Korxona faoliyatida raqobatbardoshlikni o'rni
Оценка 4.6

Korxona faoliyatida raqobatbardoshlikni o'rni

Оценка 4.6
doc
22.05.2022
Korxona faoliyatida raqobatbardoshlikni o'rni
korxona faoliyatini boshqarishda raqobatbardoshlikni oshirish.doc

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVISE INSTITUTI

SERVISEFAKULTETI

 

MARKETINGKAFEDRASI


Маvzu: Korxonani brend orqali raqobatbardoshligini

oshirishning usullari

(“Puma” kompaniyasi misol qilib olingan )

Bajardi: Servis” fakulteti, “Маrketing” ta’lim yo’nalishi, 2-kurs MR-320 guruhi talabasi Suyunov Sardor 

Ilmiy rahbar: Marketing” kafedrasi katta o’qituvchisi  B.Musayev

 

 

KURS ISHI

 

 

 

                         

 

 

SAMARQAND-2021

 

 

 

MUNDARIJA

 

 

 

 

KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .       3

 

I BOB

KORXONANI BRENDORQALIRAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING USULLARI

1.1  Raqobatdoshdorlik tushunchasi va unga korxona brendini tasiri.. . .  5

1.2  Korxonalarda kuchli brend yaratish bilan bogliq bolgan xarajatlar. .10

1.3  Brend orqali raqobatdoshdorlikni taminlash................................

 

II BOB

 KORXONALARFAOLIYATINI SAMARALIBOSHQARISHDA

RAQOBATBARDOSHLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

 

2.1 Puma kompaniyasi kelib chiqish tarixi……...…………... . . . . . . . 25

2.2 Puma kompaniyasining boshqa kompaniyalardan ustun va ojiz taraflari…………………………………... . . . . . . . . . . . . . . . . . 31

 

XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .     38

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. . . . . . . . . . . . . . . .     41

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish

Kurs ishining dolzarbligi. Har doim kompaniyalar o’zlarining brendini rivojlanishini va Tovar istemol bob bo’lishini xohlagan. Shuning uchun har bir korxona,firma har doim o’zining tovarini rivojlantirishga va raqobatbardoshligini oshirishga harakat qilmoqda.

Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”

Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqichda iqtisodiy osishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bolgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo’naltirilgan holda qo’llab-quvvatlashni taminlash zarur.

Hozirgi sharoit ishlab chiqarishdan shuni talab qiladi-ki, ular oz oldiga qoygan maqsadga erishish uchun oz strategiya yollarini mustaqil tanlashi yoki ishlab chiqishi lozim. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarish korxonalaridan bozor ehtiyojlarini organishni, oz imkoniyatlariga tayangan holda, zamonaviy ish uslublarini qollab ish yuritishni talab qiladi. Shu sababdan, yillar davomida oz tarkibi va mavqeiga ega bo’lgan korxonalarga hozirgi sharoitda o’z imkoniyat darajasini qaytadan korib chiqish masalasi qoyilgan.

Ishlab chiqarish va boshqaruv shunday tashkil qilinishi kerak-ki, kishi mehnat         mahsuldorligi,      maksimal    foyda (daromad)   olish, bozorda raqobatlashishga qodir bo’lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish manfaatdor bolishlari lozim. Bunga faqat ishlab chiqarish va boshqaruvni

muntazam takomillashtirib borish yoli bilan erishish mumkin. Bundan tashqari, yangi bilimlarni egallash, ulardan amalda foydalanishni organish talab etiladi.Hozirgi sharoit ishlab chiqarishdan shuni talab qiladi-ki, ular oz oldiga qoygan maqsadga erishish uchun oz strategiya yollarini mustaqil tanlashi yoki ishlab chiqishi lozim.

    Kurs ishining maqsadi.Kurs ishining maqsadi bozor iqtisodiyotisharoitida ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va boshqarish, ularni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

    Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs  ishi maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

   -Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning hozirgi kundagi holatini o`rganish;

-Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning hozirgi kundagi holatini o`rganish;

-rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va samarali bosqarishning ilg`or tajribalarini o`rganish;

-Karbonat”Aktsiyadorlik jamiyatifaoliyatini iqtisodiy, ijtimoiy hamda moliyaviy ko’rsatkichlarining hozirgi holatini tahlil qilish;

-ishlab chiqarish korxonalarifaoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab -Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning hozirgi kundagi holatini o`rganish;

 

https://fayllar.org/download/mavzu-ishlab-chiqarish-jarayonini-diversifikatsiyalash-va-mode.doc

Kurs ishining ob'ekti sifatida “PUMA” kompaniyasi tanlangan.

