Экологический проблемы
Оценка 4.8

Экологический проблемы

Оценка 4.8
Научно-исследовательская работа
pptx
экология
Взрослым
19.02.2022
Экологический проблемы
Экологический проблемы
ekologik muammolar.pptx

Ekologik muammolar

Ekologik muammolar

Ekologik muammolar

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy…

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy…

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga ta’sirini o’rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik ong tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo’ygan.
Ma’lumki, Toshkent va Navoiy mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan shaharlar hisoblaniladi. Navoiydagi tog’-kon, mineral o’g’itlar va sement mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari O’zbekistonda yetakchi o’rinni egallaydi. ekologik muammolar va ularni hal etish bo’yicha olib borilgan ekologik tadbirlar aynan shu korxonalar asosida, aniq dadillar bilan yoritilgan.

Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas

Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas

Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Shu ma’noda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona zaminimiz – boyligimizning, mustaqilligimizning va go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” – degan so’zlarida juda katta ilmiy-falsafiy mazmun bor. Insoniyat yashayotgan zaminning o’z qonuniyati mavjud. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne’matning o’zi yo’q. Biz esa bundan ogoh bo’lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning ajralmas qismi.

Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh…

Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh…

Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar bo’lmasa bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz. Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in’om etgan buyuk ne’matlaridir. Olloh taoloning barcha nozu-ne’matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo’lishning o’zi bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat paydo bo’la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo’lgan aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo’lgan davrdan, to hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib, unga ta’sirni o’tkazib, bu ta’sirni bora-bora kuchaytirib, oqibatda tabiatni batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o’simligi, hayvonot dunyosining tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. “Dunyo tarixida ilk daf’a inson faoliyati hayotning eng zarur sarchashmalarining buzilishi va yemirilishiga sabab bo’lmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda

O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda

O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida 3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy tog’-metallurgiya kombinatida bu ko’rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan.
“Kimyoviy ekologiya” insoniyat tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklar oqibatida vujudga kelgan ekologik fojealarni o’rganadi va tahlil qiladi, oldini olish uchun chora-tadbirlar izlaydi. Tabiiy va tarixiy merosimizni saqlab qolish Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy asoslangan muammolarni tushunish maqsadga muvofiq.

Ekologik muammolar Ekologiya Kimyo

Ekologik muammolar Ekologiya Kimyo

Ekologik muammolar

Ekologiya

Kimyo

Fizika

Tibbiyot

Biologiya

Geografiya

Psixologiya

Falsafa

Pedagogika

Tarix

Respublikamizdagi eng muhim ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora-tadbirlarini

Respublikamizdagi eng muhim ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora-tadbirlarini

Respublikamizdagi eng muhim ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora-tadbirlarini Sayyoramiz kelajagi, insoniyatning taqdiri hozirgi davrda ko’p jihatdan ekologik muammolar yechimiga bog’liq bo’lib qoldi. Ekologik muammo keyingi o’n yilliklar davomida yana keskinlashib ketdi. Havoning ifloslanishi, ichimlik suvning o’ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin bo’lgan unumdor yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, o’simliklarning va hayvonlar nodir turlarining kamayib borayotganligi hamda atmosfera haroratining sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob chekmoqda. XX asr tugab XXI asrning dastlabki kunlarida, asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch keldi.

Sayyoramizdagi ekologik muammolar

Sayyoramizdagi ekologik muammolar

Sayyoramizdagi ekologik muammolar

Sun’iy tog’lar hosil bo’lishi

Atmosfera ifloslanishi va unda O2 ning kamayishi

Havo haroratining ko’tarilishi

Atmosferada ozon qatlami (O3) ning yemirilishi

Demografik o’sish va hokazo

Ichimlik suv va suvning ifloslanishi

Suv sathining ko’tarilishi

Tuproq erroziyasi va uning ifloslanishi

Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir

Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir

Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o’laroq, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko’plab qabul qilingi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo’yilganidek “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburlar”.

Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti

Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti

Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog’liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Global (umumbashariy).
Regional (mintaqaviy).
Lokal (mahalliy).

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz:
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.
Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5- 1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.

Ozon qatlamining siyraklanishi:

Ozon qatlamining siyraklanishi:

Ozon qatlamining siyraklanishi:
Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.

Chuchuk suv muammosi: Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta

Chuchuk suv muammosi: Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta

Chuchuk suv muammosi:

Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi yetmay qolmoqda.

Afrika, Avstraliya, Italiya,

Afrika, Avstraliya, Italiya,

1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil Yerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. . Ular tuproq va suvlardan o’simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi.

