ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI VA STRATEGIK JARAYON
Оценка 4.8

ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI VA STRATEGIK JARAYON

Оценка 4.8
docx
18.09.2022
ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI VA STRATEGIK JARAYON
Ma'ruza 12 OBA.docx

Mavzu 12. ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI VA STRATEGIK JARAYON

 

Хalqaro olimpiya tizimining umumiy tuzilmasi. Хalqaro Olimpiya Qo’mitasi va uning faoliyati. Olimpiya Хartiyasi – olimpiya harakatining asosiy huquqiy хujjati. ХOQning maqsadi va vazifalari. ХOQning tarkibi va asosiy organlari. ХOQ sessiyalari. ХOQ prezidentlari. ХOQning shtab-kvartirasi. Olimpiya kongresslari va ularning ahamiyati.

Milliy olimpiya qo’mitalari va ularning faoliyati. Milliy Olimpiya Qo’mitalari Bosh Assambleyasining tashkil topishi, maqsadi va vazifalari.  Хalqaro sport federatsiyalari va ularning faoliyati. Хalqaro sport federatsiyalari Bosh Assambleyasi, unung maqsadi va vazifalari.

Olimpiya harakati  rivojlanishining birinchi davri. Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishida ikkinchi davrning umumiy tavsifi. Olimpiya harakati rivojlanishining uchinchi davri va uning umumiy tavsifi. Zamonaviy olimpiya harakatining to’rtinchi davri va uning хususiyatlari. Xalqaro olimpiya harakatining dolzarb muammolari.

XIX asrning oxirida Pyer de Kuberten tomonidan olimpiya sportining asosiy tamoyillari, unung tuzilmasi, faoliyat asoslari ishlab chiqilgan va hozirgi davrgacha saqlanib qolgan.

Olimpiya Xartiyasi – olimpiya sportining asosiy huquqiy hujjati bo’lib, xalqaro olimpiya harakatining tashkiliy tuzilmasi, maqsadi, mazmuni hamda demokratik xususiyatini belgilab  beruvchi  o’ziga  xos nizom hisoblanadi. XOQ tomonidan tan olinish, Olimpiya Xartiyasiga amal qilishga rozilik bildirish sport tashkilotlarning  olimpiya harakatiga  qo’shilganligi mezoni  bo’lib xizmat qiladi.

Olimpiya Xartiyasida olimpiya harakatining g’oyaviy-nazariy asoslari bayon qilingan, uning maqsad va vazifalari  belgilab berilgan: insonni har tomonlama  rivojlantirish, yaxshi va tinch jamiyat qurish, yoshlarni  olimpizm ruhida  tarbiyalash, butun jahon davlatlari va qit’alar o’rtasida do’stlik munosobatlarini  rivojlantirishdan iborat.

Olimpiya Xartiyasi XOQning I Kongressida (1894) tasdiqlangan. Xartiyada XOQning maqsadi va vazifalari, Olimpiya o’yinlarining tartib-qoidalari va ular bilan bog’liq tashkiliy masalalar ifoda etilgan.

Xartiya mazmuni beshta bobdan iborat bo’lib, I – “Olimpiya harakati”, II– “Xalqaro olimpiya qo’mitasi”, III – Xalqaro sport federatsiyalari”, IV– “Milliy olimpiya qo’mitalari”, V – “Olimpiya o’yinlari” masalalariga oid moddalar berilgan.

Xartiyaning I-bobida XOQning maqsadi, umumiy vazifalari va roli, sport tashkilotlarining Olimpiya harakatiga doir vakolatlari, Olimpiya kongressining tuzilmasi,  olimpiya harakatining asosiy tushunchalari, olimpiya ramzlarining mohiyati va huquqlariga oid masalalar bayon etilgan.

II-bobda XOQning yuridik mavqei, XOQ a’zoligiga saylash huquqlari, XOQ a’zolarining majburiyatlari va vazifalari, XOQning tashkiliy tuzilmasi – asosiy organlari Sessiya, Ijroiya qo’mita, Prezident, ularning vakolatlari to’g’risida masalalar yoritilgan.

III-bobda Xalqaro sport federatsiyalarining olimpiya harakatidagi roli, ularni XOQ tomonidan tan olinishiga qo’yilgan talablar belgilangan.

IV-bobda Milliy olimpiya qo’mitalarilarining Olimpiya harakatiga doir vakolati va mavqei, ularning tarkibi,  XOQ tomonidan tasdiqlanishiga qo’yilgan talablar belgilab berilgan.

V-bobda to’rtta bo’limlar mavjud bo’lib, ularning mazmuni “Olimpiya o’yinlarining ma’muriyati va ularini tashkil qilish”,  “Olimpiya o’yinlarida ishtiroq etish qoidalari”, “Olimpiya o’yinlarining dasturi”, “Bayonnoma” kabi masalalarga bag’ishlangan.

Xalqaro olimpiya tizimining umumiy tuzilmasi. Hozirgi  davrda  xalqaro olimpiya harakatining  murakkab  tashkiliy tuzilmasi  hosil bo’lgan, ya’ni  uning uchta asosiy tarmog’i: Xalqaro  Olimpiya qo’mitasi, Xalqaro sport federatsiyalar, Milliy  olimpiya  qo’mitalariga  birlashtirilgan.

§   Xalqaro  Olimpiya qo’mitasi,

§   Xalqaro sport federatsiyalar, 

§   Milliy  olimpiya  qo’mitalariga  birlashtirilgan.

Xalqaro olimpiya tizimiga Olimpiya o’yinlari Tashkiliy qo’mitasi, regional olimpiya  qo’mitalari,  milliy assotsiatsiyalar, klublar va ularga tegishli shaxslar, jumladan sportchilar kiradi. Bu tashkilotlar o’z faoliyatida Olimpiya Xartiyasiga tayanadi.

 

Xalqaro Olimpiya Qomitasi va uning faoliyati.

 

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasixalqaro nodavlat tashkilot bolib, yuridik shaxs maqomi bilan asotsiatsiya shaklida tuzilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan XOQning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ø   havaskorlik sporti asosi hisoblangan jismoniy va axloqiy sifatlarni rivolantirishga yordam berish;

Ø   yoshlarni sport yordamida ozaro kelishuv va dostlik ruhida tarbiyalash;

Ø   butun dunyoga olimpiya tamoyillarini keng yoyish, xalqlar ortasida yaxshi niyat muhitini yaratish;

Ø   jahon sportchilarini har 4 yilda bir marta Olimpiya oyinlarida uchrashtirish.

XOQ majburiyatiga yozgi va qishki Olimpiya o’yinlarini muntazam o’tkazish, ularni doimiy takomillashtirib borish, butun dunyoda sportning rivojlanishiga rahbarlik qilish kiradi.

