O’zbekistonda yengil atletika sport turning rivojlanish taraqqiyoti.

  • pdf
  • 18.09.2022
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала ozbekistonda_yengil_atletika_sport_turning_rivojlanish_taraqqiyoti.pdf

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

ALISHER NAVOIY NOMLI  

SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI

 

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA TIBBIY-

BIALOGIK ASOSLARI KAFEDRASI

 

 KURS  ISHI

MAVZU: O’zbekistonda yengil atletika sport turning rivojlanish taraqqiyoti.

 

 

                                                                                  Bajaruvchi:  Asadov A

Tekshiruvchi:  Nazarov N.B.  

 

 

 

 

                                          

                                                 SAMARQAND- 2014 y

MAVZU: O’ZBEKISTONDA YENGIL ATLETIKA SPORT TURNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTI.

 

REJA:

 

KIRISH.

I        Bob. ADABIYOTLAR TAHLILI.

1.1.        O’bekistonda yengil atletika sport turining rivojlanish tarixi.

1.2.        O’bekistonda yengil atletika sport turining o’rni va ahamiyati.

1.3.        O’zbekiston jismoniy madaniyat tizimida yengil atletika.

II   Bob. ASOSIY QISM.

2.1.     Yengil atletika mashqlarining klasifikatsiyasi.

2.2.     Yengil atletika mashqlarining sog’lomlashtirishdagi o’rni.

2.3.     Hozirgi kunda yengil atletika.

XULOSA.

ADABIYOTLAR RO’YXATI.

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH

 

                                                     

  O’zini salomatligi haqida shaxsan gamxorlik qilib  Borish madaniyati yoshlikdan, oila, maktab, mahalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport yordamida singdirish kerak. Shunisi muhumki, odamlar so’zda emas , balki amalda o’z salomatligini qadriga yetib, uni milliy boylik sifatida avaylab asrasinlar.

 

                                                                                                                                               Islom Karimov

 

Yengil atletika — yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlaridan iborat sport turi. Maxsus jismoniy madaniyat o‘quv muassasalarida esa, yengil atletika — mazkur sport turining nazariy bilimlari va amaliy ko'nikmalari hamda uni o'qitish metodlaridan iborat dars bo‘lib, shu sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadigan fandir. Qadimiy yunoncha “atletika” so‘zi o‘zbek tilida kurash, mashq degan ma’noni bildiradi. Qadimiy Yunonistonda tezkorlik kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalasha oladigan kishilarni

“atletlar” deb atar edilar. Qadimiy zaminimizda esa bunday kishilarni “Alp"' deb ataganlar. Shuning uchun “Alp” “atlet” tushunchasiga muqobil bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Hozirda ham jismoniy sifatlari har tomonlama rivojlangan tezkor, kuchli, chaqqon odamlarni “atlet” deb ataydilar. O‘zbek tilimizda bunday kishilarni “Alp” deb atash to‘g‘ri bo‘lar edi.

Bu sport turiga “yengil atletika” degan nom berilishi shartli bo‘lib, sirtdan qaraganda, yengil atletika mashqlarining og‘ir atletikaga nisbatan yengil bajarilishiga qarab olingan. Og‘ir atletikada odam tashqaridan shtanganing og‘irligini yengishga oid harakat bajaradi. Yengil atletikada esa tashqi muhitdan hech qanday og‘irlik ta’sir etmasligi sababli og‘ir atletika mashqlariga nisbatan yengil bajarilishiga asoslangan. Yengil atletikada mashq qilganda tashqi muhitdan hech qanday og‘irlik ta’sir etmaydi. Uloqtirishlarda faqat snaryadni og‘irligining ta’siri bo’ladi xolos. Qolgan turlarda esa tashqi og‘irlik yo‘q. Yugurish, sakrashlar og‘ir atletikaga nisbatan yengil bajariladi. Ammo ichki a'zolar, yurak qon-tomir, nafas olish, asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatidagi jismoniy ta’sirlarga nisbatan kechinmalar juda ham og‘ir va davomli o‘tadi. Masalan: marafon yugurishda, o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda va h.k. bunday holatlarning mavjudligi yengil atletikani og‘ir atletikadan ham og‘irroq sport turi ekanligi hartomonlama ilmiy asoslab isbotlangan. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» (Fransiyada) yoki «yo‘lka va maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar. O‘zbekistonda esa bu sport turini “yengil atletika” deb atash qabul qilingan.

Yengil atletika insonning tabiiy harakatlaridan iborat bo‘lgan yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishga oid harakat amallaridan iborat bo‘lib, sport turi sifatida juda qadimdan, dunyo miqyosida keng tarqalgan. U barcha amaliy sport turlari tarkibida bo‘lib, ularning samaradorligini oshirishda xizmat qiladi. Odamlarni hartomonlama ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga, sog‘ligini mustahkamlashda ham asosiy vositalardan biri bo‘lib, barcha yoshdagi odamlarga mos keladigan ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport turidir. Yengil atletika o‘zining xilma-xil harakat amallari bilan odamlarda tezkorlik, kuchlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamkorlik kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim o‘rinlardan birida turadi. Shuning uchun ham, yengil atletika barcha ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda uning o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘lib, maxsus mutaxassislar tayyorlanishiga e'tibor berilgan. Jumladan, kasb-hunar kollejlarining 3141900-jismoniy tarbiya va bolalar sporti yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan, 3141901-jismoniy tarbiya va bolalar sporti mutaxassislariga mo’ljallangan DTS va o‘quv rejalarida ham “Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fani kiritilgan. Bu fan bo‘lajak mutaxassislarga yengil atletikaning nazariy, amaliy, uslubiy bilimlarini o‘zlashtirishga yordam beradi.

              Respublikamiz      Prezidenti     I.     Karimovning      2002-yil      24-oktabrda

“O‘zekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risidagi farmoni chiqqandan keyin, mamlakatimizda barcha sport turlari qatori, yengil atletika sport turining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Uning moddiy texnika bazasi mustahkamlandi. Sport musobaqalari tizimi takomillashtirildi.

O‘zbekiston jismoniy madaniyati tizimida, ayniqsa bolalar ta’limining barcha bo‘g‘inlarida yengil atletikaga katta e’tibor berildi.

Bugun O‘zbekistonlik yengilatletikachilar Osiyoda va jahon (G. Xubbiyeva, S. Rodzivil, A. Kotlyarova, S. Voinov, L. Andreev, N. Sveshnikova, A. Juravleva, B. Shokirjanov va boshqalar) sport maydonlarida mustaqil O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib ildamlab bormoqdalar.

Har bir xalq, har bir millat o’zidan keyin qoladigan avlodning jismonan sog’lom, manaviy jihatdan  barkamol bo’lib yetishishi haqida qayguradi.

 So’nggi yillarda aholining turmush darajasini oshirish, sog’ligini mustahkamlash, ayniqsa, yoshlar ortasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida juda katta ishlar amalgam oshirilmoqda.

