Sayohatlarning umumiy xususiyatlari. Turizm texnika - taktikasi va birinchi tibbiy yordam.
Оценка 4.6

Sayohatlarning umumiy xususiyatlari. Turizm texnika - taktikasi va birinchi tibbiy yordam.

Оценка 4.6
pdf
18.09.2022
Sayohatlarning umumiy xususiyatlari. Turizm texnika - taktikasi va birinchi tibbiy yordam.
3-mavzu.pdf

3-Mavzu. Sayohatlarning umumiy xususiyatlari. Turizm texnika - taktikasi va birinchi tibbiy yordam.

Reja

1. O‘zbekistonning sayohatbop manzillari.  2. Buyuk Ipak yo‘li.

         3. Turizm texnika - taktikasi va birinchi tibbiy yordam. Reja 1. O‘zbekistonning sayohatbop manzillari. 

O„zbekistonning geografik jihatdan joylashishi va iqlim sharoiti sayohatlarning deyarli barcha turlari uchun qulaydir. Ayniqsa, tarixiy madaniy obidalarga boy bo„lgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar, zamonaviy inshootlarga ega bo„lgan Toshkent  shahri Respublika aholisining sayrsayohat manzillari hisoblanadi. 2500-3000 yillik tarixga ega bo„lgan Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Qo„qon, Namangan, Nukus, Urganch kabi shaharlar ham qadimiy yodgorliklari bilan ko„pchilikning diqqat e‟tiborini jalb etadi. So„nggi 4050 yil ichida yangidan qad ko„targan YAngier, Guliston, Navoiy, Zarafshon, Jizzax kabi shaharlar ham zamonaviy madaniy qurilish binolari, sport inshootlari, ta‟lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari va ularning  mahsulotlari bilan jahonga tanilmoqda.

Respublikamizning mustaqilligi tufayli va shaharlarning bugungi ko„rkjamoli keskin ravishda o„zgarib borishi tufayli aholi o„z sayrlarini yurtimiz hududlarida o„tkazmoqda. 

Markaziy Osiyo respublikalari va boshqa mustaqil davlatlarning say-yohlari O„zbekistonning bugungi ravnaqi, istiqboli, chiroyiga havas bilan qaramoqda. Xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurayotgan mehmonlar, ishbi-larmonlar, sayyohlar va rasmiy vakillar, rahbarlar ham Toshkent, Samarqand Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayr-sayohat uyushtirmoqdalar. Sayyohlarni faqat tarixiymadaniy yodgorliklargina emas, balki osmono„par, baland arxitektura qurilishlari, sport komplekslari, yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalari, shaxsiy firmalar, qo„shma korxonalar, savdo, tijorat maskanlari, oliy ta‟lim muassasalari, shifoxonalar, teatr va madaniy istirohat bog„lari, ulardagi an‟anaviy milliy bayramlar (“Navro„z”, “Mustaqillik kuni”, kurash, tennis va boshqa xalqaro turnirlar, turli sport musobaqalari) ham ko„proq qiziqtirmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, ommaviy tadbirlarning tashkiliy jihatlari, milliy xususiyatlari hamda ta‟lim tarbiya va sihat-salomatlik yo„lidagi foydali ishlar diqqatga sazovar bo„lmoqda. Bunda Respublika Prezidenti I.A. Karimov va uning safdoshlari katta faoliyat ko„rsatayotganligi e‟tiborga loyiqdir. 

Toshkent. O„zbekistonning poytaxti sifatida Toshkent faqat Markaziy Osiyodagina emas, hatto barcha qit‟alardagi mamlakatlarga ham tanildi. Uning aholisi 2 mln dan oshiq bo„lib, 100 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qiladi. Mustaqillik yillari davrida (1991–2010) shaharning ko„rki beqiyos darajada o„zgardi. Deyarli barcha hududlarda yangi-yangi koshonali binolar qad ko„tardi. Zamonaviy arxitektura qurilishlari (banklar, savdo-tijorat majmualari, turli idoralar, elchixonalar va hokazo) Toshkentning jamolini yangiladi. Ayniqsa markazda qad ko„targan Konservatoriya binosi, shahar ma‟muriy idoralari, Temuriylar tarixi muzeyi, “O„zbekiston”, “Jar” sport majmualari sayohatchilarning gavjum maskaniga aylandi. 

Jahondagi Islom dini fozillari va ulamolari Ko„kaldosh madrasasi, Xastiimom namozgohi va Islom universitetiga tashrif buyurganda o„zbek millatining ulug„ligiga shahodat bo„lmoqda. 

Toshkentning qaysi dahasi va mavzesiga bormang ko„p qavatli uylardagi aholining tinch-totuv yashashi, sog„lom turmush tarzini kechirayotganining guvohi bo„lasiz.

Teatr, sirk, muzeylarda tinimsiz ravishda odamlar oqimiga duch kelasiz. Umumta‟lim maktablarining o„quvchilari, kasb-hunar kollejlari yoshlari, oliy ta‟lim muassasalari talabalari o„quv dargohlarida shodon kezib, o„qib ilm olib yurganligiga havasingiz keladi. Keng ko„chalar, xiyobonlardagi savdo do„konlari, har qadamda uchraydigan dehqon bozorlarida odamlar zich, qadam tashlashga joy yo„q, desa bo„ladi.

“Mustaqillik” va “Navro„z” bayramlarida Xalqlar Do„stligi maydoni (Alisher Navoiy bog„i), Mustaqillik maydonlari va shaharning barcha katta maydon–xiyobonlarida bayramlar zo„r tantana bilan o„tkazilmoqda. YAngi o„quv yilining boshlanishi, o„zbek kurashi, tennis, futbol va boshqa sport turlari bo„yicha o„tkazilayotgan rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar jarayonlari ham zo„r tantana bilan tashkil etilib bayram tusini olmoqda.

E‟tiborli tomoni yana shundaki, avvallari boshqa nom bilan yuritilgan shoh ko„chalar, mahallalar, ta‟lim muassasalari endilikda mahalliy ulug„ zotlarning nomiga qo„yildi. Masalan: Amir Temur ko„chasi (Engels), Buyuk Ipak yo„li (SH.Rustaveli), SH.Rashidov ko„chasi (Lenin) va hokazo.

Kitob do„konlari va rastalari hamda aloqa tarmoqlarida davlat tilidagi kitoblar, jurnallar, gazetalar va turli o„quv qurollari asosiy mahsulotlarni tashkil etadi. Xullas Toshkent sayohatchilarining eng go„zal va diqqatga sazovar maskaniga aylanmoqda. 

