Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
( 187-190- mashqlar)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Otlarning gapda kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, uning nomlari, so‘roqlari va gapdagi vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, gap tuzishda qo‘shimchalardan foydalanish, so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘lanishlarini anglashga o‘rgatish; FK: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish,
Tarbiyaviy: oʻquvchilarni tabiat in’om etgan narsalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, komil inson qilib tarbiyalash: TK5 : o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarda imloviy va husnixat koʻnikmalarini rivojlantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK 2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish
Dars turi: bilim, koʻnikma, malakani shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, “Blits so‘rov”,„Tahlil qolipi“ta’limiy o‘yini, “Lisoniy qolip” metodi .
Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Ø Salomlashish.
Ø Navbatchi axborotini tinglash.( Ingliz tilida olib boriladi)
Ø O‘qituvchi: Good morning pupils! (Salom bolalar)
Ø Whu is on duty today? ( Bugun sinfda kim navbatchi?)
Ø O‘quvchi: I am on duty today. (Bugun sinfda men navbatchi)
Ø My name is…….. Today is __ st of __________.
Ø Today is Friday. The weather is cloudy today.
Ø O‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Ø Diqqatni jamlash mashqlarini bajarish.
Ø O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va guruh sardorlarini saylash.
Ø O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do‘stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.
Ø Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun “Barakalla” deb yozilgan rag‘batlantiruvchi kartochkalar berib boriladi. Dars davomida ko‘p rag‘bat kartochkasi to‘plagan juftlik e’lon qilinadi.
II. O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi: Ishi kechning kuni kech. |
O‘quvchilar bilimini aniqlash uchun “Blits so‘rov” metodidan foydalanib o‘tilgan mavzu tekshiriladi. Buning uchun o‘quvchilarga quyidagi tarqatma tarqatiladi. O‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib, “O‘quvchining javobi” deb yozilgan ustunga to‘g‘ri javob raqamini yozishlari kerak bo‘ladi. Topshiriqni bajarishda kichik ya’ni ikki o‘quvchi birgalikda bajaradi. Bu esa o‘quvchilarni hamjihatlikda ishlashga o‘rgatadi.
1-topshiriq bo‘yicha o‘quvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi.
Shu tariqa o‘tilgan mavzular takrorlanadi va o‘quvchilar olgan bilimlari baholanadi.
1- topshiriq. “Blits so‘rov”
|
Savollar |
O‘quv chining javobi |
|
Javoblar |
1 |
Tilda nechta shaxs bor, ular qaysilar? |
|
2 |
-ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari |
2 |
Otlarda nechta kelishik bor, ular qaysilar? |
|
5 |
Bosh kelishikning qo‘shimchasi yo‘q |
3 |
Kelishik qo‘shimchalari qaysilar? sanab bering. |
|
1 |
Tilimizda 3 ta shaxs bor. I shaxs- so‘zlovchi II shaxs- tinglovchi III shaxs- o‘zga. |
4 |
Salima.. tug‘ilgan kini.. gullar sovg‘a qilishdi. Nuqtalar o‘rniga qanday kishilik qo‘shimchasini qo‘yish kerak? |
|
3 |
Oltita kelishik qo‘shimchalari bor. Ular bosh kelishigi, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi. |
5 |
Qaysi kelishikning qo‘shimchasi yo‘q? |
|
4 |
-ning, -ga qo‘shimchalari qo‘yiladi. |
“Rasmli lug‘at diktanti”ni o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi monitor orqali rasm ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa rasmda namoyish etilgan narsalar nomini husnixat asosida daftarlariga yozadilar. Vaqtni tejash maqsadida keyingi slaydda to‘g‘ri javoblar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘zaro sheriklari bilan daftarlarini almashtirib tekshiradilar. So‘ng narsalar nomini ingliz tilidagi nomlarini aytadilar.Topshiriqni to‘g‘ri va aniq bajargan o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantiriladi.
|
|
III. Yangi mavzuni bayoni.
Yangi mavzu 187- mashq asosida amalga oshiriladi. Buning uchun „Tahlil qolipi“ ta’limiy o‘yinidan foydalaniladi. |
Buning uchun mashq shartiga ko‘ra matn o‘qitiladi va sarlavha topiladi. So‘ng ajratilgan so‘zlar quyida keltirilgan jadvalga yozib, so‘zlarda ishtirok etgan egalik va kelishik qo‘shimchalar nomi ostiga yozib chiqib tahlil qiladilar. Topshiriqni bajarishda juftlikda bajariladi.
