Mavzu 13. OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI
Хalqaro Olimpiya akademiyasi va uning faoliyati. Olimpiya muzeyilari, ularning maqsadi va vazifalari. Milliy olimpiya akademiyalari va ularning faoliyati. Olimpiya ta’limi va tadqikotlari bo’yicha хalqaro va milliy markazlar. P'yer de Kuberten Хalqaro qo’mitasi va unung faoliyati. Olimpizm tushunchalari va ularning mohiyati. Olimpiya madaniyati qadriyatlari. Olimpiya madaniyatini shakllantirish usullari. Olimpiya bilimlarini targ’ibot qilish shakllari va vositalari.
Hozirgi davrda olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy tuzilmasiga Xalqaro Olimpiya akademiyasi (XOA), milliy olimpiya akademiyalari (MOA), olimpiya ta’limi bo’yicha xalqaro va milliy markazlari, olimiya muzeylari, Pyer de Kuberten Xalqaro ko’mitasi va boshqa tashkilotlar kiradi. Olimpiya ta’limi masalalari 1897 y. Gavrda o’tkazilgan XOQning sessiyasida ilk bor muhokama qilingan.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi 1961 yilda tashkil qilingan. XOA manzili, yani shtab-kvartirasi – Olimpiya shahrida joylashgan. Bu tashkilot olimpiya harakati g’oyalari va tamoyillari, jismoniy tarbiya nazariyasi va sport amaliyotini o’rganish hamda targ’ib qilish bo’yicha ixtisoslashgan muassasa bo’lib, XOQ rahbarligi ostida faoliyat ko’rsatadi. XOA 80 dan ortiq davlatlarning milliy olimpiya akademiyalarini tan olgan. Uning faoliyati XOQning maxsus komissiyasi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi.
XOA har yili haftalik sessiyalar o’tkazadi. Ularning dasturidan falsafa va sportning mafkuraviy muammolari, olimpiya harakati tarixi, sport tayyorgarligi, jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy seminarlari joy olgan. Ushbu sessiyalarga etakchi olimlar, trenerlar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, talabalar, aspirantlar, sportchilar – umumiy soni 4000 dan ziyod kishilar taklif etiladi. 1987 yil 18 fevralda sobiq Ittifoq olimpiya akademiyasi tashkil qilingan.
O’zbekiston Olimpiya Akademiyasi (O’zOA) 1993 yil 18 aprelda tashkil topgan. O’zOA birinchi prezidenti A.Q.Hamroqulov va ijroiya direktori B.S.Radjapov saylanganlar. O’zOA delegatsiyasi 1994 yilda Olimpiya shahrida o’tkazilgan XOAning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan. O’zOAning 12 nafar kishidan iborat Ijroiya qo’mitasi tarkibiga yetakchi olimlar, o’qituvchilar, trenerlar va olimpiya harakati arboblari kiritilgan. O’zOA nizomi bo’yicha Olimpiya Akademiyasi O’zMOQ rahbarligida faoliyat ko’rsatadigan ko’ngilli jamoat tashkiloti hisoblanadi. Respublika Olimpiya Akademiyasiga O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori rahbarlik qiladi.
O’zOA maqsadi olimpiya harakati va Olimpiya o’yinlarining insonparvar qadriyatlari, olimpizm tamoyillari va g’oyalarini o’rganish, targ’ibot qilish, ommalashtirish hamda rivojlantirishdan iborat. O’zR OAning dolzarb vazifasi mamlakatimizda olimpiya ta’limotining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish, mintaqaviy Olimpiya akademiyalari bilan aloqalar o’rnatish hisoblanadi.
Bugungi kunda xalkaro olimpiya harakati sport jarayonining asosini tashkil etadi. Ushbu ijtimoiy jarayonni uchta tushunchalar – «olimpizm», «olimpiya harakati» «olimpiya o’yinlari» tavsiflaydi. Mazkur tushunchalar yig’indisi olimpiya harakatining va ularning tashkiliy shakllaridan ajiralib turadigan xususiyatlarini aks ettiradi. Olimpiya harakati alohida ma’naviy asosga ega. Olimpiya Xartiyasida olimpizm tushunchasining ma’nosi yoritib berilgan.
