OLIMPIYA O’YINLARI VA SIYOSAT
Оценка 5

OLIMPIYA O’YINLARI VA SIYOSAT

Оценка 5
docx
18.09.2022
OLIMPIYA O’YINLARI VA SIYOSAT
Ma'ruza 18 OBA.docx

Mavzu 18. OLIMPIYA O’YINLARI VA SIYOSAT

 

Xalqaro olimpiya harakatida Olimpiya o’yinlari va siyosat muammosining vujudga kelishi. Olimpiya o’yinlari va siyosatning o’zaro bog’liqligi. Sportda kamsitish, irqchilik va millatchilik muammosi. Sportda aparteid qarshi kurash.

Sport jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida faqatgina jamiyatning butun siyosiy-iqtisodiy tizimi bilan bog’liq holda mavjud bo’lishi mumkin. Hozir ham “Sport – siyosatdan holi” konsepsiyasining tarafdorlari bor ekanligiga qaramay, zamonaviy sportning amaliyoti uning siyosat bilan chambarchas bog’liqligida dalolat bermoqda. Xatto zamonaviy olimpiya harakatini asoschilari bo’lgan Pyer de Kuberten va uning tarafdorlari ham sportning siyosatdan ustunligini ta’kidlashgan, amalda undan xalqlar o’rtasidagi tinchlik va birdamlikni mustahkamlash, taraqqiyparvar kuchlarni birlashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun foydalanishga intilganlar.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida olimpiya harakatiga rahbarlik qilgan liberal guruhlar vakillariga “Sport – siyosatdan holi” konsepsiyasi avvalo maqsadga erishish uchun kerak bo’lgan: olimpiya harakatini keng miqyosdagi xalqaro hodisaga aylantirish uchun turli mamlakatlar hukumatlarining siyosiy intilishlaridan nari bo’lish va millatlararo umumiy manfaatlarga tayanish, buning uchun esa hech bo’lmasa keskin siyosiy muammolarga nisbatan sportning betarafligi, neytralligi to’grisidagi tasavvurini yaratish kerak edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, XX asrning boshlarida AQSHda sportdagi g’alabalarni davlat manfaatlarining targ’iboti bilan bog’lashga intilish boshlangan. Ma’lumki, zamonaviy Olimpiya o’yinlarining birinchi davrida ularda AQSH sportchilari eng katta yutuqlarga erishganlar. Aynan shuning uchun amerika matbuoti XX asr boshlarida davlat Olimpiya o’yinlari g’olibi, deb tan olinishi mumkinligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan hamda Olimpiya o’yinlarida davlatlar egallagan ochkolar hisobini yuritish tizimini kiritgan, XOQ esa uni tan olishdan bosh tortgan.

Birinchi jahon urushidan so’ng Pyer de Kuberten siyosiy muammolar olimpiya maydoniga ko’chirilmasligi kerakligini ta’kidlab, olimpiya harakatini siyosatning ta’siridan himoyalashga uringan. Biroq g’olib davlatlarning vakillari bo’lgan XOQ a’zolari urushda mag’lub bo’lgan davlatlarni – Germaniya, Avsro-Vengriya, sobig Ittifoq – olimpiya harakatidan chiqarib tashlashni talab qilgan. Lozannadagi yig’ilishda (1919 y.) VII Olimpiya o’yinlari (1920 y.) Vengriya poytaxti Budapeshtdan Belgiyadagi Antverpen shahriga ko’chirilgan.

Germaniya va uning ittifoqchilari, shuningdek sobiq Ittifoqning VII Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki bilan bo’g’liq bo’lgan siyosiy qarorlarni qabul qilishdan o’zini chetga olish maqsadida XOQ ushbu Olimpiya o’yinlariga taklif qilish huquqini tashkilotchi-shaharga topshirgan edi, u esa sobiq Ittifoq, Germaniya va Birinchi jahon urushida bu davlat bilan ittifoqchi bo’lgan davlatlarni VII Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qilgan.

