Zarafshon shahar
2-umumta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi
Yodgorova Dilobar Yo`ldoshevnaning
6-“A” sinfda viloyat o`quv amaliy seminarida
o`tgan namunali bir soatlik ochiq
dars ishlanmasi.
Sana: 18.11.2019 yil.
Sinf:6 “A”
Fan:Tarix
Mavzu:Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasiyasi.
Darsning maqsadi
1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarning Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasiyasi haqidagi bilimlarini orttirish, ularning sivilizatsiyasiya haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish,o`sha davrdagi Hindiston aholisi turmush tarsi haqida ma`lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviyat,madaniyat,sivilizatsiyasiya,davlatchilik tushunchalarning yuqori pog`onalarda turishi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish,insonning moliyaviy imkoniyatiga qarab tabaqalashning salbiy oriqibatlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga yangi bilim berish, mavzu bo’yicha tushuncha tasavvurga ega bo’lish, mustaqil fikrlashga o’rgatish va dunyoqarashini rivojlantirish.
I.Tayanch kompetensiya elementlari:
1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: OAV va internet orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
2. O’z o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o’zini tuta bilish.
3. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy qadriyatlarimizni bilish, anglash, avaylash va boshqa xalqlar madaniyatini hurmat qilish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok eta olish.
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Dars turi:Aralash
Darsda qo’llaniladigan metodlar:Rasmli krassvord,Raqamli tarix,Bingo,Aqliy hujum,Mozaika.
Dars jihozi:Darslik,xarita,mavzuga oid video lavha,mavzuga oid suratlar,qo`shimcha adabiyotlar, rasmli boshqotirma,raqamli tarix.
№ |
Dars taqsimoti |
Daqiqa |
1 |
Darsni tashkil qilish jarayoni |
2 daqiqa |
2 |
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni |
10 daqiqa |
3 |
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni |
17 daqiqa |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni |
12 daqiqa |
5 |
Darsga yakun yasash, baholash metodlari |
3 daqiqa |
6 |
Uyga vazifa berish |
1 daqiqa |
|
Jami: |
45 daqiqa |
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
a) O’quvchilar bilan salomlashish.
b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish
d) O’quvchilar davomatini aniqlash.
e)”Dunyo hafta ichida”rukni asosida dunyoda va O`zbekistonda ro`y berayotgan siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy yangiliklar bilan tanishish va voqealar ro`y betayotgan hududlarni xaritalardan ko`rsatib borish.
II. O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash.
Darsda o`quvchilarni 3 guruhga bo`lib olamiz.Ya`ni “Kichik guruhlarda ishlash” usulida darsni olib boramiz.Bunda guruhlar kelishib o`zlariga nom tanlashadi va bu nomni izohlashadi.Baholashda “Shaxmat ” usulidan foydalanamiz.Ya`ni shaxmat o`yin turi Hindistonda ixtiro qilinganidan kelib chiqqanini nazarda tutib,5 bahoga SHOH,4 bahoga VAZIR,3 bahoga PIYODA donalari taqdim qilib boriladi.Har bir guruhga shaxmat doskasi taqdim etiladi. O`quvchilar olgan donalarini shu doskaga yopishtirib borishadi.Bu usulda baholashda tabaqalashtirish to`liq amalga oshiriladi.Dars yakunida qaysi gurug SHOH donasini ko`p yig`gan bo`lsa o`sha guruh g`olib deb topiladi
Bunda ancha oldin o`tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida “Rasmli krassvord” usulidan foydalanamiz.(Bu usulni qo`llashdanmaqsad bugungi kunda OTMlarda kirishda tarix darsligiga oid suratlardan foydalanayotganligi)
Bu usulda rasmda berilgan ma`lumot haqida yozish masalan 1-Geradot ,2-Tutanxamon taxti h.k.Bu usul natijasida o`quvchilar darslikda berilgan rasmlarni eslab qolishga harakat qilishadi.
Iqtidorli o`quvchilar uchun “Raqamli tarix” usuli:
O`tilgan mavzu:Ahamoniylar davlati.
Bu mavzuni mustahkamlashda “BINGO” mashqidan foydalanamiz.