Samarqand shaharining tarixi ming yilliklar bilan bog„langan. Mutaxassis olimlar Samarqandni Rimning tengdoshi deb yuritadilar. Bunda bir haqiqatni eslashga to„g„ri keladi. Aleksandr Makedonskiy eradan avvalgi 327 yillarda Samarqandni bosib olish uchun yurish qiladi. O„sha davrda shahar hozirgi Afrosiyob qazilmalari tepaliklarida joylashgan. Bu joyning o„sha zamonlar taqazosiga mos ravishda ekanligi strategik (himoya va hujum) ahamiyat kasb etgan. YA‟ni shahar juda katta qal‟ani tashkil etgan. Afrosiyobning butun aylanasi chuqur jarliklar (50–60 m, chamasi) bilan o„ralib, uning shimoliy-sharq va janub tomonlarida keng yo„llar bo„lgan, ya‟ni aholining kirib-chiqishi, ayniqsa qadimgi

Buyuk Ipak yo„lining bu joydan o„tishiga shart-sharoitlar yaratgan.

Qal‟aning mustahkamligi tufayli Makedonskiyning askarlari uzoq vaqtlar shahar atrofini kezib yurishgan. Kuchlar teng bo„lmaganligi sababli yovuz dushmanlar qal‟aning devorlarini buzib tashlashgan va shaharni vayron qilishgan. SHunday bo„lsada shaharni qayta tiklashga muvaffaq bo„lishgan. Lekin Chingizxon (XII asr) lashkarlari ham Afrosiyobga bostirib kirib, shaharni vayron qilishgan. 

Shundan keyingi davrlarda (XIV–XVIII asrlar) shahar qurilishlari Afrosiyobning janub tomonidagi past-baland va tekislik joylarda (hozirgi Samarqand) davom ettirilgan. Bunda asosan Amir Temur maqbarasi (movzoley), Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, Shohizinda ziyoratgohi, Xo„ja Ahror Vali masjidi va boshqalarni juda ko„p tarixiy obidalar misolida ko„rish mumkin. Ular qariyb 600–500 yillardan buyon qad ko„tarib turishi bilan jahon xalqlarining e‟tiborini qozongan.

Samarqandning yana bir o„ziga xos xususiyati shundaki, buyuk allomalar Abdurahmon Jomiy, Hazrati Alisher Navoiy kabi ulug„ zotlar ijod qilgan. Islom dini shuhratini oshirishda Xo„ja Axror Vali, Motrudiy kabi shayxlar xizmat qilishgan. Koinotni o„rganishda jahonga mashhur bo„lgan Mirzo Ulug„bek Samarqandga 40 yil podsholik qilgan. Ularning qoldirgan ulkan masjidlari, turli qurilish binolari shaharning ko„rkiga ko„rk qo„shib turibdi. 

Samarqandning qadimgi tarixi va hozirgi ravnaqini ifoda etuvchi

O„zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Afrosiyob sayyohlari uchun xizmat qilmoqda. Universitet, tibbiyot, savdo, arxitektura, qishloq xo„jaligi, chet tili va shu kabi institutlari, o„nlab kasb-hunar kollejlarining zamonaviy binolari, opera va drama teatrlari, turli xil idoralarning binolari, sport komplekslar shaharning ko„rkiga xusn qo„shib turibdi. 

Mustaqillik tufayli shaharning ichki va tashqi yo„llari qayta qurilib, avtoulovlar va piyodalar uchun qulayliklar yaratildi. 1996 yilda Universitet xiyobonining boshlanishida Amir Temur haykali o„rnatildi.

Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va zamonaviy binolari bog„rog„lari, behisob noz-nematlar bilan to„la bozorlari barchani maftun etishi bejiz emas. 

Buxoro. Qadimiy azm shahar Buxoro tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan o„ziga xos bo„lgan sayr-sayohat manzilidir. SHaharning tarixi Samarqand, Termiz, Qarshi, Xiva, Urganch kabi shaharlar bilan bog„liq ravishda uzoq o„tmishdan darak beradi.

Abu Ali ibn Sino, Imom al Buxoriy (Xo„ja Ismoil) va boshqa juda ko„p ilm, tabobat, islom dini arboblari Buxoroda tahsil olgan, hayot kechirgan. 2500 yildan ortiq davrda shaharda turli qurilishlar, asosan masjid, madrasa, savdo markazlari, shohona uy-joylar, qasrlar, qal‟alar qad ko„tardi. Ularning ko„pchilik qismi hozirda sayr-sayohat yo„lida xizmat qilmoqda. SHahar borgan sari ko„rkamlashib turizm shahriga aylangan.

Mustaqillik tufayli zamonaviy uy-joylar, idoralarning binolari, madaniyat markazlari yangidan qad ko„tardi. 2002 yil “Universiada” o„tkazilishi munosabati bilan sport majmualari bunyod etildi. “Buxoro” stadioni xalqaro musobaqalar o„tkazishga moslashtirildi.

Buxoroning sayr-sayohat sohasidagi yana bir e‟tiborli tomoni shundaki, unda uch tomonlama temir yo„llar tutashgan. Yh‟ni sharqdan Moskva, Toshkent,

Farg„ona vodiysidan keladigan poezdlar, g„arbdan esa Turkmaniston, Qoraqalpog„iston, Xorazm, Uch quduq poezdlari, janubdan esa Tojikiston, Termiz, Afg„oniston poezdlari Buxoroda (Kogon bekati) tutashadi va kesib o„tishadi. Bu sayyohlar sayohat yo„lining eng qulayligini ta‟minlaydi.

Buxoroga kelgan sayohatchilar tarix muzeyida shaharning o„tmishi, xonliklar davridagi madaniyat, liboslar, qurollar, keyingi yillardagi Islom dini ta‟limoti, ilm-fan, san‟at, ma‟rifat va boshqa juda ko„p sohalardagi erishilgan yutuqlar, meroslar bilan tanishishga muyassar bo„ladilar. 

Xiva–Urganch qadimgi va hozirgi Xorazm vohasining eng qadimiy madaniy markazi sifatida uning shuhrati olamga keng tarqalgan. Tarixiy manbaalar, qazilmalarining guvohlik berishicha Xorazm vohasi 3 ming yillik tarixga ega. Buni “Avesto” kitobidagi (3ming yil avval yaratilgan) diniy qarashlar, urf-odatlar, qabilalarning bo„linishlari, salomatlik, shifokorlik, davlatni idora etish, ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlar va hokazo misolida tasavvur etish mumkin.