 Respublikamiz sportini jahon maydonlariga olib chiqish uchun yuzlab sport majmualari va inshootlarining barpo etilayotganligi, “Sog’lom avlod uchun” nishonining tasis etilishi, shu nom bilan yurutiluvchi xalqaro jamg’armaning tashkil topishi, tennis bo’yicha Toshkent ochiq birinchiligi, milliy kurash bo’yicha jahon chempionatlari va boshqa xalqaro munasabatlarning, shuningdek, sport sohasi bo’yicha nazariy va amaliy seminar-konfirensiyalarning o’tkazilayotganligi buning isbotidir. O’z navbatida, Ozbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash miliy dasturi, “Ta’lim to’grisida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to’grisida”gi (yangi tahrir, 2000-y) qonunlari va nihoyat “O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’grisida”gi qarori hamda “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Davlat dasturi

Konsepsiyasi” ning qabul qilinishi, Respublikaning sakkizta vazirligi hamkorligi qabul qilingan O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish”  va “Barchinoy” maxsus test sinovlarini joriy etish haqidagi qo’shma qarori va ularda belgilab berilgan vazifalar kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda ham jismoniy tarbiya hamda sportni jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish va tubdan takomillashtirish masalalarini hal qilish zarurligini taqazo etmoqda.

 Bu muhim vazifalarni bajarishda Respublikada sport “malika”si hisoblanmish yengil atletikani rivojlantirishga  O’z hissasini qo’shish maqsadida etiboringizga  ushbu  kurs ishi  havola qilinmoqda. Bu jurs ishida  yengil atletika sportining

O’zbekiston hududida rivojlantirish tarixi, sportchilar va murabbiylar, turli munosabatlarda ishtirok etgan O’zbekistonlik sportchilar, yengil atletika turlari

“Barkamol avlod” musoboqalar to’grisida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan. 

 

 

 

 

1.1 O'ZBEKISTONDA YENGIL ATLETIKANING

RIVOJLANISH TARIXI

1900 yillarda Turkistonda yengil atletika alohida sport turi bo’lib ajralib chiqmagan edi. harbiy armiyada jismoniy tarbiya sifatida qo’llanilar edi.

1910 yillar oxirida Toshkent va Farg’onada yengil atletika tugaraklarida, ota-onasining oldiga ta'tilga kelgan Petirburglik, Xarkovlik, Moskvalik talabalar, havaskor yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar boshqa shaharlardan keldilar. 1916 yilda Farg’onaga Rossiyalik taniqli yuguruvchi Lev L’vovich Barkash keldi. U havaskor yengil atletikachilar bilan hamkorlikda Marg’ilon soy atrofida (280 m) yengil atletika maydonini jihozlashga kirishib, u maydonning chetini velopoygachilar va langarcho’p bilan sakrash uchun maydon tashkil qilindi.

1919 yilda Turkiston Respublikasi xalq ta'limi qoshida sport kollegiyasi tuzilib. musobaqalami maydonlarda tashkil qilish va o’tkazish masalalari bilan shug’ullana boshladilar.

1920-21 yillarga kelib 15 ta xarbiy-sport klublari va Farg’onada, Toshkenda, Samarqandda va boshqa shaharlarda 40 ta sport maydonlari qurildi. 1920 yilda Toshkentda birinchi o’rta Osiyo Olimpiadasi (futbol, yengil atletika, shaxmat va boshqa milliy sport turlari bo’yicha) bo’lib o’tdi. Yengil atletika sporti bo’yicha farg’onalik sportchilar yaxshi qatnashdilar. Yengil atletikaning 12 turi kirgizilib, bundan 8 tasida

Farg’onaliklar        birinchilikni      qo’lga      kiritdilar      (G.      Bernandskiy,      D.

Lodashevich, aka-uka Burmakinlar). estafetali (8-100) yugurishda Farg’onalik yengil atletikachilar 1-o’rinni oldilar. 1924 yilda Toshkentda birinchi bor o’rindiqli (Kraevoy) stadion (Pishevik nomli) ochildi. Xozirgi kunda bu stadionning o’rnida suvda suzish saroyi qurilgan. Shu yilning avgust oyida umum Turkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. 9 ta sport turi bo’yicha 260 ta sportchilar Respublikamiz viloyatlaridan qatnashdi.

Birinchi o’zbekiston sportakiadasida 1927 yilda, 1928 yilda esa ikkinchi sportakiada bo’lib o’tdi. 1934 yil 5-12 sentyabr Toshkent shahrida o’rta osiyo respublikalarining sportakiadasi o’tkazildi. Bunda E. Putilov 100,200 m, 11,1s, 23,0s va 400 m 40,6s. Ayollarda esa 100m 13,3s va balandlikka sakrash bo’yicha L. Matemikova g’olibni qo’lga kiritdi. Yadro va nayza uloqtirish bo’yicha M. Toporova 800 va 1500 m - V. Texmestrenko, 5000, 10000 m V. Bezmkov, uch xatlab sakrash N. Bespokoynov. Disk uloqtirish bo’yicha T. Kuznikova, uzunlikka sakrash bo’yicha T. Basharina, 800 m yugurish bo’yicha T. Baltarina.

1943          yilda ikkinchi o’rta Osiyo Qozoqiston Respublikalari sportakiadasi bo’lib o’tdi. 800, 1500 m Sadunin, 100 m uzunlik N. Bespokoynov, ayollardan L. Kanaki balandlikka sakrash 140 sm g’olib bo’ldi.

1944          yilda uchinchi sportakiada Toshkentda o’tkazildi. Bunda 11 ta turdan erkaklar, 3 ta turdan ayollar musobaqalashdi. 100-400 m Kurillo, balandlik va uzunlik A. Barisov, nayza uloqtirish G. Kotsarov.

1945          yilda Toshkentdagi «Sportak» stadionida sportakiada o’tkazildi.

150 ta yengil atletikachilar qatnashib yaxshi natijalar ko'rsatdi. 1946 yilda Respublika rekordlari ustuniga N. Sevryukova (Barisova)-yadro va beshkurash buyicha L. Skatskaya-800 m. F. Xasanova 400, 800 m. 50yillarga kelib Mamatqul Oltiboev 3 ta masofa (1500, 5000, 1000 m) bo’yicha o’zbekiston rekordini o’rnatdi.

O’zbekiston rekordchisi Farida Xasanova 5 ta masofa (400, 500, 800,

1000, 1500 m) bo’yicha sport ustasi nomzodligini oldi.

1956 yilda Moskvada birinchi xalqlar sportakiadasida o’zbekistonlik sportchilar 9-o’rinni oldilar.

1958 yil Toshkentlik Igor Monastirskiy umum ittifoq musobaqasida

(Sochi) 100 m 10, 4 s ko’rsatdi. U O’zbekiston rekordini 0, 2 sekundga yangiladi.

1960-70 yillarga kelib Ashur Normurodov (1967 yil) 3 km lik kross musobaqasida chempionlikni qo’lga kiritdi. Murabbiylardan N. M.

Xaydarova va R.F. Fozliakbarov. Xozirgi kungacha 5000 m masofada A. Normurodovning rekordi turubdi.