1-guruhga:
Mil.avv.VI asr |
Midiyalik |
suza |
Janubi G`arb |
Misr |
Yunon Fors urushi |
Makedoniyalik Aleksandr |
Frakiya |
mixxat |
Fors Bo`g`ozi |
2-guruhga:
Elamiy |
Karvon yo`llari |
Midiya |
KirII |
Mil.avv. 552 yil |
“Darik” |
“Shoh yo`li” |
Suza Ekvatana |
Armaniston |
8,4 gr |
3-guruhga:
Kassiylar |
Elam |
Mill.avv VII |
Mil.avv 558 yil |
DoroI
|
Satrapliklar |
200y |
Persepl |
Skiflar |
Eronning janubi |
O`qituvchi yangi mavzuni boshalashdan oldin yangi mavzu bo`yicha qo`shimcha adabiyotlardan,internet ma`lumotlaridan foydalanib o`quvchilar topib kelgan ma`lumotlar bilan tanishib chiqadi.Bundan ko`zlangan maqsad yurtboshimizning 2019 yil mart oyida qabul qilgan besh tashabbus bo`yicha ishlarni amalga qo`yish maqsadi.Shundan so`ng o`qituvchi Hindiston davlatining bugungi kundagi ahvoli bilan o`quvchilarni tanishtiradi.O`zbekiston bilan Hindiston aloqalariga ham alohida e`tibor qaratilib o`quvchilarga ma`lumotlar beriladi.Yangi mavzuni o`qituvchi “Ma`ruza” usulida so`zlab beradi.o`quvchilar ham yangi mavzu bo`yicha gapirib berishadi.(AKTdan foydalanilgan holda mavzu tushintirilib boriladi)
III. Yangi mavzu bayoni.
Hindiston mamlakati shunomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarining bir qismini egallagan. Iqlimining issiqligi va keng yoyilib oqadigan daryolar suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelishi dehqonchilikvujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Himolay tog‘lari shimoli-sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar ta-
jovuzidan o‘ziga xos tabiiy «mudofaa devori» bo‘lib xizmat qilgan.
Gang vodiysidagi tropik o‘rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o‘simliklarga boy
bo‘lgan. Mil. avv. 3-ming yillikda Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi.
Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi hav zasining eng yirik shaharlari edi. Ikkala shahar ham mus tahkam mudofaa devorlari bilan himoyalan gan. Ko‘chalar bilan biri-biridan ajratilgan mav zelardan pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan binolar (turar joylar, omborxonalar, saroy va ibodatxonalar) topilgan. Katta va chiroyli shahar – Moxenjodaroda mohir hunarmandlarko‘p bo‘lgan. Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqon-
chilik edi. Dehqonlar shakarqamish, paxtao‘simliklarini yetishtirganlar, fi llarni qo‘lga o‘rgatganlar. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan Hind daryosi vodiysi shaharlari tez-tez ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib,butunlay vayronaga aylanadi. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko‘pdan ko‘p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari qurg‘oqchilikdan qo‘rqardilar.
Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada os-
mon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga
harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi. Momaqaldiroq xudosi Indraosmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach,Yer yuzida qurg‘oqchilik poyoniga yetibdi.
Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, ular sig‘ingan xudolardan biri, boshi fi lnikiga o‘xshagan donishmandlik xudosi Ganesha bo‘lgan. Sigir hindlar orasida muqaddas hayvon hisoblanib, sigirni o‘ldirish taqiqlangan.
Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod qilishgan. Ular vafot etgani-
dan keyin odam butunlay o‘lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, o‘z tashqi qi-
yofasini o‘zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o‘simlikka aylanadi, deb hisoblashgan.
Yangi mavzuni mustahkamlashda “Mozaika” usulidan foydalanamiz.Bu usulda yangi mavzu bo`yicha har bir o`quvchiga savol berib boriladi va O`zbekiston bayrog`I hosil bo`ladi.O`qituvchi bayroqni madh etuvchi qo`shiq jarangi ostida o`quvchilarda bayroqga nisbatan faxr g`urur tushunchalarini singdirish barobarida vatanparvarlik ruhi ostida tarbiyalaydi.Dars yakunida g`olib guruh aniqlanadi.O`quvchilar besh ballik tizimda baholanadi.Uyga vazifa:o`tilgan mavzuni o`qib kelish,mavzu yuzasidan test tuzib kelish,yangi mavzu bilan tanishib kelish hamda qo`shimcha ma`lumotlar to`plab kelish topshirilib dars yakunlanadi.
Zarafshon shahar
Xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi
2-umumta`lim maktabining tarix fani
o`qituvchisi Yodgorova Dilobar Yo`ldoshevnaning
Mavzusi bo`yicha Ishlab chiqqan
uslubiy tavsiyasi.
Zarafshon shahar
Xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi
2-umumta`lim maktabining tarix fani
o`qituvchisi Yodgorova Dilobar Yo`ldoshevnaning
Mavzusi bo`yicha Ishlab chiqqan
uslubiy tavsiyasi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.