HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH METODIKASI.
Оценка 4.6

HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH METODIKASI.

Оценка 4.6
docx
18.09.2022
HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH METODIKASI.
3.docx

              MAVZU.  HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH METODIKASI.

 

Darsning o’quv masqadi:  Talabalarga harakatli o’yinlar o’tkazish metodikasi  haqidagi tushunchalarni hosil qilish.

 

Tayanch so’zlar va iboralar: o’yin,harakatli o’yin, qoidali , qoidasiz,  mo’ljal olish, ijodiy hayol, topqirlik, aqliy rivojlanish

 

              Reja.

1.Harakatli o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlar

2.Haraklatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish.

3.Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish   

                                                                        

Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi.Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog’liq ovunmachoqlar ermak o’yinlar, yordamida tarbiyalanganlar.

Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang barang harakat mazmuniga ega bo’lgan.Xalq o’yinlari katta o’rin olgan.Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o’yin folklorini tashkil etadi.

Harakatli o’yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.

Bola 7 yoshga yetib maktabga qadam qo’yganda uning tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur.Masalan: sakrash o’yinlari o’tkazishda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki avvalo bola ularni sakrash usullariga jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’rgatish lozim.Albatta, bog’cha bolalarining harakat ko’nikmasi va malakasini rivojlantirishda gap harakat texnikasini chuqurroq o’rgatishda emas.Masalan, bolalar uzunlikka yugurib kelib sakrashga o’rgatiladigan bo’lsa, avval ularni sakrash oldidan birdaniga to’xtab qolmaslikka, yugurishni sekinlashtirmaslikka, sakrashdan oldin bir oyoqda depsinib, ikkala oyoq bilan yumshoq tushishga o’rgatish lozim.Faqat shundan so’ng sakrash o’yinlariga o’tilsa bo’ladi, chunki bu kabi o’yinlar tufayli bolalarda sakrash uchun  zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni hosil qilish mumkin, bundan tashqari, shu kabi harakatli o’yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni ham rivojlantiradi.

Harakatli o’yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va qo’llanmalarda berilgan o’yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jihatlarini bilishi kerak.Yana shuni unutmaslik kerakki, o’yin vazifasi qo’yilganda faqat harakatlarga mos bo’lishi shart emas, balki harakatli o’yinlar yordamida bolalar ruhiyatida bir biriga yordamlashish, qo’llab quvvatlash hislatlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun “Qoch, bolam, sor keldi”, “Pirr etdi”, “Ikki yaxob”, “Mushuk keldi” va boshqa o’yinlardan foydalansa bo’ladi. Maktabga tayyorlov guruhlari maktabgacha  yoshidagi bolalarga harakatli o’yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish zarur.

