4-Mavzu. Piyoda yurish sayohatlari. Sayoxatlarda o‘lkani o‘rganish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy foydali mexnat. Reja 1. Sog„lomlashtiruvchi ommaviy piyoda yurish sayohatlarining tarbiyaviy ahamiyati. 2. Piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish va o„tkazish masalalari. 3. Bir kunlik va ko„p kunlik sayohatlarni tashkil qilish va o„tkazish.
1. Sog‘lomlashtiruvchi ommaviy piyoda yurish sayohatlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Sog„lomlashtirish deganda faqat tibbiy yordamgina (dorilar) tushunilmasdan, balki jismoniy tarbiyaning u yoki bu vositalari, ayniqsa piyoda yurish sayohati (turizm) orqali amalga oshiriladigan xilma-xil tadbirlarni ham e‟tirof etish lozim.
Ijtimoiy turmush sharoiti, ayniqsa mehnat jarayonlarida (ishga etib borish, mehnat qilish va uyga qaytish) piyoda yurish ma‟lum darajada bajariladi. Bu amaliy faoliyatlarning ham sihat-saklomatlikni saqlash, uni yaxshilash borasida o„ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Lekin tog„li joylar, daryo, ko„l, suv ombori sohillari, yashil o„tloqlar, soya-salqin joylarga borib dam olish, hordiq chiqarishda piyoda yurishning o„zgacha gashti bo„ladi. Chunki, oila a‟zolari yoki guruh (o„quvchi-yoshlar, talabalar, mehnatkashlar va hokazo) bo„lib, kerakli jihozlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlarni ko„tarib, orqalab yurish, kamida 10–15 km masofani (bir kun davomida) piyoda o„tish sayohat-larning poydevori bo„lib hisoblanadi. Har 30–45 daqiqada (sayohatchilarning tayyorgarligiga qarab o„zgarish mumkin) 3–5 daqiqa qisqa dam olish (prival), hojatlarni chiqarish, qatnashchilarning o„ta toliqmasligini ta‟minlaydi. Yo„lda ketaturib atroflarni kuzatish, o„simlik va hayvonot olamini o„rganish sayohatchilarning tabiat manzaralariga bo„lgan qiziqishlarini oshiradi. Past-baland, qir adirlardan o„tish, qiyalik, soyliklardan tushish, ariq va katta suvlardan sakrab, kechib o„tish jarayonlari amaliy (jismoniy) harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Tushki ovqatlanish, dam olish (katta prival) jarayonida atrof muhitni tomosha qilish, zilol suvlarda cho„milish salomatlikni mustahkamlaydi.
Kechki (tunash) dam olish paytida ovqat pishirish, choy qaynatish, isitish, kiyimlarni quritish (zarur bo„lganda), gulhan yoqish uchun o„tin g„amlash muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, davra qurib birgalikda ovqatlanish, gulxan atrofida suhbat uyushtirish, qo„shiqlar aytish, raqslarga tushish qatnashchilarning kayfiyatini ko„taradi. G„am-tashvishlar bir past bo„lsada unutiladi. Bu jarayonlar ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarni mujassamlashtirgan holda do„stlik, o„zaro hamkorlik, mehribonlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tabiat qo„yniga uyushtirilgan piyoda yurish sayohati maqsadli va belgilangan rejalar asosida turli faoliyatlar amalga oshirilishi mumkin.
O„quvchi-yoshlar va talabalar bunday sayohatlarda quyidagi tadbirlarni bajarishlari mumkin bo„ladi, ya‟ni:
1. Turizmni o„rganish.
2. Tabiat manzaralarini tomosha qilish.
3. Jismoniy jihatdan chiniqish.
4. O„simliklardan gerbariylar yasash.
5. Turli hasharotlarning (kapalak, ninachi, chumoli, qo„ng„iz va hokazo) tuzilishini o„rganish.
6. Parrandalarning (burgut, kalxat, lochin, qarchig„ay, kaklik, qarg„alar va hokazo) turlarini aniqlash.
7. Hayvonot (cho„chqa, kiyik, olqar, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, ilon va hokazo) olami bilan tanishish.
8. Nodir toshlarni (yarqiroq, rangli, turli shakllar va hokazo) izlash va yig„ish.
9. Qurigan shoxlar, ildizlardagi turli shakllarni (odam, hayvonlar va boshqalarga o„xshash) topish, ularni yig„ish. 10. Tuproq tarkibi, rangi va funksiyalarini o„rganish.
11. Daraxtlarning turlariga qarab ularning nomlarini aniqlash.
12. CHorvador va o„rmon xo„jaligi (tabiatni qo„riqlash) xodimlarining ijtimoiy turmush sharoitlari bilan tanishish va lozim bo„lsa ularga beminnat ko„maklashish.
13. Sayohat yakuniga bag„ishlab gulxan uyushtirish (ko„p kunlik sayohatlarda). Bunda barcha faoliyatlarga baho berish, kelajakda yana sayohatlarni rejalashtirish.
YUqorida bayon etilgan tadbirlardan ma‟lumki, piyoda yurish sayohatlari mazmun va mohiyat jihatdan qatnashchilarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Katta yoshdagi kishilar mehnat jamoalari asosida guruh (10–15) kishi bo„lib bir kunlik yoki tunab kelish (2–3 kun) sharti bilan piyoda yurish sayohatlarini o„tkazishlari mumkin.
Bunda asosan quyidagi faoliyatlar talab etiladi, ya‟ni:
1. Maqsad va vazifalarni aniq belgilash.
2. Jismoniy holatiga qarab yuklarni (kiyimlar, oziq-ovqatlar, jihozlar, kerakli buyumlar va hokazo) aniqlash.
3. Yo„nalishning (marshrut) sharoitiga (tog„li, tog„ oldi yoki suvlik sohillar) qarab yurish tezligi (soatiga 3-4 km) va dam olish (lahzalik to„xtash 5-10 daqiqa) me‟yorlariga e‟tibor berish.
4. Tushki va kechki dam olish joyini belgilash, ularga tayyorgarlik ko„rish (o„tin yig„ish, ovqat tayyorlash va hokazo).
5. Atrof-muhitni kuzatish, qir adir, soyliklarga sayr qilish, cho„milish, mashqlar bajarish, to„p o„yinlari.
6. Davra suhbatlarida tabiat manzaralari, qo„riqxona, olgan ta‟ssurotlar haqida bahslar qilish.
7. Spirtli ichimliklarining zararli xususiyatlarini muhokama qilish, ya‟ni uning tog„ sharoitlarda yurishdagi salbiy tomonlarini (charchash, toliqish, o„zini noxush sezish, xansirash va hokazo) ifoda etish.
