Менежмент образование
Оценка 4.7

Менежмент образование

Оценка 4.7
pptx
21.05.2020
Менежмент образование
Ta'lim menejmenti Namozova.pptx

Buxoro Davlat Universiteti 4-1

Buxoro Davlat Universiteti 4-1

Buxoro Davlat Universiteti 4-1 PPS-17 guruh talabasi Namozova Sitora va Karimova Layloning Ta’lim menejmenti fanidan bajargan taqdimot slaydi.

Ta'lim ijtimoiy institut sifatida

Ta'lim ijtimoiy institut sifatida

Ta'lim ijtimoiy institut sifatida.

Ta’lim qator fanlarni o’rganish obekti va predmeti hisoblanadi. Pedagogika, psixologiya, ekonomika, sotsiologiya, ijtimoiy ish. Har biri o’ziga xos tomonlarni o’rganadi. Har biri boshqalari o’rgangan tomonlarni hisobga oladi. Ijtimoiy-ish boshqalari qilolmaydigan ijtimoiy malumotlarga tayanadi. Ta’lim tizim qo’ydagilardan iborat.
-O’quvchilar soni, o’quvchilar va ularni turli bosqichlardagi holati va boshqa mamlakatlardagi qiyosi o’rganiladi. Ta’limga bo’lgan ehtiyojini, uni ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi rolini tushunish va baholash

Bilimlarni daraja va sifatini ijtimoiy jihatdan baholash -Jamiyatni va o’quvchilarni ta’limga munosabatini va uning ijtimoiy qiymatini oshirish -Ta’limning ijtimoiy statusini aniqlash -Manaviy ehtiyojlarga uni ta’siring…

Bilimlarni daraja va sifatini ijtimoiy jihatdan baholash -Jamiyatni va o’quvchilarni ta’limga munosabatini va uning ijtimoiy qiymatini oshirish -Ta’limning ijtimoiy statusini aniqlash -Manaviy ehtiyojlarga uni ta’siring…

-Bilimlarni daraja va sifatini ijtimoiy jihatdan baholash
-Jamiyatni va o’quvchilarni ta’limga munosabatini va uning ijtimoiy qiymatini oshirish
-Ta’limning ijtimoiy statusini aniqlash
-Manaviy ehtiyojlarga uni ta’siring dinamikasini o’rganadi Ta’lim tizimida ta’limning turlicha darajalari va shakllari mavjud. Mavjud ta’lim tizimi boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va oila ta’limdan iborat. Shu sababli ta’lim o’ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha ta’lim haqida gapiradigan bo’lsak sotsiologiya shundan kelib chiqadigan, insonni tarbiyalash bolalikdan boshlanadi. Bu hol maktabgacha tarbiyani ahamiyati to’liq hisobga olinmayapdi. Shu bosqichda insonga xos ko’pgina xususiyatlarni asosi qo’yiladi va uzliksiz ta’lim fenomenida katta rol o’ynaydi.

Bolalar bog’chalari faqatgina bolalarni qamrab turgan joy emas, balki u yerda ularni aqliy rivojlanishi haqida gap borayabdi

Bolalar bog’chalari faqatgina bolalarni qamrab turgan joy emas, balki u yerda ularni aqliy rivojlanishi haqida gap borayabdi

Bolalar bog’chalari faqatgina bolalarni qamrab turgan joy emas, balki u yerda ularni aqliy rivojlanishi haqida gap borayabdi. Ta’lim sotsiologiyasi nuqtai nazridan jamiyat maktabgacha ta’limni qo’llab quvatlashi, ota-ona bolalarni maktabgacha tayyorlash, shaxsni takomillashtirishga kumaklashuvi lozim. Oldin talabalarni befarqlik va adolatsizlik tashvishlantirgan bo’lsa, hozirgi birinchi navbatda moddiy ta’minot ko’proq qiziqtiradi. Faqatgina 52% talaba o’z kasbi bo’yicha ishlashmoqda. Ta’lim sohasi mo’ammolarini sotsiologik tahlili shuni ko’rsatadiki, xalq ta’limi manaviy boylikni ko’paytiradi. Siyosiy va huquqiy madaniy bilim bilan bir qatorda ta’lim shaxsni estetik va axloqiy xususiyatlarini kuchaytiradi va jamiyat bilan chambarchas bog’liq.

