SUZISH SPORTINING RIVOJLANISH TARIXI
Оценка 4.7

SUZISH SPORTINING RIVOJLANISH TARIXI

Оценка 4.7
pdf
18.09.2022
SUZISH SPORTINING RIVOJLANISH TARIXI
2-Modul.pdf

            2-  MAVZU: SUZISH  SPORTINING RIVOJLANISH TARIXI

       Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga suzish sportining rivojlanish tarixi vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

              Tayanch iboralar:  O'zbekistonning federatsiyaga a'zo bo'lishi, birinchi suzish havzalari, O'zbekiston birinchiligming o'tkazilishi, Olimpiya o'yinlariga kiritilishi, hozirgi zamon olimpia o'yinlari dasturi, mashhur suzuvchilar, O'zbekistonda suzish federatsiyasi tuzilishi, O'zbekistonda birinchi suzish musobaqasi, jahon fedeatsiyasining nomi, jaxon federatsiyasining tashkil qilinishi.

              Reja.

1.Suzish sportining rivojlanish tarixi 

2.   Suzish sportining vazifalarini 

3.   Suzish sportining  umumiy mazmuni 

        Suzish qadim o’tmishdan rivojlanib klgan bo’lib, buning rivojlanishiga suvli hududlarda (dengiz, ko’l va daryo sohilarida) yashagan avliodlarimiz asosa solishgan. Ularning hayot tirikchiliklari suv bilan bog’liq bo’lganligi sababli suvga sho’ng’ish,  va suv ostida uzoq vaqt turish kabi ko’nikmalarni o’zlashtirmasdan ilojlari yo’q bo’lgan,

       Bundan tashqari doimo harbiy yurishlar qilishgan, bunda turli to’siqlar qatori suvliklardan o’tishga to’g’ri kelgan, bu esa o’z navbatida  suzish ko’nikmalarini o’rganishni talab qilgan.

   Ilk davlat shakkalanishi bilan harbiy kundalik ro’zg’or imkonlarida suzish ham shakkalana brogan.

              Grek jamiyat asoschilaridan Sofokl shunday ko’rsatma bergan, yoshlarni tarbiyalash jarayonida suzishga ham e’tiborni qaratish kerak. Uning buyuk ta’limotiga ko’ra –“KImki o’qish bilan birga suzsihni ham bilmasa”, - u madaniyatsiz inson hisoblanadi.

         Shuning uchun  ham qadimgi slavayanlar  o’ta usta suzuvchi bo’lishgan.       Ijativskiy solnomasida yozilishicha  kiyevlik suzuvchi  1680 yillarda dnepr daryosidan suzib o’tib knyaz  Svyatoslavga dushman bostirib kelayotganligi haqida xabar bergan, XVIII asr boshlarida ilk  “Suzishni o’rganuvchi o’quv guruhlar”  tashkil etilgan. Bu ishlarda Pyotr Ining xizmati katta bo’lgan. Rossiyaning harbiy o’quv yurtlarida asosiy fanlar qatorida  suzishni ham o’rganish majburiyati qo’yilgan. XVII asrning II –yarnida o’quv yurtlarida suzishni o’rgatish takomilashdi. Bu davrda buyuk rus sarkardasi A.V.Suvorov  jangchilarining jismoniy va harbiy tayyorgarliklari bilan bir qatorda  ularning suzish tayyorgarliklariga ham katta e’tibor qaratdi. Chunki suzish ko’nikmalari harbiy yurishlar vaqtida suvliklardan kechuv vaqtida ahcha qo’l kelgan.

    XX asr boshlariga kelib suzish maktablari  yangidan shakllana boshladi va suzish bo’yicha jamiyat barpo etildi. 1908 yil peterburg  yaqinidagi  Shuvalov  doctor Peskovning  sayi harakatlari bilan Rossiyada  birinchi suzish maktabi ochilgandan keyin 1910 yil Boku va Chernigovda , 1914 yili Nikolayev shaxrida  suzish maktablari, 1908 yilda esa Rigada  Riga suzuvchilar jamiyati tashkil topdi. 1923-1925 yillar mobaynida suzish texnikalari ustida bir qancha ilmiy va amaliy ishlar qilindi. 1925-yil Moskva jismoniy tarbiya institute suzish bo’yicha

L.V.Gerkan dars o’tish bilan birga, suzsih sportining amaliyot nazariyasi bo’yicha kattagina o’quv qo’llanmalari ishlab chiqdi.

