XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi desak yanglishmagan bo’lamiz.Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi.
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili
XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va insoniyat
sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot kommunikatsiya
texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi
desak yanglishmagan bo’lamiz.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban
kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali matn jo’natish bilan,
qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki yangilik, o’z vaqtida, oddiy
qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki
hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini qanchalik inqilobiy tarzda o’rin
almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga moslashganligi singari kamchiliklarini,
Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi. Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni
masofaga maqsadli uzatish texnologiyasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
olamida yana bir o’ziga xos burilish yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi
jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini
boshlab bergan bo’lsa, XX asrning 6070 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida
yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya
texnologiyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.
Biz sanab o’tgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining har biri, o’z zamonasi
uchun muhim ahamiyat kasb etgani rost. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur
singib, hattoki, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ham sabab bo’lgan.
Xususan, yuqorida biz sanoqdan chetda qoldirgan – matbuotning taraqqiy etishi,
jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa qo’shgan bo’lsa, radio va
teletranslaytsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy va ma’naviy
axborot olish vositasiga ega bo’lgan edi.
Bizning o’z zamonamizda, shundoqqina ko’z o’ngimizda startga chiqqan uyali aloqa
vositalari va internet texnologiyalari taraqqiyoti esa, yuqorida sanab, qisqacha ta’riflab
o’tilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’shini qudratiga yanada quvvatbag’ishladi. Ayniqsa internet global tarmog’i kelgusi asrlarda ham, bizning davrimiz
uchun o’ziga xos tashrif qog’ozi sifatida namoyon bo’lsa ajab emas.
Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va kommunikatsiya
vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha telegrafdan boshlab ixtiro
qilingan barcha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari –
matnli xabar uzatish, tovush uzatish, tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit
tizimga mujassamlashtirgan mukammal axborotkommunikatsiya vositasiga aylandi.
O’z ajdodlaridan farqli ravishda, endi internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi
bo’lib qolmasdan, interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi.
Bu jihatlariga ko’ra, internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir
qatorda, insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan
bo’lamiz.
...Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan
soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan
qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki,
boshqa materikdagi tanishbilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz,
foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib
olishimiz tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim
etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xatxabar almashinuv (email yoki,
ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (eLibrary), elektron masofaviy
ta’lim (elearning) kabi, hamda, elektron tijorat (ecommerce), elektron to’lovlar (e
Payment), elektron birja (eExchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat
hayotining ijtimoiyiqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda,
tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan
xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan
maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda,
internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha
yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlamaaxborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali
kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda...
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron
hukumat»Maqolamiz muqaddimasi orqali, gapni uzoqdan boshlab, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan internetning muhim iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarga allaqachon kirib kelib, o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsata boshlaganiga urg’u
berdik. Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo’g’inlarini
boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish – bugungi zamon talabi bo’lgan dolzarb
masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli
potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham
foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga
davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiysiyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni
muddao hisoblanadi. Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari boshqaruvi (markaziy hukumat
va mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilot va muassasalari o’rtasidagi o’zaro uzviylik)
va davlat tashkilot va muassasalarining fuqarolar hamda biznesga ko’rsatadigan
xizmatlarining samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
qulayliklari va imkoniyatlaridan foydalanish – zamonaviy ilg’or yo’nalishlardan biri
bo’lib, xalqaro leksikonda u «Elektron hukumat» (egovernment) deb yuritiladi.
«Elektron hukumat» tushunchasi
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90yillari boshida AQSHda paydo
bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill
Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani
ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan
«Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning
yetakchi nashrlarida davriy ravishda va teztez uchray boshladi. Aynan shu davrda,
«Elektron hukumat» va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar
ham paydo bo’ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumatboshqaruvi» asari[2]da davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya
vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa;
2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik
tahlil xulosasi» nomli risola[3]da, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari,
uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot
davlatlar
kommunikatsiya
borasida rivojlangan,
texnologiyalari
yetakchi
hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi
sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli
xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. Ularning har birida, mazkur
tushunchaning o’ziga xos talqinini ko’rish mumkin.
LOKAL TARMOQLAR
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda
oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida
foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar
so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar
foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro birbirlari bilan
hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga
ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni
tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
past 100 Kbit/ s gacha;
o’rta 0,510 Mbit/s gacha;
yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga
muvofiq:
LAN ( LocalArea Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); CAN (CampusArea Network) kampus tarmoq, birbiri bilan telefon yoki modemlar
bilan ulanish, ammo etarlicha birbirlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
MAN (MetropolitanArea Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s)
imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan
tarmoq;
WAN (WideArea Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va
dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
GAN (GlobalAgea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun hisoblash tarmoqlari va ularning alohida
elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini va katta
kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi
alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi)
tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus
tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
bir xil rangli (peertopeer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar
(bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi,
ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi
bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed)
tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq
tarmoqni boshqarmaydi;
server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda
tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan
foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va
boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan
foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);geterogenli bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi
(masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga
qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda
muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
fayl server mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga
kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy
hal etiladi;
print server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat
ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va
ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
faks – servermijozlarga faksmodem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli
xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer
kabi). Faksserver olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
elektron pochta (Email) mijozlar o’rtasida, ular birbirlaridan qancha uzoqlikda
joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi
oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul
qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri)
va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni
bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi
kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki
yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi
tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia
vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday
holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli
bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish
mumkin.Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi.
Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr
chamasi radiusda 1000 nafarga etaretmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi.
Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi.
Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va
boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari
yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta
topologiya qo’llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga
parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan
bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuterserver
ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida
boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni
uzatish imkoniyatiga ega.
2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketmaket bog’lanadilar.
Bunda xabar birinketin kompyuterdankompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan
kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega
(kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan
kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng
boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o’rtasida ma’lumot
almashishni tashkil etish mumkin.
Xo’sh, tarmoqning o’zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elertron
aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli
ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglashhamda bevosita ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lish hozirgi jamiyatning har bir
a’zosi uchun muhimdir.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar
bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi.
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini
kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro
axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot
ashyolariga bog’liq.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq
ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi,
ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin.
Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy
sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal
(mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi
kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa
va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari birbiridan ancha uzoqda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi
tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi,
ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan
kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona
yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki
radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan
kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem
va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning
uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal
tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash
va seleksiyalash lozim bo’ladi.
Marshrutlash bu kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash
jarayonidir.
Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB),
axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini
ta’minlovchi maxsus qurilma.
Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga
uzatishga xizmat qiladi.
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron
qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan.
Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog
ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan
raqamli ko’rinishiga aylantiradi.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va
mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo
kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi.
Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega.O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa
shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib
chiqishi, NyuYorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari
bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda
ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari
tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib,
ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:
— halqasimon;
— shinali;
— yulduzsimon.
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi.
Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha
kompyuterdan kompyuterga o’tadi.
Mintaqaviy tarmoqlar
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter
tarmoqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan
kompyuter va terminallar majmuasidir,
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq
ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi,
ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial
joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global
tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va
sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari birbiridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga
tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy
regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki
tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 23 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil
etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda
birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini
bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan.