С.Жалил ижодий фаолияти
Оценка 4.9

С.Жалил ижодий фаолияти

Оценка 4.9
Документация
doc
музыка
СCУЗ, ВУЗ
25.06.2022
С.Жалил ижодий фаолияти
Малака иши
Малака иши С.Жалил.doc

Mavzu: 10-sinf o’quvchilariga jo’rnavoz bilan S.Jalil qayta ishlagan “Arab raqslari” asarini o’rgatish

MUNDARIJA

 Kirish.

I-bob S.Jalilning ijod yo‘li xamda bastakorning asarlarida qashqar rubobi cholg‘usining tutgan o‘rni.

1.1. Qashqar rubobi cholg‘usining takomillanishi va ijro uslubi nazariyasi.

1.2. S.Jalilning ijodi va yaratgan asarlariga nazar

 

II-bob. “Arab raqslari” asarini moxiyati va uni jo‘rnavoz bilan ijro etishning axamiyati

2.1.  “Arab raqslari” asarini jo‘rnavoz bilan ijro etishni rivojlantirish imkoniyatlari

2.2. Qashqar rubobi cholg‘usida ijrochilik amaliyoti.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


 

Kirish.

Bugun yurtimizda har bir sohada buyuk o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash borasida katta marralar sari intilmoqdamiz. Dunyo miqyosida o‘ta murakkab bir vaziyat bo‘lib turgan zamonda har birimiz bo‘layotgan islohotlar borasida o‘z ulushimizni qo‘shish sari shijoat qilishimiz lozimdir.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi        393-sonli Qarori asosida zamonaviy va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan, jismonan baquvvat, aqlan etuk, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash va bu kadrlarga tayanib mamlakatamizda olib borilayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va jamiyat qurilishi jarayonini jadallashtirish, davlatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashini ta’minlash, Vatan istiqboli, Millat g‘ururi, Mamlakat kelajagi yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalash va voyaga etkazish vazifalarini qo‘yadi. Shu maqsad yo‘lida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan hozirda ta’limni modernizatsiya qilishga, zamon talablaridan kelib chiqqan holda islohatlarni olib borishga katta ahamiyat berilmokda.

O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni munosib darajada kelajak avlodga yetkazish azal-azaldan ijrochilik an 'analarining ustoz-shogird qabilida amalga oshirib kelinayotgan mezonidir. Ustoz-shogird an 'anasi asosidagi an'anaviy musiqa sabog'ini ta'lim tizimida qaror topishi zamonaviy ta'limning eng ahamiyatli bosqichlaridan hisoblanadi. Buni uzluksiz ta'lim tizimi doirasida shakllantirish, hamda uni har bir bosqich talablari asosida tartiblash avvalo bilimli mutaxassis tayyoriashni zamini, qolaversa barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ijrochilik masalalari uzoq muddat shug'ullanishni va shunga mos munosabatni talab etadi. Albatta, cholg'u ijrochiligida uning texnik o'zlashtirish darajalarini ta'limning boshlang'ich va o'rta bo'g'inlarida o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Muhimi, ijrochi kasbni o'zlashtirish jarayonida asarni ham tarkiban, ham ma'nan idrok etishi va tushungan holda talqin etish ko'nikmalarini hosil qilishi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shu bilan birga ustoz-shogird an'anasini o'zlashtirish va fazilatlarini saboq jarayonida shakllantirish sozandalar uchun juda ahamiyatlidir. Uning eng muhim bosqichi ustozlik  an'analarini idrok etishdan iborat.

Musiqa - inson xis tuyg‘ulariga ta'sir etadigan o‘ziga xos sexrli olamdir. U insonga ruxiy quvvat beradi, yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Yoshlarni musiqaga oshnoligi ularga yuksak ma'naviyatini qaror toptirishda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz azalda betakror  qadryatlari, umrboqiy an'analari va urf-odatlari, xususan, boy va beqiyos musiqa san'ati bilan dovrug‘ taratgan. Elimizdan ko‘plab xushovoz xofizlar, iste'dodli xonandayu - sozandalar yetishib chiqqan. Xozirda xam mamlakatimizda musiqaga, san'at va kuy-qo‘shiqqa qiziquvchan iqtidorli yigit-qizlar juda ko‘p. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida  ta'kidlab o‘tganlaridek, vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jaxon xamjamiyatidagi obru - e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib - o‘sib,  ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib xayotga kirib borishga bog‘liqdir.  Yuqoridagi ta'kidlangan so‘zlarga asoslanib shuni aytish joizki, xozirgi kun yoshlari, mamlakatimiz ilm-fan, san'at, madaniyat va ma'rifat, texnika soxalaridagi xamda ma'naviy taraqqiyoti yo‘lida o‘zlarining bevosita xissalarini qo‘shib, mamlakatimiz va xalqimizni yuksalishi yo‘lida sobitqadamlik bilan chuqur izlanishlar olib borishlari lozim. Yangi jamiyat asoslarini qurayotgan bir vaqtda yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga shubxasiz ilm - fan taraqqiyoti juda katta axamiyat kasb etadi.    

