Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish.
Оценка 4.9

Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish.

Оценка 4.9
docx
24.01.2021
Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish.
Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish..docx

 

Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish.

 

 

 

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslari hamda to`garakda o`quvchilarning og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish usullari ochib beriladi.

 

Kalit so`zlar: Halak-nihoyatda charchagan, qiynalgan, Halok— o`lmoq, nobud bo`lmoq, Talat-talamoq fe’lining orttirma nisbat shakli, Tal’at-arabcha so`z, chiroyli, kelishgan, istarali, sohibjamol, Piramida—yunoncha so`z, umumiy uchga ega bo`lgan uchburchaklar, Payrov - askiya sanʼatining eng ommaviy shakli, ijro uslubi. Unda ikki guruh ijrochi kelishilgan muayyan mavzu boʻyicha soʻz toʻqib, oʻzaro tortishadi; ...

 

Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g`ri yozishni, o`z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o`quvchi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqali odamzot o`zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to`la rivojlangan yoki shakllangan bo`lavermaydi. Boshlang`ich sinflardagi o`quvchilar nutqidagi kamchiliklar o`qituvchi va logaped yordamida bartaraf etiladi va turli yo`llar bilan rivojlantirilib boriladi. O`quvchilar yuqori sinflarga chiqqandan keyin e’tibor bergan bo`lsangiz aziz o`qituvchilar: ayrim o`quvchilar bilib turgan narsasini ham aytib bera olmay qiynaladi. Mana shunday holatlarda o`qituvchi o`sha o`quvchini e’tiborsiz qoldirmasdan sekin yo`naltiruvchi savollarga tutib, u bilan biron bir mavzuda suhbat qurishga harakat qilishi kerak. Darsingizning ozgina qismini dialog shaklida didaktik tarbiya berishga sarflang.

Masalan: - Siz ertalab turib nima qilasiz? --Dasturxon atrofida qayerda o`tirasiz? –Nonushtani kim birinchi bo`lib boshlab beradi? Kabi suhbat quring. Faqatgina bu bilan ish bitmaydi. O`quvchining endi lug`at boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak.

“… Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda o`quvchi turli gullar ochilgan bog`da yurganga o`xshaydi, ularga qiziqadi, ko`rishni istaydi”—Abu Rayhon Beruniy fikrlari.

Men ham iloji boricha buyuk bobokalonimiz fikrlarini inobatga olib o`quvchilar og`zaki nutqini rivojlantirish uchun ona tili darslari va to`garakda har xil topshiriqli usullardan foydalanishga harakat qilaman. Men hozir sizga taqdim qilmoqchi bo`lgan usulim dam olish daqiqasida o`quvchilar tafakkuri va og`zaki nutqini rivojlantirish uchun o`tkazilsa ham bo`ladi.

 “Zinama-zina” usuli. O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, 1 daqiqa ichida bir xil harf bilan boshlanadigan va har bir pog`onada harflar soni bittadan ortib boradigan 6 ta so`z yozish topshiriladi.

ON

EK

IZ

ONA

ERK

IZN

OILA

ERKIN

ILON

OLIMA

ELLIK

ILLAT

OLXO`RI

ELEKTR

IBORAT

OLMAXON

EHTIROM

IXTIYOR

 

 “Piramida” usuli. Bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan va harflar soni bittaga ortib boradigan so`zlardan piramida qurish sharti 1 daqiqa ichida to`g`ri bajarish talab qilinadi.

N

K

T

NON

KO`K

TUT

NEON

KO`RK

TORT

NISHON

KIYIK

TOMAT

NOO`RIN

KO`PRIK

TALOFAT

NARIMON

KAPALAK

TADQIQOT

 

O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz”usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi.

SHOH

RUH

HALAK

SHOX

RUX

HALOK

 

Bunda o`quvchilar tarqatmada berilgan paronim so`zlar ishtirokida gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan: Bobur shoh va shoir edi. Daraxt shoxi egilib turardi. Ushbu usuldan tutuq belgili va belgisiz so`zlarni farqlashda ham foydalanish mumkin.