Yengil atletikaning ayrim turlari (yugurish, nayza otish, sakrash, to'siqlarosha yugurish va h.k.) bilan Movoraunnahrda qadimdan shug'ullanib kelganlar. Sarmish tog'larida eramizdan avvalgi qoldirilgan rasmlarda yuguruvchi, sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarning tasvirlari buning isbotidir.

Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash, nayza otish, tosh ko'tarish, mushtlashish mashqlaridan unumli foydalangan.

Jahongir sarkarda Amir Temur esa o'z lashkarlarini jismonan baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletika — past-baland joylarda yugurish (kross), nayza otish, tosh irg'itish, to'siqlardan sakrab yugurish mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan.

1916- yilda Farg'ona shahriga yugurish bo'yicha musobaqa qatnashchisi

Rossiyalik Lev Barxash kelib, yengil atletika ishqibozlari to'garaklarini tuzadi. Ular bilan birga Marg'ilonsoy (Mustaqillik ko'chasi) qirg'og'ida velosiped sporti bo'yicha mashqlar va poyga o'tkaziladigan o'yingohni qayta qurib, yugurish uchun moslashtiradi va 280 metrlik yugurish yo'lagi qurdiradi hatto sakrash uchun qo'ndoqlar ham o'rnatadi.

O'sha paytlarda yengil atletika to'garaklariga oz odam, asosan, katta yoshdagilar qatnashganlar. Ular ham bo'lsa, sport ishqibozlari jamiyatlari, xususiy sport klublari va skautlar tashkilotlari a'zolari bo'lgan. Oktabr inqilobidan so'ng jismoniy tarbiya va sportning ommaviy rivojlanishiga katta e'tibor berila boshlandi. Turkiston Respublikasi Xalq ta'limi komissariati qoshida 1919- yilda sport kollegiyasi tuziladi. Bu kollegiya umumiy harbiy ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan maydonlarda namoyish etiladigan sport chiqishlari hamda turli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek o'quvchilar bilan o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga rahbarlik qilgan.

Sportning boshqa turlari qatorida yengil atletika bo'yicha ham uyushgan mashg'ulotlar tashkil etilgan. 1920- yilning oktabrida Toshkentda I Turkiston Olimpiadasi o'tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shaxmat va sportning milliy turlari bo'yicha musobaqalar kiritilgan.

Yengil atletika bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda Farg'ona shahri jamoasi dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida ikki marta birinchi o'rinni egallashgan (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich, aka-uka Burmakinlar). 8x100 m li estafetada ham Farg'ona jamoasi g'alaba qozongan.

Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishga bo'lgan talab 1921-yilda “Turkfront”ning umumta'lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo'yicha Markaziy kengash tuzishga sabab bo'ladi.

O'tgan asrning 20—30- yillarida Turkiston hududida malakali mutaxassislarga bo'lgan talab kuchli edi. Shuning uchun ham 1921-yildan boshlab Turkfrontning umumta'lim tizimida uch oylik kurslar ochilib, jismoniy ta'lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga oshirila boshlandi. 1926- yildan kasaba uyushmalari kengashi sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya yo'riqchi (instruktor)larini tayyorlashga kirishdilar.

1922- yilda yengil atletika bo'yicha Turkiston Respublikasi qo'lga kiritgan yuqori natijalarning 1- jadvali tuzildi. O'sha davrning yetuk yengil atletikachilari N. Ovsyannikov, P. Taranov, Y. Vali-shevlar ishchi-dehqon yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to'ga-raklariga jalb qilish bo'yicha faol ish olib borganlar.

1924- yilning may oyida Toshkent shahrida birinchi o'yingoh ochiladi. Hozir uning o'rnida V.S. Mitrofanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. Shu yilning avgust oyida Umumturkiston jismoniy madaniyat bayrami o'tkazildi. Sportning to'qqiz turi bo'yicha o'tkazilgan bu musobaqalarda respublika viloyatlaridan 260 nafar sportchi qatnashdi.

1924- yildan boshlab O'zbekistonning yengil atletika bo'yicha qo'lga kiritgan g'alabalari rasman qayd etila boshlandi.

Sobiq O'zbekiston Kompartiyasining II syezdi Qarorlarini bajara borib, respublika komsomoli jismoniy tarbiya tashkilotlari ustidan otaliqni o'z zimmasiga oladi va yengil atletika mashg'u-lotlariga qishloq yoshlarini jalb qila boshlaydi.

1926-      yilning 15- iyulida Toshkent shahrining eski shahar hududida “Spartak” stadionining tantanali ochilishi boiib o'tdi.

1927-      yilda 1- umumo'zbek Spartakiadasi, 1928- yilda ikkinchi ana shunday spartakiada o'tkazilib, u I Butunittifoq spartakiada-siga tayyorgarlik edi.

1927- yilda Toshkentlik harbiy xizmatchi Ovsyannikov yugurish bo'yicha to'siqlarosha 110 metr masofani 17,0 sek.da yugurib o'tib, balandlikka sakrash bo'yicha 177 sm masofani zabt etib birinchi o'rinni egallaydi. Nikolay o'zbek yengil atletikachilari orasida ikki hatlash bo'yicha Sobiq Ittifoq rekordini ham o'rnatdi. Bir yildan so'ng I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyannikov shu masofani 16,2 s. da, keyin 16,1 s. da yugurib o'tdi. Biroq bu marra o'sha paytdagi tartibga binoan rekord sifatida qayd etilmagan. Chunki, sportchi yugurish chog'ida ikki to'siqni yiqitib o'tgan edi.

Keyinchalik Leningradda (hozirgi Sank-Peterburg) 1928- yilda o'tkazilgan I Butinittifoq spartakiadasida o'zbek yengil atletikachilari ham ishtirok etishdi. Bunda N. Ovsyannikov 110 metrga (16,2 s) yugurishda, Y. Dunayev balandlikka (175 sm) va uch hatlab sakrash (12 m 75 sm) bo'yicha ikkinchi o'rinni, A. Tikunova lappak otish bo'yicha (25 m 33 sm) ikkinchi o'rinni, Z.L. Rikova ayollar orasida langarcho'p bilan sakrashda ikkinchi o'rinni egallashdi.

O'ttizinchi yillar jismoniy tarbiya harakatlari rivojlanishida olg'a siljishlar davri bo'ldi. O'zbekiston yengil atletikachilari safi GTO (Mehnat va Mudofaaga tayyor bo'l) normativlarini topshiruvchilar hisobiga kengaydi. 1932- yil Respublikada jismoniy tarbiya harakatini rivojlantirish va uning moddiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan qaror qabul qilindi. Bu sobiq Ittifoq birinchiligi, Kasaba uyushmalari spartakiadalari va boshqa musobaqalarda o'zbek sportchilarining, jumladan, yengil atletika-chilarning muvaffaqiyatli chiqishlariga asos bo'ldi. Ushbu mas'uliyatli musobaqalarda o'zbek yengil atletikachilaridan M. Toporova, Y. Dunayev, L. Shaternikova, A. Borisovlar sov-rindor bo'lishdi. 1934- yili M. Toporova nayza otish bo'yicha sobiq Ittifoq rekordini o'rnatib, mamlakat chempioni bo'ldi.

