1-MA’RUZA:FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI.
Reja: 1. Futbol o’yini tarixi.
2. Futbol o’yinining rivojlanish bosqichlari. 3. Futbol o’yinining davriy qoidalari.
Tayanch tushunchalar: FIFA, UEFA, TSIJ, SFT, TOLS, Piruza, Spartak, Tbilisi, Kembrij
/
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. NurimovR.I. “Futbol” darslikT, O‘zDJTI 2005 y.
2. Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D «Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y.
3. MahkamdjanovK.M. Futbolo‘yintexnikasi. Metodikqo‘llanma. Toshkent, TDPU 1999 y.
4. Xo‘jaevF, RaximqulovK.D, NigmanovB.B
«Sportvaharakatlio‘yinlarvaunio‘qitishmetodikasi» TDPUnashriyotiToshkent 2008 y
5. Futbol nazariyasi va uslubiyati / Nurimov R.I.- Toshkent, 2015.
6. Futbol / Nurimov Z.R., Davletmuratov D.R.-Noshkent, 2017.
Futbol qadim zamonlarda paydo bo`lgan. Qadimgi yunonlar to’p o`yinini shunchalik qadrlaganlarki, uni xatto gimnastlar maxsus maktablarning jismoniy mashqlar dasturiga kiritganlar.
Ozgina bo`lsa ham futbolga o’xshash to’p o`yini 180 yilda tilga olinadi. Polluksning yunoncha lugatida o’ynovchilar ikki komandaga bo`linganligi yozilgan. Har qaysi komanda to’pni raqib komanda o`yin maydoni orqasiga o`tkazishga harakat qilardi. Harakter jixatidan bu o`yin ko’proq hozirgi regbi o`yiniga o’xshab ketadi. Lekin u o`yinda qo`l bilan o`ynash ta'qiqlangan edi. Qadimgi to’p o`yinlarining qaysi biridan hozirgi futbol o`yini kelib chiqqanini aniqlashning iloji yo`q. Biroq, jismoniy tarbiya va sportning tarixi mo`taxassislarining aksariyati, ko’proq futbol, «garpastum» degan qadimgi Rim o`yinidan kelib chiqqan bo`lib, Britaniya, Galliya va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga bu o`yinni rim legionlari olib kelganlar, deb taxmin qiladilar.
Inglizlar oyoq to’pini Britaniya orollarida IX asrdayoq ma'lum bo`lgan deb da'vo qiladilar. Garbiy Yevropa davlatlarida bu singari o`yinlar shu asr o`rtalarida mustaqil tarzda ham, ayrim elementlarni bir-biridan o`rganish yo`li bilan ham rivojlana borgan deb taxmin qilsa bo’ladi.
1313 yili ingliz podshosi Eduard II shahar ichkarisida futbol o`yini o`ynashni taqiqlaydi. Podshoning ana shu farmoyishi ingliz futbol ittifoqining arxivida saqlanib qolgan.
«Katta to’p quvgandagi ur-yiqit shaharlarda katta to’polon chiqarayotgani va yomon ta'sir ko`rsatayotgani uchun,-deyiladi farmoyishda,-itoat etmaganlar qamoqqa tashlanishini ta'kidlab, bu o`yin endilikda shaharlarda o`ynalishini podsholik nomidan taqiq etaman». Bunday taqiqlashlarning sababi o`yin paytidagi tartibsizliklardagina emas, balki shaharliklarning kamon otishdan va xatto xunarmandchilikdan, ishdan chalg'itishida ham edi. Shu boisdan 1349 yilda ingliz podshosi Eduard III ham Londonda futbol o`yini o`ynashni man qiluvchi farmoyish chiqardi. Frantso`z podshosi Karl V esa undan ham o’tib tushdi-1369 yili xalq o`yinlarining hammasini man etdi. Italiyada futbol birinchi bor 1400 yilda tilga olinadi. Angliya bilan Frantsiyada oyoq to’pi o`yini halqning ko’ngilochar mashg`uloti bo`lsa, Italiyada ko’proq kibor doiralarning o`yini bo`lib qoladi.
XIX asrga, xususan shu asr o`rtalariga kelib, sport metodi jismoniy tarbiyaning eng maqbo’l metodi deb topilib, sport hamda sport o`yinlari jismoniy rivojlanishining samarali vositasi bo`lib qolgandan keyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.
Oyoqda to’p o`ynash birinchi galda ingliz kollejlari hamda universitetlarida yoyildi. XIX asrning ikkinchi yarmidan futbol o`yinida ochiq-oydin ikki yo`nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kembrij kollejlari qo`llab-quvvatlar edi. Bular 1863 yilda futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumalok to’pni faqat oyoqda o`ynashni rasm qiladilar. Regbi shaxridagi universitet ikkinchi yo`nalish tarafdori bo`lib, u yerda tuxumsimon, cho`zinchok gardish shaklidagi to’pni ham qo`lda, ham oyoqda o`ynashga qaror beriladi.
Birinchi bor yagona o`yin qoidalari joriy qilishga o’rinib qurish Kembrij futbol klubiga tegishlidir. 1848 yili bu qoidalarni nashr qilishga karor qilinadi.
Afsuski, ular nashrdan chiqmay yo`qolib ketadi. Shunga qaramay, bu qoidalar ko’p ingliz kollejlarida «kembrij qoidalari» tarzida ma'lum.