Bu yoshdagi bolalarni o’yinlardagi bo’ri, qo’zi, sichqon, mushuk qiyofasi, surati, nimalar qilishi qiziqtirmaydi, aksincha ularning hatti harakati, masalan, mushukning chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab olishi qiziqtiradi.O’yinlarda harakatlar murakkablashib bordi. Masalan, “Bo’rilar zovurda” o’yinida bolalar yugurib kelib to’xtab qolishi, so’ngra sakrab, chaqqonlik bilan bo’rilarga tutqich bermasdan zovurdan o’tib ketishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek, ikki tomon bo’lib, o’ynash, qarama qarshilikning mavjud bo’lishi ko’proq qiziqarli.Masalan, “Ikki yaxob” o’yinida bir tomon “ yaxoblar” bolalarni “ yaxlatib” qo’yishga intiladi va boshqa tomon “ yaxlatilib” qolishdan qochishga harakat qiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalari bilan turli estafetalarni uyushgan holatda o’tkazish oson tuyuladi, lekin bolalar o’yinlarini kuzatish natijasi shularni ko’rsatadiki, bunaqngi o’yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikning buzilishiga, sabrsizlik, betoqatlik, xunob bo’lishlik, bir birini turtish asabiylikka olib kelishi mumkin.O’yinda yutqazgan hamda g’olib chiqqan komanda bolalarini o’yin tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi.Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar tarbiya talab bo’lgani uchun ham ularda sezgirlik, tez yugurish, chaqqonlik bilan predmetlarni uzatish, olib berish kabi ko’nikmalar hali hosil bo’lmaganligi hamda kamanda oldida ma’suliyat hissi shakllanmaganligi, bir hatti harakatni aniq baholay bilmasligi, boshqalarning harakatini ham yaxshi tushuna olmasligi kuzatiladi.Bu fazilatlar va jismoniy sifatlar yetishmaganligi uchun ham ularni tarbiyalash lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning hozircha o’zini yaxshi tuta bilmasligini e’tiborga olib, guruhlarni 2 jamoaga emas balki 4-5 guruhlarga ajratib olish zarur.bu guruhlar ketma-ket holatda turmay, bir- birini yaxshi ko’rib turishi uchun o’tirib olishi ham mumkin, chunki navbati bilan startda chiqish tartibini saqlab turadilar.Bunday o’yinlarda bolalar bir birini kuzatadi, harbir guruhdan bitta ishtirokchi  tezlikda, chaqqonlikda, aniq nishonga otishda mahoratini ko’rsatadi.G’olib chiqqan o’yinchi o’z jamoasiga ochko keltiradi.O’yin tugagandan so’ng to’plangan ochkolar hisoblab ko’riladi.Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib deb topiladi.

O’yinni tashkil etishda barcha shart sharoitlar to’g’ri hisobga olinsa, uning tarbiyaviy ahamiyati oshib boradi. Buning uchun o’yin paytida bo’ladigan chiziqlar, chegaralar masofalari, kerakli o’yin predmetlari: koptok, bayroqcha kabilar taqsimlab berilishi lozim, keyinchalik esa bolalarni o’z – o’ziga xizmat qilishga odatlantirish kerak.Ko’pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o’rgatadi, shunda har safar navbatchi almashtirib turiladi. Tarbiyachi o’yin o’tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni o’ylab ko’rishi kerak.Tushuntirish juda qisqa, aniq lo’nda bo’lishi kerak, o’yin mazmuni , qoidalarini tushuntirishd mayday gaplardan holi bo’lish zarur.Undan keyin o’yinchilardan kim qaysi yerda turishini aytib o’tish kerak.

Bolalarga tanish o’yinni o’tkazishda har gal to’liq tushuntirish shart emas, ammo o’yin qoidasini bajarishda tez tez hatoga yo’l qo’ygan bolani ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir.

O’yin o’tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo’lib qolmasligi kerak.O’yinni shunday o’tkazish kerakki, bolalar undan quvonib ,qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o’rganib olishsin. Tarbiyachi o’yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib alohida bolalarga e’tibor berib, gohida rag’batlantirib gohida qoida buzganlarga tanbeh berib rahbarlik qilishi kerak.

O’yin jarayonida bolalarni darxol to’xtatishga ham o’rgatish zarur.Shunday umumiy qoidaga o’rganish lozimki, hohlagan o’yin paytida belgi yoki xushtakka bolalar tezda to’xtab qolsin. Shundan so’ng tarbiyachining gapiga tushuntirishga qatiyan rioya qilinishi kerak.Lekin o’yinni ko’p to’xtatmaslik kerak, chunki o’yinda bolalar hayajonda bo’lishini unutmaslik lozim. Tarbiyachi o’yinni o’tkazish chegaralariga ham diqqat qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda ma’suliyatli payt, chunki o’yinning zavq bilan o’ynalishida vaqtga ham e’tibor beriladi.Masalan: gimnastika mashqlariga qaraganda, o’yin vaqtini belgilash murakkabroq bo’ladi.Bolalardan “ Charchab qoldilaringmi” – deb so’rash mumkin emas, zavqlanib, qiziqib, o’ynayotgan bolalarga bu ta’sir qilishi mumkin.

Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko’rinishiga, xulqiga e’tibor berishi va o’z vaqtida o’yinni to’xtashish lozim.O’yin har hil tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni o’yinning o’ziga emas, balki natijasi ham qiziqtiradi.Shu bois har bir o’tkazilgan o’yindan keyin uning natijasini tahlil qilish lozim. O’yinda qaysi bir o’quvchi chaqqonlik, epchilik mahoratini ko’rsatgani, do’stona qo’llab o’ynagani, qoidaga rioya qilmaganligi to’g’risida aytib o’tish lozim.Har bir o’yin natijasini tarbiyachi o’ziga xos ravishda tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berishi kerak.

Ayyor tulki. O’yin ishtirokchilari o’zaro bir qadam masofada doira yasab turadi . Doiradan tashqarida tulkining uyi chiziladi.Tarbiyachi bolalarga ko’zlarini yumushni buyuradi.Va doirani aylanib o’tib, birortasining orqasiga tegib o’tadi.O’sha ayyor tulki hisoblanadi.Keyin tarbiyachi bolalarga ko’zlarini ochishni buyuradi.Va diqqat bilan qarashga ruhsat beradi.”Ayyor tulki, qayerdasan?” deb, bir birlariga qarashadi. Shundan so’ng tulki doira o’rtasiga yugurib chiqadi va qo’l ko’tarib, “Men bu yerdaman”, dedi.Hamma bolalar maydoncha bo’ylab chopib ketadilar, tulki ularni quvlaydi tutilgan bolani o’z uyiga olib boradi.Shunday qilib tulki 2-3 bolani tutgandan so’ng tarbiyachi “Doira bo’lib turinglar”, deydi va o’yin qaytadan boshlanadi.

Harakatli o’yinlar jarayonida bolalar ahloqiy , irodaviy sifatlar tarbiyalanadi, shuning uchun o’yin bola shaxsini shakllantirish vositasi hisoblanadi.

Harakatli o’yinlar Arken fikricha, organizmni harakat apparatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan musathkamlashga yordam beradi. O’yinlar bolalarni intizomga, diqqatni bir yerga to’play olishga va harakatlarni rejalashtira olishga o’rgatadi.

Biroq, o’yin ilk yoshdan hayotbaxsh kuch bo’lib qolishi uchun unga ongli, tajriba va mehr bilan rahbarlik qilish lozim.O’yin qoidalariga ko’ngilli ravishda rioya qilish, hammaning yagona normaga birdek bo’ysunishi shaxsiy halollik va sotsial intizomning ilk maktabi sifatida katta tarbiyavir ahamiyatga egadir.

Tarbiyachi tayyorlov guruhi bolalariga o’yinni o’tkazishda, rollarni taqsimlashda, qoidaga rioya qilishda imkoni boricha mustaqillik beradi. Biroq agar bolalar vazifalarni noto’g’ri hal etsalar, bunda pedagogning odob bilan aralashuvi va o’;yinning to’g’ri va qiziqarli uchun qayg’urishi zarur bo’ladi.

Tarbiyachining o’yinni uning bolaga har tamonlama ta’sirini hisobga olib tashlashi, o’yinda qatnashishi zarur bo’lganda tushintirishni vazmin va shu bilan birga ko’tarinki tarzda olib bora olishi, rollarni taqsimlashi, yakun chiqarishi bu har bir tarbiyachi egalashga intilish kerak bo’lgan katta sanatdir, deb takidlagan edi Arken.

Hozirgi vaqtda harakatli o’yinlar muamosi maktabgacha tarbiya yoshdagi bolani har tamonlama tarbiyalash va rivojlantirish vositasi sifatida  ilmiy va amaliy hodimlarning tadqiqot predmeti bo’lib qolmoqda.

6 yoshli bolalarga mo’ljallangan harakatli o’yinlarda musobaq metodlari va ijodiy topshiriqlardan foydalanishning samaradorligi tayyorlov guruhi bolalarini ularni ulg’ayish bosqichida asosiy harakatlarga o’rgatishning maqsadga muvofiqligi tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarda harakatli o’yinlar orqali fazoda mo’ljal olishni shakllantirishning samaradorligi, kichik yoshdagi bolalarda harakatli o’yinlar davomida asosiy harakatlarni rivojlantirish maqsadga muvofiq. O’yin faoliyati qysi formada ifodalanmasin bolani quvontiradi, harakatli o’yin favqulotda xursandchilikning xilma-xil momentlari bilan, ayniqsa ijobiy hislar uyg’otishga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli emotsialar manbaidir.