     1925-1930 yillarda  O’zbekistonda  suzish sportining rivijlanishiga endigina e’tibor qaratilayotgan davr edi. Buni 1928-yilda o’tkazilgan SSSR xalqlarining Ispartakiadasida  16ta jamoa ichida O’zbekistonning 15-o’rinni egallashi  O’zbekistonda hali  suzish sportiga  yetarli  e’tibor berilmaganligining isboti edi.          Suzishning rivojlanish tarixi shuni ko’rsatadiki: suzishning takomillashuvi  ham jismoniy tarbiyaning boshqa turlari kabi umumiy rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot bosqichlari jarayoni bilan butundir. Uning ommaviyligini oshib borishi, sportdagi ko’rsatkichlarning o’sihi, turli sohalarda uni qo’llanishi imkoniyatlarining kengayishi, turlarning paydo bo’lish va doimo yangiliklar kiritishi bilan suzish jadal sur’atda o’sib bormoqda.

Sportcha suzishlar texnikalarining  rivojlanishi tarixi

              Krol usulida ko'krakda  suzish texnikasini rivojlanishi. Ko'krakda suzish-

suzishning tez va ommalashgan usullaridan biridir. Bu usul olimpiada programmasiga ko'ra 10 turga 8 ta shaxsiy birinchilik va 2 estafeta musobaqasiga ajratiladi.

        Ko'pgina mamlakatlarda ko'krakda suzish sportchilarni tayyorlashda ularning qaysi suzish usulini tanlashidan qat'i nazar boshlang'ich ta'lim va umumiy suzish programmasiga kiritilgan. Ko'krakda suzish suzishning asosiy usullardan biri sifatida XX asr boshlarida qo'llana boshlandi.

1908 va 1912 yillardagi olimpiada o'yinlarida ko'krakda suzish usulini tugallangan variantini birinchi bo'lib avstraliyalik suzuvchilar qo'llashgan. Ular ko'krakda suzishning to'rt va ikki zarbli usuli texnikasidan foydalanganlar. Bunda suzuvchi boshini suv sathidan yuqorida tutishi, qo'llarirJ tirsakdan bukib tez va qisqa etishi, oyoqlarini tizzadan bukib panjalari bilan kuchli depsinish (bunda sonlar jipslashgan va harakatsiz holda bo'ladi) bilan farq qilgan.

        Qizlar krolning ikki zarbli suzish texnikasini takomillashtira oldilar. Ular 1974 yil boshlarida 800 m va 1500 m masofaga suzib, jahon natijalarini oshirishdi. Ayollardan farqli o'laroq, uzoq yillargacha krolning ikki zarbli texnikasida birorta ham ko'zga ko'rinarli erkaklar vakili uchramadi. Faqat 1973 yilgi Jahon chempionatida 14 yoshli avstraliyalik o'quvchi S.Xolland bu texnikani qo'lladi, xolos. Mexiko olimpiadasida barcha sakkizta shaxsiy musotfaqalar programmasiga ko'ra erkin usulda suzish g'oliblari orasida olti zarbli usulni qo'llagan birorta ham sportchi bo'lmadi. " Myunxen olimpiadasida olti zarbli krolni qo'llagan sportchilar ustun kelishdi. Ulardan 8 tasi musobaqa sovrindori, shu jumladan beshtasi oltin medal (estafeta hisobga olinmaydi) sovrindorlari bo'lishdi. AQSh komandasidan erkaklar orasidan erkin usulda ikkita estafetaning g'olibi M.Teyler krolning 4 zarbli usulini qo'lladi. Boshqa hamma sportchilar 6 zarbli krol bilan suzdilar. Hatto M.Teylor ham 200 m masofaning finish chizig'ida 6 zarbli ,'usulga o'tdi. Shunga o'xshash holat 1973 yilgi Belgrad Jahon chempionatida . ham qaytarildi. Bu yerda faqat g'olib, italiyalik ayol N.Kolligaris 800 metr masofaga ham va avstraliyalik S.Xolland 1500 metr masofaga krolning kam zarbli    texnik variantini qo'llashdi. Myunxen va Belgradda krolning ikki va to'rt zarbli variantidan foydalangan ko'pgina sportchilar kumush va bronza medali sovrindorlari bo'lishdi.

Krol usulida chalqancha suzish texnikasining  rivojlanishi.

           Chalqanchasiga suzish birinchi marta programmaga 1904 yilgi olimpiada o'yinlarida kiritilgan. Bu usulda 1924 yildan boshlab ayollar ham musobaqalasha boshlashgan. Erkaklar va ayollar uchun olimpiada masofalari 100 metr edi. 1964 yilgi Tokio olimpiadasi davrida erkaklar uchun 100 metr masofa 200 metrga o'zgartirildi. 1968 yilgi olimpiada uyinlaridan boshlab erkaklar va ayollar ikki masofada 100 metr va 200 metrda musobaqalasha boshlashdi. Hozirgi zamon krol usulida chalqancha suzish texnikasining vujudga kelishi 1936 yil olimpiada chempioni, amerikalik A.Kifer, yaponiyalik suzuvchilar oyoqning aktiv harakatini va gavdaning tekis holatini o'zlashtirdi.

