OLIMPIYA O’YINLARI
Оценка 4.9

OLIMPIYA O’YINLARI

Оценка 4.9
doc
18.09.2022
OLIMPIYA O’YINLARI
Ma'ruza 14 OBA.doc

Mavzu 14. OLIMPIYA O’YINLARI

 

Yozgi Olimpiya o’yinlarining umumiy tavsifi. 1896-1912 yillarda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarining  хususiyatlari. 1920-1948 yillardagi Olimpiya o’yinlarining хususiyatlari. 1952-1988 yillardagi Olimpiadalarning хususiyatlari. 1992 – hozirgi davrgacha o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarining хususiyatlari.

Qishki olimpiada o’yinlari. Qishki Olimpiya o’yinlarining umumiy tavsifi. 1924-1936 yillarda o’tkazilgan qishki Olimpiya o’yinlari. 1948-1992 yillarda o’tkazilgan qishki Olimpiya o’yinlari. 1994 yildan o’tkazilgan qishki Olimpiya o’yinlari. Qishki olimpiya sport turlarining tavsifi va xususuyatlari. Olimpiya o’yinlari musobaqalarining o’sish darajasi. Olimpiya sport turlarining dasturga kiritilish mezonlari.

 

YOZGI OLIMPIYA O’YINLARI

 

Olimpiya o’yinlari - har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o’tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.

I yozgi Olimpiya o’yinlari 1896 yil 6–15 aprelda Afina shahrida (Gretsiya) bo’lib o’tgan. I yozgi Olimpiya o’yinlarida 14 mamlakatdan 295 nafar sportchi ishtirok etgan.

Olimpiya o’yinlari dasturiga 9 ta sport turlari: yengil atletika, gimnastika, suzish, og’ir atletika, yunon-rum kurashi, o’q otish, qilichbozlik, velosport va tennis kiritilgan. Bu o’yinlarda AQSH sportchilari yengil atletika bo’yicha  yuqori natijalarni namoyish etganlar.

Garvard universitetining talabasi Jeyms Konnoli sakrash bo’yicha birinchi Olimpiya chempioni bo’lgan. Amerikalik Robert Garret disk uloqtirishda va yadro irg’itishda g’olib bo’lgan,  uzunlikka sakrashda ikkinchi va balandlikka sakrashda uchinchi o’rinni egallab, barchaning e’tiborini qozonishga sazovor bo’lgan. Qiziqarli tomoni shundaki, R.Garret umrida disk uloqtirmagan, faqat o’yindan uch kun oldin mashq qilib o’rgangan. Uning tabiiy qobiliyati va sportdagi yutuqlari chempion bo’lishga sabab bo’lgan.

Germaniya sportchisi Karl Shuman yunon-rum kurashi bo’yicha 4 ta oltin medalga sazovor bo’lgan. Gretsiyalik marafonchi Spiridon Luis Olimpiada o’yinlarining qahramoni bo’lgan. Gretsiya sportchilari otish va qilichbozlik bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishganlar.

 

I (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Gretsiya

10

17

19

46

2

AQSH

11

7

2

20

3

Germaniya

6

5

2

13

4

Frantsiya

5

4

2

11

5

Angliya

2

3

2

7

 

Gretsiya qiroli Georg I Olimpiya o’yinlarining g’oliblariga medallarni taqdim etgan. Birinchi o’rin uchun kumush medallari, ikkinchi o’rin bronza medallari, zaytun novdalari berilgan. Marafon yugurishini dasturga kiritishni tavsiya etgan akademik Mishel Breal unung g’olibi Spiridon Luisga Olimpiya kubogini taqdim etgan. Taqdirlash marosimidan so’ng atletlar olimpiya madhiyasi sadolari ostida stadiondan tantanali yurib o’tgan edilar. 1896 yildan boshlab Olimpiya o’yinlari g’oliblari sharafiga davlat madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog’i ko’tarish an’anasi kiritilgan.

II Olimpiya o’yinlari 1900 yil 14 may – 13 sentabrda  Parij shahrida (Frantsiya)  o’tkazilgan. Bu o’yinlar Pyer de Kuberten vatanida tashkil etilgan. Olimpiya o’yinlariga 24 davlatdan 1225 nafar (ulardan 22 nafari ayol) sportchilar ishtirok etgan. O’yinlarni o’tkazish uchun tashkiliy qo’mita tuzilib, uning birinchi majlisi 1898 yil 29 mayda bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlari Jahon badiiy ko’rgazmasi bilan bir vaqtga to’g’ri kelgan va bu holat o’yinlar ahamiyatini pasaytirgan. Sport musobaqalari uchun maxsus sport inshootlari qurilmagan. Olimpiya musobaqalari 20 ta sport turi bo’yicha 95 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Amerikalik yengil atletikachilar Elvin Krentslayn (4 ta oltin), Rey Yuri (3 ta oltin) yugurish va sakrash bo’yicha eng yaxshi natija ko’rsatib, Olimpiya o’yinlari qahramoni bo’lganlar.  Olimpiya o’yinlarida ilk bor ayollar 1900 yildan boshlab ishtirok etgan. Tennis bo’yicha Sharlotta Kuper, gol'f bo’yicha Margaret Ebbot, Polin Uitter va Darya Prett ayollar o’rtasida birinchi olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’lganlar.

 

II (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Frantsiya

26

41

34

101

2

AQSH

19

14

14

47

3

Angliya

15

6

9

30

 

III Olimpiya o’yinlari 1904 yil 1 iyul–29 oktabrda Sent-Luis shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 13 ta davlatdan 689 nafar (ulardan 6 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Bu Olimpiada Amerika qit’asida bo’lganligi sababli juda kam sportchilar qatnashgan. Yevropa, Osiyo va Avstraliya ko’p jamoalari moddiy qiyinchiliklar tufayli ishtirok etmagan. Olimpiya o’yinlari Jahon texnik ko’rgazmasi bilan bir vaqtga to’g’ri kelgan va bu holat o’yinlar ahamiyatini pasaytirgan, chunki tomoshabinlar ko’prok ko’rgazma bilan qiziqqan edi.

Olimpiya o’yinlarida 18 ta sport turidan 94 ta medallar komplekti uchun musobaqalar o’tkazilgan. Eng yaxshi sport natijalarini amerikalik yengil atletikachilar Rey Yuri, Archi Xan, gimnastika bo’yicha Anton Xeyda (5 ta oltin), Jorj Eyser (3 ta oltin), velosport bo’yicha Markus Xarli (4 ta oltin) ko’rsatgan edi. 1904 yildagi Olimpiya o’yinlaridan boshlab g’oliblarga oltin, kumush va bronza medallar berish an’anasi qiritilgan.

III (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

78

82

78

234

2

Germaniya

4

4

5

13

3

Kuba

4

2

3

9

 

IV Olimpiya o’yinlari 1908 yil 27 aprel – 29 oktabrda London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. O’yinlarda 22 ta davlatdan 2035 nafar (ulardan 37 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Musobaqalar 22 ta sport turi bo’yicha 110 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Dasturga ilk bor chim ustida xokkey kiritilgan. Qirol Eduard VII ning talabiga ko’ra marafon yugurish masofasi 40 km 23 m dan 42 km 195 mga uzaytirilgan, chunki qirolning oilasi Vindzor qal’asi balkonidan marafon startini ko’rishni istagan. Keyingi o’yinlar dasturlarida 42,142 km klassik marafon masofasi bo’lib qolgan.

Londonda sport musobaqalari uchun 70 ming o’rinli stadion, 100 metrli suzish havzasi, velotrek va boshqa  maxsus sport inshootlari qurilgan. Bu davrda London shahrida muz ustida uchish maydoni bo’lganligi uchun Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor qishki sport turi konkida figurali uchish kiritilgan. Sport musobaqalari davomida yuqori sport natijalari ko’rsatilib, yengil atletika bo’yicha 3 ta jahon, 13 ta olimpiya rekordlari, suzish bo’yicha 6 ta jahon va olimpiya rekordlari o’rnatilgan.

