O`qish darslarida o`z o`zini rivojlantirish kompetensiyasi asosida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish.
Annotatsiya: Bu mavzuda o`z pedagogik texnologiyalar va turli xil kompetensiyalardan foydalanib o`quvchilarni tez va mavzularni tushunib o`qishga o`rgatish yoritilgan.
Kompetensiya-Mavjud Bilim, konikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay bilish. Kompetensiya 2 hil bo`ladi
1. Tayanch
2. Fanga oid kompetensiya
Tayanch kompetensiya 6 ta bo`lib ulardan biri o`z o`zini rivojlantirish kompetensiyasidir
Bizga ma’lumki o`z o`zini rivojlantirish kompetensiyasi doimiy ravishda o`z o`zini jismoniy ma’naviy ruhiy, intelektual va kreativ rivojllantirish kamolotga intilish hayot davommida mustaqil o`qib o`rganish, kkognetevlik ko`nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o`z xatti-xarakatini mustaqil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko`nikmalarini egallashni nazarda tutadi
Kreativlik bu ijodkorlik demakdir ushbu kompetensiya orqali o`quvchilar ijodkorlikka intiladi, mustaqil fikrlash doirasi shakllanib boradi, tafakkuri muntazam rivojlanadi.
Sinfdan tashqari o`qish maktablarga 1959-yildan boshlab kiritilgan. Sinfdan tashqari o`qish darslari 1-sinfda xaftada bir marta 2-3-4-sinflarda 2 xaftada bir marta tashkil etiladi. Savod o`rgatish davrida esa alifbe darsining 20 daqiqasi sinfdan tashqari o`qishga ajratilgan. Sinfdan tashqari o`qish 3 bosqichga bo`linadi
1. Tayyoorlov
2. Boshlang`ich
3. Asosiy
Sinfdan tashqari o`qishning asosiy maqsadio`quvchilarni badiiy kitoblarni mustaqil o`qishga o`rgatish. Sinfdan tashqari o`qishning tayyorlov bosqichi savod o`rgatishga to`g`ri keladi. Shuning uchun o`qituvchi o`qib beradi. Bu davrda o`quvchilarga ertak, hikoya, kichik hajmdagi sherlar o`qish bilan ularni o`qishga tayyorlab boriladi.
Sinfdan tashqari o`qishning boshlang`ich davri 1-sinfning 2-yarim yilligiga to`g`ri keladi. Sinfdan tashqari o`qishning asosiy osqichi 2-4-sinflarga to`g`ri keladi. Sinfdan tashqari o`qishning tashkil qilishda bolaning yoshiga shaxsiy qiziqishlariga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o`qishning asosiy maqsadi o`quvchilarning og`zaki nutqini rivojlantirish, dars jarayonlarida kasblar bilan tanishtirish, mehnatsevarlikni shakllantirish, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatiladi.
Misol uchun o`quvchi sinfdan tashqari o`qish juda muhim jihatini tushuntirib o`taman. O`quvchi qushlar haqida kichik hikoya o`qib chiqdi. O`qituvchi ushbu darsni mustahkamlash uchun qushlar ko`rgazmasi ularning sayrashi turli hildagi qushlarni prezentatsiya ko`rinishida namoyon qilishi yoki jonli burchakdagi qushlarni ko`rsatib ularga hikoya tuzish yoki hikoyadagi qushlarga o`xshash qushlarni toppish vazifalarini qo`yishi mumkin. Bunda o`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalari shakllanadi va usha qushlar haqida to`lliq tasavvurga ega bo`lishi bilan birga ular qanday sayrashi haqida xam tushuncha oladi va tabiatga mehri oshadi.
Xulosa qilib aytganda farzandlarimiz o`z vataniga munosib farzand qilib tarbiyalashimiz zarur. Bu yo`lda xato qilishga xaqqimiz yo`q
Zero: Yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Saparboyev I. Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish yuzasidan YO‘RIQNOMA. Toshkent – 2014-yil
2. T. “Sharq” 2019. 4- 9- betlar.
3. Turg‘unov S.T, Daniyarov B.X, Umaraliyeva M.A, Shodmonova Sh.S, Turg‘unova Sh.M, Tojiboyeva H.M. O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentliligini rivojlantirish. – Toshkent: Sano-standart, 2012-yil.
4. Б. Тухлиев. Адабиёт (мажмуа) Т. “Баёз” 2016
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.