O’quvchi-yoshlarni sog’lom turmush tarziga intilishini shakllantirish.
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlarda salomatlik va sog‘lom turmush tarziga amal qilish holatlari ancha pasaygan. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘illanish o‘quvchi-yoshlarimizning sog‘ligini mustahkamlaydi, harakat faolligini, jismoniy barkamolligini, ish unumdorligini oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: o’quvchi, yoshlar, sog’lom, turmush, tarzi, jismoniy, mashqlar.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislaridan o’quvchi-yoshlarni sog’lom turmush tarziga intilishini shakllantirish, jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish va ommaviy - sport tadbirlariga jalb qilish tizimini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish talab qilinadi.
Hayot, salomatlik insonga berilgan eng katta boylikdir. Shunday ekan, inson o’ziga berilgan sog’lik, jismoniy holatini hozirgi kunda dolzarb bo’lib turgan sog’lom turmush tarzini shakllantirishga harakat qilishi zarur.
O’quvchi-yoshlar hayotida o’z o’rinlarini endi topayotgan, o’z faoliyatida mustaqil rivojlanayotgan bir paytda sog’lom turmush tarzini shakllantirishi muhimdir. Chunki, yoshlik davrida orttirilgan malaka va ko’nikmalar butun umri davomida asos bo’lib hizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda sog’lom turmush tarzini asosiy komponentlariga quyidagilar kirdi:
- Faol harakat rejimi, o’z ichiga organizmni chiniqtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’illanish;
- Ovqatlanish gigienasi, mehnat va dam olish yoki boshqacha qilib aytganda kun tartibiga to’liq rioya etish;
- Shaxsiy va jamoat gigienasiga e’tibor berish.
- Sog’lik uchun zararli giyohvandlik, ichkilik, chekish kabi salbiy odatlarga odatlanmaslik;
Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshlik chog’larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Salomatlik inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ishchi kuchi sifatini ham oshiradi. Sog’lom inson bir hil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og’irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog’lom inson yuqori sifatli ishchi kuchidir.
Shuning uchun harakat faolligiga hozirgi paytda jismoniy ko’rinishning yaxshilanishida samarali vosita sifatida qaraladi.
Mutaxassislarning baho berishicha, aholi salomatligining 40-50% hayot tarziga bog’liq. Zararli odatlar, notog’ri ovqatlanish, alkagol va tamaki mahsulotlarining me’yordan ortiq iste’mol qilish, ko’p o’tirish, kam harakatlilik, stress, atrof-muhitning iflosligi turli kasalliklarga (yurak-qon va nafas olish tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak funksiyalarining buzilishi va h.z.) olib kelishi mumkin.
Yosh o’tgan sari sog’lom turmush tarzini buzilishi bilan orttirilgan kasalliklar surunkali kasalliklarga aylanadi. Bundan inson qanday hayot tarzini yuritishiga qarab salomatligi darajasi haqida so’z yuritish mumkin.
Shu sababli, insonning hayot tarzi salomatlik zahirasi sifatida ko’rib chiqiladi. Salomatlik darajasini tana og’irligi, o’pkaning tiriklik sig’imi, yurak qisqarish chastotasi, qon bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishi tiklanishiga ketgan vaqt bilan aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy qismlariga insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlar kiradi.
Salomatlikni asrash va mustahkamlash deganda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlikni yaxshilash tushuniladi. Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam jismoniy mashqlar orqali erishish mumkin.
Abu Ali Ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham kata e’tibor bergan, shuningdek, u birinchi bo’lib jismoniy tarbiyaning ilmiy – pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.
Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asoslab bergan edi.
1-rasm
![]() |
U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’illanish, sog’lom bo’lishning kuchli omili ekanligini ko’p bora qayd etgan va sog’liqni saqlash uchun yetti omilga e’tibor qaratgan:
· Bosiqlik;
· Ovqatlanish tartibi;
· Gavdani tik tutish;
· Toza havo;
· Qulay kiyim;
· Jismoniy harakatlar;
· Ruhiy harakatlar(uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’illanish salomatlikni mustahkamlashga, o’qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik ijtimoiy-iqtisodiy, biologik-ekologik, tibbiy va psixoemotsional ta’sirlarning natijasidir va uni sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’illanish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligi ya’ni immunitetini oshiradi. Hozirgi vaqtda insonning sog’lomlashishiga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi yo’nalishlar tobora keng tarqalmoqda (ritmik gimnastika, badiiy gimnastika, terapevtik va sog’lomlashtiruvchi yoga, ushu, xitoy gimnastikasi).
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar pedagogik jarayonning asosi bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan o’quvchi-yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bular:
· O’quvchi-yoshlar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini oshirish;
· Muntazam jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojini, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlikka va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishini tarbiyalash;
· Mustaqil davlat quruvchilarining yuqori ahloqiy sifatlarini tarbiyalash, o’z salomatligi haqida qayg’urish nafaqat shahsiy, balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish;
· Sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini hosil qilish;
· Sog’lomlashtirishning, kasalliklarning oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni o’rganish;
· Bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, kun tartibini tashkil etish, ko’nikmalarni shakllantirishga o’rgatish;
· Harakat hususiyatlarini rivojlantirish.
O’quvchi-yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni jismonan va ma’nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash, inson organizmini turli kasalliklarga bo’lgan kurashuvchanligini oshirib, immun tizimini rivojlantiradi.
O’quvchi-yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagilarga e’tiborni qaratishnitalab etadi:
· Yoshlarni madaniyati va hayot darajasini ravishda oshirish;
· Tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;
· O’qish, ishlab chiqarish uchun optimal sharoitlarni yaratish;
· Yoshlarni jismoniy mashqlarga, muntazam ravishda mashg’ulotlarga ongli, turg’un va pozitiv munosabatini shakllantirish;
· Jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojini faollashtirish;
· O’quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash maqsadida jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy holatini diagnostikadan o’tkazish;
· Kasalliklar profilaktiksi, tananaing tashqi muhitning salbiy ta’siriga qarshiligini oshirish, zararli odatlarni bartaraf etish;
· Jismoniy rivojlanishini, gavda tuzilishini (qaddi-qomatini), jismoniy holatini yaxshilash.;
· Jismoniy holatini boshqarish va baholash, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari, dam olishni tashkillashtirish, faol hordiq chiqarish, to’g’ri ovqatlanish, salomatlikni mustahkamlash tamoyillariga ongli ravishda rioya qilish asoslarini o’quvchi-yoshlarga tushunchalar berish;
· Bo’sh vaqtdan unumli foydalanib sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’illanib, sog’lom turmush tarziga amal qilishni shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent Sharq nashriyoti 1998-yil.
2. Alibekov “Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish” Toshkent 1983-yil.
3. Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” Tuzuvchilar Karimov I, Xikmatullayev X. Toshkent 1993-yil.
4. Ikromova M. “Giyohvandlik-ijtimoiy ofat” Toshkent 1990-yil.
5. Oqilov O “Sog’lom turmush-uzoq umr poydevori” Toshkent 1980-yil
6. Solixo’jayev S. “Bolalarda shaxsiy gigiena konikmalarining shakllanishi” Toshkent Ibn Sino nashriyoti 1993-yil
7.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.