Matritsa printer asosiy qoidalari
Оценка 4.9

Matritsa printer asosiy qoidalari

Оценка 4.9
docx
16.12.2021
Matritsa printer asosiy qoidalari
Matritsa printer asosiy qoidalari.docx

1.2. Matritsa printer asosiy qoidalari

Printerlar grafik va raqam-alfavit axborotlarni qog‘ozga chaqarish uchun yaratilgan.  Printerlarning       bir necha ming modellari mavjud, ba’zi joylarda matritsali printerlar ishlatiladi.

Matritsali printerlar-bir muncha keng tarqalgan printer tipidir. Bu tipdagi printerlar pechat uchun pechatlovki kallak (PK)ni qo‘llaydi. Unda bir yoki ikki qator nozik ninalar mavjud. Kallak raketkaga o‘rnatiladi va pechatlanuvchi satr qismida xarakatlanadi. Bunda ninalar kerakli vaqtda bo‘yalgan lenta orqali qag‘ozga uriladi. Bu esa qag‘ozda belgi va rasmni shakllantiradi. Arzon printer modellarda PK 9 ta ninali bilan ishlatiladi. Bu printerlarda pechatlanayotgan axborot qatorida PK bir necha marta borib keladi. Sifatli va tezkor printerlard 24 ta ninali PK bilan ta’minlanadi. Biroq bu printerlar 9 tali ninali printerlarga nisbatan arzonroq hisoblanadi. 24 ta ninali printerlar ishonchlik darajasi past bo‘lib, ularda  buzilgan PK almashtirish bir muncha qiyinchilik tug‘diradi.

Bo‘yalgan lenta joylashuvi uchun aniq mexanizm ishlatiladi, ya’ni xarakatlanuvchi raketka qo‘llaniladi. Raketka ko‘chishiga qadamli dvigatel javob beradi. YAna bir qadamli dvigatel qag‘oz tayanchli valik joylashuviga javob beradi. Matritsali printerlar tezligi yuqori emas. Tanlangan pechat sifatiga bog‘liq ravishda printer tezligi sahifasiga 60 sekundgacha borishi mumkin.

Matritsali printerlar ishlash qoidasi

Kompyuterga ulangan, tarixda birinchi pechatlovchi qurilmalardan biri aynan matritsali printerlardir (1-rasm).

Матричный принтер

1-rasm. Epson LX-300 matritsa printer

Nima uchun matritsali deb nomlandi?

Mexanik yozuv mashinalari va birinchi pechat qurilmalari  bo‘yalgan lenta orqali pechatlanuvchi belgi ko‘zguli tasvir bilan richag zarbi vositasida amalga oshirilgan. Biroq bunday  konstruksiya juda murakkab, yoxud kerakli talab qilingan tezlikda ishlamaydi. Keyinroq esa shrift tasvirini elementlardan tashkil topgan bo‘laklarga – nuqtalarga ajratish o‘ylab topildi. Elementlar qancha ko‘p bo‘lsa shrift tasviri shunchalik sifatli bo‘lishiga erishildi, biroq bu pechatlashni qiyinlashtiradi. Oxir oqibat 7x9 va 9x12 matritsali o‘lchamda to‘xtaldi. Har bir nuqta ninalar zarbi bilan bo‘yalgan sintetik volokonli lenta orqali xosil qilinadi, u maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladi.

Matritsali pechat tezlishi sekunda simvollar (simbol per second-sps) birlikda o‘lchanadi. Deyarli barcha vaqtlarda reklama maqsadida draw (qoralama rejim) uchun kattaroq tezlik ko‘rsatiladi. Grafik rejimlarda ishlash tezligi kichik kattalikka ega bo‘lishi mumkin.

Matritsa printer tarkibiy qismlari

http://avatars.mds.yandex.net/get-direct/249139/lFX2zYRjr27FkB-48sHMTg/y90

Matritsa printer quyidagi tarkibiy qismlardan iborat (2-rasm):

-       pechatlovchi  kallak (golovka);

-       bo‘yoqli lenta kartridj;

-       pechatlovchi kallak joylashtirish sistemasi;

-       qog‘oz uzatish va tortish sistemasi;

-       mikroprotsyessorli boshqaruv sistemasi;

-       mexanik va optik datchiklar;

-       ikkilamchi elektr ta’minot manba.