Ta’lim samaradorligi va sifatini ochib berish uchun bu ijtimoiy institutga quydagicha baho berish zarur

Ta’lim samaradorligi va sifatini ochib berish uchun bu ijtimoiy institutga quydagicha baho berish zarur

Ta’lim samaradorligi va sifatini ochib berish uchun bu ijtimoiy institutga quydagicha baho berish zarur. Sifat aslida falsafiy kategoriya bo’lib obektda uning real mavjudligida ajratib bo’lmaydigan muhim belgilardan iborat. Sifat bir narsani ikkinchisidan ajratib turadigan xususiyat sanaladi. Sifat har bir obekt va predmetning muayyanligini ifodalaydi. Shuning uchun ham uning barcha sohalarda o’rni bor. Hatto bozor munosabatlari sharoitida uning qadr-qimmati yanada oshdi ta’lim sohasida xususan kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim mazmunining ham sifatini isloh qilish va takomillashtirishga alohida e’tibor berildi. Ta’lim tizimida yangi texnalogiya kirib kelishi va doimiy nazorat qilishda ta’lim sifati oshadi.

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi nizom 1997-yil 29-avgustda joriy qilingan

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi nizom 1997-yil 29-avgustda joriy qilingan

O’zbekistonda ta’lim tizimidagi nizom 1997-yil 29-avgustda joriy qilingan. Milliy dastur ijrosini muoffaqqiyatli yakunlangan. Uning birinchi bosqichi tugagach ( 1997-2000 ) uning ikkinchi bosqichi yani sifat bosqichi deb nomlanadi. ( 2001-2005 ) . Har bir ijrosining birinchi bosqichida milliy o’quv uslubiy va manaviy asos yaratib uzliksiz ta’lim uchun yaratgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda son emas balki sifatga ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor qaratilgan. Ta’lim sifatini belgilash me’zoni o’sha faoliyat sohasiga oid ko’rsatgichlarini o’z ichiga oladi.
1.Narmativ hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi.
2.Talabalarning bilimi darajasi.
3.O’quv jarayonlarini tashkil etish.
4.Ilmiy pedagogik kadrlar salohiyati.
5.Talabalarning mustaqil ishlari.
6.Moddiy tehnika va o’quv auditoriya ba’zalari.
7.Ilmiy tadqiqot ishlari.
8.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
9.Ishlab chiqarish va integrasiya.
10.Xalqaro hamkorlik.

Agarda yuqorida 10 ta ko’rsatkichlar bo’yicha 1650 ball (66%) dan yuqori ball to’plagan oliy o’quv yurtlar sifat ko’rsatgichiga ega deyiladi

Agarda yuqorida 10 ta ko’rsatkichlar bo’yicha 1650 ball (66%) dan yuqori ball to’plagan oliy o’quv yurtlar sifat ko’rsatgichiga ega deyiladi

Agarda yuqorida 10 ta ko’rsatkichlar bo’yicha 1650 ball (66%) dan yuqori ball to’plagan oliy o’quv yurtlar sifat ko’rsatgichiga ega deyiladi. Ta’limda uzviylik deganda bir ta’lim turi fanlarning dasturi keyingi ta’lim turiga o’tganda muttanosib ravishda o’zgarib oddiydan murakabga qarab to’ldirib borilishiga aytiladi. Uzviylik sifatga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Oliy o’quv yurtlarida uzviylikni ta’minlashda o’quv rejalari to’rtta blokka ajratib tuzilgan. Har bir blokdagi fanlarning uzviyligi hisobga olingan.
Ta’lim bilan bilish uzviy bog’liqdir, chunki ta’lim sifat va usuliga qarab bilim olishadi.
Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib bilim ta’limning uzviyligini ta’minlovchi tushunchadir.
Ta’lim umumiylikka ega bo’lsa bilim xususiylikka egadir. O’qituvchi, ustoz bilim emas balki ta’lim beradi, talaba, o’quvchi esa ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi.

