Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"
Оценка 4.6

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Оценка 4.6
Научно-исследовательская работа
docx
физическая культура
Взрослым
30.06.2018
Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"
– ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik” mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish; – o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish; – o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash; – o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati; – o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni; – taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi; – o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni; – o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning hissasi; – tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni; – dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajribama’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik” mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish; – o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish; – o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash; – o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati; – o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni; – taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi; – o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni; – o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning hissasi; – tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni; – dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajrib
Документ Microsoft Word.docx
Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta. Dars jarayonidagi nazariy bilimlar o‘g‘il­qizlarni ruhiy kamolotga  yetaklab, ma’nan chiniqtiradi, ziyrakligi va zukkoligini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar  shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibini rejalashtirish, ertalabki badantarbiya mashqlarining  ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.  Amaliy mashg‘ulotlardagi jismoniy mashqlar esa o‘quvchini toblaydi, harakat imkoniyatlarini  kengaytiradi. Yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari orqali bolaning jismoniy sifatlari rivojlanib, sport  anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi. Ta’lim jarayonida ushbu jihatlarning to‘liq  namoyon bo‘lishi xalqaro nufuzli sport musobaqalarining bo‘lajak g‘oliblarini tayyorlashda asqotadi.  Demak, jismoniy tarbiya darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etish uchun har bir o‘qituvchi yanada  mas’uliyatli, yangilikka intiluvchan, ilg‘or metodlarni qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa  pedagoglarimizning zamonaviy innovatsiya va metodlarni o‘zlashtirgan holda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanishini talab etadi.  Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligi sport anjomlarining  yetarliligi va sifati bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, fan o‘qituvchisi kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik  jarayonida dastlab maktabdagi sport inventarlarining to‘liqligi hamda yaroqliligini ko‘zdan kechirib  olishi, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan ularning ta’minoti bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim.  Shuningdek, jismoniy tarbiya fanidan ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy omili — darsni to‘g‘ri tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning uchun o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:  Tayyorlov qismi — (10–12 daqiqa) o‘quvchilarni saflash, sog‘lig‘ini bilish jarayoni. Bu vaqtda  navbatchining axboroti tinglanadi. O‘quvchilarning shaxsiy gigiyenasi tekshiriladi.  Yangi mavzuga  oid texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilib, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar — saf, yurish va  yugurish mashqlari bajariladi.  Asosiy qism (20–25 daqiqa)da rejadagi mavzu bo‘yicha sport turining rivojlantiruvchi mashqlari  bajariladi. Bu vaqtda o‘quvchilarning boshqa mavzu yoki o‘yinlar bilan chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik  lozim.  Yakuniy qism — (3–5 daqiqa) dars tugashi jarayonidagi saflanish davri. Bu vaqtda o‘quvchilar nafas  rostlashi, diqqatni jamlashiga e’tibor qaratiladi. Shu asnoda mashqlarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar  rag‘batlantirilsa, darsda faolligi sezilmagan bolalarning kamchiliklari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘ng uyga  vazifa beriladi.  