Angliya sportchisi Genri Teylor suzish bo’yicha 3 ta oltin medalga sazovor bo’lib, Olimpiya o’yinlarining qahramoniga aylangan.

1908 yildagi Olimpiya o’yinlaridan boshlab g’oliblarni norasmiy jamoa ochko hisobi bo’yicha aniqlash qoidasi qiritilgan. O’yinlar davrida ingliz ruhoniysi Etel'bert Talbot tomonidan “Eng asosiysi g’alaba emas, ishtirok etishdir” so’zlari aytilgan.

 

IV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Buyuk Britaniya

56

51

39

146

2

AQSH

23

12

12

47

3

Shvetsiya

8

6

11

25

 

V Olimpiya o’yinlari 1912 yil 5 may – 22 iyulda Stokgol'm (Shvetsiya) shahrida bo’lib o’tgan. O’yinlarda 28 ta davlatdan 2547 nafar (ulardan 37 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Musobaqalar 14 ta sport turi bo’yicha 109 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Musobaqalar uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan “Qirol” stadioni qurilgan. Olimpiya o’yinlarining eng yaxshi sportchisi deb, amerikalik hindu Jim Torp tan olingan.

 

V (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Shvetsiya

24

24

17

65

2

AQSH

25

19

19

63

3

Buyuk Britaniya

10

15

16

41

 

1912 yildagi Olimpiya o’yinlaridan boshlab Olimpiya o’yinlarining ochilish va yopilish marosimlari kiritilgan. Bu Olimpiya o’yinlarida oxirgi marta sof oltin medallar berilgan.V Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor san’at tanlovi kiritilgan. Pyer de Kuberten san’at tanlovida Martin Eshbax va Jorj Xoxrod taxalluslari ostida ishtirok etgan va “Sport madhiyasi” she’ri uchun oltin medal bilan taqdirlangan.

Горизонтальный свиток: Zamonaviy I Olimpiya o’yinlari 1896 yil 6-15 aprelda Gretsiyaning Afina shahrida o’tkazilgan.
Olimpiya o’yinlari dasturiga 9 ta sport turlari: yengil atletika, gimnastika, suzish, og’ir atletika, yunon-rum kurashi, o’q otish, qilichbozlik, velosport va tennis kiritilgan.

1896-1912 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining

asosiy xususiyatlari:

 

§   I yozgi Olimpiya o’yinlari dasturiga ayollar sporti kiritilmagan.

§   Olimpiya o’yinlari dasturida yozgi va qishki sport turlari bo’lgan

§   sportchilarni va sport rekordlarini ro’yxatga olish  bo’yicha tashkiliy hay’at tuzilmagan.

§   Olimpiya o’yinlari jihozlanishi past darajada bo’lgan: maxsus sport inshootlari yetishmagan.

§   Olimpiya shaharchasi, sportchilarning yetib kelish sanasi va O’yinlar vaqtidagi aniq  jadvallar bo’lmagan.

§   I -V Olimpiya o’yinlarida faqat mezbon davlat jamoasi g’olib bo’lgan.

 

VI (yozgi) Olimpiya o’yinlari (1916 y.) Birinchi  Jahon urushi sababli o’tkazilmagan.

VII Olimpiya o’yinlari 1920 yil 20 aprel- 12 sentyabr kunlari Antverpen shahrida (Bel'giya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 29 ta davlatdan 2669 nafar (69 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlariga Germaniya kiritilmagan, chunki bu davlat I Jahon urushi sababchisi bo’lgan. Sovet davlati Olimpiya o’yinlarida sovet Milliy Olimpiya qo’mitasi XOQ tomonidan tan olinmaganligi sababli ishtirok etmagan. VII Olimpiya o’yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan. Belgiyaning eng yaxshi sportchisi Viktor Boen olimpiya qasamyodini aytish sharafiga ega bo’lgan. Olimpiya bayrog’i Pyer de Kuberten tomonidan 1913 yilda tavsiya etilib, 1914 yilda XOQning 20 yilligiga bag’ishlangan Kongressda tasdiqlangan edi.

Sport musobaqalari 26 ta sport turi bo’yicha 154 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya musobaqalari natijalari bo’yicha Finlyandiya sportchisi Paavo Nurmi yengil atletikaning 10 000 m va kross yugurish masofalarida 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarga ega bo’lib, Olimpiada  qahramoni,deb tan olingan.

 

VII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

41

27

27

95

2

Shvetsiya

19

20

25

64

3

Buyuk Britaniya

16

15

13

44

4

Finlyandiya

15

10

9

34

5

Bel'giya

14

11

11

36

 

VIII Olimpiya o’yinlari 1924 yil 5-27 iyul kunlari Parij shahrida (Frantsiya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 44 ta davlatdan 3092 nafar sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlarida 17 ta sport turlari bo’yicha 126 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Sport musobaqalarida yengil atletika bo’yicha 8 ta jahon va 14 ta olimpiya rekordlari, suzish bo’yicha 4 ta jahon va 11 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan edi.

Finlyandiya sportchisi Paavo Nurmi  yugurish bo’yicha 5 ta oltin medalga sazovor bo’lgan. Paavo Nurmi 1921-1929 yillar oralig’ida 1500 m dan 20 km gacha yugurish masofalari bo’yicha 29 ta jahon rekordlarini o’rnatgan. Amerikalik Jonn Vaysmyuller suzish bo’yicha 3 ta oltin medalga, fransiyalik Roje Dyukre qilichbozlik bo’yicha 5 ta medalga (3 tasi oltin) sazovor bo’lganlar.

1924 yildan boshlab sport musobaqalari natajalarini norasmiy jamoa ochko hisobi asosida aniqlash qoidasi kiritilgan, yani oltita sovrinli o’rinlar uchun ochko belgilangan: birinchi o’rin – 7 ochko, ikkinchi o’rin – 5 ochko, uchinchi o’rin – 4 ochko, to’rtinchi o’rin – 3 ochko, beshinchi o’rin– 2 ochko, oltinchi o’rin – 1 ochko. Bu o’yinlarda ilk bor olimpiya shiori “Citius, Altius, Fortius” – “Tezroq, Balandroq, Kuchliroq” so’zlari  yangragan. Bu o’yinlar Kuberten rahbarligida o’tkazilgan oxirgi Olimpiya o’yinlari bo’lgan.

 

VIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

45

27

27

99

2

Frantsiya

13

15

10

38

3

Finlyandiya

14

13

10

37

 

IX Olimpiya o’yinlari 1928 yil 17 may - 12 avgust kunlari Amsterdam shahrida (Gollandiya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 46 ta davlatdan 3014 nafar (277 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. 1928 yildan boshlab olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan. Zamonaviy Olimpiya o’yinlari mash’alasi Gretsiyaning Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog’i yonida yoqiladi va Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan shaharga keltiriladi. Olimpiya o’yinlari ochilich marosimida tinchlik ramzi sifatida ilk bor oq kabutarlar uchirilgan.

Olimpiya o’yinlarida 14 ta sport turlari bo’yicha 109 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Jonni Vaysmyuller (AQSH) suzish va Paavo Nurmi (Finlyandiya) yengil atletika bo’yicha ikkinchi marta olimpiya chempioni bo’lganlar.