Jismoniy chiniqtiradigan mehnat ko’nikmalarini rivojlantiradigan, ko’z mo’ljalini yaxshilaydigan, chaqqonlikni o’stiradigan ko’plab o’yinlar mavjud. Chaqqonlikni, kuchni, nishonga tekizishni o’stiradigan va mehnatda ulkan ahamiyatga ega bo’lgan shunga o’xshash  barcha narsalarni maktabgacha tarbiya muassalarida qo’llash favqulotda muhimdir. Harakatli o’yinlar rolining muhimligi ular mazmunini sinchiklab tahlil qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi.

Har qanday o’yin – hoh u ijodiy, didaktik muzikali, shuningdek harakterli bo’lmasin bolalarning atrof muhitni bilishida o’ziga xos vosita hisoblanadi.Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyo qarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud.Syujetli o’yinlar odamlar hayoti tabiat hodisalari, hayvonlar odatlariga oid hammasi ayrim obrazlar tashkil etadi.Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin shaklida aks ettiriladi.

Biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun obrazning to’g’ri harakteristikasi va haqqoniy o’yin vaziyati zarur.

Bu pedagog tomonidan o’yinni tushuntirishda quvnoq tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlari buning ajoyib namunasi hisoblanadi.Ulardan o’yin vaziyati bolani qiziqtiradi va tarbiyalaydi, ba’zi o’yinlarda uchraydigan dialoglar obrazlar va ular harakatlarini bevosita harakterlaydi.Qoidalar katta ahamiyatga molik. Ular o’yinning borishini belgilaydi bolalar harakat faoliyatini, ularning hatti harakati, o’zaro munosabatlarini yo’lga soladi, axloqiy irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Qoida o’yinda muayyan sharoit yaratadi.Bunda, bola o’yinga tegishli rahbarlik qilinganda o’zida hosil qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan turolmaydi.

Masalan, bolalar “Ayyor tulki” o’yinida faqat tulki “Men shu yerdaman” deganidan so’ngina doiradan chiqib turli tomonlarga qochishlari mumkin .Bu qoida bolalarda diqqatini, o’zini tuta bilishni, chidamlilikni , berilgan signalga tezkor reaksiyani fazoda mo’ljal olishni hosil qiladi.O’yin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish, mavjud tafakkur va tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o’yinlar ijodiy hayol, hotira, topqirlik, fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi.Shunday qilib harakatli o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.

Bolalarning psixik jarayonlarini takommillashtirishda obrazli emotsional metodika katta ahamiyat kasb etadi.U bolalarda qiziqish uyg’otadi, hayolni jalb etadi, o’yin harakatlarini ijodiy bajarishga undaydi.

O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy shaklida namoyon bo’ladi.Bevosita , hissiy bilish –sensor va bilvosita .Pedagog tomonidan ishlab chiqarilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi, ayni paytda o’yin vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan vaziyatlar harakat rejasini buzadi va juda murakkab bolalarning tezkor reaksiyasi hamda fazoda mo’ljal olishni talab qiladi.Bunday reaksiya boladagi o’z faoliyati va harakatlarini muayyan muhitga moslash qobilyatining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim.

Bunda tarbiyachi bolani asta sekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish zaruratini hisobga olgan holda birmuncha muvafaqiyatli harakat usulini topishga o’rgatadi.

Masalan, aynan bir o’yinni katta va cheklangan fazoda o’tkazganda bola boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan foydalanadi yoki unga yaqin joyda turib chaqqonlik va abjirlik ko’rsatadi.

Atrof muhitda mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan to’siqlar ham yordam beradi.Bu bolalarda ma’qul harakat usulini masofani yetarlicha rivojlangan ko’z bilan baholash va harakatlarni bajarish vaqtini hisobga olishga tayangan holda mustaqil tanlash qobilyatini hosil qiladi.

