MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INTEGRALASHTIRILGAN MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida integrallashtirilgan mashg‘ulotlarnitashkil etish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim,integrallashtirilgan mashg‘ulot,ertak ijodkorlik, ko‘nikma.
Аннотатсия. В статье показаны методы организatsiи комплексных занятий в дошкольном образовании.
Ключевые слова: дошкольное образование, комплексное обучение, сказочное творчество, умение.
Annotation. The article shows the methods of organizing integrated lessons in preschool education.
Keywords: preschool education, integrated learning, fairy tale creativity, skill.
Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalari- ning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga еtishlarini ta’minlashdek, ezgu maqsad mujassamligi, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan dastur”da keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim-tizimida qayta ishlangan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”2, “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturining e’lon qilinishi, “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya” qonuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi yangilanishi fikrimiz dalilidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan, jismonan sog‘lom, aqlan еtuk va ma’naviy jihatdan shakllangan etib voyaga еtkazish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Shu maqsadda, ertaklar orqali bolalar nutqini o‘stirish va ularning ma’naviy kamolotini shakllantirish uchun MTT tarbiyachilari quyidagi kabi integrallashtirilgan mashg‘ulotlarni olib borishlari mumkin. Tayyorlov guruhida «Ertaklar yaxshilikka еtaklar» mavzusida integrallashtirilgan mashg‘ulot Maqsad: ertak mazmuni asosida bolalarda ezgu hislatlarni tarbiyalash hamda insoniy fazilatlarni targ‘ib etish bilan ularning axloqiy sifatlariga ijobiy ta’sir etish, bolalar o‘rtasida o‘zaro do‘stona
munosabatni shakllantirish va mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan interfaol usullar: - muammoli vaziyat, tushuntirish, aqliy hujum metodi, enerjayzer, «Bog‘dagi gullar» amaliy ish, so‘z o‘yini, M. Montessori metodi.
Jihozlar: ertak qahramonlarining portreti, bog‘dagi gullar surati, ayiqcha, sanoq cho‘plar, sandiqcha, disk, plastilin, rangli iplar.
Tarbiyachi: Bolajonlar! Men bugun sizga juda qiziqarli ertak aytib bermoqchiman. Ertak «Yulduz bola» deb nomlanadi. Eshitishni xohlaysizmi?
Tarbiyachi: Bir kuni qish sovug‘ida ikki nafar daraxt kesuvchi osmondan еrga yorqin yulduz qulab tushganini ko‘rib qoldilar. Chakmon qatida ular yulduzni emas, kichkina go‘dakni ko‘rdilar. Daraxt kesuvchilardan biri kambag‘alligi va ochligiga qaramay bolani oldi va uyiga olib ketdi. Bola chiroyli, ammo zolim va beshafqat bo‘lib o‘sdi. Bir kuni ularning qishlog‘iga bir ayol keldi, bola unga tosh ota boshladi va shu bechora ayol o‘zining onasi ekanligiga ishongisi kelmadi.
Tarbiyachi shu joyda ertakni to‘xtatib bolalarga «Zolim bola», «Bechora ayol» portretini ko‘rsatadi va bolalarga o‘z stollaridagi konvert ichidagi qulupnaychalarni olib, shu ertak qahramonlariga sovg‘a qilishni so‘raydi.
Tarbiyachi: Bolalar!Siz o‘z qulupnaylaringizni bechora ayolga yoki zolim bolaga sovg‘a qilishingiz kerak. Har biringiz qaysi qahramonga sovg‘a qilishni xohlasangiz, marhamat, ularni portretdagi maxsus cho‘ntakchalarga solishingiz mumkin (shunda barcha bolalar o‘z sovg‘alarini bechora ayolga berishadi).
Tarbiyachi: Bolalar! Qarang portretlar tagida likopchalarda ertak qahramonlarining sizlarga atalgan sovg‘alari bor. Bechora ayolning likopchasida geometrik shakllar, zolim bolaning likopchasida esa konfetlar bor. Qani, kim? zolim boladan yoki bechora ayoldan sovg‘a olishni xohlaydi. Bolalar asosan bechora ayolning sovg‘asini qabul qiladilar. Shunda tarbiyachi kim kimdan sovg‘a olganligi va nima uchun olganligi haqida bolalarning munosabatlarini aniqlaydi.