 Pechatlovchi kallak qurilmasi

2-rasm. Matritsa printer ishlash qoidasi

Rasmdan pechatlovchi kallak qanday qurilganini ko‘rish mumkin (3-rasm). Uning asosi-prujinali ninalar, richag va solenoidlar. Prujina kiydirilgan pechatlovchi ninalar  (0.2-0.3 mm diametr) dastlabki xolatida kallak chegarasiga chiqmaydi.  Kuch impuls uzatishda qo‘zg‘aluvchi serdechnik (rasmda-pastda) tortish solenoid siljishida magnit maydon xosil bo‘ladi. Bu serdechnik richag bo‘ylab oshiq-moshiqni o‘girish (aylantirish) uchun uradi. Richag orqali berilgan zarb ninaga uzatiladi. U qog‘oz bo‘ylab bo‘yalgan lenta orqali uradi va bu xolatda shrift belgi tasvirini nuqtasidan biri paydo qiladi. So‘ngra nina harakat xolati birinchi dastlabki xolatiga qaytadi. Davriy jarayon barcha ingalar bo‘yicha takrorlanadi.

3-rasm. Pechatlovchi kallak

Kallak ninalar turli miqdorida bo‘lishi mumkin, ko‘p xollarda 9 yoki 12 ninali kallaklar ishlatiladi. Sifatliroq (tezroq) pechat qilish uchun 18 va 24 ninalar qo‘llaniladi. Pechatlanayotganda solenoid o‘ram qiziydi.   SHu sababli kallak o‘zida alyuminiy qotishmali radiatorga ega, u xaroratni qaytaradi.  Kallak tarkibida temperaturali datchik bo‘ladi. Uzoq vaqt ishlashda radiator juda qizib ketadi, datchik bu to‘g‘risida printer boshqaruv sxemasiga signal beradi. Buni xisobga olib qizishdan qochish uchun pechat tezligi pasayadi.

Kallak soviganda, boshqaruv sxema pechat tezligini avtomatik oshiradi. Radiatorga odatda plastmasali panjara joylashtirilgan.  U operatorni yuza qizib ketganda kuyib ketishdan ximoya qiladi.

Nuqtalardan shrift belgi qanday yasaladi (4-rasm).

4-rasm. Nuqtalar orqali shritf xosil qilish

Pechat jarayonini yaxshiroq tushunish uchun misol keltiramiz.

Xar qanday belgi yoki xarf nuqtali ko‘rinishda namoyish etiladi. Agar aniq nina aniq joyga zarb bersa nuqtaga erishiladi. Pechat ustunli nuqtalarda amalga oshiriladi. Masalan, F xarf pechati uchun birinchi vaziyatda 1-7 ignalar ishlaydi va xarf  asosi “tayoq”ga erishiladi. So‘ngra kallakli karetka ozigina qaytadi va 1-va 4-ninalar ishlaydi, keyin 1 va 4-ninalar qaytadan ishlaydi va so‘nggida faqat 1-nina ishlaydi. g xarfi dum qismi pechati uchun 8 va 9 ninalar qo‘llaniladi. Bu “qoralama rejim” deyiladi, belgi nuqtali struktura yaniq ko‘rinadi. Alohida nuqtalar ko‘zga kesmasligi uchun alohida usullar qo‘llaniladi.

Birinchidan shu nina aynan o‘sha joyga ikki marta zarb berishi mumkin. Bu unchalik axmoqlik emas, birinchi nigoxda ko‘rsatilishi mumkin. Moxiyat shundaki, nina hech qachon aynan bir joyga to‘g‘ri tushmaydi, xar doim katta bo‘lmagan aralashuv bo‘ladi. Bu shunga ekvivalentki, bir xil nuqtalar katta miqdori uchun qo‘llaniladi deganidir. Natijada chizishni tekislab beradi.

Ikkita zarb, ikkita o‘tish va suvostli tosh

Ikkita zarb bor-yo‘g‘i ikkita o‘tishda bajariladi. Birinchi marta kallakli karetka chapdan o‘ngga xarakatlanadi (va belgi pechatlaydi), ikkinchi marta o‘ngdan chapga harakat qiladi.  Pechat tezligi ikki marta sekinlashishi tushunarli. Sifat uchun to‘lov kerak! Biroq bu yerda bitta suvostli tosh yashiriladi.

