruvchi, shu bilan birga alohida o`ziga xos xususiyat-sifatlariga ega bo`lgan yo`nalishlardan tashkil topgan. Shulardan biri-musiqiy folklor bo`lsa, ikkinchisi-ijodkorlar tafakkuri bilan yaratilgan kasbiy musiqadir. Har ikki yo`nalish o`zining ichki qonunlari, shakli, ijro uslubi, joyi va vaqtiga egadir. Yaxshi shе’r, yaxshi kuy va yaxshi ijro. Xalqimiz asrlardan bеri sеvib tinglab qiladigan Lutfiy, Navoiy, Bobur, Furqat va boshqa ko’pgina mumtoz shiorlarimizning azallari bilan aytiladigan qo’shiqlarda mazkur uch sifat uzviy bolangan. Shuning uchun ham ular umribaqiydir. Ular millatimizning bеbaho xazinasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kаrimоv I.А. “YUksаk mа’nаviyat еngilmаs kuch” T., “Mа’nаviyat”2008y.
“SHаrq tаrоnаlаri” Mаqоlаlаr to’plаmi Tоshkеnt – 2007 Tuzuvchilаr: M.YUsupоvа, О.Ibrоhimоv, E.YAfаsоvа
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: “O‘zbekiston”, 2017.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston”, 2017.
T.YE.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1991
I.Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.1993
O.Matyaqubov Og`zaki an’anadagi professional musiqaga kirish T.1993
O.Matyaqubov Maqomot T.2004
N.Shadmonov Risola-yi musiqiy T.1997
Elektron – ta'lim resurslar
www. Zionet. uz
tdpu – INTERNET. Ped
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.