Bizgacha yetib kelgan dastlabki qoidalar esa 1863 yil 8 dekabrda e'lon qilingan. qo`yida usha qoidalar teksti: «Futbol; tarixi uyushtirish, texnika, trenirovka va taktikasi» (Moskva1927 y) kitobida e'lon qanday berilgan bo`lsa, xuddi ushanday keltiriladi:
1.Maydonning bo’yi 200 yard (183 m) dan, eni 100 yard (91,5 m) dan oshmaydi. Maydonning burchaklarida bayrokchalar urnatiladi. Ustiga to‘sin yotkizilmagan darvoza 8 yard (7,32 m) oralikda urnatiladi va ikkita ustundan iborat.
2.Kim qay tomonda o`ynash qur'a tashlash yo`li bilan hal qilinadi. qur'ada yutkazgan komanda maydon markaziga qo`yilgan to’pni tepib, o`yinni boshlab beradi. Ikkinchi komanda o`yinchilari to’p tepilgunga qadar unga 10 yard (9,1 m) dan yaqin kela olmaydilar.
3.Darvozaga to’p urilgandan keyin, komandalar tomonlarni almashadilar.
4.To’p qo`lda uloqtirilmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda ko`tarib kirilmay ikki ustun oraligidan o'tsa, darvoza zabt etilgan hisoblanadi.
5.Agar to’p yon chiziqqan tashqariga chiqib ketsa, unga hammadan oldin tega olgan o`yinchi to’p chiziqqani kesib o`tgan joydan, chiziqqaka nisbatan to`g`ri burchak xosil qiladigan yo`nalishda to’pni qo`lda maydonga tashlab beradi. To’p yerga tekkan zaxoti o`yinga kirgan hisoblanadi.
6.O`yinchi zarb berayotgan paytda uning komandasining zarb beruvchidan ko’ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma o`yinchilari o`yindan tashqari xolatda hisoblanadi va ular to’pga tega olmaydilar yoki raqiblarga halaqit bera olmaydilar... .
7.To’p darvoza chizigidan tashqariga chiqib ketib, chiziqning narigi yog’ida ximoyalanayotgan komanda o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu komanda darvoza chizigining o`yinchi to’pga tekkan joy ruparasidagi no`qtasidan to’p tepish xuquqini oladi: bordi-yu, xujum qilayotgan komanda o`yinchisi to’pga birinchi bo`lib tegsa, unda shu komanda darvoza chizigining o`yinchi to’pga tekkan joy ruparasidagi no`qtasidan 15 yard (13,6 m) maydon ichkarisidagi no`qtadan erkin to’p tepish paytida ximoyadagi jamoa to to’p tepilgungaqadar darvoza chizigidan tashqarida turadi.
8.Agar o`yinchi boshqa o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to’pni bevosita qo`li bilan ilib olsa, shu xolat ro`y bergan joy belgilab olib, o'sha joydan erkin tepishi mumkin. 9.O`yinchilar to’pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.
10.o`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini qo`l bilan ushlab to`xtatib qolish yoki to’rtish man etiladi. 11.to’pni qo`l bilan o`zatish man etiladi.
12.Maydon ichida to’pga qo`l tekkizish man etiladi.
13.Temir yoki guttaperchatkadan qilingan joylari to’rtib chiqkan poyabzalda o`ynash man etiladi.
Ko’rinib turibdiki, 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq qilgan.
1866 yilda «o'yindan chiqqanlik» єoidasi yengillashtirildi. Endi raєiblar sirt chizig'i bilan o`zi o`rtasida qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi bor bo`lsa, bu o`yinchi «o'yindan chiqqan» bo'lmaydi. Yana shu yili darvoza ustunlarini gorizontal arqon tortib birlashtirishga karor qilinib, arqonning yerdan balandligi 5,5 m qilib belgilandi. 1871 yildagina golper (darvozabon) ga qo`lda o`ynash ruxsat etildi. To’p ximoyadagi o`yinchiga tegib, sirt chiziєdan maydon tashєarisiga chiqib ketganda burchakdan to’p tepish qoidasi 1873 yilda kiritildi.
1875 yili ustunlarni birlashtirib turgan arkon yerdan 2,44 m balandlikda yotkizilgan tusinga almashtirildi. O’sha yili darvozaga to’p «kiritilgan» dan keyin tomonlar almashinish qoidasi urniga, o`yinchilar tanaffusdan qaytgandan keyin almashish qoidasi joriy qilindi.
1882 yili to'rtta mustaqil futbol ittifoqi-Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar. Yagona qoidalar qabul qilinadi va futbol qoidalariga biron-bir o`zgartirish kiritish xuquqiga ega bo`lgan xalqaro kengash tasdiqlanadi.
Futbol maydonida sudya birinchi marta 1880-1881 yillarda ishtirok etadigan bo'ldi. O`yinni belgilangan qoidalarga15-18 yoshdagi usmir yigit va kizlar. Bu bosqichda o`quv-mashg`uloti jismoniy tayyorgarlikning 40% ini tashkil etadi.
Mashg`ulotlarda to’psiz, to’p bilan turli texnik usullar keng qo`llaniladi.