Jahondagi ko’plab mamlakatlarda oliy o’quv yurtlari o’rta umumiy ta’lim tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi

Jahondagi ko’plab mamlakatlarda oliy o’quv yurtlari o’rta umumiy ta’lim tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi

Jahondagi ko’plab mamlakatlarda oliy o’quv yurtlari o’rta umumiy ta’lim tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining ko’pchiligida o’qish muddati 2 yil yoki undan ko’proq bo’lib, uch siklda yoki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi sikl ta’limi 3-4 yil (yoki ko’proq) davom etadi va bitiruvchilarga bakalavr diplomi beriladi (AQSh, Angliya, Yaponiya, Avstraliyada). Fransiyada birinchi sikl oliy maktabni bitiruvchilariga metriz, Belgiyada lisans unvoni beriladi. Ikkinchi sikl oliy ta’lim maktablariga birinchi siklni tugatgan bitiruvchilarning 10-25 foizi qabul qilinadi.

Masalan, bu ko’rsatkich AQSh da – 20,

Masalan, bu ko’rsatkich AQSh da – 20,

Masalan, bu ko’rsatkich AQSh da – 20, Buyuk Britaniyada – 15, Avstriyada – 10, Avstraliyada – 7, Yaponiyada – 6 foizni tashkil qiladi. Bu davrda tanlangan yo’nalish bo’yicha ixtisoslashtirilmagan, umumiy, fundamental bilimlar o’qitiladi (Angliya, Ispaniya, AQSh). GFR, Fransiya, Belgiya kabi mamlakatlarda esa 2-sikl oliy ta’lim maktablari talabalari ancha mukammal va bir maqsadga yo’naltirilgan bilimlarni egallaydilar. Lekin hali ular tor profildagi yuqori malakali mutaxassis unvonini olish uchun 2-sikldagi o’qishlarini yana ixtisoslashtirilgan kurslarda 1-2 yil davom ettirishlari lozim.

Ta’limning bunday tizimi o’rta va oliy ta’lim maktablari faoliyatini muvofiklashtirishga, tanlangan soha bo’yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga samarali ta’sir qiladi

Ta’limning bunday tizimi o’rta va oliy ta’lim maktablari faoliyatini muvofiklashtirishga, tanlangan soha bo’yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga samarali ta’sir qiladi

Ta’limning bunday tizimi o’rta va oliy ta’lim maktablari faoliyatini muvofiklashtirishga, tanlangan soha bo’yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga samarali ta’sir qiladi. Muayyan ixtisosliklar bo’yicha maxsus imtihonlar 3 yillik amaliy ish faoliyatidan keyin ham topshirilishi mumkin. Oliy ta’lim maktablarining 2-siklida o’qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklni bitirgan talabalarga magistr unvoni beriladi (AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliya). Fransiya va Belgiyada magistr unvoni ma’lum mutaxassisliklarni chuqur o’rganuvchi kurslar bitiruvchilariga ham beriladi. Magistrlik ta’limining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – o’quv dasturlarining individuallashtirilganligidir. Bunda o’quv dasturlari talabalar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan tuziladi va kafedralar, dekanatlar tomonidan tasdiqlanadi. Magistraturani bitirgan yoshlar doktoranturaga kirish huquqiga ega bo’ladilar.