Bolaning tarqalgan holda tez harakat qilayotgan bolar orasida mo’ljal ola bilishi juda muhim hisoblanadi.Bu tinimsiz o’zgarib turadigan o’yin vaziyatiga nisbatan tezkor reaksiya ko’rsatish zaruriyatiga ko’ra bir muncha murakkabroqdir.Bola harakatli o’yinda predmetlarning, odamlarning yaqin uzoqligini aniqlashni mashq qiladi, shu tufayli, unda ko’z bilan baholash, shuningdek fazoviy eshitish mo’ljali rivojlanadi.

Harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi.Ular quyidagilarda ifodalanadi: o’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda avval, so’ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda va hokazo kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tezz bajarishda, masalan “Men beshgacha sanaganumcha siz bayroqchalardan birorta naqsh yasashingiz kerak.Bu o’yinda bola fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.

Harakatli o’yinlar bog’cha yoshidagi katta bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. 5-6 yoshli bolalar tegishlicha rahbarlik qilinsa o’zlariga tanish o’yinning variantlarini o’ylab topishlari, uning mazmunini murakkablashtirishlari, qoidalarini to’ldirishlari mumkin.Keyinchalik bolalar adabiy asarlar, ertaklar syujeti asosida kichik o’yinlar o’ylab topishlari, aqliy va ijodiy kamolotining yuqori darajasiga erishganlarida esa, o’zlari ijod qilgan obrazlari asosida harakatli o’yinlar yaratishlari mumkin.Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodiy aktivligining rivojlanish jarayoni barcha yosh guruhlardagi tarbiyalanuvchilarning topshiriqlariga va ularni amalga oshirishga emotsional munosabati bilan harakterlanadi.Bunda tarbiyachi rahbarligining umumiy ijodiy yo’nalganligi uning bolalar izlanishlariga hayrixohlik munosabati katta ahamiyatga ega.

Harakatli o’yinlar o’z mazmuni va shakliga ko’ra estetik faoliyat hisoblanadi. O’yin harakatlarining rang-barangligi ularni bolalar aniq chaqqonlik bilan o’ziga xos ifodali bajarishlarida harakterlanadi.

Bolalardagi ko’tarinkilik o’yin faoliyatiga emotsional tus bergan holda, harakatlarni juda sifatli bajarishda namoyon bo’ladi va ularda harakat jarayoning o’zidan qoniqish hissini uyg’otadi, xilma xil saflanishlar harakatlarning aniqligini, xushqomatlikni, ixchamlikni talab qiladi va bolalarda estetik hisni o’stiradi. O’yin ko’rinishining go’zalligi eng avvalo qatnashuvchilarning o’zlari idrok etadigan jismoniy tarbiya shaklining bir xil bo’lishi bilan ifodalanadi.

O’yinlar, ayniqsa xalq o’yinlarining estetik tasiri o’yin boshlanmalari, dialoglar, sanoqlar tufayli kuchayadi. Ularda orginal nutq oborotlari, betakror o’zbek ohanglarining nafosati ritmik aniqlik, sanoqlarda esa tortishuv harakteridagi narsalar mavjud. Masalan:

Tog’larda sayr etdim tovoqda taraq-turuq

Endi sen munavergin, mening esa mingim yo’q.

Mana, “Kalxat va kurk tovuq” xalq o’yinning boshlanmasi:

Kalxatni aylanaman

Taqinchoqlar taqqanman

Uch marta nina urib

Marjonimni qo’ydim qadab.

Yoqamni tushirgandim

Bo’ynimni bo’g’dim jindak.

Bolalarning sevimli asarlaridan olingan zamonaviy sanoqlar juda qiziqarli jaranglaydi. Masalan:

Ko’rpacham qochdi dek-dek

Choyshabim uchdi ho’ngrab

Yostig’im ham baqaday

Qochdi mendan jilpanglab.

