Umumiy xulosalar va tavsiyalarim
- O’quv jarayonini pedagogik texnalogiya asosida tashkil qilishning usuli
Power Point dasturi interfeysi
Aqliy hujum metodida ms power point dasturining uskunalar paneli.
Power Point dasturida rasmlar bilan ishlash mavzusini inter faol va didaktik o’yinlar va amaliy mashg’ulotlardan faydalanish.
Power Point dasturida jadvallar o’rnatish.
XXI asr- axborot texnalogiyalari asri hisoblanadi. Fan va texnika jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda, ta’lim tizimida axborot texnologiyalardan foydalanib dars o’tish zamon talabi hisoblanadi. Kelajagimiz bo’lgan yoshlarni yuksak manaviyatli, barkamol, har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda, dars samaradorligini oshirish, yangi metodlardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lishi uchun avvalo kompyuter savodxoni bo’lishi, axborot texnologiyalarini puxta egallamog’i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi, kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollarida, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi deb belgilab qo’yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta'lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini ta'minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, Davlat ta'lim sandartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish, ta'lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qilish zarur bo’ladi. Akademik litsey va maktab o’quv rejasida umum ta'lim predmeti sifatida kiritilgan informatika va axborot texnologiyalari predmeti ham bundan mustasno emas.
Malaka ishimning maqsadi va vazifalari - Akademik litsey va maktablarda Informatika va Axborot texnologiyalari fani tarkibiga kiruvchi Ms Power Point yordamida taqdimotlar yaratish texnologiyalari mavzusini o’qitishda yangi metodlarni qo’llashni ishlab chiqish va undan amaliyotda foydalanish bo’yicha tavsiyalar berishdan iborat. Informatika va Axborot texnologiyalari fani tarkibiga kiruvchi Malakaviy ishda qo’llangan uslublarning qisqacha tavsifi: Taqdimotning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonun, ta’lim tarbiya sohasida keng yillada qabul qilingan meyoriy hujjatlar, Muhtaram yurtboshimiz mamalakatimiz prezidenti Sh. Mirziyoyevning ta’lim tarbiyaga oid qonun qarorlari, yirik tilshunos, metodist olimlarning ilmiy tadqiqotlari, ilmiy nazariy va metodologik jihatdan asos vazifasini o’tadi. Shuningdek, tizimli tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga quygan maqsad ko’rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir. Pedagogika sohasining umumiy maqsadi jamiyatning eng umumiy maqsadi, ya’ni goyasidan kelib chikib, uning ajralmas qismidir.
Ta’limning umumiy maqsadi huquqiy demokratik davlat hamda odil fuqarolik jamiyatining talablariga javob beruvchi kishilarni tarbiyalab berishdan iborat.
O’zbekistonda erkin, ma’rifatli va demokratik davlat fuqarolarining ijtimoiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
aqlli–mustakil fikr yurita oladigan;
odobli-millatimiz tuplagan barcha fazilatlarga ega;
mehnatsevar-mehnat kishining ijtimoiy extiyojiga aylanganligi;
bilimli-diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni kup va chuqur egallab olib, ularni hayotda qullay olishi;
Milliy gururga ega-ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosini egallab, ular bilan fahrlanuvchi va ularni boyitishga hissa qushuvchi;
Vatanparvar-Vatan uchun, xalq uchun fidokorona mehnat qiluvchi, ularni muhofaza qila oluvchi va zarur bulsa, ular uchun jonini qurbon qiluvchi;
Baynalminal-uz millati qatorida boshqa millatlarni xurmat qiluvchi;
Va hokazolar…. kiradi.
Ta’lim-tarbiya uslub va usullari to’g’risida
umumiy ma’lumot.
Ta’lim uslubi-o’qituvchi (pedagog) bilan o’quvchi (talaba)lar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan uzaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. Ta’lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni uzatish, qabul qilish, anglash, esda saqlash va amalda qo’llay olishni nazarda tutadi.
O’qitish usullari o’quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli usullarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bulmaydi.
Usullar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so’z orqali ifodalash, ko’rgazmali va amaliyga bulinadi. Ta’lim mazmunini uzlashtirishda o’quvchi (talaba) larning bilim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi usullar: tushuntirish-illyustrativ (informasion reseptiv), produktiv (maxsuldor), muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik xamda yarim tadqiqot uslublari qullanilishi mumkin.
Ta’limning ogzaki usullariga: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu usullarni qo’llashda o’qituvchi (pedagog)suz vositasida o’quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o’quvchi (talaba)lar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladilar.
Power Pointdasturi interfeysi.
POWER POINT prezentasion (taqdimot) grafikli dasturlar sarasiga kiradi. Bunday dasturlar o'zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animasion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat bo'lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo'lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWER POINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko'rib turibsiz:
“MS POWER POINT DASTURI YORDAMIDA
TAQDIMOTLAR YARATISH” TEXNOLOGIYASI
Ekranda qaysi elementlar ko'rsatilishini belgilash uchun bosh menyuning SERVIS (Xizmat) bo’limini oching va undagi Parametri (Xususiyatlar) buyrug'ini tanlang.