Xorazm yurtimizga To„maris, Jaloliddin Manguberdi kabi qahramonlarni, ulug„ adiblar H.Sheroziy, Mahmud Pahlavon, iste‟dodli san‟atkorlar Komiljon Otaniyozov, O. Otajonov, Kommuna Ismoilova va boshqalarni tuhfa etgan. 

Xiva va Urganch shaharlaridagi qal‟alar, masjidlar, maqbaralar, savdo markazlari va boshqa yuzlab tarixiy yodgorliklar ming yillik tarixga egadir. Arxeologlar, tadqiqotchilar (Pirmat Shermuhamedov va boshqa) va tarixchilarning ta‟kidlashicha Xorazm va Qoraqalpog„iston vohasi qadimgi davrlarda yam-yashil bog„lar, zilol suvlarga boy bo„lgan. Shu sababdan bu joylarda katta qal‟alar, qo„rg„onlar ko„p qurilgan. Lekin ulardan birontasi ham saqlanib qolmagan. CHunki Eron, Turk, Mo„g„ul va shu kabi davlatlarning bosqinchilik urushlari barcha joylarni vayronaga aylantirgan. SHuningdek, turli tabiiy ofatlar, ayniqsa sahro va cho„llardan esgan kuchli bo„ron, shamol, to„fonlar qum,tuproq tuz chiqindilarini uchirib kelib, butun vohani ko„mib tashlagan. So„nggi 20-30 yil davomida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida 4-5 m. va undan ham balandroq qum uyumlari (barxan) tagida yotgan eng qadimgi shahar hamda qo„rg„onlarning devorlari, turli buyumlar, jang qurollarini topishga muvaffaq bo„lindi.

Xiva, Nukus va Urganch shaharlarning ko„rki so„nggi 10-15 yil davomida ancha o„zgardi. Yhngidan qurilgan kasb-hunar kollejlari, umumta‟lim maktablarining o„quv binolari, madaniy va savdo markazlari, sport inshootlari shaharlarning zamonaviy tus olishiga hissa qo„shmoqda. Jaloliddin Manguberdi xotirasi, Ma‟mun Akademiyasining tashkil etilishi, “Avesto” kitobining yozilishiga 3 ming yil to„lishi, “Umid nihollari” sport musobaqalarining o„tkazilishi, Mahmud Pahlavon xotirasiga bag„ishlangan xalqaro kurash turnirlari va boshqa ko„plab ommaviy-madaniy tadbarlarning tashkil qilinishi Xorazm va Qoraqalpog„iston vohasining shuhratiga shuhrat qo„shdi. Bu tadbirlar asnosida o„sha yurtlarga ham sayr-sayohat uyushtirishni davr taqazo etadi. 

         O„zbekistonning sayr-sayohatlarga boy bo„lgan maskanlari deyarli barcha viloyatlarda mavjud. Bulardan Farg„ona, Andijon, Namangan shaharlari va shu kabi kichik shaharlarda (Qo„qon, Marg„ilon, Asaka, Chust, Pop va hokazo) ham tarixiy yodgorliklar juda ko„p. 

 Farg„ona vodiysida Al Farg„oniy, Boborahim Mashrab, Muhammad Bobur, Hamza Hakimzoda kabi ulug„ allomalar, davlat arboblari, san‟atkorlarning hayoti bilan bog„liq ziyoratgoh joylar juda ko„p. Ularni faqat mahalliy xalqgina emas, balki Respublikaning boshqa hududlaridagi o„quvchi-yoshlar, talabalar, mehnatkashlar ham sayr qilib, tomosha qilsalar arziydi. 

Ohangaron, Olmaliq, Bekobod (Toshkent viloyati), Sirdaryo, Guliston, YAngier (Sirdaryo viloyati), Zomin, Bo„ston, Paxtakor, Jizzax, Forish, Baxmal (Jizzax viloyati), Jomboy, Chelak, Qo„shrobod, (Samarqand viloyati), Xatirchi Navoiy, Uchquduq, Zarafshon (Navoiy viloyati), Qizil tepa, Qora ko„l, Kogon (Buxoro viloyati), Kitob, SHahrisabz, Qarshi (Qashqadaryo viloyati), Denov,

Termiz, Jarqo„rg„on (Surxandaryo viloyati) va bu kabi juda ko„p kichik shaharlar, qo„rg„onlar ham ba‟zi bir tarixiy yodgorliklar, zamonaviy xotirlash maskanlari hamda obidalarga ega. Bunday maskanlarga ham aholining sayr-sayohatlarini tashkil qilish, ularni ommaviy axborot vositalari, teleradiolarda keng targ„ibot qilish lozim. Buning negizida yoshlar va mehnatkash ommani ma‟naviy jihatdan tarbiyalash, ona Vatanga sadoqat his-tuyg„ularini mustahkamlash, o„tmish tariximizni o„rganish bilan avlod-ajdodlarimizga tasannolar bildirish kabi ezguniyatlar mavjud bo„ladi. 

Xulosa qilib aytganda yurtimizning har bir burchagi, bir qarich eri aziz va mo„„tabardir. Ularni ko„rish, o„rganish va e‟zozlash sayr-sayohatlarning muhim  

2. Buyuk Ipak yo‘li.

Ipak (shoyi xomashyosi) yo„li deb atalishining asosiy sababi shundaki, qadimgi davrlarda Xitoy, Misr, Hindiston, Evropa mamlakatlari orasida savdo ishlari olib borilgan, ularni bog„lagan oraliqlar, masofalar, turli manzilgohlar mavjud bo„lgan. Bunda karvonlarga (tuya, ot,xachir, eshak, arava va hokazo) ortilgan turli-tuman iste‟mol mollari davlatlar o„rtasida oldi sotdi qilingan. Ular orasida Xitoyning ipaklari, shoyidan to„qilgan rango-rang matolari, chinni buyumlar va boshqa turli xil narsalar asosiy o„rinda turgan. O„z navbatida Misr, Tehron, Bolqon va boshqa Evropa mamlakatlarining rangli metallardan (oltin, kumush, mis, jez va hokazo) yasalgan qurollari, taqinchoq, bezaklari, ust-bosh, kiyimlar Xitoy tomonga boradigan karvon yo„llarida savdo qilingan.