 

IX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

22

18

16

56

2

Germaniya

10

7

14

31

3

Finlyandiya

8

8

9

25

 

X Olimpiya o’yinlari 1932 yil 30 iyul - 14 avgust kunlari Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 37 ta davlatdan 1408 nafar (126 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlarida Xitoy va Kolumbiya sportchilari ilk bor qatnashgan. Olimpiya o’yinlarida 17 ta sport turlari bo’yicha 116 ta medallar komplekti uchun musobaqalar o’tkazilgan. O’yinlar davomida 116 ta  olimpiya va 21 ta jahon rekordlari o’rnatigan. Bunda Yaponiya sportchisi Kusuo Kitamura 14 yoshida 1500 m masofaga suzish bo’yicha ko’rsatgan natijasi (19.12.4.) keyingi 20 yil mobaynida o’zgarmagan.  Shvetsiya sportchisi Karl Vestergren sport kurashi bo’yicha uch karra (1920,1924,1932) olimpiya chempioni unvoniga sozovor bo’lgan. Eng ko’p olimpiya rekordlari suzish (36 ta) va yengil atletika (54 ta) sport turlarida o’rnatilgan. Bu o’yinlarda g’olib sportchilarni podiumga chiqarib taqdirlash an’anasi kiritilgan.

 

 

 

 

X (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

41

32

30

103

2

Italiya

12

12

12

36

3

Frantsiya

10

5

4

19

 

Los-Anjeles shahrida sportchilar uchun 700 ta turar uy-joylari qurib berilgan va keyingi davrlarda olimpiya shaharchalarini barpo etish an’anaga aylangan.

XI Olimpiya o’yinlari 1936 yil 1 - 16 avgust kunlari Berlin shahrida (Germaniya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 49 ta davlatdan 4066 nafar (328 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlarida Afg’oniston, Bermud, Boliviya, Kosta-Rika va Lixtenshteyn sportchilari ilk bor qatnashgan.

Olimpiya o’yinlari davomida Adolf Gitler targ’ib etgan irqchilik va millatchilik siyosati yaqqol ko’zga tashlanib turgan. Germaniya natsional-shovinistlari tomonidan Osiyo, Afrika qit’alari vakillari, yahudiylar, turli mamlakatlardan kelgan negr irqiga mansub sportchilar kamsitilgan. Shunga qaramasdan, AQSH sportchisi Jeyms Ouens yengil atletika bo’yicha 4 ta oltin medallarga sazovor bo’lib va 4 ta olimpiya rekordlarini o’rnatib, Olimpiada qahramoniga aylangan. AQSH terma jamoasining yana 10 nafar qora tanli sportchilari 11 medallarni (ulardan 6 ta oltin) egallashga muvaffaq bo’lganlar.

Olimpiya o’yinlarida 19 ta sport turlari bo’yicha 129 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Olimpiya dasturi basketbol, gandbol, baydarkada eshkak eshish sport turlari bilan to’ldirilgan.

 

XI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Germaniya

33

26

30

89

2

AQSH

24

20

12

56

3

Vengriya

10

1

5

16

 

1920 -1936 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining

asosiy xususiyatlari:

§ Olimpiya o’yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan.

§ ilk bor olimpiya shiori - “Citius, Altius, Fortiusyangragan.

§ Qishki olimpiya o’yinlari alohida o’tkazila boshlagan.

§ olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan.

§ Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari va sportchilar uchun ilk bor maxsus olimpiya shaharchasi qurilgan.

XII (1940) va XIII (1944) yozgi Olimpiya o’yinlari Ikkinchi jahon urushi sababli o’tkazilmagan.

XIV Olimpiya o’yinlari 1948 yil 29 iyul -14 avgust kunlari London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 59 ta davlatdan 4099 nafar sportchi (3714 erkak, 385 ayol) ishtirok etib, 17 sport turidan 136 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. Olimpiya o’yinlariga SSSR, Germaniya va Yaponiya kiritilmagan. O’yinlarda birinchi marta Venesuela, Livan, Birma, Suriya, Puerto-Riko va Shri-Lanka davlatlari jamoalari ishtirok etgan.

 

XIV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

38

27

19

84

2

Shvetsiya

16

11

17

44

3

Frantsiya

10

6

13

29

 

XIV Olimpiya o’yinlarining sport musobaqalari ilk bor milliy televideniya orqali translyatsiya qilingan. Bu Olimpiya o’yinlaridan boshlab volontyorlarning yordam ko’rsatish ishlari tashkil etilgan.

XV Olimpiya o’yinlari 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Xel'sinki shahrida (Finlyandiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 69 ta mamlakatdan 4955 sportchi (518 nafar ayol) ishtirok etib, 21 ta sport turi bo’yicha 149 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdilar. Olimpiya o’yinlarida ilk bor Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) jamoasi ishtirok etgan. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) jamoasi O’yinlarga kiritilmagan.

Sobiq SSSR Milliy Olimpiya qo’mitasi XOQ tomonidan 1951 yil 7 mayda tan olingan edi. Bu Olimpiya o’yinlarida sovet sportchilari ilk bor ishtirok etgan. Sovet sportchilari 2 ta jahon va 6 ta olimpiya rekordlarini o’rnatgan. Olimpiada medallari uchun raqobat kurashi asosan Sovet Ittifoqi, AQSH, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o’rtasida keskin ravishda o’tgan.

Olimpiada musobaqalari davomida 18 ta jahon va 66 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan. Chexoslovakiya sportchisi Emil Zatopek 5000m, 10000m va marafon yugurish masofalarida birinchi orinni egallab, Olimpiya o’yinlari qahramoniga aylangan.

 

XV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

40

19

17

76

2

SSSR

22

30

19

71

3

Vengriya

16

10

16

42

 

XOQ prezidenti Zigfrid Edstryom Olimpiya o’yinlarining yopilish marosimidagi nutqida “XV Olimpiya o’yinlarini yopiq deb e’lon qilaman” so’zlarini unutib qo’ygan, shuning uchun XV Olimpiya o’yinlari rasman yopilmagan, deb hisoblanadi.

XVI Olimpiya o’yinlari 1956 yilda Mel'burn shahrida (Avstraliya) bo’lib o’tgan, ot sporti musobaqalari karantin sababli Stokgol'm shahrida (Shvetsiya) o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlarida yengil atletika, suzish, og’ir atletika, o’q otish turlari bo’yicha 14 ta jahon va 65 ta olimpiada rekordlari o’rnatilgan. Sovet sportchilari 624,5 ochko bilan Olimpiada chempioni bo’ldi. Shu sababli Avstraliya matbuoti: «Sovet Ittifoqi Amerikaning Olimpiya o’yinlaridagi 60 yillik hukmronligini puchga chiqardi», - deb yozgan edi.

 

XVI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

37

29

32

98

2

AQSH

32

25

17

74

3

Avstraliya

13

8

14

35

 

XVII Olimpiya o’yinlari 1960 yil 25 avgust – 11 sentyabr kunlari Rim shahrida (Italiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida GDR va GFR birlashgan jamoada qatnashgan. Vengriya sportchisi Aladar Gerevich 50 yoshida qilichbozlik bo’yicha 6 karra olimpiya chempioni (1932, 1936, 1948, 1952, 1956, 1960) unvoniga sazovor bo’lgan. Sovet sportchisi Larisa Latinina sport gimnastika bo’yicha 6 ta (3-oltin, 2-kumush, 1-bronza) medallarni olgan. Valeriy Brumel balandlikka sakrashda jahon rekordini o’rnatgan. Yuriy Vlasov uch kurashda 537,5 kg (jahon va olimpiya yangi rekordi) natija bilan Olimpiadaning eng yaxshi sportchi, deb tan olingan. Efiopiya sportchisi Abebe Bikila marafon bo’yicha olimpiya chempioni bo’lgan, masofani oyoq yalang yugurgan. Olimpiya o’yinlari davomida Daniya velosportchisi K.Enemark Yensen doping sababli vafot etgan.