XOQ a’zolari (hozirgi paytda ular 115 ta) Olimpiya xartiyasiga binoan o’z mamalakatlarida uning vakili hisoblanadilar. Mamlakatda XOQning bitta a’zosi saylanadi, lekin XOQ ikkinchi a’zoni Olimpiya o’yinlari o’tkazilagan davlatlardan saylashi mumkin. XOQ  a’zosi 70 yoshga to’lganda istefoga chiqishi lozim.

XOQ tarkibi va asosiy organlari. XOQning asosiy organlariga – Sessiya, Ijroiya qo’mita va Prezident kiradi.

Sessiya – XOQ a’zolarining umumiy yig’ilishi bo’ib, har yili o’tkaziladi, olimpiada yilida esa ikki marta chaqiriladi. Sessiya XOQning oliy organi hisoblanadi va uning qarorlari  o’zgartirilmaydi. Sessiyani o‘tkazish joyi XOQ tomonidan belgilanadi, navbatdan tashqari sessialarni – Prezident chaqiradi. Sessiyaning kun tartibi o’tkazish kunidan bir oy oldin tarqatilishi lozim. XOQ sessiyalarida Olimpiya xartiyasi muxokamasi, Olimpiya o’yinlarining tashkiliy masalalari, nomzod shaharlar muxokamasi, saylovlar o’tkaziladi. 

Ijroiya qo’mita sessiyalar o’rtasidagi davrda XOQ ishlarini boshqarib boradi. Uning tarkibiga XOQ prezidenti, 4 ta vitse- prezident va 10 ta qo’mita a’zolari kiradi va ularning vakolat muddati 4 yil davom etadi.

Prezident XOQ a’zolari tarkibidan saylanadi. Olimpiya xartiyasi bo’yicha XOQ Prezidenti yashirin ovoz berish asosida 8 yilga va yana bir marta 4 yilga vakolat mudatini uzaytirish imkoniyati bilan saylanadi. Prezident maxsus hay’atlar va ishchi guruhlar tuzib, unung yordamida XOQ faoliyatining umumiy strategiyasini ishlab chiqadi. Olimpiya Xartiyasida XOQning rasmiy tili – frantsuz va ingliz tillari, deb belgilangan. XOQ shtab-kvartirasi Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

 

XOQ prezidentlarining faoliyati

 

Demetrius Vikelas (1835-1908) – Xalqaro  Olimpiya Qo’mitasining birinchi Prezidenti.  1894  yil iyunda Parijda Xalqaro atletika ta’sis kongressida zamonaviy olimpiya  harakati muammolari muhokama qilingan  sho’baga rahbarlik qilgan. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining a’zosi bo’lgan. I Kongressda 1896 yilda I Olimpiya o’yinlarini Afinada o’tkazishni taklif qilgan. Olimpiya Xartiyasi bo’yicha Olimpiya o’yinlarini o’tkazadigan davlat vakili prezident etib saylanishi kerak edi. Shuning uchun XOQ prezidenti lavozimiga Gretsiya vakili Demetrius Vikelas saylangan. Vikelas I Olimpiya o’yinlarini tashkiliy ishlarida faol qatnashgan va katta hissa qo’shgan. Olimpiya o’yinlaridan so’ng 1896 yil 10 aprelda Demetrius Vikelas iste’foga chiqqan.  Keyingi Olimpiya o’yinlari Parijda o’tkazilishi belgilangan va Olimpiya Xartiyasi bo’yicha Frantsiya vakili Pyer de Kuberten XOQning ikkinchi prezidenti lavozimini egallagan.

Pyer de Kuberten (1863-1937) zodagon oilasida tug’ilib, mukammal tarbiya olgan. Kuberten kollejda o’qib yurgan paytlaridayoq qadimgi olimpiya qazilmalari to’g’risida bilib, do’stlari bilan olimpiyaning avvalgi qudratini tiklashda reja tuzgan. 12 yoshlik chog’ida u sport klubi tuzadi. Bu yerda bolalar futbol, qilichbozlik va eshkak eshish bilan shug’illangan. Kuberten o’z zamonasining iqtidorli, shijoatli, qiziquvchan, ajoyib inson sifatida tarix sahifalaridan o’rin olgan. Pyer de Kuberten Yevropadagi eng qadimgi va eng yaxshi Parij universtiteti - Sorbonnani tamomlagan.  Tarix, pedagogika, falsafa, siyosat bilan qiziqqan. Kuberten yoshligida chavandozlik,  qilichbozlik va eshkak eshish sport turlari bilan shug’ullangan. 20 yoshida qadimgi Ellada madaniyati va adabiyoti tarixi bilan chuqur qiziqib, olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida fikr bildirgan va butun hayotini mana shu maqsadini amalga oshirishga bag’ishlagan.

Pyer de Kuberten – Xalqaro  olimpiya harakatining buyuk arbobi, zamonaviy olimpiya  harakatining asoschisi, XOQning ikkinchi Prezidenti (1896-1915 yy.), (1919-1925 yy.). 1894 yilda  XOQning Bosh kotibi, 1896 yilda XOQ prezidenti etib saylangan. Kubertenning rahbarligida 7 ta Olimpiada - II, III, IV, V, VII, VIII yozgi Olimpiya o’yinlari va  I  qishki Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan. 1925 yilda iste’foga chiqqan va 1937 yilgacha Kuberten XOQning Faxriy Prezidenti bo’lgan. Olimpiya harakati, sport tarixi, sotsiologiya, falsafa, siyosat, arxeologiya, fanning boshqa sohalariga oid 30 ta kitob, 50 ta risola, 1200 tadan ortiq maqolalar muallifi.

Kuberten 29 yil Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining prezidenti bo’lgan. Olimpiya ramzlari, belgilari, mukofotlari, sportchilar qasamyodi matni Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan. Uni xizmatlariga yarasha “Olimpizm otasi” deb atashadi. Pyer de Kuberten vasiyatiga ko’ra Shveytsariyaning Lozanna shahrida dafn etilgan, yuragi esa Olimpiya shahrida marmar yodgorlik ostida dafn etilgan.

Godfrua de Blone (1869-1937) – XOQning vaqtincha prezident lavozimini 1916-1919 yillarda bajargan. Baron Godfrua de Blone  1869 yil 25 iyulda Nidershyontal' shahrida (Shveytsariya) tavallud topgan. XOQ tarkibida 1899 yildan boshlab Shveytsariya vakili sifatida faoliyat ko’rsatgan. Kuberten Birinchi jahon urushiga ketganda, prezident lavozimiga neytral davlat vakili G.de Blone tayinlangan. Godfrua de Blone Shveytsariya olimpiya qo’mitasining asoschilaridan biri bo’lib, 1912-1915  yillarda shu qo’mitani boshqargan. 1937 yil 14 fevralda Biskra shahrida (Jazoir) vafot etgan.

