Improving the assembly of GTS and GTP
Оценка 4.8

Improving the assembly of GTS and GTP

Оценка 4.8
docx
13.04.2023
Improving the assembly of GTS and GTP
Savollar 7ta darsniki.docx

Tayyorlash, payvandlash montaj ishlari texnikasi va texnologiyasi

SAVOLLAR

1.     Doimiy yer inshootlariga nimalar kiradi- temir va avtomobil yo’llari uchun hosil qilingan chuqur va tepaliklar, kanallar, suv omborlari, yer osti inshootlaridan tunellar, yer osti omborlari, dambalar

2.        Vaqtinchalik yer inshootlariga nimalar kiradi- qurilish ishlari bajarilgandan so’ng qayta ko’miladigan yoki qayta tekislanadigan chuqur va tepaliklar kiradi.

3.        Yer ishlari umumiy smea narxining necha foizini tashkil qiladi- 15 %

4.        Qurilishda grunt deb nimaga aytiladi- yer qobig’ini ustki qismiga joylashgan jinsga aytiladi.

5.        Quyidagi 3 ta shart bajarilganda yer ishlari minimal narxda va mehnat talablikda bo’ladi- 1-shart. Loyihalash davridayoq iloji boricha ozroq yer ishlarini bajarishni mo’ljallash.

2-shart. Shunday ketma-ketlikda ishlash kerakki, har bir m kovlangan grunt darov olib boriladigan joyiga olib borib tekislab zichlash kerak, ya’ni bir ish ikki bo’lmasligi kerak.

 3-shart.      Yer ishlarini bajarishda unumli ish usullarini qo’llash va jarayonlarni to’la mexanizatsiyalash. Hozirgi sharoitda yer ishlari to’la mexanizatsiyalashtirilgan, ammo oz miqdordagi ya’ni tor joylarda ish olib borilganda, katlovan va transheyalar yonlarini tekislashda qo’l mehnatidan foydalaniladi.

6.        Hozirgi davrda gruntlarga ishlov berish uchun ishlatilayotgan mashina va moslamalarni 3 ta asosiy guruhga bo’lish mumkin- 1.Gruntga ishlov beradigan mashinalar - ular gruntni kovlaydi, ya’ni ishlov beradi va juda oz masofaga olib borib tashlaydi. Tashish boshqa transport vositalaridan foydalanib amalga oshiriladi.

  2. Gruntga ishlov beradigan va tashiydigan mashinalar - bu mashinalar kompleks ishlarni bajaradi: kovlaydi, kerakli joyga olib boradi va tashlaydi. Bu mashinalar turiga buldozerlar, skreperlar, greyderlar, kanat- skreperli moslamalar kiradi.

  3. Gidromonitor va zemlesoslar - bu mashinalar gruntni suv bosimi ostida yuvadi va maxsus lotoklar yordamida transportirovka qiladi. Zemlesoslar yordamida suv ostidagi gruntga ishlov berilib u suv bilan birgalikda so’rib olib, belgilangan joyga yetkazib beradi

7. Yer ishlarini bajarishda texnika havfsizligi-

a) Yer ishlari faqat oldindan tasdiqlangan ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha bajariladi. Otkoslar (qiyaliklar) QMQ da ko‘rsatilgani bo‘yicha qurilishi shart.

b) Ekskavatorlar ishlanganda uni strelasi va kovushi atrofida boshqa chet ishlarni bajarish ta’qiqlanadi. Ekskavator faqat tekis joyda harakat qiladi.

d) Gruntlarni yuqoriga surishda qiyalik 10° dan va pastga surayotganda 300 dan oshmaydi

8. Bizga ma’lumki, qurilish ishlari yilning hamma fasllarida ham bajariladi. Hozirgi davrda qurilishda yer ishlarini taxminan qancha foizi qishda bajariladi- 15-18%

9. Muzlagan gruntlarni eritish qanday bo`ladi-

issiqlikni tarqalishi bo‘yicha:

yuqoridan pastga;

pastdan yuqoriga;

radial yo‘nalish bo‘yicha.

10. Bir cho‘michli ekskavatоr kоnstruksiyasini uchta asоsiy qismga ajratish mumkin, bular: yurish uskunasi, aylanish platfоrmasi va ish jihоzi.

11. Bir cho‘michli ekskavatоrlarni indеksatsiyalanish tizimi qachon joriy qilingan-1971 yilda

12. Ekskovatorning yurish uskunasi necha turli bo`ladi- o‘rmalоvchi, rеzina g‘ildirakli va qadamlоvchi

13. Bir cho‘michli ekskavatоrlarni indеksatsiyalanish tizimi joriy qilingunga qadar ekskovator cho`michlari qanday farqlangan- ekskavatоr (Э), birinchi ikkita raqamining yuzdan bir qismi cho‘michni hajmini, keyingi raqam esa uni takоmillashtirish sоnini bildirgan. Masalan, Э-652B rusumli ekskavatоrda, Э ekskavatоr, 65 raqami cho‘michining hajmi 0,65 m3, 2 raqami esa ikkinchi marta takоmillashtirilganligini ko‘rsatadi.