 

XVII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

43

29

31

103

2

AQSH

34

21

16

71

3

Italiya

13

10

13

36

4

Germaniya

12

19

11

42

 

XVIII Olimpiya o’yinlari 1964 yil 10 – 24 oktyabrda Tokio shahrida (Yaponiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlari birinchi marta Osiyo qit’asida o’tkazilgan. Bu o’yinlarda 94 ta mamlakat  jamoalari ishtirok etgan: Yevropadan 28, Afrikadan - 22, Osiyodan - 20, Amerikadan - 21, Avstraliya va Okeaniyadan 2 ta jamoa kelgan. Musobaqalar 23 sport turi bo’yicha 163 medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor voleybol va dzyudo kiritilgan. Sport musobaqalari davomida 81 ta olimpiya va 32 ta jahon rekordlari o’rnatilgan.

 

XVIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

36

26

28

90

2

Sovet Ittifoqi

30

31

35

96

3

Yaponiya

16

5

8

29

4

Germaniya

10

22

18

50

 

XIX Olimpiya o’yinlari 1968 yil 12-28 oktyabrda Mexiko shahrida (Meksika) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 112 ta mamlakatdan 5530 nafar (4750 erkak, 780 ayol) sportchi ishtirok etgan. O’yinlarda 20 sport turidan 172 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Mexiko shahri dengiz sathidan 2240 m balandlikda joylashgan bo’lib, uning iqlim sharoiti sportchilarga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatgan. Shunga qaramasdan, sport musobaqalari davomida 79 ta olimpiya va 28 ta lahon rekordlari o’rnatilgan. Eng yuqori natijalar engil atletika boyicha - 30 ta olimpiya va 14 ta lahon rekordlari - ko’rsatilgan. AQSH sportchisi Robert Bimon uzunlikka sakrashda 8 m 90 sm natija ko’rsatib, jahon rekordini birdaniga 55 sm ga oshirgan. Richard Fosbyuri (AQSH)  balandlikka sakrashning yangi texnik usulini birinchi marta namoyish qilgan. Alfred Orter (AQSH) disk uloqtirish bo’yicha to’rt karra (1956,1960,1964,1968) olimpiya chempioni bo’lgan.

XIX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

45

28

34

107

2

Sovet Ittifoqi

29

32

30

91

3

Yaponiya

11

7

7

25

4

Vengriya

10

10

12

32

 

XX Olimpiya o’yinlari 1972 yil 26 avgust – 12 sentyabr kunlari Myunxen shahrida (Germaniya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 121 ta mamlakat ishtirok etgan, jumladan 11 ta mamlakat jamoalari yangi kiritilgan. Olimpiya o’yinlariga shovinizm va siyosiy mojarolar sababli Janubiy Rodeziya kiritilmagan. Olimpiya o’yinlarida 7170 nafar (ulardan 1095 ayol) sportchi 26 sport turidan 195 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. O’yinlarda 46 ta jahon va 94 ta olimpiya rekordi o’rnatilgan. Sovet sportchilari Lyudmila Turisheva va Olga Korbut (gimnastika), Valeriy Borzov (sprint) olimpiada chempioni bo’lganlar. Kuba sportchisi Teofilo Stivenson eng yaxshi bokschi deb tan olingan va Olimpiada Kubogi ham berilgan. AQSH sportchisi Mark Spitts suzish bo’yicha 7 ta oltin medallarni egallab, har bir suzish masofalarida jahon rekordini o’rnatgan. Germaniya sportchisi Ulrike Mayfart balandlikka sakrash boyicha 16 yoshda, sobiq Ittifoq sportchisi Anatoliy Roshin yunon-rim kurashi bo’yicha 40 yoshda oltin medallarga sazovor bo’lganlar. Yaponiya sportchisi Savao Kato gimnastika bo’yicha uch karra olimpiya chempioni bo’lgan.

1972 yil  5 sentyabrda olimpiya sporti tarixida eng katta fojia sodir bo’lgan. Falastin “Qora sentyabr” tashkilotining terrorchilari olimpiya shaharchasidagi 31-binoga hujum qilib, Isroil delegatsiyasi a’zolarini garovga olgan. Bavariya politsiyasi bilan otishmalar natijasida 11 kishi halok bo’lgan. O’yinlar vaqtincha to’xtatilgan

.

XX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

50

27

22

99

2

AQSH

33

31

30

94

3

GDR

20

23

23

66

 

XXI Olimpiya o’yinlari 1976 yil 17 iyul - 1 avgust kunlari Monreal shahrida (Kanada) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 92 ta mamlakatdan  6028 nafar (4781 erkak, 1247 ayol) sportchi 21 sport turi bo’yicha 198 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashdilar. O’yinlarda 34 ta jahon va 82 ta olimpiada rekordlari o’rnatilgan. Yunon-rim va erkin kurash bo’yicha sovet sportchilari 12 ta oltin medallarga ega bo’lgan.

Olimpiya o’yinlari ochilishida Afrika mamlakatlarining 28 jamoasi norozilik ifodasi sifatida chiqib ketgan. Chunki Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va bu mamlakat bilan sport aloqalarini o’rnatgan Yangi Zelandiya, irqchilikka yo’l qo’yganligiga qaramasdan, o’yinlarga taklif etilgan edi.

Bu Olimpiya o’yinlarida irqchilik muammosidan tashqari, doping muammosi ham avj olgan edi. O’yinlar davomida doping qabul qilgan 12 nafar sportchi ro’yxatga olingan.

 


XXI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

49

41

35

125

2

GDR

40

25

25

90

3

AQSH

34

35

25

94

 

Olimpiada natijalari Afrikada sportning rivoj topayotganligini namoyish etgan. Efiopiya, Keniya, Tunis va boshqa mamlakatlarning sportchilari yaxshi natijalar ko’rsatgan.

XXII Olimpiya o’yinlari 1980 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Moskva shahrida (Sovet Ittifoqi) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlariga V'etnam, Angola, Zimbabve, Mozambik mamlakatlari birinchi marotaba tashrif buyurgan.

Olimpiya o’yinlari birinchi marta sotsialistik davlatda o’tkazilgan. Biroq “sovuq urush” siyosati olimpiya harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatgan va bir qator kapitalistik mamlakatlarning sportchilari O’yinlarda qatnashmagan. AQSH boshchiligida GFR, Yaponiya, Kanada, Shveytsariya, Norvegiya, Argentina milliy olimpiya qo’mitalari Olimpiya o’yinlariga ishtirok etmagan. Buning sabablari, birinchidan, “sovuq urush” siyosati ta’sirida, ikkinchidan,  Jahon hamjamiyati Sovet Ittifoqi harbiy qo’shinlarining Afg’onistondan chiqib ketishini talab qilganligi, lekin bu talab bajarilmaganligi oqibatida sodir bo’lgan. Oyinlarda jami 80 ta mamlakatdan 5179 nafar (1115 ayol) sportchilar 25 sport turi bo’yicha 203 medallar komplekti uchun musobaqalarda qatnashgan. Sport musobaqalari davomida 36 ta jahon, 74 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan. Eng yuqori natijalar og’ir atletika bo’yicha ko’rsatilgan: 23 ta olimpiya va 13 jahon rekordlari.

 

XXII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

80

69

46

205

2

GDR

47

37

42

126

3

Bogariya

8

16

17

41

 

XXIII Olimpiya o’yinlari 1984 yil 28 iyul – 12 avgust kunlari Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida sovet sportchilari va bir qator sotsialistik davlatlar ishtirok etmagan, chunki AQSH hukumati sportchilar xavfsizligini ta’minlanishiga kafolat bermagan edi. O’yinlarda siyosiy sabablarga ko’ra GDR, Bolgariya, Polsha, Kuba, Mongoliya va boshqa davlatlarning sportchilari ishtirok etmaan. Olimpiya o’yinlarida 140 mamlakatdan 6829  nafar (1566 ayol) sportchilar qatnashqan.

