Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kitobxonlikning ahamiyati.
Kamalova Nilufar Ilxomovna - Buxoro VXTXQTUMOHM o’qituvchi
Kimki ko'p o'qisa va ko'p yursa, u ko'p narsani ko'radi va ko'p narsani biladi.
Migel de Servants Saovenova
Axborot oqimi tobora ko’payib kelayotgan bugungi kunda, insonlar 1 yilda qabul qiladigan ma’lumotni, o’tmishda ota-bobolarimiz butun umrlari davomida qabul qilmaganlar. Shiddatli axborot oqimida ma’lumotni miyada tez qayta ishlab, to’g’ri qaror qabul qiladigan, mantiqiy fikrlash qobiliyati yuqori insonlar, martabaga ega bo’lib, yaxshi hayot kechirishmoqda. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun esa, albatta ko’p kitob o’qish va mutolaa qilish talab qilinadi.
Kitoblar bizning hayotimizda juda muhim rol o'ynaydi. Uyida hech bo'lmasa bitta kitob bo'lmagan oila yo'q. Insonlarning kitobga mehr qo'yishining yagona sababi - kitoblar dunyosi mo''jizalarga boyligidir.
Biz kitoblardan juda ko'p qiziqarli va foydali ma’lumotlarni bilib olamiz. Ular bizga o'z o'zimizni rivojlantirishga yordam berishadi va hayot muammolarini qanday hal qilish bo'yicha eng yaxshi maslahatni berishadi. Kitoblarning sehrli olamiga tashrif buyurish juda maroqli!
Kitoblar Bizni mehribon va aqlli, jasur va halol bo'lishimizni o'rgatadi. Menimcha, hech bir kompyuter kitob o'rnini bosa olmaydi.
Iqtidorli rus yozuvchisi Maksim Gorkiy, "Kitob men uchun dunyoni kengaytirdi ... Kitoblar meni baxtliroq va boyroq qildi... kitoblar bizga bilim beradi, bilim esa bizni yaxshiroq qiladi "deb kitobga ta'rif bergan. Bu so'zlar bizning hayotimizdagi kitoblarning rolining eng yaxshi tavsifidir.
Jiddiy kitoblarni o’qish, bizni muallif fikrini ilg’ashga undaydi. Bu esa, bizni chuqurroq fikrlash, mushohada qilishga undaydi. Detektiv kitoblarni o’qish esa, mantiqiy fikrlashimizni yaxshilanishiga olib keladi.
Qadimda kitoblar avaylab asralgan, nihoyatda qadrlangan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbaalar bizgacha yetib kelgan. Ilmli kishilar kitobni barcha boyliklardan yuqori ko‘rganlar, ularni qadrlaganlar.
Bugungi kunda kitoblarni nafaqat kitob do’konlaridan va kutubxonalardan, balki maxsus saytlardan ham yuklab olish mumkin. Ushbu saytlar kerakli kitobni tez topib olishga yordam beradi. Bunday saytlarga Respublika bolalar kutubxonasining kitob.uz saytini misol keltirishimiz mumkin. Unda O’zbek va jahon adabiyoti namunalari, tarix, psixologiya, madaniyat va san’atga oid ko’plab kitoblar joylashtirilgan. Jurnallar va ensiklopediyalarning elektron variantlari ham joylashtirib boriladi. Purma’no hikoya va qissalar o’quvchilarni befarq qoldirmaydi. Ushbu saytda foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida audio kitoblar ham joylashtirilgan. Elektron kutubxonadan foydalanish mutlaqo bepul bo’lib, undagi kitoblarni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’tish talab qilinmaydi.
Ilmiy adabiyotlar va nashrlarni ziyonet.uz – ta’lim portalidan yuklab olish mumkin. Ta’lim portalida 116000 dan ortiq ilmiy asarlar kiritilgan bo’lib, ular Tabiiy-ilmiy, gumanitar ta’lim, texnika va texnologiya, iqtisod va boshqaruv, madaniyat va san’at, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot va farmaseftika…. Kabi bo’limlarga bo’lingan. Ushbu portalda ham audio kitoblar o’rin olgan bo’lib, ulkarni oson yuklab olib, foydalanish mumkin.
Elektron kutubxonalardan yana biri txt.uz sahifasidir. Bu kutubxonada asosan rus tilidagi adabiyotlar joylashtirilgan bo’lib, ularni yuklab olish mutlaqo bepul. Ushbu elektron kutubxonada mantiqiy fikrlashni rivojklantirishga qaratilgan ko’plab qo’llanmalar mavjud. Jumladan “Распечатай, вырежь, склей” ruknida joylashgan qog’oz modellar orqali turli shaharlarni yasash, murakkab qurilmalarni yig’ishni o’rganish mumkin.
Kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida turli-tuman moddiy, madaniy va an'anaviy yodgorliklar ko‘plab yaratilgan. Ana shunday yodgorliklardan biri kitobdir. Kitob qog’oz yoki elektron ko’rinishida bo’lishidan qat’iy nazar kishi kamolotiga ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Yaratilgan shuncha qulayliklardan oqilona foydalanib, bo’sh vaqtni mutolaa bilan o’tkazsak, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.