14. Ekskovatorning ish unumdorligi qaysi formula bilan aniqlanadi-

  m3/soat

15. Draglaynli ekskavatоrning tuzilishi va vazifasi qanday- Draglayn so‘zi inglizcha so‘zdan оlingan bo‘lib, o‘zbеk tilida arqоn cho‘mich so‘zini bildiradi. Ya’ni ekskavatоrning ish jihоzi cho‘michli bo‘lib, u po‘lat arqоnlar yordamida bоshqariladi, dеgan ma’nоni anglatadi

16. Qadamlоvchi ekskavatоrlarning cho‘michini hajmi va xartumining uzunligi qancha- 4,6,10,14,15, 25,50 m3 cho`mich hajmi va хartumining uzunligi 40,60,75,90,100 m

17. Grеyfеrni vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni- Grеyfеr - nеmischa greifen so‘zidan оlingan bo‘lib, o‘zbеkchada qamrash dеgan ma’nоni bеradi.

18. Buldozerlar qanday xaroratlarda ishlay oladi- havо harоrati ± 400S bo‘lgan mo‘tadil iqlim sharоitida ham harоrati - 600S gacha еtadigan sоvuq iqlim sharоitida ham bajara оladi.

19. Buldozerlarni qanday turlari mavjud- surgich buldozerlar, yеr оstida va suv оstida ishlaydigan buldozerlar

20. Beton hajmining qancha foizini maxalliy to‘ldiruvchilar (qum, shag‘al, chaqiqtosh) tashkil qiladi- 85 – 90%

21. O‘rtacha zichligiga qarab betonlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiyalanadi-Juda og‘ir betonlar, Og‘ir (oddiy) beton, Yengil beton, Juda yengil beton

22. Qumnig yiriklik moduli qancha- 0,15…5mm

23. Shag‘al donasi yirikligiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi:

Juda mayda…………………………………. 5…10 mm

Mayda ………………………………………10…20 mm

O‘rtacha …………………………………….20…40 mm

Yirik ………………………………………...40…70 mm

Juda yirik ……………………………………70…150 mm

24. Beton qorishmasining yoyiluvchanligi deb nimaga aytiladi-uni o‘z massasi ta’siri  ostida yoyilib ketish hususiyatiga aytiladi.

25. Beton qorishmasining  bikrliligi deb nimaga aytiladi- vibratsiya ta’sirida uning yoyilishi va qolipni  to‘ldirish hususiyatidir.

26. Betonning asosiy xossalari qaysilar?

         Mustahkamlik;

         Zichlik

         Cho‘kish va kengayish

         Beton korroziyasi

         Sovuqqa chidamlilik

         Olovbardoshlik

27. Quvurlar va ularning afzallik va kamchiliklari xaqida ma’lumot bering

28. Quvurlarga qo`yiladigan talablar qanday?

29. Quvurlarning ulanishlari qanday boladi?

30. Loylarning o`tga chidamliligi nima-Loy qotishmasidan ishlangan buyumning yuqori harorat ta’sirida egilmasdan o‘z shaklini o‘zgartirmaslik xususiyati sopol buyumlarning o‘tga chidamliligi deb ataladi

31. Loylar o`tga chidamliligi bo`yicha necha guruhga bo`linadi-Loylar o‘tga chidamli (erish harorati 1580°C dan yuqori), qiyin eruvchan (erish harorati 1580—1350°C) va oson eruvchan (erish harorati 1350°C dan past) loylarga bo‘linadi.

32. Buyumlarning o`t ta’sirida kichrayishi nima-Ko‘pgina loy g‘ishtlar, asosan 1000—1100°C da pishiriladi. Bunda loydagi ko‘pgina moddalar parchalanadi, undagi gazlar va suv yo‘qoladi. Sopol buyumni pishirish jarayonida haroratning yanada ko‘tarilishi uning zichligini, mustahkamligini oshiradi, bu esa undagi oson eruvchan va organik moddalarning erishi hisobiga hosil bo‘lgan toshsimon klinkerni hosil qiladi. Bunday oson eruvchan moddalar erib, buyumdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va uni zichlaydi. Natijada buyum hajmi biroz kichrayadi. Bunga loyning o‘t ta’sirida kirishishi deb ataladi.

33. Loy tarkibi va undagi zarrachalarni mayda-yirikligiga qarab qanday guruhlarga bo`linadi-yuqori plastik,  qoniqarli plastik, kam plastik,  plastikmas.

34. G`ishtlar qanday usullarda tayyorlanadi- plastik usul, quyuq loy bilan qoliplash usuli, nim quruq usul.

35. Sopol buyumlar pishiriladigan xumdonlar necha xil boladi va ular qaysilar-tonnelli va aylanma

36. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari nima- Turar joy, sanoat binolari, shuningdek turli issiqlik agregatlar  (bugʻ qozonlari, issiqlik oʻtkazgichlar) dan issiqlikni atrof muhitga chiqarib yubormaslik uchun moʻljallangan materiallarga aytiladi.