8. Kelgusi sayohatlarda davrani kengaytirish rejalarini tuzish.
Xulosa shundaki, piyoda yurish sayohatlari ommaviylikni talab etuvchi va qatnashchilarni sog„lomlashtiruvchi xususiyatga egadir. SHu jihatdan ham piyoda yurish natijasida atrof-muhitni tomosha qilish, izlanish hamda tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Eng muhimi esa faol harakatlarni bajarish yo„lida turli to„siqliklardan o„tish, sof havodan nafas olish, quyosh nurlarida toblanish bilan salomatlik mustahkamlanadi. Masofalar qatnashchilarning yoshi, salomatligi va qiziqishlariga qarab belgilanadi va qulay joylar tanlab olinadi.
2. Piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish va o‘tkazish masalalari.
O„quvchi-yoshlar va talabalarning piyoda yurish sayohatlari asosan ikki maqsadda, ya‟ni “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarini bajarish hamda atrof-muhit bilan tanishish uchun tashkil etiladi. Bu sayohatlar bir kunlik va tunab kelish (2–3 kunlik) shaklida bo„lishi mumkin. SHuningdek, yozgi ta‟til paytlarida (sog„lomlashtirish oromgohlari va sport maskanlari) ko„p kunlik (8–10 va undan ortiq) piyoda yurish sayohatlari uyushtiriladi. Bunday sayohatlar ta‟lim muassasalari jismoniy madaniyat jamoalari kengashining (JMJ-sport klub) yillik rejalari asosida tashkil etiladi. Qaysi o„quv muassasasi turizm klubi yoki seksiyasi (to„garak) rasmiy ravishda tashkil etilgan bo„lsa, ularning mustaqil rejalari ham bo„ladi.
Sayohatlarning qaysi turi (piyoda yurish, tog„ turizmi va hokazo) yoki shakli
(bir kunlik, tunab kelish, ko„p kunlik) bo„lmasin ularni tashkil qilish va o„tkazish uchun yagona talablar qo„yiladi: 1. O„quv muassasasi turizm to„garagini (seksiya) tashkil etish.
2. Jamoatchi faollarni (instruktor-uslubchi, tashkilotchi) tayyorlash.
3. Turistik jihozlarni jamg„arish yoki ijaraga olish.
4. To„garak qatnashchilarini turizm bilan nazariy jihatdan qurollan-tirish, ularni jismonan tayyorlash.
5. Topografik tushunchalar, birinchi tibbiy yordam va tabiatni muhofaza qilish yo„llarini o„rgatish.
6. O„quv yili davomida dam olish kunlari yoki ta‟til paytlarida yaqin atroflarga qisqa sayr-sayohatlar o„tkazish. Bunda chodirlarni o„rnatish, atrof muhitni kuzatish, yurish yo„llarini chizmaga (xarita) tushirish, kompas bilan ishlash kabi amaliy malakalarni o„rgatish, talab etiladi.
7. Barcha talablar bajarilib, ma‟lum ko„nikmalar xosil qilinadi va tibbiy ko„rikdan o„tiladi. So„ngra bir kunlik sayohatni tashkil qilish mumkin bo„ladi.
Ta‟kidlash lozimki, respublikamizning deyarli barcha hududlari piyoda yurish sayohatlariga juda qulay hisoblanadi. YA‟ni tog„ oldi va tog„li joylarda buloqlar, irmoqlar, kichik daryolar, suv omborlari mavjud. Ularning atroflari yashil o„tloq, daraxtzor, soya-salqin joylarga ega.
Farg„ona vodiysining butun atrofi tog„lar bilan o„ralgan va daryolar, katta soy suvlari, ariqlar, kanallar bilan ta‟minlangan. YA‟ni sayohatlarning ko„pchilik turlarini o„tkazish imkoniyatlari bor.
Toshkent viloyatining Xo„jakent, G„azalkent, CHirchiq, Ohangaron, Olmaliq, Piskent, Bekobod kabi hududlari ham tog„, daryo sharoitlariga ega.
Shu sababdan ham SHohimardon (Farg„ona), Arslonbob atrofi (Andijon),Uchqo„rg„on,Chust, Pop (Namangan),Chotqol, Chimyon, Qurama, Chorvoq (Toshkent) tog„ oralig„i joylarida o„quvchilarning dam olish oromgohlari va tala-balarning sog„lomlashtirish sport maskanlari (Xumson, Kumushkon va hokazo) uzoq vaqtlardan buyon faoliyat ko„rsatib keladi.
Sirdaryo viloyatining o„quvchi-yoshlari va talabalari Sirdaryo va Do„stlik (sobiq Kirov) kanali sohillari, yangi o„zlashtirilgan joylardagi (Oq oltin, Baxt, Yangier va hokazo) kanallarning yoqalaridagi sog„lomlashtiruvchi va dam olish oromgohlarida sayohatlarni o„tkazish imkonlariga ega. Ba‟zi maktablar, kollejlar va universitet jamoalari sayohatlarni Toshkent va Jizzax viloyatining tog„li joylarida uyushtirishlari amalda qo„llanilmoqda.
Jizzax viloyatining Zomin o„rmon xo„jaligi, Baxmal va Forish tumanlaridagi qo„riqxonalarda joylashgan o„quvchilar oromgohlarida sayohatlarni o„tkazishadi. Jizzax Davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti talabalari bilan o„quv mashg„uloti va ko„p kunlik piyoda yurish sayohatlarini Nurota tizma tog„lari (Uchma, Osmonsoy) va Baxmal tog„larida o„tkazish bo„yicha ancha tajribalarga ega.
Samarqand shahridagi o„quvchi-yoshlar va talabalarning sayohatlari
Cho„ponota (Zarafshon sohili), Ohalik, Omonqo„ton, Urgut, Mironko„l kabi tog„li o„rmonlarda tashkil etiladi. Viloyatning Bulung„ur, Jomboy, Toyloq, Urgut, Samarqand, Qo„shrobod, Pastdarg„om kabi tumanlaridagi tog„li joylarda sayohatbop maskanlar juda ko„p.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining deyarli ko„pchilik hududlari (Kitob, Shahrisabz, Denov, Sariosiyo, Jarqo„rg„on va hokazo) Bobotog„ hamda Pomir tog„larining etaklari bilan tutash bo„lib, sayohatlarni maqsadli o„tkazish uchun juda qulay hisoblanadi. U erlardagi o„quvchilarning yozgi dam olish oromgohlari, ayniqsa Amir Temur g„ori atroflaridagi sayyohlar maskanidan ko„p kunlik sayohatlarda foydalanish mumkin.
