O’zbek musiqasi tarixi (XX asr)Kirish.1-Modul. XX asr boshlarida o‘zbek musiqasi
XX asr, umum insoniyat tarixida eng murakkab ijtimoiy – siyosiy voqealarga boy, ilm – fan va texnikaviy taraqqiyotning keskin rivojlanish asri sifatida tarixga muhrlandi. Mazkur davrda Yevropa, Amerika va Rossiyada ilm – fan rivojlanishi bilan birga harbiy to‘qnashuvlar va qurollanish avj ola boshladi. XX asrning boshida boshlangan Turkistonda milliy ozodlik harakati 1905 yildagi voqealardan so‘ng jonlanadi. Eng muhim masala, inson huquqlarini himoya qilish, demokratik g‘oyalarni xalq ongiga singdirish, ma’rifat va ma’naviyat ishlarini yo‘lga qo‘yish zaruriyati edi. Bu o‘rinda ma’rifatparvar shoirlarning ijodiy faoliyatida shakllangan “Jadidchilik” (arabchadan “yangilik”) harakati alohida ahamiyat kasb etdi.
O‘rta Osiyoda jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874 – 1919), jamiyat a’zolari bo‘lgan - shoirlar: Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Shakuriy va boshqalar bilan birgalikda jadidchilik harakatini oldiga qo‘ygan maqsadi hamda vazifalar masalasi to‘g‘risida bir fikrga kelib olindi.
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi va dasturi xususida N.Karimov o‘zining “Jadidchilik nima?” maqolasida batafsil bayon qiladi. Xususan jadidchilik harakatining to‘rt asosiy maqsadini keltiradi:
Jadidchilik g‘oya va harakati yildan – yilga avj oldi va mahalliy xalqlar orasida ommalasha bordi. Chunki, ular chorizm siyosatining xalq erkinligiga, milliy o‘yg‘onishiga qarshi qaratilgan mohiyatini fosh qilar edilar. Ma’rifatparvar shoirlarning qalami o‘tkir, eng muhimi xalq ozodligini kuylovchi she’riy va badiiy asarlari, sahnaviy namoyishlari, oddiy xalqqa ozodlik kurashi qanchalar zarur ekanligi va uning mohiyati xususida oddiy va sodda ma’lumotlar bilan ta’minlar edi.
N.Kаrimоv “Jаdidchilik nimа”. // “Sаn’аt”, 1990 № 12. 1991№ 1.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.