MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.
Оценка 4.7

MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.

Оценка 4.7
docx
18.09.2022
MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.
1.docx

 

MAVZU. MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING

PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.

 

Darsning o’quv masqadi:  Talabalarga maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti va asosiy tushunchalari haqidagi tushunchalarni hosil qilish.

            Tayanch soz va iboralar: Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayorgarlik, jismoniy kamolat,  jismoniy tarbiya,  jismoniy ta'lim,   jismoniy tayorgarlik,  j ismoniy mashqlar, jismoniy madaniyat, harakat faoliyati, fizkutura harakati , sport.

              Reja.

     1. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti  .

     2. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari.

    3. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari

        

        Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu — bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan ta’lim beruvchi fandir.

        Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash naza­riyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o'rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo'lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi rivojlantirishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o'rganadi.

        Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi liar bir yosh bosqi-chini o'rganib, ilmiy ma'lumotlar va amaliy tajribani umum-lashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.

        Sog'lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o'z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jis­moniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o'qishga hamda  kelgusidagi  faol   ijodiy   faoliyatga   nisbatan   qobiliyatli   bola   shaxsini

shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni bar tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatinibelgilab beruv­chi muhim vazifasi hisoblanadi.

 

 

          Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o'z icliiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga kcluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko'rgazmali harakat, ko'rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o'ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog'liq ravishda bola psixikasida muhim o'zgarishlar kechadi va "Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o'tishi"ga tayyorlanadi. Shunga mu­vofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.

             Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bola­ning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o'rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta'lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko'nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba'zi elementar bilimlarni) ko'zda tutadi.

         Ularni o'zlashtirish bolalarni maktabda o'qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta'minlash imkonini beradi.

Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg'ulotlar, harakatli o'yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e'tibori fikrlaydigan, o'z yosh imkoniyat-lariga ko'ra ongli harakat qiladigan, harakat ko'nikmalarini mu-vaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo'ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.

Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to'xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bor-moqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o'tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o'quv qo'llanmalari, dars-liklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta'lim-tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi.

 

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jis­moniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi

Jismoniy tarbiya nazariyasi insonning jismoniy holatining boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi quyidagi asosiy tushunchalar mavjud.

1.  Jismoniy rivojlanish.

2.            Jismoniy tayorgarlik

3.             Jismoniy kamolat

4.            Jismoniy tarbiya

5.  Jismoniy ta'lim

6.              Jismoniy tayorgarlik

7.              Jismoniy mashqlar

8.              Jismoniy madaniyat

9.              Harakat faoliyati

          10.Fizkutura harakati

           11.Sport

1. Jismoniy rivojlanish - Organizm va funksiyalarning o'zgarish jarayonidir. Bunda antropolitik va biolitrik ko'rsatkichlarni anglatadi. Во'у gavda og'rligi ko'krak qafasi aylanasi, o'pkalarning tiriklik sig'imi umurtqa pog'onasi, qaddi qomati turgan holati, ularning orasida masifa, tovon gumbozi, o'lchovining ko'rsatkichi chap va o'ng muskullari kuchi tik tura olishi va hakozalar kiradi. Jismoniy rivojlanishning termini tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko'z bilan chamalash, kuch chidamliligi.

2.Jismoniy tayorgarlik-profisional yo'nalishdir. U konkret kasb hususiyatiga ko'ra o'tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari vositalari o'tkazish metodikasining spesifikasi bilan harakterlanadi.

       3. Jismoniy kamolat- sog'liqning hayotga mehnatga, Vatan himiyasiga har tomonlama jismoniy tayorgarlikning eng yuqori bosqichidir. Jismoniy kamolat tushunchasi о'sib  boradigan  ijtimoiy  ehtiyojlar  ishlab  chiqarish

 

 

shuningdek o'zgarib turadi. Har bir tarihiy o'zining Jismoniy kamolat darajasi bilan harakterlanadi. Jamiyat barcha a'zolari Jismoniy kamolatning eng yuqori darajasiga qullikva ekspluatasiyadan ozod qilingan mashg'ulotdagina erishish mumkin.

         4. Jismoniy tarbiya-tarkibiy qismi jismoniy kamolatga erishishda yo'nal-tirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy ,ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amakga oshiriladi.

5.Jismoniy ta'lim- Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar harakat ko'nikma va malakalarini egallashdan iborat.

6. Jismoniy   tayorgarlik- harakat   ko'nikmalari malakalari jismoniy sifat-larning mehnatga va uning mudofasiga tayor sport klassifika-siyasi talablari va normalari bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.

