СУВГА ЧИДАМЛИЛИГИГА КЎРА ЎСИМЛИКЛАР ҚАНДАЙ ГУРУХЛАРГА БЎЛИНАДИ?
O’simliklar ekologiyasi - o’simliklarning tashqi muhit bilan aloqasi to’g’risidagi fan bo’lib, o’simliklar shakllarini paydo bo’lishiga ayrim faktorlarning yoki ularning birgalikdagi ta’sirlarini o’rganadi. O’simliklarni tashqi muhitning biror faktoriga nisbatan ekologik guruhlar ajratiladi. O’simliklarning tuzilishiga tuproqning va , havo namligining hamda yorug’lik kabi muhim faktorlar ta’sir etadi. Bu faktorlarga o’simliklar turlicha moslashadi, shuning uchun kserofitlar yoki ssiofitlar (soya sevar o’simliklar) tashqi – gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega. O’simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios - hayot, morfo - shakl) deganda o’simliklarning ontogenez davrida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan o’ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi. Gabitus birinchi nabdatda o’simliklarni er ustki va er ostki kabi vegetativ organlarning o’ziga xoso’sish xususiyatlariga bog’liq.
O’SIMLIKLARNI NAMLIKKA BO’LGAN MUNOSABATIGA KO’RA QUYIDAGI GURUHLARGA BO’LINADI.
1) Kserofiқtlar (kseros - quruq; fiton - o’simlik) - tuproq va havoda doimiy
yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan o’simliklar.
2) Mezofitlar (mezos - o’rtacha) namlik etarli bo’lgan joylarda o’sadigan
o’simliklar.
3) Gigrofitlar (gigra - nam) tuproqda havo namligiga nisbatan ko’proq nam
bo’lgan erlarda o’sadigan o’simliklar.
4) Gidrofitlar (gidra-suv) suv muhitiga moslashgan o’simliklar. Bu
o’simliklar suvga yarim botib yashaydilar.
5) Gidatofitlar – butunlayiga suvga botib yashovchi o’simliklar.
Gidatofitlarga elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi o’simliklar kiradi. Bu o’simliklarning ba’zilarining ildizlari xovuzlarning tubidagi loylarda yopishib o’sadi, ba’zilari suvda suzib yuradi. Faqat gullash vaqtida to’pgullari suv yuzasiga chiqadi. Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning kam bo’lganligi sababli qiyinlashadi. Suvni harorati qancha baland bo’lsa shuncha suvda shuncha kislorod kam bo’ladi. SHuning uchun gidatofitlarning organlarini yuzasi umumiy massasidan qo’p bo’ladi, ularning barglari juda yupqa bo’ladi. Masalan elodeyaning barglari faqat 2 qator hujayralardan tashkil topgan, ba’zi barglari ipsimon bo’laklarga bo’lingan ham bo’ladi. Suvda botib o’sadigan o’simliklarga yorug’lik kamroq etib boradi, shuning uchun gidatofitlarda soyasevarlik xususiyatlari ham bor. Epidermasida esa fotosintezga qatnashuvchi xloroplastlar mavjud. Epidermasida kutikula bo’lmaydi yoki juda yupqa bo’lib suvning kirib chiqishiga halaqit bermaydi. SHuning uchun suv o’simliklari, suvdan chiqazganda suvini butunlayiga yo’qotib bir necha minutda qurib qoladi. Suv havoga nisbatan zichroq shuning uchun suv o’simliklarni ushlab turadi. Bu guruh o’simliklarining to’qimalarida yirik hujayra oraliqlari mavjud bo’lib gaz bilan to’lib yaxshi ko’rinadigan ayrenximani hosil qiladi. SHuning uchun suvda
yashovchi o’simliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik to’qimaga muhtoj emas. O’tkazuvchi naylari mutlaqo bo’lmaydi yoki juda sust rivojlanadi, ular suvni butun tanasi bilan shimadi. Hujayra oraliqlari faqat suvda suzishini ta’minlabgina qolmasdan gaz almashinish joyi hamdir. Kunduzi fotosintez vaqtida ular kislorod bilan to’ladi, qorong’ida esa kislorod to’qimalarning nafas olishi uchun sarflanadi, nafas olganda ajralib chiqqan karbonat angidridi tunda hujayra oraliqlarida to’planadi, kunduzi fotosintezga qatnashadi. Ko’pchilik gidatofitlar vegetativ yo’l bilan ko’payadilar.
