Mavzu rejasi:
Axborot texnologiyalari, tushunchasi va ularning turlari.
Vatanimizda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari.
Informatikaning tuzilmasi.
Axborotni o‘lchash va tasvirlash.
Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari.
Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari.
Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, o`nga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish uchun keng yo‘llar ochildi. Respublikaning barcha sohalarini texnik vositalar bilan qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikatsiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi.
1991-1994- yillarda O‘zbekiston hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalga oshirishga asos soldi.
O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 8-dekabrda Fan va texnika davlat qo‘mitasi qoshida axborotlashtirish markazi tashkil qilindi. Uning maqsadi jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bo‘yicha hujjatlar yig‘ishdan iborat edi.
1993-1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining information tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy e’tibor berildi.
Insoniyat o‘zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o‘zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg‘or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: «tosh asr» - mehnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, «kitob chop etish asri» - axborotni tarqatishning yangi usulini o‘zlashtirish bosqichi, «elektr asri» - quvvatning yangi turlarini o‘zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 yillar ilgari «atom asri» boshlandi deyilgan bo‘lsa, bugungi kunda «axborot asri», «EHM asri» deb ataladi.
«Informatika» fanining kelib chiqishi, uning uch tarkibiy qismi algoritm, dastur va hisoblash vositalarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Kishilik jamiyatida hisoblash ishlari (podadagi mollar soni, ov natijasi, yer o‘lchash va x.k.) boshlangan davrdayoq qo‘shish, ayirish kabi arifmetik amallardan, keyinchalik esa ko‘paytirish bo‘lishdan foydalanganlar. Bu amallar o‘sha davrga taalluqli bo‘lgan algoritmlar asosida bajarilgan. Hisoblash ishlari uchun zarur bo‘lgan axborot hajmining oshishi, qo‘lning barmoqlaridan farqli o‘laroq yangi turdagi hisoblash vositalarining yaratilishiga sabab bo‘ladi.
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida fanlarning yangi yo‘nalishlari va yangi fanlar paydo bo‘lishi ishlov berish uchun zarur bo‘lgan axborot hajmini keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr o‘rtalarida yaratilgan axborotlarni avtomatik ishlov qurilmasi – kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va katta tezlikda ishlov berish imkoniyatini tug’dirdi. Buning natijasida murakkab ilmiy-texnik masalalarni (atom energetikasi, kosmosni o‘zlashtirish, ob-havoni bashorati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va h.k.) yechish, ularni tahlil qilish mumkin bo‘lib qoldi.
Demak, qo‘yilgan masalani to‘g‘ri yechib olish uchun zarur bilim va mahorat (algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur larga murojaat qilinadi.
Informatika fani ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va vaqtda o‘zgarib turadigan modda va quvvat ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Modda va quvvat dunyonining ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borliqni mavjud bo‘lishi va uni bilishning yana bir muhim va zarur mazmuni bor, bu ham bo‘lsa axborotdir.
Axborot umumiy ta’rifga ega bo‘lmagan emperik tushuncha. Axborot nima? degan savolga, falsafa fani bizni o‘rab turgan borliqni ifodasi deb tushuntirsa, axborotlardan amalda foydalanuvchilar axborot va saqlanish, shakl o‘zgartirish va uzatish mumkin bo‘lgan ashyo, (ob’ekt) deb tushintiradi.
Esda saqlang: Bizni o‘rab turgan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday ma’lumotlar axborot deb ataladi.
Aхbоrоt tехnоlоgiyasi – bu bir zаnjirgа birlаshgаn, ахbоrоtni yig‘ish, qаytа ishlаsh, sаqlаsh, tаrqаtish vа аks etish, shu bilаn birgа ахbоrоtning ishоnchliligini vа tеzkоrligini оshirish jаrаyonlаri, mеhnаt unumdоrligini оrttirish mаqsаdidа infоrmаtsiоn rеsursdаn fоydаlаnishni tа’minlоvchi uslublаrni ishlаb chiqish jаrаyonlаri vа dаsturni tехnik vоsitаlаrining yig‘indisidir.
Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jоylаrdа insоniyat fаоliyatining bаrchа ijtimоiy аhаmiyatgа egа bo‘lgаn ko‘rinishlаridа ishоnchli ахbоrоt vа unumli mа’lumоtlаrdаn to‘liq vа zаmоnаviy tаrzdа fоydаlаnilishgа qаrаtilgаn chоrа – tаdbirlаr infоrmаtsiоn dаvlаtdаgi bаrchа fоydаlаnuvchilаrgа infrаstrukturа tushunchаsi оstidа ахbоrоt hisоblаsh rеsurslаri vа аvtоmаtlаshgаn аlоqа tizimi kеng miqyosdа qo‘llаnilаdigаn bаzаdа yangi АTdаn fоydаlаnish imkоniyatini bеruvchi ахbоrоt tа’minlоv strukturаsi tushunilаdi.
