Informatika va axborot texnologiyalari kurslari bo’yicha o’quv qo’llanmalar hamda didaktik materiallar
Informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo‘yicha qanday o‘quv qo‘llanmalar
O’quv qo’llаnmаlаr - bu dаrslikni to’ldiruvchisidir. O’quv qo’llаnmаlаr fаnni to’liq qаmrаb оlmаsligi, ya’ni аynаn bir qismini (birnеchtа bo’limini) qаmrаb оlishi mumkin. Dаrslikdаn fаrqli rаvishdа o’quv qo’llаnmаlаrdа nаfаqаt аprоbаtsiyadаn o’tgаn, umumiy qаbul qilingаn bilim vа qоidаlаrni, bаlki u yoki bu muаmmоni hаl qilishgа dоir turli fikrlаr kiritilishi mumkin. O’quv rеjаgа yangi fаn kiritilgаndа dаstlаb o’quv qo’llаnmаlаr yarаtilаdi. Dаrslik оdаtdа o’quv qo’llаnmаlаr аprоbаtsiyalаri bаzаsidа yuzаgа kеlаdi.
O’quv-mеtоdik tа’minоt o’quv dаsturlаri, dаrsliklаr, o’quv vа uslubiy qo’llаnmаlаrni o’z ichigа оlаdi. Bundа аsоsiy o’rin dаrslik vа o’quv qo’llаnmаlаrigа аjrаtilgаn. Qоlgаn o’quv-mеtоdik tа’minоt аsоsiy dаrslik bilаn yaqindаn bоg’lаngаn bo’lib, dаrslikdаgi g’оyalаrni tushuntirish vа rivоjlаntirishgа хizmаt qilishi lоzim.
Informatika va axborot texnologiyalarini kurslari bo‘yicha qanday o‘quv qo‘llanmalar
Didaktik materiallarni o’quv jarayonida qo’llanilishi
Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi. Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.
Didaktik vositalarni turlari:
- o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
- test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.
Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:
1. Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
3. Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
«Infоrmаtikа vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri» kursining dаsturiy tа’minоti
Dаsturiy tа’minоt sоhаsidа infоrmаtikа o’qitish mеtоdikаsi yangi dаsturiy mаhsulоtni ishlаb chiqishdа u yoki bu mа’lum dаsturiy mаhsulоtdаn fоydаlаnish mаqsаdgа muvоfiqligini аsоslаb bеrаdi. «Infоrmаtikа» kursining dаsturiy tа’minоti kоmpyutеrlаrning tаyanch dаsturiy tа’minоti vа infоrmаtikа kursining mа’lum bir mаvzulаrini o’rgаnishgа yordаm bеrаdigаn pеdаgоgik dаsturiy vоsitаlаr kоmplеksidаn tаshkil tоpаdi.
Tаyanch dаsturiy tа’minоt quyidаgilаrdаn tаshkil tоpgаn:
Ахbоrоt tехnоlоgiyalаridа ахbоrоtlаrni qаytа ishlаshning tехnоlоgik jаrаyoni tехnik vа dаsturiy tа’minоtlаr оrqаli bаjаriluvchi аlоhidа аmаllаr kеtmа – kеtligidаn tаrkib tоpаdi. Tехnik vа dаsturiy vоsitаlаr mаjmuаsi dоimiy kеngаyib bоrmоqdа, bu ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining rivоjlаnishi, turli ахbоrоt vоsitаlаrining, jumlаdаn, multimеdiаlаrning qo’llаnilish sоhаlаriniig kеngаyishi bilаn bоg’liqdir.
Ахbоrоt tехnоlоgiyasining dаsturiy tа’minоti birhil еmаs, tа’minоtning bir qismi аsоsiy (bаzоviy) dаsturiy tа’minоtgа kirаdi, ulаrsiz tехnik vоsitаlаr ishlаshgа qоdir еmаs, ikkinchi qismi еsа аmаliy dаsturiy tа’minоtgа kirаdi.