Anri de Baye-Latur (1876-1942) – XOQning uchinchi Prezidenti. 1903 yilda Bel'giyadan XOQ a’zosi etib saylangan. Anri de Baye-Latur 1905 yilda XOQning III kongressini tashkiliy ishlariga katta hissa qo’shgan. 1906 yilda Bel'giya Milliy olimpiya qo’mitasi ta’sischilaridan biri bo’lgan. 1920 yilda Antverpenda VII yozgi Olimpiya o’yinlari Tashkiliy qo’mitasining raisi bo’lgan. 1925-1942 yillarda XOQ Prezidenti etib saylangan. Baye Latur rahbarligida II, III qishki va IX, X, XI yozgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan.

Yuxannes Zigfrid Edstryom (1870-1969) – XOQning 1942-1952 yillarda faoliyat ko’rsatgan Prezidenti.  1921 yilda XOQ a’zosi, XOQ Ijroiya  qo’mitasining a’zosi, 1931 yilda  XOQning vitse- prezidenti etib saylangan. Yu.Edstrem havaskor sportni rivojlantirish tarafdori va olimpiya harakatida millatchilikning har qanday ko’rinishiga qat’iy qarshi edi. XOQning 1949 yildagi 44 sessiyasida Xalqaro olimpiya akademiyasini tashkil etish taklifini qo’llab- quvvatlagan. 1950 yilda XOQning 45-sessiyasida san’at tanlovlarini olimpiya dasturidan chiqarish, turli festivallar, ko’rgazmalari o’tkazish taklifini kiritgan. 1952 yil 16 iyulda Yu.Edstrem o’z iltimosi bilan iste’foga chiqqan va keyingi yillarda XOQning faxriy prezidenti bo’lib xizmat qilgan.

Eyveri Brendej (1887-1975) –  XOQning 1952-1972 y. faoliyat  ko’rsatgan beshinchi Prezidenti. 1909 y. AQSHning Illinoys shtati universitetini tugallagan. U yengil atletika ko’pkurashi bo’yicha AQSH birinchiligining 1910 yil sovrindori bo’lgan. 1912 y. Stokgol'm Olimpiadasida AQSH terma jamoasi tarkibida beshkurash bo’yicha 5-o’rinni egallagan. Keyin u gandbol bilan shug’ullangan va AQSHning eng yaxshi 10 ta o’yinchisi qatoriga kirgan. E.Brendej 1925-1927 yy. gandbol bo’yicha milliy qo’mita raisi, 1928-1935 yy. AQSH Havaskor atletika assotsiatsiyasi, 1928-1952 yy. AQSH Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti bo’lgan. 1930 y. Xalqaro havaskor yengil atletika federatsiyasi prezidenti, 1936 y. XOQ a’zosi, 1937 y. XOQ Ijroiya ko’mitasi a’zosi, 1945 y. XOQ vitse-prezidenti, 1946 y. birinchi vitse-prezidenti etib saylangan. E.Brendej birinchi bo’lib XOQning Oltin ordeni bilan taqdirlangan. E.Brendej 85 yoshida o’z ihtiyoriga ko’ra iste’foga chiqqan, hayotining so’nggi yillarini Germaniyaning Garmish-Partenkirhen shahrida o’tkazgan.

Maykl Morris Killanin (1914-1999) – Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining 1972- 1980 yillarda faoliyat ko’rsatgan oltinchi Prezidenti. 1950 y. Irlandiya milliy Olimpiya qo’mitasining Prezidenti, 1952 y. XOQ a’zosi, 1967 y. XOQ Ijroiya qo’mitasi a’zosi, 1968 y. XOQning vitse prezidenti etib saylangan. Killanin XOQning Olimpiya birligi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tashabbuskori bo’lgan. Uning rahbarligida XOQ Monreal va Moskvadagi yozgi Olimpiya o’yinlarini, Insbruk va Leyk Plesiddagi qishki Olimpiya o’yinlarini o’tkazgan. 1980 yilda Maykl Killanin iste’foga chiqqan.

Xuan Antonio Samaranch (1920–2011) – XOQning 1980-2001 yillarda faoliyat ko’rsatgan Prezidenti. U yoshligida boks, rolikli kon'kida hokkey bilan shug’ullangan. Keyinchalik Samaranch ustozlik qilgan Ispaniyaning rolikli xokkey jamoasi jahon chempioni bo’lgan.Samaranch universitetning tijorat  fakul'tetini tugallagan, biznes faoliyatini sport ustozligi bilan qo’shib olib borgan. 1940-1950 yy. Samaranch Barselona munitsipalitetining rahbari, so’ng Ispaniya rolikli hokkey milliy federatsiyasining prezidenti  lavozimida ishlagan. Samaranch 1955 y. Barselonada o’tkazilgan ikkinchi O’rta yer dengizi o’yinlarining tashkilotchilaridan biri bo’lgan. Samaranch 1956 y. qishki VII Olimpiada, 1960 yil XVII va 1964 yildagi XVIII yozgi Olimpiadalarda Ispaniya sport delegatsiyasining rahbari bo’lgan.  1963 yilda Samaranch Ispaniyaning sport oliy kengashi rahbari lavozimiga tayinlangan. 1967 yilda Samaranch Ispaniya milliy olimpiya qo’mitasining prezidenti etib saylangan. Samaranch 1968 yildan XOQ protokoli rahbari, 1970 yildan XOQ Ijroiya qo’mitasi a’zosi, 1974 yildan XOQ vitse-prezidenti, 1977 yildan Ispaniyaning sobiq Ittifoq elchisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1980 yilda XOQning 83-sessiyasida Samaranch XOQ Prezidenti etib saylangan. 2001 yilda Xuan Antonio Samaranch o’zining 20-yillik samarali faoliyatini yakunlab, iste’foga chiqqan.