Axborot turlari
Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangantilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir.
Tasvir– bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarning o‘zida ifodalangan rasm bo‘laklari va ranglaridan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funksialar grafigi va shunga o‘xshash ma’lumotlar hisoblanadi.
Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida, ma’lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.
Ma’lumotlarning o‘lchov birliklari
Ma’lumotlarni taqdim etishning ko‘plab tizimlari mavjud. Hisoblash texnikasida qabul qilingan eng kichik axborot birligi bit deb ataladi. Bit ikkita qiymat qabul qilishi mumkin: 0 va 1.
Darhaqiqat, bir bit o‘zida minimal axborot tashiydi. Odatda, uni yoqilgan (1 holat) yoki o‘chirilgan (0 holat) bo‘lishi mumkin bo‘lgan lampochkaga tenglashtiradilar.
Ba’zan uni o‘chirish-yoqish qurilmasilga o‘xshatadilar: "yoqilgan" holati 1, o‘chirilgani - 0. Informatsiyaning eng kichik birligi - bu bit(b).
8 bit 1 Bayt hisoblanadi va bitta simvol yoki harf bilan ustma-ust tushishi mumkin.
Eng kichik o‘lchov birligi bayt hisoblanadi. Odatda, bir bayt bilan matn axborotining bitta belgisi kodlashtirilishi sababli matn hujjatlar uchun baytlardagi o‘lcham belgilarda ifodalangan leksik hajmga muvofiq, mos miqdorda bo‘ladi (UNICODE universal kodlashtirish hozircha bundan mustasno).
Kattaroq o‘lchov birligi kilobayt (Kbayt)dir. Shartli ravishda 1 kilobaytni taxminan 1000 baytga teng deyish mumkin. Shartlilik shu bilan bog‘liqki, ikkilik raqamlar bilan ishlovchi hisoblash texnikasi uchun, raqamlarni ikkinchi darajasi ko‘rinishida taqdim etish qulayroq va shuning uchun ushbu mezondan kelib chiqib hisoblasak, haqiqatda 1Kbayt 210 bayt (1024 bayt)ga teng bo‘ladi. Kilobaytlarda ma’lumotlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan hajmlari o‘lchanadi. Mashinkada bosilgan, formatlashtirilmagan bir bet matn 2 Kbaytga yaqinni tashkil qiladi deb shartli ravishda hisoblash mumkin.
Ancha yirikroq o‘lchov birliklari mega-giga-tera perfikslari qo‘shib hosil qilinadi. Bunday kattaroq birliklarga hozircha amaliy ehtiyoj yo‘q.
1 Mbayt = 1024 Kbayt = 1020 bayt.
1 Gbayt = 1024 Mbayt = 1030 bayt.
1 Tbayt = 1024 Gbayt = 1040 bayt.
1 Pbayt = 1024 Tbayt = 1050 bayt.
Matn ma’lumotlarini kodlashtirish. Agar alifboning har bir belgisiga ma’lum bir butun sonni mos qo‘ysak (masalan, tartib raqami), ikkilik kod yordamida matnli axborotni ham kodlashtirish mumkin. 256 ta turli belgini kodlashtirish uchun sakkizta ikkilik razryad yetarlidir. Bu 8 ta bitni turlicha kombinatsiyalashtirib, rus va ingliz alifbolarining kichik va katta (bosh harf ma’nosida) belgilarini ham, shuningdek, tinish belgilarini, asosiy arifmetik amallar belgilarini va ayrim umum qabul qilingan belgilarni, masalan, § belgisi, ifodalash uchun yetarlidir.
Texnik tomondan bu juda oddiy ko‘rinadi, ammo hamma vaqt yetarli darajada murakkab bo‘lgan tashkiliy muammolar mavjud bo‘lib kelgan. Hisoblash texnikasi rivojlanishining birinchi yillari bu qiyinchiliklar zarur standartlarning yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan, hozirgi vaqtda esa, aksincha, muammolar bir vaqtning o‘zida amal qiluvchi va bir-birini inkor qiluvchi, bir-biriga zid keluvchi standartlarning ko‘pligi tufayli yuzaga kelgan. Butun dunyo matnli ma’lumotlarni bir xilda kodlashtirishi uchun, kodlashtirishning yagona jadvali kerak, uni yaratish milliy alifbolarning belgilari o‘rtasidagi ziddiyatlar, shuningdek, korporativ turdagi ziddiyatlar tufayli hozircha mumkin bo‘lmay turibdi.
Axborotni olish. Har qanday predmet sohasida obyektlarda yoki ular uchun bajariladigan jarayonlar va funksiyalar, obyektlar va ularning xossalari ma’lumotlar manbai bo’ladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal va axborot ko’rinishida taqdim etish mumkin. Shu munosabat bilan axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan o’tkazish deb qarash mumkin. Bunda to’g’ri taqdim etish (sintaktik qiymatlilik), ma’noviy qiymatliligi (semantik), iste’molchi qiymatliligi (pragmatik)ni baholash amalga oshiriladi.