Yuqorida bayon etilgan sayohatlarni tashkil etish va o„tkazish uchun rasmiy ruxsatnomalardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. O„quv yurti rahbarining buyrug„i.
2. Moddiy-texnik va moliyaviy xarajatlarni hal etish.
3. Jismoniy tarbiya o„qituvchilari safidan tanlab olib, ularni turizm qoidalari bilan malakasini oshirish (tayyorlash).
4. O„quvchi-yoshlar va talabalar o„rtasida turizmning mohiyatini targ„ibot qilish.
5. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining talablarini bajarishga da‟vat etish (tushuntirish).
6.O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish to„g„risidagi qarori (1999 yil) va shu sohada kadrlar tayyorlashni amalga oshirishdagi faoliyatlar haqida suhbatlar o„tkazish.
7. Imkoniyat darajasida turistlar klubini yoki seksiya (to„garak) tashkil qilish.
8. Sayohatchilar muzeyini tashkil etish. Bunda o„lkashunoslik va tabiatni muhofaza qilishga keng o„rin berish.
3. Bir kunlik va ko‘p kunlik sayohatlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Yaqin o„tmishda O„zbekistonning tog„li hududlarida yozgi dam olish va ta‟til paytlarida o„quvchi-yoshlar, talabalar hamda mehnatkashlarning turli xil sayohatlari ancha ommalashgan edi. O„sha davrlardagi tajribalar asosida o„quvchiyoshlar, talabalar va mehnatkash ishchi-yoshlarning piyoda yurish va bir kunlik hamda ko„p kunlik (kamida 7-8 va undan ortiq kunlar) sayohatlarini o„tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o„tgan bobda izohlanganidek, sayohatlar salomatlikni yaxshilash, jismonan chiniqish, ruhiy dam olish, hordiq chiqarish, atrof-muhitni o„rganishning muhim omillaridan biridir. O„tgan bo„limda sayohat manzillari, ularni tashkil etish haqida bayon etildi. Bir kunlik va ko„p kunlik sayohatlarni tashkil qilish va o„tkazish uchun, sayohat rahbarlari barcha qatnashchilarni yurish yo„llari (marshrut) va asosiy bekatlar, sayohat manzillari bilan tanishtirishi zarur bo„ladi. Bu birinchidan sayohatga qiziqishni uyg„otsa, ikkinchidan tayyorgarlik faoliyatlarni mustaqil ravishda bajarishga da‟vat etadi.
Sayohatlarga tayyorgarlik tadbirlarini bayon etishdan avval, eng xush manzarali maskanlar haqida ba‟zi ma‟lumotlar keltirish lozim topildi. Bunda M.A. Hoshimov va V.I.Kucheryavixlarning “Tabiatning nodir sayrgohlari”, 1991 yil hikoyalaridan ba‟zi bir namunalar keltirildi. Bu hikoyalarni keltirishdan maqsad shundaki sayr-sayohat (ekskursiya) qatnashchilari, ayniqsa piyoda yuruvchi sayyohlar turizm tarixi va joylarning nomlari bilan yanada chuqurroq tanishishi, yoshlarning sayohatlarga qiziqishini uyg„otishga xizmat qila oladi. YAna e‟tiborli tomoni shundaki, Samarqand atrofi bo„yicha xalqaro marshrutlar ko„plab ishlab chiqilgan.
4.Sayohatlar jarayonida o‘lkashunoslik.
Maktab o„quvchilarining piyoda yurish sayohatlarida reja asosida, ya‟ni botanika, zoologiya, tarix, adabiyot va boshqa fanlarda nazariy jihatdan o„rganilgan bilimlarni amaliy tadbirlar bilan boyitish va mustahkamlash amalga oshirilishi mumkin. Bevosita fan o„qituvchilarining ishtirokida yoki maxsus topshiriqlar (uy vazifalari) asosida o„quvchilar mustaqil ravishda o„lkani o„rganish borasida faoliyatlarni bajaradilar.O„simlik dunyosini o„rganishda tanish va notanish o„simliklar, ularning ildizi, barg shoxlari, gullari va hosillarini (urug„, don, meva) tekshirib ko„rish, tahlil qilish hamda namunalar olinadi. mamlakatimizning CHotqol, Qurama, Xumson, CHimyon, SHohimardon, Zomin,
Oyqar (Baxmal), Nurota, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Bobotog„ va boshqa tog„li hamda tog„ oldi hududlarda xilma xil o„simliklar (lola, ravoch, qatron, boychechak, qoqi va hokazo) hamda daraxtlar (archa, yovvoyi anjir, olma, qizilcha, yong„oq, jiyda, tok va hokazo) juda ko„p uchraydi. Ularning turlari va o„sish darajalarini o„rganish barchani qiziqtiradi.
Kasb-hunar kollejlarining o„quvchi-yoshlari, oliy ta‟lim muassasalarining talabalari o„z kasblari asosida o„simlik dunyosini o„rganishlari mumkin.
Yuqorida qayd etilgan tog„li joylarda burgut, kalhat, kaklik, yovvoyi kurka turli rangdagi sayroqi qushlar, parrandalar behisob. Shuningdek, bo„ri, tulki, cho„chqa, olqar (yovvoyi qo„y), kiyik, jayra, quyon va shunga o„xshash hayvonlar ham yil sayin ko„paymoqda. Chunki, deyarli barcha tog„li joylar o„rmon xo„jaligi yoki qo„riqxonalarga aylantirilib, nodir o„simliklar va hayvonlar davlat tomonidan qo„riqlanadi. Shu sababdan sayohatchilar, ayniqsa birinchi marta ishtirok etuvchilar tartib-qoidaga bo„ysunishlari shart. Yu‟ni man etilgan o„simliklarni uzish (piyozlarini kavlab olish), daraxt shoxlarini sindi-rish, parranda va hayvonlarni tutish (ov qilish) mumkin emas.
O„lkashunoslik ishlarining yana bir muhim turi shundaki, joylarning nomini aniqlash (qishloq, ovul, yakka uylar, tog„, soy, daryo, ariq va hokazo). Bunda mahalliy kishilar bilan suhbatlashish, qiziqarli joylarni foto suratga (video) olish va ularni o„quv (mehnat) joylarida o„rganish. Eng muhimi esa o„tgan va atrofdagi joylarni chizmaga(sxema)tushirish, chizma rasmlarda ifodalashdir. Bu yo„lda rangli toshlar, turli shakldagi ildizlar, kundalar, qattiq jismli narsalarni yig„ish, ularni o„quv (mehnat) jamoalaridagi muzey (maxsus xona) yoki shaxsiy kutubxona-muzeyda saqlash mumkin.