Mustaqillik sharoitida xalqning ma'naviy madaniyatni  rivojlantirish va mustaxkamlash ishlari, muxim davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Uzluksiz ta'limni islox qilishning tashkiliy,  ilmiy va metodik asoslari yaratildi. Ta'lim tizimida yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Ularning ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat bilan uzviy bog‘liq. Yosh avlodning xam mumtoz, xam zamonaviy milliy musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalaridan baxra olish uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, an'anaviy va interaktiv usullar uyg‘unligidan foydalangan xolda zamonaviy metodikalar orqali olib borish maqsadga muvofiqdir.

Mavzuninig   dolzarbligi

Xozirgi davrda fan va ma'daniyatni eng so‘ngi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni xayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nixoyatda  zarurdir. O‘quvchilaga ta'lim-tarbiya berish jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish.Sharq muttafakkirlarni dono fikr-muloxazalridan, shuningdek, jaxon umumiy insoniy qadryatlaridan foydalanish zarur.

E'tiborli jixati shundan iboratki, keyingi yillarda yoshlarimiz nafaqat mamlakatda o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etishmoqda, balki xalqaro miqyoslarda  xam e'tiborga sazovor bo‘lishmoqda. Albatta qo‘lga kiritilayotgan bu yutuqlar yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish, musiqa va san'at rivoji uchun keng imkoniyatlar yartib berish yo‘lidagi ezgu ishlarning amaliy ifodasidir. 

O‘zbekiston Respubliasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xuddi ana shu jixatlarni e'tiborga olgan xolda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha  5ta muxim tashabbusni ilgari surdi.

 Bu tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini nomoyon qilishlarini zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlrni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Bu tashabbuslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va maxalliy xomiylarni jalb etgan xolda, madaniyat markazlarida badiiy-xavaskorlar jamoalari, yoshlar teatr studiyalari va ,,Yoshlar klublari,, tashkil qilish zarurligi takidlandi.  Musiqa va san'at soxasida oliy ma'lumotli kadrlarini ko‘paytirish masalasiga xam e'tibor qaratilgan.

Men aytmoqchimanki, biz ustozlar xammamiz bir bo‘lib bu soxani rivojlantirishga, kamchiliklarni yakdil bo‘lib bartaraf etishga intilishimiz, bolalarimizning-millatimiz farzandlarimizning-komil inson darajasida tarbiya olishlari uchun, yartilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishimiz shart. Bu bizning Vatan oldidagi fuqarolik burchimizdir, insoniylik burchimizdir. Biz xar birimiz bunga astoydil o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozim.

Mavzuni o‘rganilganlik darajasi:

Sayfi Jalil ijodi xaqida ma'lumotlarni o‘rganish. O‘zbek  kompozitorlari va ularning asarlari xaqidagi ilmiy va ommabop ma'lumotlarni to‘liq o‘rganishdan iborat

Malakaviy ishning maqsadi:

S.Jalil asarlari mazmuni; asarlarini yaratilish tarixi va tematik o‘ziga xosligi va yangiligi nuqtai nazaridan tahlil qilishni malakaviy ishimizning asosiy maqsadlaridan biridir.

Malakaviy ishning vazifalari:

1. S.Jalilning ijod yo‘li xamda bastakorning asarlarida qashqar rubobi cholg‘usining tutgan o‘rni.

2. Qashqar rubobi cholg‘usining takomillanishi va ijro uslubi nazariyasi.

3. “Arab raqslari” asarini moxiyati va uni jo‘rnavoz bilan ijro etishning axamiyati

4. 10-sinf o’quvchilariga jo’rnavoz bilan S.Jalil qayta ishlagan “Arab raqslari” asarini asarini ijro qilishni o‘rgatish  metodikasini ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishimizning vazifalaridan biri sanaladi.

 

Malakaviy ishning ob'ekti:

10-sinf o‘quvchilariga o‘tiladigan maxsus fan darslari, S.Jalilning asarlarini magnit yozuvlari va uning ijodi xamda xayoti keltirilgan manbalar malakaviy ishimizning ob'ekti.

  Malakaviy ishining predmeti:

Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qashqar rubobi sinfi o‘quvchilariga S.Jalil qayta ishlagan “Arab raqslari”  asarini ijro qilishni o‘rgatish uslublarini metodikasining mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish.

Malakaviy ishning nazariy axamiyati shundan iboratki, bo‘lajak sozandalarini tarbiyalash jarayonida ularni kompozitor ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning o‘zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan musiqasida tutgan o‘rni xaqida ma'lumotlar berish va mavzu yuzasidan ilmiy izlarishlariga o‘rgatish imkonini beradi.

Malakaviy ishining  amaliy axamiyati: O‘quvchilarni ixtiisoslashtirilgan  san'at maktabida taxsil olayotgan jarayonida egallagan nazariy bilimlarning amaliyotga tadbiq qilishni o‘rgatishdan iborat. Malakaviy ishimizda S.Jalil qayta ishlagan “Arab raqslari” asarini o‘rgatish orqali dars o‘tishning o‘ziga xos yangi uslublarni ishlab chiqish, dars jarayoniga bevosita tadbiq etishning amaliy axamiyati benixoya katta.

