Sana: ____________yil
Fan: Matematika
Sinf: 5-“А”
Mavzu: O`nli kasrlarning yozilishi va o`qilishi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga o`nli kasrlarni yozilishi va o`qilishi haqida bilim, malaka va ko`nikma hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning qalbidagi o`zaro hamkorlik va bir-biriga hurmat hamda Vatanga mehr-muhbbat hissini oshirish va faollik , ishchanlik, tartiblilik va madaniyatlilikka o`rgatish. Milliy qadriyatlar, san`at, ulug` mutafakkirlarni matematika rivojiga qo`shgan hissalaridan g`ururlanish, Vatanni sevish va o`z yurtidan g`ururlanish tuyg`isini shakllantirishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning tafakkur olamini boyitish, xotira, idrok mashqi, qiziqishini rivojlantirish, muloqot madaniyatiga o`rgatish va o`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Tadbirkor va vositachi, hisobchi kasblarining ayrim qirralari bilan tanishtirish;
Dars
tipi: Yangi
bilimlarni o`zlashtirish.
Dars uslubi: Interfaol.
Dars usuli: Aqliy hujum, guruhlarda ishlash, klaster.
Darsning
jihozi: Darslik,
elekron darslik , dars uchun zarur ko`rgazmali qurollar, testlar, qo`shimcha
adabiyotlar, tarqatma materiallar, kompyuter, plakatlar, doska, bo`r.
Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti
1 |
Tashkiliy qism |
3 daqiqa |
2 |
Reja asosida yangi darsning borishi a) Yangi mavzuga tayyorgarlik b) Yangi mavzuni bayoni d) Mustahkamlash |
10 daqiqa 10 daqiqa 13 daqiqa |
3 |
Darsga yakun yasash va baholash |
2 daqiqa |
4 |
Uyga vazifa |
2 daqiqa |
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur va ko`rgazmali qurollarni va jihozlarni darsga hozirlash.
O`qituvchi: Ulug` mutaffakkir , shoir Alisher Navoiyning tug`ilgan kunining necha yilligini nishonlyapmiz?
O`quvchi: Biz ulug` mutafakkir , shoir Alisher Navoiyning tavallud topgan kunining 577 yilligini nishonlayapmiz.
O`qituvchi: Ulug` mutafakkir Vatanparvar shoir Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan?
O`quvchilar 3 ta guruhga ajratiladi.
I guruh: “Matematiklar”.
II guruh: “Bilimdonlar”.
III. guruh: “Al-Xorazmiy”.
O`qituvchi: Dars davomida guruh boshliqlari o`z guruhiga qaysi o`quvchi faol qatnashib to`g`ri bajarganligiga qarab ball qo`yib boradilar. Dars yakunida shunga qarab baholaymiz.
II. O`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o`tlkazish va tarqatma materiallar tarqatish.
O`qituvchi Uyga berilgan topshiriqni javoblarini ayting, qanday bajarilganligini guruh sardorlarining nazorati orqali natijani aniqlaymiz.
1-savol: Ulush deb nimaga aytiladi?
Javob: Butunning teng bo`laklari ulushlar deb aytiladi?
2-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi?
Javob: Bir xil maxrajli ikki kasrdan qaysining surati katta bo`lsa, osha kasr kattadir.
3-savol: To`g`ri kasrlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Surati maxrajidan kichik bo`lgan kasrlar to`g`ri kasrlar deyiladi.
4-savol: Noto`g`ri kasrlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Surati maxrajidan katta bo`lgan kasrlar noto`g`ri kasrlar deyiladi.
5-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo`shiladi?
Javob: Maxrajlari bir xil bo`lgan kasrlarning suratlari qo`shilib, maxraj esa o`zgarishsiz qoladi.
6-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday ayriladi?
Javob: Bir xil maxrajli kasrlarning maxraji o`zgarishsiz qoldirilib, suratlari ayriladi.
7-savol: Aralash sonlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Butun va kasr qismi ajratib yozilgan sonlarni aralash sonlar deb ataymiz.
