KOMPUTERNING ZAMONAVIY TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI
KIRISH
Mazkur ishchi o’quv fan dasturi tinglovchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlari va ularga qo’yiladigan talablar asosida tuzilgan bo’lib, fan o’qituvchisi egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini o’z ichiga oladi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi - informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo’lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Fanning vazifalari - kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash prinsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish;
- mikroprotsessorlar, ularning turlari, vazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, ulardan foydalanishni o’zlashtirish
- chiplar, mikroelektron uskunalar va qurilmalarning tuzilish printsipi, tezkor va doimiy hotira qurilmalarini tashkil etish
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, operatsion sistemalar, operatsion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funktsiyalari, operatsion sistema tarkibi: ichki(o’rnatilgan) va tashqi(utilit–dasturlar), operatsion sistema buyruqlari, tarmoq operatsion sistemalari, zamonaviy operatsion sistemalar, amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval protsessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish.
Fan bo’yicha tinglovchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga
qo’yiladigan talablar
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
mikroprotsessorlarni, mikroprotsessorlar zamonaviy kompyuterlarning mikroelektron asosi sifatida, kompyuter xotirasi, registrlar va xotiraga murojaat etish modeli, protsessorning ish rejimlari, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish tamoyillarini bilishlari kerak;
- ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi, mashinaga mo’ljallangan dasturlash tili, kompyuter arxitekturasini rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini mustaqil bajara olishi, mikroprotsessorlarning ishlash va faoliyat ko’rsatish tamoyilarini, ularning turlarini ajrata bilishni, ularni ekspluatatsiya qilish, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va apparat ta’minoti, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minotlari va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar ta’minot, operatsion tizimlarni o’rni hamda ularga xizmat ko’rsatish, grafik qobiqlar, matn muxarirlari, jadval dasturlari, multimedia va WEB – texnologiyalari bilan ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak;
Kasbiy sohasida uchraydigan kompyuter bilan bog’liq turli xil texnik muammolarni hal qila olishi, ularning turini farqlay olishi, ularning imkoniyatlarini aniqlashi, baholay bilishi, texnik qurilmani tanish, almashtirish, tuzatish, texnik nosozligiga to’g’ri tashhis qo’ya olish, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash va ularni takomillashtirish operatsion tizimni o’rnata olishi va yangilariga o’zgartirish, amaliy dasturlar paketida ishlash, dasturlash texnologiyalarining uskunaviy vositalarida ishlash malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblananib, dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari, matematika asoslari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Fanning ta’limdagi o’rni
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fanini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, tinglovchilarning pedagogik faoliyati davrida ko’nikma sifatida xizmat qiladi. Tinglovchilarda fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligini o’rganish va amaliyotda o’quvlarga o’rgatish uslublarini o’rganishdan iborat. Metodika fanini o’rganish tinglovchilarni o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli xal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
«Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fani o’quvchida darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
ASOSIY QISM
№ |
Mavzular |
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya ishi |
1 |
Mikroprotsessorlar haqida asosiy tushunchalar |
2 |
2 |
|
|
2 |
Mikroprotsessor tarixi va uning turlari |
2 |
2 |
|
|
3 |
Mikroprotsessorning tuzilishi. |
2 |
2 |
|
|
4 |
Arifmetik mantiqiy qurilma |
2 |
2 |
|
|
5 |
Registrlar |
2 |
2 |
|
|
6 |
Pentium mikroprotsessorlarida registrlar bloki |
2 |
2 |
|
|
7 |
Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti haqida tushuncha, texnikaviy va dasturiy ta’minot |
2 |
2 |
|
|
8 |
Interfeys tushunchasi, uning turlari, dasturiy ta’minot turlari va ularning klassifikasiyasi |
2 |
2 |
|
|
9 |
Sistemaviy dasturiy ta’minot va ularning turlari |
2 |
2 |
|
|
10 |
Amaliy dasturiy ta’minot va ularning turlari |
2 |
2 |
|
|
11 |
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari va unda qo’llaniladigan dasturlar haqida tushuncha |
2 |
2 |
|
|
12 |
Sistemaviy dasturiy ta’minot |
2 |
2 |
|
|
13 |
Operatsion sistamalar va ularning turlari, operatsion sistemalarning tarixi |
2 |
2 |
|
|
14 |
Operatsion tizimning ichki buyruqlarning tasnifi. Operatsion sistemaning tashqi buyruqlari va uni ishlatish xususiyatlari |
2 |
2 |
|
|
15 |
Windows operatsion sistemasi va uning turlari. |