Xuddi shunday yo’l bilan Ikkinchi jahon urushini boshlagan va unda mag’lub bo’lgan davlatlar – Germaniya va Yaponiya terma jamoalari 1948 yilda Sankt-Moritsdagi V qishki Olimpiya o’yinlari hamda Londondagi XIV Olimpiya o’yinlariga kiritilmagan.

Yuqori natijalar sporti va ayniqsa olimpiya harakatining butun tarixi shuni ishonarli tarzda ko’rsatib berdiki, xatto sportni siyosatdan ajratish shu asosda u yoki bu qarorlarni qabul qilish kerakligini ko’p marta takrorlanishi ham aslida siyosiy maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilgan. Masalan, XX asrning 70-80 yillarida sport vositasida siyosiy izolyatsiyadan chiqishga harakat qilgan Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) shu yillar mobaynida “sport – siyosatdan holi” pozisiyani yoqlab kelgan.

“Sport – siyosatdan holi” degan fikr mutlaqo tanqidni ko’tara olmaydi. Olimpiya harakatining bir asr vaqt davomidagi tarixi bunga guvohlik beradi. 1936 yil Germaniyaninng Garmish-Partenkirxen shahrida bo’lib o’tgan IV qishki va Berlindagi XI yozgi Olimpiya o’yinlarni bunga yaqqol misol qilib ko’rsatish mumkin. O’sha O’yinlarda  fashist Germaniyasining hukumati sport va Olimpiya o’yinlaridan siyosiy va milliy maqsadlarda foydalangan.

Sosialistik davlatlar sportchilarining olimpiya arenalariga chiqib kelishi bilan Olimpiya o’yinlari siyosiy tuzumlar o’rtasidagi musobaqalarga, “sovuq urushning” muhim quroliga aylandi. Olimpiya o’yinlaridagi g’alaba u yoki bu tuzumlarning nisbatan “sog’lomroq” ekanligini namoyish qiluvchi ko’rsatkich sifatida qaraldi.

Olimpiya sporti bilan siyosatning bog’liqligini tahlil qilganda, siyosiy maqsadlarda undan foydalanishning bir nechta yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin.

Birinchi yo’nalish. Zamonaviy davrda sportni ommaviyligi, keng jamoatchilikni sport yulduzlariga bo’lgan qiziqishi ortib borgan sari turli mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, hokimiyat tepasidagi partiya boshliqlari o’zining taniqliligini oshirish maqsadida sportga, mashhur sportchi va murabiylarga ko’proq e’tibor qaratayotganligi.

Ikkinchi yo’nalish. Turli mamlakatlar hukumatlarining o’z mamlakatining iqtisodiyotda erishgan yutuqlarini targ’ib qilish, siyosiy tan olinishga erishish maqsadida nufuzli xalqaro musobaqalar – birinchi navbatda Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo’lga kiritish uchun intilishi. Olimpiya o’yinlari atrofidagi siyosiy vaziyatning tahlili tashkilotchi davlatlarning hukumatlari siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiya o’yinlaridan maksimal tarzda foydalanganliklaridan dalolat bermoqda.

Uchinchi yo’nalish. Turli mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi nufuzini ko’tarish uchun sport va Olimpiya o’yinlaridan keng miqyosda foydalanish. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, XX asrning 50-80 yillarida yuqori natijalar sportidagi, shu jumladan Olimpiya o’yinlaridagi g’alabalarni u yoki bu davlatni siyosiy va iqtisodiy tizimining samaradorligi, unung fan, madaniyat, ta’limda erishgan yutuqlari darajasi bilan bog’lashga intilish kuchli edi. Bunday bog’liqlik har doim ham ochiq namoyon bo’lmagan, mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy darajasini aks ettiruvchi omil sifatida sportdan foydalanishga bo’lgan intilish aniq ko’rinib turar edi.

To’rtinchi yo’nalish. Davlatlarni ichki va tashqi siyosat masalalarida o’zining mustaqilligini yoki boshqa mamlakatlar siyosatiga o’zining ta’sirini namoyish etish uchun sportdan foydalanish.