Sobiq sovet sportchilari A.Alyoshina va N.Borisov urushgacha bo'lgan davrda krol usulida chalqancha suzish texnikasini yaxshi o'zlashtirgan edilar. 1935 yilda ularning 400 metr masofaga suzishga erishgan natijalari jahon ko'rsatkichidan yuqori ya'ni 6.07,2 va 5.24,3 edi. Urushdan keyingi yillarda chalqancha suzish takomillasha bordi. Ko'pgina suzuvchilar 1948 yilgi olimpiada o'yinlaridan keyin qo'lni tirsak bo'g'inidan bukib esha boshlashdi (qo'liar faqat eshishning ikkinchi yarmida bukiladi va rostlanadi) bu esa suzish tezligini oshiradi.

Brass usuli haqida ma'lumot.Brass mustaqil sportga suzish usuli sifatida III olimpiada o'ynlarida (1904 yil Sent Luis) namoyon bo'ldi. IV olimpiadada 200 mefcga va XIX olimpiada uyinlari programmasiga 100m masofaga shu usulda suzish kiritildi. Brass usulida suzish texnikasi rivojanishining tarixi uch bosqichdan iborat: Birinchi bosqich (1904-1935 yillar) oyoq harakati qo'l harakatidan samaraliroq deb hisobimgan. Oyoq harakatining samarasini oshirish uchun imkom boricha ularni keng yozish va tizza bo'g'imidan bukish 3tavsiya qilingan. Eshish qo'llarni bukmasdan keng yozilgan holda yonga, gorizontal yuzada harakatlantirib bajarilgan. Umuman oyoq va qo'l harakatlari koordinatsiyasining alohida bajarilishi (qo'llarning eshish harakatidan so'ng oyoqlar birlashtirilgan) qisqa vaqtli pauza (sirpanish) va eshish paytida nafas olish bilan harakterlangan. 

30-yillar boshlarida brass usulida suzuvchilar klassik uslubning asosiy elementlarini namoyish qilganlar. Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishida aylana bo'ylab eshishi va qo'liar eshish harakatining boshlanishida nafas olinish bilan harakterlangan. Musobaqa qoidasi takomillashmaganligi sababli qo'liar bilan songacha eshish, qo'llarni havodan olib o'tish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.

      Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida (19351953  yillar) yangi suzish usuli «batterflyay» kelib chiqdi. Natijada oldingi brass istiqbolsiz bo'lib qoldi.

      1953 yili musobaqa qoidalariga aniqlik kiritildi. Xalqaro suzish federatsiyasi qarori bilan brass va batterflyay mustaqil sportcha suzish usuli sifatida ajratildi. 1953 va 1954 yillari sovet suzuvchisi V.Minashkin 100 m masofaga brass usulida suzishda jahon rekordini uch marta yangiladi. (1,11,9 1.11,2) u qo'l va oyoq harakatlari orasidagi pauzani yo'qotib, ikki siklda bir marta nafas olish bilan harakatlarni tez sur'at bilan bajardi. 60-yillar boshida brassning yangi varianti vujudga keldi. Sobiq sovet suzuvchisi G.Prokopenko, amerika sportchisi U.Malliken va Ch.Yastremski, yapon suzuvchisi K.Isakilar brassning yangi, tezkor variantini boshlab berdilar. Bu variantda gavda yuqori holatda tutilib, nafas olish eshishning oxirida bo'lar, oyoq harakatlari qisqa amplitudada va yuqori sur'atda o'tkazilar edi.

       Sobiq sovet suzuvchilari G.Prozumenshchikovaning texnikasi ham ishonchli, maqsadga muvofiq, samarali bo'lgan. Shuningdek N.Papkin, A.Chozaytis, M.Koshevaya, M.Yurchenya, L.Rusanova, Yu.Bogdanova, L.Kachyushite, S.Varganovalar suzish maktabining yaxshi an'analarini davom ettirdilar. Qisqa amplitudadagi eshish harakati, qo'l va oyoq, harakatlaridagi pauzaning yo'qligi, eshish oxirida tez nafas olinisht katta kuch va yuqori sur'at-zamonaviy brass texnikasiga xos hislatlar ana shular bilan harakterlanadi.