 

XXIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

83

61

30

174

2

Ruminiya

20

16

17

53

3

GFR

17

19

23

59

 

XXIV Olimpiya o’yinlari 1988 yil 17 sentyabr – 2 oktyabr kunlari Seul  shahrida (Janubiy Koreya) bo’lib o’tgan. XOQ Prezidenti Xuan Antonio Samaranch va Xalqaro sport uyushmalarining rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli Sovet Ittifoqi va AQSH sportchilari yana Olimpiya o’yinlarida uchrashdilar. O’yinlarda 159 mamlakatdan 8473 nafar sportchi ishtirok etgan.

Olimpiya o’yinlarida 29 sport turi bo’yicha 237 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga birinchi marta stol tennisi kiritilgan, tennis esa qayta tiklangan. Bu Olimpiya o’yinlarida 101 ta olimpiya va 28 ta jahon rekordlari o’rnatilgan.

 

XXIV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Sovet Ittifoqi

55

31

46

132

2

GDR

37

35

30

102

3

AQSH

36

31

27

94

 

1948-1988 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining

asosiy xususiyatlari:

§   Xalqaro olimpiya harakatida “sport va siyosat” muammosi paydo bo’lgan.

§   Sobiq Ittifoq terma jamoasi Olimpiya o’yinlarida yetakchi pozitsiyalarni egallab olgan.

§   XOQ, MOQ va XSF o’zaro munosabatlari yaxshilangan. Olimpiya kongresslari 43 yillik inqirozdan so’ng yana o’z faoliyatini boshlagan.

§   XOQ tomonidan yangi milliy olimpiya qo’mitalarining tan olinishi hisobidan olimpiya harakati saflari yanada kengaygan.

§   Xalqaro olimpiya harakatida doping va xaqqoniy hakamlik muammosi paydo bo’lgan.

XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 25 iyul – 9 avgust kunlari Barselona shahrida (Ispaniya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlariga 172 davlatdan 10563 sportchi (2704 ayol) kelgan. Ular o’rtasida  257 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar olib borilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga badminton, beysbol va ayollar dzyudosi kiritilgan.

Bu Olimpiya o’yinlarida sobiq Yugoslaviya respublikalari – Bosniya va Gertsegovina, Sloveniya, Xorvatiya sportchilari alohida jamoalar sifatida qatnashgan. O’yinlarda Latviya, Litva va Estoniya sportchilari ham ilk bor alohida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etgan.

Sobiq Sovet Ittifoqi sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) terma jamoasiga birlashgan. MDH terma jamoasida jami 483 nafar (312 erkak va 171 ayol) sportchi bo’lib, ulardan 276 nafar sportchi Rossiya, 83 – Ukraina, 53 – Belorussiya, 18 – Qozog’iston, 17– O’zbekiston, 10 – Gruziya va Moldaviya, 5 – Ozarbayjon, 4 – Armaniston,  3 – Qirg’iziston va Tojikiston vakillari bo’lgan.

MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritilgan edi. Ular 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritganlar. O’zbekistondan sport gimnastikasi bo’yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyeva, yengil atletika bo’yicha 4x400 m estafeta g’olibi Marina Shmonina oltin medallarga sazovor bo’lganlar. Og’ir atletikachi Sergey Sirtsov va o’q otish sporti bo’yicha Anatoliy Asrabayev kumush medalga sazovor bo’lganlar. Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida bronza medali bilan taqdirlangan. MDH Birlashgan jamoa sportchilarining g’alabasi sharafiga olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va olimpiya madhiyasi ijro etilgan.

 

XXV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

MDH

45

38

29

112

2

AQSH

37

34

37

108

3

Germaniya

33

21

28

82

 

XXVI Olimpiya o’yinlari 1996 yil 19 iyul – 4 avgust kunlari AQSHnig Atlanta shahrida bo’lib o’tgan. Bu o’yinlar 19 iyuldan 4 avgustgacha davom etdi. Ularda 197 milliy olimpiya qo’mitalarining 10318 nafar (ulardan 3512 ayol) sportchilari ishtirok etgan. Musobaqalar 35 sport turi bo’yicha 271 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor sohil voleyboli, ayollar futboli, softbol, mauntinbayk kiritilgan.

Bu Olimpiya o’yinlaridan boshlab O’zbekiston, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Moldaviya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston mustaqil davlatlar sifatida ishtirok etgan. Chexiya, Slovakiya, Makedoniya davlatlari ham ilk bor alohida qatnashgan.

 

XXVI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

44

32

25

101

2

Rossiya

26

21

16

63

3

Germaniya

20

18

27

65

 

XXVI Olimpiya o’yinlari davomida ko’ngilsiz hodisa sodir bo’lgan. 27 iyul kuni Istirohat bog’ida bomba portlagan, 44 yoshli amerikalik ayol va 40 yoshli telekommentator vafot etgan.

AQSH Prezidenti Bill Klinton  mintaqaning barcha hududlardagi qo’poruvchilarni qoralagan. XOQ bir daqiqa motam sukutini o’tkazib, O’yinlarni davom ettirishga qaror qilgan edi.

XXVII Olimpiya o’yinlari 2000 yil 15 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Sidney shahrida (Avstraliya) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlariga 200 davlatdan  10651 nafar ( ulardan 4069 ayol) sportchilar tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlarida Koreya – KXDR va Janubiy Koreya – ilk bor birlashgan jamoa sifatida qatnashgan.

Sport musobaqalari davomida 45 ta jahon rekordlari o’rnatilgan, ulardan 26 ta og’ir atletika va 15 ta suzish sport turlari bo’yicha bo’lgan. Niderlandiya sportchisi Inge de Breyn suzish bo’yicha ayollar o’rtasida 50 m va 100 m erkin usul, 100 m batterflyay masofalarida oltin medallarni olgan. Xitoy sportchilari og’ir atletika musobaqalarida jami 7 ta (ulardan 5 ta oltin) medallarga ega bo’lganlar. Olimpiya dasturiga ayollar o’rtasida og’ir atletika ilk bor kiritilgan. Boks bo’yicha Rossiya va Kuba sportchilari bilan bir qatorda O’zbekiston, Qozog’iston, Tailand, Fransiya, Buyuk Britaniya bokschilari birinchi o’rinlarni egallashga muvafaq bo’lganlar. Bu Olimpiada XX asrning oxirgi O’yini sifatida tarixda qolgan.

 

 

 


XXVII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

40

24

33

97

2

Rossiya

32

28

28

88

3

Xitoy

28

16

15

59

 

XXVIII Olimpiya o’yinlari 2004 yil 13 – 29 avgust kunlari Afina shahrida (Gretsiya) bo’lib o’tgan. O’yinlarga 202  davlatdan 10625 nafar (ulardan 4392 ayol) sportchilar tashrif buyurgan. Olimpiya musobaqalari 37 ta sport turi bo’yicha 301 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Afinada Olimpiya o’yinlari ochilishi marosimi katta tantana bilan boshlanib, qadimgi greklarning milliy an’analari namoyish qilingan. Olimpiada mash’alasini yoqish sharafi grek yaxtachisi Nikolas Kaklamanisga nasib etgan. Olimpiya o’yinlarining yopilish marosimida XOQ Prezidenti Jak Rogge: “O’yinlar tinchlik va do’stlik ruhida o’tkazildi”- deb ta’kidlagan edi. Bu Olimpiya o’yinlari  XXI asrning ilk O’yini sifatida tarixda qolgan.

 

XXVIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

35

38

29

102

2

Rossiya

27

27

38

92

3

Xitoy

32

17

14

63

 

XXIX Olimpiya o’yinlari 2008 yilda Pekin shahrida (Xitoy) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlarida jahonning 204 davlatidan 11500 nafar sportchi 28 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etgan.

Olimpiada-2008 ramziy timsoli “Fuva” – omad farzandlari, deb nomlangan. Ular beshta bo’lib, nomlari xitoy ierogliflarida bey-bey –baliq, tsin-tsin –  panda, xuan-xuan – olov, in-in – kiyik, ni-ni– qaldirg’och ma’nolarini bildiradi. Bu so’zlarni qo’shib o’qiganda “Beyjinga hush kelibsiz” jumlasi kelb chiqadi (30-rasm).