Olimpizm - bu tana, iroda va ong qadr qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir.
Olimpiya harakati olimpizm tamoyillariga asoslangan, tinchlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash maqsadida sportni rivojlantirishga qaratilgan demokratik ijtimoiy taraqqiyotdir. Olimpiya harakati insoniyat faoliyatining ko’p sohalari: ta’lim, tarbiya, san’at, fan, madaniyat, texnika taraqqiyoti, xalqlar o’rtasida do’stlik va tinchlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Olimpiya o’yinlari – bu individual va jamoa sport turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida emas, balki sportchilar o’rtasidagi musobaqalardir.
Olimpiya bilimlarini targ’ibot qilish vositalari. Sport nashriyoti eng samarli targ’ibot vositalaridan hisoblanadi. Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining «Fan-sportga» ilmiy-nazariy jurnali 2004 yildan nashr qilinmoqda. Respublikamizda «Sport», «Mir sporta» gazetalari ham doimiy ravishda chiqariladi.
Ma’naviy barkamol va jismoniy sog’lom insonni tarbiyalashning muhim vositasiga aylangan sport olimpiya go’yalari va olimpiya qadriyatlarini keng targib etishga xizmat qilmoqda.
Olimpiya madaniyati qadriyatlari. Bugungi kunda xalkaro olimpiya harakati sport jarayonining asosini tashkil etadi. Ushbu ijtimoiy jarayonni uchta tushunchalar – «olimpizm», «olimpiya harakati» «olimpiya o’yinlari» tavsiflaydi.
Olimpizm - bu tana, iroda va ong qadr-qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir.
Olimpiya harakati – bu olimpizm tamoyillariga asoslangan, xalqlar o’rtasidagi do’stlik va tinchlikni mustahkamlash maqsadida sportni rivojlantirishga qaratilgan demokratik ijtimoiy jarayondir. Olimpiya harakati insoniyat faoliyatining ko’p sohalari: ta’lim, tarbiya, san’at, fan, madaniyat, texnika taraqqiyoti, xalqlar o’rtasida do’stlik va tinchlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Olimpiya o’yinlari – bu individual va jamoa sport turlari bo’yicha mamlakatlar o’rtasida emas, balki sportchilar o’rtasida o’tkaziladigan musobaqalardir. Olimpiya o’yinlari – har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o’tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.
Mazkur tushunchalar yig’indisi olimpiya harakatining va ularning tashkiliy shakllaridan ajiralib turadigan xususiyatlarini aks ettiradi. Olimpiya harakati alohida ma’naviy asosga ega. Olimpiya Xartiyasida olimpizm tushunchasining ma’nosi yoritib berilgan. Olimpizm tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun unga quyidagi ta’riflarni ham berish mumkin:
Ø olimpizm – bu alohida, insoniyat tomonidan hosil qilingan yuksak axloqiy qadriyatlarga ma’naviy asosdir;
Ø olimpizm – bu jamiyatning o’ziga hos holatidir, bunda tajovuzkorlik, urush harakatlarini olib borish axloqsizlik hisoblanadi;
Ø olimpizm – bu sport, san’at, madaniyat, fan va texnikaning o’ziga hos uyg’unlashuvidir. Olimpiadalar moddiy va ma’naviy madaniyatning turli tomonlarini rivojlantirish omillaridan biri bo’ldi. Bunday uyg’unliksiz Olimpiya o’yinlari o’zining bu darajada maftunkorligiga ega bo’lmas edi;
Ø olimpizm – bu turli davlatlar sportchilarining yagona axil oilaga birlashishidir. Bu o’zaro yordam, birdamlik, halollikka asoslangan do’stona munosobatlarni rivojlantirishdir, bu har qanday diskriminatsiyaning yo’qligidir;
Ø olimpizm nafaqat jismoniy sifatlarni, balki tana va ruh uyg’unligini tarbiyalashga qaratilgan ta’limdir, bu sportchilarda jasurlik, or-nomus, qadr-qimmatni tarbiyalashdir;
Ø olimpizm deganda madaniyat va san’at, fan va texnika, ma’naviyat sohalarida sport faoliyatinnig ilg’or tajribalari va yutuqlari bilan uyg’unlashishiga qaratilgan qarashlar tizimi tushuniladi;
Ø olimpizm – sport harakatining ma’naviy asosi bo’lib, unda gumanistik - insonparvar g’oyalar, insonlarning yaxshi niyatlari, tinchlik, hamkorlikka intilishi aks etadi;
Ø olimpizmning mazmun-mohiyati insonga, shahsga, jamiyatga xizmat qilishdan iborat; Olimpiya sporti gumanizm, halol uyin (feyr-pley), olimpizm falsafasini shakllantiruvchi tinchliksevar an’analarni oldinga suradi.