Qishloq aholisining qabila, urug„-aymoqlari, urf-odatlari, kiyimlari, shevalari, raqs-qo„shiqlari, harakatli o„yinlarini bilib yozib olish muhim ahamiyatga egadir.
Tunab qolish va ko„p kunlik sayohatlarda geografik jihatdan izlanish ishlarini olib borish qiziqarlidir. YA‟ni tosh, tuproqlarni noodatiy turlari, shamollarning esish vaqti, tomoni, ob-havoning o„zgarish jarayonlari, shunga asosan qushlar, hayvonlarning harakati(boqishi yoki erkin yurish) ham maxsus kuzatish va izlanishlarni talab etadi.
5. Tabiatni muhofaza qilish.
Tabiatni muhofaza qilish deganda, asosan ikki muhim tadbirni bajarishga to„g„ri keladi, ya‟ni: 1.Sayohatchilar tartib qoidalarni buzmasligi. 2. Boshqalar tomonidan qilingan nojo„ya harakatlarning oldini olish yoki uning salbiy oqibatlarini tugatish. Ularning qisqacha mazmunlarini quyidagilar bilan ifoda etish mumkin:
1. Sayohatlar jarayonida barcha qatnashchilar o„z joylarini tozalashlari, yong„inlarga yo„l qo„ymaslik, daraxtlarni kesish-(sindirmaslik), suvlarni iflos qilmaslik, yashil o„tloqlar, nodir gullarni payxon (oyoq osti) qilmaslik lozim. Bu qoidalar tabiat muvozanatining (ekologiya) saqlanishi va yanada yaxshilanishiga sabab bo„ladi.
2. Ba‟zi sayohatchilarning e‟tiborsizligi yoki ataylab qilishi natijalarida qurigan o„tlar, shoxlar, daraxtlar yonib ketishi, atrof muhitga, ayniqsa hayvonot olamiga katta zarar keltirishi aniq. SHuningdek, odamlarning ekin maydonlari, uy hayvonlari va yashil o„tloqlarda ularga zarar keltirish hollari ham uchrashi mumkin. YA‟ni mevalarni ruxsatsiz olish, tovuq, kurka, qo„zi uloqlarni o„g„irlash, ot, eshaklarni ruxsatsiz minib boshqa joylarga tashlab kelish kabilar. Bunday salbiy va noxush xususiyatlarga yo„l qo„ymaslik uchun eng avvalo sayohat rahbari va uning faol yordamchilari doimo, har qadamda hushyor bo„lib, kuzatuvchilik ishlarini olib borish lozim bo„ladi.
3.Tabiatni muhofaza qilishning eng muhim yo„li shundaki, joylardagi erli aholi bilan muloqotda bo„lish, ularning roziligi va ruxsati bilan quyidagi ijtimoiy mehnatni bajarish kerak:
- daraxt ko„chatlarini ekish (bahor yoki kuzda), ularni sug„orish;
- chorva mollari uchun xashak o„rish, to„plash, tashish;
- qo„zi va uloqlarni yig„ish va ularni parvarishlash;
- yig„im-terimda (meva, sabzavot, don, poliz va hokazo) ko„maklashish;
- yordamga muhtoj kishilar holidan xabar olish, imkoniyat darajasida amaliy yordam ko„rsatish yoki mutasaddi tashkilotlar, idoralarga xabar berish.
Xulosa qilib aytganda sayohat jarayonlarida barcha maxsus tadbirlar qatorida o„lkani o„rganish, tabiatni muhofaza qilish, ijtimoiy foydali mehnat-larni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHu asosda o„quvchi yoshlar va mehnatkashlarning ma‟naviy-ma‟rifiy madaniyatini tarbiyalash, insoniy fazilatlarni mustahkamlash imkoniyatlari kengayib boradi.
6. Sayohatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam qilish.
Ma‟lumki tibbiy punktlar tashkil etilmagan maktab, kollej, litsey, oliy dargoh va mehnat jamoasi yo„q hisobi. SHu sababdan shifokorlar bemorlarni tekshirish, davolash va aholini tibbiy bilimlar bilan qurollantirishda astoydil mehnat qilmoqda. 2021 yilning Prezidentimiz tomonidan “YOshlarni qo„llab quvatlash va aholi salomatligini asrash” yili, deb e‟lon qilishi buning negizida o„quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash ommaning birinchi tibbiy yordam ko„rsatishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalarini egallashlari ham nazarda tutilgan.
Umumta‟lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta‟lim muassasalarida tibbiy bilim va tushunchalar haqida maxsus suhbatlar, ma‟ruzalar,amaliy mashg„ulotlar, videotasvirlarni namoyish etish yo„lga qo„yilgan. Bunda asosan kasallikning oldini olish, o„z vaqtida davolanish, jismoniy mashqlar bilan shug„ullanish kabi sohalarga e‟tibor berilmoqda.
Qizil yarim oy jamiyati va tibbiyotning ba‟zi tarmoqlari hamkorligida birinchi tibbiy yordam berishga doir amaliy mashg„ulotlar ahyon-ahyonda o„tkazib turiladi. Bu aholining tibbiy bilimlarga etarli darajada ega bo„lishiga kamlik qiladi.
Ta‟lim muassasalari va mehnat jamoalari qoshidagi tibbiy punkt yoki kabinetlar (mahkamaxona) jarohatlangan va shu kabi voqealar sodir bo„lganda birinchi tibbiy yordam ko„rsatishni o„quvchilar, talabalar va yosh mehnatkashlarga doimiy ravishda o„rgatishlari lozim.
Bunday faoliyatlardan sport to„garaklari, ayniqsa turizm bilan shug„ullanuvchilar (to„garak-seksiya) maqsadli foydalanishlari kerak. Sayohatlarga tayyorgarlik jarayonida birinchi tibbiy yordam ko„rsatish bo„yicha aniq tushuncha va malaka hosil qilish zarur. Eng muhimi dorilarning (aptechka) ishlatilishini yaxshi o„zlashtirish, maxsus tibbiy yordam ko„rsatuvchini (shifokor o„rnida) avvaldan tayyorlash lozim.
Sayohatlarda birinchi tibbiy yordam berish usullari.