 

XXIX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy

51

21

28

100

2

AQSH

36

38

36

110

3

Rossiya

23

21

28

72

 

30-rasm. XXIX Olimpiya o’yinlarining rasmiy timsollari

 

XXX Olimpiya o’yinlari 2012 yilda London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan.

 

XXX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi

O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

46

29

29

104

2

Xitoy

38

27

22

87

3

Angliya

29

17

19

65

4

Rossiya

24

25

33

82

 

1992-2012 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining

asosiy xususiyatlari:

§ Olimpiya harakati safiga sobiq Ittifoq tarkibidan ajralqan yangi Mustaqil davlatlar qo’shilgan.

§ “Sovuq urush” davri barham topib, sport va siyosat muammosi bartaraf etildi.

§ Xalqaro olimpiya harakatida Paralimpiya  va Paraosiyo o’yinlarining mavqei oshdi.

§ Yoshlar olimpiya o’yinlari joriy qilindi va ular umumjahon ahamiyatga ega bo’ldi.

§ Olimpiya sporti tayyorgarligining ilmiy-nazariy asoslari, texnik-taktik usullari, tibbiy-biologik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi yanada takomillashdi.

 

Olimpiya o’yinlarining dasturi

 

Olimpiya o’yinlari dasturi – bu XOQ tomonidan tasdiqlangan Olimpiya o’yinlari uchun sport turlari va sport musobaqalarining ro’yxati. Dastur olimpiya sportining  muhim jihatlaridan biri bo’lib, uning tuzilishi Olimpiya o’yinlari ommaviyligining o’sishiga ta’sir etadi va jahonda sport rivojining strategiyasini belgilab beradi.

Olimpiya o’yinlari dasturining rivojlanishi turli omillarning ta’siri  bo’yicha to’rtta asosiy davrdan iborat:

I.        1896-1912 yillarda olimpiya dasturi Tashkiliy qo’mita tomonidan tuzilgan va barqaror bo’lmagan. Olimpiya dasturining o’zgarishiga P'yer de Kubertenning fikri va shaxsiy pozitsiyasi o’z ta’sirini ko’rsatgan.

II.     1912-1952 yillarda olimpiya dasturining shakllanish jarayoniga XOQ faoliyatining ta’siri kuchli bo’lgan. XOQ mustaqil ravishda olimpiya dasturlari mazmunini belgilagan.

III. 1952-1980 yillarda olimpiya dasturi siyosiy va mafkuraviy omillar ta’sirida shakllangan.

IV.  1980 yillardan - hozirgi davrgacha olimpiya dasturining mazmuniga siyosiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy omillar ham o’z  ta’sirini ko’rsatmoqda.

Olimpiya dasturi bilan bog’liq masalalar 1907 yil XOQning 7- sessiyasida ilk bor muhokama qilingan va bunda Londonda o’tkaziladigan Olimpiya o’yinlarining dasturi tasdiqlangan. 1909 yilda XOQning 11- sessiyasida olimpiya dasturini tuzish jarayonida Olimpiya o’yinlari xalqaro sport musobaqa ekanligi va ular tashkilotchi mamlakatlarga qulay sport musobaqalaridan iborat bo’lishiga e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan. 1912 yilda  XOQning 15-sessiyasida sport turi 6 ta mamlakatda keng rivojlangan bo’lsa dasturga kiritilishi mumkinligi to’g’risida qaror qabul qilingan.

1920 yildan boshlab olimpiya dasturiga sport turlarini kiritish faqat XOQ tomonidan amalga oshirilgan. Sport turlariga qo’yilgan talablar ham yildan-yilga o’zgarib borgan va qiziqishi kamaygan sport turlari dasturga kiritilmagan.

Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki yillarida olimpiya dasturiga faqat sportning xavaskor turlari kiritilgan. Shuning uchun 1928 yilda dasturdan tennis chiqarilgan. 1979 yildan esa dastur sport turlarining kontinentlarda keng rivojlanganlik mezonlariga ko’ra tuzilgan. Hozirgi davrda Olimpiya xartiyasiga binoan olimpiya dasturiga XOQ tomonidan tan olingan, yozgi sport turlari erkaklar uchun jahonning 75 ta mamlakatlar va to’rtta kontinentida, ayollar uchun 40 ta mamlakatlar va uchta kontinentda  keng ommalashgan bo’lishi shart. Qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga jahonning 25 ta mamlakatlari va uchta kontinentida keng rivojlangan qishki sport turlari kiritiladi.

Olimpiya o’yinlari dasturiga sport turlarining kiritish va ularni dasturdan chiqarish huquqi faqat Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga berilgan. Olimpiya dasturiga oid barcha masalalar XOQ Sessiyasi, Ijroiya qo’mitasi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. 1968 yilda XOQning 67-sessiyasida olimpiya dasturi bo’yicha doimiy Xay’at tuzilgan. Xay’at olimpiya dasturini tuzish bo’yicha amaliy tavsiyalarni tasdiqlagan, dasturning mazmuni va aniq mezonlarini belgilab bergan.

Olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki davrida, 1896 yilda olimpiya dasturiga 9 ta sport turlari va 43 ta sport musobaqalari kiritilgan bo’lsa, 2014 yilda ularning soni 37 ta sport turlari va 301 ta sport musobaqa turlarini tashkil etdi. 1924 yilda qishki olimpiya sport turlarining soni 7 ta va qishki sport musobaqa turlari 39 ta bo’lgan. 2014 yilda esa qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga 15 ta sport turlari va 80 ta sport musobaqa turlari kiritilgan.

Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi. Olimpiya xartiyasi bo’yicha Olimpiya o’yinlari har 4 yilda bir marta o’tkaziladi. 1994 yildan boshlab yozgi va qishki olimpiya o’yinlarining orasidagi farq ikki yilni tashkil qiladi. Yozgi olimpiya o’yinlari 16 kun va qishki olimpiya o’yinlari 12 kun davom etadi.

Olimpiya o’yinlari planetar ahamiyatga ega bayram bo’lib, ularni yuqori saviyada tashkil qilish va o’tkazish har bir mamlakat uchun katta sharafdir. Olimpiya o’yinlarini o’tkazish huquqi XOQ tomonidan tanlangan va tasdiqlangan shaharga beriladi. Nomzod shaharlar tomonidan XOQ Ijroiya qo’mitasiga berilgan talabnomada Olimpiya o’yinlarini o’tkazish vaqti va sanasi ko’rsatiladi.

Olimpiya o’yinlarini o’tkazish uchun shaharni tanlab olish huquqiga faqat XOQ egadir. Shahar nomzodi mamlakat emas, shaharning nomidan tavsiya qilinadi. Nomzod shahar hokimiyatining talabnomasi mazkur mamlakatning hukumati va milliy olimpiya qo’mitasi tomonidan ma’qullangan bo’lishi kerak. Bunda milliy olimpiya qo’mitasi shaharning o’z zimmasiga olgan barcha majburiyatlari uchun ma’sul tashkilot hisoblanadi.

XOQ Ijroiya qo’mitasi tomonidan “Nomzod shaharlar uchun shartlar” ishlab chiqilgan bo’lib, har bir nomzod shahar ushbu shartlarga rioya qilishi to’g’risidagi kafolat hujjatini XOQga yozma ravishda taqdim etishi kerak. Ushbu “Shartlar”da Olimpiya o’yinlarining Olimpiya Xartiyasi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro sport federatsiyalarining talablariga muvofiq o’tkazilishi kafolatlangan. Ular xavfsizlikni ta’minlash, moddiy va moliyaviy kafolatlardan iborat. Barcha nomzod shaharlar XOQ sessiyasidan 6 oy oldin Ijroiya qo’mitaga moliyaviy kafolatlarini berishi lozim.