7. Jismoniy    mashqlar- harakat     faoliyatlari shuningdek   ularning   turlari   bo'lib,   ular  jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish sifatida tanlab olingan.
Mashq harakat faoliyatini bir nicha bor takrorlash jarayonini ifodalash uchun ham qo'llaniladi.

8. Jismoniy    madaniyat-jamiyatning    ijtimoiy tarixiy amaliy jarayonida   to'plangan inson jismoniy kamoloti  sohasida moddiy  va ma'naviy  boyliklari majmuasidir.

Moddiy boyliklarga: sport inshoatlari, fiz'kultura jihozlari inventar' maxsus kiyimlari jismoniy kamolat darajasi kabilar kiradi

         Ma'naviy boyliklarga: Jismoniy tarbiya haqidagi fan va san'at asarlari (adabiyot,haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika kabilar kiradi.

              9.  Harakat faoliyati-harakterli kamponent va kishi  harakat apparatining aktivligi hisoblanadigan barcha  faoliyatga aytiladi.

         10. Fizkul'tura harakati-ijtimoiy harakatning o'z oldiga aholi jismoniy tarbiya rejasi oshirish va sport rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo'ygan. Maxsus tun davlat jamoat tashkilotlari, xalq  ommasining fizkul'tura va sportni rivojlantirish  sohasidagi yo'naltirilgan faoliyatni ko'zda tutadi.

 

 

11.Sport- bu musobaqa jarayonida namoyon bo'ladigan u yoki bu jismoniy mashq turiga eng yuqori natijaga erishishga yo'naltirilgan maxsus faoliyatdir. Jismoniy nazariyasining hususiyatlari: g'oyaviylash, halqchiligi, ilmiyligi. G'oyaviyligi- Jismoniy tarbiya nazariyasining tarixini o'rganish shart. Prezidentimizning asosiy ko'zda titgan g'oyalari sog'lom etuk , barkamol, ishbilarmon mutaxasis, kadrlarni

tayorlab, mustaqil O'zbekistonimizni rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko'tarishga hizmat qilishdan iborat.

         Xalqchiligi-prezidentlmiz yosh avljdni sog'ligi salomatligi haqida qayg'uradi. Ularni jismoniy rivojlanishi, jismoniy kamolati yo'lida barcha shart-sharoitlarini yaxshilab, stadionlar, basseynlar, tennis maydonchalari, gimnastika zallari qurilishiga kerak bo'lganlarni aytib kiyim-kechak, zamon talablari asosida ta'minlash. Хalq manfaati, halq farovonligini yaxshilash, mexnat unumdorligini oshirish to'g'risida juda ko'p ishlarni ya'ni tadbirlarni ishga solmoqdalar.  Ilmiyligi - Jismoniy tarbiya nazariyasining juda ko'p ilmiy asarlar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar .

              Nazorat uchun savollar

1.O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixi haqida

   gapirib bering.

2. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti nimani

    o’rgatadi?

3.Jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlari haqida gapirib bering.

4.Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalarini ochib bering.

5.Jismoniy tarbiyaning asosiy tushunchalarini izohlang.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Mahkamjonov. M. K. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. 

   Ma’ruza matni. Qo’llanma. – Toshkent.: 2002.

2.M.M.Nuriddinova ”Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi ( o’quv

   metodik majmua)  MTMPMQTMOU. T:. 2018 yil

3.A.K.Atoyev “Farzandingiz barkamol bolsa”. Qo’llanma.-Toshkent,: 1990.

  4.A.N.Normurodov. “Jismoniy tarbiya”. Qo’llanma. - O’zbekiston, 1998


 


 

MAVZU. MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY

MAVZU. MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o'z icliiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga kcluvchi qiziqish va ehtiyojlar,…

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o'z icliiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga kcluvchi qiziqish va ehtiyojlar,…

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jis­moniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jis­moniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi

Har bir tarihiy o'zining Jismoniy kamolat darajasi bilan harakterlanadi

Har bir tarihiy o'zining Jismoniy kamolat darajasi bilan harakterlanadi

Sport - bu musobaqa jarayonida namoyon bo'ladigan u yoki bu jismoniy mashq turiga eng yuqori natijaga erishishga yo'naltirilgan maxsus faoliyatdir

Sport - bu musobaqa jarayonida namoyon bo'ladigan u yoki bu jismoniy mashq turiga eng yuqori natijaga erishishga yo'naltirilgan maxsus faoliyatdir

MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.

MAKTABGACHA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA METODIKASINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022