Sil

Оценка 4.9
pdf
25.06.2021
Sil
Sil kasalligi.pdf

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi kafedrasi 12-I, 12-2, 12-3muz 20 guruida 'Sil” kasalligi mavzusida o'tkazilgan yig'ilish

BAYONNOMASI

                               O'tish joyi:                                                           406-xona

            Vaqti:                                                                   24.04.2021. soat 11:20

Qatnashdi: Buxoro shahar DSENM vrach epidimiologlari, musiqa ta'limi professor o'qituvchilari va talabalari. I .Sog'lom turmush tarzini tashkil etish.

2. ”Sil” kasalligi xaqida.

Yig'ilishni kafedra mudiri U.M.Mirshayev ochib berdi va yig'ilishga tashrif buyurgan mehmonlami tanishtirdi.

Shundan so'ng kun tartibidagi 1-masala yuzasidan musiqa kafedrasi o'qituvchisi N.E.Raxmatov so'zga chiqdi.

U o'z so'zida har bir inson sog'lom bo'lishi uchun avvalo sog'lom turmush tarzini tashkil etishi kerak ekanligini ta'kidladi.Shaxsiy gigienaga rioya qilishi lozim.Toza va ozoda yurgan inson kasalliklarga chalinmasligini aytib o'tdi.Zero xar bir insonning salomatligi o'z qo'lidadir.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan QOP shifokori so'zi tinglandi.

Sil bu - surunkali to'lqinsimon kechuvchi infeksion kasallik bo'lib, Odam organizmining deyarli barcha organ va to'qimalarini kasallantiradi. Morfologik jihatdan ekssudativ va kazeoz nekrozli yallig'lanish bilan boshlanib produktiv yallig'lanishga va granulematoz yallig'lanishga o'tib boradi. Sil kasalligi mikobakteriya tomonidan qo'zg'atiladi. Kox tayoqchasi organizmga asosan 95 % nafas yo'llari orqali, 4 % alimentar va I % teri orqali yuqadi. Klinik morfologik belgilari bo'yicha 3 xil ko'rinishda namoyon bo'ladi: l) birlamchi sil; 2) gematogen sil; 3) ikkilamchi sil.

Birlamchi sil - kasalligi asosan_o'pkada kamdan-kam oshqozon-ichakda uchraydi. Morfologik jihatdan ”birlamchi sil kompleksi” uchligi bilan namoyon bo'ladi. Bu uchlik : ”birlamchi affekt”, ”limfangit”, ”limfadenit”. Birlamchi affekt o'ng o'pkaning yuqori bo'lagida plevraga yaqin periferiyada rivojlanadi. Hajmi jihatidan o'pka to'qimasining bir atsinusi, ba'zida bir segmentiniqamrab oladi. Kasallik serozli ekssudativ yallig'lanish bilan boshlanadi, keyinchalik Kox tayoqchasi ta'sirida yallig'langan o'pka to'qimasi nekrozlanadi. Sil kasalligida kazeoz nekroz, suzmasimon ''tvorojistiy”, quruq nekroz paydo bo'ladi. Uning atrofida produktiv yallig'lanish infiltrati ya'ni epitelioid yosh makrofaglarning Pirogov-Langergans gigant hujayralarining, T-limfotsitlarning proliferatsiyasi kuzatiladi. Birlamchi affektning nekroz atrofidaproliferatsiyasi kuzatiladi. Qisqa

vaqt ichida yallig'lanish jarayoni atrof to'qimadagi lirnfa tomirJarga ko'chadi, limfangit va bronxlar atrofidagi limfa tugunlariga yetib boradi- Jimfadcnit. To'qimalarning oraliq suyuqligi limfa tornirlariga o'tadi, Oraliq suyuqlíkníng ko'payishi limfa suyuqligini ko'paytiradi. Limfadcnit -- limfoprolifcratív infiltrativ yallig'lanish kechadi. Bunga limfa javob beradi. Killerlar Koxni o'tkazmaydi, o'tkazib yuborsa gematogcn sil rivojlanadi. Gcmodialimla — cho'chqaning talog'idan foydalaniladi. Birlamchi Sil — 99% sog'ayish bilan tugaydí, 1-1,5% hollarda surunkali birlamchi Sil, ikkilamchi Sil, gematogen, limfogcn yo'l bilan tarqalib gematogen silga aylanadi. Birlamchi sil o'choqlarining bitishi bu bolalik davrida amalga oshadi. Birlamchi affcktda scrozli ckssudat so'rilib kctib kazcoz nekroz quruqlashadi. Unda 2 tuzlari cho'kadi — pctrifikatsiya, organik moddalar to'planib suyaklanadi — ossifikatsiya, atrofidagi produktiv infiltratda epitclioid hujayralar fibroblast, fibrotsitlarga aylanadi. Ular tropokollagen sintezlay boshlaydi va undan kollagen tolalar paydo bo'lib, ya'ni birlamchi affckt atrofida fibroz parda paydo fibroz parda paydo bo'ladi. Fibroz to'qima birorta to'qimaning alteratsiyasidan keyin , o'zining to'qimasi tiklanmasa biriktiruvchi to'qima, qon tomirlar va yosh to'qimadan iborat etilgan bo'lib, chandiq to'qima, skleroz to'qima, uning tarkibida retikulyar tola ko'paysa hujayralar kamayadi — fibroz parda. Keyinchalik fibroz to'qima suyak to'qimasiga aylanadi. "ossifikatsiya"_ deyiladi. Demak bunday birlamchi sil kasalligining o'chog'ini Gon o'chog'i deyiladi. Unda Kox tayoqchalari bo'lmaydi. Bunday Gon o'chog'i 20-30 yoshli kishilarda 50% ida uchraydi. 30-40 yoshlilarda 75% ida, 40 yoshdan keyin deyarli hammada topiladi. Uning kattaligi o'rtacha no'xatday.

