Internetdan ma lumot qidirish

  • doc
  • 06.10.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала internetdan ma'lumot qidirish.doc

O‘zbekiston Respublikasi 

 

Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash

 va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

 

“Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi

 

Bakaev Zoir Zarifovich

 

 

Internetdan ma’lumot qidirish

 

 

 

 

 

 

Uslubiy tavsiya

 

 

 

 Buxoro-2020


 

 

 

 

 

Ushbu uslubiy qo‘llanmada Internetdan ma’lumot qidirish imkoniyatlari keltirilgan. Bu uslubiy qo‘llanmadan o‘quv jarayonida va masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda foydalanish mumkin va mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.

 

Mualliflar:  Z.Z.Bakaev -

Buxoro viloyat  xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

 

Taqrizchilar:

 

J.Jumayev  — BuxDU “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

 

 

X.Hayotov — BuxDU “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

 

 

 

 

 

 

Ushbu uslubiy qo‘llanma Buxoro viloyat  xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasining 201__ - yil _______ dagi yig‘ilishiga ko‘rilgan va nashrga tavsiya qilingan.

 


 

 

MUNDARIJA

 

Ma’lumot qidirish

4

Qidiruv tizimlarining tuzilishi

4

So’rovlarni tuzish.

6

Navbatma-navbat qidirish usuli

7

Aniq so’rov usuli

8

Кataloglar yordamida qidirish

10

Forumlar yordami

11

O’znet mutaxassilarining sayti – UFORUM.UZ

12

Foydalanilgan adabiyotlar

13

 

 

 

 


 

Ma’lumot qidirish

Internet – bu ma’lumot okeani. Tarmoqda, deyarli, istagan mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlar mavjud. Lekin okeanda yo’l topish qiyin bo’lgandek, Internetda ham biror narsani topish katta muammo. Agar Internetda axtarish tizimlari bo’lmaganda, ma’lumot okeanida umuman biror narsani topish mumkin bo’lmas edi. Ajabo, bunday imkoniyatlar tarmoqda mavjud: qidiruv qulay va tez bo’lishi uchun maxsus ma’lumot qidirish tizimlari yaratilgan.

Qidiruv tizimlarining tuzilishi

Qidiruv tizimi bu maxsus server, uning asosiy xizmati keng Internet fazosida ma’lumotlarni qidirish, to’plash, tartiblash va foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va qulay ravishda ta’minlash. Qidiruv mashinalar asosiy besh qismdan iborat:

1.     O’rgimchak (spider) – veb-sahifalarni server hotirasiga yuklash dasturi. U oddiy brauzerga o’xshab, saytlarni ochib, tarmoqdagi yangi ma’lumotlarni qidiradi. Bu dastur ko’rsatkichlar bo’ylab sayohat qilib, topilgan veb-sahifalarni serverga yuklaydi va ma’lumot jamg’armasini yangi axborotlar bilan to’ldiradi.

2.     Qurt (crawler) – o’rgimchak serverga yuklagan veb-sahifalarni ko’rib chiqib, barcha giperko’rsatkichlarni undan ajratadi va topilgan ko’rsatkichlarni o’rgimchakka taqdim etadi.

3.     Tartiblovchi (indexer) – o’rgamchik topgan ma’lumotlarni tartibga keltiruvchi dastur: hujjatning matnini tashkil qiluvchi so’zlarni yakka holga ajratib, matndagi turgan joyini saqlab qoladi. Bundan tashqari, dastur so’zni katta yoki kichik harflar bilan yozilganmi, sarlavhami, ko’rsatkichmi yoki oddiy matnligini o’rganib chiqib, ma’lumotni saqlaydi.

4.     Ma’lumot jamg’armasi (database) – qidiruv tizimi to’plagan va qayta ishlagan barcha ma’lumotlar saqlanadigan ombori.

5.     Natijalarni chiqarish mexanizmi (search engine) – foydalanuvchilarni qidirish tizimi bilan aloqa qilishda ishlatiladigan dastur. Ayni mana shu dastur siz bergan savolingizga natijani saralab, qulay ravishda ekranga chiqaradi.

Google – eng mashhur qidiruv tizimi.