1934- yildan boshlab o'zbek yengil atletikachilari O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublikalari yengil atletikachilari bilan uchra-shuvlar o'tkaza boshladilar. Ana shunday birinchi musobaqa 1934-yilning 5—12- sentabrida bo'lib o'tdi. Erkaklar musobaqasining 16 turidan o'ntasida o'zbek sportchilari g'alabani qo'lga kiritdilar.

E.Putsillo — 100, 200 va 400 metrga yugurish bo'yicha, V. Sex-mestrenko — 3000 va 1500 metrga yugurish bo'yicha, V. Bezrukov, 500 va 10000 metrga yugurish bo'yicha, Y. Dunayev — to'siqlarosha 100 metrga yugurish bo'yicha, E. Ryabushev balandlikka sakrash bo'yicha, N. Bespokoynov uch hatlab sakrash bo'yicha zafar quchdilar.

Ayollar dasturi bo'yicha yetti tur o'tkazilib, ularning barchasida o'zbek sportchilari g'alabani qo'lga kiritadilar: L. Shaternikova — 100 metrga yugurish va balandlikka sakrash bo'yicha, M. Toporova — yadro irg'itish va nayza otish; T. Kuznetsova — lappak otish, T. Basharina — uzunlikka sakrash va 800 metrga yugurish.

O'zbek sportchilarining musobaqalarda birinchi o'rinlarni egallashlarida o'sha davr sportining yetuk mutaxassislari murabbiylar  N. Ovsyannikov, P. Kravchenko, P. Klyauzu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari juda katta bo'lgan.

1936          yilning sentabrida IV Umumo'zbek spartakiadasi o'tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqalarda L. Shaternikova, V. Sexmestrenko, M. Toporova, T.Beselnova, L.Olixova, A.Kotsarevlar o'z turlari bo'yicha O'zbekiston rekordini, shuningdek yengil atletikachilar 32 rekord o'rnatdilar.

1937          yilda Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Buxoro va Respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo'limlari tashkil etilib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu xayrli ish tezda o'z mevasini beradi. 1938- yili yengil atletika bo'yicha sobiq Ittifoq birinchiligida o'zbekistonlik yosh yengil atletikachilar jamoasi ikkinchi o'rinni egallashdi.

 

 

1.2 YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING O’RNI VA AHAMIYATI.

  Yengil atletika yurish, yugurish  sakrash va uloqtirish turidir. Maxsus fizkultura o’quv yurtlarida va pedagogika institutlarida, jismoniy madaniyat fakultetida esa yengil atletika mazkur sport turining  nazariyasidan, amaliy ishlardan hamda uni o’qitish metodikasidan iborat darsdir. 

Atlertika yunoncha so’z bo’lib, kurash, mashq, bellashuv ma’nolarini anglatadi. Dastlab qadimgi Yunonistonda kuchlilar va chaqqonlar o’rtasida bellashuvlar o’tkazilgan. BU bellashuvlarda qatnashganlar atletlar, ya’ni, kuchlilar deb atalgan. Hozir esa jismonan kamolga yetgan kuchli shaxslarni atletlar deb ataymiz. 

Yengil atletika atamasi shartli ravishda qabul qilingan bo’lib, sportning bu turdagi mashiqlar og’ir atletika mashqlariga nisbatan yengil bajariladi. Yengil atletika

Fransiya “atletika”, AQSH va Buyuk Briteniyada “yulak va maydondagi mashqlar” deb ataladi.

Mamlaktimizda yengil atletika bilan millionlab kishilar shug’ullanadilar. Mashqlarning turli-tumanligi, qo’llaniladigan jihozlarning oddiyligi, ularni yuqori samaradorligi, jismoniy yuklamani boshqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bois, yengil atletika keng yoyilgan bo’lib, uni bejiz “spotr quroli” deb atashmaydi.

Yengil atletikaning yurush, yugurush, sakrash, uloqtirish mashiqlari, kuch, tezkorlik va chidamlikni oshiradi bug’umlar harakatchanligini yaxshilaydi, iroda sifatini tarbiyalashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uning mashqlari organizmning funksional imkoniyatlarini, ish qobiliyatini kuchaytiradi. Mashg’ulotlar odatda, ochiq havoda – stadionda, bog’da, o’tkaziladi. 

Yengil atletika mashg’ulotlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, ular sportchilarda jamoa va uning mas’uliyatini his qilishni tarbiyalaydi.

Yengil atletika yordamida egallangan ko’nikma va malakalar insonning kundalik mehnat faoliyatida asqotadi, shuningdek, yoshlarni armiya sifatida xizmat qilishga tayyorlashga yordam beradi. Bu sport turining mashqlari o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quvchilarining jismoniy tarbiya dasturidan keng o’rin olgan va “Alpomish” hamda “Barchinoy” maxsus testlarining barcha bosqichlariga kiritilgan. Ulardan ko’pchiligini boshqa sport turi bilan shug’ullanuvchi sportchilar trenirovkalarda qo’llaydilar. Yurush va yugurish ommabob va keng tarqalgan jismoniy mashqlardir. Ular insonning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning salomatligini asrashda, faol dam olishda ajoyib vosita bo’lib xizmat qiladi. Undan ko’pgina sport turlarida foydalaniladi va tezlikni o’zgartirib, shug’ullanuvchilar organizmiga maqsadli ta’sir ko’rsatib istalgan natijalarga erishiladi. 

Yengil atletika  shu sohada ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladigan fandir.

Yugurish: insonning joydan joyga ko’chishini tabiiy usulidir. Bu jismoniy  mashqning ko’proq tarqalgan turi bo’lib juda ko’p sport turlari (futbol, basketbol, qo’l to’pi va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p xillari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi. Yengil atletikada yugurishning  yengil yugurish, to’siqlar osha yugurish, estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo’ladi. Yugurishning xillari va masofa uzoqligi va yaqinligiga qarab yaqin masofaga, o’rta masofaga va marafoncha yugurishlar kiradi.

Sakrash: - to’siqlardan o’tishning tabiiy  usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab muskul kuchiga maksimal zo’r berish bilan harakterlidir. Yengil atletika, sakrash mashg’ulotlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarini yig’a bilish qobiliyatlari takomillashadi. Kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik orta boradi. Sakrash-oyoq va tana muskullarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish va eng yaxshi mashqlarda biri bo’lib, faqat yengil atletikachilarga emas, sportning boshqa turlariga ham zarurdir. 

Yengil atletikada sakrash ikki turga bo’linadi. 

1.                 Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tishbalandlikga sakrash va langarcho’p bilan sakrash.

2.                 Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to’siqlardan o’tishuzunlikga sakrash va uch xatlab sakrash.

Sakrash turlari turli joydan va yugurib kelib ijro etiladi. 

