Geometrik shaklni proyeksiyalar tekisliklariga

  • docx
  • 09.06.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала Geometrik shaklni proyeksiyalar tekisliklariga.docx

Geometrik shaklni proyeksiyalar tekisliklariga tegishli o‘q atrofida aylantirish yoki tekislikning izi atrofida aylantirish. Aylanish o‘qi sifatida umumiy vaziyatdagi tekislikning gorizontal yoki frontal izlaridan biri qabul qilinadi (160–rasm). Bu holda tekislik biror izi atrofida aylantirilib, proyeksiyalar tekisliklarining biriga jipslashtiriladi. Agar aylanish o‘qi sifatida tekislikning gorizontal izi qabul qilinsa, bu tekislikni gorizontal proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtirish mumkin. Shuningdek, tekislikni frontal izi atrofida aylantirib, uni frontal proyeksiyalar tekisligiga jipslashtiriladi.

Tekisliklarni proyeksiyalar tekisligiga jipslashtirish yo‘li bilan mazkur tekislikka tegishli bo‘lgan tekis shakllarning haqiqiy o‘lchamini aniqlash mumkin yoki umumiy vaziyatida berilgan tekislikka tegishli bo‘lgan har qanday geometrik masalalarni yechish mumkin.

160,a–rasmda umumiy vaziyatdagi Q tekislikni QH gorizontal izi atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtirish ko‘rsatilgan. Tekislikning gorizontal izi aylanish o‘qi sifatida qabul qilingani uchun uning vaziyati o‘zgarmaydi. Bu tekislikni H tekislikka jipslashtirish uchun mazkur tekislikka tegishli biror nuqtaning H tekislikka jipslashtirish kifoya. Bunday nuqta sifatida tekislikning frontal iziga tegishli B(B,B) nuqtani olish mumkin. Bu nuqta orqali QN ga perpendikulyar M gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkaziladi. B nuqta OBo=R radiusli yoy bo‘yicha MN iz bilan kesishguncha aylantiriladi. Natijada, hosil bo‘lgan B1 nuqta bilan Qx ni o‘zaro tutashtirsak, Q tekislikni H tekislikka jipslashtirilgan vaziyatiga ega bo‘lamiz. Tekislikni bunday jipslashtirganda unga tegishli geometrik shakllar H tekislikka jipslashib, haqiqiy o‘lchamlarida proyeksiyalanadi.

5_22_                             5_22_

a)                                                               b)

160-rasm.

160,a–rasmdan shuni aniqlash mumkinki, Q tekislikni QN izi atrofida aylantirib, uni H tekislikka jipslashtirishda QV iziga tegishli QxB1 kesma o‘zining haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lgani uchun QxB″=QxB1 bo‘ladi. Demak, chizmada Q(QN, QV) tekislikni H tekislikka jipslashtirish uchun uning QV izida tanlab olingan BB″ nuqtani va QX markazdan Qx B″ radius bilan yoy chizib, M tekislikning MN izi bilan kesishgan B1 nuqta aniqlanadi. So‘ngra B1 va QX nuqtalardan tekislikning QV1 izi o‘tkaziladi.

Chizmada P(PN, PV) tekislikni PN izi atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtirish uchun aylantirish radiusining haqiqiy o‘lchamini aniqlash zarur bo‘lsin (160,b–rasm). Ma’lumki, aylantirish radiusi tekislikning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi. To‘g‘ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatiga ko‘ra, tekislikning PV izida olingan A(A′, A″) nuqtaning A′ proyeksiyasidan tekislikning PN iziga perpendikulyar o‘tkaziladi va O′ hamda O″ nuqtalarni topamiz. Chizmada hosil bo‘lgan OA′ va OA″ aylantirish radiusining proyeksiyalari, OA0 esa uning haqiqiy o‘lchami bo‘ladi.

Xuddi shuningdek P(PH, PV) tekislikni V tekislikka ham jipslashtirish mumkin (161–rasm). Buning uchun berilgan P tekislikning PH gorizontal izida ixtiyoriy A nuqta tanlab, uning aylantirish radiusi PX A′ aniqlanadi va tekislikning PN izini PV izi atrofida aylantirib, tekislikka jipslashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, P tekislikni PN izi atrofida aylantirilganda PxA kesma PxA1 ga teng bo‘ladi. 

Umumiy vaziyatda berilgan tekislikka tegishli geometrik shaklning haqiqiy o‘lchamini aniqlash uchun uning xarakterli nuqtalarini proyeksiyalar tekisligiga jipslashtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, Q(QN, QV) tekislikka tegishli ∆ABC(ABC, ABC) ning (162–rasm) haqiqiy o‘lchami uning A, B va C nuqtalarini V tekislikka jipslashtirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Tekislikning jipslashgan holati berilgan bo‘lsa, uning dastlabki vaziyatini tiklash mumkin. Tekislikning dastlabki vaziyatini aniqlash natijasida tekislikka tegishli bo‘lgan shakllarning ham proyeksiyalarini aniqlash mumkin.

 

5_23_

161-rasm.                                                           162-rasm.

Masalan, P tekislikning H tekislikka jipslashtirilgan vaziyati PH, PV, P1V izlari va shu tekislikka tegishli O1 markaz va R radiusli aylana berilgan bo‘lsin (163–rasm).

Bu aylananing P tekislikdagi proyeksiyalarini yasash uchun aylana markazidan tekislikning h′1 gorizontali o‘tkaziladi va 1′1 nuqta aniqlanadi. Bu nuqtadan tekislikning PN iziga perpendikulyar o‘tkazib, Ox proyeksiyalar o‘qiga tegishli 1′ nuqta topiladi. Bu nuqtadan h′1 ning h′ proyeksiyasi o‘tkaziladi. So‘ngra Px markazdan Px1′1 radius bilan o‘tkazilgan yoyning 1′ dan Ox o‘qiga o‘tkazilgan perpendikulyar bilan kesishgan 1″ nuqtasi topiladi. Bu nuqtadan h′1 ning h″ proyeksiyasini o‘tkaziladi. So‘ngra 1″ va Px nuqtalar tutashtirilib, tekislikning PV izi hosil qilinadi. Aylana markazining proyeksiyalarini yasash uchun O1 dan PN ga perpendikulyar o‘tkazib, h′ bilan kesishgan O′ nuqtani va h″ da O″ nuqta topiladi. Shuningdek, bu gorizontalda joylashgan aylananing A1 va B1 nuqtalarining A′, A″ va B′, B″ proyeksiyalari aniqlanadi.

Tekislikning f′1 frontalini aylananing markazi O1 dan P1V ga parallel qilib o‘tkazilib, aylananing E1 va F′1 nuqtalarning E′, E″ va F′, F″ proyeksiyalari yasaladi.

 

5_25_

163-rasm. 

Xuddi shu tarzda aylananing L′1 va T′1, C1 va D′1 nuqtalarning proyeksiyalari tekislikning gorizontallari yordamida aniqlanadi. Bu nuqtalarning bir nomli proyeksiyalarini mos ravishda o‘zaro tutashtirsak, aylananing gorizontal va frontal proyeksiyalari – ellipslar hosil bo‘ladi.

Proyeksiyalar tekisligini almashtirish usuli yordamida yordamchi tekislik otkaziladi va 4.1, 4.2. rasmlardagidek chizma davom ettiriladi. 4.3. va 4.4 rasmlarda misollar keltirilgan.[1]


 

Скачано с www.znanio.ru



[1] M.B.Shah, B.C.Rana. Engineering Drawing, India by Sai Print-O-Pac Pvt.Ltd, India, (85-86-87 betlardagi mazmunidan foydalanildi).