Jak Rogge 1942 yil 2 may kuni Gent shahrida tug’ilgan. Jak Rogge tibbiyot fanlari doktori, jarroh, sport tibbiyoti mutaxassisi; ingliz, fransuz, nemis, golland va ispan tillarini biladi. Rogge yelkanli kema sporti va regbi bilan shug'ullangan, yelkanli kema sporti bo’yicha Belgiya chempioni, Olimpiada (1968, 1972, 1976 yy.) o’yinlari ishtirokchisi. Jak Rogge Yevropa Olimpiya qo’mitasi Prezidenti (1989 y.) Insbruk, Kalgari shaharlarida o’tkazilgan qishki Olimpiya o’yinlari missiyasi rahbari, Moskva (1980), Los-Anjeles (1984) va Seul (1988) Olimpiadalari missiyasi rahbari bo’lgan. Dopingga qarshi Butunjahon Ittifoq agentligi (ADA) a’zosi, 1991 yildan XOQ a’zosi, olimpiada harakati, dasturi va komissiyasi a’zosi. XXVII va XXVIII Olimpiada o'yinlarini muvofiqlashtirish komissiyasining rahbari bo’gan. 2001–2013 yillarda XOQ Prezidenti lavozimida rahbarlik qildi. 2013 yilda Jak Rogge iste’foga chiqdi.

Tomas Bax  1953 yilda  Vyurtsburg shahrida (Germaniya) tavallud topgan. Yoshligida futbolga qiziqqan, lekin ota onasi uni qilichbozlik sektsiyasiga olib borgan. Bu sport turida Tomas Bax juda katta natijalarga erishdi, Germaniyaning ko’p karra chempioni va qilichbozlik (rapira) bo’yicha ikki karra Jahon chempioni bo’ldi. Tomas Bax XXI Olimpiya o’yinlarida (1976, Monreal, Kanada) Germaniya terma jamoasi tarkibida oltin medalga sazovor bo’lgan. Tomas Bax huquqshunoslik  mutaxassisligi bo’yicha Vyurtsburg universitetini tamomlagan. T. Bax XOQning Sport arbitraj sudi doping muammolari bo’yicha appelyatsiya bo’limini boshqargan. 2013 yil 10 sentyabrda Tomas Bax XOQ Prezidenti etib saylandi.

 

XOQ PREZIDENTLARI

 

XOQ prezidenti

Rahbarlik yillari

Davlat vakili

1

Demetrius Vikelas

1894-1896

Gretsiya

2

Pyer de Kuberten

1896-1916,

1919-1925

Frantsiya

3

Godfri de Blone

1916-1919

Shveytsariya

4

Anri de Baye-Latur

1925-1942

Belgiya

5

Yuxanes Zigfrid Edstryom

1942-1952

Shvetsiya

6

Eyveri Brendej

1952-1972

AQSH

7

Maykl Morris Killanin

1972-1980

Irlandiya

8

Xuan Antonio Samaranch

1980 -2001

Ispaniya

9

Jak Rogge

2001-2013

Belgiya

10

Tomas Bax

2013- hozirgi davrgacha

Germaniya

 

XOQ KONGRESSLARI

 

Kongress

O’tkazilgan yil

O’tkazilgan joyi

I

1894

Parij, Frantsiya

II

1897

Gavr, Frantsiya

III

1905

Bryussel, Belgiya

IV

1906

Parij, Frantsiya

V

1913

Lozanna, Shveytsariya

VI

1914

Parij, Frantsiya

VII

1921

Lozanna, Shveytsariya

VIII

1925

Praga, Chexoslovakiya

IX

1930

Berlin, Germaniya

X

1973

Varna, Bolgariya

XI

1981

Baden-Baden, Germaniya

XII

1994

Parij, Frantsiya

XIII

2009

Kopengagen, Daniya

 

Olimpiya kongresslari

 

Olimpiya kongressi – olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari ishtirokida o’tkaziladigan anjumandir. Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki yillarida Kongresslar har yili o’tkazilgan va Olimpiya o’yinlarining tashkiliy masalalari muhokama qilingan. 

I Xalqaro atletik Kongressi 1894 yil 16-23 iyunda o’rkazilgan va to’rtta asosiy masala muhokama qilingan:

ü   Havaskorlik va professional sporti haqida.

ü   Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida.

ü   Olimpiya o’yinlarining dasturi va uni o’tkazish tartiblari.

ü   Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining tarkibi to’g’risida.

I Kongress Xalqaro olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Kongress Olimpiya o’yinlarini qadimgi an’analar bo’yicha har 4 yilda bir marta o’tkazish to’g’risidagi qarorni tasdiqlagan. Kongressda I Olimpiya o’yinlarini Gretsiyaning Afina shahrida o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan.

Olimpiya xartiyasi bo’yicha Olimpiya kongresslari 8 yilda bir martta o’tkaziladi. Olimpiya kongresslarini o’tkazish muddatini XOQ belgilab beradi. Kongress XOQ prezidenti tomonidan chaqiriladi va konsultativ ahamiyatga ega.

X Olimpiya kongressi 1973 yil Varna shahrida (Bolgariya) o’tkazilgan Bu kongressda olimpiya harakati muammolarini hal qilishga kirishilgan. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o’zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o’yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo’yilgan. Kun tartibidagi masalalarning barchasi muhokama qilinib, uch tomonlama XOQ, MOQ va XSF komissiyasi tuzilgan.

Kongress yakuni hujjatlari «Uch tomonlama komissiyaning hulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat» olimpiya harakatining demokratlashuviga turtki bo’lgan. Kongress dunyodagi barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni Xalqaro tinchlik va do’stlikni mustahkamlash hamda Olimpiya harakatining sofligi yo’lida kurashishga chaqirgan.

Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981 yilda Baden-Baden shahrida (Germaniya) o’tkazilgan XI kongress muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda uchta masala muhokamaga qo’yilgan: keyingi olimpiya o’yinlari; sportda Xalqaro do’stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo’llari. Muhokama jarayonida keyingi olimpiya o’yinlarini o’tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo’ldi, turli munosabatlar izhor etilgan va hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirilgan. Kongressda 82 XOQ a’zosi, 37 XSF vakili, 49 MOQ vakili ishtirok etgan. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari qatnashgan. Kongress tomonidan deklaratsiya qabul qilinib, unda quyidagi yakunlovchi qarorlar bayon etilgan:

Ø  Olimpiya o’yinlarida «ochiq o’yinlar» uchun joy yo’q;

Ø  Olimpiya o’yinlariga sportchilarni kiritish tamoyillari  saqlanib qoladi (Olimpiya Xartiyasi «26 qoida»);

Ø  Olimpiya marosimlari har doimgidek davom etadi;

Ø  Olimpiya o’yinlarini turli mamlakatlarda o’tkazish amaliyoti davom ettiriladi;

Ø  Olimpiya o’yinlari Tashkiliy qo’mitasi, XOQ, XSF, MOQ o’zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;

Ø  doping iste’mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;

Ø  sportda kamsitish holatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;

Ø  «Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko’paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko’maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;

Ø  matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko’proq yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e’tibor berish;

Ø  mamlakat hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko’mak so’rash;

Ø  xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo’l ochish.