1999 yilda XOQning 110-sessiyasida ikki bosqichdan iborat tanlov qoidalari tasdiqlangan. Tanlovning birinchi bosqichida XOQning ma’muriy vakillari va tashqi ekspertlardan tuzilgan ishchi guruh nomzod shaharlardagi asosiy texnik talablarni o’rganib, XOQ Ijroiya qo’mitasiga ma’lumotlarni beradi. Ijroiya qo’mita tanlovning birinchi bosqichidan o’tgan nomzod shaharlar ro’yxatini tasdiqlaydi. XOQ Ijroiya qo’mitasiga nomzod shaharlar to’g’risida barcha ma’lumotlar taqdim etilganidan so’ng tanlovning ikkinchi bosqichida XOQning nomzodlarni baholash Hay’ati har bir shaharga tashrif buyuradi. Hay’at tarkibi olimpiya harakatining barcha tashkilotlari XOQ, XSF, MOQ, Xalqaro Paralimpiya qo’mitasi a’zolari, sportchilar, ekspertlardan iborat bo’ladi. Nomzodlarni baholash Hay’ati har bir nomzodni o’rganib chiqib, shahardagi sport inshootlarini tekshirib, nomzod shahar tanlovi o’tkaziladigan Sessiyagacha bo’lgan ikki oy muddat ichida har bir nomzod to’g’risidagi yozma hisobotni XOQga berishi lozim.

Olimpiya o’yinlarini o’tkazish uchun nomzod shaharlarni ko’rib chiqish jarayoni qo’yidagi asosiy tadbirlardan iborat:

§ XOQ va nomzod shaharlarning axborot uchrashuvi;

§ Nomzodni ko’rib chiqish jarayoni to’g’risidagi tadbirlarni imzolash;

§ Nomzod taqdimoti uchun uning emblemasini yaratish;

§ XOQ Ijroiya qo’mitasiga nomzod shahar kichik delegatsiyasining taqdimoti. Taqdimot maqsadi - XOQ Ijroiya qo’mitasini nomzod shaharlarning o’z rahbariyati va boshqaruvi bilan tanishtirishdir;

§ XOQga nomzod shaharning o’zi haqidagi ma’lumotlari bilan birgalikda 150 ming AQSH dollari miqdorida badal puli to’lanadi. Olimpiya o’yinlarini o’tkazish huquqini olmagan nomzod shaharlarga badal puli foizi bilan qaytariladi;

§ XOQ Ijroiya qo’mitasi tomonidan nomzod shaharlarni tasdiqlash va kelgusida XOQ sessiyasida Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan shaharni tanlash;

§ XOQ sessiyasi tomonidan Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan shaharni tanlash.

Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish huquqini olish uchun nomzod shahar sessiyada qatnashayotgan XOQ a’zolarining eng ko’p ovozini to’plashi kerak (ovozlarni yarmi va yana bir ovoz). Agarda ovoz berishning birinchi va keyingi bosqichlarida shaharlarning hech biri talab etilgan ovozlar sonini to’play olmasa, ulardan eng kam ovoz olgani nomzodlar orasidan chiqariladi va ovoz berishning yangi bosqichi o’tkaziladi.

Olimpiya sportining obro’sini tushirishiga sabab bo’ladigan turli xil qoidabuzarlik va suiste’molchilik holatlariga yo’l qo’ymaslik uchun XOQ tomonidan Olimpiya o’yinlarini o’tkazish uchun nomzod shaharlarni tanlab olishning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Shu tarzda nomzod shaharlar uchun ma’lumotnoma ishlab chiqilgan bo’lib, uning moddalari nomzodning faylida yoritilishi kerak. Mazkur ma’lumotnomaning mazmunida bu masalalar bo’yicha XOQning bugungi kundagi nuqtai nazari ifodalangan. Ma’lumotnoma mazmuni 18 ta mavzudan iborat: nomzod shaharning milliy va mintaqaviy tavsifi; huquqiy asoslari; bojxona va immigratsion rasmiyatchiliklar; atrof muhit himoyasi va meteorologik sharoitlar; moliya; marketing; umumiy sport konsepsiyasi; sport turlari; paralimpiya o’yinlari; olimpiya shaharchasi; tibbiy xizmat va sog’liqni saqlash xizmati; xavfsizlik; joylashtirish; transport; texnologiyalar; aloqa va mediaservis xizmati; olimpizm va madaniyat; kafolatlar.

Hozirgi kunda Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish katta moddiy harajatlarni va ulkan tayyorgarlik ishlarini talab etadi. Shuning uchun talab etilgan moddiy-texnik bazasi, vositalari va ish tajribasi mavjud bo’lgan shaharlar Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazish imkoniyatiga ega. Bunda tashkilotchi shaharga qo’yiladigan talablarning oshishi va ishtirokchilar sonining ko’payishi hisobidan Olimpiya o’yinlarini o’tkazish qiymati ham yildan-yilga o’sib borishini e’tiborga olish zarur.

Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish va ularga qadar tayyorgarlik ishlari XOQ tomonidan shahar joylashgan mamlakatning Milliy olimpiya qo’mitasiga topshiriladi. Olimpiya o’yinlariga mezbon bo’ladigan shahar e’lon qilingandan keyin XOQ va MOQ o’rtasida shartnoma tuzilib, bunda tashkilotchi shaharning majburiyatlari bayon etiladi. Shartnoma imzolangandan so’ng 5 oy muddat ichida MOQ Olimpiya o’yinlarining Tashkiliy qo’mitasini tuzishi kerak. Tashkiliy qo’mita ta’sis etilgan kunidan boshlab bevosita XOQ bilan bog’lanib, uning instruktsiyasini oladi. Tashkiliy qo’mitasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi lozim. Tashkiliy qo’mita tarkibiga jamoat arboblari va mutasaddi rahbarlardan tashqari o’sha mamlakatdan bo’lgan XOQ a’zolari, MOQ prezidenti va bosh kotibi, tashkilotchi shaharning vakili kiritiladi.

Olimpiya o’yinlari tashkiliy qo’mitasi faoliyatining asosiy mazmuni quyidagi ishlardan iborat:

ü  Olimpiya dasturida har bir sport turi uchun teng sharoitlarni hamda olimpiya musobaqalarini XSF qoidalariga muvofiq o’tkazilishini ta’minlash;

ü  Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan shahar hamda uning atrofida siyosiy namoyishlar va chiqishlarga yo’l qo’ymaslik;

ü  Olimpiya o’yinlari o’tkazish uchun sport inshootlarini tanlab olish yoki zaruriyat payydo bo’lsa ularni yaratish, barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash;

ü  Sportchilar, rasmiy vakillar, yordamchi personallarni joylashtirish;

ü  Tibbiy xizmatni tashkil kilish;

ü  Transport muammolarini hal qilish;

ü  O’yinlar jarayonini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari talablarini qoniqtirish;

ü  Olimpiya o’yinlari o’tkazishning ajralmas qismi bo’lgan madaniy tadbirlarni tashkil qilish;

ü  Olimpiya o’yinlari to’g’risida ikkita rasmiy tillarda yakuniy hisobotni taqdim etish va uni o’yinlardan so’ng ikki yil mobaynida tarqatish.