8. Aralash kasrlarni qanday qo`shamiz?
Javob: Ularning butun qismlari alohida, kasr qismlari alohida qo`shiladi.
“Sonli labirint” o`yini.
Tashqi aylanada turgan sonlarga, ichki aylanada turgan qaysi sonni qo`shsa markazdagi son hosil bo`ladi?
(Slayd orqali)
I guruh:
a)
II guruh:
III guruh:
III. Yangi mavzu bayoni.
“Aqliy hujum” usulida mavzu yuzasidan tushunchalar berib, o`quvchilar hamkorligida mavzu o`rganiladi.
O`qituvchi: O`nli kasrlar o`z –o`zidan paydo bo`lgan emas, bu ham hayotda kundalik bajariladigan ishlar bilan bog`liq.
O`qituvchi: Shunday kasr sonlar borki, ular ustida amallarni xuddi natural sonlardagidek oson bajarish mumkin. Bu kasrlar maxraji 10, 100, 1000 va hokazo sonlardan iborat bo'lgan sonlardir. Bunday kasrlar o`nli kasrlar deb ataladi. Mazkur bobda o'nli
knsilarning yo'zilishi va ular ustida amallar qanday bajarilishi xususida to'xtalamiz.
1- misol. 8 m 52 sm ni metrda ifodalaylik.
1 sm= bo`lgani uchun, 52 sm = bo`ladi.
U holda, 8 m 52 sm = 8 m + 52 sm = 8 m +
Ikkinchi tomondan, 8 m 52 sm = 8 m + 50 sm + 2 sm =8m+5dm+2 sm=8 m+
kasr vergul yordamida maxrajsiz 8,52 ko'rinishda yoziladi va 8 butun 52 deb o'qiladi. Demak,
2- misol. 4 kg 565 g ni kilogrammda ifodalaylik:
4 kg 565 g = 4 kg + 565 g = 4 kg + kg = kg ekanligini topamiz.
sonining kasr qismi maxraji 10 ga, sonining kasr qismi maxraji 100 ga, sonining kasr qismi maxraji esa 1000 ga teng.
Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo bo'lgan sonlarni (maxrajsiz) o'nli kasr ko'rinishida quyidagicha yozishga kelishib olingan:
-oldin sonning butun qismi yoziladi;
-so'ng kasr qismining surati yoziladi va ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi.
Masalan, soni 8,3 tarzida yoziladi va «8 butun o'ndan 3» deb, soni esa 4,565 tarzida yoziladi va «4 butun mingdan 565» deb o'qiladi.
Shunday qilib, 8 dm 3 sm = dm = 8,3 dm;
4 kg 565 g = kg = 4,565 kg.
Kasr qismining maxraji 10,100,1000 va hokazo bo'lgan har qanday sonni o'nli kasr ko'rinishida ifodalash mumkin.
Agar kasr to'g'ri kasr bo'lsa, uning o'nli yozuvida butun qism 0 deb olinadi..
Masalan, soni - to'g'ri kasr. Bu kasr 0,35 tarzida yoziladi va «0 butun yuzdan 35» deb o'qiladi. Demak, = 0,35.
O'nli ko'rinishda yozilayotgan sonning kasr qismi maxrajida nechta nol bo'lsa suratida ham, verguldan keyin ham shuncha raqam bo'lishi kerak.
Masalan, sonining kasr qismi suratida ikkita raqam, maxrajida esa uchta nol bor. Shuning uchun oldin surat oldiga bitta nol qo'yib, uni tarzida yozib olamiz. So'ng uni 5,067 o'nli kasr ko'rinishida ifodalaymiz va “5 butun mingdan 67”deb o'qiymiz. Shunga o'xshash,
O`qituvchi: O`quvchilar darslikdagi 781-782-misollarni og`zaki, qolgan misollarni doskada va mustaqil bajaramiz.
Mustahkamlash.
781.Sonning butun va kasr qismini ayting. (og`zaki)
a) b) d) e)
f) g)
782. O`nli kasrlarni o`qing. (og`zaki)
a) 3,6; 12,5; 392,3 77,7 1,8; 0,9;
b) 6,43; 38,17; 983,50; 3,910; 0,47; 0,13;
d) 6,181; 0,018; 314,403; 5,0304; 0,2006; 0,01001
O`qituvchi: O`quvchilarga 783-misolni matematik diktant sifatida elektron darslik orqali uzatiladi. So`z bilan yozilgan o`nli kasrlarni son bilan yozadilar.
783. (Matematik diktant elektron darslik orqali)
O`nli kasr ko`rinishida yozing:
O`n uch butun o`ndan bir, nol butun yuzdan qirq to`rt, besh butun yuzdan bir, yigirma bir butun mingdan o`n sakkiz, uch butun mingdan bir yuz oltmish bir, nol butun mingdan sakson bir, nol butun o`n mingdan ikki yuz ellik ikki.
13,1; 0,44; 5,01; 21,018; 3,161; 0,081; 0,0252;
O`qituvchi: Bu misolga har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib doskaga bajaradilar.
784.Oddiy kasrni o`nli kasr ko`rinishda yozing va o`qing.
a) b) d) e)
f) g)
Namuna:
785. Sonning butun va kasr qismlarini ajrating va o`nli kasr ko`rinishida yozing:
a) b) d)
e) f) g)
O`qituvchi: Quyidagi jadvalni to`g`ri to`ldirsangiz siz uchun muqaddas bo`lgan qadimiy shahar nomi kelib chiqadi. Bu misolni tarqatmalar orqali tarqatiladi. Bu misol darslikdagi 786 –misol bo`lib bu misolni to`g`ri javoblari kompyuter ekranida paydo bo`ladi.
U |
3,14 |
O |
7,008 |
O |
10,8 |
B |
0,91 |
X |
443,91 |
R |
0,03 |
|
|||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B |
u |
x |
o |
r |
o |
787. Bo`linmani o`nli kasr ko`rinishida yozing:
a) 435:10; b) 9803:100;
d) 149: 10000 e) 27:1000
Namuna: 573:100 =
O`qituvchi: O'nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini XV asr boshida Samarqanddagi Ulug'bek maktabining mashhur namoyandasi, sharqning buyuk matematik olimi Jamshid G'iyosiddin al-Koshiy (1385-1430) o'zining, «Muftoh al-hisob» («Hisob ilmi kaliti») deb nomlangan asarida bayon qilgan. Al-Koshiy o'nli kasrni hozirda qabul qilingan ko'rinishda belgilagan. Faqat u verguldan foydalanmagan. Sonning kasr qismini qizil rangda yozgan yoki tik tayoqcha bilan butun qismidan ajratgan.
Darsimizni tashkiliy qismida Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimovning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch ” asarida Alisher Navoiyga berilgan ta`riflarini aytib o`tdingiz. Shi asarda Prezidentimiz I.A.Karimov benazir alloma o`zida minlab yulduzlarning harakatini jamlagan mukammal astranomik jadvalni yaratgan matematik olim Ulug`bek to`g`risida so`z yuritar ekan beixtiyor “1996-yilda Parijda YUNESKO ning o`sha paytdagi bosh kotibi Federiko Mayor janoblari bilan bo`lgan bir suhbat yodimga tushadi. O`shanda janob Mayor Ulug`bekning merosini yuksak baholab, uning yulduzlar hakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko`rilgan atigi bir necha daqiqaga farq qilinishi naiqlandi degan gapini aytib qoldi. Shunda men unga javoban yo`q Federiko Mayor, Ulug`bek xato qilgan bo`lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo`lishi mumkin, degan edim” deb Prezidentimiz Ulug`bekning ilmiy-ijodiy merosini yuksak darajada baholaganlar.
Uyga vazifa: 791-792-misollar.
Darsni yakunlash.
Zarafshon 2019
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.