Oliy ta’limning 3-sikli, bu – doktoranturadir

Oliy ta’limning 3-sikli, bu – doktoranturadir

Oliy ta’limning 3-sikli, bu – doktoranturadir. Doktoranturaga, asosan, 2-sikl oliy ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli bitirgan talabalar qabul qilinadi. O’qish muddati mutaxassislik turiga ko’ra 1-3 yil. Doktoranturaga 1-sikl oliy ta’lim maktablarini bitirganlar ham kirishi mumkin. Lekin bu holda o’qish muddati 3-5 yilgacha uzaytiriladi. Birinchi sikl oliy ta’limi qoidaga binoan mutaxassislik bo’yicha umumiy bilimlar berishga yo’naltirilgan. Ta’limni alohida ixtisoslarga bo’lib tashkil qilish, odatda, 3-kursdan boshlanadi. Tor mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlash faqat uchinchi sikldagina amalga oshiriladi.

Ko’p bosqichli oliy ta’lim tizimining bunday o’ziga xos xususiyatlari anglo-amerikancha va fransuzcha model-larda jahon bo’yicha keng tarqalgan

Ko’p bosqichli oliy ta’lim tizimining bunday o’ziga xos xususiyatlari anglo-amerikancha va fransuzcha model-larda jahon bo’yicha keng tarqalgan

Ko’p bosqichli oliy ta’lim tizimining bunday o’ziga xos xususiyatlari anglo-amerikancha va fransuzcha model-larda jahon bo’yicha keng tarqalgan. Oliy ta’limning anglo-amerikancha tizimi AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Isroil va boshqa mamlakatlarda mavjud. Birinchi sikl oliy o’quv yurtlaridagi o’qish muddati turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, AQShda 4 yil, Buyuk Britaniyada – 3 yil. Magistrlik darajasini olish uchun yana 2 yil o’kish lozim (ayrim ixtisosliklar bo’yicha 1-1,5 yil). AQShdagi qator injenerlik oliy maktablarida bakalavrlik diplomini 5 yillik ta’limdan keyin olish mumkin. Tibbiyot sohasida birinchi doktorlik diplomini (stomatologiya, veterinariya sohalari bo’yicha) olish uchun esa 8 yillik ta’lim joriy qilingan. Yaponiyada esa bakalavrlik darajasini 4 yillik ta’limdan so’ng olish mumkin (tibbiyot mutaxassisliklari bundan mustasno), magistrlik darajasiga teng diplomni olish uchun yana 2 yillik ta’lim dasturini o’tash lozim.

Ko’p bosqichli fransuzcha oliy ta’lim modelining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1

Ko’p bosqichli fransuzcha oliy ta’lim modelining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1

Ko’p bosqichli fransuzcha oliy ta’lim modelining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.Fransuz universitetlarida ta’limning dastlabki 2 yilida qator mutaxassisliklar uchun yagona o’quv dasturlari mavjud.
2. Universitetning 2-kursini tugatib, tegishli guvohnoma olgan talaba shu universitetning 3-kursida o’zi tanlagan mutaxassislik bo’yicha o’qishni davom ettirishi yoki boshqa universitetga o’tishi va yoki o’qishni elita oliy o’quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.
3. Universitetning 3-kursini bitirgan talabalar «lisans» diplomini oladilar. Bunday diplomni olgan talabalar o’qishlarini 4-kursda davom ettirish yoki o’qishni tashlab o’z mutaxassisliklari bo’yicha amaliy ish bilan shug’ullanish huquqlariga egalar. 4-kursni tamomlagan talabalar esa «metriz» diplomini oladilar.
4. «Metriz» diplomi uning egasiga to’liq oliy ma’lumot olganligidan dalolat beradi.

