Pop tuman Xalq ta’limi
32-umum ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi
Bozarova Nargizaning
informatika fanidan 9-sinflar uchun “Shakllar chizish imkoniyatlari” mavzusiga yozgan bir soatlik
OCHIQ
1 |
Tashkiliy qism |
5 min. |
2 |
O’tgan mavzuni mustahkamlash |
10 min. |
3 |
Yangi mavzu bayoni |
15 min. |
4 |
O’tilgan mavzuni mustahkamlash |
10 min. |
5 |
Baholash va uyga vazifa |
5 min. |
Mavzu: Paskalning shakllar chizish imkoniyatlari.
Dars turi: Amaliy
Dars rejasi:
I. Maqsad: O’quvchilarni turbo paskal dasturida shakllar chizish operatorlari bilan tanishtirish va ularni dasturda qo’llashni o’rgatish;
a) Darsning ta’limiy vazifasi: O’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish, shakllar chizish dasturlarda operatorlarni qo’llash va natija olishni o’rgatish;
b) Dasrning tarbiyaviy vazifasi: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tartib intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish;
c) Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter texnikasidan foydalanish, mustaqil ishlash, fikrlash qobilyatlarini oshirish, bilim va ko’nikmalarini kengaytirish.
II. Dars uslubi: Ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi.
III. Darsning shakli: Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, electron resurslar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
V. Darsning usuli: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
VI. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) Davomadni aniqlash
c) Tozalikni tekshirish;
Darsni 7x7 metodi asosida olib boriladi. Ushbu metodda sinf ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruhda 7 tadan o’quvchi qatnashadi. Bitta o’quvchi ekspert bo’lib saylanadi .Guruhlarga sardor tayinlanadi. Sardorlar o’z guruhga nom tanlaydi.
1-variant: “BEYSIK”- beysik dasturlash tili paskal dasturlash tiliga nisbatan soddaroq, kompyuterga qo’yiladigan talablari ham ozroq. Uning o’ndan ortiq versiyasi mavjud bo’lib, 1964 yilda J.Kemeni va Tomas Kurts tomonidan yaratilgan. Lug’aviy ma’nosi “Boshlovchilar uchun belgili buyruqlardan tuzilgan ko’p maqsadli til”
2-variant: “Paskal” Xozirda keng ommalashgan dasturlash tillaridan bo’lib, 1964 yilda Syurixdagi informatika instituti mutaxasisi Nikolas Virt asos solgan. Uning xozirda yettidan ortiq versiyalari mavjud.
Har bir guruh a’zolari axborotlashtirish haqidagi qonun va qarorlardan aytishadi:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 2003 yil 11 dekabrida “Axborotlashtirish to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.
2. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 15 bob 67-moddasida ommaviy axborot vositalari haqida aytilgan: erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi.
3. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-2 son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonun ishlab chiqildi.
4. Prizentimiz aytganlaridek ommaviy axborot vositalari nech turga bo’linadi: Matbuot televideniya radio axborot agentliklari va internet saytlari bo’lib, ular to’rtinchi xokimiyat deb yuritildi.
2. O’tilgan mavzuni so’rash:
Teskor savollar:
Ekspert har bir savolni o’qib eshittiradi va kompyuterda Exsel dasturida jadval tayyorlab har bir guruhning to’g’ri javobiga 1 ball, noto’g’ri javobiga esa 0 ball bilan baholab kiritib boradi.
1-guruh:
1. Dasturlash tillari nechta guruhga bo’linadi?
2. 1-EHM “ENIAC” qaysi dasturlash tilining guruhiga kiradi?
3. O’rta darajadagi dasturlash tillarining ikkinchi nomi?
4. Paskal dasturlash tili qachon kim tomonidan ishlab chiqilgan?
5. Dasturni ishga tushiruvchi klavishlar?
6. Jadval ko’rinishdagi miqdor?
7. Kiritish operatori?
2-guruh:
1. Kompyuter tushunadigan til…
2. Paskal faylining kengaytmasi?
3. Dastur natijasini ekranga chiqaruvchi klavishlar?
4. Chiqarish operatori…
5. Ekrandagi nuqtalar soni…
6. Paskalda necha xil rangdan foydalaniladi?
7. Grafik holatdan chiqaruvchi protsedura…
Uyga berilgan vazifa bir o’quvchi tomonidan kompyuterda video proektor yordamida doskada ko’rsatildi va natija chiqarildi. Natijalar ekspert tomonidan tekshirildi. Har bir guruh vazifalarni almashgan holda tekshirib baholashdi. Ekspert bu baholarni ham jadvalga kiritdi.
VII. Yangi mavzu bayoni:
Avval ko’rdikki, nuqtalar yordamida ham, oson bo’lmasada, turli shakllar hosil qilish mumkin. Ammo Paskalning tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.
Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang – butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.
Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.
1–misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo‘lgan ko‘k rangli kesma va markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,‘‘);
SetBkColor(Yellow);
Setcolor(Blue); Line(10,10,630,200);
Setcolor(Green); Circle(300,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chizi
Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
2–misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 135o bo‘lgan qizil rangli yoy va chap yuqori va o‘ng pastki uchlari mos ravishda (10,220) va (300,400) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);
Ellipse(300,200,0,135,100,50);
Setcolor(1); Rectangle(10,220,300,400);
Readln; CloseGraph;
End.