Axborotni olishda ma’lumotlarni tahlil qilish turli metod va formalari muhim o’rin egallaydi:
- qandaydir voqeaga bog’langan assotsiatsiyalarni qidirish;
- vaqt bo’yicha voqealar ketma-ketligini topish;
- rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta’sirini) baholash;
- chegaralarini (kriteriy) qidirish yo’li bilan obyekt (voqea, vaziyat, jarayon)ni u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo’lgan toifalash;
- obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash;
- voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash).
Ko’pgina predmet sohalari uchun axborot manbalarining turli-tumanligi xarakterlidir. Hozirgi kunda bu muammoni yechishning yo’llaridan biri keng tarqalgan obyektga-yo’naltirilgan yondashuv hisoblanadi. Uning asosiy holatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Obyektga-yo’naltirilgan yondashuv asosida ajratish quyidagi asosiy tushunchalardan iborat:
obyekt, sinf, namuna.
Obyekt – bu real hayotning bir xil tavsif va qonunlarga ega bo’lgan predmetlari to’plami. Obyekt bunday to’plamning noaniq elementini ifodalaydi. Obyektning asosiy tavsifi uning atributlari (xossalari) tarkibi hisoblanadi. (Atributlar – bu ularning vositachiligi yordamida boshqa obyektlar xossalarini bayon etish qoidalarini berish mumkin bo’lgan maxsus obyektlardir.)
Obyekt namunasi – bu to’plamning aniq elementi. Masalan, avtomobilning davlat raqami obyekt bo’lishi mumkin. Bu obyektning namunasi aniq nomer – 10 I 8745. Sinf – bu real hayotning tarkibi va umumiyligi bilan bog’langan elementlari to’plami. Sinf elementi – berilgan to’plamning aniq elementidir. Masalan, avtomobillarni ro’yxatga olish nomerlari sinfi.
Axborotning ortiqchaligini kamaytirish uchun «boyitish» jarayonidan foydalaniladi. Masalan, korxona xodimlari ro’yxatini kompyuterda saqlashda ayrim hollarda familiyalarining boshlang’ich uchta harfini kiritish kifoya.
Axborotlarni boyitish usullari ichida tarkibiy, statistik, semantik va paragmatik boyitishlarni ajratish mumkin.
Tarkibiy boyitishda talab qilingan aniqlik, axborot manbalarining xizmat ko’rsatish tezligi va tahlil qilinayotgan jarayon chastota spektriga bog’liq bo’lgan axborotni ifodalovchi parametrlarini o’zgartirish nazarda tutiladi.
Statistik boyitishda statistik ma’lumotlarni jamlash, jamlangan ma’lumotlardan saralanganlariga ishlov berish amalga oshiriladi.
Semantik boyitish axborotning mazmunini, hisoblashlar va bildirishlar, tushunchalarni ajratish va tasniflash, mantiqiy formalarni minimallashtirishni bildiradi. Semantik boyitish natijasida ishlov berilayotgan yoki uzatilayotgan axborotni umumlashtirishga va undagi mantiqiy qarama-qarshiliklarni yo’qotishga erishiladi.
Paragmatik boyitish yechim qabul qilish uchun axborotni qo’llashda muhim bosqich hisoblanadi. Olingan axborotlardan foydalanuvchi maqsad va vazifalariga mos keluvchi eng zarurlari tanlab olinadi.
Nazorat savollari:
Informatika nimani o‘rgatadi?
Informatika fanining predmeti va vazifasi nimadan iborat?
Qanday ma’lumotlar axborot deyiladi?
Axborotni uzatish usullarni ayting.
Bit-bayt tushunchalarini izohlang.
Axborot haqida ma’lumot bering?
Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak?
Axborot texnologiyalarini yuqori samara bilan qanday ishlatish mumkin?
Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish kerak?
Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqarish kerak?
Qayta ishlayotgan axborot turiga ko‘ra hisoblash texnikasi necha turga bo‘linadi?
Adabiyotlar:
Ғуломов С.С. ва бошқалар. Ахборот тизимлари ва технологиялари. Дарслик. Тошкент, “Шарқ”, 2000. – 180 б.
Mamarajabov M., Tursunov S. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”, 2013. – 350 b.
Aripov M., Fayziyeva M., Dottayev S. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.: “Faylasuflar jamiyati”, 2013. – 204 b.
Boqiyev R., Mirzahmedova N., Primkulova A. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: TDPU, 2016. – 200 b.
Rixsiboyev T., Rixsiboyeva X., Tursunov S. Kompyuter grafikasi. Darslik. Toshkent: “Tafakkur qanoti”, 2018. – 304 b.
Tursunov S., Nazarov I. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019. 1-tom, – 262 b.
Tursunov S., Nazarov I. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: “Adabiyot uchqunlari”, 2019. 2-tom, – 300 b.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.