Malakaviy ishning tuzilishi:

Malakaviy ishning tarkibiy ishning tarkibiy qismi;

Kirish; ikki bob, to‘rt mavzu, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.


 

I-bob S.Jalilning ijod yo‘li xamda bastakorning asarlarida qashqar rubobi cholg‘usining tutgan o‘rni.

1.1. Qashqar rubobi cholg‘usining takomillanishi va ijro uslubi nazariyasi.

XX-asrning birinchi yarmidan boshlab o‘zbek musiqa ijrochiligi taraqqiyotida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shulardan biri 1943-yilda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida o‘zbek xalq cholg‘u sozlarini takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tajriba laboratoriyasining ochilishi bo‘ldi. Unga 1943 – 1948-yillarda I.Akbarov (1909 – 2002) direktor, V.Uspenskiy (1879 – 1949) mudir va A.Petrosyans (1910 – 1979) ustaxona mudiri etib tayinlandi. Natijada, professor A.I.Petrosyans raxbarligida ko‘pgina cholg‘ular takomillashtirilib qayta ishlandi, cholg‘ular oilasi, ularning yangi turlari, shu jumladan ruboblar oilasi xam tajriba sifatida yaratildi. YA’ni rubob cholg‘usi asosida ushbu cholg‘uning rubob prima, messo soprano va alt turlari paydo bo‘ldi. Sozgar usta S.E.Didenko (1911 – 1988) tomonidan ishlangan rubob prima cholg‘usi yuqori registrdagi tovushlarga, katta tovush diapazoniga va keng ijrochilik imkoniyatlariga ega bo‘lib, mizrob bilan chalinadigan sozlar sirasiga kiradi. Rubob primaning torlari to‘rttaligi, ularning barchasi metalldan ishlanganligi cholg‘uda o‘zbek xalq musiqasi namunalari, O‘zbekiston kompozitorlari asarlari bilan birga jaxon kompozitorlik ijodi namunalarini xam ijro etish imkonini beradi. An’anaviy qashqar ruboblari kosasi tut daraxti yog‘ochidan o‘yib ishlangan bo‘lsa, yangi yaratilgan ruboblar kosasi yog‘och qovurg‘achalarni birlashtirib yasala boshlandi. Rubob prima kosasi xam yog‘och plastinkalardan, dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlanadi. Kosasiga baliq terisi qoplanadi. CHolg‘u torlarini tutib turishi uchun kosa tagiga to‘rtta ilmoqlar o‘rnatiladi. Kosa bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki tomonida shoxsimon fason qulog‘i mavjud bo‘lib ular o‘ziga xos bezak vazifasini o‘taydi. Torlar rubobning bosh qismiga o‘rnatiladigan mexanik quloqlarga taqiladi va cholg‘u dastasining boshidagi shayton xarrak xamda kosaga qoplangan baliq terisi ustida joylashgan xarrak («Xarrak» – cholg‘u torini tutib turuvchi moslama orqali ilmoqlarga o‘tkaziladi. SHayton xarrak va teri ustidagi xarrak torlarning dasta uzra muayyan balandlikda joylashishini ta’minlaydi. Xarrak yumshoq yog‘ochdan bo‘lmasligi, aksincha qattiq pishiq va sifatli bo‘lishi lozim. CHunki xarrak tovush sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rubob prima dastasi 24 ta metall plastinkalar bilan bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi o‘zaro masofa parda deb yuritilidi. Pardalar sozning bosh qismidan kosasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10, 12, 14 raqamli pardalarga o‘ziga xos bo‘lgan, turli ko‘rinishdagi plastmassa yoki sadafdan ishlangan bezak – belgilar o‘rnatilgan bo‘lib, ular soz dastasida notalar joylashishini aniqlashda yordam beradi.

Rubob -torlu cholgʻu asbobi Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbektojikuygʻurafgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi.

Qashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi.

Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.

Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi.

Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin.

Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan.

 

1.2. S.Jalilning ijodi va yaratgan asarlariga nazar

SAYFI JALIL (taxallusi; asl ismi sharifi Jalilov Jalil) (1932.20.6, Samarqand 2003.11.2, Toshkent) — kompozitor, sozanda, dirijyor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977). O‘zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1967). O‘zbekdavlat filarmoniyasi xalq cholg‘u asboblari orkestri sozandasi va dirijyor (1950—66), «SHodlik» ansambli badiiy rahbari (1970—71), konservatoriyada o‘qituvchi (1967 y. dan), prof. (1990 y. dan), kafedra mudiri (1992 — 98). Ijodini lirik qushik/tr («Kel, ertaroq», «Ona yurtim» va b.), romanslar («Ayt», «Kechalar yulduz sanab» va b.), kamercholg‘u va orkestr pesalar, syuita va kvartetlardan boshlagan. Keyinchalik, simfonik orkestr uchun yaratgan «Toshkent manzaralari» (1966), «Qalam qoshligim» (1967) musiqali komediyasi, «Navoiy Astrobodda» (1967, YU. Rajabiy b-n) musiqali dramasi va, ayniqsa, tanbur va o‘zbek cholg‘u asboblari orkestri uchun «Qalbimda» poemasida o‘zbek an’anaviy bastakorlik uslubini evropacha kompozitorlik ijodiyoti tamoyillari bilan uzviy uyg‘unlashtirishga erishgan. Skripka va orkestr uchun 2 konsert (1974, 1995), O‘zbekistonda birinchi violonchel va orkestr uchun konsert (1975), 2 ta simfoniya (1978, 1983), «Zebunniso» (1986) va «Malikai ayyor» (1987) operalari, «SHarq freskalari» (1988) baleti muallifi. «Laqma», «To‘lanoy», «YUlduzlar jamoli», «SHayton muridlari», «Kampir ketarmish» kabi asarlari bilan o‘zbek musiqali komediyasi va dramasi rivojiga katta hissa qo‘shgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1979).