Aloxida priyomlar ustida qo`yidagi ketma-ketlikda ishlanadi; to’psiz harakatto’p bilan harakat; joyda turgan holda mashq bajarish-yugurayotganda mashq bajarish; yakka harakat-o`yinning boshqa priyomlarini birgalikda qo’shib olib borish (to’pni ilib olish-ilib olish va tashlash yoki to’p olib yurish fintlar bajarish); asta-sekin ritmik harakat-tezlikda harakat qilish.
O`yin texnika va taktikasini takomillashtirish o`yinga yaqin mashqlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Dars mashg`ulotlarida katta o’rinni aslida o`yin to`tadi. Texnikani mukammal egallash o`yinning taktik to`g`ri borishining yuqori talablari hisoblanadi. Ijodiy rivojlanishni, egiluvchanlikning taktik fikrlanishi, bir taktik sistemadan boshqa (o`yin) sistemasiga bemalol o`tish qobiliyatini kuchaytirmoq muhimdir. qo`l to’pini o`rgatishda barcha bosqichda shaxsiyatni tarbiyalash o`qituvchi oldidagi muhim vazifalardandir.
11-12 yoshdagi bolalar. Bu yoshda bolalar yetarlicha aniq muljal olish, harakatchanlik, chaqqonlik kabi harakatlarni aniq bajara olishadi. 11-12 yoshdagi bolalar o`zlarining jismoniy tayyorgarligini nafakat o`yinning texnika-taktikaviy
o`quvlarida, balki o`yinning to’liq borishida ko`rsata oladilar. Yana shuni ta'kidlash kerakki, o`quv-mashg`ulotlarida doimiy ravishda maydonda tez va oson harakatlanish, barcha priyomlarni ikki tomonlama va ikki qo`llab bajarishni tarbiyalash va rivojlantirish muhimdir. O`quvchilarni turli masofalarga to’p o`zatish, darvozaga to’p kiritish, maydondan to`g`ri joy tanlay ola bilish, raqib tomonidan uyushtirilgan xujumda raqib «oldini yopish» va unga qarshi xujumda «ochilish» kabilarni ham o`rgatish asosiy vazifadir.
12-15 yoshdagi bolalar. Bu yoshdagi bolalar bolalikdan usmirlikka o`tish yoshida bo`lganliklari uchun bu bosqich ular uchun kiyin kechadi. Bu esa bevosita ichki to`zilishning fiziologik asoslariga bog`liqdir. O`tgan davr (9-12 yoshgacha bo`lgan oralik) da o`quv mashg`ulotlar o`yin uslubida o`tkazilgan bo`lsa, endilikda esa mashg`ulotlar ko’proq analitika-sintetik usulida: mashq-o`yin-mashq qilib o`tkaziladi.
Jamoa taktikasini oddiy kombinatsiyalardan boshlash lozimdir. Mashg`ulot uch etapda o`tkazilishi shart. 1)o`yinchining yakka tartib harakat detallarini o`zlashtirish; 2) jamoadoshi bilan birga o`zaro muno-sabat; 3) kombinatsiyalar bajarishda – yakka tartib va jamoa harakatlarini birlashtirish. Mashg`ulotlarda va o`yinda taktik harakatlarni mustaxkamlash vao`zlashtirish.
muvofiq o`tkazish, urilgan gollar nechta bo`lganini aniqlash va boshqalar, xatto usha vaqtlardayok sudyaning vazifasi edi. 1891 yildan sudya maydonga ikkita yordamchisi bilan chiqadigan bo'ldi.
1871 yilda Angliyada mamlakat kubogi uchun o`yin ta'sis etildi. Ingliz futbol klublari hozirgi vaqtda ham usha kubok uchun kurashib kelmokdalar.
Xalqaro miqyosdagi dastlabki futbol o`yini 1973 yili Angliya bilan Shotlandiya futbol komandalari o`rtasida bo`lgan edi. Komandalardagi o`yinchilar soni 11 kishidan ko’p bo’lmasada, ularning joy-joyiga qo`yilishi hozirgi vaqtdagidan boshqacharoq bo`lgan. Angliya komandasida yetti o`yinchi xujumda, bittasi yarim ximoyada musobaqalashgan, ularda boshqa yana ikkita ximoyachi va bitta darvozabon bo`lgan. Shotlandiya komandasi olti xujumchi, ikkita yarim ximoyachi, ikkita ximoyachi va darvozabondan iborat edi. Keyingi ingliz futbol komandalari ham o`yinchilarni shotlandchasiga joylashtirishga o`tadi, chunki, ana shunday joylashtirish o`zini oqlagan bo`lsa kerak.
Qoidaga kirgan o`zgarish va takomillashuvlar so`zsiz, o`yin texnikasi va taktikasiga ta'sir qilmay qolmas edi.
XIX asrning 80 yillarida futbol o`yini kontinental Yevropa qit'asi mamlakatlariga ham tarqaldi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada, sal keyinrok Daniyada o`ynala boshladi. Daniya ko'p o’tmay qit'ada futbol bo'yicha yetakchi o'ringa chiqib, birinchi jahon urushiga qadar shu mavqeini saqlab keldi. Futbol 1882 yildan Shveytsariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada o`ynala boshladi.