 

Siz savolingizni berganingizdan so’ng qidiruv tizimi o’zining ma’lumot jamg’armasidan so’rovingizga mos natijani, topilgan veb-sahifalarni ro’yxat tarzida taqdim etadi. Ro’yxatning birinchi bandlarida  so’rovga eng mos kelgan  veb-sahifalar joylashadi. Lekin, shuni aytib o’tish kerakki, turli qidiruv tizimlar har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi, shuning uchun bitta so’rov bo’yicha turli qidiruv tizimlaridan har xil natijalar olish mumkin. Natijalardan tuzilgan ro’yxatning bandiga chertilsa, tanlangan veb-sahifa ochiladi.

 

 


 

Mashhur qidiruv mashinalar ro’yxati:

1.     Gugl – www.google.com

2.     Yaxu – www.yahoo.com

3.     Altavista – www.altavista.com

4.     Yandeks – www.yandex.ru

5.     Rambler – www.rambler.ru

6.     Aport – www.aport.ru

7.     Milliy qidiruv tizimi – www.uz

8.     Vse.uz – www.vse.uz

So’rovlarni tuzish.

Agar siz o’ylanmay tezda savol bermoqchi bo’lsangiz qidiruv mashinaning satriga to’g’ri fikrlaringizni tushirishingiz mumkin. Masalan, “Qanday qilib ozish mumkin?”,  “Marsda hayot bormi?”, yoki “jurnalist uchun ish” buning natijasi samarali bo’lmasligi aniq. Afsuski, o’zbek tilida Internet fazosi keng emas, shuning uchun savolingizni rus yoki ingliz tilida berishingiz kerak. Misoldagi “jurnalist uchun ish” jumlasini rus tilida “rabota dlya jurnalista” deb so’rov qilinsa tasodifan, tez kerakli ma’lumotni topishingiz mumkin. Ammo bunday umumiy savolga qidiruv tizimi sizni kerak bo’lmas ma’lumotlarga “ko’mib” qo’yishi ham mumkin. Dono odamlar: “To’g’ri berilgan savolda javobning yarimi bor” – deyishlari bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham taaluqli. Shuning uchun tuzayotganda ko’proq kalitli, aniqlashtiruvchi so’zlarni qo’shish kerak. Masalan: “ishu rabotu jurnalista”.

 

Natija qoniqarli bo’lmasa kalitli so’zlarni boshqa sinonim so’zlarga almashtirish mumkin. Misol: “jurnalist rabota predlagayu”. Yana so’rovga aniqlashtiruvchi so’zlar qo’shish mumkin, masalan, agar siz uyda turib ish qilmoqchi bo’lsangiz: “jurnalist rabota predlagayu udalennaya”.

Navbatma-navbat qidirish usuli.

Bu usulning ma’nosi so’rovingiz bo’yicha natija olingandan so’ng, topilgan natijalar ichidan, so’rovga yangi kalitli so’zlar qo’shib, toki kerakli ma’lumot topilmaguncha qidirishni davom ettirish. Bu usul yordamida har bir qidiruvda kerakli natijaga yaqinlashaveradi. Masalan, siz menedjer ishini o’rganish uchun qo’llanma axtarmoqchisiz. Bu ishni amalga oshirish uchun, birinchi, qidiruvni “menedjment” kalitli so’zi bo’yicha bajarasiz. Natijada “menedjment” so’zi 100 mingdan ortiq veb-sahifalarda topiladi. Qidiruvni aniqlashtirish uchun so’rovga “uchebnik” so’zini qo’shib, yana izlashni davom ettiramiz. Natijada topilgan saytlar ro’yxati kamayadi, lekin ularning ko’pi Internet do’konlarini ko’rsatadi, qaerda kitoblar faqat sotiladi. Agar siz kitobni sotib olmoqchi bo’lmasangiz, unda so’rovga “besplatno” (bepul) kalitli so’zini qushib, qidiruv mashinani ishga tushiring va natijada Internet do’kon ko’rsatkichlari ro’yxatdan tushib qolib, kerakli sahifalar qoladi. Эndi kitobni Internetda o’tirib o’qimoqchi bo’lmasangiz, uni o’zingizning kompьyuteringizga ko’chirib olish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun so’rovingizga “skachatь” so’zini qo’shsangiz, natijada menejment haqida bepul ko’chiriladigan elektron kitoblarning ro’yxatiga ega bo’lasiz.