Professional musiqa san’atini egallash maqsadida Sayfi Jalil 1948-yilda Hamzda nomidagi Toshkent bilim yurtiga kiradi. Bu dargohda u bira to’la ikki ixtisoslik bo’yicha, avval g’ijjak sinfida S. Gabrielyants va M. Asiloda bir yidan so’ng kompozitorlik bo’yicha B.F, Gienkoda ta’lim oladi. Yosh S.Jalil 1949- yili M. Qoriyoqubov nomidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestriga g’ijjakchi bo’lib ishga kiradi. Mazkur jamoada u ijrochilik bilan birga ijod qilib, o’zbek shoirlarining she’rlariga qo’shiq va ashulalar bastalay boshladi. Uning baxtiga shu orkestr konsert dasturlarida Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Kommuna Ismoilova, Klara Jalilovalar ham qatnashar edilar. Sayfiddinning lirik qo’shiqlarini ular mohirona ijro etishganda tomoshabinlar qizg’in kutib olishardi.

1952- yili Sayfi Jalil musiqa bilim yurtini o’zbek xalq cholg’ulari va 1953- yilda kompozitsiya bo’yicha bitirib, qadrdon orkestrida g’ijjakchi- konsertmeyster, keyinchalik dirijor bo’lib ishladi. Bastakorlik professional mahorati yetarli emasligini sezib, 1959- yili Toshkent davlat konservatoriyasini kampozitorlik fakultetida o’qishga kiradi. U dastlab B.Nadejdin sinfida, so’ngra B.F.Gienkodan kompozitsiya , A.F. Kozlovskiydan cholg’ulashtirish bo’yicha ta’lim oladi.

S. Jalil konservatoriyani 1967-yilda simfonik uvertyura diplom ishi bilan tugatgach, turli janr va mavzularda milliy asosdagi asarlar yarata boshladi. U qo’shiq qatorida musiqali drama, komediya , opera, kino musiqasi va boshqa murakkabroq shakl va janrlarda asarlar yaratdi.

Quyida ijodiga mansub asarlar nomi jamlangan jumladan:

“ Toshkent manzaralari” 5 qismli syuita (1967), Skripka va simfonik orkestr uchun konserti (1971),  Violonchel va simfonik orkestr uchun konserti(1975), “Samarqandnoma” simfoniyasi (1977), “G’azal” kuyi skripka uchun, “ Ekspromt” f-no va skripka uchun pyesa, “ Lirik vals” skripka va violonchel unison ansambli, “ Majnun monologi” simfonik orkestr uchun, “ Xoreografik syuita”, “ Muhabbat sinovi”,  “Dutorchi qizlar” ansambli uchun qo’shiqlar

Qo’shiqlari:

“Ey yor, hush kelibsiz”, “ Kelmasa kelmasun netay”, “ Senga bir gap aytaman”, “ To’yga keldik, to’ylaringiz muborak”, “ Xonu vasling”, “ Pari ro’yim”

Romanslari:

“ Kechalar yulduz sanab”, “ Vatanimga qo’shiqlar aytay”, “ Ko’zim tushdi o’sha ohuga”, “ Noz etma”, “ Benavo qilding meni”, “Birinchi va’da”

Sahnaviy asarlar

“Farhod va Shirin”, “ Shirmon buloq”, “ Kachap polvon”, “ Qalam qoshligim”, “ To’lin oy”, “ Alisher Navoiy Astrabodda”, “ Laqma”, “ Anvar va Ra’no”, “ Tong qizi”, “Yulduz jamoli”, “ Shayton muridlari”, “ Kampir ketarmish”, “Zaharli hayot”, “ Zebuniso”, “Muhabbatnoma”, “ Malikai ayyor” shular jumlasidandir.

Kompozitor 1967- yildan buyon Toshkent davlat konservatoriyasida muallimlikdan kafedra mudiri, professor lavozimlariga qadar bo’lg’usi yosh bastakorlarga ustozlik qildi.

Kompozitor Sayfi Jalil “ O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi”, “ O’zbekiston xalq artisti”, “ El-yurt hurmati” ordeni, “ Respublika Davlat mukofoti”  Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

 


II-bob. “Arab raqslari” asarini moxiyati va uni jo‘rnavoz bilan ijro etishning axamiyati

2.1.  “Arab raqslari” asarini jo‘rnavoz bilan ijro etishni rivojlantirish imkoniyatlari

Dars o‘tish murakkab ijodiy mehnat jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchi bilan dars o‘tishni boshlaganda, avval uyga berilgan vazifani o‘quvchi ijro etayotganda xatoga yo‘l qo‘ysa ham uni to‘xtatmasdan oxirigacha eshitib olish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish va tushuntirish hamda to‘g‘rilash ishlari berilgan asarni qayta ijro etish jarayonida bajariladi.