Kurs ishining predmeti esa korxonalar faoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish sharoitlarijarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I BOB. KORXONANI BREND ORQALI RAQOBAT BARDOSHLIGINI OSHIRISHNING USULLARI

1.1.          Korxonani boshqarishda “raqobat va “raqobat ustunligi” tushunchalarining mohiyati va ahamiyati.

Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.

Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.

R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.

R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatr R.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.

Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.

"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 apr.) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dek.) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:

1.    tartibga solish vazifasi;

2.    resurslarni joylashtirish vazifasi;

3.    innovatsion vazifa;

4.    moslashtirish vazifasi;

5.    taqsimlash vazifasi;

6.    nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobatmonopolistik raqobatmonopoliya va oligopoliyadir.

 

 

 

 

1.2  Korxonalarda kuchli brend yaratish bilan bogliq bolgan xarajatlar

Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib bеrishga bo’lgan layoqatini aniqlab bеruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy rеsurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma’lum narxga ega bo’ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar (rеsurs narxlari) darajasiga, rеsurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog’liq. Bu bobda sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to’xtalib, foydaning tashkil topishi jarayoni tahlil qilinadi.
Shu bilan bir qatorda, kishilarning hayot kеchirishi va turmush darajasini aniqlab bеruvchi daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog’liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ko’rib chiqiladi
.

Korxona avvalo kuchi brend yaratish uchun uning tovariga e’tiborini qaratishi kerak chunki raqobatlasha oladigan tovar bo’masa bu kompaniya uzoqga borolmaydi va boshqa harakatlarga hojat qolmaydi shunday ekan har bir korxona, firma o’z tovarini doimo rivojantirishga va istemolchi ongidagi fikrini rivojlantirishga harakat qilishi kerak bo’ladi.

 Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan bеlgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq.
Lеkin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik va n
еoklassik yoki zamonaviy kontsеptsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya

yondashuviga ko’ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mеhnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1.ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2.korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mеhnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko’rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo’ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = c + v + m,

bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo’shimcha qiymat.

Korxona ishlab chiqarish xarajatlari dеganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:
k=s+v.

Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi matеriallar, yonilg’i va enеrgiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’siriga ko’ra xarajatlarning turkumlanishi.

Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Doimiy (DX), o’zgaruvchi (O’X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-chizma orqali ko’rishimiz mumkin.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o’rtacha umumiy, o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga tеng:
Описание: http://uz.denemetr.com/tw_files2/urls_8/33/d-32586/7z-docs/3_html_m53d4ecad.gifОписание: http://uz.denemetr.com/tw_files2/urls_8/33/d-32586/7z-docs/3_html_3bb04fd8.gif;
bu yerda: O’UX – o’rtacha umumiy xarajatlar;
UX – umumiy xarajatlar;
M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori

Описание: http://uz.denemetr.com/tw_files2/urls_8/33/d-32586/7z-docs/3_html_beb8469.gifO’zgaruvchi xarajatlar (O’X) dеb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, matеrial, yonilg’i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.

Yuqoridagi xarajatlar asosan ishlab chiqarishga taaluqli bo’lib tovarning o’ziga e;tiibor qaratilgan endi esa e’tiborni brendga qaratamiz chunki brend ham korxonani rivojanishi uchun katta o’rin tutadi masalan: istemolchi bu korxona brendini bilmasa u sotib olish jarayonida uni nimaligini aytishdan uyalishi va bu tovarni o’rniga o’rin bosar tovardan olib bu korxona tovarini olmaydi shuning uchun ham hozirda rivojlangan ko’plab korxonalar o’zlarining brendini rivojlantirib raqobatbordosh orxona bo’lishga yana bir qadam tashlashmoqda. Masalan: Apple kompaniyasining brendini qiymati Tovar qiymatining 70% tashkil  qilib qolgan 30% foizni esa tovarning tannarxi tashkil etadi.