XX asrda Olimpiya harakati rivojlanishining asosiy vazifalari 1994 yil 29 avgust – 3 sentabrda Parijda o’tkazilgan XII Olimpiya kongressi ko’rib chiqilgan. Bunda 3000 kishi ishtirok etgan, ya’ni XOQ, XSF, MOQ, murabbiylar, sportchilar, olimlar, ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari qatnashgan. Kongressga X.A. Samaranch raislik qilgan. Bunda to’rtta masala muhokama etilib, har biri bo’yicha tavsiyalar qabul qilingan:

Ø   Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo’shayotgan hissalari.

Ø   Jamiyatda sportchining o’rni va roli.

Ø   Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport).

Ø   Sport va ommaviy axborot vositalari.

Kongressdagi mulohazalar, muzokaralarda XX asr davomida sportchilar mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, olimpiya o’yinlari katta ahamiyatga ega bo’lganligi ta’kidlangan. Hozirgi davr muammolaridan biri XOQ, MOQ, XSF faoliyatlarini muvofiqlashtirib turishdan iborat. Keyingi olimpiya o’yinlarining talab darajasi tashkil qilinishi shunga bog’liq bo’lib qolmoqda. MOQ hukumat tashkilotlari bilan, XOQ esa YUNESKO va BMT bilan uzviy aloqada ish olib borishi kerak.

Hozirgi davrda XOQ rahbarligida Olimpiya kongresslari va sessiyalarida olimpiya harakati muammolari muhokama qilinadi, ularni butunlay hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’riladi. XOQ Milliy olimpiya qo’mitalari (MOQ) va Xalqaro sport federatsiyalarini (XSF) tan olish to’g’risida qaror qabul qiladi.

 

Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolari.

 

Zamonaviy olimpiya harakatida juda ko’p muammolar mavjud bo’lib, ulardan eng dolzarb muammolar qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

§ professional sport va tijorat sporti muammosi;

§ olimpiya sport inshootlari muammosi;

§ olimpiya o’yinlari dasturi muammosi;

§ doping va sportda haqqoniy hakamlik qilish muammosi;

§ XOQ, MOQ, XSF faoliyatida hamkorlik muammosi;

§ irqchilik va millatchilik muammosi;

§ sportda terrorizm va tajovuzkorlik muammosi;

§ olimpiya ta’limi muammosi.

Hozirgi kunda xalqaro olimpiya harakatining ko’p muammolari hal qilingan. Jumladan, dastlabki Olimpiya o’yinlarida paydo bo’lgan irqchilik va millatchilik muammosi XX asrning ikkinchi yarmida sportda kamsitish holatlariga qarshi olib borilgan keskin kurash natijasida bartaraf etilgan.

1930 yillarda olimpiya harakatida vujudga kelgan inqiroz, olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari XOQ, MOQ, XSF o’rtasidagi o’zaro hamkorlik rishtalari uzilishiga olib kelgan. Bu muammo 1973 yil Varna shahrida (Bolgariya) o’tkazilgan X Olimpiya kongressida muhokama qilingan. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o’zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o’yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo’yilgan. Bu masalalarning muhokamasi natijalari asosida uch tomonlama XOQ, MOQ va XSF komissiyasi tuzilgan. Kongress yakuniy hujjatlari olimpiya harakatining demokratiyalashuviga turtki bo’lgan. Olimpiya harakati tizimining asosiy tarmoqlari - XOQ, MOQ, XSF o’zaro munosabatlarining mustahkamlanishi olimpiya harakatining yanada rivojlanishiga olib keldi.

1950-yillarda doping muammosi paydo bolib, bugungi kunda sport harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Doping (ingl. dope – og’u, narkotik) preparatlari katta sportga ko’rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo’llanilgan. 1968 yildan boshlab Olimpiya o’yinlarida doping nazorati kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping iste’mol qiluvchi sportchilarni yanada qattiqroq nazorat qilish va jazolash choralari ishlab chiqilgan.

Olimpiya o’yinarida haqqoniy hakamlik qilish muammosi 1968 yilda “Hakamlarning olimpiya qasamyodi” kiritilishi orqali bartaraf  etilishiga harakat qilingan. Bu muammo sport musobaqalarida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish yordamida hal qilinadi.

Professional sport muammosi Olimpiya xartiyasi bo’yicha hal qilingan. 1980-yillargacha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritilmagan, chunki Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan tamoiyillari bo’yicha Olimpiya o’yinlari faqat havaskor sportini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda sport o’yinlari va musobaqa qoidalarida katta farqi bo’lmagan ayrim sport turlari bo’yicha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritiladi.

XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib, olimpizm g’oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda. Bunday vazifa olimpiya madaniyati qadriyatlarini egallash usullari yordamida hal etiladi.

 

Olimpiada kongresslari va hozirgi davr muammolari

 

Hozirgi davr olimpiada harakati va olimpiada o'yinlari katta qarama-qarshiliklar zamonida rivoj topmoqda. Davr taqozosi bilan olimpizm mavjudligi haqida XOQ rahbarlari davlat arboblari, ba'zi sport uyushmalari xodimlari har xil nazariyalar, dasturlar (konsepsiya) Olimpiya harakati va olimpiya o'yinlari, ulardagi tijorat ishlari, kelajakdagi o'yinlarni o'tkazadigan joylar haqida o'zlariga katta baho berishmoqda, turli bashoratlar qilishmoqda.

Olimpiya kongresslari. 1973 y. Varnada (Bolgariya) o'tkazilgan X Olimpiya kongressi olimpiya harakati muammolarini butunlay hal qilishga kirishdi. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o'zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o'yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo'yildi. Kun tartibidagi masalalarning barchasini hal etisha olmagan bo'lsada, uch tomonlama (XOQ, MOQ va XSF) komissiya tuzildi. Shuningdek, kongress yakuni hujjatlari («Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat») olimpiya harakatining keyingi demokratlashishiga ancha turtki bo'ldi, kongress dunyodagi barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni xalqaro tinchlik va do'stlikni mustahkamlash hamda Olimpiya hara­katining sofligi yo'lida kurashishga chaqirdi.

Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981-yilda Baden-Badenda (Germaniya) o'tkazilgan XI kongress mu­him ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta masala muhokamaga qo'yildi: keyingi olimpiya o'yinlari; sportda xalqaro do'stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo'llari. Muhokama jarayonida keyingi olimpiya o'yinlarini o'tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo'ldi, turli munosabatlar izhor etildi. Shuningdek, hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirildi.

Kongressda XOQning 82 a'zosi, XSFning 37 vakili va Milliy Olimpiya qo'mitalarining (MOQ) 149 vakili ishtirok etdi. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari ham qatnashdi. Kongress tomonidan yakunlovchi qaror (deklaratsiya) qabul qilinib.'unda quyidagi jihatlar bayon etilgan edi:

ü  Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q; .