Fransiyada magistrlik diplomining yagona nusxasi yo’q

Fransiyada magistrlik diplomining yagona nusxasi yo’q

Fransiyada magistrlik diplomining yagona nusxasi yo’q. Shuningdek, fransuz oliy ta’lim tizimidagi 2-sikl ta’limining maxsus atama nomi ham yo’q.
2-sikl deganida, odatda, 4 yillik birinchi sikl oliy ta’limidan so’ng keladigan navbatdagi bosqich tushuniladi xolos. Fransuzcha oliy ta’lim modelining 2-sikli 1-2 yillik ta’limni o’z ichiga olib, uni bitiruvchilar tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha chuqur bilimlarni o’rganganliklari haqida maxsus ixtisos diplomini oladilar.
5. Mutaxassislikni bildiruvchi diplom (masalan, 2 yillik o’qishdan keyin beriladigan texnologiya sohasidagi universitet diplomi) oliy ta’lim tizimidagi 3siklli ta’lim tizimining birini bitirganliqdan da-lolat beradi. Masalan, ixtisoslashtirilgan oliy o’quvyurtining 5 yillik kursini bitirgan talaba injener-lik diplomini olsa, universitetning dastlabki 1 -siklini tamomlagan talaba yana 3 yillik kursni bitirgan-dan so’nggina shunday diplom egasi bo’lishi mumkin (L. M. Makarova 1986.-S. 71-73).
6. Ixtisoslashtirilgan oliy o’quv yurtlarida ma’lum soha mutaxassislik diplomini beruvchi yoki doktoranturaga kirish huquqini beruvchi 1 yillik qayta tayyorlov kurslarining keng tarmog’i faoliyat ko’rsatadi.

GFRda esa oliy ta’lim keng miqyosda biron kasbga yo’naltirilgani bilan (xuddi

GFRda esa oliy ta’lim keng miqyosda biron kasbga yo’naltirilgani bilan (xuddi

GFRda esa oliy ta’lim keng miqyosda biron kasbga yo’naltirilgani bilan (xuddi Rossiyadagidek) anglo-amerikancha va fransuzcha modellaridan farq qiladi. Bu yerda, hatto oliy ta’limning sikllarga bo’linishi ham mavjud emas. Ta’lim jarayoni 4 yildan 6 yilgacha muddatda amalga oshirilib, bularning hammasi anglo-amerikancha va fransuzcha oliy ta’lim tizimi talablariga unchalik mos kelmaydi. Germaniya oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladigan 5-6 yillik oliy ta’lim xalqaro standart normalariga ko’ra anglo-amerikancha va fransuzcha oliy ta’lim tizimining birinchi sikliga (bakalavr darajasiga) mos keladi, xolos. Shu sababli keyingi yillarda german oliy o’quv yurtlarining diplomlari ahamiyatini ko’tarish maqsadida oliy ta’limning dastlabki bosqichini qisqartirish, ya’ni 4 yillik qilib belgilash haqida takliflar kiritilayapti.

Oliy ta’lim tizimini tashkil qilishdagi qator milliy xususiyatlar boshqa yevropa mamlakatlarida ham mavjud

Oliy ta’lim tizimini tashkil qilishdagi qator milliy xususiyatlar boshqa yevropa mamlakatlarida ham mavjud

Oliy ta’lim tizimini tashkil qilishdagi qator milliy xususiyatlar boshqa yevropa mamlakatlarida ham mavjud. Daniya universitetlari 4 yillik oliy ta’limdan so’ng o’z bitiruvchilariga asosiy daraja hisoblangan kandidatlik diplomini beradilar. Lekin bunday diplom injenerlik mutaxassisliklarini egallovchilarga 5 yillik ta’limdan so’ng, tibbiyot mutaxassislariga 8 yillik oliy ta’limdan keyin beriladi. Magistr diplomini olish uchun yana 1-2 yil o’qish lozim bo’ladi. Oliy texnika maktabi bitiruvchilariga (3-4 yil) injenerlik ixtisosligi bo’yicha diplom beriladi (lekin injener-quruvchi dip-lomini olish uchun 5 yil o’qish lozim bo’ladi). Irlandiyada gumanitar fanlar va kommersiya soxasida 3 yillik, tabiiy fanlar va turli injenerlik mutaxassisliklari uchun 4 yillik, qishloq xo’jaligi, stomatologiya, veterinariya sohalari uchun 5 yillik, tibbiyot bo’yicha 6 yillik o’quv dasturlarini o’zlashtirib bakalavrlik darajasiga ega bulish mumkin.