1904 yili Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) to`ziladi. Hozir uning tarkibida 143 mamlakat bor. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan beri Yevropa futbol ittifoqiUEFA ham ishlab turibdi, unga 34 mamlakat a'zo bo`lib kirgan. 1930 yildan beri futbol bo’yicha har to’rt yilda jahon chempionati, 1958 yildan beri esa Yevropa chempionati o`tkazilib, ularda milliy terma komandalar qatnashib kelmoqda. 1900 yildan boshlab futbol sportning olipiya turlari qatoriga kirdi, biroq 1908 yildagina u rasman olimpiya o`yinlari programmasiga kiritildi. UEFA raxbarligida qo`yidagi kubok o`yinlari o`tkazilib turadi. Yevropa chempionlari (1965 yildan beri) va Yarmarkalar kubogi (1958 yildan beri). Bo’lar endilikda UEFA kubogi deb yuritiladi.
O‘zbekistondazamonaviyfutbolo‘tganasrningboshlaridapaydobo‘ldivatezdamashhuro‘yingaaylandi. UningrivojlanishjoylariFarg‘ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qonvaSamarqandedi.
IlkborfutbolniFarg‘onashahridao‘ynaganlar. Xuddishu yerda 1911 yilningoxiridabirinchifutboljamoasitashkiltopgan.
Farg‘onadatuzilganfutboljamoalarisoni 1912 yilavgustida «Futbolchilar jamoasi» ga birlashishga yo‘l berdi.
Bir oz vaq to‘tgach, Toshkentda ham futbol o‘ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu TOLS – Tashkentskoeobщestvolyubiteleysporta (TSIJ –Toshkentsportishqibozlarijamiyati) edi.
Bujamiyat 1912 yildatuzilganbo‘lib,
judaqisqavaqtichidafutbolhamdaboshqasportturlariningrivoj-
lanishiuchunko‘pxizmatqilgan. 1912 yilningikkinchiyarmidaO‘zbekistondafutbolaytarlidarajadayoyilaboshladi. Futbolo‘yinigaQo‘qon, AndijonvaSamarqanddahamqiziqishortaboshladi.
BuyillardagiengqiziqarlibosqichalbattaFarg‘ona, Toshkent, Andijon, Samarqandfutbolchilarininguchra-shuvibo‘ldi.
ToshkentgatashrifbuyurganilkfutbolchilarSamarqandfutbolchilarto‘garagi (SFT) a’zolariedi.
1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. 1913 yil iyunida Andijonda «Andijon futbolchilar klubi» tasdiqlandi.
Va, nihoyat, 1914 yil 25 mayda Toshkentda O‘zbekis-tonning eng kuchli ikki jamoasining markaziy uchrashuvi bo‘lib utdi. Bunda Toshkent va Farg‘ona futbolchilari to‘p surdilar. Toshkentliklar o‘yinda 3:2 hisobida muvaffa-qiyatga erishdilar. O‘zbekistonda futbol rivojlanishining boshlang‘ich davri haqida xulosa qilib shuni ham aytib o‘tishjoizki, futbol maydonlari va o‘quv mashg‘ulotlarining bo‘lmaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida Farg‘ona, Toshkent, Qo‘qon, Andijon va Samarqandda o‘zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’dodli futbolchilar paydo bo‘ldi.
Shu yerda aytib o‘tish lozimki, nafaqat Farg‘ona, Toshkent va Samarqandda, balki O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham futbolning muvaffaqiyat bilan tarqa-lishiga qaramay, uning rivojlanishi o‘zi bo‘larchilik bilan o‘tayotgan edi. Jamoalarni o‘rgatish tizimi yo‘q edi, mashg‘ulotlar o‘ta sodda va vaqti-vaqti bilan o‘tkazilardi. Hech bir shaharda futbol birinchiliklari tashkillash-tirilmagandi, shuning uchun hatto undan ortiqjamoalar mavjud bo‘lgan Toshkent shahrida ham bironta rasmiy musobaqa o‘tkazilmagan edi.
1920 yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, ishchi va dehqonlar futbolga talpina boshladilar.
1921 yil Moskva va Toshkent futbolchilarining ilk uchrashuvi o‘tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925 yilda mamlakat Jismoniy tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlarning taqvimi tuzildi. O‘zbekistonda futbolni tashkillashtirish bir oz tartibliroq tizimga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, Toshkent birinchiligi 3 toifa bo‘yicha o‘tkazildi va unda 28 jamoa ishtirok etdi. 1927 yilda o‘zbek sportchilarini tayyorlashda muhim bosqich bo‘lgan I Umum-o‘zbek Spartakiadasi o‘tkazildi.
Spartakiada finalida doimiy raqib bo‘lib kolgan Toshkent va Farg‘ona jamoalari uchrashdilar. Ikkala tar-kibda ham O‘zbekiston terma jamoa a’zolari chiqish qildilar
Katta qiyinchiliklar bilan 2-taymda toshkentliklar hal qiluvchi golni urdilar va 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondilar.
1928 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiadada qatnashish O‘zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi.
Shveysariya va O‘zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo‘ldi. O‘zbek futbolchilari bu o‘yinda jamoaviy o‘yin, chiroyli va chaqqon kombinatsiyalar namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 30 daqiqa qo‘shib berildi. So‘nggi 15 daqiqa ichida O‘zbekiston futbolchilari shveysariyaliklar qarshiligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O‘zbekiston futbolchilari g‘alaba qozondilar.