O‘qituvchi tushuntirish ishlarini qashqar rubobida ijro etib ko‘rsatish bilan uzviy bog‘langan holda dars o‘tishi shakl va uslubiy jixatdan to‘g‘ri olib borilayotgan ishdan dalolat beradi. SHunda o‘quvchining darsga bo‘lgan diqqat va e’tibori to‘la jalb etiladi hamda unga qiziqishi ortadi. Dars o‘tish jarayonida uy vazifasini tekshirish muhim ahamiyatga egadir. Mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi har darsda ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy masalalarini amalga oshirish uchun muayyan bosqichda ayniqsa eng qulay bo‘lgan va natija beradigan vositalarini tanlaydi.

Qashqar rubobi sozi beshta tordan iborat bo‘lib:

1-2 torlari  bir xil sozlanib fortepianodagi LYA birinchi oktava notasiga;

3-4 torlari  bir xil sozlanib fortepianodagi MI birinchi oktava notasiga;

5 tori  fortepianodagi LYA  yoki si kichik oktava notasiga sozlanadi.

Qashqar rubobini o‘rganishda avval «lya» va «MI» torlarida chalishni o‘zlashtirish tavsiya etiladi. Qashqar rubobda o‘quvchining texnikaviy ijrochilik mahoratini rivojlantirishda gamma, arpedjio, turli mashq va etyudlarni muntazam ravishda o‘rganib, ijro etib borish katta ahamiyatga egadir. Gamma, arpedjio, mashq va etyudlar ustida ishlash jarayonida ijrochilikning sifatiga, mizrob (mediator)ning mayin harakatiga va uning yumshoq ijrosiga, tovushning nafisligiga, ritmni aniq his etishiga, barmoqlarning  aniqliligiga, pozitsiyalarning erkin almashinuviga ayniqsa musiqaviy sado (intonatsiya) ning aniqliligiga va hokazolarga e’tibor berish zarur.

SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki ko‘p holda birinchi sinf o‘quvchilarining 3-4 barmoqlari kuy ijrosi vaqtida dasta tagida bo‘lib qoladi, bu xato albatta. Bu xatodan holi bo‘lish uchun o‘quvchiga asar tanlayotgan vaqtda o‘qituvchi o‘quvchiga 4 barmoq bilan boshlanadigan asar tanlashi kerak. SHu bilan birgalikda chap qo‘lning bosh barmog‘iga katta ahamiyat berish zarur. Bosh barmoq yotgan holda emas, balki tik holatda bo‘lishi shart.

O‘quvchi uchun o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quv materialini yonlab o‘tmay, balki o‘quvchida bunday qiyinchiliklarni engishga ko‘nikma hosil qilish, o‘zlashtirishda yaxshi natijalarga olib keladi. Faqat engil o‘quv materiallari ustida ishlash esa o‘quvchining murakkab texnik ijrochilik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, ma’lum darajada uning umumiy musiqaviy ijrochilik rivojlanishini cheklab qo‘yishi mumkin. Har bir o‘quvchining asosiy imkoniyatlariga qarab o‘qituvchi unga aniq vazifa berishi va uning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib bormog‘i maqsadga muvofiqdir.

Tovush to‘lqinlanishi (vibratsiya) xarakteri ham qashqar rubobi ijrochisining ijrochilik maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqir. Tovush to‘lqinlanishini ijro etayotganda, mushaklarning ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaslik, tovush to‘lqinlanishini hosil qilish malakasini o‘zlash-tirishdagi muhim omildir.

Musiqa asarini o‘rganishga kirishishdan avval o‘rganilayotgan asarni tahlil etish yuzasidan o‘tkaziladigan muntazam mashg‘ulotlar o‘quvchining ijrochilik kamolotida katta rol o‘ynaydi. Masalan: yangi asarni o‘rganishdan avval o‘quvchini musiqa asarining kalit oldi belgilari, qaysi tonallikda yozilganligi, asarning musiqa bezaklari, uning dinamik belgilari va boshqalar bilan tanishtiriladi. Musiqa asarining murakkab joylari  o‘quvchiga tushuntiriladi va hokazolar...

YAngi asar berilayotgan vaqtda o‘qituvchi avvalam bor ushbu asarni o‘quvchiga o‘zi jo‘rnovoz bilan birgalikda aniq ijro etib berishi maqsadga muvofiqdir.

Notani varaqdan o‘qish va tahlil etishda o‘quvchining musiqa bilimini oshirish uchun shaxsiy o‘quv rejasidagi asarlardan tashqari ularga turli mazmundagi bir necha musiqa asarlarini varaqdan o‘qish vazifasi topshiriladi. Mutaxassislik sinfida notani varaqdan o‘qish ishlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga har tomonlama yordam beradi. SHu sababli o‘quvchi ikkinchi sinfdan boshlab notani varaqdan o‘qishni o‘rgana borishi zarur. Nota nomlarini varaqdan o‘qish va tahlil etish bir biriga bog‘liqdir.

