TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Оценка 4.8

TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Оценка 4.8
docx
26.02.2024
TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
ta-lim-tizimida-axborot-texnologiyalarining-o-rni-va-ahamiyati.docx

 

TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

 

Abdurashidov G’oyibnazar Abduvohid o’g’li

Farg’ona Politexnika instituti akademik litseyi

Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi

 

Annotatsiya: Ushbu maqola ta’lim tizimida informatika darslarining sifat va samaradorligini oshirish masallari bo‘yicha yozilgan bo‘lib, bu jarayonda o‘qituvchi ta’lim jarayonning tashkilotchi sifatida yangi malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarurligi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: multimediya, texnologiya, informatika,  dars, suhbat,  seminar,

test.

 

Davlat ta’lim standarti va milliy kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, har bir mutaxassis o‘z sohasini mukammal bilish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalarini yetarlicha o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Barcha ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” darslariga ko‘proq e’tibor qaratilib, mavzular yangi ma’lumotlar bilan boyitib kelinmoqda. O‘quvchilar informatika fanini mukammal egallashlari uchun barcha fanlarni imkoni boricha axborot texnologiyalarini qo‘llab, multimediyalar yordamida o‘tish davr taqozosiga aylandi. Haqiqatdan ham, murakkab texnologik jarayonlarni og‘zaki bayon etgandan ko‘ra, multimediyalar yordamida bir necha marta takrorlanib, shu mavzu uchun mo‘ljallangan pedagogik usullar bilan mavzu yoritilsa, dars qiziqarli, tushunarli va esda qolarli bo‘ladi. Shunga ko‘ra fan mavzulariga multimediyalar tayyorlab kelinmoqda. Axborot texnologiyalari yordamida dars mavzulariga multimediyalar yaratib, dars samaradorligini oshirish mumkinligi bugungi kunda har bir o‘qituvchi juda yaxshi biladi.

Yangi pedagogik texnologiyaning markazida ta’lim jarayonning rahbari hamda shu jarayonning ham sub’ekti ham ob’ekti bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi turadi. Bu ikki shaxsning hamkorligi, o‘zaro muloqati, bir-biriga ko‘rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida tashkil topishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, o‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo‘llari, o‘quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quv muassasida ijodiy, ishchan muhitni vujudga keltirish, o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholash metodlari bilan qurollangan bo‘lishi kerak.

 

 



 

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishdan iborat. O‘qitishning yangi pedagogik texnologi- yasi deganda, dars o‘tishning hozirgi talabga mos tushuvchi faol shakllari nazarda tutiladi. Yangi pedagogik texnologiyalarning ijobiy tomonlaridan biri o‘qituvchining uslubiy takomillashishini, dars maqsadi, mazmuni va samarasini nazorat qilishda didaktik xulosalar chiqara olishini ta’minlashdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘qish jarayoniga tatbiq etish o‘qituvchilarning uslubiy tayyorgarligini mukammal bo‘lishiga olib keladi.Yangi pedagogik texnologiyalarga amal qilish qilish o‘qituvchidan o‘zining ixtisosligi bo‘yicha keng miqyosda bilimlarga ega bo‘lishini, shu bilimlarini o‘qish jarayonida tatbiq qilishni talab etadi. Bu sohada o‘qituvchi ta’lim jarayoning tashkilotchi rahbari bo‘lib, yangi malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur va bugungi kunning talabi ham shunda namoyon bo‘ladi. Texnologik jarayon zarur vositalardan foydalanilgan holda operatsiyalarning muayyan ketma- ketligi bajarilishini ko‘zda tutadi.

Natija: pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirishga erishish va uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayoninni loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quv dargohiga o‘zgacha ruh, yangicha bir kayfiyat olib kelib, har bir talaba qalbida o‘qishga bo‘lgan ixlosni yanada orttirish lozim. O‘quvchini darsga qiziqtirish uchun o‘qituvchi uning shaxsi, iqtidori bilan qiziqishi va hurmat qilishi kerak, davomatga ham etibor berishi shart.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.                      Ishmuhamedov R., Yo‘ldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013-yil 278 bet.

2.       Yo‘ldashev  U.Yu,  Boqiyev  R.R., Zokirova F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Talqin” 2004. 187-b.

3.       www.aim.uz

4.       wikipediya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Скачано с www.znanio.ru

TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING

TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishdan iborat

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishdan iborat
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.02.2024