Beshinchi yo’nalish. Siyosiy bosim o’tkazish, davlatlarning siyosatini diskreditasiyalash, zamonaviy davr muammolariga jahon hamjamiyatining e’tiborini jalb qilish maqsadida yirik xalqaro sport musobaqalarinii, jumladan Olimpiya o’yinlarini ham boykot qilinishi.

Oltinchi yo’nalish. Siyosiy tashkilotlar va alohida shaxslar tomonidan dunyoda sodir bo’layotgan alohida voqealar, jarayonlar va hodisalarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratish uchun sport va Olimpiya o’yinlaridan foydalanishi.

XX asrning 70 yillarida yirik xalqaro sport musobaqalari va Olimpiya o’yinlari davomida “sport va siyosat” muammosi bilan bir qatorda “sportda millatchilik” muammosi ham paydo bo’lgan.

Sportda millatchilik muammosining mohiyati Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida mamlakatlar terma jamoalarining saf tortib chiqmasligi, ularning milliy bayroqlari ko’tarilmasligi, olimpiya g’oliblari sharafiga davlat madhiyasi ijro etilmasligi,  sportchilar o’z mamlakat belgisi qo’yilgan sport formalarida chiqmasligi kabi salbiy talablardan iborat edi.

«Olimpiya xartiyasining 51-qoidasida “Olimpiya o’yinlaridan siyosiy, diniy yoki irqiy targ’ibot uchun namoyish va norozilik chiqishlar maydoni sifatida foydalanish taqiqlanadi” (XOQ, 2007), deb belgilangan. Shunga qaramasdan, zamonaviy Olimpiya o’yinlari urushlar, boykotlar, norozilik chiqishlsri, hatto terroristik xujumlar bilan to’qnashgan. Olimpiya o’yinlari ramziy siyosat doirasiga kirib qolgan vaziyatda uning ikki asosiy shakllarida namoyon bo’lgan. Bu – reklama-targ’ibot imkoniyatlari, yani musobaqalarda qatnashish, medallar olish, O’yinlar mezboni rolida chiqish yo’li bilan o’z mavqeini mustahkamlash; turli shakldagi boykotlar orqali Olimpiya o’yinlarida qatnashishdan voz kechish, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik bildirish. (Prays, 2008).19681984 yillar davrida Olimpiya o’yinlari ramziy siyosiy musobaqa joyi bo’lib qolgan va bunda boykot kuchli siyosiy qurolga aylangan edi.» [1]

 

Olimpiya o’yinlari siyosatidagi uchta tendentsiya (1968–2016 yy.)

Boykot va siyosiy teatr

Reklama-targ’ibot 

siyosati

O’yinlar

neoliberalizmi

1968 Meksika

1972 Myunxen

1976 Monreal

1980 Moskva

1992 Barselona

1984 Los-Anjeles

1984 Los-Anjeles

2000 Sidney

1996 Atlanta

1988 Seul

2004 Afina

2012 London

 

2008 Pekin

 

 

2016 Rio-de-Janeyro

 

 

Hozirgi kunda xalqaro olimpiya harakatining ko’p muammolari hal qilingan. Jumladan, dastlabki Olimpiya o’yinlarida paydo bo’lgan irqchilik va millatchilik muammosi XX asrning ikkinchi yarmida sportda kamsitish holatlariga qarshi olib borilgan keskin kurash natijasida bartaraf etilgan.

1972 yil  5 sentyabrda olimpiya sporti tarixida eng katta fojia sodir bo’lgan. Falastin “Qora sentyabr” tashkilotining terrorchilari olimpiya shaharchasidagi 31-binoga hujum qilib, Isroil delegatsiyasi a’zolarini garovga olgan. Bavariya polisiyasi bilan otishmalar natijasida 11 kishi halok bo’lgan. O’yinlar vaqtincha to’xtatilgan.

Olimpiya o’yinlarida boykotlar va siyosiy teatr  Olimpiya o’yinlarida boykotlar uchta asosiy sabablar boyicha e’lon qilingan: “sovuq urushning” bir qismi sifatida; aparteid, “irq” yoki imperializm sababli, siyosiy-g’oyaviy kelisha olmagan mamlakatlar nuqtai nazari sababli.