O‘qituvchi o‘quvchiga varaqdan o‘qish va taxlil etish uchun tegishli musiqa asarlarini puxta o‘ylab tanlashi kerak, bunda o‘quvchilarning darsga qiziqishi va talablarini, qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish malakasini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga intilish hissini o‘yg‘otish zarur.

 

 

2.2. Qashqar rubobi cholg‘usida ijrochilik amaliyoti.

O‘quvchining musiqa bilimini oshirish uchun shaxsiy o‘quv rejasidagi asarlardan tashqari ularga turli mazmundagi bir necha musiqa asarlarini varaqdan o‘qish vazifasi topshiriladi. Mutaxassislik sinfida notani varaqdan o‘qish ishlari o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga har tomonlama yordam beradi. SHu sababli o‘quvchi ikkinchi sinfdan boshlab notani varaqdan o‘qishni o‘rgana borishi zarur. Nota nomlarini varaqdan o‘qish va tahlil etish bir biriga bog‘liqdir.

O‘qituvchi o‘quvchiga varaqdan o‘qish va taxlil etish uchun tegishli musiqa asarlarini puxta o‘ylab tanlashi kerak, bunda o‘quvchilarning darsga qiziqishi va talablarini, qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘quvchilarning ansambl va orkestrda ijro etishlari ham notani varaqdan ongli ravishda to‘g‘ri va tez tahlil etish malakasini rivojlantirish uchun ularga musiqa adabiyoti bilan mustaqil tanishishga intilish hissini o‘yg‘otish zarur.

O‘quvchi o‘z o‘qituvchisining ko‘rsatma va fikrlariga ko‘r-ko‘rona  ergashib  bo‘ysunishi  emas,  balki  biror  masala yuzasidan o‘zining shaxsiy munosabatini ijro orqali bildira olishi kerak. O‘qituvchi rahbarligida o‘tiladigan darsning  ahamiyati katta, lekin bu ish o‘quvchining mustaqil ishlari muhimligini inkor  etmaydi,  O‘quvchining  mustaqil  mashg‘ulotiga  sarf bo‘layotgan  vaqtini  bekor  o‘tkazmasligini  o‘rganib  borish kerak.  Buning  uchun  o‘quvchiga  mustaqil  mashg‘ulotni qanday  tashkil  qilish,  nimalarga  ko‘proq  e’tibor  berish kerakligini tushuntirish lozim. Vaqtdan ratsional va umumli foydalanish mustaqil ishlash asosi prinsiplaridan biri bo‘lishi zarur.

Asosiy  prinsiplaridan  yana  biri  mashg‘ulotning muntazamligidir.  Ijroni  o‘rgatishning    dastlabki  davridan boshlab o‘quvchida muntazam mustaqil ishlashni ko‘nikmasini hosil qilish zarur. Odatda, muntazamlikka erishish qiyin bo‘lsa ham,  bunday  mashg‘ulotlar  asta-sekin  odat  tusiga  ko‘rib borishi maqsadga muvofiqdir.

Musiqa asarini o‘rganishda ma’lum bir cholg‘uning partiyasi bilan birgalikda ijro etiladigan fortepiano partiyasini puxta o‘rganish zarur.

Fortepiano bilan birga ijro etishni musiqa asarini o‘zlashtirish jarayonida boshlagan ma’qul.  Shunda ijrochi o‘z partiyasini o‘zlashtirish bilan bir qatorda fortepianoda ijro etiladigan partiyani ham o‘ziga singdirib boradi. Ba’zi sozandalar o‘z partiyalarini oxirigacha o‘zlashtirib bo‘lganlaridan keyingina fortepiano  bilan  birgalikda  ijro  eta  boshlaydilar.  Bu  hol cholg‘uchi uchun birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Cholg‘u  va  fortepiano  ijrosi  uchun  yaratilgan  musiqa asarlarini  kuzatsak,  unda  quyidagi  va  o‘xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba’zi musiqa asarlarida fortepiano cholg‘uchi (solist)ga jo‘r bo‘lish vazifasini  bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg‘u bilan fortepianoning partiyalari bir-birga teng va ma’lum darajada mustaqil xarakterga ega bo‘ladi. Birinchi  xolda  kuyni  boshqarib  borish  asosan  cholg‘uchi (solist)ga  yuklatilgan  bo‘lib,  fortepiano  faqat  jo‘rlik (akkompanement)  vazifasini  o‘taydi.    Bunda  solist  ijro etayotgan  kuy  mustaqil,  ijrosi  fortepianosiz  ham  ma’lum darajada tugallangan bo‘ladi. Bunday musiqa asarlari o‘zining tuzilishi bo‘yicha nisbatan oddiy bo‘lib, ulardan  ta’limning boshlangich davrlarida foydalanish mumkin.  Lekin bundan o‘quvchi sozanda fortepiano partiyasiga e’tibor bermasa ham bo‘laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bunday musiqa asarlarini ijro qilish paytida o‘quvchi fortepianoda ijro etilayotgan  akkordlar  va  ritmik  shartlarni  o‘z  ijrosi  bilan birgalikda eshita olishi lozim. O‘zbek xalq cholg‘uchilarida ijroni o‘rganayotgan  yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko‘proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda o‘quvchining diqqati tamomila o‘zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo‘rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to‘g‘ri  kelmay  qoladi.  Ijroni  fortepiano  bilan    birgalikda boshlash  ko‘nikmasini  shakillantirishda  musiqa  asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo‘l harakati (auftakt)ga o‘xshatish mumkin.