Sayohatlar jarayonida jarohatlanish yoki boshqa tasodiflar bo„lmasligiga hechkim kafolat beraolmaydi. Qatnashchilarni tartib qoidalarga rioya qilish bilan qurollantirish, ularni doimiy ravishda nazorat qilib, kuzatib borish natijasida ko„ngilsiz hodisalarning kamroq bo„lishiga erishish mumkin. U yoki bu sabablar oqibatida quyidagi hodisalar bo„lishi mumkin.
1. Yiqilish, surinish, dumalab ketish oqibatida terining shilinishi, bo„g„inlarning cho„zilishi yoki qo„zg„alishi, suyaklarning chatnashi (yorilishi) yoki sinishi mumkin.
2.Tosh, shox va boshqa o„tkir uchli narsalarga urilish, yiqilish oqibatida mushaklarning yirtilishi (kesilishi), qon tomirlarining yorilishi (uzilishi) natijasida ko„p qon yo„qotish mumkin.
3. Ehtiyotsizlik sababli ovqat pishirish, choy qaynatish, gulxan yoqish yoki atroflarda olov yonishi (pojar) tufayli badan, a‟zolarning kuyishi sodir bo„ladi.
4. Quyoshda yalong„och bo„lib ko„p yurish, yotish oqibatida nurlanish (quyosh urishi) vujudga keladi.
5. Daryo, katta ariq, kanal, ko„l, ko„lmaklarda cho„milib cho„kib yoki oqib ketish natijasida ko„p suv yutib hushdan ketish mumkin.
6. Yoqimsiz, eski (achigan) ovqatlar, zamburug„, qo„ziqorin va yovvoyi mevalarni (olcha, jiyda, do„lana, olxo„ri, yong„oq va hokazo) istemol qilish natijasida ko„ngil aynish, qusish, qorin og„rig„i va hokazo bo„ladi.
7. Surunkali (xronik) kasalliklarning (ich ketish, yo„talish, bosh og„rig„i, buyrak shamollashi va hokazo) asoratlari qo„zg„alishi kabi illatlar ham sodir bo„lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan voqealar va yana boshqa hodisalar tibbiy bilimlarga etarlicha ega bo„lmasligining oqibatidir, deyish ham mumkin. SHu sababdan bir kunlik, tunab kelish, ayniqsa ko„p kunlik sayohatlarda tibbiy hodimning (shifokor yoki feldsher, hamshira) bo„lishi shart. Ularga maxsus tayyorlangan sanitarlar (qatnashchilar hisobidan) va ma‟lum darajada tibbiy malakaga ega bo„lgan bevosita yordam berishlari lozim bo„la-di. Tibbiyot xodimlari sayohat sharoitlarini bilishlari, zarur bo„lgan dori-darmonlar, texnik vositalar, moslamalarni olib yurishlari shartdir. SHun-day bo„lsada sayohat qatnashchilarining deyarli barchasi birinchi tibbiy yordam ko„rsatish qoida va usullarini sayohatlar davomida (musobaqa-slyot) amalda yana sinab ko„rishlari lozim. Zaruriyat bo„lganda esa amaliy yordam ko„rsatish kerak bo„ladi. (18-19-20 rasmlar).
Ularni quyidagi usullar bilan amalga oshirishga to„g„ri keladi:
1. Engil yaralarni artib-tozalab (spirt yoki odekalon) bog„lash.
2. Qon tomirlaridan qonning otilib yoki to„xtovsiz oqib turgan joyning yuqori qismini qisib (jugut yoki ro„mol bilan) bog„lash.
3. Qo„l yoki oyoqlarning bo„g„ini chiqsa yoki suyaklar sinsa yog„ochlardan moslama (shina) yasab uni qo„shib bog„lash.
4. Yurish holiga ega bo„lmaganlarni 2-3 kishi bo„lib qo„lda yoki tayoqlardan yasalgan zambillarda (nosilka) ko„tarib tegishli joyga olib borish.
5. Kuyishning darajalariga qarab yog„ (vazelin) surtish va bog„lash.
6. Suvda cho„kib yoki yiqilib hushsiz bo„lganlarga sun‟iy nafas oldirish, og„ziga puflash. Ichidan suvni chiqarish uchun uni qorni bilan tizzaga yotqizib, belidan (orqasidan) bosish, og„zini ochib ro„molni (qoshiq yoki birorta buyum) tishlatish.
Bemor nafas olmasa uning og„zini zo„rlab bo„lsa-da ochish va ro„mol, do„ppi (shapochka) yoki biron buyumni tishlatib qo„yib tilini barmoqlar bilan tortish, chiqarish, ko„kragini (o„pka va yurak usti) sekin-sekin bosish lozim bo„ladi.
Og„ir ahvoldagi bemor yoki jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonaga (medpunkt) etkazish yoki u erga borib telefon orqali tibbiy xodimlarni yordamga chaqirish kerak bo„ladi.
Hozirgi texnik taraqqiyot jarayonida qo„l telefonlaridan (sotka) sayohatlarda ham maqsadli foydalanish kerak.
Umuman olganda sayohatlarda jarohatlanish va ko„ngilsiz hodisalar sodir bo„lmasligiga jiddiy e‟tibor berish lozim. Buning eng asosiy chorasi qatnashchilarni avvaldan tayyorlash, tartibi buzuqroqlarni doimo ogohlantirish, ular ustidan qo„shimcha (o„rtoqlari, faollar yordamida) nazorat o„rnatish lozimdir.
Mazkur birinchi tibbiy yordam ko„rsatishni bo„lajak kasb-hunar egalari puxta egallashlari maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday holatlar mehnat jarayonida yoki ko„cha-ko„yda ham sodir bo„lishi mumkin. Ularni ko„rganda insoniy fazilat sifatida tezda ko„maklashish har bir kishining vijdonan burchi bo„lmog„i kerak.
Mazkur bobga umumiy xulosa qilib shuni aytish lozimki, hozirgi texnik taraqqiyot, odamlarning mehnat va turmush yumushlari bilan o„ta bandligi sababli sihat-salomatlikni saqlash, jismonan barkamol bo„lish kabi hayotiy ehtiyojga e‟tibor susaymoqda. O„quvchi-yoshlar va talabalarning kundalik jismoniy mashqlarni (o„yin, sport va hokazo) bajarish miqdorlari susayib bormoqda. Sport to„garaklari, jamoalarda muntazam shug„ullanuvchilar soni 15-20 % dan oshmaydi. Yil davomida o„tkazilayotgan 10-15 ta sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchilar ham 15-20 % ga etib boradi. Xullas 65-75 % o„quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy mashqlar (sport, o„yinlar va hokazo) bilan muntazam shug„ullanib o„zlarining barkamolligini oshirishdan orqada qolmoqda. Bunday sayohat ko„rsatkichlar ziyolilar va mehnatkashlar o„rtasida ko„p bo„lsa-ko„pki, oz emas. Buning ustiga ommaviy piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish e‟tibordan chetda qolib ketmoqda.