DrawPoly(BS,KM) operatori siniq chiziq chizadi. BS – siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM – siniq chiziq sinish nuqtalarining koordinatalari berilgan massiv nomi. Agar siniq chiziq boshlang‘ich nuqtasining koordinatasi bilan oxirgi nuqtasining koordinatasi ustma-ust tushsa, yopiq soha – ko‘pburchak hosil bo‘ladi.
Paskalning turli rang va usulda bo‘yalgan shakllarni chizish operatorlari ham bor. Mazkur shakllarning chegara chiziqlari rangi biz yuqorida ko‘rgan SetColor operatori bilan tanlanadi. Ularning ichini bo‘yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang); operatori yordamida belgilanadi, bu yerda rang – tanlanayotgan rang kodi, usul – bo‘yash usuli.
Paskalda shakllarning ichini tanlangan rang bilan bir necha xil usulda bo‘yash mumkin. Bo‘yash usullari xuddi ranglar kabi butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir bo‘yash usuliga alohida konstantalar ham ajratilgan. Quyidagi jadvalda bo‘yash usullari, ularning kodlari va mos konstantalarning nomlari keltirilgan:
Bo‘yash usuli |
Kodi |
Konstanta nomi |
Fon rangi bilan bo‘yash |
0 |
EmptyFill |
Berilgan rang bilan bo‘yash |
1 |
SolidFill |
Qalin gorizontal chiziqlar bilan to‘ldirish |
2 |
LineFill |
Ingichka o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish |
3 |
LtSlashFill |
Qalin o‘ngga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish |
4 |
SlashFill |
Qalin chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish |
5 |
BkSlashFill |
Ingichka Chapga og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish |
6 |
LtBkSlashFill |
Katak chiziq bilan to‘ldirish |
7 |
HatchFill |
Og‘ma katak chiziq bilan to‘ldirish |
8 |
XHatchFill |
Quyuq og‘ma chiziqlar bilan to‘ldirish |
9 |
InterLeaveFill |
Siyrak nuqtalar bilan to‘ldirish |
10 |
WideDotFill |
Quyuq nuqtalar bilan to‘ldirish |
11 |
CloseDotFill |
Foydalanuvchi belgilagan usulda bo‘yash |
12 |
UserFill |
Bar(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan, ichi joriy rang va usulda bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
Bar3D(X1,Y1,X2,Y2,a,b) operatori joriy rang va usulda bo‘yalgan parallelepiped chizadi. Bu yerda a – parallelepiped yon tomonining uzunligi, b esa mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati “rost” bo‘lsa parallelepipedning yuqori qirrasi chiziladi, “yolg‘on” bo‘lsa chizilmaydi.
3–misol. Ichi qizil rangli qalin gorizontal chiziqlar bilin to‘ldirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak va havorang paralelopiped chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘);
SetFillStyle(2, 4); Bar(10,10,400,200);
SetFillStyle(1,9); Bar3D(100,200,350,400,50,True);
Readln; CloseGraph;
End.
VIII. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Ekranda biror shakl chizish uchun uning rangi qaysi operator yordamida tanlanadi?
2. Paskalda kesma chizish imkoniyatini amalda ko’rsatib bering.
3. Aylana qaysi operator yordamida chiziladi?
4. Ellipse operatori yordamida qanday shakllar chizish mumkin?
5. To‘g‘ri to‘rtburchak chizish operatorida x1, y1, x2 va y2 lar nimani anglatadi?
6. DrawPoly operatori yordamida qanday shakllar chizish mumkin?
7. Fon rangini o’zgartirishni amalda ko’rsating.
8. SetFillStyle yordamida qanday shakllar chizish mumkin?
9. Ichi bo’yalmagan va bo’yalgan ko’pburchak chizish usullarini izohlang.
Mashqlar
5. Qizil rangli muntazam beshburchak chizuvchi dastur tuzing.
Uses Graph;
Const bs=6;
Var gd, gm : Integer;
km : Array[1..bs,1..2] of Integer;
Begin gd:=0; InitGraph(gd,gm,''); Setcolor(4);
SetFillStyle(7,4); {usul va rang tanlandi}
km[1,1]:=300; km[1,2]:=10;
km[2,1]:=200; km[2,2]:=80;
km[3,1]:=250; km[3,2]:=180;
km[4,1]:=350; km[4,2]:=180;
km[5,1]:=400; km[5,2]:=80;
km[6,1]:=300; km[6,2]:=10;
DrawPoly(bs,km);
readln;
closegraph;
End.
Ekspert jadvaldan foydalanib har bir guruhning dars davomida to’plagan ballarini umumlashtirib, g’olib guruhni aniqlab berdi.
IX. Uyga vazifa
Darslikdagi 5- misolni dasturini tuzub, natijalarni ko’rish va tahlil qilish.
ADABIYOTLAR:
1.B.Boltayev ,M.Mahkamov ,A.Azamatov ,S.Rahmonqulova 9-sinf Informatika darsligi
2. Azlarov T.-“Informatikadan DTS”.
3. Informatika va hisoblash tеxnikasi asoslari o`quv fanidan MSNIlarni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar.Toshkеnt-2006.
4. Mustaqillik odimlari.Toshkеnt.1994 yil.
5. B.Boltaеv va bosh. –“Informatika darsliklari”. Toshkеnt-1997yil.
6. Informatika va hisoblash tеxnikasi asoslari.A.Daliеv va boshqalar.Toshkеnt-1994yil.
7. Otaxonov H.A. “Turbo paskal dasturlash tili” Namangan 2002
8. N. Toyloqov “Informatika va hisoblash texnikasi” Toshkent 2001.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.