REJA
KIRISH
I BOB. MS Excel elektron jadvali imkoniyatlari
1.1 MS Excel dasturida formula va funksiyalar
1.2 MS Excel dasturida matematik funksiyalar grafiklarini qurish
1.3 MS Excel dasturida diagrammalar bilan ishlash
II.Bob. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati.
2.1. “Ms Excelda diagrammalar, funksiya grafiklari” modulini
o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar
2.2 Dars jarayonida Ms Excelda diagrammalarni o’rganishda
interfaol usullar va didaktik o’yinlarning ahamiyati
Kirish
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko’tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifasidir.
Ta’lim tizimiga yangi va ilg’or pedagogik texnologiyalar joriy etila boshlandi. Ta’limga xos innovatsion texnologiyalar o’qitish samaradorligini belgilovchi vositaga aylandi. “Zamonaviy sharoitda yaxlit pedagogik jarayon, uning alohida tarkibiy qismlari, pedagogik faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liqlikda “metodika” va “texnologiya” tushunchalari ko’p qo’llaniladi.
Metodika ma’lum bir ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan metod va usullar yig’indisidir. “Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne” – san’at, hunar, mohirlik va “logos” – tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatadi. “Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi – ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot demakdir”.
1993 – 1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining informatsion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy e’tibor beriladi. Biz kompyuterni yaratilishini XX – asrning buyuk kashfiyotlardan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko’ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda juda muhum ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Zamonaviy kompyutеrlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE pakеtidagi asosiy vositalardan biri jadval protsеssori dеb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS opеratsion qobig’i boshqaruvida elеktron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov bеrishga mo’ljallangan.
I BOB. MS Excel elektron jadvali imkoniyatlari
• Данные – jadvallardagi ustun va satrlardagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, nusxalarini ko‘paytirish, keraksizlarini yo‘qotish, tashqi axborotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan;
• Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan;
• Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga mo‘ljallangan.
Excelda yaratilgan har bir hujjat kitob (Книга) deb ataladi va har bir kitob bir yoki bir nechta sahifa (Лист)lardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu sahifalarning nomini o‘zgartirish, o‘rnini almashtirish yoki chop etish mumkin.
Excel ishchi maydoni jadval ko’rinishida bo‘lib, satrlari 1 dan boshlab raqamlanadi hamda cheksiz (oldingi Office paketi Excel dasturlaridan farqli ravishda) tartiblangan bo‘lib, ustunlari A dan boshlab tartiblanadi hamda barcha lotin alifbosi harflari tugagach, ulardan ikkitadan foydalanib tartiblanadi (AB, AC, AD, …ZZ), ikkitalik imkoniyatlar tugagach esa, ustunlar uchtadan yarflar bilan belgilanadi (AAA, AAB, AAC, … ). Bu satr va ustunlarning kesishgan joyi katakcha (yacheyka) deb ataladi.
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko‘p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo‘linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo‘lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo‘lib, har bir katakcha o‘zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo‘lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o‘ng burchakda) ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
1.1 MS Excel dasturida formula va funksiyalar
Matematik funksiyalar
Formulalar har doim «=» bеlgisi bilan boshlanadi. Ushbu bеlgi yordamida ЕXCEL matn va formulalarni farqlaydi. Buning uchun Excel dasturining tasmasidagi Формулы bo‘limiga murujaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
Masalan. Berilgan 6, 10, 20, 60 sonlarining eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaymiz: A1:A4 kataklarga mos ravishda 6, 10, 20, 60 sonlarini kiritamiz. C1 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:A4) Enter tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
1.2 MS Excel dasturida matematik funksiyalar grafiklarini qurish
Misol. y=x2 funksiya grafigini qurish.
B1:V1 diapazondagi yacheykalarga -10 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni kiritamiz. B2:V2 diapazondagi yacheykalarga esa yuqoridagi qiymatlarning kvadratini hisoblaymiz.
B1:V2 diapazondagi yacheykalarni belgilab, Diagrammalarning Grafik turini tanlaymiz. Natijada ishchi oynada parabola tasviri paydo bo‘ladi.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.