Dastur tuzish jarayonida ma’lum bir amallar majmuini dasturning turli qismlarida takrorlashga to‘g‘ri keladi. Dasturning mana shu amallar majmuini o‘z ichiga olgan qismi qism dastur deb ataladi. Qism dasturlar ma’lum bir vazifani bajaradi, lekin alohida tizimni tashkil etmaydi.
Qism dasturga murojaat etilganda, unga murojaat etgan asosiy dastur to‘xtaydi va boshqaruv qism dasturga o‘tadi. Qism dastur bajarilishi tugaganidan so‘ng, boshqaruv yana asosiy dasturga qaytadi.
Asosiy dasturda qism dasturlarni chaqirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Qism dastur zarurat tug‘ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha marta yozish zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida ko‘p marta foydalanilishi mumkin. Bu kodning blokliligini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va xatolarni topishda yordam beradi.
Xato bor yoki yo‘qligini bitta kod blokining o‘zida tekshirsa bo‘ladi. Agar xato qism dasturda bo‘lsa, faqat qism dasturning o‘zini tuzatishga zarurat tug‘iladi. Agar qism dasturdan foydalanmasdan, kod bir necha joyda takror-takror yozilsa, u holda butun dastur bo‘ylab xatolarni qidirishga to‘gri keladi.
• Kodni faqat bitta joyda yangilash kerak bo‘ladi: Kiritilgan barcha tuzatishlar qism dastur chaqirilishi bilan amal qila boshlaydi.
Funksiya quyidagicha e’lon qilinadi
def funksiya_nomi ([parametrlar ro‘yxati]):
buyruqlar_bloki
def – funksiyani e’lon qiluvchi kalit so‘z.
funksiya_nomi – funksiya nomi.
parametrlar ro‘yxati – ushbu ro‘yxat bir necha parametrdan iborat bo‘lishi mumkin va ular vergul bilan ajratib yoziladi.
buyruqlar_bloki – funksiya tanasi boshqa operatorlar kabi bitta xat boshi tashlab yozilishi shart.
Standart funksiyalar
print() – foydalanuvchi uchun ma’lumotlarni chiqaradi. Masalan, turli ma’lumotlar va hisoblash natijalarini.
input() – print() funksiyasining zidi, foydalanuvchilar kiritgan ma’lumotlarni dasturga uzatadi.
randint() – tasodifiy sonni chiqaradi. Masalan, dasturda tasodifiy son kerak bo‘lib qolganda ishlatiladi.
Savollar:
Dasturning belgilangan qismiga izoh yozing.
Dasturni nomlang.
Kiruvchi qiymat 9 12 97 36 ga teng bo’lganda u qanday natija qaytaradi?
Kiruvchi qiymat qanday bo’lganda, dastur natija sifatida 93 ni qaytaradi?
Dastur tuzing
Shokolad to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lib, mxn bo'lakchadan iborat. Uni bo'laklashda to'g'ri chiziq bo'ylab, ikkiga ajratish mumkin. Ushbu shokoladni bir marta bo'laklab, k ta bo'lakchani ajratib olish mumkinmi? “Ha” yoki “Yo`q” so’zlaridan birini qaytaruvchi funksiya tuzing. Avval shokoladning eni va bo’yi, so’ng bo’laklar soni kiritiladi.
Kiruvchi ma’lumotlar | Natija |
2 | Ha |
3 | |
3 | Yo`q |
Ko’rsatma
A | B | C |
def bulish(m,n,k): | def bulish(m,n,k): | def bulish(m,n,k): |
A | B | C |
def bulish(m,n,k): | def bulish(m,n,k): | def bulish(m,n,k): |
3
4
5
To’g’ri javoblar
4 baho bilan baholangan dastur bilan ishlaymiz:
Dasturning nechinchi qatorlarida xatolik bor?
Dastur qanday qiymatlarda to’g’ri, qanday qiymatlarda xato natija qaytaradi?
Xatoni topish uchun o’quvchiga qanday yo’naltiruvchi savol bergan bo’lar edingiz?
def bulish(m,n,k):
if (k % m == 0 or k % n == 0) and (k>m or k>n):
return 'Ha'
else:
return 'Yo`q'
m = int(input())
n = int(input())
k = int(input())
print(bulish(m,n,k))
4 baho
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.