Mavzu :
“KHK uchun operatsion tizimlar va axborotlarni birlamchi ishlash” fanidan LMS Moodleda elektron kurs yaratish
Mundarija. KirishI BOB. Elektron adabiyotlarni yaratishni nazariy va uslubiy asoslari1.1.Elektron o’quv adabiyotarining xususiyati va afzalliklari1.2.Elektron o’quv qo’llanma yaratishning texnik va didaktik vositalariII bob. Kasb-hunar kollejlari uchun “Operatsion tizimlar va axborotlarni birlamchi ishlash” fanidan LMS Moodleda elektron kurs yaratish texnologiyasi2.1 Elektron qo’llanmani yaratish bosqichlari2.2 Elektron o’quv qo’llanmani yaratishda foydalanilgan dasturiy vositalarXulosaFoydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Hozirgi paytda juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan dasturlash tillari yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib Paskal, Ci, Java dasturlash tillarini keltirish mumkin.
Mavzuning dolzarbligi: talabalarning “Operatsion tizimlar va axborotlarni birlamchi ishlash” fanini mustaqil o’rganish imkoniyatini yaratishga mo’ljallangan adabiyotlarning yangi avlodini yaratish hozirgi kun talabi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: “Operatsion tizimlar va axborotlarni birlamchi ishlash” fanidan LMS Moodleda elektron kursini yaratsih. Elektron kurs va elektron o’quv qo’llanma tarkibidagi ma’lumotlar ko’rgazmalar yordamida namoyish etish orqali talabalarning bilim olish saviyasini oshirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari: “Operatsion tizimlar va axborotlarni birlamchi ishlash” fanidan o’quv-uslubiy va elektron o’quv qo’llanma tayyorlash, hamda uni LMS Moodle tizimida kursini yaratish.
Kirish
I bob.Elektron adabiyotlarni yaratishni nazariy va uslubiy asoslari.
1.1 Elektron o’quv adabiyotini farqli xususiyati va afzalliklari.
O’qitish jarayonini elektron vositalari yordamida qo’llab quvvatlash sohasidagi tizimli izlanishlar 30 yildan ko’proq tarixga ega. Bu vaqt davomida AQSH, Kanada, Angliya, Fransiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda axborot va kommunikatsion texnologiyaning turli tiplariga mo’ljallangan o’quv kompyuter tizimlari ishlab chiqilgan. Dastlabki elektron vositalar yirik sanoat korxonalarida harbiy va fuqarolik tashkilotlariga uslubiy va axborot dasturli vositalarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali psixologlar, pedagoglar, kompyuter dizaynlari va boshqa mutaxassislar jalb qilingan. Ilk o’quv elektron dasturli vositalarni yaratish uchun bevosita dasturlashtirish texnologiyasidan foydalanilgan.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.