Printer xarakatlanuvchi qismlari (karetkalar) bo‘yicha eskirish  xolati ortadi. Yo‘llovchi karetkalar yemiriladi. Karetkalar “valdirash”ni boshlaydi va ninalar kerakli joylarga tushushi o‘zgaradi. Natijada belgilar ikkiliklanish yuz berib juda xunuk ko‘rinadi. Agar “valdirash” katta bo‘lmasa, uni qurish vositalari bilan kompesatsiyalash (to‘g‘rilash) mumkin. Agar eskirish katta bo‘lsa, kareta va yo‘llovchini almashtirish zarur.

Ikkinchi yondashuv qoralama rejimga nisbatan eng oldin boshlanishida chizmali belgilar uchun katta nuqtalar qo‘llanishi bilan izoxlanadi.  SHunday qilib har bir “chiroyli”, burchaklari tekislangan shriftga (masalan, og‘ma) erishiladi. Agar yana ikkita zarb qo‘llansa, shrift yoqimli ko‘rinadi. Agar 12 yoki 24 ninali kallaklar qo‘llanilsa-sifat yanada ortadi.

Pechatlovchi kallak siljish sistemasi

Pechatlovchi kallak siljish sistemasiga kiradi (5-rasm):

-       karetka, pechatlovchi kallakga mahkamlanadi,

-       yo‘llovchi (metall val), ya’ni kallakli karetani chap-o‘ng va aksincha harakatlantiradi.

-       qadamli elektrodvigatel tasmali uzatish, karetani suruvchi.

5-rasm. Pechatlovchi kallak siljishi

Karetka plastmassali       yoki latunli bochkani o‘z ichiga oladi, yo‘llovchili kontraktlaydi, ya’ni noziy qatlam smazkada yopiladi. Kareta quyi qismida voylochli yostiqga ega bo‘lib, valga tegishlidir. U smazkani shimib oladi va oxistalik bilan uni uzatadi.  Yo‘llovchi oxiri ikki tomonlama eksentrikga tiraladi, qog‘oz qalingiligini rachag bilan bog‘liq ravishda nazorat  qiladi. Kareta eng quyi qismida qulf bo‘lib (egri-bugrili kovak), tasmali uzatishni maxkamlash uchun xizmat qiladi. Tasmaning bir tomoni silliq,   boshqa tomoni (ichki)-tishli. Bu  dvigatel valga o‘tkazish, ishonchli xo‘rak bilan  ulash uchun zarur.

Pechat tashuvchining qalinlik farqi

Qog‘oz turli qalinliklarda bo‘lishi mumkin. SHuningdek kopirovka qog‘oz orqali bir nechta listlarda pechat amalga oshirilishi mumkin. Bu “buterbrod” xajmi albatta bir list qalinligidan ortiq bo‘ladi.  Qalinlikni nazorat qilish richagi ajratish (“o‘ziga tortish”) ortga yo‘llovchi bilan birga kareta rezina valdan ortga suriladi, ya’ni pechat qurilmasi tashuvchiga beradi. SHu sabab ekssyentriklaar yordam beradi.  Endi qalinroq qog‘ozlarni ham pechat qila oladi. Agar yagona list pechat qilinayotgan bo‘lsa, richak “o‘zidan itarish” qaytariladi. Bunda yo‘llovchi valga yaqinroq keladi.

Ba’zan  “buterbrod” pechat qilgandan so‘ng yangidan bir donali list pechat qilish boshlansa, richagni qaytarish esdan chiqadi. Bunda nina zarbi kamayadi, shuningdek u katta masofada joylashadi. Pechat sifati rangi o‘chganroq chiqadi va bu esa kartridj lenta eskirish bo‘yicha xato xulosalashga olib kelishi mumkin.

Boshqa tomondan agar kallak valga juda yaqin surilsa- u “buterbrod”ga tegib turadi. SHuning uchun kallak, rezinali valdan optimal masofada bo‘lishi kerak.

Qadamli dvigatel-bu nima va nima uchun karak (6-rasm)?

 

6-rasm.Qadamli dvigatel chizmasi

Ko‘chish pechatlovchi kallakli kareta sistemasiga  qadamli dvigatel (stepping motor) kiradi. U oddiysidan shunisi bilan farqliki, uning rotori har qanday xolatga almashishi mumkin, lekin diskret qiymat qatorini qabul qiladi. Boshqaruvchi impuls rotor o‘ramiga uzatilganda dvigatel  bir qadam o‘z o‘qi atrofida (bir necha gradus) buriladi. Qadam kattaligi dvigatel konstruksiyasi bo‘yicha aniqlanadi va ba’zan etiketikasida ko‘rsatiladi. Qadamli dvigatel qo‘llash, pechatlovchi kallak xolati aniq surilishiga ruxsat beradi.