 

Xulosa

 

Uzbek xalqining ma'naviy merosi — bitmas tuganmas xazina. Ma'lumki, ma'naviy merosimiz mazmunida san'at aloxida urin tutadi. Zero, san'at inson kalbini guzallikka chorlaydi, nafosatga undaydi, nozik his-tuyg’ularini bark urib rivojlanishiga kumak beradi, ma'naviy dunyosini boyitadi.

Milliy musiqiy merosimiz, jumladan milliy cholg’u ijrochiligimiz tarixi xam eramizdan bir necha asr oldingi davrlarga borib taqaladi. Xalqimiz va millatimizning barcha rivojlanish davrlarida qo’shiq bilan bir qatorda dutor, tanbur, doyra, ud, g’ijjak, qonun, rubob kabi milliy cholg’u sozlarimiz qalb qo’riyu — ko’ngil davosi sifatida bebaxr ma'naviy ozuka bo’lib xizmat qilgan.

Milliy cholg’ular ichida qashqar rubobi aloxida o’rin tutadiki, rubob sozi o’zining jarangi, yurak qitiqlar nolayu qochirimlari, rang-barang ijro bezaklari va nihoyat, urganish va ijro etish jщatidan kulayligi bilan xalqimiz orasida naqadar ommaviylashgan va sevimli sozga aylangan.

Qashgar rubobi nafaqat respublikamizda, balki qardosh Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston respublikalarida xam keng tarqalgan. Chunki rubob sozida milliy kuylar qatori mumtoz klassik kuylarni, bastakor va kompozitorlar ijodiga mansub rang-barang kuylarni, mashxur chet el kompozitorlari tomonidan yozilgan murakkab yirik asarlarni xam moxirona ijro etish mumkin.

Xalqimiz ichida qashqar rubobining yanada sevimli va ommaviy bo’lishiga mashxur rubobchi sozandalarimizdan Muxammadjon Mirzayev, Ergash Shukrullayev, Abbos Baxromov. Ari Boboxonov, Sulaymon Taxalov, Qobil Usmonov, Adxam Xudoyqulov, Toxir Rajabov va Rifatilla Qosimovlar katta xissa qo’shdilar.

Yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda musiqa madaniyatini taraqqiy ettirish va keng jamiyatda badiiy-estetik faoliyatni yaqinlashtirishda hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning musiqaviy estetik tarbiyasini tobora uyg‘unlashtirishda bolalar musiqa va san’at maktablari katta rol uynaydi.

Bolalarga umumiy musiqiy ta’lim berish, milliy musiqamiz va o‘zbek xalq mumtoz kuy va qo‘shiqlari, jahon musiqa madaniyatlari, rus va evropa klassik asarlariga  bolalar qalbida muhabbat uyg‘otish orqali ularni musiqaga va barcha musiqiy fanlarga qiziqishini ortirish hamda faol musiqa tinglovchilarini tarbiyalashda san’at maktablari asosiy o‘rin tutadi.

O‘quvchilarni axloqiy jihatdan pok, jismonan sog‘lom va barkamol qilib, badiiy estetik didini kun sayin o‘stirish, har taraflama mukammal rivojlangan ijrochi – sozanda qilib tarbiyalash har bir musiqa o‘qituvchisining zimmasidagi eng mashaqqatli, ayni paytda sharafli vazifadir. O‘qituvchi shu sharafli vazifani umumiy ta’lim fanlari o‘qituvchilari va bolalarning ota-onalari bilan yaqindan aloqa bog‘lagan holda amalga oshiradi.

Umumiy musiqa ta’limini amalga oshirish bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv yillari mobaynida yaxshi natijalarga erishgan va ko‘rik-tanlovlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, iqtidori bilan ajralib turuvchi o‘quvchilarni maxsus san’at yo‘nalishidagi kollejlariga tayyorlab berishlari ham muhim ahamiyatga egadir.