“MakAlun (1998: 198-203, 244-247) ta’kidlashicha, 1896 yilda Afinada o’tkazilgan birinchi Olimpiya o’yinlari tizimsiz va ko’rimsiz bo’lgan. Ular kam sonli ishtirokchilari, kuchsiz reklamasi bilan yevropa matbuotida deyarli yoritilmagan. 1894 yil Parijdagi Olimpiya Kongressida O’yinlarga qadar 13 ta davlat vakillari qatnashgan, 21 ta mamlakat yozma ravishda roziligini yuborgan, lekin faqat 12 ta davlat Afinada ishtirok etgan ( AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Fransiya, Daniya, Gratsiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Bolgariya, Vengriya va Chili). Olimpiadaga to’qqizta sport turi kiritilgan: velosiped sporti, qilichbozlik, gimnastika, katta tennis, o’q otish, suzish, yengil va og’ir atletika, qo’l jangi. Sportchilar asosan yevropalik bo’lgan, Kuberten Olimpiya “shoy”lari boshqa mamlakatlarda ham o’tkazilishi tarafdori bo’lgan

1900 yil Parijda Olimpiya o’yinlari Butunjahon ko’rgazmasi sababli ikkinchi darajali bo’lib qolgan. Dastlab o’yinlar ikkinchi darajali voqea hisoblanib,“ Ko’rgazma doirasidagi musobaqalar” sifatida reklama qilingan edi. Yirik stadionlar izini ham topib bo’lmas edi, chunki asosiy stadionning o’zi yo’q edi – yengil atletika sport turlarining ko’p qismi Bulon o’rmonining dalalarida, suzish bo’yicha musobaqalar esa – Sena daryosida o’tkazilgan. (Yang, 2004: 154)

Uchinchi Olimpiada Butunjahon ko’rgazmasining bir qismi sifatida 1904 yil Sent-Luisda tashkil qilingan, Luizian savdo ko’rgazmasi sifatida tanilgan.

London Rimning voz kechganidan so’ng 1908 yilda Olimpiya o’yinlarini o’tkazish joyi bo’lgan. 1904 yilda Londonda o’tkazilgan XOQ sessiyasida 1908 yilda Olimpiya o’yinlari Rimda o’tkazilishi to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Birinchi marta ko’rgazma o’tkazish tashabbusi fransuz Savdo palatasi va London Lord-meridan kelib chiqqan, Fransiya va Angliya maqsadi o’zlarining sanoat yutuqlarini namoyish qilishdan iborat bo’lgan. 1908 y. stadionda yugurish va velosiped yo’laklari, ochiq suv havzasi va futbol, xokkey, regbi va laskross uchun maydonlar bo’lgan, stadion 93 000 tomoshabinlarni sig’dirgan.[1]

1948 y. Olimpiya o’yinlari.

Agar 1908 yilda Imperiyaning yetakchi mavqei hali ham saqlangan, 1924 yil – u xavf ostida bo’lgan vaqt hisoblangan bo’lsa, 1948 yilda Olimpiya o’yinlari Imperiyasi vayron bo’layotgan mamlakat tomonidan tashkil qilingan.

Britaniya iqtisodiyoiti urush sababli inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi tiklash ishlari endigina o’z ta’sirini ko’rsatayotgan edi. Biroq televideniyani qayta ishga tushirilishi 1948 y. O’yinlarni televideniya orqali jonli efirda translayatsiya qilingan birinchi O’yinlarga aylanishiga imkon bergan”.[2]

 

Jadvalni to’ldiring.

 

Qishki va yozgi Olimpiya o’yinlarinig tashkiliy farqlari

 

O’tkazilgan yili va joyi

Qishki Olimpiya o’yinlari

Yozgi Olimpiya o’yinlari

 

 

 

 

 

© Adabiyotlar

 

1.    Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar. Qarshi,“Nasaf”, 2004.

2.    Niyozov I. Olimpiya sport o’yinlari. Uslubiy qo’llanma. T.: 2006.

3.    Olimpiya bilimlari asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 2002.

4.    Ernazarov E.Olimpiadajahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.

5.    Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish. Т.: 2008.

6.    Djalilova L.A. Olimpiya bilim asoslari. O’quv qo’llanma. T.: 2015.

7.    J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism. O’tmishdan nazar.   5-bob. Butunjahon ko’rgazmalaridan ulkan tadbirlar sari. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. 

8.   Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.

 


Скачано с www.znanio.ru



[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism. O’tmishdan nazar. 5-bob. Butunjahon ko’rgazmalaridan ulkan tadbirlar sari. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari konsepsiyasi. II-qism. O’tmishdan nazar. 5-bob. Butunjahon ko’rgazmalaridan ulkan tadbirlar sari. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

Mavzu 14. OLIMPIYA O’YINLARI

Mavzu 14. OLIMPIYA O’YINLARI

Gretsiya qiroli Georg I Olimpi y a o’yinlarining g’oliblariga medallarni taqdim etgan

Gretsiya qiroli Georg I Olimpi y a o’yinlarining g’oliblariga medallarni taqdim etgan

O’rin Davlat oltin kumush bronza

O’rin Davlat oltin kumush bronza

O’rin Davlat oltin kumush bronza

O’rin Davlat oltin kumush bronza

Sport musobaqalari 26 ta sport turi bo’yicha 154 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan

Sport musobaqalari 26 ta sport turi bo’yicha 154 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan

Olimpiya o’yinlari ochilich marosimida tinchlik ramzi sifatida ilk bor oq kabutarlar uchirilgan

Olimpiya o’yinlari ochilich marosimida tinchlik ramzi sifatida ilk bor oq kabutarlar uchirilgan

Osiyo, Afrika qit’alari vakillari, yahudiylar, turli mamlakatlardan kelgan negr irqiga mansub sportchilar kamsitilgan

Osiyo, Afrika qit’alari vakillari, yahudiylar, turli mamlakatlardan kelgan negr irqiga mansub sportchilar kamsitilgan

XV Olimpiya o’yinlari 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari

XV Olimpiya o’yinlari 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari

S ovet sportc h i si Larisa Latinina sport gimnastika bo’yicha 6 ta (3-oltin, 2-kumush, 1-bronza) medallarni olgan

S ovet sportc h i si Larisa Latinina sport gimnastika bo’yicha 6 ta (3-oltin, 2-kumush, 1-bronza) medallarni olgan

XIX (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning norasmiy umumjamoa hisobi

XIX (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning norasmiy umumjamoa hisobi

Bu Olimpiya o’yinlari da irqchilik muammosidan tashqari, doping muammosi ham avj olgan edi

Bu Olimpiya o’yinlari da irqchilik muammosidan tashqari, doping muammosi ham avj olgan edi

XXI (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning umumjamoa hisobi

XXI (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning umumjamoa hisobi

XXIV Olimpiya o’yinlari 1988 yil 17 sentyabr – 2 oktyabr kunlari

XXIV Olimpiya o’yinlari 1988 yil 17 sentyabr – 2 oktyabr kunlari

MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga

MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga

Koreya – KXDR va Janubiy Koreya – ilk bor birlashgan jamoa sifatida qatnashgan

Koreya – KXDR va Janubiy Koreya – ilk bor birlashgan jamoa sifatida qatnashgan

XXVII (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning umumjamoa hisobi

XXVII (yozgi) Olimpiya o’yinlari ning umumjamoa hisobi

XXIX Olimpiya o’yinlarining rasmiy timsollari

XXIX Olimpiya o’yinlarining rasmiy timsollari

Olimpiya o’yinlari dasturining rivojlanishi turli omillarning ta’siri bo’yicha to’rtta asosiy davrdan iborat:

Olimpiya o’yinlari dasturining rivojlanishi turli omillarning ta’siri bo’yicha to’rtta asosiy davrdan iborat:

Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi

Olimpiya o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi

XOQ Ijroiya qo’mitasiga nomzod shahar kichik delegatsiyasining taqdimoti

XOQ Ijroiya qo’mitasiga nomzod shahar kichik delegatsiyasining taqdimoti

Tashkiliy qo’mita tarkibiga jamoat arboblari va mutasaddi rahbarlardan tashqari o’sha mamlakatdan bo’lgan

Tashkiliy qo’mita tarkibiga jamoat arboblari va mutasaddi rahbarlardan tashqari o’sha mamlakatdan bo’lgan

Olimpiya o’yinlari. Agar 1908 yilda

Olimpiya o’yinlari. Agar 1908 yilda
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022