Aerogidatofitlar. Oraliq guruhi o’simliklari hisoblanadi. Bular ham gidatofitlar bo’lib, barglarning bir qismi suv yuzasida suzib hayot kechiradi (ryaska, kuvshinka). Sariq kubishkaning barglaridagi ustьisalar faqat bargning ustki epidermasida (1 mm2 da 650 dona) bo’ladi. Mezofillida palisad parenxima juda yaxshi rivojlangan. Barg yaprog’ida va bandidagi og’ischa va keng hujayra oraliqlaridan kislorod ildizpoya va ildizga boradi. Gidrofitlar, hovuzlar atrofida o’sadigan o’simliklardir (qamish, shaker qamishi, qirqbo’g’im). Bu o’simliklar hovuzlar tubidagi loylarda ko’psonli qo’shimcha ildizlarga ega bo’lgan ildizpoyalari hosil qiladi. Suvning yuzasiga
ularning barglari yoki bargsiz poyalari ko’tarilib chiqadi.
Gidrofitlarning barcha organlarida hujayra oraliqlari mavjud bo’lib, suvga botib turgan organlarini kislorod bilan taminlaydi. Ko’pchilik gidatofitlar shakllangan joyiga qarab turili tuzilishdagi barglarni hosil qilishi mumkin. Masalan suvda yashovchi nayzabarg o’simligining suv ustiga chiqib turgan barg plastinkalari nayzasimon shaklda bo’lib mezofillida palisad hujayralar yaxshi
rivojlangan, barg plastinkasida va bandida havo bo’shlig’i bo’ladi. Suvga botgan barglarda bargplastinkasi va bargbandi rivojlanmasdan uni o’rniga ingichka lentasimon o’simtalar paydo bo’lib, ichki tuzilishi gidatofit o’simliklar barglari tuzilishga o’xshash bo’ladi. Xullas bitta o’simlikda oraliq shakldagi barglarni ham uchratish mumkin.
Gigrofitlar. Bu guruh o’simliklar nam etarli bo’lgan erlarda o’sadi ya’ni botqoqlarda, zax, o’rmonlarda. Bu o’simliklar suvga muhtoj emas. SHuning uchun ularda transpirasiyaning susaytiradigan ayrim moslashish belgilari bo’lmaydi. Masalan: medunisa (Pulmonaria)o’simligining barglari epidermasi yupqa po’stli va yupqa kutikula bilan qoplangan. Ustьisalari epiderma hujayralari bilan bir tekisda yoki ulardan balandroq joylashgan, ba’zi epiderma hujayralari siyrak tirik tuklarni hosil qiladi. Nam atmosferada transpirasiyaning jadalligi poya bo’ylab moddalarning xarakatini yaxshilaydi.
O’rmonda o’sadigan o’simliklarning tuzilishi soyasevar o’simliklar tuzilishiga o’xshash bo’ladi.
Kserofitlar. Bu guruh o’simliklar tuproq va havoda namlikning tanqisligiga qarab turlicha moslashish belgilarini hosil qilgan. Bu moslamalar transpirasiya jarayonida kam suv bug’latishga qaratilgan.