Sportni madaniyat va ta’limot bilan birlashtiruvchi olimpizm sa’yi-harakatdan quvonish, yaxshi namuna hamda asosiy umumiy axloqiy tamoyillarni hurmat qilishning tarbiyaviy qiymatiga asoslangan turmush tarzini yaratishga intiladi. Olimpizmning ijtimoiy ahamiyati umuminsoniy qadriyatlar va ideallar bilan bog’liq.
Asosiy tamoyillar (Olimpiya xartiyasida ko’rsatilishi bo’yicha)
Pyer de Kuberten tashabbusi bilan 1894 yil iyunda Parijda o’tkazilgan Xalqaro Atletik Kongressda zamonaviy olimpizm g’oyasini ishlab chiqilgan. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) 1894 yil 23 iyunda tashkil topgan. Olimpiya xartiyasi XOQ tomonidan qabul qilingan asosiy tamoyillar, Qoidalar va Qarorlarning tartibli majmuasi hisoblanadi. Xartiya olimpiya harakati faoliyatini nazorati va Olimpiya oyinlarini o’tkazish shartlarini muvofiqlashtiradi.
Kuberten tomonidan 1894 yilda asos qilingan XOQ olimpiya harakatining “oliy organi” bo’lib, uning missiyasi butun jahonda olimpizm g’oyalarini ommalashtirish va limpiya harakatiga rahbarlik qilishdan iborat. XOQning shtab-kvartirasi Losanna, Shveytsriyada joylashgan, tashkilot 1980 yildan buyon 400 nafardan ortiq xodimlar bilan kengaytirilgan. (Chappelet va Kubler-Mabblott, 2008 y.: 27-34).[1]
Olimpiya o’yinlariga 36 ta sport turlari kiritilgan: 26-28 ta yozgi Olimpiya o’yinlarida va 7-8 ta qishki Olimpiya o’yinlarida. XOQ 115 nafar a’zolardan iborat, murakkab tizimni tashkil qiladi. Bir tomonda 200 ta dan ortiq Xalqaro sport federatsiyalari(IF) alohida sport tularini boshqaruvchi vakillar. Boshqa tomonda, 200 ta dan ortiq Milliy Olimpiya Qo’mitalari (NOC) turadi.[2]
IF, NOC va XOQ o’rtasidagi kelishevlar ikkitomonlama ucrashuvlar asosida o’taziladi. XOQ a’zolari – bu faqat XOQ a’zolaridir; ular XOQ oldida mamlakat vakili emasdirlar.
Olimpizm - bu tana, iroda va ong qadr qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir.
Olimpiya qadriyatlari (“Olimpiya o’yinlari” va “Olimpiada”) tushunchalari ramz, bayroq, shior, gimn, emblema, mash’al kabi vositalarni qamrab olgan. Olimpiya qadriyatlariga egalik qilish hamda daromad olish uchun tijorat va reklama maqsadlarida foydalanish huquqlari faqat XOQga berilgan.Bu huquqlar konun, jumladan Olimpiya o’yinlarini tashkilotchi-mamlakat tomonidan himoya qilinadi.
