O’zbekiston toponimlarining o’rganilishi.

  • docx
  • 24.01.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала O’zbekiston toponimlarining o’rganilishi..docx

O’zbekiston toponimlarining o’rganilishi.

 

 

 Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’lum hududda juda qadim zamonlardan buyon yashab kelgan o’troq o’zbek qabilalari, ularning yashagan joylari, bugungi kundagi joy nomlari haqida batafsil ma’lumotlar keltiriladi. O’quvchilar bu mavzuni o’rganish orqali, o’zi yashayotgan hududlardagi joy nomlari (toponimlar) bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

 

Kalit so’zlar. Toponim, lingivist, gumanitar, etnograf, arxeolog, dialekt, obyekt, Hamzaobod.

 

Аннотация. В этой статье представлена ​​подробная информация об оседлых узбекских племенах, живших на этой территории с древних времен, их местах проживания и топонимах сегодня. Изучая эту тему, студенты узнают о географических названиях (топонимах) в районах их проживания.

 

Ключевые слова. Топоним, лингвист, гуманист, этнограф, археолог, диалект, объект, Хамзаабад.

 

Annotation. This article provides detailed information about the settled Uzbek tribes that have lived in the area since ancient times, their places of residence, and place names today. By studying this topic, students will learn about place names (toponyms) in the areas where they live.

 

Keywords. Toponym, linguist, humanist, ethnographer, archeologist, dialect, object, Hamzaobod.

 

Xalqimiz ma’naviy merosi buyuk mazmun va hududiy cheksizlikka ega, o’zi yaratgan bebaho ma’naviy xazinasi bilan sharq olamida ma’lum va mashhurdir.

Insonlar yashab kelayotgan joylariga nom berish qadim-qadimdan an’ana bo’lib kelmoqda. O’z navbatida joyga berilgan nom ham nimagadir asoslanadi. Bugungi kunda esa o’sib kelayotgan yosh avlod o’zi yashab kelayotgan joy nomini tarixini bilishi va qo’yilgan nomlar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Tilshunoslikning turli davrlarida nomshunoslik bilan shug’ullanish, olimlarimiz tomonidan respublikamizdagi nomlarning o’rganilishi davom etib kelmoqda. Maktabda o’quvchilar nafaqat aniq va gumanitar fanlarning asoslarini, balki odamiylik, insoniylikning qonun-qoidalarini ham o’rganadilar. Bolalarga uni singdirishda o’qituvchining o’rni nihoyatda kattadir. Shu sababga ko’ra uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchi shaxsiga katta e’tibor berilgan.

O’zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon o’zining madaniyati, san’atiga ega. Shuningdek o’z tiliga ham egadir. Ma’lum hududda juda qadim zamonlardan buyon yashab kelgan o’troq o’zbek qabilalari, ularning yashagan joylari, bugungi kundagi joy nomlari haqida ma’lumotlar juda ko’p. Har bir qabila yoki xalq yangi shakllangan o’zbek tiliga o’zining ulushini qo’shgan. Buni biz shu hududda yashovchi o’zbeklarning turli xil shevalarda, dialektlarda gapirishida, hatto urf-odatlarida ham ko’rishimiz mumkin. Bu hol joy nomlarining atalishiga ham sezilarli ta’sir etgan. Bir xil qabila yoki urug’ nomining toponim sifatida bir necha territoriyada uchrashi mazkur qabilaning shu joylarda yashashi yoki yashab ketganligi natijasida sodir bo’lgan. Shuning uchun ham joy nomlarini o’rganishni tarix, arxeologiya, etnografiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq holda olib boorish va ularning yutuqlariga asoslanmoq lozim.

Geografik nomlarni, atamalarni o’rganish mustaqillikka erishganimizdan so’ng yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. O’z xalqining, o’z mamlakatining hozirgi davrdagi taraqqiyotini va madaniyatini chuqurroq o’rganmoqchi bo’lgan har bir kishi, shubhasiz uning tarixini mukammal bilishi kerak. Mustaqillik yillarida respublikamizda buyuk ajdodlarimizni qayta tanish, yashab turgan hududlarimiz nomlarini qayta o’rganish kabi muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Tilshunoslikning muhim bir sohasi bo’lgan toponimika ma’lum hududda yashovchi xalqlarning tarixni turli bosqichida qanday hayot kechirganliklari, ularning rivojlanish yo’llari va usullari, hayotning turli bosqichlarida yuz bergan hodisalarni aniqlash, shuningdek ushbu xalqning tiliga mos bo’lgan qonuniyatlar va hodisalarni yoritishdek katta ilmiy ahamiyatga ega. Tilshunoslikning bu muhim sohasi Respublikamizda anchagina rivojlangan. Bu, albatta, o’zbek tilshunosligining yutug’idir. Joy nomlariga bag’ishlangan materiallar, kuzatishlar va yerli kishilarning og’zidan yozib olingan ma’lumotlar asosida yig’iladi. Shuningdek, qishloq fuqarolar yig’ini xaritasi va turli tarixiy va ilmiy manbalardan ham foydalanilishi mumkin.

Toponimika yunoncha (topos-joy, onoma-nom) so’zidan olingan bo’lib, morfologiyaning joy nomlarini o’rganuvchi bo’limdir. Bu haqida umumiy o’rta ta’limda ona tili fanidan 6-sinf darsligida ma’lumotlar berilgan. Qayer so’rog’iga javob bo’lib, o’rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o’rin-joy otlari sanaladi. Fanning bu sohasi ancha rivojlanib kelmoqda. Toponimika fanining rivojlanishiga geografiya, etnografiya, tarix arxeologiya va nihoyat tilshunoslik kabi fanlarning barcha sohalarida ishlovchi olimlar o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Ammo tarixchi, geograf, etnograf, arxeolog va lingvist toponimikaga murojaat qilar ekan, ularning har biri bu fanni o’zicha tekshiradi. Biz asosiy maqsadni, qaysi fan nuqtayi nazaridan o’rganmaylik, geografik joy nomlarini to’g’ri, ilmiy izohlashga qaratishimiz lozim. Har bir nomni o’rganishda biz avvalo, uning sirtiga duch kelamiz(ya’ni uning nima deb atalganligiga). Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog’liq bo’lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan yuritiladi.

Keyingi yillarda joy nomlarini o’rganish bo’yicha jahon miqyosida ko’pgina ishlar qilindi va qilinmoqda. Bu ishga yirik mutaxassis olimlar jalb qilinmoqda. Jahon miqyosida bir qancha toponimik ilmiy markazlar ishlab turibdi. O’zbek va chet tillarida toponimikaga oid kitoblar, to’plamlar, shuningdek, ayrim maqolalar juda ko’p. Ba’zi mamlakatlarda maxsus toponimik jurnallar ham chiqib turadi.

Xulosa qilib aytganimizda, joy nomlari bilan shug’ullanish faqat tilshunoslarni ishi bo’lmay, balki tarixchilar, etnograflar, geograflar, tilshunoslar, arxeologlarning, qolaversa, qishloq ziyolilari, keng jamoatchilikning ishi bo’lmog’i kerak.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.    Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. Toshkent, 2002-yil

2.    Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili 6-sinf uchun darslik 2009-yil

3.    Hasanov H. O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan “Fan” nashriyoti. 1965-yil

4.    “Joy nomlari-xalq tili va ma’naviyatining nodir merosi” ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Navoiy, 1998-yil

5.    “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali, Toshkent, 2005-yil, 7-son