37. Shakli va tashqi koʻrinishi boʻyicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari qanday turlarga bo`linadi-

donalab tayyorlanadigan qattiq (plita, qobiq, segment, gʻisht, silindr);

egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bogʻliqlar);

 yumshoq va sochiluvchan (paxta, perlit qum, vermikulit) - materiallarga boʻlinadi.

38. Tuzilishi boʻyicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari qanday turlarga bo`linadi-

-tolali (mineral paxta, shisha tolali (donador) perlit, vermikulit);

-gʻovak (gʻovak betonlardan tayyorlangan buyumlar, koʻpikshisha) materiallarga klassifikatsiyalanadi.

39. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:

-materiallarning montaj va ishlatilish jarayonida ishonchliligini taʼminlaydigan yetarli mexanikaviy mustahkamlikka ega boʻlishi;

-material chirib ketmasligi hamda kemiruvchilar kemirmaydigan boʻlishi, yaʼni kuchli biologik turgʻunlikka ega boʻlishi;

-material gazlar, suyuqliklar taʼsirida yemirilmasligi, yaʼni ximiyaviy turgʻun boʻlishi;

-material quruq va iloji boricha kamroq gigroskopik boʻlishi kerak, chunki u hoʻllanganda chiriy boshlaydi va uning issiq oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti ortadi.

40. Qanday issiqlik izolyatsiyasi materiallarini bilasiz?

41. Akkustika materiallari nima-Turli maqsadlarga moʻljallangagn binolarni qurishda ularning akustikasiga (tinchli osoyishtalik va eritish uchun maʼlum sharoitlarni taʼminlash)

42. Vazifasiga qarab akustik materiallar qanday bo`ladi- tovush izolyatsiyalaydigan-qistirma va tovush yutuvchi materiallarga boʻlinadi.

43. Tovush izolyatsiyalaydigan – qistirma materiallar-ora yopma orqali uzatiladigan zarb shovqinlarini soʻndirish uchun qavatlar orasidagi yopma konstruksiyalarida va izolyatsiyalanadigan xonalarni qoʻshni xonalarda yoki bino tashqarisida vujudga keladigan turli shovqinlardan ximoyalash maqsadida koʻp qatlamli ichki hamda tashqi devor toʻsiqlari konstruksiyalarida qistirmalar va ora qatlamchalar sifatida qoʻllaniladi.

44. Tovush yutuvchi materialardan- sanoat sexlarida, idora va boshqa xonalarda shovqin darajasini pasaytirish uchun, tomosha zallari,auditoriyalarda yaxshi akustik sharoitlar yaratish va tele hamda radiostudiya xonalarida maxsus akustik sharoitlar yaratish, ventilayatsion ustanovkalar, liftlar, yuk koʻtargichlar va hokazolarning shovqin soʻndirgichlarida tovush yutuvchi qoplamalar yaratish uchun foydalaniladi.

45. Konstruksiyalar montaji deb- bino yoki inshootni tayyor konstruksiya yoki elementlardan tiklashning sanoatlashgan va mexanizatsiyalashgan kompleks jarayoniga aytiladi.

46.

 

 

 


 

Tayyorlash, payvandlash montaj ishlari texnikasi va texnologiyasi

Tayyorlash, payvandlash montaj ishlari texnikasi va texnologiyasi

Yer ishlarini bajarishda texnika havfsizligi - a)

Yer ishlarini bajarishda texnika havfsizligi - a)

Qadaml о vchi ekskavat о rlarning cho‘michini hajmi va xartumining uzunligi qancha- 4,6,10,14,15, 25,50 m 3 cho`mich hajmi va х artumining uzunligi 40,60,75,90,100 m 17

Qadaml о vchi ekskavat о rlarning cho‘michini hajmi va xartumining uzunligi qancha- 4,6,10,14,15, 25,50 m 3 cho`mich hajmi va х artumining uzunligi 40,60,75,90,100 m 17

Quvurlarga qo`yiladigan talablar qanday? 29

Quvurlarga qo`yiladigan talablar qanday? 29

Tuzilishi boʻyicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari qanday turlarga bo`linadi- -tolali (mineral paxta, shisha tolali (donador) perlit, vermikulit); -gʻovak (gʻovak betonlardan tayyorlangan buyumlar, koʻpikshisha) materiallarga klassifikatsiyalanadi

Tuzilishi boʻyicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari qanday turlarga bo`linadi- -tolali (mineral paxta, shisha tolali (donador) perlit, vermikulit); -gʻovak (gʻovak betonlardan tayyorlangan buyumlar, koʻpikshisha) materiallarga klassifikatsiyalanadi

Tovush yutuvchi materialardan - sanoat sexlarida, idora va boshqa xonalarda shovqin darajasini pasaytirish uchun, tomosha zallari,auditoriyalarda yaxshi akustik sharoitlar yaratish va tele hamda radiostudiya xonalarida…

Tovush yutuvchi materialardan - sanoat sexlarida, idora va boshqa xonalarda shovqin darajasini pasaytirish uchun, tomosha zallari,auditoriyalarda yaxshi akustik sharoitlar yaratish va tele hamda radiostudiya xonalarida…
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
13.04.2023