Ramzlar, g’oyalar, afsonalar, kontsepsiyalar va tarix muntazam tadbirlarni tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Eng avval aniq an’analar o’ylab topilgan. O’yinlarda – bu ochilish marosimi, tayanch ritual ifodali jumlalar bilan ochilishi. G’oliblarga kumush medal va zaytun yaprog’i taqdim etilgan. Yugurish bo’yicha g’oliblarga – bronza medali va lavr yaprog’i berilgan.Tantanali taqdirlash marosimida milliy bayroqlar ko’tarilgan. Kuberten “Tezroq, Balandroq, Kuchliroq” shiorini dominikan ruhoniysi Genri Didon Ota 1891 yilda so’zlagan nutqidan olgan. O’yin ishtirokchilari tomonidan aytiladigan Olimpiya qasamyodi so’zlarni Kuberten 1906 yilda yozgan, lekin ular 1920 yigacha ishlatilmagan. Olimpiya shaharchasi, olimpyia mash’ali va olimpiya estafetasi esa keyinroq paydo bo’lgan”.
Olimpizm o’z rivojlanishida uchta bosqichni bosib o’tgan: qadimgi davr, Kuberten davri, zamonaviy davr. Har bir bosqichda olimpizm yangi mazmun, an’analar, urf-odatlar bilan boyib borgan. Lekin uning etakchi gumanistik tamoyillari saqlanib qolgan. Bu tizim insonning jismoniy, ma’naviy va axloqiy talablariga javob beradi, olimpiya g’oyalari va tamoyillari atrofida jahon xalqlarini birlashtiradi va ular xalqaro olimpiya harakatini tashkil etadi.
Olimpiya madaniyatini shakllantirish usullari. Yoshlarni sport faoliyatiga nafaqat jalb qilish, balki ularni sportning insonparvar g’oyalarini, qadriyatlarini egallashga yo’naltirish lozim. Har bir sportchi, birinchi navbatda, o’zida o’z Vatani sharafini himoya qiladigan, halol kurashadigan, qo’pollik, ochko’zlik, kuch ishlatish, yovuzlik, ya’ni shahsni, jamiyatni emiruvchi hodisalarga qarshilik ko’rsatadigan insonni tarbiyalashi lozim. Bunday vazifa olimpiya madaniyati qadriyatlarini egallash yo’li orqali hal etiladi, olimpizm falsafasini g’oyaviy asos sifatida o’z ichiga oladi. Uning zamirida chuqur tarixiy, ijtimoiy, falsafiy dunyoqarashlar ifodalangan.
Olimpiya madaniyatining ijtimoiy qadriyatlari jamiyat tomonidan tarixiy bilimlar, ijtimoiy-ruhiy me’yorlar, sport harakati, olimpizm, olimpiya harakati, Olimpiya o’yinlari ko’rinishida yaratilgan.
Olimpiya madaniyatining tarixiy qadriyatlari sport tarixi, olimpiya harakati genezisi to’g’risidagi bilimlar, sport, qadriyatlar, me’yorlar evolyutsiyasi, olimpizm ma’nosi to’g’risidagi bilimlarning shakllanish tarixini o’z ichiga olgan.
Olimpiya madaniyatining tafakkur qadriyatlari sport faoliyatiga falsafiy yondashish, sportning insonparvarlik asoslarini ishlab chiqish, Olimpiya Xartiyasi g’oyalari asosida olimpiya harakatini rivojlantirishda ifodalangan.
Olimpiya madaniyatining kommunikativ qadriyatlari sportni muloqot vositasi, xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sifatida yorqin namoyon bo’lib, sport faoliyatining baynalmilalligini aks ettiradi.
Olimpiya qadriyatlari Olimpiya o’yinlari ramzlarining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalari orqali boyitiladi va takomillashadi.
Olimpiya ramzlari Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan va uning tashabbusi bilan Olimpiya o’yinlariga kilitilgan. Olimpiya ramzlarining mohiyati va huquqlari Olimpiya xartiyasida belgilangan.
Olimpiya belgisi – beshta olimpiya halqalaridan iborat. Olimpiya halqalarining rangi quyidagi tartibda bo’lishi shart: ko’k, qora, qizil, sariq va yashil. Bunda ko’k, qora va qizil rangli halqalar yuqori qatorda, sariq va yashil rangli halqalar pastki qatorda joylashgan. Olimpiya belgisi ramziy ma’noda jahonning beshta qit’asini bildiradi.
Olimpiya bayrog’i – oq rang matodan bo’lib, uning o’rtasida beshta rangli olimpiya halqalarining tasviri bor. Olimpiya bayrog’i Kuberten tomonidan 1913 yilda tavsiya qilingan va 1914 yil Parij kongressida tasdiqlangan.