Bir kundan so‘ng esa qiyin kechgan o‘yinda o‘zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida g‘alabani boy berdilar.
Keyingi yillarda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga Norvegiya, Germaniya, Finlyandiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, Kavkaz orti mamlakatlaridan ko‘plab kuchli futbol jamoalari keldi.
Misol uchun, 1931 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan matchda Norvegiya terma jamoasiga qarshi O‘zbekiston kasaba uyush-malari terma jamoasi chiqdi. Norvegiyaliklar texnikali futbol namoyish etib, 5:2 hisobida g‘olib chiqdilar. Uch kundan so‘ng skandinaviyalik mehmonlarga qarshi Toshkent-ning birinchi terma jamoasi maydonga tushdi. O‘zbekis-tonliklar o‘yinni yuqori tezlikda olib borib, 4:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar.
Norvegiyalik va o‘zbekistonlik futbolchilarning uchinchi uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
1932 yilda O‘zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar. Bu jamoa ishchi sport klublarining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi Germaniya chempionati ishtirokchilari edi. O‘zbek futbol-chilari bu bo‘lajak o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rdilar va birinchi matchda 4:2 hisobidagi og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Birinchi uchrashuvdan so‘ng nemis jamoasi sardori Lor shunday degan edi: «Toshkentliklar jipslashgan jamoa bo‘la olishdek ajoyib xususiyatga ega va ular biz hech narsa bilan taqqoslay olmaydigan yuqori tezlikda o‘ynadilar. Yuqori darajali jamoa bo‘lish uchun O‘zbekiston futbolchilarida barcha imkoniyatlar mavjuddir».
Takroriy uchrashuvda nemis futbolchilari bir oz ustunroq kelib, yuqori darajadagi taktik tayyorgarlikni namoyish etdilar va 3:1 hisobi bilan g‘olib bo‘ldilar.
Norvegiyalik, nemis, fin futbolchilari bilan o‘tka-zilgan o‘yinlar O‘zbekistondagi ilk xalqaro o‘yinlar edi. Ular texnik va taktik tayyorgarlik borasida tajriba almashishga, o‘yinning yangi-yangi sistemalari bilan tani-shishga yordam berdi.
1934 yil O‘zbekiston poytaxtida ilk O‘rtaOsiyo spartakiadasining ochilishi sharafiga bag‘ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu namoyish O‘rta Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o‘sishining yorqin namunasi edi.
Futbol bo‘yicha musobaqalar bir paytning o‘zida uch stadionda bo‘lib o‘tdi, ulardan eng yirigi spartakiada ochilishi arafasida qurilgan 10 ming o‘rinli «Spartak» stadioni edi. Bu O‘rta Osiyo respublikalari orasida futbol birinchiligi uchun olib borilayotgan ilk o‘yinlar edi. O‘zbekiston futbolchilari o‘z raqiblari bo‘lmish Turkmanistonni 3:1, Tojikistonni 5:0, Qirg‘izistonni 10:1 hiso-bi bilan dog‘da qoldirib, muvaffaqiyatli chiqish qildilar. 1934 yil futbol jamoalarining kelgusidagi o‘sishlari uchun muhim yil bo‘ldi. Birgina Toshkentda kasaba uyush-malari birinchiligida 50 ta jamoa qatnashdi.
30-chi yillarning boshida bolalar va o‘smirlar futboliga yanada ko‘proq e’tibor berila boshladi. 1935 yil Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligining ilk tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon terma jamoalari ishtirok etdi. Poytaxtlik yosh futbolchilar g‘alaba qozondilar.
1936 yil respublika shaharlaridagi futbol mavsumi-ning bahorgi bilan ochilishi ahamiyatga loyiq. Toshkentdagi musobaqa namoyishida 324 futbolchi ishtiroq etdi. Omma-viy futbol keyingi rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Umum-ta’lim maktablari, texnikumlar, oliy o‘quv yurtlari o‘z birinchilik o‘yinlarini o‘tqazar, muntazam ravishda korxonalarning ichki musobaqalari tashkil etilar edi.
Shahar futbol bo‘limi (seksiya) qaroriga binoan Toshkentda futbolga ixtisoslashgan birinchi bolalar va o‘smirlar maktabi ochildi.
Bu yerda ko‘pgina qobiliyatli yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini mukammallashtirar edilar. 1936 yili O‘zbekiston birinchiligida 16 shahardan terma jamoalar ishtirok etdi. Bu o‘yinlar katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi. Shiddatli o‘yinlardan so‘ng 1- va 2- o‘rinlar Qo‘qon hamda Toshkent terma jamoalariga nasib etdi.
1937 yildan boshlab futbol musobaqalari asosida shahar terma jamoalarining match o‘yinlari emas, balki O‘zbekiston Kubogi va birinchiligi uchun klub jamoalar musobaqalari o‘tkazila boshladi. O‘sha yillardan buyon ko‘pgina guruhlar, birinchiliklar va musobaqa qatnash-chilari almashdi, musobaqa o‘tkazish tamoyillari, baholash tizimi o‘zgardi, ammo sportchilar mahoratining yangi taktik yo‘nalishlarini aniqlaydigan chempionlik unvoni uchun kurash o‘zgarmay qolaverdi.
