2 – “V” sinfida o`qish fanidan
“O`zi buyuk – so`zi buyuk
Alisher Navoiy bobomlar”
mavzusida o`tkaziladigan ochiq darsimizga xush kelibsiz!
Darsning mavzusi: “O`zi buyuk – so`zi buyuk
Alisher Navoiy bobomlar”
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning hikoyalarni ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish, og`zaki nutqini o`stirish va ajdodlarimiz hayoti bilan tanishtirish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning Vatanimiz tarixi haqidagi bilimlarini boyitish, tafakkurini boyitish
“Ul zotni avliyo desak,avliyolarning avliyosi,
ul zotni mutafakkir desak, mutafakkirlarning
mutafakkiri , ul zotni shoir desak shoirlarning
sultonidir”
I.A.Karimov
So`zingiz buyukdir, o`zingiz buyuk
Asaringiz suyuk,
g`ururimizsiz
Yurakda faxrla sizni
eslaymiz
Ulug` bobomizsiz ta`zim
aylaymiz
Hirot tuprog`ida voyaga yetgan,
“Qush tili” yo`llarini munavvar etgan,
Yillar to`zonidan sog`-omon o`tgan,
Navoiy bobomlar - buyuk odamlar
I-guruh: “ Shoirlar”
O`tilgan mavzu yuzasidan savollar
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy haqida nimalarni bilasiz
1. Alisher Navoiy qachon va qayerda tug’ilgan?
2. Alisher Navoiyning ota-onasi kim bo’lgan?
3. Alishaer Navoiyning ustozi kim bo’lgan?
4. Alisher Navoiy yoshligida qanaqa bo’lgan?
5. Alisher Navoiy necha yoshdan she’r yoza boshlagan?
6. Alisher Navoiy qaysi tillarni bilgan?
7. Alisher Navoiy necha yoshida mashhur shoirlarning e’tiborini torta boshladi?
O’zbek adabiy tilining asoschisi, adabiyotimizning so’nmas yulduzi, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning o’zbek tilining saqlab qolishida xizmati katta.
Abadiyat bilan qay so`z egizak,
Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir ?
Mangulik anglanar Navoiy desak,
Navoiyning o`zi Abadiyatdir!!
1 – guruh hikoyani ovoz chiqarib o`qiydilar.2-guruh o’qilgan hikoya asosida savollarga javob beradilar.3-guruh Kichkina Alisherning sifatlarini klasster usulida doskada yozib beradilar
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Alisher Navoiy qachon tavallud topgan?
Alisher Navoiy necha yoshda she`rlar yoza boshlagan?
Alisher Navoiyning necha yilligi nishonlayapmiz?
“Xamsa” so’zining ma’nosi nima?
“Xamsa” asari necha dostondan iborat, uning nomlarini ayting.
Alisher Navoiy g`azal va ruboiylaridan ayting.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.