Sayohatlarning tarbiyaviy va sog„lomlashtirish xususiyatlarini keng targ„ibot qilish, o„quv dasturlari va ish rejalarida mazmun topgan sayohatlarni maqsadli tashkil qilish hamda o„tkazishni yo„lga qo„yish, ularning sifat darajasini doimiy ravishda nazorat ostiga olish lozim.
Bunda mutasaddi vazirliklar, jamoatchi sport uyushmalari (“YOshlik”, “Talaba” va hokazo) va ayniqsa O„zbek turizm kompaniyasining quyi tarmoqlaridagi (viloyat, shahar-tuman, o„quv yurti) mutasaddi xodimlarning mas‟uliyatlarini oshirish lozim bo„ladi. Eng muhimi esa ta‟lim muassasalarida turizm bo„yicha klublar (seksiya yoki jamoa) tashkil qilish, ularning faoliyatini zamon talablari darajasida olib borish zarur.
4-МАЪРУЗА МАШҒУЛОТИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ
4-мавзу |
Пиѐда юриш саѐҳатлари. Саѐхатларда ўлкани ўрганиш, табиатни мухофаза қилиш ва ижтимоий фойдали мехнат. |
4.1. Таълим бериш технологиясининг модели
Машғулот вақти-2 соат |
Талабалар сони: та |
|
Машғулот шакли |
Кириш-ахборотли маъруза |
|
Маъруза режаси |
1. Соғломлаштирувчи оммавий пиѐда юриш саѐҳатларининг тарбиявий аҳамияти. 2. Пиѐда юриш саѐҳатларини ташкил қилиш ва ўтказиш масалалари. 3. Бир кунлик ва кўп кунлик саѐҳатларни ташкил қилиш ва ўтказиш. |
|
Ўқув машғулотининг мақсади: Соғломлаштирувчи оммавий пиѐда юриш саѐҳатларининг тарбиявий аҳамияти. Пиѐда юриш саѐҳатларини ташкил қилиш ва ўтказиш масалалари. Бир кунлик ва кўп кунлик саѐҳатларни ташкил қилиш ва ўтказиш. |
||
Педагогик вазифалар: • Туристларнинг озиқ-овқатлари ва походларда овқатланиши ҳақида маълумотлар бериш. • Тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати ҳамда туристлар гигиенасига риоя қилиш бўйича маълумотлар бериш. • Мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш.Ўқув муассасасида туристик музейни ташкил қилиш тўғрисида маълумотлар бериш. |
Ўқув фаолияти натижалари: • Туристларнинг озиқ-овқатлари ва походларда овқатланиши ҳақида маълумотларга эга бўладилар. • Тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати ҳамда туристлар гигиенасига риоя қилиш бўйича маълумотларни эгаллайди. • Мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш.Ўқув муассасасида туристик музейни ташкил қилиш тўғрисида маълумотларга эга бўладилар. |
|
Таълим бериш усуллари |
Кўргазмали, маъруза, суҳбат |
|
Таълим бериш методлари |
Маъруза, тушунтириш, Бумеранг, кластер, ечим дарахти услуби, суҳбат |
|
Таълим бериш воситалари |
Ўқув қўлланма, проектор, электрон ишланма |
|
Таълим бериш шароити |
ЎТВ билан ишлашга мослаштирилган аудитория |
|
Мониторинг ва баҳолаш |
Оғзаки назорат: савол-жавоб, мустақил иш бажариш |
|
4.2. « Пиѐда юриш саѐҳатлари. Саѐхатларда ўлкани ўрганиш, табиатни мухофаза қилиш ва ижтимоий фойдали мехнат.» маъруза машғулотининг технологик харитаси
Иш босқич- лари ва вақти |
Фаолият мазмуни |
|
Таълим берувчи |
Таълим олувчилар |
|
Тайѐргар лик босқичи. |
1. Мавзу бўйича ўқув мазмунини тайѐрлаш. 2. Кириш маърузаси учун тақдимот слайдаларини тайѐрлаш. |
|
1. Мавзуга кириш (15 дақиқа) |
1.1. Маърузанинг мавзуси, режасини эълон қилади, ўқув машғулотининг мақсади, педагогик вазифалар ва ўқув фаолияти натижаларини тушунтиради. (1 илова). |
Тинглайдилар, ѐзиб оладилар |
2-босқич Асосий босқич (55 дақиқа) |
Power Point дастури ѐрдамида слайдларни намойиш қилиш ва изоҳлаш билан мавзу бўйича асосий назарий жиҳатларини тушунтириб беради. 2.1. Мавзу режасининг биринчи пункти режаси бўйича маъруза қилади (2-илова) Маъруза бўйича «Бумеранг» усулидан фойдаланган ҳолда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Озиқ овқат турлари? (3-илова) 2.2. Мавзу режасининг иккинчи пункти бўйича маъруза қилади (4-илова). Маъруза бўйича «Кластер» усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Дорилар қутичаси? (5-илова) 2.3. Мавзу режасининг 3 пункти бўйича маъруза қилади (6-илова). Маъруза бўйича Бумеранг усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Туристик мусобақани ўтказиш муаммолари? (7-илова) Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради (8 илова) |
Тинглайдилар, ѐзадилар. Ўтилган ахборотни анализ-синтез қилиб, тизимлаштирад илар.
Саволлар билан мурожаат этадилар, аниқ тасаввурлар тизимига эга бўлишади. Тинглайдилар, ѐзадилар. Талабалар берилган саволларга жавоб берадилар. |
3. Якуний босқич (10 дақиқа) |
3.1. Мавзу бўйича талабаларда юзага келган саволларга жавоб беради, якунловчи хулоса қилади. 3.2. Мустақил ишлаш учун Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институтида тайѐрланган «Туризм ва уни ўқитиш методикаси» номли ўқув қўланмани 21 – 40 бетларидаги мавзу ўқув материаллари мазмунини ўрганиб келишларини тавсия этади. |
Саволлар берадилар. Вазифани ѐзиб оладилар. |
1-илова
Мавзу: Пиѐда юриш саѐҳатлари.
Режа
1. Соғломлаштирувчи оммавий пиѐда юриш саѐҳатларининг тарбиявий аҳамияти.
