Tarmoqlanuvchi strukturali dasturlar tuzish mavzusini takrorlash

  • doc
  • 21.02.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 9_32-dars.doc

Informatika-9-A,B.  32 – dars.

Mavzu: Tarmoqlanuvchi strukturali dasturlar tuzish mavzusini takrorlash

Maqsad:

1) ta’limiy: io`quvchilarga o`tish va tarmoqlanish operatorlarini dastur tuzish jarayonida qo`llashni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS. O`tish va tarmoqlanuvchi operatorlarning yozilishi va ishlash tamoyilini bilish.

Darsning borishi

I Tashkiliy davr.

II. Takrorlash.

  1. Tarmoqlanish operatorining qisqa va to‘liq shakllari orasida qanday farq bor?
  2. Paskalda qanday mantiqiy amallar qo’llaniladi?
  3. Paskalda murakkab mantiqiy shartlarga misol keltiring.
  4. Mantiqiy ifodada amallarning bajarilish tartibini tushuntirib bering.
  5. Mantiqiy ifodada qachon qavslar ishlatiladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish

1. Murakkab mantiqiy amallar natijasini aniqlang.

a) a:=true; b:=true; m:=false; bb:=NOT(a AND m) AND (a OR b) OR m;

natija: rost

b) a:=77; b:=11; m:=7; ms:= (a div b=m) AND (a mod m=0) AND NOT((a>b) OR (b<m));

natija: yolg`on

2. Tarmoqlanish natijasida hosil bo’ladigan qiymatlarni aniqlang.

a) x:= –1; y:=0; a:= 0.1; IF (x*x +y >0) AND (a=1/10) THEN mm:=true else mm:= false;

natija: mm:= false;

b) x1:=sqr(–1); v:= ‘ha‘; x2:=sqrt(x1); IF (v= ‘ha‘) AND (x1>0) AND (x2>0) THEN x1:=0;

natija: x1:=0

3. Uchta a, b, c son berilgan. a<b<c tengsizlikni bajarilish yoki bajarilmasligini tekshiruvchi dastur tuzing.

4. Berilgan A butun son berilgan B butun songa qoldiqsiz bo‘linsa bu ikkala sonni yig’indisi kvadratini, aks holda ko’paytmasini chiqaruvchi dastur tuzing.

Program sonlar;

Uses crt;

Var a,b: integer;

Begin

Write(‘A va B sonlarini kiriting: ’); readln(a,b);

 If  a mod b=0 then writeln sqr(a+b) else writeln(a*b);

Readln;

End.

6. M va N sonlar berilgan. Agar ular musbat va yig’indisi 100 dan katta bo’lsa, M sonni N soniga nisbatini, ular musbat va yig’indisi 100 dan katta bo’lmasa M ni N ga ko’paytmasini hisoblash dasturini tuzing.

Var m,n: real;

Bagin

Write(‘M va N sonlarini kiriting: ’); readln(m,n);

If  (a>0) and (b>0) then

If a+b > 100 then writeln (‘M/N=’,m/n:5:2) else writeln (‘M*N=’,m*n:5:2);

Readln;

End.

7. Berilgan N sonni butun qismi kasr qismini 1000 ga ko’paytirilganidan katta bo’lsa, sonning butun qismini, aks holda kasr qismining birinchi 3 ta raqamini chiqaruvchi dastur tuzing.

IV. Uyga vazifa

5. Berilgan butun N son musbat va 5 ga karrali bolsa, shu sonni kvadrat ildizini, aks holda kvadratini hisoblash dasturini tuzing.