Olimpiya shiori – (lotincha) “Citius, Altius, Fortius” – “Tezroq, , Kuchliroq, Balandroq” so’zlarini ifodalaydi. Olimpiya shiori olimpiya harakatining barcha ishtirokchilariga qaratilgan bo’lib, insonlarni barkamolikka intilish va Olimpiya o’yinlari ruhini saqlashga chaqiradi.
Olimpiya madhiyasi – XOQning 1958 yil Tokioda o’tkazilgan 55-sessiyasida tasdiqlangan va uning nota (partitura)lari XOQning shtab-kvartirasida saqlanadi.
Olimpiya madaniyati - bu Olimpiya xartiyasi g’oyalari, olimpizm falsafasiga mos bo’lgan, inson tomonidan to’plangan bilimlar, me’yorlar, qadriyatlar, hatti-harakat namunalarining yig’indisidir. Uning asosida inson turmush tarzi va shahsning yashash usuli shakllanadi. Ushbu bilimlar ta’lim va tarbiya orqali beriladi. Bunda pedagogik jarayonning insonparvarlik mohiyatiga katta e’tibor qaratish lozim. Pedagogik jarayon mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
v Olimpiya o’yinlari, olimpiya harakati tarixi, olimpizmning gumanistik g’oyalari va qadriyatlari to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish jarayoni;
v sportga bo’lgan qiziqish, sport mashg’ulotlariga bo’lgan talab, sportdagi natijaga, musobaqalarda g’alabaga erishishga bo’lgan intilishni shakllantirish jarayoni;
v aholini, ayniqsa bolalar va yoshlarni turli yo’nalishdagi jismoniy tarbiya, sport faoliyatiga jalb qilish.
Olimpiya ta’limi va tarbiyasi jarayonida ma’naviy tarbiya masalalariga yetarlicha e’tibor qaratmaslik sportchilarda manmanlik, ochko’zlik, molparastlik kabi salbiy sifatlarining shakllanishiga olib keladi. Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan olimpiya ta’limi va tarbiyasi sportchilarda yuksak ma’naviy qadriyatlar, jamiyatda zarur bo’lgan ko’rsatmalar hamda sport faoliyati bilan shug’ullanish sabablarini tarbiyalashga yordam beradi.
Olimpiya ta’limi va tarbiyasida nafaqat tarixiy sanalar, faktlar, olimpiya rekordlari raqamlarini eslab qolish orqali bilimni egallashga, balki yoshlarni sport faoliyatiga faol jalb qilish, ularda shahsiy sport rekordlarini o’rnatishga bo’lgan intilishni rivojlantirish, birinchi navbatda, o’z ustidan g’alaba qozonishga o’rgatish zarur. Olimpiya tarbiyasiga bunday yondashish yuksak madaniyat, tafakkurga ega bo’lgan, ya’ni har tomonlama rivojlangan shahslar bilan sportchilar qatorini to’ldirishga imkon beradi.
Olimpiya bilimlarini targ’ibot qilish vositalari. Sport nashriyoti eng samarli targ’ibot vositalaridan hisoblanadi. Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining «Fan-sportga» ilmiy-nazariy jurnali 2004 yildan nashr qilinmoqda. Respublikamizda «Sport», «Mir sporta» gazetalari ham doimiy ravishda chiqariladi. Hozirgi kunda olimpiya g’oyalarini targ’ibot qilishning yangi vositasi – sport tarixi va olimpiya muzeylari yaratilgan.
Hozirgi kunda olimpiya g’oyalarini targ’ibot qilishning yangi vositasi – sport tarixi va olimpiya muzeylari yaratilgan. Birinchi Olimpiya muzeyi 1993 yil 23 iyunda X.A.Samaranch tashabbusi bilan Lozanna shahrida (Shveytsariya) tashkil qilingan. Lozannadagi Olimpiya muzeyi olimpiya harakati tarixining asosiy markazi hisoblanadi. Shu bilan birga olimpiya muzeyi Xalqaro olimpiya harakati o’tmishi va hozirgi davrini birlashtiruvchi samarali axborot- targ’ibot markazidir. Jahonning bir qator davlatlarida ham olimpiya muzeylari tashkil qilingan, jumladan: Saloniki Olimpiya muzeyi (Gretsiya), Lozanna Olimpiya muzeyi (Shveytsariya), Barselona Olimpiya-sport muzeyi (Ispaniya), Seul Olimpiya muzeyi (Koreya), Lillehammer Olimpiya muzeyi (Norvegiya), Leyk-Plesid Qishki Olimpiada muzeyi (AQSH), Toshkent Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (O’zbekiston) va b.q.
