Zarafshon shahar8-umumiy o’rta ta’lim maktabijismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Tursunova Sayyora Komolovnaning8 «V»-sinfida “Kurash texnika va taktikasi. Yumshoq yiqilishlar. Turish, siljish holatlar“ mavzusidagi dars ishlanmasi
Sana: 09.02.2015 yil
Mavzu:
Kurash texnika va taktikasi.
Yumshoq yiqilishlar.
Turish, siljish holatlar.
Nazariy: Kurashning kelib
chiqish tarixi.
1.Maqsad va vazifalar:
2.O’quv jarayonining
5. Kelgusi rejalar (tahlil o’zgarishlar):
O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining
tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o’zgartirishlar kiritadi
va rejalashtiradi.
3.O’quv jarayoning amalga oshirish
texnologiyasi:
4.Kutiladigan natijalar:
Tashkiliy qism
O'quvchilarni saflantirish
Navbatchi axborotini eshitish.
Salomlashish .
Saf mashqlarini bajartirish.
Turgan joyda o`nga, chapga, orqaga burilishlarni bajartirish.
Tanani qizdiruvchi mashqlar bajartirish.
O'quvchilarni 3 guruhga saflantirib U.R.M. bajartirish .
Asosiy qism
.
Kurash — sport turi sifatida o'rnatilgan qoidalar asosida ikki raqib orasida o'tkaziladigan yakkakurashdir. Kurash tarixiga turli mamlakat polvonlarining kuchi, chaqqonligi va botirligini ifoda etuvchi ko'pdan ko'p afsonalar hamda san'at, adabiyot asarlari bag'ishlangan. Kurash barcha xalq yoshlarini ismoniy chiniqtirishning zo'r vositasi bo'lib kelgan. Tabiiylik, qulaylik, his-hayajonlilik hamda yuqori sog'lomlashtiruvchi ahamiyati — bular sport kurashining afzalliklaridir. Kuchini sinab ko'rish hamda o'zining tap tortmasligi, chaqqonligi, mohirligi va qo'rqmasligini ko'rsatish istagi — bu yosh yigitlarning tabiiy intilishidir.
Polvonlarning zamonaviy bellashuvi oldida alohida talablar mavjud. Kurashish san'ati vaziyatni samarali nazorat qilish va uni o'z foydasiga hal qilishdan iborat. Bunga polvon yakkakurashlarda raqibi harakatlaridagi noaniqliklardan foydalanishga harakat qila- di, chalg'ituvchi harakatlar bilan uni yanglishtirib, murakkab kombinatsiyalarni amalga oshirib, raqibining rejalarini oldindan bilib olishga intiladi. Bunday sharoitlarda ziyraklik, o'ylab ish qilish, kuzatuvchanlik, hushyorlik, tezda to'g'ri qarorlar qabul qilish, raqib ustunligini iloji boricha kamaytirish, bellashuvning borishini o'z foydasiga hal qila bilish, u yoki bu vaziyatda raqibi o'zini qanday tutishini oldindan ko'ra bilish, usullar qo'llash yordamida uning kuragini yerga tekkizish kabi xislatlar kurashchiga tegishlidir.
Bellashuvda vaqtning ko'p qismi o'z raqibini qulay ushlab olish vaziyatini kutishga, uni amalga oshirish maqsadida biror yo'sinda harakat qilishga, raqibni ushlab qolish va siqishga va uning harakatchanligini chegaralashga sarflanadi. Shunga muvofiq bellashuv maromi o'zgartiriladi, hujumlar qilinadi, muvozanatdan chiqariladi va hokazo. Bularning hammasi vaqtning qat'iy chegaralanganligi, raqibning kuchli qarshiligi va qattiq olishuv vaziyatida bo'lib o'tadi.
.
„Dzyudo" yaponcha so'z bo'lib, „Yumshoq yo'l" degan ma'noni anglatadi. Bu sport turiga Kontonon maktabi murabbiysi Dzigaro Kano 1882-yili asos soldi. U jiu—jitsu usulini takomillashtirdi. U kurashning bu usulining inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan tomonlarini olib, sof jismoniy tarbiya sifatida shakllantirdi.
Dzyudo—bu kurashning bir turi bo'lib, unda hamla qilish bilan birga og'ritish va bo'g'ish usullariga ruxsat berilgan. Kalta kamzul (kimono) va shim kiygan sportchilar oyoqyalang bo'lib, maxsus tatami (gilam ma'nosida) ustida kurashadilar. Tik turib kurashgan vaqtda oyoq- dan chalib, irg'itish usullaridan foydalanib, ku- rashchilar birini-biri tatami ustiga irg'itishga inti- ladilar. Yotib kurashishda ushlab olish va ag'darish usullarini qo'llab, raqibini yelkasi bilan tatamiga 30 soniya davomida bosib turish yoki faqat og'ritish va bo'g'ib olish bilan raqibga yengilganini tan olishga majbur qilinadi.
O'zbekistonga dzyudo 1972-yildan kirib kela boshladi. 1973-yilda dzyudo federatsiyasi tuzildi.
Dzyudo bo'yicha musobaqalar erkaklar va ayollar o'rtasida muntazam ravishda o'tkazib turiladi.
Mustaqillik sharofati bilan o'zbekistonlik sportchilar yirik musobaqalarda, turnirlarda qatnasha boshladilar va qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar.
Yaponiyaning Osaka shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamizning olti nafar vakili — Kamol Murodov, Armen Bogdosarov, Abdulla Tangriyev, Andrey Shturbabin, Man- sur Jumayev, Alisher Muxtorovlar faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
Amerika, Yaponiya dzyudosi o'z maktabiga ega. Biri ikkinchisidan farq qiladi. O'zbekiston dzyudosi ham ushbu davlatlarnikidan o'ziga xos tarzda ajralib turadi. O'zbek dzyudosi kurashning eng yaxshi usullarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, bu uning boshqalar o'rga- nishiga arzigulik tomoni bo'lib hisoblanadi.
Asosiy qism
Asosiy qism
.
KURASHCHINING TURISH HOLATLARl
Yakuniy qism
O’quvchilarni saflantirish.Yangi mavzu yuzasidan qisqa savol-javob daqiqasini o’tkazish. Ohista va yengil mashqlar bajartirish. O’quvchilar yurak urish tezligini nazorat qilish. Faol ishtirok etgan va g’olib bo’lgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
O’quvchilarning bilimini ballash. O’quvchilarni rag’batlantirish va ballash.
Uyga vazifa: Kurash texnika va taktikasi.
Yumshoq yiqilishlar.Turish, siljish holatlar. Kurashning kelib chiqish tarixi.
Darsni yakunlash.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.