2. Пиѐда юриш саѐҳатларини ташкил қилиш ва ўтказиш масалалари. 3. Бир кунлик ва кўп кунлик саѐҳатларни ташкил қилиш ва ўтказиш.
Ўқув машғулотининг мақсади: Туристларнинг озиқ-овқатлари ва походларда овқатланиши, тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати ҳамда туристлар гигиенасига риоя қилиши, мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш тартиблари, ўқув муассасасида туристик музейни ташкил қилиш ҳақида маълумотларга эга қилиш. Ўқув фаолияти натижалари:
• Туристларнинг озиқ-овқатлари ва походларда овқатланиши ҳақида маълумотларга эга бўладилар.
• Тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати ҳамда туристлар гигиенасига риоя қилиш бўйича маълумотларни эгаллайди.
• Мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш.Ўқув муассасасида туристик музейни ташкил қилиш тўғрисида маълумотларга эга бўладилар.
2-илова
1. Туристларнинг озиқ-овқатлари ва походларда овқатланиш.
Туристик походларда овқатланиш.
Саѐҳатларнинг тури, муддати ва қатнашчиларнинг ѐшига қараб ҳар бир кишига сарфланадиган озиқ-овқатлар калорияси ва унинг миқдори аввалдан ҳисоблаб чиқилиши зарур. Ўрта Осиѐ шароитида, баҳорги ва ѐзги пайтларда сут, қатиқ, сарѐғ, гўшт ва турли ҳўл мевалар ҳар бир қишлоқ ва туманларда учрайди. Ана шуларни ҳисобга олган ҳолда ҳўл меваларни йўлда олишни режалаштириш фойдалидир.
Маълумки, ҳар бир озиқ-овқатда маълум даражада калория бор. Шу туфайли туристлар кўп калория берувчи ва узоқ масофаларда олиб юришга қулай озиқ - овқатларни жамғаришлари лозим. Талабалар, ўқувчилар ва барча туристларга зарур бўлган озиқ-овқатлар калориясини аниқлаш учун қуйидаги жадвалдан фойдаланиш мумкин.
Походда овқатланишни тўғри ташкил қилиш походни муваффақиятли ўтказишнинг энг муҳим омилидир. Овқатланишни ташкил қилишдаги асосий талаблар қўйидагилардан иборат:
1.Калориялик (походда истеъмол қилинадиган овқатлар организмнинг сарфланган энергиясини тўла тўкис қоплайдиган бўлиши керак);
2.Овқатнинг вазни ва ҳажми иложи борича кичик бўлиши лозим;
3.Хилма-хил саѐҳатни ўтказишда гурухнинг камида икки кунлик захира (запас) овқати бўлиши керак.
Озиқ-овқатлар ва уларнинг калориялари.
№ |
Озиқ-овқатлар номлари |
Ҳазм қилинувчи моддалар сони 100 гр овқатда гр. Хисобида |
Калория- лар сони (100 гр овқатда) |
||
1. |
Димланган гўшт |
25 |
12.8 |
0.5 |
223 |
2. |
Қуюлтирилган шакарли сут |
7.1 |
8.6 |
54.9 |
334 |
3. |
Шакарли қаймоқ |
8.1 |
18.5 |
46.6 |
396 |
4. |
Қуруқ сут |
27.1 |
24.6 |
25.8 |
480 |
5. |
Қора нон |
4.7 |
0.8 |
39.2 |
187 |
6. |
Буғдай унидан қилин-ган қаттиқ нон (сухари) |
10.5 |
1.2 |
68.5 |
335 |
7. |
Шакар |
- |
- |
98.9 |
406 |
8. |
Гречиха ушоғи (ѐрмаси) |
8.6 |
2.3 |
62.4 |
312 |
9. |
Манна ѐрмаси (оқшоқ) |
9.5 |
0.7 |
70.4 |
334 |
10. |
Арпа ѐрмаси |
6.3 |
1.2 |
66.2 |
310 |
11. |
Сули ѐрмаси |
8.9 |
5.9 |
59.8 |
336 |
12. |
Сўк ѐрмаси |
8.2 |
2.2 |
63.8 |
316 |
13. |
Гуруч |
6.4 |
0.9 |
12 |
330 |
14. |
Макарон |
9.6 |
0.8 |
71.2 |
338 |
15. |
Нўхат |
15.2 |
2.1 |
49.3 |
286 |
16. |
Ярим қуритилган колбаса |
14.5 |
31.1 |
- |
349 |
17. |
Қўритилган колбаса |
18.9 |
36.4 |
- |
420 |
18. |
Сариѐғ |
0.5 |
79.3 |
0.5 |
742 |
19. |
Эритилган ѐғ |
- |
94.1 |
- |
875 |
20. |
Пишлоқ |
19.2 |
27 |
3.4 |
348 |
21. |
Тухум урпоғи (уни) |
49.9 |
34.2 |
- |
523 |
3-илова
Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал Фан бўйича «Бумеранг» методи
Озиқ овқат турлари? |
|
1 |
2 |
Қуюқ овқатлар |
Ичимликлар |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Изох: Бу метод технологияси танқидий фикрлаш, мантиқни шакллантиришга имконият яратади, хотирани ғояаларни, фикрларни, далилларни ѐзма ва оғзаки шаклларда баѐн қилиш кўникмаларни шакллантиради.
4-илова
2. Тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати ҳамда туристлар гигиенасига риоя қилиш.
II. Тиббиѐт кўриги ва шифокор назорати
Талабалар, ўкувчилар ва барча туристлар поход, айникса кўп кунлик юришлар олдидан махсус шифокор кўригидан ўтиб, саѐҳат учун рухсат олишлари талаб этилади. Узоқ саѐҳатга бориш учун мўлжалланган ўқувчиларни мактаб, академик лицей, коллеж ѐки университет шифокори аввалдан кузатиб, назорат қилиб бориши, уларнинг назорат дафтарчаларига тегишли хулосаларни мунтазам ѐзиб бориши лозим. Шифокорнинг назоратида туристик сайрга бораѐтган шахсларнинг функционал ҳолатини ва имкониятлари текширилади ва ўз тавсияларини беради. Шунга қарамасдан, саѐҳат давомида узоқ юриб чарчаганлиги, об-ҳаво таъсирида айрим шахслар шамоллаш, йўталиш, иситма чиқариш, бош ѐки қорин оғриги пайдо бўлиши мукаррар. Бунинг олдини олиш учун махсус дорилардан фойдаланиш мумкин. Дорилар саѐҳатчиларда индивидуал равишда ҳамда гурух учун олинган шифокорнинг «дорилар қутичасида» мавжуд бўлади. Шахслар организми ѐшга қараб ҳар хил ривожланиш хусусиятига эга. Табиатнинг гўзаллиги, саѐҳатнинг қизиқарлилиги туфайли айрим шахслар чарчаганлигини тезда сезмасликлари мумкин. Шу сабабдан уларнинг, ѐши жисмоний тайѐргарлигига қараб йўлланма бериш лозим. Ҳар бир турист походгача ва походда ўз соғлигини, жисмоний чиниқишини ўзлари назорат қилиб боришлари керак.
