Mashg‘ulotning maqsadi: Mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil qilish prinsplari bilan tanishish.
Zarur materiallar va preparatlar: Mikroskop, termostat, anaerostat, avtoklav, suv xammomi, pH-metr, distillyator, sentrifuga, texnik, analitik tarozilar, Zeyts filtri, xolodilnik, bakteriologik qovuzloq, shpatel, igna, pinset, avtomatik mikropipetka, probirka, kolbal, Petri kosachalari, matraslar, flakonlar, ampulalar, paster pipetkasi va belgilangan pipetkalar.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni mikrobiologiya laboratoriyasi, uning asosiy jihozlari va unda ishlash qoidalari bilan tanishtirish.
Mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalarini o‘rganish.
Material va jihozlar: Har xil modeldagi biologik mikroskop; immersion moy, bo‘yalgan tayyor har xil mikrob preparatlari to‘plami.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
O‘qituvchi talabalarga mikrobiologik (bakteriologik) laboratoriyada o‘zini tutish va ishlash tartibini, texnika xavfsizligi va shaxsiy profilaktika qoidalariga amal qilish kerakligini tushuntiradi, talaba :
1.Biologik mikroskopning tuzilishi bilan tanishib, rasmini daftarga chizadi va asosiy qismlarining nomini yozadi.
2.Preparatni mikroskopda ko‘rish usullarini o‘rganib, mustaqil ravishda immersion obyektivda bo‘yalgan tayyor biologik preparatlarni ko‘radi
Umumiy ma'lumotlar: Mikrobiologik laboratoriyalarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar ularning maqsadiga ko‘ra aniqlanadi. Klinika-diagnostika laboratoriyalarida yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi aniqlanadi. Sanitar-epidemiologik stansiya (SES)larning laboratoriyalari sog‘liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sistemasida xizmat qiluvchi sog‘lom va yuqumli kasalliklar bilan bemor kishilardan olingan materiallarning bakteriologik va serologik jihatdan tadqiq etish vazifasini bajaradi. Bakteriologik laboratoriyalarda atrof-muhit obyektlarining (havo, tuproq, suv, oziq-ovqat mahsulotlari) bakterial zararlanishi yoki ifloslanishi o‘rganiladi. Maxsus laboratoriyalar esa vaksina, zardob va boshqa bakteriya preparatlarining zararsizligi va samaradorligini nazorat qilib turadi.
Har qanday mikrobiologik laboratoriya strukturasiga quyidagilar kiradi:
Laboratoriya xonasi
Aseptik sharoitda ishlash uchun boks, boks oldi xonasi;
Oziqali muhitni tayyorlash xonasi;
Idishlarni tozalashga mo‘ljallangan yuvish xonasi;
Sterilizatsiya xonasi;
Preparat tayyorlash xonasi;
Qabulxona;
Tajribaxona jonivorlarini saqlashga mo‘ljallangan alohida xona—vivariylar;
Omborxona.
Laboratoriya xonalarining balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi, ventilatsiya (havo almashinish), vodoprovod, kanalizatsiya, elektr energiya va imkoni bo‘lsa gaz bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Devorlar moy-bo‘yoq bilan bo‘yalishi yoki kafel plitkalari bilan qoplanishi, polga esa linoleum yoyilishi zarur.
Har bir ish joyida maxsus stol qo‘yilgan bo‘lib, xonalar elektr asboblari, gaz va suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya stolining usti dezinfeksiya qilish uchun plastika, linoleum yoki oyna bilan qoplangan bo‘ladi.
MIKROBIOLOGIYA LABORATORIYA XONASI UCHUN TALABLAR
Ish joyi yoritkichli elektron mikroskop, termostat, anaerostat, sterillash uchun asboblar (avtoklav, quritish, sterillash shkafi), suv xammomi, pH-metrlar, distillyator, sentrifuga, texnik, analitik tarozilar, filtrlaydigan asboblar (Zeyts filtri va boshqalar), xolodilniklar, paxta-dokali probkalar tayyorlaydigan apparat, asboblar to‘plami (bakteriologik qovuzloqlar, shpatellar, ignalar, pinset, avtomatik mikropipetkalar va boshqalar), laboratoriya idishi (probirkalar, kolbalar, Petri kosachalari, matraslar, flakonlar, ampulalar, paster pipetkasi va belgilangan pipetkalar) va boshqalar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Zamonaviy yirik laboratoriyalarda bakteriyalarning identifikasiya (saralash) qilishda kompyuterli dasturlar mavjud. Shu bilan bir qatorda laboratoriyalarda immunoferment tekshirish uchun asbob anjomlar va PSR apparati mavjud bo‘lishi lozim.
Laboratoriyada mikroskopik preparatlarni bo‘yash uchun alohida joy ajratilgan bo‘ladi. Bu yerda bo‘yoqlar eritmasi, spirt, kislotalar, reaktivlar filtr qog‘oz va boshqalar mavjud. Har bir ish joyida gaz yoki spirtli gorelkalar va dezinfeksiya eritmasi solingan shisha idishlar bilan ta’minlanadi. Kundalik ish uchun laboratori yada yetarli miqdorda oziqli muhitlar, kimyoviy reaktivlar, diagnostik preparatlar va boshqa kerakli narsalar bo‘lishi zarur.
Talabalar mikrobiologik laboratoriyada ish boshlagan dastlabki kunlaridanoq ular o‘rganadigan mikroorganizmlar kasallik qo‘zg‘atish mumkinligini yodda tutishlari lozim.
Mikroorganizmlar laboratoriyada ishlayotgan kishilarga kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yuqtirish ehtimoliga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi:
O‘lat qo‘zg‘atuvchisi.
Epidemiologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchilar (vabo, kuydirgi, manqa (sap), tulyaremiya, brutsellez, Ku-isitma, leptosiroz, blastomikoz, koksidioidoz, gistoplazmoz.
Bakterial epidemiologik infeksiya qo‘zg‘atuvchilar (qorin tifi, A va B paratif, dizenteriya), sil, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, meningit, so‘zak, patogen anaeroblar, spiroxetalar (qaytalama tif (terlama), va zaxm) qoqshol, botulizm, moxov va boshqalar.
Zotiljam, ovqatdan bo‘ladigan toksikoinfeksiya (salmonellalar, esherixiyalar, klebsiyalar, stafilokokklar, streptokokklar, gazli gangrena, septitsemiya, kandidoz) qo‘zg‘atuvchilari; atrof-muhit obyektlarni sanitariya holati ko‘rsatkichlari bo‘lgan mikroblar.
I va II guruh qo‘zg‘atuvchilarini davlat sog‘liqni saqlash muassasalari ruxsati bilan faqat maxsus laboratoriyalarda tekshirish mumkin.
III guruhlarga mansub qo‘zg‘atuvchilar bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar esa qurilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga amal qilgan holda SES va boshqa bakteriologik laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
IV guruhga mansub qo‘zg‘atuvchilar barcha mikrobiologik laboratoriyalarda tekshiriladi.
1.3-rasm. Mikrobiologik amaliyotda qo‘llaniladigan mikroskoplar:
1,2-binokular biologik mikroskoplar; 3,4-lazerli konfakal mikroskop;
5-Interferentsiyalovchi kompyuterli mikroskop; 6-elektron mikroskop.
Termostat (avtomatik regulator yordami bilan haroratning hamma vaqt ma’lum bir holatda saqlaydigan asbob) vositasida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan mo‘tadil harorat nazorat qilib turiladi. Termostatlar quruq havoli yoki suvli bo‘ladi. Odatda, ko‘pgina patogen va shartli patogen — mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay harorat 37°C dir.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.