Uloqtirish: maxsus saryadlarning uzoqlikka irg’itish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari  metr va santimetr bilan  aniqlanadi. Uloqtirish asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo’lishi bilan harakterlidir. Yengil atletikada uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’linadi:

1.   Bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata).

2.   Aylanib uloqtirish (disk bosqon) 

3.   Itqitish (yadro)

Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarnig shakli va og’irligiga bog’liqdir. Yengil ushlash qulay bo’lgan  snaryadlarni to’g’ridan yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish qulayroq. Maxsus tutqich bo’lmagan og’ir snaryad yadroni esa irg’itish qulayroq. 

Ko’pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uchkurash, to’rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o’nkurash. Ko’pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun - o’nkurash va ayollar uchun beshkurash va o’spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqa esa ikki kunda o’tkaziladi. Yengil atletika  besh bo’limdan (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va  ko’pkurashdan) iborat bo’lib, ularning har qaysisi  ham xilma xil turlarga bo’linadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.3.O‘ZBEKISTON JISMONIY MADANIYAT TIZIMIDA YENGIL ATLETIKA

Yengil atletika bilan mamlakatimizning millionlab fuqarolari shug‘ullanadilar. Ushbu sport turining bu kabi ommaviy tus olishi — xalqimizning ma’naviy va jismoniy kamol topishiga erishishga, uning salomatligini mustahkamlashga, uni vatan himoyasiga va mehnatga tayyorlashga katta yordam beradi.

Yengil atletika mashg‘ulotlari kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko‘p harakat malakalarini oshiradi, irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, ularning sog’lomlashtirish ahamiyati ham katta bo’lib, jismoniy kamolotga erishishga yordam beradi.

Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi: yurganda, yugurganda, sakraganda va uloqtirganda kuch kelishni o‘zgartirish mumkinligi — har xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil atletika mashg'ulotlari o‘tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko’pchiligi ijro texnikasi jihatidan qiyin emas, o‘rgatish uchun oson va ularni oddiy maydonchalar yoki ochiq joylarda bajaraversa bo’ladi.

Yengil atletika mashqlarining shug’ullanuvchilarga barcha tana a’zolariga ijobiy ta’sir qilishi, ularning keng tarqalgan bo’lshiga sabab bo’ldi. Maktab bolalarining va yoshlaming jismoniy tarbiyasi dasturlarida ham har xil sport turlaridagi mashg‘ulot rejalarida ham, keksalarning jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida ham yengil atletika mashqlariga keng o’rin berilgan ancha jismoniy madaniyat jamoalarida, ko‘ngilli sport jamiyatlarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda yengil atletika seksiyalari yetakchi o‘rinda turadi.

Yengil atletika mashqlari O‘zbekiston jismoniy madaniyat tizimining dasturiy — me’yoriy asosi “Alpomish” va “Barchinoy” test majmualariga ham kiritilgan.

Yengil atletikadagi tayyorgarlik darajasini baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag‘batlantirish va musobaqalarni yaxshiroq tashkil qilish maqsadida razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivoj topayotgani va undagi natijalar muttasil o‘sib borayotgani sababli razryad normalari vaqt-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Bu O‘zbekiston sport tasnifming yengil atletika bo’limida ko‘rsatilgan 

Yengil atletika O‘zbekiston jismoniy madaniyat tizimining barcha bo‘g‘inlari dasturiga kiritilgan. Uch bosqichli sport musobaqalari: “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalari dasturida yengil atletikaga keng o‘rin berilgan. O'zbekistonda yengil atletika bo‘yicha turli xil sport musobaqalari o‘tkaziladi.

 

 

 

 

 

 

 

II BOB. ASOSIY QISM

 

 Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq rasm bo’la boshladi 1837-yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan

Regbi shahri kollej o’quvchilarining dastlabki musobaqalari bo’ldi.

 Keyinroq yengil atletika musobaqalari Universitetlarda ham rasm bo’la boshladi. Bu jihatdan Oksford va Kembrij universitetlari tashabbuskor bo’ldi 1864yilda o’quv yurtlari o’rtasida birinchi marta yengil atletika musobaqalari bo’ldi, shundan keyin bunday musobaqalar har yili o’tkaziladigan bo’ldi.

Musobaqa dasturiga yugurishning 6 turi sakrashning 2 turi kiritilgan bo’lib, so’ngra bosqon uloqtirish va yadro itqitish ham qo’shiladi. Keyinchalik Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887-yil Shvetsiyada,

1897-yil Norvegiyada va 1906-yil Finlandiyada rasm bo’la boshladi.

 Vengriyada, Polshada, Chexoslovakiyada, Yugoslaviyada va boshqa markaziy Yevropa mamlakatlarida, Rossiyada yengil atletika sporti 1890-yil rivojlana boshladi.

Keyinchalik Olimpiya o’yinlari dasturidan joy olgan eng muhim sport turlaridan bo’lib yengil atletika xalqaro majmuaviy musobaqalari ham o’tkazila boshladi. 

Dunyoda zamonaviy yengil atletika rivojlanishida shu sport turi  bo’yicha o’tkazib kelinayotgan jahon birinchiliklari ayniqsa olimpiya o’yinlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. 2012-yilda Londonda o’tkazilgan XXX olimpiada o’yinlarida yengil atletikaning  47 turi bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Yengil atletika 5 bo’limdan iborat bo’lib, bularning orasidan yurish va yugurish ommobob va keng tarqalgan jismoniy mashqlardir. Ular insonning har tomonlama jismoniy

rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi, uning salomatligini asrashda, faol dam olishda ajoyib vosita bo’lib xizmat qiladi. Undan ko’pgina sport turlarida foydalaniladi va tezlikni o’zgartirib, shug’ullanuvchilar organizmiga maqsadli ta’sir ko’rsatib, istalgan natijaga erishiladi. 

Sakrash bu – to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab mushak kuchiga maksimal zo’r berish bilan xarakterlanadi. Yengil atletika sakrash mashqlarida  sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarni yig’a bilish qobiliyatlarini takomillashtiradi, hamda kuch, tezlik, chaqqonlik va mardlikni ortirib boradi. Uloqtrish asab mushak kuchlanishini qisqa vaqtda yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunda qo’l, yelka kamari va tana mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi.

Uloqtirish bilan shug’ullanish bu – muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana mushaklarining ham garmonik rivojlanishiga yordam beradi. Ko’pkurash yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yadi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo’lishlaridan tashqari, Sprinterlardek tezkor, ular uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, dadil va albatta chidamli bo’lishlari kerak bo’lib hisoblanadi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda yengil atletika sport turi bilan shug’ullanishga ham yaxshi zamin yaratib beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.1., 2.2. YENGIL ATLETIKA MASHQLARINING KLASSIFIKATSIYASI VA

SOG’LOMLASHTIRISHDAGI O’RNI

Yengil atletika besh bo‘limdan: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘p kurashlardan iborat bo‘lib, ularning har qaysisi xilma-xil turlarga bulinadi:

 




 

 

 

 

Yurish — insonning joydan-joyga ko'chishidagi oddiy usul bo‘lib, turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda a’zoyi badandagi qariyb barcha mushaklar ishlaydi, organizmdagi yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avvalo sog’lomlashtirish ahamiyati bor. Odamni ilk bolalik chog‘idan yurishga o‘rgatadilar. Lekin bu bilan kifoyalanib boimaydi. Hamma odamlar to‘g‘ri, chiroyli va tejamli yura bilishlari zarur.