         Tarixiy manbaalarning guvohlik berishicha Xitoydan boshlangan Buyuk Ipak yo„lining tashkil etilishi eramizdan avvalgi II–I-asrlarga to„g„ri keladi. Dastlabki davrlarda (yangi eraning X–XII-asrlarigacha) karvon yo„llari asosan Markaziy Osiyodan o„tib, Misr, O„rta er dengizi atrofi, Hindiston va ular bilan yaqin mamlakatlarni tutashtirgan. Keyingi davrlarda esa CHingizxon bosqinchiligi hamda ularning avlodlari tomonidan hukmronligi natijalari asosida shimolda yangi karvon yo„llari vujudga kelgan. Bu asosan Qozog„iston, Oltin O„rda, Kaspiy yoqalari bo„ylab Evropa mamlakatlarini birlashtirgan.  

 Xitoyning Markaziy Osiyo va uning janubiy tomonlarini bosib olishi natijasida karvon yo„llari Hindiqush tog„lari orqali Afg„oniston, Hindistonga ochilgan.

 Kemalarning yaratilishi va mamlakatlar o„rtasida turli xil savdo sotiq ishlari, harbiy qurollarning tarqalishi  tufayli karvon yo„llariga dengiz suv yo„llari ham qo„shilgan. YA‟ni Xitoy daryo va dengiz yo„llaridan foydalanib o„zining buyumlarini Hindiston orqali Arab mamlakatlari va rus, YApon yo„llari orqali Evropaga etkazishga muvaffaq bo„lgan. O„z navbatida esa u mamlakatlar ham shu yo„llar orqali Xitoy va uning yo„lidagi mamlakatlarga o„zlarining xaridorgir mollarini chiqarib, oldi sotdi ishlari rivoj topgan. Shunday bo„lsa-da Markaziy

Osiyodan o„tadigan karvon yo„llari o„z mohiyatini yo„qotmagan. Buning sabablari asosan ikki yo„nalishdan iborat bo„lgan. YA‟ni, birinchidan Xitoy shoyisi va chinni buyumlariga xaridorlar bu yo„lda ko„proq uchragan. Ikkinchidan esa Eron, Turkiya, Misr, Bolqon mamlakatlari ishlab chiqqan metall buyumlar, jun, teri va oziqalarni savdoga olib chiqarishda bu yo„l qulayroq bo„lib hisoblangan. SHu sababdan bu karvon yo„llari tarixda Buyuk Ipak yo„li nomini olgan.

Shanxay (Xitoy) va boshqa yirik shaharlardan chiqqan katta karvonlar Manchjuriya (Tibet)-Yorkent, Andijon, Qo„qon, Xo„jand, Xovos, O„ratepa, Zomin,

Jizzax, Sarbozor (G„allaorol), Bulung„ur, Jomboy, Samarqand, Katta qo„rg„on, Malik cho„li, Buxoro, Ashgabad, Tehron, Misr, Damashq va Bolqon

mamlakatlariga etib borgan. Bu katta karvon yo„lining o„z atroflarida ham kattakichik tarmoqli karvon yo„llari bo„lib, mahalliy xalqlarning iste‟mol mollarini sotib olish, o„zining mollarini sotish, almashtirish, dam olish, hordiq chiqarish, joylarni o„rganish, izlanish kabi ijtimoiy foydali turmush faoliyatlari yuritilgan. Ularni quyidagi yo„nalish tarmoqlarida ko„rish mumkin. Yh‟ni, hozirgi O„zbekiston hududlaridan o„tgan Buyuk Ipak yo„li tarmoqlari: Andijon Asaka–

Namangan, Chust-Pop, Uchqo„rg„on, Qo„qon, Mar-g„ilon, Farg„ona, Shohimardon, Isfara, Konibodom (Tojikiston hududlari), Qamchiq dovoni orqali

Ohangaron, Olmaliq, Piskent, Toshkent, Xo„jand (Tojikiston) Xovos, O„ratepaZomin, Jizzax yo„lidan; Forish, Nurota, Qo-zog„iston cho„llari. Jizzax-Sarbozor, Bulung„ur Jomboy-Samarqand yo„lidan; G„azara, Chelak, Ishtixon, Mitan,

Qo„shrobod, Nurota, Samarqand: Qorataxtacha (Omonqo„ton) dovoni orqali Kitob, SHahrisabz, Qarshi, Termiz, Samarqand Buxoro yo„lidan: Katta qo„rg„on, Oq tosh,

Xatirchi, Narpay, Karmana (hozirgi Navoiy shahri) Qizil tepa, Qorako„l, Olot va hokazo.

E‟tirof etish lozimki, Buyuk Ipak yo„lining O„zbekiston hududlaridan o„tishi faqat savdo-sotiqdagina emas, balki ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlarini yaxshilash, xalqaro aloqalarni bog„lash, qurilish ishlarini amalga oshirish, ta‟limtarbiya jarayonlarini boyitish kabi jarayonlarga ham ijobiy ta‟sir o„tkazgan. SHu sababdan Mahmud Qoshg„ariy, Imom Al Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab kabi ma‟rifat, tibbiyot daholarining bu katta karvon yo„llarida kezishlari, ilmiy-ijodiy faoliyatlar bilan shug„ullanishlari yuzaga kelgan.  Qolaversa Amir Temur, Mirzo Ulug„bek, Muhammad Bobur kabi davlat arboblari Buyuk Ipak yo„lidan maqsadli foydalanishi uchun o„zlarining amaliy hissalarini qo„shgan. Bu esa xorijiy mamlakatlarning elchilari, sayyohlari, sarguzashtlik bilan shug„ullanuvchilarga katta imkoniyat yaratgan. SHuningdek, Turkiston o„lkasining savdogarlari, elchilari, solnomachilari, ijod bilan shug„ullangan iqtidorli ishbilarmonlari ham chet mamlakatlarga chiqishga muyassar bo„lishgan.