Bolalarning harakatlarini so’zlarga muvofiq bajarishi bu harakatlarni ritimlashtiradi, kordinatsion mexanizmlarni chiniqtiradi, quvonchli emotsialar uyg’otadi. Musiqa bolaga juda katta estetik tasir ko’rsatadi: u bolalarni ruhlantiradi, ularni umumiy bir kayfiyatga birlashtiradi, chiroyliroq harakat qilishga undaydi. Musiqani harakatli o’yinlarda qo’llash, avvalo, uning estetik tarbiyaviy rolini oqlashi lozim. Bunda bolalarning musiqa asarlari harakteri va shakliga muvofiq harakat qilishlari muhimdir.

Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim qismlariga joriy etish lozim. Masalan: “Quvlashmachoq” o’yinida barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini musiqaga moslagan holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqa asarining oxiri va shu bilan bog’liq ravishda uning tinishi uchun quvlash harakatining boshlanishi uchun o’ziga xos signal bo’lib xizmat qiladi. Agar o’yin chog’ida “Ushla” degan og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim. Harakat o’yinlarini o’tkazishda harakatlar go’zalligi va madaniyatini unutmaslik: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazni muvofaqiyatli bera olganlarni rag’batlantirish kerak.

Shunday qilib, harakatli o’yinlarda mujassamlashgan emotsional sog’lomlashtirish, bilish va tarbiyaviy komponentilarning butun kompliksidan foydalanish bolalarni har tamonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.

 

Nazorat uchun savollar.

 

1.Harakatli o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlar

2.Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish

3.Harakatli o’yinlarda bolalarni tashkil etish

                   

     Adabiyotlar ro’yhati:

 

1.Tulenova. X., Xо‘jaev.P, Xо‘jaeva .Meliev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y  о‘quv qо‘llanma.

2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008y  i

3.Xo’jaev F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B «Harakatli o’yinlar va uni о‘qitish metodikasi» Chо‘lpon nashriyoti Toshkent 2011 y

4.T.Usmonxo’jaеv, M. Toirova, X.Sagdiеv, T.Sharipov. “Kichkintoylarga 200 ta

    harakatli o’yinlar”

5.D.Zayniddinova, G.Usmonxodjaеv. “Bolalar uchun harakatli o’yinlar”. Tosh. “Yangi asr avlodi” 2006y

6.T.S.Usmonxo’jaеv, S.T.Islomova. “Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya” Tosh. – “Ilm ziyo” 2006y

7.M.Daminov, T.Adambеkova. “O’yin mashg’ulotlari” Toshkеnt. 1993y


 

MAVZU. HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH

MAVZU. HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISH

Buning uchun “Qoch, bolam, sor keldi”, “Pirr etdi”, “Ikki yaxob”, “Mushuk keldi” va boshqa o’yinlardan foydalansa bo’ladi

Buning uchun “Qoch, bolam, sor keldi”, “Pirr etdi”, “Ikki yaxob”, “Mushuk keldi” va boshqa o’yinlardan foydalansa bo’ladi

Ko’pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o’rgatadi, shunda har safar navbatchi almashtirib turiladi

Ko’pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o’rgatadi, shunda har safar navbatchi almashtirib turiladi

Shunday qilib tulki 2-3 bolani tutgandan so’ng tarbiyachi “Doira bo’lib turinglar”, deydi va o’yin qaytadan boshlanadi

Shunday qilib tulki 2-3 bolani tutgandan so’ng tarbiyachi “Doira bo’lib turinglar”, deydi va o’yin qaytadan boshlanadi

Harakatli o’yinlar rolining muhimligi ular mazmunini sinchiklab tahlil qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi

Harakatli o’yinlar rolining muhimligi ular mazmunini sinchiklab tahlil qilish va shunga muvofiq turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi

Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim

Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim

Harakatli o’yinlar o’z mazmuni va shakliga ko’ra estetik faoliyat hisoblanadi

Harakatli o’yinlar o’z mazmuni va shakliga ko’ra estetik faoliyat hisoblanadi

Agar o’yin chog’ida “Ushla” degan og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim

Agar o’yin chog’ida “Ushla” degan og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022