Ushbu malakaviy ishda asarni o‘quvchilarga o‘rgatish xamda mazmun moxiyatini  yoritish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi. Malaka ishining kirish qismida yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar, qaror va farmonlar xamda ularning ijrolari qayd etilgan. Pedagogikaga oid ko‘rsatmalr, yosh avlodga kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun bilim va ko‘nikmalar xamda ularga berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kungacha qilingan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimizni dengizdan tomchi deb xisoblaymiz. Yosh avlod ilm fanga, madaniyat va san’atga chanqoq, xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atining dovrug‘ini jaxonga taratadigan ishtiyoqmand  aqliy saloxiyat egalari oramizda ko‘p. Bu cholg‘u asbobi bilan shug‘illanayotgan sozanda o‘quvchilar faqat o‘zbek xalq musiqasi bilangina chegaralanib qolmasdan, boshqa davlatlarning torli asboblar uchun yaratilgan musiqa asarlari, jaxon musiqachilari ijro etadigan musiqalarini o‘rganishlari va ularni yuksak darajada ijro etib, musiqa ixlosmandlarini baxramand etishi lozim. Orzu – niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishda yoshlarimiz uchun shart – sharoitlar yaratish maktablari, biz  o‘qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalari xisoblanadi. Musiqa ijrochisini tarbiyalashda dastlab musiqa, so‘ngra texnik imkoniyat, undan keyin dinamika va xokazolar deyish xato bo‘ladi. Chunki asarning barcha jixatlari bir vaqtda, o‘zaro bog‘liq xolda olib boriladi. O‘quvchining musiqa soxasiga qo‘ygan birinchi qadamidan boshlab, butun ijodiy faoliyati davomida bu jarayon davomi etadi. Musiqada millat, til yo‘q. U qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo‘lsa xam, xammaga tushunarli bo‘ladi.Uni xammaga tushunarli qilib ijro etish san’atini o‘rganish esa biz kadrlarning vazifamiz xisoblanadi.


 

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati.

1.                  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.                  O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni

3.                  Petrosyan A.I.Asbobsozlik // Oʻzbek xalq cholgʻu asboblari.-Toshkent, 1980

4.                  Tojik adabiyoti va sanʼati ensiklopediyasi J.3. - Dushanbe, 2004 yil

5.                  N.Norxo‘jaev. Oʻquv qoʻllanma: 10-sinf uchun “Musiqa alifbosi”. (Oʻzbek va rus.). T., 1998-1999 yillar. 2-sinf uchun “Musiqa”, 3- sinf uchun “Musiqa” 1999-yil. 

6.                  B.Alekseev, A.Myasoedov.Elementarnaya teoriya muzыki” M., 1986 g

7.                  O.Fayziev, Q.Raximov. Musiqa asarlari taxlili. Navoiy., 2015 y.

8.                   Xoxlov Yu.. Nekotorыe problemы tvorcheskoy biografii. — M., 1972.

9.                  http://uzmmsi.uz/rubob-cholgu-sozi-haqida/

10.             https://uz.wikipedia.org/wiki/Rubob

11.             https://ru.wikipedia.org/wiki

 


Скачано с www.znanio.ru

Mavzu: 10-sinf o’quvchilariga jo’rnavoz bilan

Mavzu: 10-sinf o’quvchilariga jo’rnavoz bilan

Kirish. Bugun yurtimizda har bir sohada buyuk o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda

Kirish. Bugun yurtimizda har bir sohada buyuk o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda

Yangi jamiyat asoslarini qurayotgan bir vaqtda yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga shubxasiz ilm - fan taraqqiyoti juda katta axamiyat kasb etadi

Yangi jamiyat asoslarini qurayotgan bir vaqtda yoshlarni sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalashga shubxasiz ilm - fan taraqqiyoti juda katta axamiyat kasb etadi

Biz xar birimiz bunga astoydil o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozim

Biz xar birimiz bunga astoydil o‘z xissamizni qo‘shishimiz lozim

I-bob S.Jalilning ijod yo‘li xamda bastakorning asarlarida qashqar rubobi cholg‘usining tutgan o‘rni

I-bob S.Jalilning ijod yo‘li xamda bastakorning asarlarida qashqar rubobi cholg‘usining tutgan o‘rni

Qashqar rubobining dastasi uzun bo ʻ lib , oxiri qayrilgan bo ʻ ladi

Qashqar rubobining dastasi uzun bo ʻ lib , oxiri qayrilgan bo ʻ ladi

Bastakorlik professional mahorati yetarli emasligini sezib, 1959- yili

Bastakorlik professional mahorati yetarli emasligini sezib, 1959- yili

II-bob. “Arab raqslari” asarini moxiyati va uni jo‘rnavoz bilan ijro etishning axamiyati 2

II-bob. “Arab raqslari” asarini moxiyati va uni jo‘rnavoz bilan ijro etishning axamiyati 2

Musiqa asarining murakkab joylari o‘quvchiga tushuntiriladi va hokazolar

Musiqa asarining murakkab joylari o‘quvchiga tushuntiriladi va hokazolar

Ba’zi sozandalar o‘z partiyalarini oxirigacha o‘zlashtirib bo‘lganlaridan keyingina fortepiano bilan birgalikda ijro eta boshlaydilar

Ba’zi sozandalar o‘z partiyalarini oxirigacha o‘zlashtirib bo‘lganlaridan keyingina fortepiano bilan birgalikda ijro eta boshlaydilar

Xulosa Uzbek xalqining ma'naviy merosi — bitmas tuganmas xazina

Xulosa Uzbek xalqining ma'naviy merosi — bitmas tuganmas xazina

Pedagogikaga oid ko‘rsatmalr, yosh avlodga kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun bilim va ko‘nikmalar xamda ularga berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan

Pedagogikaga oid ko‘rsatmalr, yosh avlodga kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun bilim va ko‘nikmalar xamda ularga berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil yoritib berilgan

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
25.06.2022