Qadimgi Buyuk Ipak yo„li jahondagi juda ko„p yirik mamlakatlarning tarixchi, arxeologlari, faylasuflari va boshqa sohalardagi olimlarining (Fransiya, Germaniya, Angliya, Yhponiya, Arab mamlakatlari va hokazo) diqqat e‟tiborini jalb qilib kelgan. SHu sababdan ham XX asrning so„nggi yillarida (1980–1990) birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) maxsus qarori asosida Buyuk Ipak yo„lini o„rganish amalga oshirildi. Ipak yo„lini o„rganish bo„yicha YUNESKOning maxsus qo„mitasi tuzilib, uning tarkibida O„zbekiston-lik olimlar, sayyohlar ham faol ishtirok etishdi. Natijada Toshkent, Samar-qand, Buxoro, Urganch, Xiva shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar YUNESKO muhofazasiga o„tkazildi va uni ta‟mirlash, muhofaza qilish, xalqaro turizm maskanlariga aylantirishda bevosita yordam qilmoqda. SHu sababdan ham O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan “O„zbek turizmi” kompaniyasi tashkil etilib (1995) mamlakatimizda xalqaro turizmni rivojlantirish yo„lga qo„yildi. Ayniqsa, O„zbekiston Respublikasining “Turizm to„g„risida”gi Qonuni (1999) hamda respublika hukumatining turizmni rivojlantirish va mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo„lga qo„yish sohasidagi qarorlari (1999 yil, avgust) muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida turizm fakulteti tashkil etildi. SHuningdek, Samarqand, Buxoro va yana bir qator joylarda kasbhunar turizmi kollejlari, turizm bo„limlari ishga tushirildi. Bu ta‟lim muassasalarining asosiy vazifasi mamlakatning tarixiy rivojlanishi, Buyuk Ipak yo„lining ahamiyatini bo„lajak mutaxassislarga o„rgatishdan iboratdir. SHu bilan birgalikda sayyohlarga (mahalliy va xorijiy sayyohlar) madaniy hizmat ko„rsatish, ya‟ni mehmonxonalarga joy-lashtirish, oziq-ovqatlar bilan ta‟minlash, avtoulovlarni tashkil etish, yo„lboshchilik (ekskursovod) qilish, madaniy hordiq chiqarish (teatr, kino, sport, go„zal manzarali joylarni tomosha qilish va hokazo) kabi turli-tuman faoliyatlarning tashkiliy asoslari ham o„rgatiladi. Bo„lajak mutaxassislar moddiy-texnik ta‟minot, tejash (ekonom qilish), buxgalteriya ishlari, tijorat, savdo va shu kabi ko„p sohalardagi nazariy bilim hamda amaliy faoliyatlarni ham egallashadi. 

Ta‟kidlash lozimki, turizm bo„yicha o„qitiladigan maxsus fanlarning dasturlarida faqat sayr (ekskursiya) ishlarigina mazmun topgan. Turizm maq-sad, mazmun va mohiyat jihatdan ko„p tarmoqli soha sifatida faqat tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalarni tomosha qilish bilan chegaralanmaydi. Balki tabiatni sevuvchi, jismonan chiniqishni hamda o„lkani o„rganishni maqsad qilib qo„ygan yoshlar va mehnatkashlarga ham xizmat qiladi. 

Bu yo„lda ommaviy (guruh) ravishda tabiat qo„yniga chiqish, sof havodan to„yib nafas olish, zilol suvlardan bahramand bo„lish (ichish, cho„milish), quyosh nurlarida toblanish, yuklarni ko„tarib uzoq masofalarga, ayniqsa, tog„li joylarda piyoda yurish muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan piyoda yurish sayohatlarini turizm mutaxassislariga o„rgatish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun esa avvalo o„quv dasturlariga uni kiritish, shu asosda maxsus piyoda yurish (bir kunlik va ko„p kunlik) sayohatlarini doimiy ravishda tashkil qilish lozim bo„ladi.

Xulosa o„rnida aytish joizki, Buyuk Ipak yo„lining O„zbekiston hududlaridan o„tishi tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Bunda millatimizning jahon xalqlari orasidagi obro„yi, shon-shuhratining oshishi, tarixiy yodgorliklarimiz, buyuk allomalarimizning so„nmas faoliyatlarini o„rganishda yurtimiz aholisi va xorijiy sayyohlarning tashrif buyurishlari mu-him o„rin egallaydi. 

Mustaqillik sharofati tufayli madaniy obidalar, tarixiy yodgorliklar qayta ta‟mirlanmoqda, yangidan madaniyat, sport, ta‟lim, san‟at, sayyohlik manzillari, maskanlari tashkil etilib, koshonalik qasrlar, arxitektura qurilishlari paydo bo„lmoqda. 

         Turizmni rivojlantirish bilan bog„liq bo„lgan qonunlar, qarorlar asosida mutaxassis kadrlar tayyorlash, sayyohlarga madaniy xizmat ko„rsatish yo„lida xalqaro andozalarga (standart) mos bo„lgan sayr-sayohatlar, ommaviy madaniy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi esa o„quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkashlar ommasi uchun turli shaharlar, hatto xorijiy mamlakatlarga sayohat qilishga shart-sharoitlar yaratilmoqda. 

 O„z o„rnida shuni aytish lozimki, turizm sohasida kadrlar tayyorlash, ularning faoliyatida sihat-salomatlikni yaxshilash hamda jismonan barkamollikni ta‟minlashda go„zal va xushmanzarali joylarga piyoda yurish sayohatlaridan maqsadli foydalanishni izga tushirish kerak bo„ladi. 

 

 

 

 

3-МАЪРУЗА МАШҒУЛОТИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ 

 

3-мавзу

Саѐҳатларнинг умумий хусусиятлари. Туризм техника - тактикаси ва биринчи тиббий ѐрдам.

 

 

3.1. Таълим бериш технологиясининг модели

 

Машғулот вақти-2 соат

Талабалар сони:    та

Машғулот шакли

Кириш-ахборотли маъруза

Маъруза режаси

 1. Ўзбекистоннинг саѐҳатбоп манзиллари.  2. Буюк Ипак йўли.

 

Ўқув машғулотининг мақсади: Ўзбекистоннинг географик жиҳатдан жойлашиши ва иқлим шароити саѐҳатларнинг деярли барча турлари учун қулайдир. Айниқса, тарихий маданий обидаларга бой бўлган Самарқанд, Бухоро, Хива каби қадимий шаҳарлар, замонавий иншоотларга эга бўлган Тошкент  шаҳри Республика аҳолисининг сайр-саѐҳат манзиллари ҳисобланади.   

Педагогик вазифалар:

Ўзбекистоннинг         саѐҳатбоп манзиллари  ҳақида маълумотлар бериш.

Саѐхатларни ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли. Буюк ипак йўли  ҳақида маълумотлар бериш.

Ўқув фаолияти натижалари:   Ўзбекистоннинг саѐҳатбоп манзиллари ҳақида маълумотларга эга бўлиши керак.  