Oddiy yurishdan tashqari, yurishning boshqacha xillari ham bo’ladi: sayyohat yurish, safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnika jihatidan eng qiyin, lekin eng foydali xili sportcha yurish qo‘llaniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatdan ikki marta ortiq. Ammo bunday yuqori tezlikka erishish uchun, sportcha yurish texnikasi asoslarini o’rganib olishning o‘zigina kifoya qilmay, balki oddiy yurishga qaraganda anchagina jadalroq ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Shu sababdan sportcha yurish bilan shug‘ullanish sportchi organizmiga ancha ta'sir etib, uning ichki a’zolarini va tizimlarini mustahkamlaydi, ularning ish qobiliyatini oshiradi, kuchni va  ayniqsa chidamlilikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, irodali bo’lishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham yetuk tez yuruvchilar juda chidamli bo‘ladilar.

Yurish musobaqalari stadion yo’lkalarida (soat strelkasi harakatiga teskari yo'nalishda) va oddiy yo’llarda (shoh va shahar ko'chalarida, so'qmoqlarda va hokazo) 3 dan 50 km gacha masofada o'tkaziladi.

Yurish musobaqasida qatnashuvchilar, qoidada belgilangan yurish texnikasi xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo'lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yo’l qo'ymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo'lgudek bo'lsa, sportchi yurishdan yugurishga o'tgan hisoblanadi. Bu qoidani buzgan sportchini maxsus hakamlar musobaqadan chetlatadilar.

Yurish musobaqasida qatnashuvchilar, qoidada belgilangan yurish texnikasi xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo'lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yoi qo'ymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo'lgudek bo'lsa, sportchi yurishdan yugurishga o'tgan hisoblanadi. Bu qoidani buzgan sportchini maxsus hakamlar musobaqadan chetlatadilar.

Yugurganda butun organizmning ish qobiliyatiga qo‘yilgan talab yurgandagiga nisbatan anchagina katta bo’ladi. Chunki yugurganda a’zoyi badandagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, modda almashinish ancha oshadi. Shug'ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va yugurish tezligini o‘zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish, odamning chidamliligi, tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta’sir o'tkazishi mumkin. Masalan, unchalik tez emas, lekin uzoq vaqt yugurish (ayniqsa o'rmon yoki istirohat va bog’larda) ning gigiyenik ahamiyati katta bo'lib, bu sog'lomlashtirishning eng yaxshi vositalaridan biri hisoblanadi.

 Yuqori tezlikda yugurish shug'ullanuvchilarga, xususan ularning yurakqon tomir va nafas olish tizimlariga qo'yilgan talabni oshiradi va chidamlilikni rivojlantiradigan zo'r vosita bo'lib xizmat qiladi. Juda katta tezlikda yugurish esa, tezlikni rivojlantirish uchun o'tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlarga kiritiladi. Yugurish bilan shug’ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi, o'z kuchini taqsimlay olish, to'siqlardan o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal ola bilish qobiliyati hosil bo'ladi.

Yugurish — har tomonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalaridan biri. Barcha mutaxassislikdagi yengi latletikachilarning ham, boshqa sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning ham mashqlarida yugurishga ko‘p e’tibor berilishi, shuningdek faol dam olish, sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida yugurishning ulushi katta ekani ana shundan.

Yugurish — yengil atletikaning hamma turlari ichida eng ammabop jismoniy mashq. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari yetakchi o'rin tutadi, ularga tamoshabin ham juda qiziqadi. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashviqot va targibot vositalaridan biri hisoblanadi.

Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to‘siqlar osha yugurish, estafetali yugurish va tabiiy sharoitlarda yugurish xillari boiadi.

Yugurishning xillari va masofa uzoqligining variantlari jadvalda ko‘rsatilgan.

 Tekis yugurish malum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yo’lkasida (soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda) o‘tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo’lka ajratiladi. Qolgan masofalarga yugurish musobaqalari umumiy yo’lkada o’tkaziladi. Belgilangan masofani o‘tish uchun sarflangan vaqt soniya o’lchagich (sekundamer) bilan o'lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo'lib, natija shu vaqt ichida bosib o’tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.

To‘siqlar osha yugurishning ikkita xili bor: 1) g‘ovlar osha yugurish — bunda yugurish yo’lkasida bir-biridan bir xil uzoqlikda masofadagi muayyan joylarga qo‘yilgan bir  tipdagi to‘siqlardan oshib, 60 dan 400m gacha masofaga yuguriladi; har qaysi sportchi alohida-alohida yo‘lkadan yuguradi; 2) 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish (stipl- chez) bunda yugurish yo‘lkasida u yer-bu yerga mustahkam o‘rnatilgan to‘siqlar osha, stadion sektorlaridan birida kovlangan chuqurga to’ldirilgan suvdan kechib yuguriladi.

Estafetali yugurish — bunda jamoa-jamoa bo’lib yuguriladi; jamoada yuguruvchilar qancha bo’lsa, masofa ham shuncha bosqichlarga bo’lingan bo’ladi. Estafetali yugurishdan maqsad, estafeta tayoqchasini bir-biriga uzatib, uni mumkin qadar tez, startdan marragacha yetkazib borishdir.

Bosqichlar oraligi bir xil (qisqa va o‘rta masofada) yoki (har xil aralash masofada) bo’lishi mumkin. Estafetali yugurish ko‘proq stadion yo’lkalarida, ba'zan esa shahar ko‘chalarida (aylanma va yulduzsimon estafetalar) o’tkaziladi. Tabiiy sharoitlarda yugurish bunda past-baland ochiq joylarda (kross) yugurilsa, 15 km va undan uzoq masofalarga esa yo’llarda (shoh ko‘chada, so‘qmoq yo’llarda) yuguriladi. Yengil atletikadagi eng uzoq, ya’ni marafon yugurish masofasi 42 km 195 m ga teng.

Sakrash — to‘siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab mushak kuchiga maksimal zo‘r berish bilan xarakterlidir. Yengil atletik sakrash mashg‘ulotlarida sportchilaming o‘z tanalarini idora qila bilish, kuchlarini yig‘a bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch, tezlik, chaqqonlik va mardlik orta boradi. Sakrash — oyoq va tana mushaklarni kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish uchun eng yaxshi mashqlardan biri bo‘lib, faqat yengil atletikachilargagina emas, balki boshqa sport turlarining vakillariga ham ayniqsa, basketbolchilarga, qo’lto‘pichilarga va futbolchilarga zarurdir.

Yengil atletik sakrash ikki turga bo’linadi: 1) imkon boricha balandroq sakrash maqsadida tik (vertikal) to’siqlardan o‘tish balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash; 2)imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida Yotiq (gorizontal) to‘siqlardan o‘tish - uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash.

Sakrashda erishilgan natijalar metrva santimetr bilan o‘lchanadi. Sakrashlar turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi.