 

Aniq so’rov usuli

Agar qidirilayotgan ma’lumotning nomi aniq bo’lsa, unda so’rov satriga qo’shtirnoq belgilari qo’shiladi. Masalan, siz qo’llanmaning muallifi haqida ma’lumot topmoqchisiz va so’rov satriga qo’shtirnoq belgilari yordamida “Ilhom Teshaboev” so’zlarini kiritib, axtarish jarayonini ishga tushirasiz. Oddiy ravishda, agar so’rov qo’shtirnoq belgilarisiz bo’lganda, qidiruv mashina “Ilhom” va  “Teshaboev” so’zlarni alohida uchratgan holda saytlar ro’yxatiga qo’shadi va natijada tarmoqdagi barcha Ilhom ismlar ham topiladi. Qo’shtirnoqli so’rovda esa qidiruv mashina faqat berilgan shaklda, “Ilhom Teshaboev” jumlasi bor saytlarni natija ro’yxatiga qo’shadi. Shunday qilib, aniq so’rov usulini цitata (matn parchasini) qidirishda ham qo’llasa bo’ladi.

Кataloglar yordamida qidirish

Internetdan ma’lumot olish uchun qidiruv mashinalaridan tashqari kataloglardan foydalanish mumkin. Internet-katalog – bo’limlardan iborat tizimli ko’rsatkichlar to’plami. Bu to’plamni robot emas, tajribali mutaxassislar yaratadi. Кo’rsatkichlar to’plami bir necha katta bo’limlardan iborat bo’ladi. Masalan, biznes, san’at, kompьyuter, sport va hokazo. Bunday har bir bo’lim bir necha qism bo’limlaridan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, sport ko’rsatkichiga chertsangiz futbol, basketbol, tennis va hokazo bo’limlarni topasiz. Shunday qilib, katalog daraxtsimon tizimga ega  va har bir sichqoncha chertilishida ko’rsatkichlar shoxlanib ketaverishi mumkin.

 

Shuni aytish kerak, Internetda kataloglar va qidiruv mashinalar birlashgan holda ishlaydi. Masalan, dunyodagi eng katta katalog Yahoo saytida joylashgan (http://dir.yahoo.com) va yana Yahoo bu mashhur qidiruv mashinasi (http://yahoo.com). Avvalgi mavzularda qidiruv mashinalarining manzillari keltirilgan ro’yxat bo’yicha  kataloglarni ham ochish mumkin. Masalan, www.rambler.ru manzili qidiruv mashinani va katalogni ochadi. O’zbekiston saytlar katalogini ochish uchun www.uz, www.vse.uz, http://catalog.doda.uz manzillariga murojaat qilish mumkin.

 

 

Forumlar yordami.

 

Agar biror mavzu bo’yicha qidiruv mashina yoki kataloglar kerakli natija bermasa, bilingki, Internetda siz yagona emassiz. Balki, bunga o’xshash mavzu bo’yicha kimdir qidirgan va ma’lumotni topgan. Umumjahon tarmoqda har bir soniyada millionlab foydalanuvchilar ma’lumot qidirishadi, bir-biri bilan so’zlashadi, bir-birilariga nimalarnidir o’rgatishadi. Ana shunday foydalanuvchilarga savol bilan murojaat qilish mumkin. Deyarli o’z hurmatiga ega bo’lgan barcha katta saytlarda fikr almashish maxsus bo’limi mavjud. Bunga o’xshash bo’limlar “FORUM” deb ataladi. Forumlarni tajribali Internet mutaxassislari boshqaradi. Vaholanki, forumlarda tarmoq foydalanuvchilari bir-biri bilan tajriba almashishadi. Forumda foydalanuvchi savol berishi mumkin va bilgan odam unga javob qaytarishi mumkin. Shunday qilib, kerakli mavzu bo’yicha savol bersangiz, bir necha vaqtdan keyin javob olishingiz mumkin.

 

O’znet mutaxassilarining sayti – UFORUM.UZ

 

Bundan tashqari, savol-javoblarning arxivlari ham mavjud. Siz bergan savolni kimdir allaqachon oldin bergan va javobini olgan. Masalan, kerakli ma’lumotni balki Google Groups (http://groups.google.com) xizmatidan topish mumkin.

 

 


Foydalanilgan adabiyotlar

 

1. Работа в системе дистанционного обучения Moodle. Анисимов А.М. Харьков, ХНАГХ, 2009. - 292

2. Quyidagi internet manbalardan foydalanildi:

www.ziyonet.uz       – O’zbekistonning Axborot ta’lim portali

www.moodle.org      – Moodle dasturining asosiy sayti

www.tuit.uz             – Virtual ta’lim tizmi

www.tami.uz           – Kompyuter uchun qo’llanma.


Скачано с www.znanio.ru