Slayd tuzilishini o'zgartirish
Slaydning asosiy formatini o'zgartirishning eng oson usuli avtorazmetkadan foydalanishdir.Unda 24 ta standart ko'rinish bor, buni siz ma'lum bir slaydga yoki slaydlar guruhiga qo'llashingiz mumkin.Bundan keyin slaydning alohida qismlarini tahrir qilishingiz mumkin.Slaydlar holati yoki slaydlarni saralash holatiga o'ting.Slaydlarni saralash holatida o'zgartirish kerak bo'lgan slaydlarni belgilang. Bosh menyuning Format (Format) bo’limini oching va undagi Razmetka slayda (Slaydlarni hoshiyalash) buyrug'ini tanlang. Keyin quyidagilarni bajaring:
1
2
Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo'llashingiz mumkin. Sizda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- shrift yoki uning o'lchamini o'zgartirish; - shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo'llash;
- rangini o'zgartirish;
- matnni tekislash; - satrlar orasining intervalini o’zgartirish
Kerakli matn ustiga kelib sichqon yordamida formatlash kerak bo'lgan qismini ajrating. Bosh menyuning Формат bo’limini ochib, Shrift buyrug'ini bering.
Aqliy hujum metodida ms powerpoint dasturining uskunalar paneli.
AQLIY HUJUM
Bevosita jamoa bo‘lib «fikrlar hujumi»ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, o‘quvchilarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir:
Birinchi guruh:
Standard uskunalar paneli tarkibi
Klaviaturadagi tugma(lar) Vazifasi
Ctrl+N Yangi taqdimot faylini yaratish
Ctrl+O Mavjud taqdimot faylini ochish
Ctrl+S yoki Shift+F12 Taqdimot faylini yoki unga kiritilgan o'zgartirishlarni saqlash
Taqdimotni elektron pochta xati sifatida jo'natish
Ctrl+F Taqdimot tarkibida biror bir so'z yoki jumlani izlash
Ctrl+P Taqdimotni chop etish
Ikkinchi guruh
Format uskunalar paneli tarkibi
Uskuna tashqi ko'rinishi Klaviaturadagi tugma(lar) Vazifasi
Ctrl+Shift+F Joriy shriftni o'zgartitish
Ctrl+Shift+P Harflar o'lchamini o'zgartitish
Ctrl+B Harflarni yo’g’on shaklda kiritish
Ctrl+I Harflarni qiya (kursiv) shaklda kiritish va hokazolar..
Power Point dasturida расмлар билан ишлаш mavzusini inter faol va didaktik o’yinlar va amaliy mashg’ulotlardan faydalanish.
Power point dasturida slaydga rasm joylashtirish bir necha usullar yordamida amalga oshiriladi:
Вставка menyusidagi Рисунок buyrug’i orqali tayyor xotirada mavjud rasmlar joylashtiriladi
Вставка menyusining Изображение из Интернетаbuyrug’i orqali internetga ulangan holdai nternetdan kerakli rasm joylashtiriladi
Вставка menyusining Таблица buyrugi ostidagi Нарисовать таблицу orqali kerakli jadval chiziladi. Bunda sichqoncha ko’rsatkichi qalam ko’rinishiga o’tadi
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALARIM“Ms Power Point yordamida taqdimotlar yaratish texnologiyalari” modulini o`qitishda grafik organayzerlardan foydalanish bo`yicha olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Bugungi kun umumta’lim maktablari va akademik litseylari pedagoglari zimmasiga intelektual salohiyatini muntazam oshirish, o`qitishda samara bera oladigan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ham mantiqan, ham tatbiqan o`rganib borish, o`qitishning yangi, davr talablariga javob bera oladigan innovatsion shakl, metod va vositalari bilan o`z vaqtida tanishish, kasbiy kompetentlik darajasi va kreativlik qobiliyatini oshira borish kabi, aniqrog`i, davrning haqiqiy o`qituvchisi bo`lish talabini qo`ymoqda.
Davr talablariga javob bera oladigan o`qituvchi dars berayotgan o’quvchilar esa faol fikriy faoliyat, tanqidiy tafakkur, yangiliklarni izlash, yaratish, bilimlarni mustaqil ravishda o`zlashtirish istagi va qobiliyatiga ega, o`z-o`zini rivojlantirish, o`zida mustaqillik va javobgarlik xislatlarini mujassamlantira olgan, dunyo tamaddunida tengdoshlari bilan tenglasha oladigan, to`g`rirog`i, ma’nan, jismonan, aqlan kamolot sari intilayotgan yoshlar bo`lmog`i lozim.
Bu borada ta’lim tizimida innavatsion texnologiyalarning imkoniyatlari va qulayliklari keng, ayniqsa, modul asosida o`qitishdan foydalanish samarali ekanligini tajribalar ko`rsatmoqda.
Informatika ta’limida grafik organayzerlardan o`z o`rnida foydalana olishni samarali usullardan biri sifatida baholash va o`tilajak mavzularga doir ta’limiy topshiriqlarni grafik organayzerlar asosida talabalarning imkoniyatlariga moslab tuzish, shuningdek, o’quvchi-yoshlarda ham grafik organayzerlar asosida tuzilgan ta’limiy topshiriqlarni mustaqil bajara olish bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish zarur.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.