Саѐхатларни ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли. Жароҳатланганда биринчи тиббий ѐрдамини кўрсатиш тадбирлари

Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги тўғрисида маълумотлар бериш.  

ҳақида        маълумотларни ўзлаштирадилар. 

      Туризм       бўйича          разрядлар   ва категориялар          қийинчилиги тўғрисида          маълумотларга    эга бўладилар.

Таълим бериш усуллари

Кўргазмали, маъруза, суҳбат

Таълим бериш методлари

Маъруза, тушунтириш, Бумеранг, кластер услуби, суҳбат

Таълим бериш воситалари

Ўқув қўлланма, проектор, электрон ишланма 

Таълим бериш шароити

ЎТВ билан ишлашга мослаштирилган аудитория

Мониторинг ва баҳолаш

Оғзаки назорат: савол-жавоб, мустақил иш бажариш 

 

 

3.2. « Саѐҳатларнинг умумий хусусиятлари. Туризм техника - тактикаси ва биринчи тиббий ѐрдам » маъруза машғулотининг технологик харитаси

 

Иш

босқич- лари ва вақти

Фаолият мазмуни

Таълим берувчи

Таълим олувчилар

Тайѐргар лик босқичи.

1. Мавзу бўйича ўқув мазмунини тайѐрлаш. 2. Кириш маърузаси учун тақдимот слайдаларини тайѐрлаш.

 

1. Мавзуга кириш

(15 дақиқа)

1.1. Маърузанинг мавзуси, режасини эълон қилади, ўқув машғулотининг мақсади, педагогик вазифалар ва ўқув фаолияти натижаларини тушунтиради. (1 илова).

Тинглайдилар, ѐзиб оладилар

 

 

2-босқич Асосий босқич  

(55 дақиқа)

Power Point дастури ѐрдамида слайдларни намойиш қилиш ва изоҳлаш билан мавзу бўйича асосий назарий жиҳатларини тушунтириб беради. 

2.1.    Мавзу    режасининг    биринчи     пункти

режаси бўйича маъруза қилади (2-илова) 

Маъруза бўйича «Бумеранг» усулидан фойдаланган ҳолда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: “Пиѐда юришнинг афзаллик ва салбий томонларини кўрсатинг? (3-илова)

2.2.    Мавзу    режасининг    иккинчи     пункти

Тинглайдилар, ѐзадилар.

Ўтилган ахборотни

анализ-синтез қилиб,

тизимлаштира дилар.

 

Саволлар билан мурожаат

 

бўйича маъруза қилади (4-илова).

 Маъруза бўйича «Кластер»  усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Сайрни ташкил қилишда ўқитувчининг роли? (5-илова)  2.3. Мавзу режасининг 3 пункти бўйича маъруза қилади (6-илова).

Маъруза бўйича Бумеранг усулидан фойдаланган холда талабаларга қуйидаги савол билан мурожаат қилади: Туристик категориялар қийинчилик даражаларига таъриф? (7-илова) Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида

саволлар беради (8 илова)

этадилар, аниқ тасаввурлар

тизимига эга бўлишади.

Тинглайдилар, ѐзадилар.

Талабалар берилган

саволларга жавоб берадилар.

3.

Якуний босқич (10 дақиқа)

3.1. Мавзу бўйича талабаларда юзага келган саволларга жавоб беради, якунловчи хулоса қилади. 

3.2. Мустақил ишлаш учун  Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институтида тайѐрланган «Туризм ва уни ўқитиш методикаси» номли ўқув қўланмани 21 – 40 бетларидаги мавзу ўқув материаллари мазмунини ўрганиб келишларини тавсия этади. 

Саволлар берадилар.

Вазифани ѐзиб оладилар.

1-илова

 

Мавзу: Саѐҳатларнинг умумий хусусиятлари. Туризм техника-тактикаси ва биринчи тиббий ѐрдам. 

Режа 1.  Ўзбекистоннинг саѐҳатбоп манзиллари. 

2. Буюк Ипак йўли.

3.Туризм    техника-тактикаси        биринчи     тиббий       ѐрдамини          кўрсатиш тадбирлари. 

Ўқув машғулотининг мақсади: Пиѐда юриш ва тоғ туризмини (саѐхатини) ташкил қилиш ва ўтказиш ҳамда йўлда юриш қоидалари, саѐҳатларни ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли, жароҳатланганда биринчи тиббий ѐрдамини кўрсатиш тадбирлари, туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги ҳақида маълумотларга эга қилиш. 

Ўқув фаолияти натижалари:   

              Пиѐда юриш ва тоғ туризмини (саѐхатини) ташкил қилиш ва ўтказиш ҳамда йўлда юриш қоидалари ҳақида маълумотларга эга бўлиши керак.  

              Саѐхатларни ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли. Жароҳатланганда биринчи тиббий ѐрдамини кўрсатиш тадбирлари ҳақида

маълумотларни ўзлаштирадилар. 

Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги тўғрисида маълумотларга эга бўладилар.  

2-илова

1-ўқув топшириқ

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал  Фан бўйича «Бумеранг» методи

Пиѐда юришнинг афзаллик ва салбий томонларини кўрсатинг?

1

2

Ижобий 

Салбий 

 

 

 

 

 

Изох: Бу метод  технологияси танқидий фикрлаш, мантиқни шакллантиришга имконият яратади, хотирани ғояаларни, фикрларни, далилларни ѐзма ва оғзаки шаклларда баѐн қилиш кўникмаларни шакллантиради.  

 

 

 

3-илова

2. Саѐхатларни ташкил қилиш ва уни якунлашда ўқитувчининг роли. Жароҳатланганда биринчи тиббий ѐрдамини кўрсатиш тадбирлари. 

 

III    Саѐҳатларни ташкил қилишда ва уни якунлашда ўқитувчининг роли.

   Мактабларда, академик лицей, касб-хунар коллежларда институт, университетларда туристик ҳаракатларни яхши йўлга қўйиш, уни ривожлантиришда педагогик жамоанинг роли бенихоя каттадир. Ўқувчилар билан билим бериш фаолиятидан ташқари, ҳозирги кунда машғулотдан 

тақшари фаолияти, касб танлаш, спорт ва саѐҳатлар билан шуғулланишига яқиндан ѐрдам беришади. Ўкувчиларни туризм ва ўлкашунослик тугаракларига жалб қилиш, саѐҳатлар уюштириш ва уни ўтказишда география,ботаника,тарих ҳамда жисмоний тарбия ўқитувчилари биринчи навбатда катта фаоллик кўрсатадилар.