TANA

SAVA

TALAT

DAVO

TA’NA

SA’VA

TAL’AT

DA’VO

 

Mazkur so`zlar ishtirokida gap tuzish orqali o`quvchilarda tutuq belgisining qaysi so`zda ishlatilishiga doir ko`z xotirasi shakllanririladi.

Biz daraxt tanasini oqladik.

U doim o`z saxovatini ta’na qilar edi.

 “Gapni kengaytir” mashqi. Bunda o`quvchilar berigan sodda yig`iq gaplarni bittadan so`z qo`shib kengaytirishlari kerak bo`ladi.

Men o`qidim.

Men kitob o`qidim.

Men qiziqarli kitob o`qidim.

Men bugun qiziqarli kitob o`qidim.

“Mosini top” o`yini. Ushbu didaktik o`yin orqali o`quvchilarda kelishik qo`shimchalarini to`g`ri qo`llash ko`nikmasi hosil bo`ladi.

-ning, -ni

-ga, -ka, -qa

-dan, -tan

-da, -ta

Gul… uzmoq

Elak… solmoq

Ot… baland

Toshkent…. Yashamoq

Gul… bargi

Baliq… bermoq

It… past

Baland… uchmoq

Men… kitobim

Ish… bormoq

Ish… kelmoq

Diktant… xato qilmoq

Do`sti… ko`rmoq

Osh solmoq

 

 

 

“Payrovlar” o`yini. Ushbu o`yin orqali o`quvchilarning nutqiga o`z-o`zidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og`zaki ijodi na’munalari nutqimiz ta’sirchanligini oshiradi. Bu o`yinni o`tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o`yinni qo`llashda o`quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Ro`zmin Keldiyorovning “Ehtiyot bo`ling qalb bor” degan da’vatini qo`llash juda o`rinli bo`ladi. S

Masalan:

1.Burnidan baland gapirib bo`lmaydi.

2.Tish bergan rizq ham beradi.

3.Tishga bosgulik nima bor?

4.Tishining kovagida saqlab yurgan.

5.Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar.

6.Yo`q joydan yo`ndirib.

7.Quyonning rasmini chizdi.

Bu iboralarni qatnashtirib o`quvchilar dialogik matn yaratadilar.Bu jarayonni biz “Ona tilim – jon-u dilim” to`garage qatnashchilari bilan birgalikda ko`rsatib beramiz.

---Sanobar!

--- A, labbay!

---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz. Tish bergan rizq beradi, deb.

---Tishga bosgulik nimangiz bor?

---Sanobar, Intizor opadan chiqadi, kechagiday tishining kovagida saqlab yurgan shokaladlari.

---Sizlar uchun topamiz-da yo`q joydan yo`ndirib. Qizlar, kecha Muborak quyonning rasmini chizdi.

---Ajab bo`ldi, kecha unga ozgina qattiqroq gapirgan edim.

---Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar, shirin shokaladlardan quruq qoldi.

---Kecha ishim chiqib bir marta ketganimga shunchami?

---Ana ko`rdingizmi hozirgi yoshlarning burnidan baland gapirib bo`lmaydi.

O`quvchi bilan samimiy suhbat, do`stona hazil-mutoyibadan qochish kerak emas deb o`ylayman. Qancha ko`p suhbatlashganimiz sari ham o`quvchi shaxsiga yaqinlashamiz, ham nutqini rivojlanishiga erishamiz. Shu bilan birga odob doirasidagi suhbatimiz, samimiyligimiz bilan shaxsiy na’muna bo`lamiz.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.    Safarova X.I “Ona tili va adabiyot darslarida og`zaki va yozma nutqni rivojlantirirshning asosiy omillari”. Dars ishlanmasi.

2.    O`zbek tilining imlo lug`ati. Toshkent-1995 yil ”O`qituvchi” nashriyoti.

3.    Abdurazzoqova D “Interfaol metodlar: nazariya, amaliyot, tajriba” Pedagoglar uchun qo`llanma. Toshkent-2013 yil

 

 

 


 

Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish

Ona tili darslarida o`quvchilarnig og`zaki, yozma nutqini rivojlantirish

NISHON KIYIK TOMAT

NISHON KIYIK TOMAT

A, labbay! ---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz

A, labbay! ---Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021