ü  Olimpiya o'yinlariga sportchilarni qo'yish tamoyillari («26-qoida» Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;

ü  Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi;

ü  Olimpiya o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazish amaliyoti davom ettiriladi;

ü  Olimpiya o'yinlarini tashkil qiluvchi qo'mita va XOQ, XSF, MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;

ü  doping iste'mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;

ü  sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;

ü  «Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;

ü  matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish;

ü  mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko'mak so'rash;

ü  xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo'l ochish

XX asrda Olimpiya harakati rivojlanishi asosiy yakunlarini 1994 yil 29 avgust – 3 sentabrda Parijda o'tkaziladigan XII Olimpiya kongressi ko'rib chiqdi. Bunda 3000 kishi ishtirok etdi, ya'ni XOQ (101), XSF (132), MOQ (407), shuningdek, murabbiylar, sportchilar, olimlar, om­maviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari qatnashdi.

Kongressga X.A. Samaranch raislik qildi. Bunda to'rtta masala muhokama etilib, har biri bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi, ya'ni:

Ø   Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shayotgan ulushlari (hissalari).

Ø   Jamiyatda sportchining o'rni va roli.

Ø   Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport).

Ø   Sport va ommaviy axborot vositalari.

Kongressdagi mulohazalar, muzokaralarda XX asr davomida sportchilar mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, olimpiya o'yinlari g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi ta'kidlangan.

Katta sportda sportchilarni tayyorlashda ilmiy-texnik ta­raqqiyot natijalari, zamonaviy uskunalardan keng foydalanish zarurligi alohida qayd etildi.

Sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va iqtisodiy salohiyati tobora oshib borayotganligi tufayli davlat rahbarlariga uni tobora rivojlantirishda yordam ko'rsatib turishlari, tavsiya etildi.

Jismoniy tarbiya va sportning mohiyati, olimpiya g'oyalarining ahamiyati o'sib borayotganligini e'tiboiga olgan holda, matbuot, teleradio faoliyatlarini maqsadli yo'naltirish ham taklif etildi.

Hozirgi zamon xalqaro sport va olimpiya harakatida XII Kongressdan keyin ham qator jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligi ma'lum bo'ldi.

Ulardan biri dopingdan foy­dalanish, ikkinchisi Olimpiya o'yinlari va boshqa musobaqalarda hakamlikdagi odillik masalasi edi.

Hozirgi davrda sport natijalarining o'sishi tufayli sport­chilarni tayyorlashda ma'lum qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Shu sababdan, ba'zi bir murabbiylar sportchilar faoliyatini sun'iy ravishda (doping asosida) kuchaytirmoqda. Olimpiya o'yinlarining yaxshi an'analarini saqlash yo'lida fidokorona mehnat qilayotganlar bu yo'lda qattiq kurashlar olib bormoqda.

Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga putur yetkazadi, o'zaro munosabat, do'stlik va hamkorliklarga barham beradi. Shu sababdan, 1962-yil Moskvada bo'lib o'tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya qabul qilingan, unda dopinga qarshi kurashda faol ishlash zarurligi uqdirilgan edi. Shunga qaramasdan, bu nuqson kamayish o'rniga tobora kengaymoqda. 1970-2005-yillar orasida har xil sport turlarida o'nlab jiddiy, hatto fojiaviy hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika mintaqaviy o'yinlarda AQSHning 13 ta yengil atletikachisi doping ishlatganligi uchun o'yinlardan chetlashtirilgan.

XII Osiyo o'yinlarida (Xirosima, 1994) 11 ta xitoy sportchisi man etilgan gormonal preparatlami ishlat­ganligi uchun musobaqalardan ozod qilingan. Shu sababdan, XOQ tomonidan so'nggi olimpiya o'yinlarida dopinga qarshi xizmat komissiyalari tuzildi. Xalqaro sportda doping ishlatish hollarining ko'payishi sababli XOQ 1999 yil 2-4 fevralda Xalqaro konferensiyada buni maxsus masala qilib ko'tarib chiqdi. Sportda bellashuvlarning halol, odilona bo'lishini ta'minlashda hakamlik omili ancha ustuvor turadi. XOQ xartiyasi va XSFlaming nizomlarida hakamlarning haqqoniy, adolatli bo'lishi alohida ta'kidlangan.

Shunga qaramasdan, olimpiya o'yinlari xalqaro sport musobaqalari va ular bilan aloqador faoliyatlarda hakamlar, tashkilotchi rahbarlar orasida g'irromlik, vijdonsizlik, hatto sotqinlik holatlari ko'p uchramoqda. Ularni butunlay yo'q qilish yo'lida mutaxassislar, axborot vositalari izchil kurash olib bormoqda.

Konkida figurali uchish, badiiy va sport gimnastikasi, boks, kurash, sport o'yinlarida natijalar bir yoki bir necha hakamlarning subyektiv fikrlari bilangina baholanadi. Bunday holatlarda ko'pincha chalkashlik yuz beradi yoki ataylab ta- rafkashlik qilish kuzatiladi. Bu holatlar maxsus yig'ilishlarda ко'rib chiqiladi va nohaq hakamlar jazolanadi. Shu sababdan, hakamlik muammolari ilmiy-texnik jihatdan o'rganilib, eng zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga o'tilmoqda. Ularning dalillari esa hakamlar hay'ati va nazorat qo'mitalarining ko'z oldida qayta namoyish etiladi. Bu o'rinda futbol o'yinidagi jiddiy harakatlami video tasviiga olish va qayta ko'rsatishni misol tariqasida keltirishning o'zi kifoyadir.

Olimpiya harakatida o'yinlar dasturi masalasi qattiq kurashlaiga sabab bo'lmoqda. Sportning u yoki bu turini kamaytirish yoki ko'paytirishga qaratilgan harakatlar o'yinlarning to'xtatilishi darajasigacha olib borishi mumkin.

Shu sababdan, sport turlari hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotiga mos kelishi lozim. O'yinlar ilmiy-texnika taraqqiyoti, umumiy ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarini hisobga olmog'i, sportning kurashchanlik, go'zallik, hamjamiyatlik, do'stona muhitini yaratish tamoyillariga tayanishi shartdir.

Hozirgi davr muammolaridan biri, XOQ, MOQ, XSF faoliyatlarini muvoflqlashtirib turishdan iborat. Keyingi olimpiya o'yinlarining talab darajasi tashkil qilinishi shunga bog'liq bo'lib qolmoqda. MOQ hukumat tashkilotlari bilan, XOQ esa YuNESKO va BMT bilan uzviy aloqada ish olib bormog'i kerak.