   Саѐҳатлар давомида ўқитувчининг ҳам ўкувчиларнинг ҳам кайфияти доимо яхши булавермайди. Баъзан турли бахслар тортишувлар, ранжишлар, ҳатто аразлашлар юзага келади. Бу ҳолатнинг олдини олиш учун саѐҳат раҳбари айбдорларни топади, уларни койийди, кўпчилик олдида танбех боради. Натижада умум мақсад йўлида туристлар жамоаси ўз ахиллигини тўла тиклайди. Саѐҳат кўнгилли ўтади. 

IV     Жарохатланганда биринчи тиббий ѐрдам кўрсатиш тадбирлари.

   Аввалги мавзуларда қайд қилинганидек, саѐҳатлар жараѐнида ўқувчилар касалланиши, йиқилиб шикастланиши мумкин. Бундай ҳолларда туристларга биринчи тиббий ѐрдами кўрсатиш тартиб ва коидаларини билишлари, уни амалда қўллашлар талаб этилади, бу ерда биринчи тиббий ѐрдамига тааллуқли бўлган айрим ҳолатларгагина тўхталамиз. Туристларнинг эхтиѐтсизлиги натижасида гулханда, овқат пиширишда куйиши мумкин. Бундай ҳодисалар бўлмаслиги учун саѐҳатда сайланган навбатчилар (ошпазлар, чой қайнатувчилар ва ҳақазо) доимо тўла кийинган, қўлларида махсус мосламалар бўлиши шарт. Умуман, куйганда уни тез ўчириш чорасини-кўриш керак. Бунинг учун кийимларни тезда ечиш, сувга ботириш тупроқ ѐки қум билан ишқалаш зарур. Бирон жойингизни куйдириб олганда уша жойни 10-15 дақиқа совуқ сувга солиб туриш тавсия этилади. Ундан кейин докани намлаб спирт ѐки марганцовка суртиб боғлаб қўйиш керак. 1-2 чи даражали куйишларда терини сульфидин эмульсияси билан мойлаш, кишлоқ ѐки аҳоли турар жойларига келганда шифокорга мурожат қилиш керак.

   Тунаш пайтларида ўткир учли (болта, пичоқ, қозиқ, тош ва бошқалар) нарсаларга урилиш ва ундан яраланишлар юз беради. Бундай ҳолларда яраланган жойни ювиш, йод суртиш ва унинг устига стрептоцид кукунини сепиб яра устини пластрь билан ѐпиштириб куйиш мумкин.

   Яраланиш натижасида қон тухтовсиз кетган тақдирда қон томирини (артерия) маҳкам босиш керак. Қон отилиб чикиши сусаймаган пайтларда яранинг юқорироқ қисмидан қаттиқ боғлаш зарур бўлади. Яраланган жой жгут билан боғланган ҳолда 1-2 соат туриши мумкин. Қон тухтамаган ҳолда 3-4 дақиқа бушатиб, кейин яна каттик боғлаш керак.   Ошкозон захарланганда уни ювиш, яъни бир неча стакан илиқ сувга сода солиш, то қайт қилиб ташламагунча давом эттириш, бу ҳолни бир неча марта  такрорлаш керак. Сўнг парҳезга қаттиқ риоя қилиш зарур. Қўп йўл юриш, оғир юк ва йиқилишлар натижасида организм тилиниши, тирмаланиши ва қавариши мумкин. Бу ҳоллар кўпроқ оѐқ, елка ва белларда бўлади. Бундай ҳолларда тез унинг олдини олиш ва болалар креми суркаш кифоя.

  Йиқилишлар натижасида оѐқ ва қўлнинг эти эзилиши, шиллиниши мумкин. Бундай ҳолларда зарарланган жойга йод қўйиб суртиш, совуқ сув ѐки (муз) билан компресс қилиш керак. Ундан кейин қаттиқроқ боғлаб қўйиш тавсия этилади. Бўғинларнинг чўзилиши ва эзилиши қаттиқ оғриқ билан сезилади. Кейин у жой шишиши, қимирлатгандан қаттиқ оғриши мумкин. Бундай ҳолларда совуқ сувга ботирилган бинт (материал билан босиб туриш, кейинроқ эластик бинт ѐки унинг ўрнини босадиган бирор нарса билан боғлаб қўйиш керак. 

 

 

4-илова

2-ўқув топшириқ

Сайрни ташкил қилишда ўқитувчининг роли?   

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал  Фан бўйича «Кластера» методи

 

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин. Шунингдек, ўтилган мавзуни мустахкамлаш, яхши ўзлаштириш, умумлаштириш ҳамда талабаларни шу мавзу бўйича тасаввурларини чизма шаклида ифодалашга ундайди. 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-илова

3. Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги.

 

Y. Туризм бўйича разрядлар ва категориялар қийинчилиги

   Спорт классификациясида туризм мустакил спорт тури хисобланади ва бошқа спорт турларидаги разрядлар бунда ҳам мавжуд. Булар қийдагилардан иборат:

   Разряд номларини кайта бажариш муддати икки йилга белгиланади ва бунда бир категория юқори нормативни бажариш талаб этилади. Туристик саѐҳатлар ва экскурсияларни ташкил қилиш қоидаларидаги талабларни бажарган туристларга разряд  берилади. Саѐҳатлар маршрут квалификация комиссияси томонидан тасдиқланган  ҳолда уюштирилган ва белгиланган талаблар тўла бажарилганда-гини хакикий хисобланади Бунинг учун:  1 категория кийинчилиқдаги саѐҳатлар ҳакида ѐзма хисобот;

 2 ва 3 категория кийинчиликлардаги саѐҳатлар ҳакида ѐзма хисобот;  4 ва 5 категория кийинчиликдаги поход учун раҳбар тўла ѐзма хисобот топширилади.

 Тегишли маршрут квалификация комиссияси томонидан тасдиқлангач, юқори органларга тавсия этилади ҳамда туризм ва экускурсиялар Марказий жамоа томонидан тасдиқланади.

   4 - 5 категорияли походларнинг бир йилда икки марта ўтказилиши мақсадга мувофиқдир.