1937 yil futbol mavsumining ahamiyatli hodisasi – sobiq Ittifoq chempionati edi: 56 jamoa o‘rtasidagi guruhlarda o‘ynaldi. O‘zbekiston sha’nini Toshkentning dinamochilari himoya qildilar. Ular futbol bo‘yicha mamla-kat chempionatida ishtirok etgan birinchi o‘zbekistonlik jamoa edilar.
O‘z o‘yinlari bilan toshkentliklar sinalgan charm to‘p ustalariga munosib raqib bo‘la olishlarini isbotladilar. Ular Yevropaning «Spartak» jamoasini 5:0, Bakuning «Neftchi»sini 3:2,Dnepropetrovskning «Stal» jamoasini 2:1, Gorkiyning «Torpedo» jamoasini 1:0 hisobi bilan yutib, o‘z maydonlarida chiroyli o‘yinlar o‘tkazdilar.
Moskvada «Krilya Sovetov» jamoasi bilan 2:2, Leningradda «Avangard» bilan 1:1 hisobida yakunlangan durustgina o‘yin ko‘rsatdilar.
Ammo tajriba yetishmasligi sabab yuqori o‘rinlarni egallay olmadilar,natijada boryo‘g‘i 8-o‘ringa erishdilar (4 ta g‘alaba, 3 ta durang, 4 ta mag‘lubiyat).
Sobiq Ittifoqning yetakchi sport jamiyati bo‘lgan «Spartak» KSJ Markaziy Kengashi birinchiligida muvaf-faqiyatli chiqish qildi. Saratovdagi dastlabki o‘yinlarda ular o‘z klubdoshlarini 11:1 hisobida tom ma’noda tor-mor etdilar, so‘ng esa Qozonning «Spartak» jamoasi ustidan g‘alaba qozondilar. Bu g‘alabalar toshkentliklarga Ivanovoda o‘tkaziladigan final o‘yinlarida qatnashish huquqini berdi. Unda Xarkov, Krasnodar, Toshkent va Ivanovo sportchilari qatnashdilar.
Toshkentliklar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, uchinchi sovrinli o‘rinni egalladilar (ular xarkovliklarni 3:1 ga yutib, Krasnodar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadilar va mezbonlarga 0:4 hisobida o‘yinni boy berdilar).
Shu yilning o‘zida Toshkentda o‘tkazilgan «Besh yo‘l» turnirida «Lokomotiv» jamoasi muvaffaqiyatli chiqish qildi. Bu turnirda Kuybishev, Orenburg, Turkiston – Sibir, Ashxobod va Toshkent temir yo‘llari jamoalari ham ishtirok etdi. Barcha raqiblarni yengib, toshkentliklar 1-o‘rinni egalladilar.
1939 sobiq Ittifoq Kubogi uchun ko‘rashda Toshkent dinamochilarining chiqishi katta muvaffaqiyatga sazovor bo‘ldi. 28 avgustda Moskvadagi «Dinamo» stadionida o‘zbek futbolchilari chorak finalda Bokuning «Temp» jamoasiga qarshi to‘p surdilar. O‘yin juda o‘tkir va shiddatli kurashda utdi. Toshkent dinamochilari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Kubok yarim finaliga yo‘l oldilar. Bunda ular Rossiyaning eng kuchli jamoalaridan bo‘lgan «Stalines» (Zenit) bilan uchrashdilar va 3:0 hisobi bilan yutqazdilar. Finalda esa Moskvaning «Spartak» jamoasi leningradliklardan 3:2 hisobida ustun keldi.
1941 yilning futbol mavsumiga Toshkent dinamochilari jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandilar. Chempionat o‘yinlari taqvimiga ko‘ra ular Olma-Otalik klublarni qabul qilishlari kerak edi. Ammo butun dunyo uchun fojeaviy bo‘lgan 1941 yilning
22 iyunida Ulug‘ Vatan urushi boshlandi, shuningdek, O‘zbekiston sport hayoti ham vaqtincha to‘xtatildi.
1942 yilda O‘zbekiston Kubogi uchun kurashda Tosh-kentdan ikkita, Farg‘ona va Samarqanddan bittadan jamoa ishtiroq etdi.
1943 yili Olma-Otada urush davrining qiyin sharoit-larida O‘rta Osiyo mamlakatlari va Qozog‘iston Sparta-kiadasi o‘tkazildi. Respublikamiz futbolchilari texnik futbol o‘yinini namoyish etib, Turkmaniston jamoasini 9:0, Tojikistonni 3:0, Qirg‘izistonni 5:0 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratdilar. Hatto o‘zlarining qozoqlar bilan bo‘lgan o‘yindagi mag‘lubiyatiga qaramay, 1-o‘rinni egallay oldilar.
1950 yilning boshida O‘zbekistonda «Paxtakor» sport jamiyati tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil O‘zbekiston chempionatida va rasmiy xalqaro musobaqalarda muvaffa-qiyatli o‘yinlar ko‘rsatib kelayotgan, respublikamizning eng kuchli jamoasi bo‘lgan «Paxtakor»ning tuzilishi ham shu jamiyat bilan bog‘liq.