Jismoniy tarbiya darslari asosan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgani uchun o‘qitishda  “Musobaqa”, “Ko‘rsatmali”, “O‘yin” kabi innovatsion pedagogik texnologiya va metodlardan keng  foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:  “Musobaqa” usuli. Ushbu usulda sinfdagi o‘quvchilarni jamoalarga bo‘lib, ular o‘rtasida  spartakiadalar (quvnoq startlar, harakatli, milliy va sport o‘yinlari ko‘rinishida) tashkil etiladi. Bu usul  o‘quvchilarning harakat tizimlarini rivojlantirib, g‘oliblik uchun kurashish ishtiyoqini oshiradi.  Musobaqa tarzida tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarda ilg‘or bo‘lish, mashq va topshiriqlarni  kimo‘zarga bajarish istagini namoyon etishi bilan qiziqarlilikni ta’minlaydi.  “Ko‘rsatmali” usuli murakkabroq sport turi elementini o‘rgatish darslarida qo‘llaniladi. Bunda  o‘qituvchi biror o‘quvchi yordamida (yoki mustaqil ravishda) mashq elementini ko‘rsatib berish orqali  mavzu mohiyatini yetkazadi.  “O‘yin” usuli orqali harakatli, milliy va sport o‘yinlari texnik elementlarini bajarishda o‘quvchilarning  bevosita ishtiroki ta’minlanadi. O‘yinning mazmuni, shartlari va qoidalari tushuntiriladi. Bu usul bir qator afzalliklarga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mashg‘ulotga jalb etish, darsga  qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga biror murakkab mashqni o‘rgatishda, shu  usuldan foydalanish orqali maqsadga erishish mumkin.  Xalqimizning milliy o‘yinlari, muayyan hududlardagina saqlangan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni  targ‘ib etish, mashg‘ulotlarda qo‘llash ham jismoniy tarbiya darslarini mazmunan boyitadi. Jumladan,  “Otib qochar”, “Qotdi”, “Ot­ arava”, “Ot o‘yini”, “Qidirib top”, “Janbil”, “Danak”, “Yong‘oq o‘yini”, “Mo­ mo­momo”, “Xo‘roz­xo‘roz”, “Bekki tosh”, “Tepa kurash”, “Cho‘p ot”, “Taqir­tuqir qayrag‘och”, “Oltin  darvoza”, “To‘g‘nog‘ich”, “Do‘ppi yashir”, “Chavandoz”, “Qo‘riqchi”, “Dahanaki jang”, “Chumchuq  tushdi boshimga”, “Qo‘shiqning boshi”, “Do‘ppi tishlar”, “Davraga kir”, “Chig‘iriq”, “Chortak”, “Arqon  o‘yin”, “Tosh o‘yin” kabi o‘yinlar bolajonlarning chaqqonlik, ziyraklik xislatlarini rivojlantiradi.  Quyida keng tarqalgan milliy o‘yinlardan misol keltiramiz.  “G‘isht urish” o‘yini. Bunda 4 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etadi. O‘yinda g‘ishtning ostiga o‘quvchilar  o‘zlariga tegishli zarqog‘ozlardan bittadan qo‘yadi. G‘ishtning oldida  turib, navbatma­navbat  qo‘llaridagi toshni uloqtiradilar. Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan  joyda turib, birinchi bo‘lib g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib zarqog‘ozlarga ega  bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchilarda murosa, bir­birining qarorini hurmat qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik, chaqqonlik kabi fazilatlar  shakllanadi.  “Chiziq bo‘ylab” o‘yini. Yerga dor kabi chiziq chiziladi. Ishtirokchi chiziq ustida turadi. Ko‘zlari  boylanadi. U mayda qadamlar bilan chiziq ustida yurishi kerak. Agar o‘quvchi chiziq ustidan  oxirigacha adashmay yurib borsa, o‘yinda g‘olib hisoblanadi.  O‘yin o‘quvchilarda diqqatni bir joyga jamlash, kutilmagan vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, mo‘ljalni  aniq ola bilish, tana muvozanatini maromida ushlash, mutanosib harakatlanish ko‘nikmalarini  shakllantiradi.  Xalqimizning bolalarni ziyraklik, chaqqonlikka o‘rgatuvchi milliy o‘yinlari bisyor. O‘qituvchining  pedagogik mahorati, kasbiy malakasi hamda xalq o‘yinlaridan nechog‘lik xabardorligi  mashg‘ulotlarning yanada qizg‘in o‘tishida seziladi. Demak, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik asnosida  xalq o‘yinlari borasida ham izlanish olib borish zarur.  Avgust kengashlarida o‘tgan o‘quv yilida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish borasida uchragan muammo  va murakkab mavzularni muhokama qilish zarur. Bu jarayonda amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan  o‘qitish va bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan istiqbolli — keyingi o‘quv yilida samaradorlikka  xizmat qiladigan takliflar bildiriladi.  Anjumanlarning sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:  1) O‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va 2015­2016­o‘quv yiliga  mo‘ljallangan vazifalar;  2) Yangi takomillashgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hamda tavsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq  etish masalalari;  3) Mavjud sport seksiyalari ishini takomillashtirish, ulardan oqilona va samarali foydalanish usullarini  tatbiq etish;  4) Sport jihozlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasi; 5) “Umid nihollari” sport o‘yinlariga iqtidorli sportchi­o‘quvchilarni tayyorlab borish va maktablarda  hududiy sport bellashuvlari, musobaqalar tashkil etish.     