Uloqtirish — maxsus asboblarni uzoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab mushak kuchlanishi qisqa vaqtda yuqori (maksimal) bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bunda qo‘l, yelka kamari va tana mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. Yengil atletika asboblarini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo‘lishi va o‘z kuchini yig‘a bilmoq zarur. Uloqtirish bilan shug‘ullanish bu muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana mushaklarining ham garmonik rivojlanishiga ham yordam beradi.

Yengil atletik uloqtirishlar  ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi: 1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granat); 2) aylanib uloqtirish (lappak, bosqon); 3) itqitish (yadro).

Uloqtirish   usullarining farqi asboblarning         shakli          va      og‘irligiga bog‘liqdir. Yengil, ushlash o‘ng‘ay bo‘lgan asboblarni to‘g‘ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin: og‘irroq asboblarni aylanib uloqtirish o‘ng‘ayroq; maxsus tutqichi bo‘lmagan, og‘ir asbob yadroni esa itqitish o‘ng‘ayroq. Yengil atletik uloqtirish turlari va xillari jadvalda berilgan. Ko‘pkurash yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o‘z ichiga oladi. Ko'pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi: uchkurash, to‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o‘nkurash. Ko‘pkurash turlari jadvalda ko'rsatilgan. Ko'pkurash asosiy turlari: erkaklar uchun - o'nkurash va xotin-qizlar uchun - beshkurash va o’spirinlar uchun — oltikurash va sakkizkurash. Musobaqani yengillatish maqsadida yengil atletikaning bunday og‘ir turlaridan musobaqalar ikki kun davomida o‘tkaziladi.

Ko‘pkurash shug‘ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yadi.  Ular  texnik  jihatdan  yuqori mahoratli  bo‘lishlaridan  tashqari, sprinterlardek  tezkor,  uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, g’ovoslardek dadil, o‘rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak. Ko‘pkurash dasturini to’la bajarish esa, umuman a’lo darajada chidamli boiishni, yuqori daraja rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi.

Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish — yengil atletika bilan endigina shug‘ullana boshlovchilar uchun ham  har  tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo’lidir. Yosh sportchi ko‘pkurash tamoyilida tuzilgan “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy  tayyorgarlik testlari majmuasi me’yorlari talablarini bajargandan keyingina yengil atletik ko‘pkurashning maxsus mashg’ulotlariga o’tadi. Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish bilan, yengil atletikaning alohida turidan maxsus mashq qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatilgan ochkolari yig’indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi.

 

 

2.3 XOZIRGI KUNDA YENGIL ATLETIKA

Xozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq rasm bo’la boshladi. 1837 yili bu yerda 2 km ga o’rta masofaga yugurishdan Regbi shahri kolleji o’quvchilarining dastlabki musobaqalari bo’ldi.

Ko’p o’tmay, ularning tashabbusiga Iton, Oksford, Kembrij, London va boshqa shaharlardagi kollej o’quvchilari ham qo’shiladilar. Keyin musobaqalar dasturida qisqa masofalarga yugurish, to’siqlar osha yugurish va og’ir narsalarni uloqtirishni qo’sha boshladilar. 1851 yildan boshlab musobaqalar dasluriga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash kiritiladi.

Keyinroq yengil atletika musobaqalari unversitetlarda ham rasm bo’la boshladi. Bu jihatdan Oksford va Kembrij unversitetlari tashabbuskor bo’ladi. 1864 yilda bu o’quv yurtlari o’rtasida birinchi bor yengil atletika musobaqasi bo’lib, shundan keyin bunday musobaqalar har yili o’tkaziladigan bo’ladi. Musobaqa dasturida yugurishning 6 ta turi va sakrashlarning 2 ta turi kiritilgan edi. Kiyinchalik dasturda bosqon uloqtirish va yadro irqitish bilan to’ldiriladi.

60 yillarda yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa boshladilar. Yengil atletika bilan aristokratlar, sport kulublarda shug’ullana boshladilar. Angliya aristokratlari yengil atletika sport turi bilan qiziqar edilar-u lekin yugurish yo’lkalarida “oddiy xalq” bilan birga bo’lishni istamas edilar. Ayniqsa ular vurish va yugurishdan ochiq bo’lib qoladigan “past” tabaqa vakillariga yutqazishga yo’l qo’ya olmas edilar.

Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari “havaskorlik to’g’risida nizom qabul qilib kelib,  yugurish yo’laklarida aristokratlar bilan mehnatkashlar uchrashmaydigan qilib qo’ydilar. Shu zamonga asosan jismoniy mehnat vakillar deb e’lon qilinib, ularning havaskorlarning sport kulubga kirishlariga va xavaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga yo’l qo’yilmaydigan bo’ladi.

1865 yilda London atletik kulubi tuzilib, u yengil atletika sportini keng ommalashtira boshlaydi. Bu kulub yengil atletikadan mamlakat birinchiliklari o‘tkazar va havaskorlik to’g’risidagi nizomga rioya qilishni nazorat qilib turar edi.

1880 yilda Angliyada havaskorlar yengil atletika assotsiyasi tuzilib, u Britaniya Imperiyasida yengil atletikadan eng oliy organ xuquqini oladi. U Anglivadagi, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika klublarini birlashtiradi. Assotsiatsiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi. Angliya sportchilarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi.

Farangistonda yengil atletika sport turi sifatida o’tgan asrning 70 yillarida, avvalo xarbiy va grajdanlar litseylarida rivojlana boshlaydilar, 80 yildan boshlab litseylarda yugurishdan musobaqalar muntazam

o’tkazila boshladi. 80 yillar oxirida Farangiston burjuaziyasi atletik sport farang jamiyatlarining asotsiyatsiyasini tuzadi.

AQSHda yengil atletikaning rivojlanishi 1868 yildan, NYU-York atletika klubi tuzilib yengil atletikadan birinchi marta musobaqa o’tkaziladigan bo’ladi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot markazi bo’lib qoladi. 1874 yilda Govard universitetida yengil atletikadan birinchi musobaqa bo’lib o’tadi.  80- yillar oxirida AQSHda universitetlararo atletika ittifoqi bo’lgan “Amerika havaskorlar yengil atletikasi milliy asotsiatsiyasi” va mamlakatda yengil atletika rahbar organi - “Amerika havaskorlar yengil atletikasi ittifoqi” vujudga keladi.

Germaniyada birinchi yengil atletika musobaqalarini 1888 yilda Berlindagi kroket va futbol klublari tashkil qilingan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90 yillarda paydo bo’ladi. 1898-yilda yengil atletika rahbar tashkiloti - Germaniya yengil atletika boshqarmasi tuzildi.

Skandinoviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887 yilda Shvetsiyada, 1897 yilda Norvegivada va 1906 yilda Finlandivada rasm bo’la boshladi.

Vengriyada, Polshada, Chexoslavakiyada, Yugoslaviyada va boshqa markaziy Ovropa mamlakatlarida yengil atletika sporti o’tgan asrning 90 yillarida rivojlana boshladi.

Ko’p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr oxirlarida qabul qilindi.