Экологический проблемы

Экологический проблемы

Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari

Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari

Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari

Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi (3-rasm).Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi.
Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o‘rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.

Chiqindi turlari O‘lchov birliklari 1

Chiqindi turlari O‘lchov birliklari 1

Chiqindi turlari

O‘lchov birliklari

1.

Zaharsiz chiqindilar:

Turlicha

2.

Ishlab chiqarish sanoat chiqindilari

Tonna

3.

Qayta ishlash sanoati chiqindilari

kub/metr

4.

Maishiy chiqindilar

tonna

5

Zaxarli chiqindilar:
1 -sinf-o‘ta qavfli zaharli chiqiidilar
2- sinf - yuqori zaxarli chiqindilar
3- sinf -o‘rtacha havfli chiqindilar
' 4- sinf -kuchsiz zaharli chiqindilar

tonna
tonna
tonna
tonna
turli xil

1-jadval Chiqindi turlari va ularning sinflarga bo‘linishi

Tuproqlarni ifloslanish kategoriyalari

Tuproqlarni ifloslanish kategoriyalari

Tuproqlarni
ifloslanish
kategoriyalari

Ifloslanish tavsifi

Foydalanish holati

Tavsiya etilgan tadbirlar

I kategoriya ifloslanmagan

Tuproq tarkibida kimyoviy moddalar QQM ko‘rsatkichidan oshmaydi.

Barcha ekinlarni ekish mumkin

Tuproq ifloslanishiga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish.

II kategoriya o‘rtacha havfli

Kimyoviy moddalar miqdori QQM ko‘rsatkichigacha, umumiy sanitar me’yor holatida bo‘lib,tuproqqa yetib kelishi suv va havo orqali kechadi.

Sifat tarkibini nazorat kilgan holda ayrim o‘simliklarni ekish mumkin.

Suv va havo orqali tarqaluvchi yo‘llarni nazorat qilish va chegaralarshsh, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardagi suv manbalarini nazoratga olish

III kategoriya yuqori havfli

Tuproq tarkibida kimyoviy moddalar miqdori KQM dan ortiq va translakatsion ko‘rsatkichlarga zararli xisoblanadi.

Faqat texnika
ekinlari
ekishda
foydalanish
mumkin.
Qishloq
xo‘jalik
ekinlari ekish
taqiqlanadi.

1. Qat’iy ravishda I kategoriya tadbirlarini qo‘llash va zaxarli moddalar miqdorini o‘simliklar, mahsulotlar tarkibini nazorat qilish.
2. Hosil beruvchi o‘simliklarni toza tuproq sharoitiga ko‘chirish va nazorat qilish.Z. O‘simliklar yashil massalaridan foydalanishni cheklash.

Qishloq xo‘jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish kategoriyalari

Orol dengizi va unda yondosh hudud

Orol dengizi va unda yondosh hudud

Orol dengizi va unda yondosh hudud O`rta Osiyo mintaqaviy ijtimoiy ekosistemasining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 47 ming km2 aholi soni 3 mln kishidan ortiqroq. Sovet hokimyati yillarida ilgari ko`chmanchi chorvachilik va sug`oriladigan dehqonchilik mavjud bo`lgan. Orol buyi jadal sug`orishga asoslangan ko`p tarmoqli qishloq xo`jalik ishlab chiqarish o`lkasiga aylandi. 1950 yil Orol xavfzasida 2,9 mln gektar yer sug`orilardi. Hozirga kelib sug`oriladigan yer maydoni 7 mln ga yetdi.
Bu yerlar ittifoqda jami paxtaning 95 foizini, sholining 40 foizini, meva va uzumning uchdan dan bir qismini beradi. Orolning suv tizimi normaga yaqin bo`lgan davrga nisbatan har yili qishloq xo`jalik ishlab chiqarish hajmi 3,8 dan 15,8 mln gacha o`sib bordi. Aholi tez ko`payishiga qaramay jon boshiga daromad 1,8 marta oshdi.
Orol dengizi qit’a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan tuzli hamda dengiz va ko`p xislatlariga ega suv havzasidir. U Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalarning tropik cho`llari tashqarisida joylashgan . Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv yetkazib beradi.