Ijtimoiy fanlar tc "Ijtimoiy fanlar"  Tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi kabi fanlar( keyingi  o‘rinlarda ijtimoiy fanlar )ning o‘quvchilar ta’lim­tarbiyasida o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan,  o‘quvchilarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash,  mustaqillikni asrash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida o‘stirishda ushbu fanlar  muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu fanlarni mukammal egallasa, o‘zligini anglaydi, faol fuqarolik  pozitsiyasi shakllanadi, turli muammo va kutilmagan vaziyatlarda oqilona yo‘l tutish ko‘nikmalari  shakllanadi.  Ushbu fanlarga oid darsliklar yangi o‘quv yilida qator yangiliklar bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib  bormoqda. Jumladan, joriy yilda 1­, 4­sinflarning “Odobnoma” kitobi, 5—6­sinf “Vatan tuyg‘usi”, 7­,  8­, 9­sinflar uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda 5­sinf “Tarixdan hikoyalar”  darsliklarining yangi avlodi yaratildi. Darsliklar zamon talablari asosida takomillashtirildi.  5­sinf “Tarixdan hikoyalar” (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov va boshqalar) darsligidagi  statistikaga oid ma’lumotlar yangilandi. Darslik mavzulariga Prezidentimiz Islom Karimovning 2014­ yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “ O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy  merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro  konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasi mazmuni singdirildi. Shuningdek, darslikdan Ikkinchi jahon  urushi bilan bog‘liq mavzular, O‘zbekistonning bugungi kundagi tashqi siyosati strategiyasining  mazmuni singdirilgan matnlar ham o‘rin oldi.  Milliy istiqlol g‘oyasi turkumidagi fanlarga oid darsliklar ham yuqorida tilga olingan  ma’ruza mazmuni bilan boyitildi. Darsliklar dizayni va illustratsiyalari yangilandi.  O‘qituvchining izlanuvchanligi, darslarga ijodiy yondashishi — o‘qitish samaradorligiga erishishning  muhim omili. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishda muallimdan izlanuvchanlik,  o‘quvchilarni qiziqtiruvchi metodlardan unumli foydalanish talab etiladi. O‘qitish sifat va  samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:  Og‘zaki bayon qilish usuli. Bunda hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, analitik syujet  metodlarining uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan holda badiiy va tarixiy adabiyotlardan samarali  foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jarayonda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati ham  shakllanadi, rivojlanadi.  Dars jarayonida har bir sinfning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning  mustaqil ijodiy ishlashini tashkil qilish usuli. Bunda tarixga oid manbalar — adabiyotlar, hujjatlar,  ko‘rgazmali vositalardan foydalaniladi. Shuningdek, ko‘rgazmalilikka tayangan metodlar, shartli­ grafik illustrativ ko‘rgazmalilik, suratlar tahlili, rasm ishlash, kontur xaritani to‘ldirish, amaliy  mashg‘ulotlarda qirqish, model va maketlar tayyorlash, mehnat qurollarini tayyorlash, tarixni  o‘rganishda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish darslarning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.  Bu borada tarix fani o‘qituvchilariga amaliy­metodik yordamni tashkil etish maqsadida 8—9­sinflar  uchun “O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitish yuzasidan A.Zamonov muallifligida metodik majmua tayyorlandi. Darslik bilim berishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, undan samarali foydalanishda  o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklanadi. Jumladan, ijtimoiy fanlarni o‘qitishda ham darsliklarning  asosiy vazifalari quyidagilar ekanligini unutmaslik lozim. Darslik:  ­       axborot manbai;  ­       fan bo‘yicha bilimlar tizimi;  ­       o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsiyalash, majburiy o‘quv materiali yig‘indisi;  ­       bilimlarni nazorat qiluvchi;  ­       fanni mustaqil o‘rganish vositasi;  ­       shaxs shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda tarbiyalovchilik vazifasini amalga oshiradi.  Shuning uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda darslik bilan muntazam ishlash  ko‘nikmasini ham shakllantirib borishi zarur.  