O’zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi 1996 yil 1 sentyabrda Toshkentda ochilgan. Mazkur muzey O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil topgan. Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi faoliyatida turli targ’ibot vositalarining butun bir majmuasidan foydalaniladi: nashriy hujjatlar, foto materiallari, sport asbob anjomi buyumlari sport jamoasining atributlari (kubok, sovrin, medal, znachok va h.k.lar).
TEST SAVOLLARI
Xalqaro sport harakati vujudga kelishining asosiy sabablari?
а). sport sohasida xalqaro xamkorlik, sport tajribalari bilan almashish.
b). harbiy ishlar sohasidagi taraqqiyot
c). sport musobaqalarini tashkil qilish
d). katta daromadli musobaqalar tashkil qilish
Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi (XOQ) nechanchi yilda tashkil topgan?
a). 1894 b).1896 c).1900 d).1908
Xalqaro sport va olimpiya harakatini qaysi tashkilot boshqaradi?
a). XOQ b). MOQ c). BMT d). YUNESKO
”Olimpiada” so`zi nima ma’noni anglatadi?
a). o`yinlar orasidagi 4 yillik davrni
b). yunon ma’budasi
c). planeta nomi
d). Zevsning tug’ilgan yili
Birinchi Xalqaro sport federatsiyasi nechanchi yilda tashkil qilingan?
a). 1881 y. b). 1855 y. c).1932 y. d).1882 y.
XOQ faoliyatida qanday xujjat asosiy xisoblanadi?
a). xartiya b). kontseptsiya
c). konstitutsiya d). edikt
Qaysi Olimpiya o`yinlari Butun jahon ko`rgazmalari bilan bir vaqtga to`g’ri kelgan?
a). II va III b). I va II c). III va IV d). IV va V
Qachon Olimpiya o`yinlarida ilk bor olimpiya mash’ali yoqilgan?
a). 1928 y. b). 1900 y. c). 1912 y. d). 1936 y.
Olimpiya o`yinlarini ramzi va bayrog’i qachon ta’sis etilgan?
a). 1914 y., Pyer de Kuberten
b). 1905 y., Demetrius Vikelas
c). 1988 y., Xuan Antonio Samaranch
d). 1913 y., Pyer de Kuberten
Olimpizm – bu...
a) Tana, iroda va ong qadr qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir.
b) Olimpiya o’yinlarini rivojlantirish yo’llari.
c) olimpiya ta’limotining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslari.
d) Olimpiya harakati va Olimpiya o’yinlari.
Qachon Olimpiya o’yinlarida ilk bor olimpiya mash’ali yoqilgan?
a) IX – Olimpiya o’yinlarida (1928y.)
b) II – Olimpiya o’yinlarida (1900y.)
c) V – Olimpiya o’yinlarida (1912y.)
d) XI – Olimpiya o’yinlarida (1936y.)
Olimpiya o’yinlarining ramzi va bayrog’i kim tomonidan ta’sis etilgan?
a) 1905 y., Demetrius Vikelas
b) 1900 y., Pyer de Kuberten
c) 1914 y., Pyer de Kuberten
d) 1980 y., Xuan Antonio Samaranch
«Fair play» so`zlari nima ma’noni bildiradi?
a) xaqqoniy o`yin b) ko`rgazmali o`yin
c) milliy o`yin d) harakatli o`yin.