Dengiz suv holati bir tomondan yuqori fikr etilgan daryolarning suv keltirishi, ikinchi tomondan suv yuzasidagi bug`lanishlar bilan yuzaga keladi

Dengiz suv holati bir tomondan yuqori fikr etilgan daryolarning suv keltirishi, ikinchi tomondan suv yuzasidagi bug`lanishlar bilan yuzaga keladi

Dengiz suv holati bir tomondan yuqori fikr etilgan daryolarning suv keltirishi, ikinchi tomondan suv yuzasidagi bug`lanishlar bilan yuzaga keladi. Bu holatlar iqlimiy geotektonik va antropogen omillar dengizning morfologik jihatlari bilan bog`liq 60 yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tutashuvchi suvlari (yiliga 56 km3) va yog`in-sochin suvlari (9 km3) dengiz yuzasidan bug`lanadigan suv hajmini 65 km3 qoplardi. Bunda suv hafzasi maydoni 67 ming km2 ni hajmi 1064 km2 ni eng chuqur joyi 69 metrni tuzlanish darajasi 9,6 – 10,3 % ni tashkil etardi. Keyingi 10 yilliklar mobaynida sug`orish va sanoatni rivojlantirish uchun lqaytarilmas suv iste’molining o`sishi shuningdek qator yillardagi qurg`oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga hatto butunlay to`xtab qolishga olib keladi. 90 yillar boshlariga kelib dengizning sathi 38 metrgacha pasaydi, suv hajmi 400 km3 gacha kamaydi. Minerallashuv 21 gr/l ga ko`paydi. Paxta maydonlarini sug`orish uchun suvdan bejtartib foydalanish keyingi yillarda orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin qisqarishiga olib keldi. Dengiz sathi 14 metardan ziyod pasaydi, suv maydoni 60 yillar boshlaridagiga nisbatan uchdan birga kamaydi. Suv hajmi 60 % ga kamaydi. Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida daryolari suvining sifati yomonlashdi. Iste’molga deyarlik yaramay qoldi. Yerlari qurg`oqlashib sho`rlanmoqda.

Ichki dengizlar, sug’oriladigan deqonchilik, suvning sifati, ekologik tizimlar, cho’llanish xodisasi, muvozanat, iqlim o’zgarishlari, kuchli sho’rlangan, to’kay o’simliklari

Ichki dengizlar, sug’oriladigan deqonchilik, suvning sifati, ekologik tizimlar, cho’llanish xodisasi, muvozanat, iqlim o’zgarishlari, kuchli sho’rlangan, to’kay o’simliklari

Ichki dengizlar, sug’oriladigan deqonchilik, suvning sifati, ekologik tizimlar, cho’llanish xodisasi, muvozanat, iqlim o’zgarishlari, kuchli sho’rlangan, to’kay o’simliklari. Sanitar- epidemiologik axvol.
1 Respublikamizda tabiatni muxofaza qilishning mintakaviy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Qishlok xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’lik xoldagi nisbatan kichik xududda axoli zichligi. Shuning uchun insonning kimyolashtirish xo’jalik va maishiy faoliyati natijasida - atrof muxitga salbiy ta’siri seziladi.
Suv resurslarining tanqisligi undan sug’orish sanoat, maishiy turmush soxalarida keng foydalanish va uning ifloslanishi. Respublika xududining bir qismi tog’ oraliqlarida bo’lgani uchun tabiat - iqlim xususiyatlari bilan xavfli zona xisoblanadi. Markaziy Osiyoda suv resurslaridan asossiz va noo’rin foydalanish natijasida Orol va Orol buyi muammosi vujudga keladi.

Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelifi qatlamlar litalogiyasi ko`rib borishning jadalligi va yer osti suvlarinign chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galageo kimyoviy jarayonlarning uzoq davomli…

Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelifi qatlamlar litalogiyasi ko`rib borishning jadalligi va yer osti suvlarinign chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galageo kimyoviy jarayonlarning uzoq davomli…

Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelifi qatlamlar litalogiyasi ko`rib borishning jadalligi va yer osti suvlarinign chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galageo kimyoviy jarayonlarning uzoq davomli bosqichi o`tadi.

Yillar Qabul qilish ( kirish ) sarfi bug’lanish muvozanati (balansi) 1971-1980 16,7 6,3 55,2 - 32,2 1981-1990 3,9 6,2 43,7 33,6 1991-1994 21,0 4,6 33,6…

Yillar Qabul qilish ( kirish ) sarfi bug’lanish muvozanati (balansi) 1971-1980 16,7 6,3 55,2 - 32,2 1981-1990 3,9 6,2 43,7 33,6 1991-1994 21,0 4,6 33,6…

Yillar

Qabul qilish

( kirish )

sarfi bug’lanish

muvozanati (balansi)

1971-1980

16,7

6,3

55,2

- 32,2

1981-1990

3,9

6,2

43,7

33,6

1991-1994

21,0

4,6

33,6

- 8,0

Orol dengizining suv muvozanati ( km3 / yil)

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
19.02.2022