1960 yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) «Paxtakor» sobiq Ittifoqning oliy ligasida ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o‘zgarishlar davri bo‘lgan edi.Kichik guruh (podgruppa)lardagi saralash o‘yinlaridan keyingina chempionatga yo‘l olinardi. Oliy ligaga chiqish uchun tayyorlanadigan jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida tuzilgan bo‘lib, bular «Paxtakor» va «Mehnat zahiralari» («Trudovыe rezervы») klublari edi. «Paxta-kor»ning barcha ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlari uning kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog‘liq. Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va 1982 yillarda Paxtakor oliy ligada faxrli 6-chi o‘ringa sazovor bo‘lgan. 1968 yilda finalga chiqib, unda Moskvaning «Torpedo» jamoasiga 0:1 hisobida g‘alabani boy berishi «Paxta-kor»ning Ittifoq Kubogi o‘yinlaridagi eng yirik muvaffaqiyati edi.
1965 yil chempionati natijalariga ko‘ra Moskva jamoalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlardagi eng yaxshi ko‘rsatkichlari uchun paxtakorchilar «Moskva oqshomi» gaze-tasining maxsus sovrini bilan taqdirlandilar (toshkent-liklar «Dinamo»ni 2:0, «SSKA» ni 2:0, Spartakni 1:0 va «Lokomotiv»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandilar). Sobiq Ittifoq chempionatlarida qatnashish yillari mobaynida
«Paxtakor» uch jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritdi: «G‘alabaga ishonch» (1971), «Groza avtoritetov» hamda «Adolatli o‘yin» uchun sovrin (1983).
Ikki marotaba «Paxtakor» futbolchilari oliy liga chempionatining eng yaxshi hujumchilari deb tan olingan. 1968 yil B.Abduraimov Tbilisi «Dinamo»si o‘yinchisi bilan birga (22 tadan gol) va 1982 yilda A.Yakubik (23 ta gol).
Sobiq Ittifoqning ilk terma jamoasi uchun 5 ta paxtakorchi o‘ynar edi:
V.Fedorov, Yu.Pshenichnikov, G.Kras-niskiy, M.An, A.Pyatniskiy. Turli yillarda eng yaxshi 33 futbolchi qatorida Yu.Pshenichnikov (1966, 1967), M.An (1974, 1978), B.Abduraimov, V.Xadzipanagis (1974), A.Yakubik (1982)va A.Pyatniskiy (1991) nomlari bor edi.
O‘sha yillarda O‘zbekiston futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg‘otgan o‘yinlar sirasiga 1964 yil paxtakorchilarning «Pirasikaba» (Braziliya) hamda (1:0), Urugvayning 25 karra chempioni «Nasonal» (Montevideo) jamoalari bilan uchrashuvlar kiradi. Urugvayliklarning harchand urinishlari va qarshiliklariga qaramasdan «Paxtakor» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
17 nafar iste’dodli futbolchining hayotini olib ketgan 1979 yilgi mash’um avia halokatdan so‘ng 1980 yilda Paxtakor yangi tarkibda sobiq Ittifoq chempionatining oliy ligasiga yo‘l oldi. U yerda Tbilisi dinamochilarini 3:0, Doneskning
«Shaxtyor»ini 2:1 hisobida mag‘lub etdi, Kievning «Dinamo»si bilan durang o‘ynadi va «Groza avtoritetov» sovrinini qo‘lga kiritdi.
60-90 yillarning paxtakorchilari O‘zbekiston futbo-lining rivojlanishida yorqin iz qoldirganlar.
Bu davr mobaynida «Paxtakor»ni sobiq Ittifoq chempionatidagi chiqishlarga tayyorlashda M.Yakushin, B.Ar-kadev, G.Kachalin, V.Solovev, B. Abduraimov, X.Raxmatullaev kabi murabbiylarning hissasi beqiyosdir. Respublika terma jamoalari va yuqori malakali jamoalar uchun zahira tayyorlashda G.Sorvin,
X.Muxitdinov, A.Mosheev kabi ustoz murabbiylarning mehnati ulkan bo‘lgan.
Xuddi shu yillarda bir qator malakali hakamlar yetishib chiqqanini aytib o‘tish joizki, ular qatorida V.Doljenkov, B.Baklunov, F.Sultonov va boshqalar bor.
Murabbiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining o‘zbek futboliga qo‘shgan hissasi o‘ta muhimdir. institut 1955 yilda ochilgan bo‘lib, u paytda futbol mutaxassisligi sport o‘yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi, biroq 1966 yilda u mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. O‘z faoliyati mobaynida bu kafedra futbol bo‘yicha murabbiy kadrlar tayyorlash o‘chog‘iga aylandi. Natijada ko‘pgina bitiruvchilar murabbiylik ishida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldilar. Bular B.Abduraimov, V.Tixonov va boshqalardir. Ayni paytda futbol kafedrasining ko‘pchilik bitiruv-chilari O‘zbekistonning turli viloyatlari va chet ellarda ishlab kelmoqda. 1992 yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili edi. Mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu chempionatning oliy ligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta, ikkinchi ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi.
O‘zbekiston chempioni unvoni uchun kechgan shiddatli kurashda «Paxtakor»ga asosan Farg‘ona vodiysi-ning «Neftchi», shuningdek, «So‘g‘diyona» (Jizzax) va «Nuraf-shon» (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko‘rsatdilar.