Magistraturaga bakalavr diplomi bilan kirilib, u yerdagi ta’lim muddati quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: gumanitar fanlar va kommersiya – 1 yil; pedagogik fanlar – 2 yil;…

Magistraturaga bakalavr diplomi bilan kirilib, u yerdagi ta’lim muddati quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: gumanitar fanlar va kommersiya – 1 yil; pedagogik fanlar – 2 yil;…

Magistraturaga bakalavr diplomi bilan kirilib, u yerdagi ta’lim muddati quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: gumanitar fanlar va kommersiya – 1 yil; pedagogik fanlar – 2 yil; injenerlik fanlari – 1,5-2 yil; tabiiy fanlar (ximiya) va tibbiyot – 4-6 yil. Gresiyada oliy ta’lim asosan 4 yillik bo’lib, ayrim sohalar bo’yicha o’qish muddati biroz uzunroq: injener-lik va stomatologiya – 5 yil, tibbiyot – 6 yil. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari universitet maqomida bo’lmagan Pedagogik Akademiya deb ataladigan 4 yillik oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. O’rta maktab o’qituvchilari esa, universitetlarda tayyorlanadi.

Shvesiyada ham oliy o’quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o’qish muddati esa 1 yil (yana qarang:

Shvesiyada ham oliy o’quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o’qish muddati esa 1 yil (yana qarang:

Shvesiyada ham oliy o’quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o’qish muddati esa 1 yil (yana qarang: I. F. Figerlind 1990. - S. 104). Shunday qilib, oliy ta’limni tashkil qilishdagi Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi bir xil yondoshuv uning ko’p bosqichliligida, ta’lim muddatlarini belgilashda, oliy ta’limga asosan yoshlarni (ba’zan kattalarni ham) jalb qilishda ko’zga tashlanadi. Lotin Amerikasi mintaqasi bo’yicha yoshlarni oliy ta’lim maktablariga jalb qilinishi haqidagi raqamlar e’tiborga molikdir. Bu mintaqada 18-23 yoshlardagi aholining 27 %i oliy o’quv yurtlarida o’qiydi. Bu ko’rsatkich Argentina va Urugvayda 44%, Venesuela, Kosta-Rika, Panama, Peru, Ekvador va Chilida 25%, Braziliya va Meksikada 15%ni tashkil qila-di (E. G. Yermolayeva 1992. - S. 110).

Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim sohasida olib borayotgan davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: 1

Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim sohasida olib borayotgan davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: 1

Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim sohasida olib borayotgan davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi:
1.Xususiy oliy o’quv yurtlarini tashkil qilish, ularni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda (chunki bu sohaga davlat va mahalliy byudjet ko’magidan tashqari yirik xususiy sarmoyalar ham jalb qilinishi imkonini beradi). Bunday yondoshuv, ayniqsa, AQSh, Yaponiya va Fransiyada qo’zga yaqqol tashlanadi.
2. Oliy o’quv yurtlari davlat tasarrufida bo’lgan davlatlar alohida ko’zga tashlanadi (FRG, Avstriya, Daniya, Gresiya). Bu davlatlarda xususiy oliy o’quv yurtlari cherkov tasarrufida bo’lib, ular 2-3 foizni tashkil qiladi.
3. Xususiy oliy o’quv yurtlar tizimi keng rivojlanayotgan mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Fransiya). Ularning mavjudligi davlat tasarrufidagi oliy o’quv yurtlari obro’siga putur yetkazmaydi.
4. Yuqoridagi barcha mamlakatlardagi xususiy oliy o’quv yurtlari moliyaviy jihatdan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
5. Xususiy oliy o’quv yurtini tashkil qilish – bu ko’p sarmoya talab qiladigan tadbirdir. Bu borada to’plangan tajribalarning dalolat berishicha, faqat iqtisodiy baquvvat firmalar (alohida shaxslar) yoki baquvvat ijtimoiy tashkilotgina o’rta darajadagi xususiy oliy ta’lim maktabi faoliyatini tashkil qila oladi

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
21.05.2020