Yozgi Olimpiya o’yinlari necha kun davomida o’tkaziladi?
a) 10 kun b) 12 kun c) 16 kun d) 20 kun
Olimpiya ramzi - rangli xalqalar qanday tartibda joylashgan?
a) yashil, sariq, moviy, qora, qizil
b) qora, qizil, sariq, moviy, yashil
c) moviy, qizil, sariq, yashil, qora
d) moviy, qora, qizil, sariq, yashil
“Olimpiada o’yinlarida eng asosiysi g’alaba emas, ishtirok!” degan so’zlar qachon va kim tomonidan aytilgan?
a) I – o’yinlar (Afina 1896 y.), yunon ruhoniysi
b) IV – o’yinlar (London 1908 y.), ingliz ruhoniysi
c) XI – o’yinlar (Berlin 1936 y.), nemis ruhoniysi
d) XXII – o’yinlar (Moskva 1980 y.), sovet ruhoniysi
Zamonaviy Olimpiya o’yinlarida jamoalarning norasmiy ochko hisobi qachon kiritilgan?
a) V – O’yinlar (Stokgol'm 1912 y.)
b) IV – O’yinlar (London 1908 y.)
c) III – O’yinlar (Sent–Luis 1904 y. )
d) I – O’yinlar (Afina 1896 y.)
Olimpiya o’yinlarida g’oliblarni medallar bilan taqdirlash qachon joriy etilgan?
a) III – O’yinlar (Sent–Luis 1904y . )
b) VII – O’yinlar (Antverpen 1920y .)
c) X – O’yinlar (Los – Andjeles 1932 y.)
d) II – O’yinlar (Parij 1900 y.)
Qaysi Olimpiya o’yinlarida tantanali ochilish va yopilish marosimlari kiritilgan?
a) I – O’yinlar (Afina 1896 y.)
b) III – O’yinlar (Sent–Luis 1904 y. )
c) V – O’yinlar (Stokgol'm 1912 y.)
d) XI – O’yinlar (Berlin 1936 y.)
«Hakamlarning Olimpiya qasamyodi» an’anasi nechanchi yilda va qaysi davlat taklifi bilan kiritilgan?
a) 1920 y. Belgiya
b) 1944 y. AQSH
c) 1948 y. Frantsiya
d) 1968 y. Sovet Ittifoqi
Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining ramzi va bayrog’i qachon va kim tomonidan ta’sis etilgan?
a) 1905 y. Demetrius Vikelas
b) 1914 y. Pyer de Kuberten
c) 1934 y. Anri de Baye-Latur
d) 1980 y. Xuan Antonio Samaranch.
”Olimpiada” so’zi nima ma’noni anglatadi?
a) o’yinlar orasidagi 4 yillik davrni
b) yunon ma’budasining ismi
c) planeta nomi
d) Zevsning tug’ilgan yili
Olimpiya Oltin ordeni nechanchi yilda ta’sis etilgan?
a) 1894 y. b) 1928 y. c) 1956 y. d) 1974 y.
?
ü Zamonaviy Olimpiya o’yinlarida qadimgi olimpiya o’yinlarining qanday an’analari saqlanib kolgan?
ü Ommaviy sportni targ’ib qilishda qanday tadbirlar amalga oshirildi?
ü Olimpiya o’yinlarida qanday mukofotlar beriladi?
ü Olimpiya medalining hajmi va tarkibi qanday belgilangan?
ü Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat?
ü Olimpiya madaniyati qadriyatlariga nimalar kiradi?
© Adabiyotlar
1. Abdiyev A., Jumanov O., Ne’matov B. Sport alifbosi. T.: 2007.
2. Vardiashvili I. Afinadan Sidneyga qadar. Qarshi,“Nasaf”, 2004.
3. Niyozov I. Olimpiya sport o’yinlari. Uslubiy qo’llanma. T.: 2006.
4. Olimpiya bilimlari asoslari. O’quv qo’llanma. T.: “Sharq”, 2002.
5. Ernazarov E.Olimpiada–jahon sporti bayrami.Ilmiy-ommabop risola.T.:2008.
6. Normurodov A., Morgunova I. Olimpiyskiye igri. T.: 2011.
7. Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: 2017.
Скачано с www.znanio.ru
[1] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism Olimpiya o’yilari va London. 2-bob. XOQ va tender jarayoni. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
[2] J.Хоrn, G. Yennel. Olimpiya o’yinlari kontsepsiyasi. I-qism Olimpiya o’yilari va London. 2-bob. XOQ va tender jarayoni. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. – 237 p.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.