1994 yil 7 iyunda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi «FIFA»ga, shu yilning dekabr oyida esa Osiyo Futbol konfederatsiyasiga a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 18 martdagi
«O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi far-monining mamlakatimizda futbolni rivojlantirishdagi ahamiyati juda kattadir.
1994 yilda ilk bor yosh mustaqil respublika elchilari Yaponiyada o‘tkazilayotgan XII Osiyo o‘yinlarida – Osiyo mintaqasidagi yirik sport forumida tanishtirildilar.
Oltin medal sovrindorlari nomi uchun kurashda o‘zbek futbolchilari Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Gonkong (1:0) va Tailand (5:4) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondilar. Chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, yarim finaldagi shiddatli va o‘ta murakkab o‘yinda Janubiy Koreyaning kuchli jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdilar. Va, nihoyat, finalda Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobi bilan yengdilar. Bu jamoa murab-biylari dotsent R.Akramov va sport ustasi B.Abduraimovlar edi. Asosiy tarkibning 7 nafar o‘yinchisi O‘zDJTI talabalari bo‘lganini aytib o‘tish joizdir.
Shu yilning o‘zida Osiyo chempionlari Kubogida ilk bor qatnashgan Farg‘onaning «Neftchi» klubi futbolchilari uchinchi sovrinli o‘rinni egalladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 yanvardagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlan-tirish tamoyillari va tashkillashtirish asoslarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni O‘zbekistonda futbolning keyingi rivoji uchun katta ahamiyat kasb etdi. Bu farmonda kelgusi futbolni klublar asosida rivojlantirish va 1996-1997 yillarda viloyat markazlarida futbol bo‘yicha o‘smirlar maktab-internatlari ochilishi ko‘rsatilgan edi.
1992 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida Tosh-kentning «Paxtakor» va Farg‘onaning «Neftchi» klublari chempionat yetakchilari bo‘lib keldi. Paxtakorchilar besh marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lganlar (1992, 1998, 2002, 2003, 2004) va 6 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan joy olganlar (1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004). «Neftchi» ham besh karra respublika chempioni (1992-1995, 2001) va 2 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (1994, 1996) bo‘lgan.
O‘zbekiston chempioni unvoniga yana «Navbahor» (1996), MHSK (1997) va «Do‘stlik» klublari erishganlar. Shuningdek, 1997, 1995, 1998 yillarda «Navbahor» va 2000 yilda «Do‘stlik» jamoasi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritganlar. 2002 yilgi Osiyo Chempionlari Kubogi uchun kurashda Qarshining «Nasaf» jamoasi ishtirok etadi. Saralash bosqichlarida 5 g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga chiqdilar. Ammo bronza medali uchun kechgan bu o‘yinda qarshiliklar «Istiqlol» (Eron) jamoasiga 2:5 hisobida g‘alabani boy berib, 4-o‘rinni egallaydilar.
2003 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan chempionlar ligasi chorak finalida paxtakorchilar katta ustunlik bilan Turkmanistonning «Nissa» jamoasini 3:0, Eronning «Piruza»sini 1:0 va Iroqning «Al-Taliba» kabi jamoa-larini 3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match natijalariga binoan Tailandning «Bek-Tero Sosana» jamoasi ustun keldi.
2002-2003 yillarda O‘zbekistonning yoshlar terma jamoasi futbolchilari katta yutuqlarga erishdilar. Qatarda Tailand terma jamoasini 4:0, Katarni 5:4 hisobida yengib, so‘ng Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida g‘alabani boy berib,futbolchilarimiz chorak finalga yo‘l oldi va unda Suriya Arabistonini 4:0 hisobida mag‘lubetdilar. Yarim finalda o‘zbek futbolchilari Yaponiya terma jamoasi bilan uchrashdilar. Shiddatli va qizg‘in o‘tgan o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisob bilan yakunlandi. 11 metrli zarbalar yo‘llashda yaponlar bir oz ustunroq chiqib, 4:2 hisobida g‘olib bo‘ldilar.
To‘rtinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng kuchli 16 jamoasi qatorida maydonga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionati 2003 yilning dekabr oyida BAAda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futbolchilari chiroyli va baham-jihat o‘yin ko‘rsatdilar, lekin 1/8 finalga chiqa olmadilar. Biroq, mutaxassislar va ishqibozlar O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinini yuqori baholadilar. Uch o‘yin davomida ular o‘z tengdoshlari bilan kurash olib bordilar, lekin Mali jamoasiga (Afrika chempioni) 2:3, Argentina termasiga (ayni paytda jahon chempioni) 1:2, Ispaniya terma jamoasiga (Evropa chempioni) 0:1 hisobi bilan g‘alabani boy berdilar.
Mavzu bo’yicha savollar.
1.Futbol o`yini qachon va qaysi mamlakatda paydo bo`lgan?
2.Futbol o`yinini kashf qilgan muallif nomi?
3.Xalqaro mikyosdagi dastlabki futbol o`yini qaerda va qachon o`tkazilgan?
4.Xalqaro futbol federatsiyasi qachon tashkil etilgan?
5.Hozirgi vaqtgacha FIFA ga qancha mamlakat a'zo?
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.