Shunday ekan biz brendi ham rivojlanishiga ham e’tibor qaratishimiz kerak bo’ladi. Bunda biz bir qancha marketing jarayonlarini o’tkazishimiz kerak bo’ladi. Reklama,kuzatishlar, istaklarni o’rganish, maxsus chegirlamalar yaratish va h,k

Hozirgi axborot texnologiya davrida biz asosan raqamli marketinga etibor berishimiz kerak bu esa bizga ancha foyda beradi.

Raqamli marketing - bu iste'molchilarga erishish uchun Internet, mobil qurilmalar, ijtimoiy media, qidiruv tizimlari va boshqa kanallardan foydalanish. Ba'zi bir marketing mutaxassislari raqamli marketingni mijozlarga yangi yondashuv va an'anaviy marketing bilan taqqoslaganda, o'zini tutishning yangi usullarini talab qiladigan mutlaqo yangi harakat deb bilishadi.                                                     Raqamli marketingni tushunish Raqamli marketing mijozlar bazasining ma'lum bir segmentiga yo'naltirilgan va interaktivdir. Raqamli marketing o'sib bormoqda va qidiruv natijalari reklamalari, elektron pochta reklamalari va reklama qilingan tvitlarni o'z ichiga oladi - marketingni mijozlarning fikr-mulohazalari yoki kompaniya va mijoz o'rtasidagi o'zaro aloqani o'z ichiga oladigan har qanday narsa.

Internet-marketing raqamli marketingdan farq qiladi. Internet marketing - bu faqat Internetda reklama qilinadigan reklama, ammo raqamli marketing mobil qurilmalar, metro platformasi, video o'yinlar yoki smartfonlar ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Kalitlarni qabul qilish

Raqamli marketing - bu Internetdan iste'molchilarga erishish uchun foydalanish.

Raqamli marketing bu keng sohadir, jumladan elektron pochta, tarkibiy marketing, qidiruv platformalari, ijtimoiy media va boshqalar orqali mijozlarni jalb qilish.

Shu jumladan raqamli marketingni ham bir nechta tarmoqlari bo’lib bu jarayonlar orqali korxona rivojanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Veb-sayt marketing:

Veb-sayt barcha raqamli marketing faoliyatining markazidir. Yolg'iz, bu juda kuchli kanal, ammo u turli xil onlayn marketing kampaniyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vositadir. Veb-sayt aniq va esda qolarli tarzda brend, mahsulot va xizmatni namoyish qilishi kerak. U tezkor, mobil va do'stona bo'lishi kerak. Kontent marketing Kontent marketingining maqsadi tarkibdan foydalanish orqali potentsial mijozlarga erishishdir. Tarkib odatda veb-saytida e'lon qilinadi va keyin ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta marketingi, SEO yoki hatto PPC kampaniyalari orqali reklama qilinadi. Kontentni marketing vositalariga bloglar, elektron kitoblar, onlayn kurslar, infografika, podkastlar va vebinar kiradi.

Ijtimoiy media marketing Ijtimoiy media marketing kampaniyasining asosiy maqsadi brendlarni xabardor qilish va ijtimoiy ishonchni yaratishdir. Ijtimoiy media marketingini chuqurroq o'rganar ekansiz, siz undan to'g'ridan-to'g'ri savdo kanali sifatida foydalanishingiz mumkin.                                                                Video Marketing YouTube ikkinchi eng mashhur qidiruv tizimiga aylandi va ko'p foydalanuvchilar sotib olish, biron bir narsani o'rganish, sharhni o'qish yoki dam olish uchun qaror qabul qilishdan oldin YouTube-ga murojaat qilishmoqda. Bir necha video marketing platformalari mavjud, ular orasida Facebook Videos, Instagram yoki hatto TikTok video marketing kampaniyasini o'tkazish uchun foydalanish mumkin. Videolarni SEO, tarkibiy marketing va ijtimoiy media marketing kampaniyalari bilan birlashtirish orqali kompaniyalar video orqali eng katta muvaffaqiyatni topadilar.                                                                          Hamkorlik marketing  Affiliate marketing marketingning eng qadimgi shakllaridan biri bo'lib, Internet ushbu eski kutish holatiga yangi hayot olib keldi. Affillangan marketing bilan, ta'sirchanlar boshqa odamlarning mahsulotlarini reklama qilishadi va har safar savdo yoki qo'rg'oshin kiritilganda komissiya olishadi. Amazon kabi ko'plab taniqli kompaniyalarning sheriklik dasturlari bor, ular o'z mahsulotlarini sotadigan veb-saytlarga oyiga millionlab dollar to'laydilar.                                          SMS Xabarlar Kompaniyalar va notijorat tashkilotlar, shuningdek, SMS yoki matnli xabarlardan o'zlarining so'nggi aktsiyalari to'g'risida ma'lumot olish yoki xohlagan mijozlarga imkoniyatlar berish uchun foydalanadilar. Shuningdek, nomzodlik uchun siyosiy partiyalar o'zlarining platformalari to'g'risida ijobiy ma'lumotni tarqatish uchun SMS-xabar kampaniyalaridan foydalanadilar. Texnologiyalar rivojlanib borgan sari, ko'p matnli "berish" kampaniyalari ham mijozlarga to'g'ridan-to'g'ri to'lash yoki oddiy matnli xabar orqali berish imkoniyatini beradi.                                                                                                