5-илова 2-ўқув топшириқ
Дорилар қутичаси?
Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал
Фан бўйича «Кластера» методи
Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин. Шунингдек, ўтилган мавзуни мустахкамлаш, яхши ўзлаштириш, умумлаштириш ҳамда талабаларни шу мавзу бўйича тасаввурларини чизма шаклида ифодалашга ундайди.
6-илова
3. Мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш.Ўқув муассасасида туристик музейни ташкил қилиш.
V. Туризм элементлари бўйича мусобақаларни уюштириш ва ўтказиш. Туристик саѐҳатлар, походларда ҳилма-хил мусобақалар, слѐтлар ташкил қилинади. Ўкувчилар-ўсмирлар орасида саѐҳатлар жараѐнида спортнинг волейбол, футбол, бадминтон, сувда сузиш каби турларидан оддий қоидалар бўйича мусобақалар, кўнгил очиш тадбирлари ташкил қилинади. Баландликларга чиқиш, тушиш, чодирларни тез ўрнатиш, овқат пишириш кабилар бўйича ҳам мусобақалар, эстафеталар ташкил қилинади. Туристик саѐҳатлар ва походлар давомида ташкил этиладиган турли мусобақалар ҳам аввалдан тайѐрланган бўлиб, махсус режа ѐки низом асосида ўтказилади. Мактаб, академик лицей, касб-ҳунар коллеж талабаларнинг барча саѐҳат ва походларида йўлда юриш тартиби, атрофларни кўздан кечириш, жойларни ўрганиш, музей ва дақиқатга сазовор жойларни томоша қилиши, туристик мусобақалар ҳам ташкил қилинади. Ўқув муассасаларида туризм бўича мусобақалари туристик техника ва слѐт ҳисобланади.
Туристик техниканинг асосий элементлари паст баланд жойларида югуриш, тўсиқлардан арқон ва оддий мосламалардан қилинган воситалар ѐрдамида ўтиш, шикастланган пайтда биринчи тиббий ѐрдам бериш, карта (схема) бўйича жойларни белгилаш, азимут бўйича юриш, чодирларни вақтида қуриш.
Рюкзакка керакли буюм ва жиҳозларни жойлаштириш, овқат пишириш, чой қайнатиш, деворрий газета тайѐрлаш, сурат альбомларни намойиш қилиш кабилардир.
Туризмнинг элементлари бўйича мусобақани бир жамоа ѐки гурухнинг ўзи ҳам ташкил қилиши мумкин. Бунда бир неча команда ташкил қилишга тўғри келади, командалар тузиш, имкони бўлмаганда намуна сифатида 10-15 та туристнинг иштирокида мусобақа ташкил қилинади. Бундай мусобақалар ўқувчи-ўсмирлар ва туристларнинг жисмоний тайѐргарлигини ошириш, туристик малака ҳосил қилиш, йирик мусобақа ѐки слѐтларга тайѐрланиш мақсадида мактаб туризм секцияларида йил давомида мунтазам ўтказилади. Бундай мусобақалар талабга жавоб берадиган табиий шароитларда ташкил қилинади. Туристик техника бўйича мусобақа туман ѐки шаҳар миқѐсида ташкил қилинади. Туристик мусобақаларнинг энг йириги слѐт ҳисобланади. Слѐт- туристларнинг катта анжумани ҳисобланади. Слѐт асосан туман, шаҳар, вилоят, республика миқѐсида махсус низом асосида ўтказилади. Ўқув муассасалари слѐтлари халқ маорифи томонидан ташкил қилинади. Туристик слѐтларга тегишли спорт жамоалари, туризм бўйича маъсуллар раҳбарлик қилади. Слѐт ўтказилишидан бир неча ой илгари низом ишлаб чиқилади ва тегишли жойларга юборилади. Низом асосида ўқув муссасалари ўз команадаларини тайѐрлайдилар. Слѐтни ўтказиш учун ташкилий ҳайат (комиссия) тузилади. Ҳайат (комиссия) эса слѐтда хизмат қиладиган маъсул ҳодимларни тайинлайди, хавфсизлик ва қутқариш қоидаларини аввалдан огоҳлантиради.
Слѐт дастурида асосан қуйидаги тадбирлар бўлади:
1. Умумий парад, рапорт.
2. Туризм тўрисида маъруза ѐки бирон жамоанинг иш тажрибаси жорий қилинади (қисқа мазмунда).
3. Мусобақа,эстафеталар.
4. Чамалаш элементлари бўйича мусобақа.
5. Мазали овқат пишириш, чой қайнатиш бўйича мусобақа.
6. Жамоа ҳаѐтини акс эттирувчи кўргазмали материаллар билан иштирок этиш.
7. Бадиий ҳаваскорлик конкурси.
8. Гулхан тайѐрлаш ва уни ѐқиш.
9. Fолибаларни мукофатлаш.
Ўкув муассасаларида ташкил қилинган туристик мусобақа ва слѐтларда албатта тиббий хизмат ташкил қилинади.
7-илова
Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал Фан бўйича «Ечим дарахти» методи Туристик мусобақани ўтказиш муаммолари?
Изох: Жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулланишда таъсир қилувчи омиллар мавзуси мисолида олиниб, бу технология орқали талабаларни фаол хаѐтий нуқтаий назарини шакллантириш, ўз фикрига хурмат ва тоқат қилиш, жамоада ишлашни эплай олиш, муросали қарорига кела олиш, хушмуомилаликни, масъуллик ва қизиқишини уйғотади.
8-илова
Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради
1. Болалар жамоаларида туризмни ташкил қилиш.
2. Саѐхатлар учун шахсий жихозлар.
3. Походларни (саѐхатларни) ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли.
4. Походларни (саѐхатларда) ўлкашунослик ва кузатиш (метеорологик, типографик, геологик, гидрологик, ботаник, ва зоологик, фенологик).
5. Туристлар гигиенаси.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.