     Batterflyay (delfm) usuli haqida ma'lumot.  Batterflyay usulida suzishning kelib chiqish va rivqjlanishi brass usuli bilan bog'liq. 1928 yilgi IX Olimpiada o'yinlarida birinchi marta filippinlik T.Indelfons songacha eshish harakatini narnoyish qilib (200m-2.56,4), bronza raedali sovrindori bo'lgan. 1934 yili sobiq sovet suzuvchilari V.Uvarov, D.Vladimirovlar burilish devoriga yaqinlashganda qo'llarini havodan olib o'tishni qo'llashdi. Shundan boshlab batterflyay nomi kelib chiqdi. 1935 yil fevralida amerikalik E.Xiggins 100 m ga birinchi marta batterflyay usulida suzib 1.10.8 natija bilan jahon rekordini 1,6 sekundga yaxshiladi. Brassning varianti ustida sovet suzuvchilaridan S.Boychenko va L.Meshkovlar ish olib borishdi. 1935 yilning kuzida S.Boychenko 100 m ga batterflyay usulida suzib, 1.08,0 natija bilan yangi jahon birinchiligini qo'ldan boy berishmadi. Batterflyayning ustunligi XV olimpiada o'yinlarida (1952) ma'lum bo'ldi. 

 

 

Bu 200 m final suzishlarida ishtirokchilarnin? batterflyay usulini qo'llashiga olib keldi.  Shu sababdan 1953 yil yanvardan boshlab xalqaro suzish federatsiyasi qarori bilan batterflyay mustaqil suzish usuli sifatida ajratilib , oyoq harakatlarini vertika! yuzada yuqoridan pastga yo'nalishda bajarishga ruxsat berildi.

      Batterflyay texnikasining keyingi takomillashgan varianti venger suzuvchisi D.Tumpek nomi bilan bog'liq. U oyoq harakati tarzini o'zgartirib, 1954 yili jahon rekordini -1.02,0 qo'iga kiritdi. Batterflyay usulida suzish texnikasining tezkor usuli «delfin» deb nomlandie Bunda gavda va oyoqlar vertikal yuzada to'lqinsimon harakatni bajargan. XVI Olimpiada o'yinlarida (1956) hamma sportchilar delfm usulida suzgan. Keyin (1957-1960) sportcha suzish usuli batterflyay (delfin) texnikasi rivoj lantirildi.

Tayanch iboralar

Hozirgi zamon olimpiya dasturi, suzishning olimpiya o'yinlariga kiritilishi, jahon suzish federatsiyasi, sportcha suzish turlariga o'zgartirishlar kiritilishi, yangi suzish turlarining kelib chiqishi.

 

         Nazorat  uchun savollari.

1.   O'zbekistonda dastlabki  suzish inshootlari qachon paydo bo'ldi?

2.   O'zbekistonda   suzish   bo'yicha   jumhuriyat Federatiyasi qachon tuzildi?

3.   O'zbekistonlik sportchilar sportcha suzish bo'yicha qanaqa muvaffaqiyatlarga      erisliganlar?

4.   Mustaqillik davrida suzish sportiga e'tibor kuchayganligi to'g'risida nima     bilasiz?

 

       Foydalanilgan adabiyoilar

1.   Герхард Левин.Плавайте с малышами.М.1987

2.   CSobirova. Suzish sa'natini o'rgan. - T: <<Meditsina>>, 1988 .

3.   Y.Tatigirov, A. N. Levitskiy Suzish. - T: «Meditsina», 1986.

4.   Программа по плаванию и методике преподавания. - М: 1988 .

5.   Н.Дж.Булгакова, Плавание. -М: «ФиС»,1984. 6.0.Sobirova . Suzish. T.,«Ibn Sino» nashriyoti, 1993 

MAVZU: SUZISH SPORTINING RIVOJLANISH

MAVZU: SUZISH SPORTINING RIVOJLANISH

XX asr boshlariga kelib suzish maktablari yangidan shakllana boshladi va suzish bo’yicha jamiyat barpo etildi

XX asr boshlariga kelib suzish maktablari yangidan shakllana boshladi va suzish bo’yicha jamiyat barpo etildi

Myunxen olimpiadasida olti zarbli krolni qo'llagan sportchilar ustun kelishdi

Myunxen olimpiadasida olti zarbli krolni qo'llagan sportchilar ustun kelishdi

Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishida aylana bo'ylab eshishi va qo'liar eshish harakatining boshlanishida nafas olinish bilan harakterlangan

Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishida aylana bo'ylab eshishi va qo'liar eshish harakatining boshlanishida nafas olinish bilan harakterlangan

Bu 200 m final suzishlarida ishtirokchilarnin? batterflyay usulini qo'llashiga olib keldi

Bu 200 m final suzishlarida ishtirokchilarnin? batterflyay usulini qo'llashiga olib keldi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
18.09.2022