Boshqaruv sxema, qancha impulsni dvigatel o‘ramiga junatganligini  u “biladi”, demak rotor nechta aylanish qilganini ham “biladi”. SHu asosga ko‘ra u, dastlabki xolatidan karetka qanday uzoqqa ketganligini (roto bilan tasmali uzatish qat’iy bog‘langan) “xulosa qiladi”.

To‘siq yoki yot buyumlarga teginish yuz berganda karetka dvigatel tormozlanadi.  Bunda unga sarflanayotgan elektr tok ortadi. Boshqaruv sxema buni fiksirlaydi va uni ta’minlaydi.

Agar bunday datchik bo‘lmasa, dvigatel ishini davom ettiradi va surish kareta sistemasi chilparchin bo‘lishiga olib keladi. YOki tasmali uzatishni buzishi mumkin. Smazka quriganda yo‘llovchiga qarshirilik xarakati kuchayadi, bu xorlatni datchik fiksatsiyalaydi (maxkamlaydi). Bunda sxema davigatelni ta’minlay olmaydi va pechat qilish mumkin bo‘lmay qoladi.

Printer elektr ta’minoti

Qadamli dvigatel printer elekt ta’minotini ikkilamchi manbaga aylantiradi. U boshqa zamonaviy printerlar kabi impuls sxema bo‘yicha tayyorlangan. Va ikkita kuchlanish qoidasi kabi ishlab chiqadi:

-       Mikroprotsyessor boshqaruv sxema ta’minoti uchun  +5 Videokarta (yoki 3,3 V);

-       Pechat kallagi solenoidlari va qadamli dvigatel ishi uchun +25-35 V.

 Oldin matritsali printerlar qo‘pol pasaytiruvchi transformatorga ega edi, ya’ni tarmoq chastotasidagi  kuchlanish o‘zgartiriladi. Lekin bu davr o‘tdi! Texnika va texnologiya olg‘a sari ildamlab bormoqda. Xozir juda katta  chastota o‘zgartirish bajarilmoqda, bu trasformator va printer og‘irligini juda kamaytiradi.

Oldinlari kompyuter bilan ma’lumot almashish ko‘p xollarda LPT (parellel) port yordamida amalga oshirilar edi. Lekin bu port doimiy ravishda rivojlantirilmoqda. Matritsali printerlarning so‘nggi modellarida o‘zida kam sonli simli USB (ketma-ket) portga ega.


 


 

Скачано с www.znanio.ru

Matritsa printer asosiy qoidalari

Matritsa printer asosiy qoidalari

Nima uchun matritsali deb nomlandi?

Nima uchun matritsali deb nomlandi?

Matritsa printer ishlash qoidasi

Matritsa printer ishlash qoidasi

Kallak ninalar turli miqdorida bo‘lishi mumkin, ko‘p xollarda 9 yoki 12 ninali kallaklar ishlatiladi

Kallak ninalar turli miqdorida bo‘lishi mumkin, ko‘p xollarda 9 yoki 12 ninali kallaklar ishlatiladi

Alohida nuqtalar ko‘zga kesmasligi uchun alohida usullar qo‘llaniladi

Alohida nuqtalar ko‘zga kesmasligi uchun alohida usullar qo‘llaniladi

Pechatlovchi kallak siljishi

Pechatlovchi kallak siljishi

Pechat sifati rangi o‘chganroq chiqadi va bu esa kartridj lenta eskirish bo‘yicha xato xulosalashga olib kelishi mumkin

Pechat sifati rangi o‘chganroq chiqadi va bu esa kartridj lenta eskirish bo‘yicha xato xulosalashga olib kelishi mumkin

Agar bunday datchik bo‘lmasa, dvigatel ishini davom ettiradi va surish kareta sistemasi chilparchin bo‘lishiga olib keladi

Agar bunday datchik bo‘lmasa, dvigatel ishini davom ettiradi va surish kareta sistemasi chilparchin bo‘lishiga olib keladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
16.12.2021