Olimpiya o’yinlari birinchi marta sosialistik davlatda o’tkazilgan. Biroq “sovuq urush” siyosati olimpiya harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatgan va bir qator kapitalistik mamlakatlarning sportchilari O’yinlarda qatnashmagan. AQSH boshchiligida GFR, Yaponiya, Kanada, Shveysariya, Norvegiya, Argentina milliy olimpiya qo’mitalari Olimpiya o’yinlariga ishtirok etmagan. Buning sabablari, birinchidan, “sovuq urush” siyosati ta’sirida, ikkinchidan, Jahon hamjamiyati sobiq Sovet Ittifoqi harbiy qo’shinlarining Afg’onistondan chiqib ketishini talab qilganligi, lekin bu talab bajarilmaganligi oqibatida sodir bo’lgan.

Olimpiya o’yinlarida sobiq sovet sportchilari va bir qator sosialistik davlatlar ishtirok etmagan, chunki AQSH hukumati sportchilar xavfsizligini ta’minlanishiga kafolat bermagan edi. O’yinlarda siyosiy sabablarga ko’ra GDR, Bolgariya, Polsha, Kuba, Mongoliya va boshqa davlatlarning sportchilari ishtirok etmaan.

 

Olimpiya o’yinlarida boykotlar va siyosiy muammolar, 1948–2014 yy.

Olimpiya o’yinlari

Boykot

Sabablari /boshqa masalalar

London

1948

 

Ikkinchi jahon urushidagi nasistlar blokining ikki yirik vakili Germaniya va Yaponiya; Sobiq Ittifoq taklif qilingan biroq uning sportchilari ishtirok etmagan.

Xelsinki

1952

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)

XXR XOQ tan olgan Xitoy Respublikasiga (Tayvan) qarshi chiqqan – XXR Olimpiada musobaqalarida 1980 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga qadar ishtirok etmagan. Sobiq Ittifoq birinchi marta qatnashgan, biroq Sharqiy Germaniya ishtirok etish to‘g‘risidagi talabnomasiga rad javobini olgan va Germaniya jamoasi to‘lig‘icha G‘arbiy Germaniya sportchilaridan iborat bo‘lgan. 

Melburn

1956

Misr, Iroq va Livan (Suaysh inqirozi); Niderlandiya, Ispaniya va Shveysariya (Sobiq Ittifoqning Vengriyaga bostirib kirishi); Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoy Respublikasining (Tayvan) Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga (“Formoza” nomi ostida) qarshi norozilik bildiradi.

Misr hukumati tomonidan Suaysh kanali milliylashtirilgach, Isroil, Birlashgan Qirollik va Fransiya qo‘shinlari Misr hududiga bostirib kiradi; Sobiq Ittifoqning va Vengriya orasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar suv polosi bo‘yicha yarim final o‘yinida nazoratdan chiqib ketadi – “suvdagi qon” matchi.

Tokio

1964

Indoneziya va Shimoliy Koreya (XOQ 1963 yilgi GANEFO o‘yinlarida ishtirok etgan jamoalarga ta’qiq e’lon qilgandan so‘ng).

Janubiy Afrika Respublikasi aparteid tufayli 1992 yilga qadar XOQ dan chiqarilgan.

Mexiko

1968

 

Medal topshirish marosimida 200 metrga yugurish bo‘yicha birinchi va uchinchi o‘rinni egallagan afroamerikalik atletlar Tommi Smit va Jon Karlos tomonidan “Qoralar hokimiyatini” sharaflash namoyishi o‘tkazildi. Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan o‘n kun oldin Tlatelolkoda namoyishcilarning ko‘pchiligi hukumat qo‘shinlari tomonidan otib tashlangan edi.

Myunxen

1972

 

Isroil olimpiya terma jamoasining a’zolari falastinning “Qora sentabr” deb nomlangan terrorchilik tashkiloti tomonidan garovga olingan.

Monreal

1976

Tanzaniya afrikadagi 22 ta mamlakatning boykotiga boshchilik qilgan.