O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:  – dars turlari va tuzilishini aniqlab olish;  – dars — o‘quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli ekanligiga e’tibor qaratish;  – zamonaviy dars, unga qo‘yiladigan talablarni bilish va unutmaslik;  – darslar mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishiga erishish;  – ta’lim­tarbiya jarayonining maxsus shakllari, dars samaradorligini oshirishning muhim omili  ekanligini yodda tutish.  O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari — kiyinishi, o‘zini tutishi, nutq madaniyati, gap ohangi va boshqa omillar ham darsga ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu jihatlar o‘qituvchining dars berish kasbiy mahorati,  tarbiyachilik faoliyati, baholash mezonlari bilan uyg‘unlashsa, ta’lim sifat va samaradorligi yanada  ortadi.  Ta’lim jarayoniga interfaol usullarni joriy etishda o‘quvchilarning o‘zaro hamda o‘qituvchi bilan faol  muloqoti yuzaga keladi. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun muallim guruhlarda ishlashning  «Muayyan pozitsiyani egallash», «Muammolar daraxti”, “Matritsa”, “Zanjir” kabi va boshqa  ommalashgan, interfaol usullardan foydalanishi tavsiya etiladi.  Jumladan, “Muammolar daraxti” usulida yaxlit bir muammo olinadi. Masalan, guruhlarda  o‘quvchilarning bo‘sh o‘zlashtirishi yoki DTS talablari bajarilmasligi masalasi ko‘riladi. Jarayonda  ushbu muammoning kelib chiqish omillariga e’tibor qaratiladi. Bunda muammolarning sababini  aniqlash maqsadida nima uchun? nimaga? nega unday bo‘ldi? sababi nimada?, kim sababchi? kabi  savollar o‘rtaga tashlanadi. Har bir savolning javobi ko‘rsatilib, tahlil qilinadi. So‘ng zarur qaror qabul  qilinadi.  Alohida­alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning bog‘liqlik tomoni “Zanjir” usuli orqali bir­ biriga ulab chiqiladi. Ularning yechimlari tahlil etilib, umumlashtiriladi.  O‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy muammoga bag‘ishlangan (odam savdosi, ommaviy  madaniyat, kiyinish madaniyati kabi) seminarlar tashkil qilish, referatlar (ilmiy ishlar) yozish ham  o‘g‘il­qizlarda mustaqil fikrlash, vaziyatga o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi.  Shulardan kelib chiqib, an’anaviy avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etishda quyidagi  masalalarga to‘xtalish tavsiya etiladi:  – o‘quvchilarda kompetentlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlarining tajriba­ sinov ishlari natijalari va kelgusidagi vazifalar;  – 2015­2016­o‘quv yilida nashr etilgan darsliklar va ulardagi yangiliklar bilan o‘qituvchilarning  tanishib, darslarga tayyorlanib borishi;  – mustaqillik darslarini mazmunli tashkil etish;  – mustaqillik darslarida o‘quvchi­yoshlarga hozirgi tinch, osoyishta kunlarning qadriga yetish,  keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos azaliy fazilat ekani xususida tushunchalar berish. Ushbu jihatlar jamiyatning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisi  sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani haqida tushunchalar berib, “Sen  muqaddassan, Vatan!”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!”, “Ona yurt o‘g‘lonlari”, “Milliy g‘oya,  mafkura va yoshlar”, “Qudratli davlat farzandlarimiz!”, “O‘zbekiston kelajagi bizning qo‘limizda!”,  “Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim!” mavzularida mustaqillik darslarini tashkil etish;  – dars samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, uning usullari, maqsad  va vazifalarini aniq belgilash;  – o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omillaridan biri — pedagogik jamoalar o‘rtasida  muntazam dars tahlilini yo‘lga qo‘yish;  – o‘quvchi­yoshlarda yuksak ma’naviy­axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni vatanparvarlik  ruhida tarbiyalash;  – umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mavzuga  taalluqli asar va ma’ruzalari mazmunini ochib berish;  – ma’naviy­ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik”  mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish;  – o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish;  – o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash;  – o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq  farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati;  – o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni;  – taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi;  – o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni; – o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning  hissasi;  – tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni;  – dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajriba).

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"

Статью на тему "Jismoniy tarbiya darslarida yangi innovatsiyalar"
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
30.06.2018