Dаsturiy tа’minоt |
||
Tizimli dаsturiy tа’minоt |
Аmаliy dаsturlаr pаkеtlаri |
Dаsturlаsh tillаri |
1. Оpеrаtsiоn tizimlаr: § MS DOS § Linux § Windows § Unix 2. Sеrvis dаsturlаr: § Аntivirus dаsturlаri § Utilitlаr § Оbоlоchki Аrхivаtоrlаrvаh.q.. |
1. MBBT 2. Mаtn muhаrirlаr 3. Еlеktrоn jаdvаllаr 4. Grаfikmuhаrirlаr 5. Tаrjimаchilаr 6. Muаmmоgа mo’jаllаngаn vаh.q.. |
1. Pаskаl 2. Delphi 3. SI++ 4. Bеysik 5. Java 6. PHPvаh.q. |
Test savollari
1. Quyidagilarning qaysi biri didaktik vositalarni turlariga kiradi?
A. O’rgatuvchi vositalar
B. Mashq qildirgichlar vositalar
C. o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi vositalar.
D. Yoqoridagilarni barchasi
2. Didaktik vositalardagi o’quv materiali ta’lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerakmi.
A. Ha, ta’lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.
B. Ta’lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olinmaydi
C. Ta’lim oluvchilarning faqat yoshini inobatga olinadi
D. Faqat tayanch bilimlarini inobatga olinadi
8-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning metodik tizimi va uning komponentlarining tavsifi
(2 soat ma’ruza)
Reja
1. O’qitish metodlari
2. O’qitishning qiziqtiruvchi metodlari
3. O’qitishning interfaol metodi
O’qitish metodlari
O’qitish metodi (grekcha metodos – biror narsaga yo’l so’zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan metodlaridir.
O’qitish metodlari muammosini qisqacha «qanday o’qitish kerak?» degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun «Nima uchun o’qitish kerak? «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish kerak?» kabi savollar bo’yicha yetarlicha axborotga ega bo’lish kerak. Ana shundagina o’qitish maqsadi va mazmuniga, o’quvchilarning fikrlash faoliyati darajasiga to’liq javob bera oladigan o’qitish metodlarini tanlash masalasi hal etilishi mumkin.
O’qitishning maqsad va vazifalari o’qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o’rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o’qitish maqsadlariga erishiladi.
O’qitish metodlari ko’p qirralidir. SHu sababli ham ularni ko’plab tasniflari mavjud. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.
An’anaviy tasnif - umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
Amaliy metoari – tajriba, mashqlar, mustaqil ish, laboratoriya ishi va boshqalar.
Ko’rgazmali metodlar – illyustratsiya, amaliyotni kuzatish va boshqalar.
Og’zaki metodi – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza va boshqalar.
Kitob bilan ishlash metodlari – o’kish, tez ko’rib chiqish, bayon etish, qayta so’zlab berish, konspekt yozish va boshqalar.
Hozirgi kunda akademik Yu. K. Babanskiy tavsiya etgan tasniflash keng tarqalgandir:
– o’quv–bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
– o’quv–bilish faoliyatini nazorat va o’z–o’zini nazorat qilish metodlari;
– o’quv–bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;
- o’quv–tarbiya jarayonida o’qitish metodlari quyidagi funktsiyalarni bajarishi ma’lum;
– o’rgatuvchi (metod yordamida o’qitish maqsadiga erishiladi);
– rivojlantiruvchi (metod yordamida o’quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi);
– tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi);
– istak tug’diruvchi yoki motivatsiya (o’qituvchi uchun metod o’quvchida o’qish uchun istak tug’diruvchi va bilish faoliyatini rag’batlantiruvchi vosita bo’lib hizmat qiladi);
– nazorat–korrektsion (metod yordamida o’qituvchi o’quv jarayonining borishi va natijalarini taxlil qiladi).
O’qitishning qiziqtiruvchi metodlari
Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy «Informatika» fanining ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim.
Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi.
Boshqa o’quv predmetlaridan past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatika darsida yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lish bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
O’yinli vaziyat, krossvord va rebuslarni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohasidagi bilimlarini to’ldirishga undaydi.
O’qitishning interfaol metodi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq.
Avvalo "interfaol (interaktiv)" tushunchani aniqlashtirib olaylik. "Interaktiv" degan so’z inglizcha "interact" so’zidan kelib chiqqan. "Inter" – o’zaro, "act" – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. SHunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi.
Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushuniladi. SHu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopertsiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi.
Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek, bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.
Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alьternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi.
Interfaol o’qitishni tashkil qiluvchilar uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
– guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlari jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetish;
– boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ular yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;
– o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
SHuning uchun interfaol o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funktsiyalar amalga oshirilishi lozim:
– o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini yechishlikning shartligi;
– tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).
Ushbu faktni alohida qayd etish lozimki, o’qitishning barcha interfaol usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.