Kserofitlar morfologik jihatdan turli hayotiy shakllarga ega bo’lgan o’simliklar bo’lib ular orasida ko’p vaqtlar tanasida suv saqlab turishga moslashgan barg va poya sukkulent o’simliklari ham uchraydi ko’p vaqtlar tanasida suv saqlab turishga moslashgan. Bu guruh o’simliklari yanada barglarini turlicha shakl o’zgartirib qisqartgan (bargsiz, mayda bargli, barg va poya o’rniga tikonlarning hosil bo’lishi ya’ni kladodii, filloklodiy, fillodiyalar kabi). Kserofitlarning ko’pchiligining barglari dag’al qalin kutikula bilan yoki barglari va poyalari qalin tuk bilan qoplangan bo’ladi. Bunday o’simliklar sklerofitlar (yunon. skleros - dag’al) yoki sklerofillashgan o’simliklar deyiladi.Anatomik tuzilishlari transpirasiyani kamaytirishga moslashgan. Kserofitlarning anatomik tuzilishiga ya’ni kseromorf belgilariga qarab ularning yashash joylari to’g’risida xulosa chiqazish mumkin. Kseromorf belgilar epidermada yaxshiroq ko’rinadi. Ularning tashqi hujayra po’sti kuchli qalinlashadi. Qalin kutikula epidermani ustiki tomonidan qoplab ustьisa tirqishigacha kirib boradi. Epidermaning ustki tomonida turli shakldagi donacha, tayoqcha, tangacha barglar kabi ajraluvchi mum qavatlari paydo bo’ladi. Bu belgilardan tashqari turli qoplovchi tuklar, trixomalar uchrab transpirasiyani kamaytiradi.
Crassula falcata – bargini ba’zi epiderma hujayralari ustki tomonida kuchli o’sib pufakchasimon o’simtalarni hosil qiladi va ular o’zaro birikib bargning ustida qo’shimcha himoya qavatini paydo qiladi. Bu o’simtalarning ichi suv bilan to’lgan bo’lib, bargni qizib ketishidan saqlab transpirasiyani pasaytiradi. Kserofitlar uchun ustьisalarining kriptalar deb nomlanuvchi chuqurchalarda joylashishi xarakterlidir. Kriptalar (chuqurcha)ning ichida juda ko’p ustьisalar va
tuklar bo’lib bargdagi suv bug’larini atmosferaga chiqishga to’sqinlik qiladi. Kserofitlarning bargning ichki tuzilishi mayda hujayralardan tashkil topib kuchli sklerifikasiyalashadi hujayra oralig’i deyarli bo’lmaydi. Kserofitlarning ichida to’qimalar kuchli yog’ochlangan – ya’ni sklerifikasiyalashgan o’simliklarni sklerofitlar deyiladi. O’simliklarning turli organlari yoki to’qimalari sklerofitlashishi- yog’ochlashishi mumkin.
Sklerenxima to’qimasi o’simlik tanasida o’tkazuvchi boylamlar atrofida ayrim-ayrim guruhlar hosil qilib yoki tutash qavat hosil qilib joylashadi. Bir pallali o’simliklarning barglari suvni kam bug’latishga turlicha moslashib o’ralgan ichiga qayrilgan bo’ladi ustьisalar bargning ustki tomonida joylashadi. Bargning ustki tomoni taroq shaklida bo’lib har bir chuqirchasida katta
yupqa po’stli tirik motor hujayralar joylashadi. Bu hujayralar barglarning o’ralib, yozilib turishi uchun xizmat qiladi. Agar barglarida suv etarli bo’lsa mator hujayralar hajmini kattalashtirib barg yoziladi, bargda suv etishmasa mator hujayralarning hajmi kichiklashib barg o’ralib qoladi.
O’rta Osiyoning cho’llarida va boshqa yozi quruq, issiq bo’ladigan joylarda o’sgan juzg’un (Calligonum) saksovul (Haloxylon), efedra (Ephedra) va boshqa ko’pgina butalarga barglarini qisqartirish xos hususiyatdir.
Bu o’simliklarning fotosintezga poyalari qatnashib, barglari yaxshi rivojlanmaydi yoki erta bahorda to’kilib ketadi. Poyasida epidermaning tagida palisad hujayralari yaxshi rivojlangan. Kserofitlarning er ustki qismi bilan birgalikda er ostki qismi ham yaxshi rivojlanib, juda chuqur o’sib er osti suvidan foydalanadi. Ba’zi kserofitlar ko’p sonli vaqtinchalik ildizlar hosil qilib, ozgina yog’gan yomg’ir suvlaridan foydalanadi.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.