Gematogen sil — bu sil koalligining Kox tayoqchasining hamda silga xos bo'lgan yallig'lanish jarayonining qon orqali tarqalib deyarli barcha ichki organlarni kasallantirishi. Gematogen sil 3 ta ko'rinishda uchraydi: 1) tarqoq yoki generalizatsiyalangan gematogen Sil. 2) faqat o'pkaning shikastlanishi bilan davom etuvchi gematogen Sil. 3) o'pkadan tashqari boshqa organlarning kasallanishi bilan davom etadigan gematogen Sil. 1. Tarqoq gematogen sil ayrim hollarda sil sepsisi ko'rinishida davom etadi. Bunda deyarli barcha parenximatoz organlarda mayda o'choqli yoki miliar silga xos bo'lgan tugunchalar paydo bo'ladi. Demak gematogen silning morfologik birligi bu-sil tugunchalarining paydo bo'lishi. Bunday sil tugunchalari miliar silda - mm. larda o'lchanadi. Ayrim hollarda katta o'choqli gematogen silda diametri 1-2 sm. gacha borishi mumkin. 2. Faqat o'pkaning shikastlanishi bilan rivojlanadigan sil birlamchi sildan keyin rivojlanib, yoki bolalar va o'smirlarda uchraydi. Birlamchi silning ikkala o'pkaga tarqalishi dissemenatsiyasi, bu ham miliar o'choqli va kamdan kam hollarda katta o'choqli bo'ladi.

3. O'pkadan tashqari boshqa organlarning shikastlanishi bilan davom etuvchi, bunga suyak sili, bo'g'imlar sil kasalligi, umurtqa pog'onasining sil kasalligi, endokrin bezlar sil kasalligi hamda buyrak sil kasalligi kiradi. Suyak va bo'g'imlar sili ko'pincha yosh bolalarda rivojlanib morfologik jihatdan suyak qattiq to'qimasining rezorbsiyaga uchrashi, nekroz paydo bo'lishi, atrofida esa deyarlik produktiv yallig'lanishning rivojlanmasligi bilan davom etadi va ko'pincha suyaklarning patologik sinishi bilan suyaklarning deformatsiyalanishi (lordoz, kifoz, skolioz — umurtqa pog'onasida). Buyrak usti bezi ko'pincha bir tomonlama bo'lib, morfologik jihatdan nekrozning ustun turishi bilan davom etadi va organizmda buyrak usti beziga bog'liq holda rivojlanadigan Bronza, Addison kasalligiga olib keladi.

Uchrashuv yakunida o'quvchilar shifokorlarga o'zlarini qiziqtirgan savollarini bilan murojat qilib , kerakli javoblarni oldilar .

Yig'ilish qaror qiladi

1 .Maktabda 2-4 va 5-9-sinflardan ”Sil”kasalligi mavzusida diktantlar olinsin.

2. O'qituvchi va o'quvchilarning oila a'zolariga” Sil” kasalligi kelib chiqishi va asoratlari haqidagi tushuntirishlar o'tkazilsin.

3.Sinflarda maska taqib yurish yo'lga qo'yilsin.

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi kafedrasi 12-I, 12-2, 12-3muz 20 guruida 'Sil” kasalligi mavzusida o'tkazilgan yig'ilish

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi kafedrasi 12-I, 12-2, 12-3muz 20 guruida 'Sil” kasalligi mavzusida o'tkazilgan yig'ilish

Limfadcnit -- limfoprolifcratív infiltrativ yallig'lanish kechadi

Limfadcnit -- limfoprolifcratív infiltrativ yallig'lanish kechadi

Bronza, Addison kasalligiga olib keladi

Bronza, Addison kasalligiga olib keladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
25.06.2021