2-topshiriq. „Tahlil qolipi“
|
Egalik qo‘shimchalari |
Kelishik qo‘shimchalari |
||||||||||||
So‘zlar |
Birlik |
Ko‘plik |
||||||||||||
|
I-sh |
IIsh |
IIIsh |
IIsh |
III-sh |
IIII-sh |
B/k |
Q/ k |
T/K |
J/K |
O‘P/k |
Ch/k |
||
Qarganing |
|
|
|
|
|
|
|
-ning |
|
|
|
|
||
parvozini |
|
|
i |
|
|
|
|
|
ni |
|
|
|
||
O‘ljasini |
|
|
si |
|
|
|
|
|
ni |
|
|
|
||
suvga |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ga |
|
|
||
quvurga |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ga |
|
|
||
quvurdan |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
-dan |
||
Tumshug‘ida |
|
|
i |
|
|
|
|
|
|
|
da |
|
||
Sizning bahoingiz |
|
|||||||||||||
Kichik jamoalar topshiriqni bajarib bo‘lgach, monitor orqali to‘g‘ri javoblar tekshiriladi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan jamoalarning noto‘g‘i javoblari tahlil qilinadi.
1-topshiriq 187-mashq. Mashq matni ekranda beriladi. Gaplar bittadan chiqadi. O‘quvchi gaptar kibidagi so‘z birikmani to‘g‘ri belgilasa, so‘z birikmasi gap ostiga o‘tadi. So‘z birikmasi ajratilgach, yarim to‘rtburchak shakli asosida kelishik qo‘shimchalari belgilanadi.Topshiriqlar bajarilgach, matn to‘liq holda namoyish etiladi. |
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
188-mashq “Lisoniy qolip” metodidan foydalangan holda tashkil etiladi. O‘quvchilar mashq matnidagi gaplarni o‘qib chiqadilar. O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan ushbu jadval ko‘rsatiladi. O‘quvchilarning vazigasi berilgan so‘zlarga kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib bog‘langan so‘z birikmasi hosil qiladilar.Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt tugagach, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshiradi. Bu metod qisqa vaqt ichida o‘quvchilarni mustaqil ravishda bilimlarini amalda qo‘llay olishini tekshirishga imkon beradi. |
3-topshiriq. “Lisoniy qolip”
So‘zlar |
-ning |
-ni |
-ga |
-da |
-dan |
Bog‘langan so‘zlar |
Zag‘izg‘onlar |
+ |
|
|
|
|
odati |
kuz |
|
|
|
+ |
|
o‘g‘irlaydi |
Yong‘oq |
|
+ |
|
|
|
o‘g‘irlaydi |
Yong‘oq |
|
+ |
|
|
|
ko‘mib qo‘ydi |
yer |
|
|
+ |
|
|
ko‘mib qo‘ydi |
Yong‘oq |
|
+ |
|
|
|
yeb bo‘lib |
hisobi |
|
|
|
|
+ |
adashib qoladi |
yer |
|
|
|
+ |
|
qolib ketgan |
bahor |
|
|
|
+ |
|
unib chiqadi |
2-topshiriq 188-mashq. Mashq matni beriladi. O‘quvchilar topshiriqni bajarishlari uchun matndagi so‘zlarni kursor bilan belgilasalar, gaplardagi shu so‘zlarni rangi o‘zgarib ajraladi.O‘qing.Kelishiklarning so‘roqlari yordamida otlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan belgilang. |
189-mashq. Berilgan so‘zlarga mazmunan mos bo‘lgan otlarni topib birikma tuziladi. Birikmada ishtirok etgan kelishik qo‘shimchalari odatdagiday belgilanadi.
Bahor keldi, daraxtning bargi, bargini to‘kdi, o‘lkaga ketdi, maktabda ishlaydi, ishdan qaytdi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘barlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa..Uyda 190- mashqni shartiga ko‘ra bajarib kelish aytiladi. O‘quvchilarga yaxshi tilaklar bildirilib darsga yakun yasaladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.