Yengil atletika sporti taraqqiyotida qadimiy grek olimpiya o’yinlarining 1896 yilda qayta yo’lga qo’yilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik olimpiya o’yinlari sportning eng muhim turlaridan, shu jumladan yengil atletikadan xalqaro majmuaviy musobaqalar bo’lib qoldi.

1965 yilgacha olimpiya o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan edi. Harbiy xarakatlar va boshqa sabablar bilan 1916 yilda Berlinda, 1940 yilda Tokiyoda, 1944 yilda

Xelsinkida o’tkazilishi mo’ljallangan olimpiya o’yinlari bo’lmay qolgan edi.

Olimpiya o’yinlarida yengil atletika musobaqalarining dasturi har doim o’zgarib kelgan.

1928 yilda Amsterdamdagi IX - olimpiadada birinchi marta ayollar uchun yengil atletika musobaqalari o’tkazildi. Shundan keyingi barcha yillarda ham bu musobaqalar o’tkazilib kelindi.

Hozirgi zamon olimpiya o’yinlari 1 marta 1896 yilda Afinada bo’lgan edi. Yengil atletika musobaqalarida atigi 12 mamlakat vakillari qatnashgan edi. Bu vo’llarda ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past edi. 1912 vilda Stokgolmda (Shvetsiya) bo’lib o’tgan V-Olimpiya o’yinlari yengil atletika taraqqiyotida muhim bosqich bo’ldi. O’shanda yengil atletikaning ko’p turlaridan qator yillardan beri o’zgarish kelayotgan jahon va olimpia rekordlari yangilangan edi. 1912 yilda yengil atletikani rivojlantirishga va xalqaro musobaqalar federatsiyasi (IAAOF) tashkil qilindi. Federatsiyaning maqsadi-federatsiya a'zolari o’rtasida xamkorlik o’rnatish, ustav va xalqaro musobaqalar o’tkazish qoidasini ishlab chiqishdan iborat edi.

XULOSA

 

Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.

I.A. Karimov

 Xulosa qilib aytganda Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda yangilanish va rivojlanish jarayoni keng tarzda amalga oshirilmoqda. Shu qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta ahamiyat berilmoqda.

Bejiz emaski, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi, 1993-yildagi  “Sog’lom avlod uchun jamg’armasini tashkl etish to’g’risida”gi Farmoni, 1998-yil 10-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni va shu farminni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi  “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori,  Respublika Oliy  va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 1999-yil  29-martdagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tog’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasining  2000-yildagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni hamda Republika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2003-yil 4-yanvardagi qarori – bu hujjatlarning  barchasida hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sportni aholi o’rtasida keng yoyish va yoshlarni sportga jalb etish umumdavlat ishi ekanligi va bu barcha xo’jalik va jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalarining burchi ekanligi ta’kidlangan. Barcha qonun,  qaror va farmonlarda kishilarning  sog’lom turmush tarzini shakillantiruvchi yangidan yangi aniq vazifalar belgilab berilgan, ayniqsa bolalarni go’dakligidan boshlab mustaqil jismoniy mashg’ulotlarga o’rgatishga keng jalb qilish, ularni chiniqtirish, xususan, sog’lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo’lib o’sishlariga jiddiy e’tibor berish zarurligi alohida uqtirilgan. Chunki bu dolzarb masalalardan biridir. Prezidertimiz Islom Karimov o’z chiqishlarida mamlakatimizda sog’lom avlod tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazivasi ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Bu sharafli vazifani bajarishda esa jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish ham katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga,  milliy mafkuramiz, qadriyatlarimizni jismoniy tarbiyada ham aks ettirish choralari ko’rilmoqda. Ya’ni sportni rivojlantirish bilan birga, milliy qadriyatlarimizni, o’zbekona urf-odatlarimizni ham yosh avlod hayotiga singdirib borish va shu ruhda  tarbiyalashga muhim vazifa deb qaralmoqda. 

Farzandlarimiz chiroyli, qad-qamoti kelishgan, xuddi ajdodlarimiz Jaloliddin

Manguberdi va To’maris, qolaversa, dostonlarimizda kuylanib kelayotgan Alpomish va Barchinoy, Go’ro’g’li, Kuntug’mishlardek jasur, bahodir va dono bo’lib o’sishlari uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz zarurdir.

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi. Bas, shunday ekan, hammamiz jismoniy tarbiya va sportning yuksalishiga o’z munosib hissamizni qo’shishimiz shart va lozim, deb o’ylaymiz.

                   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FOYDALANILGAN  ADAВIYОТLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida"gi Farmoni. 2002 yil 24 sentyabr.

2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida"gi 374-son Qarori. 2002-yil 31-oktyabr.

3.   Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lidan. 4-jild. Т., O'zbekiston, 1996. 394 b.

4.   Karimov I.A. Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. 7-jild. Т., O'zbekiston, 1999. 40 b.

5.   Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. 8-jild. Т., O'zbekiston, 2000. 528 b.  

6.   Yengil atletika. Andris E.R., Kudratov R. O’quv qo’llanma. - T:. UzDJTI. 1998 y.

7.   Kudratov R.K., Meliyev X.A., Rasulova T.R., Qurbonov S. (o’quv qo’llanma). Toshkent. "O’qituvchi". 2005 y. 352 bet.

8.   Shakirjanova K.T. Yengil atletika (musobaqa qoidalari). O’quv qo’llanma. "Lider press". - T:. 2007 y. — 350 bet.

9.Jilkin A. I., Kuzmin V. S, Sidorchuk Ye. V. Legkaya atletika (Ucheb. posobiye dlya stud. vыssh. ucheb. zavedenii. -M.: Izdat-kiy sentr «Akademiya», 2009. - 64 s.

10.Malыxina L.A., Arzumanov G.G. Planirovaniye i kontrol v uchebnom prosesse po fizicheskomu vospitaniyu v shkole. Tashkent, 1990 g.

 11.Shakirjanova K.T. Yengil atletikada sport mashg’ulotlari asoslari. O’quv qo’llanma - T.: 2008. - 72 b.

12.P.Shakirjanova K.T. Yengil atletikada boshqaruv va pedagogik nazorat. O’quv qo’llanma - T.: 2009. - 58 b.

13.Shakirjanova K.T. Yengil atletika bo'yicha musobaqalarda kotibiyat ishini tashkil etish. Uslubiy qo'llanma. - T.: O'zDJTl nashriyot-matbaa bo'limi. 2010 y. - 72 b. 14.Shakirjanova K.T., Soliyev I.R. Barerlar osha yugurishga o’rgatish texnikasi va usuliyati. Uslubiy qo’llanma - T.: "SHARQ" 2011 y. - 44 b.

 

Internet manbaalar

 

1.   Halkaro Yengil atletika Federasiyasi tarmog’i, www.IAAF.org,

2.   Rossiya Yengil atletika Federasiyasi tarmog’i www.rusathletcs.ru.

3.   O’zbekiston Yengil Atletika Federasiyasi tarmog’i www.uzathletcs.org.

4.   www.trackandfield.ru

5.   www.legcoatlet.ru