2000 yilda XOQ prezidenti X.A.Samaranchning lavozimdagi muddati tugadi. Lekin Sidneyda (Avstraliya) bo'ladigan XXVI Olimpiya o'yinlarini o'tkazish va uni yakunlashgacha u o'z lavozimida faoliyat ko'rsatdi. X.A.Samaranch yoshi 80 dan oshganligi tufayh iste'foga chiqishini ma'lum qildi. 20 yildan (1980-2000 y.) ortiq davr mobaynida u XOQ Prezidenti sifatida xalqaro sport va olim­piya harakatining rivojlanishi yo'lida katta mehnat qildi. Buni sport olamining yetakchi va rahbar xodimlari tan olishdi. 2001 yil 13 iyulda Moskvada XOQning 112-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada asosan navbatdagi o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari shahrini belgilash va yangi prezidentni saylash kabi masalalar muhokama etildi. Yangi prezident lavozimiga belgiyalik Jak Rogge ko'p ovoz olib, XOQ prezidenti etib saylandi.

Jak Rogge 1942 yil 2 may kuni Gent shahrida tug'ilgan. U tibbiyot fanlari doktori, jarroh; ingliz, fransuz, nemis, golland va ispan tillarida gaplasha oladi. Regbi va yelkanli kema sporti bilan shug'ullangan. Yelkanli kema sporti bo'yicha Belgiya chempioni, Olimpiada (1968, 1972, 1976 yillar) o'yinlari ishtirokchisi. U Yevropa Olimpiya qo'mitasi Prezidenti (1989 y.) Insbruk, Kalgarida o'tkazilgan qishki Olimpiya o'yinlari missiyasi rahbari, Moskva (1980), Los-Anjeles (1984) va Seul (1988) olimpiadalari missiyasi rahbari bo'lgan. Dopingga qarshi Butunjahon Ittifoq agentligi (ADA) a'zosi, 1991 yildan XOQ a'zosi, olimpiada harakati, dasturi va komissiyasi a'zosi. XXVII va XXVIII Olimpiada o'yinlarini muvofiqlashtirish komissiyasining rahbari bo'lgan.  

Xulosa shundan iboratki, XX asrning ikkinchi yarmida bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari, kongresslari va turli sport tadbirlari Olimpiya harakatini rivojlantirishi hamda uni davr talablari asosida demokratlashtirish yo'llari ancha ijobiy bo'ldi. Bunda XOQ prezidenti Jak Rogge, Xalqaro sport uyushmalari rahbarlari, eng muhimi Olimpiya  o'yinlarini o'tkazuvchi mamlakatlarning hamkorliklari ancha kuchaydi. Hozirgi davr xalqaro sport va olimpiya harakati muammolarini hal etishda jahon jamoatchiligi birdamligi yuzaga keldi.

Tomas Bax  1953 yilda  Vyurtsburg shahrida (Germaniya) tavallud topgan. Yoshligida futbolga qiziqqan, lekin ota onasi uni qilichbozlik seksiyasiga olib borgan. Bu sport turida Tomas Bax juda katta natijalarga erishdi, Germaniyaning ko’p karra chempioni va qilichbozlik (rapira) bo’yicha ikki karra Jahon chempioni bo’ldi. Tomas Bax XXI Olimpiya o’yinlarida (1976, Monreal, Kanada) Germaniya terma jamoasi tarkibida oltin medalga sazovor bo’lgan. Tomas Bax huquqshunoslik  mutaxassisligi bo’yicha Vyurtsburg universitetini tamomlagan.

T. Bax XOQning Sport arbitraj sudi doping muammolari bo’yicha appelyatsiya bo’limini boshqargan. 2013 yil 10 sentyabrda Tomas Bax XOQ Prezidenti etib saylandi.

 

 “XOQ nima?

Olimpiya xartiyasining dastlabki varianti 1908 yilda nashr qilingan. Oxirgi versiyasi 2010 yilning boshida nashr qilingan. Xartiya “olimpizm qadriyatlari va asosiy tamoyillarini” bayon qilgan va “Olimpiya tashkilorlarining Olimpiya xartiyasiga mos keladigan  “huquq va majburiyatlarini” belgilagan.

Blok 2.1. Asosiy tamoyillar (Olimpiya xartiyasida ko’rsatilishi bo’yicha)

Pyer de Kuberten tashabbusi bilan 1894 yil iyunda Parijda o’tkazilgan Xalqaro Atletik Kongressda zamonaviy olimpizm g’oyasini ishlab chiqilgan. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ)  1894 yil 23 iyunda tashkil topgan. Olimpiya xartiyasi XOQ tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar, Qoidalar va Qarorlarning tartibli majmuasi hisoblanadi. Xartiya olimpiya harakati faoliyatini nazorati va Olimpiya oyinlarini o’tkazish shartlarini muvofiqlashtiradi.

Kuberten tomonidan 1894 yilda asos qilingan XOQ olimpiya harakatining “oliy organi” bo’lib, uning missiyasi butun jahonda olimpizm g’oyalarini ommalashtirish va limpiya harakatiga rahbarlik qilishdan iborat. XOQning shtab-kvartirasi Losanna, Shveytsriyada joylashgan, tashkilot 1980 yildan buyon 400 nafardan ortiq xodimlar bilan kengaytirilgan. (Chappelet va Kubler-Mabblott, 2008 y.: 27-34).

Olimpiya o’yinlariga 36 ta sport turlari kiritilgan: 26-28 ta yozgi Olimpiya o’yinlarida va 7-8 ta qishki Olimpiya o’yinlarida. XOQ 115 nafar a’zolardan iborat, murakkab tizimni tashkil qiladi. Bir tomonda 200 ta dan ortiq Xalqaro sport federatsiyalari(IF)  alohida sport tularini boshqaruvchi vakillar. Boshqa tomonda, 200 ta dan ortiq Milliy Olimpiya Qo’mitalari (NOC) turadi. IF, NOC va XOQ o’rtasidagi kelishevlar ikkitomonlama ucrashuvlar asosida o’taziladi. XOQ a’zolari – bu faqat XOQ a’zolaridir; ular XOQ oldida mamlakat vakili emasdirlar.

XOQning iqtisodiy siyosati

Alan Tomplinson (2005y.: 60) fikricha, Olimpiya o’yinlarining rivojlanishi uch bosqichdan iborat:

1.1896–1928: “kamtarona iqtisodiy dastur bilan ulkan ijtimoiy-siyosiy loyiha”;

2.1932–1984: “xalqaro siyosiy jarayonlar markazida ko’zga ko’rinarli siyosiy intensifikatsiya”;

3.1984 va keyingi davr: “xalqaro kapital aralashuvi, xalqaro iqtisodiyotda global madaniyat”.