Regbi bo‘yicha Yangi Zellandiya terma jamoasining Janubiy Afrika Respublikasi bo‘ylab safar o‘tkazganiga qaramay XOQ Yangi Zellandiyaga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqlashdan bosh tortdi.

Moskva

1980

AQSH prezidenti Jimmi Karter Sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga bostirib kirishiga qarshi norozilik tariqasida Olimpiya o‘yinlarini boykot qilish haqida qaror qabul qiladi hamda qatnashish huquqiga ega 62 ta mamlakat vakillari Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan.

Liberty Bell Classic (shuningdek “boykot qilingan Olimpiya o‘yinlari” nomi bilan mashhur bo‘lgan) tadbir Filadelfiyadagi Pensilvaniya universitetida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarini boykot qilgan 29 mamlakat sportchilari ishtirok etgan.

Leyk-Plesid 1980

Xitoy Respublikasi (Tayvan) “Xitoy Taybeyi” nomi ostida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Shu vaqtga qadar qishki Olimpiya o‘yinlari boykot qilingan yagona holat.

Los-Anjeles 1984

Sobiq Ittifoq hamda uning 14 ittifoqchilari, shuningdek Eron va Liviya Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishdi.

Sharqiy blok “Do‘stlik-84” deb nomlangan o‘zining shaxsiy multisport tadbirini o‘tkazishni tashkillashtirdi.

Seul

1988

Shimoliy Koreya, Albaniya, Kuba, Efiopiya, Madagaskar, Nikoragua va Seyshal orollari.

Texnik nuqtai nazarda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan urush holatida edi (bu holat hozirgacha saqlanib qolgan).

Sochi

2014

2008 yil avgustida Gruziya hukumati 2014 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishga chaqirdi.

Rossiyaning 2008 yilda Janubiy Osetiyadagi urushda ishtirokiga javoban. Sochi Gruziya da’vo qilayotgan hudud Abxaziyadan 20 mil (32,19 km) masofada joylashgan.

Manba’: Baimerand Molnar (2010); Hill (1996); Toohey и Veal (2007).[2]

 

© Adabiyotlar

1.            John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. –126-146 p.

2.            Rachel Bladon. The Story of Olympics: An Unofficial History. Oxford, Macmillan Publishen Limited, 2012.- 80 p.

3.                        Bairner, A. and Molnar, G. (eds) (2010) The Politics of the Olympics, London: Routledge. Gaffney, C. (2010) 'Mega-events and socio-spatial dynamics in Rio de janeiro, 1919-2016', Journal of Latin American Geography 9 (1): 7-29.

4.            Hayes, G. and Karamichas, J. (eds) (2011) Olympic Games, Mega-Events, and Civil Societies: Globalisation, Environment, and Resistance, Basingstoke: Palgrave.

5.     Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.


Скачано с www.znanio.ru



[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. III- qism. 7-bob. Siyosat va Olimpiya o’yinlari.Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. III- qism. 7-bob. Siyosat va Olimpiya o’yinlari.Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p. 

 

Mavzu 18. OLIMPIYA O’YINLARI

Mavzu 18. OLIMPIYA O’YINLARI

Sankt-Moritsdagi V qishki Olimpiya o’yinlari hamda

Sankt-Moritsdagi V qishki Olimpiya o’yinlari hamda

To’rtinchi yo’nalish. Davlatlarni ichki va tashqi siyosat masalalarida o’zining mustaqilligini yoki boshqa mamlakatlar siyosatiga o’zining ta’sirini namoyish etish uchun sportdan foydalanish

To’rtinchi yo’nalish. Davlatlarni ichki va tashqi siyosat masalalarida o’zining mustaqilligini yoki boshqa mamlakatlar siyosatiga o’zining ta’sirini namoyish etish uchun sportdan foydalanish

Rio - de - Janeyro

Rio - de - Janeyro

Germaniya ishtirok etish to‘g‘risidagi talabnomasiga rad javobini olgan va

Germaniya ishtirok etish to‘g‘risidagi talabnomasiga rad javobini olgan va

Moskva 1980 AQSH prezidenti

Moskva 1980 AQSH prezidenti
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022