Og’zakilarga quyidagilar kiradi:
– vizual: yuzifodasi, gavdaningholati, harakatlar, ko’zlarorqalialoqa;
– akustik: intonatsiya, ovozbalandligi, tembr, nutqtempi, tovushbalandligi, nutqiypauzalarvahokazo.
Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
– "oxiri ochiq" bo’lgan savollar, ya’ni yagona "to’g’ri" javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;
– o’quvchilar bilan muloqotda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan "to’g’ri " va "noto’g’ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;
– mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik.
Ushbu holat mashg’ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo’lganini, o’zaro faoliyat qaerda "osilib" qolganini, u nima bilan bog’liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarning ro’y bermasligi uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi;
Ø mashg’ulotning borishini, uning kulьminatsiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.
Birinchi bo’limga alohida e’tibor qaratishni istar edik. O’qituvchining savoli – bu o’quvchining tafakkurini bostirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki hil turi mavjud (interfaol o’qitish nuqtai nazaridan).
– o’quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib qo’yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to’xtatib turishga xizmat qilib, o’quvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasligini tushunib yetishiga olib keladi;
– fikryuritish, o’ylash, tasavvurqilish, yaratishyokisinchiklabtahliletishgaundovchisavollar. Bundaysavollarfikrlashdarajasiniko’tarishbilanbirga, o’quvchilardaularninghamfikriqimmatgaegaekanligigaishonchuyg’otadi.
Quyidasavolnito’g’riifodaqilishbo’yichabirqanchatavsiyalarkeltiriladi.
1. Savollarnianiqvaqisqaqo’yishlozim.
2. Bitta savol orqali faqat bir narsani so’rash.
3. Savol mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
4. Savoldagi barcha so’zlar o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak.
5. Har bir savolga bir nechta javob bo’lishiga harakat qiling.
6. Aniq narsalardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishida yengillik tug’diradi.
7. Faqatgina "ha" yoki "yo’q", "to’g’ri" yoki "noto’g’ri" degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
8. O’quvchilarga o’z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.
9. O’zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.
10. Qo’yilgan savolga javob berilganda, o’quvchilardan "Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?" deb so’rab turing.
Interfaol metodlar bo’yicha o’qish jarayonini tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni o’qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq bo’lishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida berilishi maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o’quvchi bu ishni o’zi, mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo’yilishigina, o’quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda, uni kichik masalalarga bo’lish mumkin. O’quvchilarni ham kichik guruhlarga bo’lish va har biriga kichik masalani yechishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.
Dars oxirida guruhlarning kichik masalalarini yechimlari asosida berilgan masala yechishini tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish mumkin bo’ladi.
"Insert" texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Matnni qo’lda qalam bilan o’qib chiqish.
2. O’qish davomida matnga maxsus belgilar qo’yib borish:
+ buni bilaman;
– buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim;
3. Matn bilan to’la tanishib chiqilgandan so’ng quyidagi jadval to’ldiriladi:
4-jadval.
Insert tenologiyasining jadvali
Buni bilar edim. |
Buni bilmas edim. |
Mukammal bilishni xohlayman. |
+
|
– |
? |
Katta aylana
Birinchi bosqich. Guruh a’zolari o’rindiqlarga katta doira bo’yicha o’tirib olishadi. O’qituvchi muammoni ifoda etadi.
Ikkinchi bosqich. Belgilangan vaqt mobaynida (masalan 10 minut) har bir o’quvchi individual ravishda qo’yilgan muammoni yechish yo’llarini yozib oladi.
Uchinchibosqich. Aylanabo’yichaharbiro’quvchio’ziningtakliflarinibayonqiladi. Guruhningqolgana’zolariuningfikriniizohlamay, tanqidqilmay, jimeshitishadivaharbirbandbo’yichataklifniumumiyqarorgakiritishyokikiritmaslikhaqidaovozberishadi. Umumiyqarorgakiritilgantakliflardoskagayozibboriladi.
"Aqliyhujum"
"Aqliyhujum" jamoabo’libmuhokamaqilishningsamaralimetodidir. Undabirormuammoningyechiminitopishbarchaishtirokchilarningfikrinierkinifodalashorqaliamalgaoshiriladi.
"Aqliy hujum"ning tamoyili juda sodda. O’qituvchi sinf oldiga masalani qo’yadi va o’quvchilardan ushbu masalani yechish bo’yicha o’zlarining fikrlarini
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.