XOQ butunjahon homiylik  TOP (Olimpiya hamkori) dasturi va rasmiy ta’minotchilar, litsenziyalashtirishni boshqaradi. 1985 yildan boshlangan TOP dasturi asosida XOQ ikkita manba – televizion translyatsiyalar huquqini sotish va global homiylik kelishuvlari – orqali ta’minlanadi. XOQ o’zining moliyaviy operatsiyalarini “Olimpiya to’rtyillik davri” doirasida amalga oshiradi (1 yanvardan 31 dekabrgacha).[1]

Olimpiya o’yinlarining Tashkiliy qomitalari o’rtasidahar to’rtyillik davrda TOP dasturidan olingan 50% daromadni o’zaro taqsimlanadi, 30% Yozgi Olimpiya o’yinlarining Tashkiliy qomitasiga va 20% Qishki Olimpiya o’yinlarining Tashkiliy qomitasiga beriladi

Tender jarayonlari va tashkilotchi- shahar tanlovi

Olimpiya o’yinlarining Tashkiliy qomitalari XOQga rasmiy hisobotida quyidagi masalalarni kiritadi: [2]

ü   Boshqarish va tashkil qilsh;

ü   Joylashish va yashash;

ü   Akkreditatsiya;

ü   Ko’rsatuvlarni translyatsiyasini tashkil qilish;

ü   Olimpiya majmuasi;

ü   Kommunikatsiya bositalari;

ü   Qurilish;

ü   Ijodiy xarakterli xizmatlar;

ü   Madaniy olimpiada;

ü   Mehmonlar va tadbirlarga xizmat ko’rsatish;

ü   Tashqi aloqalar;

ü   Moliyaviy xizmatlar;

ü   O’yinlar yangiligi lentasini tayyorlash;

ü   Logistika;

ü   Marketing;

ü   Tibbiy xizmatlar;

ü   Olimpiya olasi va bayonnoma;

ü   Olimpiya shaharchasi;

ü   Ochilish va yopilish marosimlari;

ü   Xavfsizlik;

ü   Sport musobaqalari;

ü   O’yinlarni komplektlashtirish;

ü   Texnologiyalar;

ü   Chiptalarni sotish;

ü   Olimpiya mash’ali estafetasi;

ü   Transport ta’minoti;

ü   Stadionlarni boshqarish;

ü   Ta’lim va yoshlar.

?

ü  Pyer de Kubertenning Olimpiya o'yinlarini tiklashdagi asosiy faoliyatlari nimadan iborat edi?

ü  Bu davrda o'tgan Olimpiya o'yinlarining asosiy xususiyatlari nimadan iborat?

ü  XX asrning birinchi yarmidagi XOQ prezidentlari kimlar edi?

ü  Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat?

ü  Xalqaro olimpiya tizimiga qanday tashkilotlar kiradi?

ü  Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi faoliyatida qanday hujjat asosiy  hisoblanadi?

ü  Olimpiya Xartiyasi nechta bo’limlardan iborat?

ü  XOQ tarkibida qanday asosiy organlar faoliyat yuritadi?

ü  XOQ va uning Prezidentlari Olimpiya harakati rivojiga qanday hissa qo’shganlar?

ü  Olimpiya kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat?

ü  I Kongressda qanday masalalar muhokama qilingan?

ü  I Kongressda qanday qarorlar qabul qilingan?

ü  Zamonaviy olimpiya harakatining qanday dolzarb muammolari mavjud?

 

 

 

 

 

 

 

© Adabiyotlar

 

1.   John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.  – 27-47 с.

2.   Olimpiya bilimlari asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 2002.

3.   Ernazarov E.Olimpiadajahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.

4.     Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008

5.     Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.


6.     Скачано с www.znanio.ru



[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism Olimpiya o’yilari va London.   2-bob. XOQ va tender jarayoni. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism Olimpiya o’yilari va London.   2-bob. XOQ va tender jarayoni. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

Mavzu 12. ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI

Mavzu 12. ХALQARO OLIMPIYA KO’MITASI

III-bobda Xalqaro sport federatsiyalarining olimpiya harakatidagi roli, ularni

III-bobda Xalqaro sport federatsiyalarining olimpiya harakatidagi roli, ularni

Sessiya – XOQ a’zolarining umumiy yig’ilishi bo’ib, har yili o’tkaziladi, olimpiada yilida esa ikki marta chaqiriladi

Sessiya – XOQ a’zolarining umumiy yig’ilishi bo’ib, har yili o’tkaziladi, olimpiada yilida esa ikki marta chaqiriladi

Pyer de Kuberten – Xalqaro olimpiya harakatining buyuk arbobi, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi,

Pyer de Kuberten – Xalqaro olimpiya harakatining buyuk arbobi, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi,

E.Brendej 1925-1927 yy. gandbol bo’yicha milliy qo’mita raisi, 1928-1935 yy

E.Brendej 1925-1927 yy. gandbol bo’yicha milliy qo’mita raisi, 1928-1935 yy

XOQ Prezidenti lavozimida rahbarlik qildi

XOQ Prezidenti lavozimida rahbarlik qildi

XIII 2009 Kopengagen,

XIII 2009 Kopengagen,

Olimpiya o’yinlariga sportchilarni kiritish tamoyillari saqlanib qoladi (Olimpiya

Olimpiya o’yinlariga sportchilarni kiritish tamoyillari saqlanib qoladi (Olimpiya

Zamonaviy olimpiya harakati da juda ko’p muammolar mavjud bo’lib, ulardan eng dolzarb muammolar qatorid a quyidagilar ni k o’rsatish mumkin : § professional sport va…

Zamonaviy olimpiya harakati da juda ko’p muammolar mavjud bo’lib, ulardan eng dolzarb muammolar qatorid a quyidagilar ni k o’rsatish mumkin : § professional sport va…

XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib, olimpizm g’oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda

XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib, olimpizm g’oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda

Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi; ü matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga…

Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi; ü matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga…

Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga putur yetkazadi, o'zaro munosabat, do'stlik va hamkorliklarga barham beradi

Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga putur yetkazadi, o'zaro munosabat, do'stlik va hamkorliklarga barham beradi

Buni sport olamining yetakchi va rahbar xodimlari tan olishdi

Buni sport olamining yetakchi va rahbar xodimlari tan olishdi

Qarorlarning tartibli majmuasi hisoblanadi

Qarorlarning tartibli majmuasi hisoblanadi

Joylashish va yashash ; ü

Joylashish va yashash ; ü

Olimpiya kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat? ü

Olimpiya kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat? ü
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022