Буюк океан (Тинч океан) Дунё океанининг бир қисми, катталиги ва чуқурлиги жиҳатидан Ер шарида 1-ўринда туради. Тинч океан ғарбдан Евросиё ва Австралия, шарқдан Шимолий ва Жанубий Америка, шимолдан Чукотка ва Сьюард ярим ороллари ўртасидаги йўлак, жанубдан Антарктида билан чегараланган. Майдони денгизлари билан бирга 178,6 млн кв км, денгизларсиз 148,3 млн. кв км. Сувининг ҳажми 710 млн. куб км. Ўртача чуқурлиги 3980 м, энг чуқур жойи 11022 м (Мариана нови).
Қирғокларининг аксар қисми фьорд типли ва емирилган, ғарбдаги тропик кенгликларда маржонли, баъзи жойлари тўсиқ рифли. Антарктидадаги қирғоклар, асосан, шельф музликлари билан қопланган. Денгизлар, кўпроқ, Тинч океаннинг шимолий-ғарбий ва ғарбий чеккаларида жойлашган. Ярим ёпиқ денгизлар: Беринг, Охота, Япон, Шарқий Хитой, Сариқ ва Жанубий Хитой; Ички денгизлар: Япон; ороллараро денгизлар: Австралия Осиё Ўрта денгизлари деб умумий номланади; чекка денгизлар: Маржон ва Тасман денгизлари, жанубда Антарктида соҳили яқинидаги Амундсен, Беллинсгаузен ва Росс денгизлари.
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
GEOLOGIYA VA GEOGRAFIYA
FAKULTETI GEOGRAFIYA
Qabul qildi:p.f.n.dot.Nikadambayeva Hilola
YO’NALISHI
3-KURS TALABASI DO’SIYEVA
MAFTUNANING geografiya
o`qitish metodikasi fanidan
REJA :
1. Tinch okeani va uning o‘ziga xos
xususiyatlariga umumiy tavsif berish.
2. Okeanning o’rganilish tarixi,
geologik tuzilishi va foydali
qazilmalari.
3. Okean tubi relyefi va okean
oqimlari .
4. Organik dunyosi va tabiat
mintaqalari
ASOSIY XUSUSIYATLARI
Okeanlar ichida eng
keksa va eng kattasi,
eng issig’I, „olovli
halqa“si mavjud, eng
chuqur biomassaga
eng boy, baliq
ovlashda, dengiz,
orollar soni, kuchli
shamol, baland to’lqin,
suv osti vulqonlari
bo’yicha Dunyo
okeanlari ichida
birinchi o’rinda
turadi.
GEOGRAFIK
O’RNI
Tinch okeani Dunyo okeani
maydonining yarmini va Yer
yuzining 1/3 qismini
egallagan. Bu okean kattaligi
jihatidan Ulug’ okean deb
ataladi. Okeanni 4 ta materik
chegaralab turadi. Uni
shimol va sharqda Amerika
va janubda Antarktika, g’arb
va shimoli-g’arbda
Avstraliya, Osiyo qit’alari
o’rab olgan. Shimoldan
janubga 12 ming km,
g’arbdan sharqqa qarab
17,2 ming km masofaga
cho’zilgan. Eng keng joyi
ekvator va uning atrofida.
Birinchi bo’lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda
Panama bo’ynidan o’tib Tinch okeanini
ko’rgan va unga Janubiy okean deb nom
bergan. F.Magellan 1520-1521-yillardagi
sayohati davrida uni Tinch okeani deb atagan.
Okean to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar
F.Magellan va J.Kuk sayohatlari tufayli
to’plangan. V.I.Bering va A.I.Chirikovlar 1741-
yilda okeanning shimoliy qismini o’rganishdi.
I.F Kruzenshtern, Y.V.Lisyanskiy, S.O.Makarov
Vityaz kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda
mukammal tadqiqot ishlari olib bordilar
O’RGANILISH
TARIXI
GEOLOGIK TUZILISHI VA OKEAN TUBI
RELYEFI
Tinch okean botig’i eng keksa va Yer po’stining juda
katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib
mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratiladi. Plita
eng serharakat plita bo’lib, yillik siljish tezligi 10 sm
dan katta.
Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda
dengiz sayozligi kam, 1,7% maydonni egallaydi.
Okean tubi 62,6% maydonni egallaydi.
IQLI
MI
Tinch okean eng issiq okean bo’lib, ekvatorial mintaqalarda
suv yuzasining harorati yil davomida 28-29ºC, Bering
dengizida 2-7ºC, Janubiy okeanga tutash qismida 12-15ºC
atrofida o’zgaradi. O’rtacha yog’in miqdori ekvatorda 3000
mm dan qutblarga tomon kamayib boradi.
Okeanning g’arbiy qismida tropik kengliklardankuchli
shamollar-tayfunlar esib turadi(tezligi soatiga 30-50, ba’zan
100 km gacha boradi.).
ORGANIK DUNYOSI
Tinch okean
organizmlarining turli –
tumanligiga ko’ra
birinchi o’rinda turadi.
Dunyo okeanidagi tirik
organizmlarning yarmi
shu okeanga to’g’ri
keladi. Okeanning
shimoliy qismida
losossimon baliqlarning
95% yashaydi. Boshqa
okeanlarga nisbatan
hayvonlar turi 3-4
baravar ko’p.
INSONNING XO’JALIK FAOLIYATI
Okean soxillarida 50 ta
mamlakat joylashgan
bo’lib, dunyo aholisining
yarmi shu joyda yashaydi.
Insonlar qadimdan okean
hayvonlaridan oziq-ovqat
mahsuloti sifatida
foydalanib kelganlar.
Dunyo okeanidagi
baliqlarning deyarli yarmi
shu okeanga to’g’ri
keladi. Turli molyuskalar,
qisqichbaqalar,
krevetkalar, krillar ham
ko’p ovlanadi.
E’tiboringi
z uchun
rahmat!!!