Tarbiyachi:bolalar ertakning davomini eshiting. Birdan bechora ayol qishloqdan ketishi bilan Yulduz bola maxluqqa aylanib qoldi. Shunda u noto‘g‘ri ish qilganligini tushundi va uch yil mobaynida o‘z onasini qidirdi. U ayolni uchratdi va kechirim so‘radi. Shunda bechora ayol qirolichaga aylandi. Yulduz bola esa tezda shahar xukmdori bo‘ldi. Shunda u adolat bilan ish yuritdi. Yetimlarga, kambag‘allarga, kasallarga mehribonlik ko‘rsatdi. Mana bolajonlar, ertak sizlarga yoqdimi?
a. Yulduz bola nima uchun maxluqqa aylanib qoldi?
b. Bechora ayol nima uchun qirolichaga aylandi?
So‘ngra eshik taqqillab, xonaga «Zumrad va Qimmat» ertagidagi Zumradoy kirib keladi va bolalar bilan salomlashadi.
Tarbiyachi: Xush kelibsan! Zumradoy.
Zumrad: Aziz bolajonlar! Men sizlar bilan uchrashish uchun bog‘lardan,
tog‘lardan, cho‘llardan o‘tib kelayapman va sovg‘alar olib kelayapman.
Mana bu gullar lola, boychechak, chinnigul, chuchmoma sizlarga!
Tarbiyachi: Zumradoy, bo‘lmasa sen ham bizning yonimizga kelib qo‘shil, hozir qiziqarli o‘yin o‘ynaymiz.
Enerjayzer «Bog‘dagi gullar» o‘yini o‘ynaladi.
Zumrad: Menga o‘yinlaringiz juda yoqdi. Rahmat sizlarga. Bilasizmi? Mening sizlargayana bir ajoyib sovg‘am bor. Bu o‘rmondagi sehrli kampir bergan sehrli sandiqcha. Mana sandiq lekin, sandiqni ocholmayapman.
Tarbiyachi: Qani men bir ko‘raychi? Zumradoy sandiqchaning tirqishida bir narsa bor. Qani ko‘raylikchi nima ekan, ha xat bor ekan. Xatda shartlar bo‘lib, shu shartlar bajarilgandan so‘ng, sandiqcha o‘z-o‘zidan ochilib ketar ekan. Shartlarni bajaramiz-mi bolalar.
Bolalarning javobi: bolalar keling sanama aytish orqali 2 guruhga bo‘linamiz.
1 – shart 5 ta sanoq cho‘pdan 2 ta teng uchburchak yasang va unga ikkita quyonchani joylashtiring. Ikkala guruh a’zolari ham topshiriqni to‘g‘ri va aniq bajardilar barakalla.
2 – shart 1 – guruh a’zolariga: «Avval nima bo‘lgan edi». So‘z o‘yini. Tarbiyachi: Ot deganda bolalar toychoq deyishlari kerak.
Sigir (buzoq), Non (un), Velosiped (temir), ko‘ylak (mato), uy (g‘isht) va hakozo. 2- guruh a’zolariga: «Bo‘lishi mumkin va mumkin emas». So‘z o‘yini. Bo‘ri daraxtda o‘tiribdi (Mumkin emas).Idishda piyola pishayapti (Mumkin emas).Mushuk tomdayuribdi (Mumkin). Baliq osmonda uchib yuribdi (Mumkin emas).Qizcha rasm chizayapti (Mumkin).
Ikkinchi shartda ikkala guruh ham faol qatnashdilar.3– shart 1 – guruh lola tasvirini, 2 – guruh boychechak tasvirini ipda tasvirlaydi.
Tarbiyachi: Barakalla bolalar! Ikkala guruh ham plastilin yopishtirilgan disklarga ip bilan lola va boychechak tasvirini mahorat bilan tasvirladilar.
Zumradoy: Bolalar qaranglar sandiqcha sehrdan xolos bo‘lib ochildi. Mana bu sovg‘alar sizlarga deb sandiq ichidagi yaltiroq yulduzchalarni bolalarga sovg‘a qiladi va ular bilan hayrlashadi.
Tarbiyachi: Bolalar bugungi mashg‘ulotimizni yakunlaymiz sizlarni sayrga taklif etaman.
Xulosa,bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan, jismonan sog‘lom, aqlan, еtuk va ma’naviy jihatdan shakllangan qilib voyaga еtkazish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Muxtasar aytganda, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va еtuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
1.2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29- dekabr. PQ-2707-sonli Qarori.
2.“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qarori. 2017-yil 21-noyabr. 929-son qarori. Ilk qadam. – Toshkent, 2018.
3.“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”g iO‘zbekiston Respublikasi qonuni. 2019-yil. 16-dekabr. O‘RQ-595-son
4.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.