2 |
|
2 |
|
16 |
Fayllarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar |
2 |
2 |
|
|
17 |
Sistemali dasturlarning roli va vazifasi |
2 |
|
2 |
|
18 |
Windows Commander dasturi va unda ishlash imkoniyatlari. Turli formatdagi disklarga fayllar ko’chirish. |
2 |
2 |
|
|
19 |
Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendentsiyalari. |
2 |
2 |
|
|
20 |
Operatsion sistema va uning turlari. Windows-zamonaviy axborot texnologiyalarining operatsion sistemasi |
2 |
|
2 |
|
21 |
Arxivlashtirish dasturlari |
2 |
|
2 |
|
22 |
Antivirus dasturiy vositalar |
2 |
|
2 |
|
23 |
Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: |
2 |
|
2 |
|
24 |
Amaliy dasturiy ta’minot va uning imkoniyatlari. Unga kiruvchi dasturlar. |
2 |
|
2 |
|
25 |
Ofis dasturlarining keyingi versiyalari va ularning oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari. |
2 |
|
2 |
|
26 |
Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari. |
2 |
|
2 |
|
27 |
Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo’llanilishi |
2 |
|
2 |
|
28 |
Nashriyot tizimida qo’llanilarigan Page Maker dasturi va uning imkoniyatlari |
4 |
|
|
4 |
29 |
Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan MAPL5, Math Cad dasturlari va ularda ishlash |
6 |
|
|
6 |
30 |
Buxgalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar |
4 |
|
|
4 |
31 |
Yuqori darajali dasturlash tillari va ularning turlari. |
2 |
|
2 |
|
32 |
Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari. |
2 |
|
2 |
|
33 |
VISUAL BASIS, DELPHI, C++ dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari. |
8 |
|
|
8 |
34 |
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari |
6 |
|
|
6 |
35 |
Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar |
6 |
|
|
6 |
36 |
Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob’ektlar yaratish. |
4 |
|
|
4 |
37 |
Flash texnologiyasida so’rov shaklidagi ob’ektlarni yaratish |
4 |
|
|
4 |
38 |
Flash texnologiyasida animatsiyalar hosil qilish |
6 |
|
|
6 |
|
Jami: |
106 |
34 |
24 |
48 |
1-mavzu: Mikroprotsessorlar haqida asosiy tushunchalar (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda markaziy protsessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va adreslar shinasi; registrlar; buyruqlar hisoblagichi; kesh; o’zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi tsoprotsessoriga doir bilimlarni shakllantirish.
2-mavzu: Mikroprotsessor tarixi va uning turlari (2 soat ma’ruza)
Tinglovchilarda mikroprotsessor ishlab chiqarilish tarixi, hisoblash sistemasida bir necha parallel protsessorlar, ko’p protsessorli haqidagi ma’lumotlar, mikroprotsessor turlari: intel, intel celeron, via, nvidia, elbrus, philips, hitachi, sun, amd athlonga doir bilimlarni shakllantirish.
3-mavzu: Mikroprotsessorning tuzilishi (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda boshqarish qurilmasi, buyruqlar registri, buyruqlar registri bloki, operatsiyalar deshifratori, mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU), impuls operatsiyalar deshifratori, berilganlar, adreslar, instruktsiyalar kodli shinalar, schyotchik-registr, operativ xotira, operatsiya kodi va tanlangan buyruqni kayta shifrlash, qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshkarish impulslarini o’qish va bloklarga yuborish, mikroprotsessorli xotiraga doir bilimlarni shakllantirish.
4-mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda arifmetik mantiqiy qurilma, registr summator va boshqarish sxemasi, xotiraning tezkor yacheykalari. Boshqarish sxemasiga doir bilimlarni shakllantirish.
5-mavzu: Registrlar (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi, umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar, segment registrlari, xolat va boshqaruv registrlar, shart flaglari, xolat flaglari, yangi flaglar, sistemali registrlar. Xotirani boshkarish registrlari. Boshqarish registrlari. otladka registrlar, testli registrlarga doir bilimlarni shakllantirish.
6-mavzu: Pentium mikroprotsessorlarida registrlar bloki (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda segment registrlar, flag registri boshkarish flaglari buyruk registri, soprotsessor registrlari, multimedia kengaytmali butun sonli registrlar, segment registrlari, flag registrlari, boshkarish flaglari, mikroprotsessorning sistemali registrlari, sistemali adreslar registri, soprotsessor registrlari, swr xolat registrlari, cwr boshkarish registri, twr teglar registriga doir bilimlarni shakllantirish.
7-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti haqida tushuncha, texnikaviy va dasturiy ta’minot (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti haqida tushuncha, texnikaviy va dasturiy ta’minot, dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog’liqlikka doir bilimlarni shakllantirish.
8-mavzu: Interfeys tushunchasi, uning turlari, dasturiy ta’minot turlari va ularning klassifikasiyasi (2 soat ma’ruza).
Tinglovchilarda interfeys tushunchasi, uning turlari, dasturiy ta’minot turlari va ularning klassifikasiyasiga doir bilimlarni shakllantirish.
9-mavzu: Sistemaviy dasturiy ta’minot va ularning turlari (2 soat ma’ruza).
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.