   Туризм бўйича спорт устаси ва спорт устасига номзод унвонини олиш учун инструкторлик нормасини ҳам бажариш лозим. Шуни айтиш керакки 1 ва 2 даражали қийинчиликдаги туристик походлардан юқориси қуйи жамоалар учун бир мунча қийинчиликлар туғдириши муқаррар. Чунки махсус жисмоний ва техник тайѐргарлик, тегишли жиҳозлар билан таъминлаш ҳар бир жамоага ҳам тўғри келавермайди. Юқори даражали қийинчиликдаги походларни ташкил қилиш ва ўтказишда асосан республика миқѐсидаги терма командалари, марказий секция аъзоларигина катнашиши имконини беради.Шу сабабдан биз ўқув муассасалари, мехнат жамоаларида оммавий туризм ишларини уюштиришга доир бўлган соатларгагина тўхталамиз.

  Жамоаларда туристик саѐҳатларни мазмунли ва кўнгилдагидек ўтказиш учун қуйидагиларга амал қилиш лозим;

1.   Туризм бўйича секция тузиш ва машғулотларни режа асосида ташкил қилиш.

2.   Топографик элементларни тўла ўрганиш: кундалик режим қоидаларини туристларга сингдириш.

3.   Туристик жиҳозлар билан машқ қилиш ва жисмонан чиниқиш.

4.   Маршрутни аниқ белгилаш ва уни чуқур ўрганиш, йўл режасини тузиш, бу ишга маъсулдор кишиларнинг вазифаларини аниқлаш

5.   Тегишли йўл ҳаражатлари, туристик жиҳозларни аввалдан тайѐрлаш.

6.   Поход ва экскурсиялар давомидаги асосий талаблар билан туристларни тўла таништириш ва унга қатъий амал қилишни ўргатиш 

7.   Ўзаро хурмат, махалий кишилар мехнатини улуғлаш, этика талабларига тўла амал қилиш.

8.   Белгиланган жойларда мехнат қилиш,тарихий воқеалар ѐки далилларни (фақат) аниқлашда шошма-шашарликка йўл қўймаслик.

9.   Саѐҳат давомида барча қатнашчилар рухини кўтариш, фаоллик кўрсатганларини ўз вақтида рағбатлантириш, хисоботларни поход ва экскурсия жараѐнларида тузиш, барча ишларни қайд этиб бориш

10.         Саѐҳат учун зарур бўлган воситаларни доимо бирга олиб юриш, уларни эхтиѐт қилиш.

11.         Саѐҳат давомида музика асбоблари, радио, магниотофон, фотоаппарат, дурбин, тўп ва бошқа нарсаларнинг бўлишига эришиши зарур. 

 

 

5-илова

3-ўқув топшириқ

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал 

Фан бўйича «Бумеранг» методи

Туристик категориялар қийинчилик даражаларига таъриф? 

I

II

III

IV

V

 

 

 

 

 

 

Изох: Бу метод  технологияси танқидий фикрлаш, мантиқни шакллантиришга имконият яратади, хотирани ғояаларни, фикрларни, далилларни ѐзма ва оғзаки шаклларда баѐн қилиш кўникмаларни шакллантиради.  

 

6-илова 

Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида саволлар беради

 

1.   Походларда “Дорилар қутичаси”нинг аҳамияти. 

2.   Туристик саѐхатларнинг қандай шакллари (формалари) мавжуд. 

3.   Жарохатланганда биринчи тиббий ѐрдам кўрсатиш. 

4.   Тиббий кўрик ва шифокор назорати.  

 

Mavzu. Sayohatlarning umumiy xususiyatlari

Mavzu. Sayohatlarning umumiy xususiyatlari

Toshkentning jamolini yangiladi

Toshkentning jamolini yangiladi

SHunday bo„lsada shaharni qayta tiklashga muvaffaq bo„lishgan

SHunday bo„lsada shaharni qayta tiklashga muvaffaq bo„lishgan

Farg„ona vodiysidan keladigan poezdlar, g„arbdan esa

Farg„ona vodiysidan keladigan poezdlar, g„arbdan esa

Qo„qon, Marg„ilon, Asaka, Chust,

Qo„qon, Marg„ilon, Asaka, Chust,

Kemalarning yaratilishi va mamlakatlar o„rtasida turli xil savdo sotiq ishlari, harbiy qurollarning tarqalishi tufayli karvon yo„llariga dengiz suv yo„llari ham qo„shilgan

Kemalarning yaratilishi va mamlakatlar o„rtasida turli xil savdo sotiq ishlari, harbiy qurollarning tarqalishi tufayli karvon yo„llariga dengiz suv yo„llari ham qo„shilgan

SHuningdek, Turkiston o„lkasining savdogarlari, elchilari, solnomachilari, ijod bilan shug„ullangan iqtidorli ishbilarmonlari ham chet mamlakatlarga chiqishga muyassar bo„lishgan

SHuningdek, Turkiston o„lkasining savdogarlari, elchilari, solnomachilari, ijod bilan shug„ullangan iqtidorli ishbilarmonlari ham chet mamlakatlarga chiqishga muyassar bo„lishgan

Xulosa o„rnida aytish joizki, Buyuk

Xulosa o„rnida aytish joizki, Buyuk

Айниқса, тарихий маданий обидаларга бой бўлган

Айниқса, тарихий маданий обидаларга бой бўлган

Иш босқич- лари ва вақти

Иш босқич- лари ва вақти

Якуний босқич (10 дақиқа) 3

Якуний босқич (10 дақиқа) 3

Изох: Бу метод технологияси танқидий фикрлаш, мантиқни шакллантиришга имконият яратади, хотирани ғояаларни, фикрларни, далилларни ѐзма ва оғзаки шаклларда баѐн қилиш кўникмаларни шакллантиради

Изох: Бу метод технологияси танқидий фикрлаш, мантиқни шакллантиришга имконият яратади, хотирани ғояаларни, фикрларни, далилларни ѐзма ва оғзаки шаклларда баѐн қилиш кўникмаларни шакллантиради

Умуман, куйганда уни тез ўчириш чорасини-кўриш керак

Умуман, куйганда уни тез ўчириш чорасини-кўриш керак

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин

Изох: Бу метод ўкувчиларни фикрилаш фаолиятини жаддалаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин

Туризм бўйича спорт устаси ва спорт устасига номзод унвонини олиш учун инструкторлик нормасини ҳам бажариш лозим

Туризм бўйича спорт устаси ва спорт устасига номзод унвонини олиш учун инструкторлик нормасини ҳам бажариш лозим

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал

Янги педагогик технология методи бўйича тарқатма материал
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022