Elektron pochta marketing Elektron pochta marketingi hanuzgacha raqamli marketingning eng samarali kanallaridan biri hisoblanadi. Ko'p odamlar elektron pochta marketingini spam-xabarlar bilan chalkashtirib yuborishadi, ammo bu elektron pochta marketingining asosiy maqsadi emas. Elektron pochta marketingi sizning potentsial mijozlaringiz yoki brendingizga qiziqqan odamlar bilan bog'lanish uchun vositadir. Ko'pgina raqamli sotuvchilar o'zlarining elektron pochta ro'yxatlariga olib keladigan qo'shimcha raqamli marketing kanallaridan foydalanadilar va keyin elektron pochta marketingi orqali ular xaridorlarni aylantirish uchun mijozlarni jalb qilish hunarlarini yaratadilar.                            Klik uchun to'lanadigan (PPC) reklama PPC reklamasi sotuvchilarga pulli reklama orqali bir qator raqamli platformalarda Internet foydalanuvchilari bilan bog'lanish imkoniyatini beradi. Do'konlar Google, Bing, LinkedIn, Twitter, Pinterest yoki Facebook-da PPC kampaniyalarini o'rnatishi va o'z mahsulotlarini yoki xizmatlariga tegishli so'zlarni izlayotgan odamlarga o'z e'lonlarlarini namoyish qilishi mumkin. PPC kampaniyalari foydalanuvchilarni demografik xususiyatlariga (masalan, yoshi va jinsiga) qarab segmentlashtirishi yoki hatto ularning shaxsiy manfaatlariga yoki joylashuviga qarab yo'naltirishi mumkin. Eng mashhur PPC platformalari bu Google Ads va Facebook Ads.

 

 

 

 

 

 

 

   

 

 


Скачано с www.znanio.ru

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

MUND A RIJA K I RISH

MUND A RIJA K I RISH

Kirish Kurs i s hin i n g dol z ar b ligi

Kirish Kurs i s hin i n g dol z ar b ligi

Ishlab c hi qa r i s h v a b o s h q a r u v shunday tashkil qil i nishi k…

Ishlab c hi qa r i s h v a b o s h q a r u v shunday tashkil qil i nishi k…

Kurs is h i ning o b 'e k ti s i f a t ida “PUMA” kompaniyasi t a nl a n gan

Kurs is h i ning o b 'e k ti s i f a t ida “PUMA” kompaniyasi t a nl a n gan

I BOB. KORXONANI BREND ORQALI

I BOB. KORXONANI BREND ORQALI

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar

Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi

Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat

Korxonalarda kuchli brend yaratish bilan bogliq bolgan xarajatlar

Korxonalarda kuchli brend yaratish bilan bogliq bolgan xarajatlar

Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 1

Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 1

O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga tеng: ; bu yerda:

O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga tеng: ; bu yerda:

Masalan: Apple kompaniyasining brendini qiymati

Masalan: Apple kompaniyasining brendini qiymati

Veb-sayt barcha raqamli marketing faoliyatining markazidir

Veb-sayt barcha raqamli marketing faoliyatining markazidir

Internet ushbu eski kutish holatiga yangi hayot olib keldi

Internet ushbu eski kutish holatiga yangi hayot olib keldi

Klik uchun to'lanadigan (PPC) reklama

Klik uchun to'lanadigan (PPC) reklama
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
22.05.2022